Ayolsifat erkaklar va erkakshoda ayollarni qanday qismat kutmoqda
Yana biri bu – binafsha rangdir. Sir emaski, uning har qanday varianti kiyim ranglaridagi uygʻunlikka mos tushishi mumkin.
Nega erkaklar kiyim ranglarini tanlashda qiynalishadi?
Buyuk Britaniyaning erkaklar fasonlari boʻyicha mutaxassisi Mixael Adamsning fikriga koʻra, erkaklar odatda sanoqli ranglardangina foydanishar ekan. Ular quyidagilardir: qora, oq, moviy va kul rang. Haqiqatdan ham kundalik hayotimizda erkaklarning ushbu rangda kiyinishlariga guvoh boʻlamiz. Biroq shunday ranglar ham borki, ular bir qaraganda odamni oʻziga tortmasa-da, aslida ular erkaklar kiyimlarining ranglarini uygʻunlashtirishda judayam yaxshi yordamchi boʻlishi mumkin.
Keling, ajoyib uygʻunlik kasb etuvchi ranglarni bir-bir koʻrib chiqaylik.
Bunga eng maʼqul variantlardan biri bu- och pushti rangdir. Hech eʼtibor qilganmisiz, och pushti rangga koʻzingiz tushganida avvaliga uni aniq farqlay olmaysiz. Bu rang odamda oʻzgacha bir qiziqish uygʻotadi. Aynan shu xususiyati tufayli uni har qanday rang bilan uygʻunlashtirsa boʻladi. Xususan, yuqorida sanagan erkaklarning sevimli ranglari bilan ham.
Qizil rangni koʻpgina erkaklar maʼqul koʻrib, qoʻrqmasdan tanlayverishadi. Biroq qizil rangning oʻynoqi va yorqinligi barchaga maʼlum. Ayniqsa, uni oʻziga oʻxshagan oʻynoqi ranglar bilan moslashtirsangiz, juda yomon manzara hosil qilishi mumkin. Bu esa dilingizni xira qiladi.
Yashil rang erkalarga xilma-xil variantlarni tuhfa etishi mumkin. Negaki, yashil rang turlicha tuslarga ega. Bu rangning barcha tuslari sizning xohlagan rangdagi kiyimlaringizga moslashishi mumkin. Shunga qaramay, erkaklar bu rangga koʻp ham murojaat qilaverishmaydi.
Yana biri bu – binafsha rangdir. Sir emaski, uning har qanday varianti kiyim ranglaridagi uygʻunlikka mos tushishi mumkin.
Koʻp hollarda kostyum-shim kiyadigan yigitlarga ajoyib maslahat: agar siz turfa xil ranglarni egningizda uygʻunlashtirishni xohlasangiz, qoramtir kulrang kostyum va oq shim istagan rangdagi boʻyinbogʻ bilan mos tushaveradi.
Shuni unutmang, hurmatli erkaklar! Egningizdagi kiyimlar uygʻunligi va ularning boshqalarda takrorlanmasligi sizni yanada eʼtibor markazida ushlab turadi! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ayolsifat erkaklar va erkakshoda ayollarni qanday qismat kutmoqda?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayolsifat erkaklarni va erkakshoda ayollarni la’natlaganlar (Buxoriy rivoyati).
Kiyinish va gapirishda erkaklarga o‘xshaydigan ayollarga erkakshoda ayollar deyiladi. Bir rivoyatda: Alloh erkakshoda ayollarni la’natladi , deyilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la’natladilar (Abu Dovud, Nasoiy, Hokim).
Agar ayol kishi erkaklarga xos bo‘lgan liboslarni kiysa, u o‘zini erkaklarga o‘xshatgan hisoblanadi va Alloh va Rasulining la’natiga duchor bo‘ladi. Eri ham agar uning shunday yurishiga imkon bersa (ya’ni, rozi bo‘lsa va uni qaytarmasa) mal’undir (la’natlangandir). Chunki u ayolini Allohga itoat etishga undashi va gunoh ishlardan qaytarishi lozim. Zero, Alloh taolo aytganki:
Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni do‘zaxdan saqlangizki, uning o‘tini odamlar va toshlardir (Tahrim surasi, 6-oyat).
