Mo‘’jiza! Ikki dengiz o‘rtasida to‘siq
«U ikki (xil) dengizni bir-biri bilan yonma-yon turadigan holda chiqarib qo‘ydi. (Ammo) u ikkisining o‘rtasida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshib o‘tmaslar» (Ar-Rahmon surasi, 19–20-oyatlar).
Mo’jiza – 3 yoshli qizchaga oyoq tikildi.
Litvada Risa ismli qizaloq yashardi. 1983 yilning yozida u bilan baxtsiz xodisa ro’y berdi – ikkala oyog’ini ham o’t o’radigan kosilka (kombayn) o’rib to’pig’idan uzib tushirdi. o’shanda u 3 yoshida edi. O’sha paytlarida qishloqda xatto telefon ham bo’lmagan. Qizchani 12 soatda amallab samolyotda to’g’ridan to’g’ri reys bilan Moskvaga keltirishgan.
Kasalxonada uni yosh gruzin jarrohi – Ramaz Datiashvili kasalxona ma’murlarining – ‘agar qizga bir gap bo’lsa oqibati yomon bo’ladi’ – deganlariga qaramasdan butun ma’suliyatni o’z zimmasiga olib operatsiyaga kirishadi. Chunki hali hechkim bunaqangi operatsiya o’tkazmagandi. U qizchaning yonida alohida olib kelingan, hattoki muz topolmay muzlatilgan balikning orasiga qo’shib aralashtirib olib kelingan jajji oyokchalarini joyiga qo’yib tomirini tomirga, paylarini payiga to’g’rilab ulab chivadi va operatsiyadan 9 soat o’tgach ulangan oyoqlarda qon aylanishi boshlanadi- operatsiya muvaffaqiyatli kechdi.
Mana hozir o’sha jajji qizaloq Risa kap-katta ayol bo’lgan va Germaniya da yashaydi.. jarroh Datiashvili esa AQSHda yashaydi.
Mo‘’jiza! Ikki dengiz o‘rtasida to‘siq
«U ikki (xil) dengizni bir-biri bilan yonma-yon turadigan holda chiqarib qo‘ydi. (Ammo) u ikkisining o‘rtasida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshib o‘tmaslar» (Ar-Rahmon surasi, 19–20-oyatlar).
Qur’oni karimda “ikki dengiz” so‘zi to‘rt oyatda (Kahf surasi, 60-, Furqon surasi, 53-, Naml surasi, 61- va Ar-Rahmon surasi, 19-oyatlar) kelgan.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: «Oyati karimadagi “ikki dengiz”dan murod biri, osmonning, ikkinchisi, yerning dengizidir. Ya’ni, osmondan tushadigan yomg‘ir suvi va dengizlardir».
Mujohid va Said ibn Jubayr rahmatullohi alayhimo ham ana shunday deydi. Hasan va Qatoda rahmatullohi alayhimo undan murod Fors ko‘rfazi va O‘rta Yer dengizi, deyishgan.
Ibn Jurayj esa, oyati karimadagi “ikki dengiz”dan murod chuchuk va sho‘r suvli dengizlar ekanini aytgan.
Sahl ibn Abdulloh oyati karimadagi ikki dengizdan murod yaxshilik va yomonlik yo‘llari deydi.
Oyati karimada zikr etilgan “barzax” so‘zi dunyo va oxirat o‘rtasidagi to‘siqdir. Ya’ni, dunyo va oxirat orasida Alloh belgilab qo‘ygan muayyan muddat bor. Shu bois ikkalasi bir-biri bilan aralashib ketmaydi. Alloh taolo qiyomat qoim bo‘lishiga amr etsa, qo‘shilib ketadi. Bu haqda Infitor surasining 3-oyatida zikr qilingan: «Dengizlar qo‘shilib, to‘siqlar ochilganida…» (Infitor surasi, 3-oyat).
Olimlarning aniqlashicha, Fors ko‘rfazida dengiz tubidan chuchuk suvli buloqlar otilib chiqadi. O‘sha buloqlarning suvi dengizning sho‘r suviga aralashmaydi. “Ko‘kbod” nomi ila mashhur bo‘lgan buloqlar g‘avvoslarning joniga oro kiradi.
Alloh taolo Furqon surasida bunday marhamat qiladi: «(Alloh) ikki dengiz (daryo)ni bunisi juda chuchuk, unisi juda sho‘r qilib oqizib qo‘ygan va ularning o‘rtasida to‘siq va puxta parda qilib qo‘ygan Zotdir» (53-oyat).
Alloh taolo sayyoramizda chuchuk suvga nisbatan sho‘r suvni ko‘p yaratgan. Ummonlar va dengizlar suvini sho‘r, daryolar, buloqlar, anhorlar suvini chuchuk qilgan. Daryolar suvi dengizlarga, ummonlarga quyiladi. Ammo bu bilan dengizlarning suvi chuchuk bo‘lib qolmaydi. Ummonlar va dengizlardan bug‘lanib samoga ko‘tarilgan bulutlarning hosilasi – yomg‘ir va qor suvlari chuchuk va shirin suv bo‘lib, barcha mavjudot, nabotot va insoniyat uchun hayot manbaiga aylanadi.
Adan ko‘rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozida va Atlantika okeani bilan Oq dengiz (O‘rta Yer dengizi) tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) bo‘g‘ozida ikki dengiz suvi bir-biriga aralashmagan holda oqadi.