Ya’ni, ularga odob va ta’lim bering, Allohga itoat etishga buyurib, gunoh ishlardan qaytaring, o‘zingizga ham xuddi shunday munosabatda bo‘ling, deyilmoqda.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: Har biringiz nozir va o‘z ra’iyatiga mas’uldir. Erkak kishi o‘z ahli oilasiga nozir va qo‘l ostidagilarga mas’uldir (Muttafaqun alayh).
Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Erkaklar ayollarga itoat etgan vaqtlarida halok bo‘ldilar (Hokim rivoyati).
Hasan roziyallohu anhu aytganlar: Allohga qasamki, kishi xotiniga uning havoyi nafsi tilagan narsalarda itoat etsa, Alloh taolo uni do‘zaxga uloqtiradi .
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Men ko‘rmagan ikki toifa borki, ular do‘zax ahlidandir: sigirning dumiga o‘xshash qamchilari bo‘lib, u bilan odamlarni uradigan toifa hamda kiyim kiygan yalong‘och, yo‘ldan uruvchi, yo‘ldan ozgan ayollar. Ularning boshlari tuyaning o‘rkachi kabi. Ular jannatga kirmaydilar, uning hidini ham topmaydilar. Holbuki, uning hidi muncha-muncha yo‘llik masofadan kelib turadi (Muslim rivoyati).
Kiyim kiygan Allohning ne’matlariga musharraf bo‘lgan, lekin yalong‘och Unga shukr qilmaydigan ayollar yoki badanining shakli va rangi bilinib turadigan darajada yupqa va tor kiyadigan ayollar, deganidir.
Nofe’ roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar Zubayr ibn Abdulmuttalibning huzurida edilar. Bir vaqt yelkasiga kamon osgan ayol qo‘ylarini haydab o‘tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: Sen erkakmisan yo ayol? deb so‘radilar. Ayolman , dedi u. Ibn Umar Ibn Amrga o‘girildilar-da: Alloh taolo Payg‘ambar tili orqali erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni va ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni la’natlagan , dedilar .
Ko‘chaga chiqqanda nomahramlarga zeb-ziynat va taqinchoqlarini ko‘rsatib yuradigan, mushk-anbar va har xil xushbo‘yliklar bilan o‘ziga oro beradigan hamda kalta va tor liboslar kiyadigan ayollar ham mal’undirlar. Bu ishlarning barchasini, ya’ni, o‘zini bozorga solib, jamolini ko‘z-ko‘z qilib yurishni Alloh taolo yomon ko‘radi. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘p ayollar shaytonning tuzog‘iga ilingandirlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ular haqida: Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanligini ko‘rdim , deganlar (Muslim rivoyati).
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: O‘zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim (Muslim rivoyati).
Alloh taolodan bizni ayollar fitnasidan saqlashini va O‘z fazlu marhamati ila ularni ham, bizni ham isloh etishini so‘raymiz.
Erkaklar kiyimi
Siz ushbu toifaga kiruvchi o‘xshash e‘lonlarni topishingiz mumkin.
- OLX asosiy bo‘limlari
- Bo‘limda bo‘linmlar “Moda va stil”
- Bo‘limda bo‘linmlar “Kiyim-kechak”
OLX asosiy bo‘limlari :
Bo‘limda bo‘linmlar “Moda va stil” :
Bo‘limda bo‘linmlar “Kiyim-kechak” :
- Toshkent viloyati (8 737)
- Navoiy viloyati (144)
- Namangan viloyati (36)
- Samarqand viloyati (525)
- Xorazm viloyati (116)
- Jizzax viloyati (33)
- Buxoro viloyati (375)
- Qashqadaryo viloyati (80)
- Surxondaryo viloyati (19)
- Farg‘ona viloyati (222)
- Andijon viloyati (51)
- Qoraqalpog‘iston (190)
- Sirdaryo viloyati (39)
Erkaklar zamonaviy kiyimlari savdosi OLX.uz O‘zbekiston e‘lonlar taxtasida. Erkaklar zamonaviy kiyimini eng yaxshi narxlarda OLXda (avvalgi Torg) xarid qiling!