Mashhur dengizchi kapitan Kusto Islom dinini qabul qilib, hayotidagi eng to‘g‘ri ishni amalga oshirganini faxr bilan tilga oladi: “Atlantika okeani bilan O‘rta Yer dengizi tutashgan joydagi suvning holatini tekshirdik. Avvalo, O‘rta Yer dengizining o‘ziga xos iliqligi, sho‘rligi, zichligi va suvosti hayvonlarini aniqladik. Xuddi shunday tajribani Atlantika okeanida ham o‘tkazdik. Bu ikki suv havzasi Jabali Toriq (Gibraltar) bo‘g‘ozida birlashadi. Bu vaziyatda har ikki suv havzasi bir-biriga aralashib ketishi, ularning tuzlilik darajasi, harorati, zichligi va boshqa unsurlari o‘zaro o‘xshash, hech bo‘lmaganda, o‘zaro yaqin bo‘lishi kerak edi. Holbuki, har ikki dengizning hatto eng yaqin qismlarida ham dengiz suvi o‘ziga xosligini saqlab qolgan. Ya’ni havzalar tutashgan nuqtada bir suv pardasi ikki dengiz suvining bir-biriga aralashib ketishiga to‘sqinlik qilardi. Bu holni professor Maurisi Baseylga tushuntirib berganimda, u bunda hayron qoladigan narsa yo‘qligini, Qur’oni karimda bu haqda ochiq-oydin bayon etilganini aytdi. Shundan so‘ng Qur’onning Alloh kalomi ekaniga imon keltirib, haq din – Islomni tanladim. Islom menga ma’naviy quvvat baxsh etdi”.
“Liverpul”ning mavsumini hal qiladigan ikki o’yin
Mersisayd klubining “Nyukasl” va “Real”ga qarshi navbatdagi o’yinlari ularning mavsumini belgilab berishi mumkin.
“Liverpul”ning butun mavsumi va hatto yozgi transfer rejalari jamoaning Premer-liga va CHempionlar Ligasidagi keyingi ikki o’yini natijasiga bog’liq bo’lishi mumkin. Bir necha oylik jarohatlar, nomuvofiqlik va klubning egalik bilan bog’liq maydon tashqarisidagi noaniqliklaridan so’ng jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp va uning shogirdlari mavsumning eng hal qiluvchi bosqichiga etib kelishdi.
Agar natijalar yaxshi bo’lsa, bu “Liverpul”ning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi va agar klubning bosh maqsadlaridan biri 19 yoshli yarim himoyachi Jud Bellingem yozda “Borussiya” Dortmundni tark etish istagini bildirsa, u yo’l olishi mumkin bo’lgan ko’plab manzillar orasida “Enfild”ga kelishga ko’ndirish uchun umidlarni yanada mustahkamlaydi. Ammo yomon natijalar jamoaning mavsumning qolgan qismini shunday o’tkazishiga sabab bo’ladi. “Qizillar” allaqachon Angliya Kubogidan chiqib ketdi, “hakkalar”ga qarshi bahsda mag’lubiyat 2023/24 yilgi mavsumda ingliz klubi uchun evrofutbol bo’lmasligiga va asosiy transfer nishonlarining boshqa joylarni tanlashiga sabab bo’ladi.
SHanba kungi “Liverpul”ning Premer-liga doirasida “Nyukasl”ga safari va Evropa CHempionlar Ligasi nimchorak final bosqichi birinchi o’yinida “Real” bilan kechadigan bahs jamoa uchun ikkita eng muhim o’yin bo’ladi. Ularni yutsangiz, sizga mavsumni saqlab qolish yo’li ochilishi mumkin. Bittasida yutqazish ularning ushbu musobaqada muvaffaqiyat qozonish borasidagi barcha umidlariga barham beradi. Ammo ikkala o’yinda ham mag’lubiyat qayd etilsa, bu “Liverpul”ning nafaqat CHempionlar Ligasini tark etishi, balki Angliya chempionatida kuchli to’rtlikka kirishni uddalash va kelasi mavsumda qitadagi klublar o’rtasida bosh musobaqaga yo’llanma olish umidlariga ham chek qo’yadi.
Dushanba kungi “Enfild” o’yingohida bo’lib o’tgan “Mersisayd derbisi”da ushbu mavsum omadi chopmayotgan “Everton” ustidan 2:0 hisobida qozonilgan ishonchli g’alaba 9-o’rinda joylashgan “Liverpul”ning 2023 yilda yutgan ilk o’yini bo’ldi. Bu uzoq kutilgan uch ochko Klopp va uning qo’l ostidagi o’yinchilarga joriy mavsumni ajoyib tazda o’tkazayotgan va jadvalning to’rtinchi pog’onasini band qilib turgan, shuningdek, mamlakat Liga Kubogi finaliga chiqishni uddalagan hamda “Liverpul”dan 9 ochko oldinlab ketgan “Nyukasl”ga qarshi “Sent Jeyms Park”ga g’alaba uchun borishga kuch beradi.
“Everton”dagi g’alabadan so’ng Kloppning munosabati shuni ko’rsatdiki, uning hafsalasi pir bo’lgan o’tgan bir necha haftaning alamini chiqarish uchun futbolchilar maydonni tark etganda havoni qayta-qayta g’oliblarcha mushtladi. Bu u ilgari bir necha bor qilgan ish edi. Lekin u bu safar o’zini boshqacha his qildi – bu nishonlashdan ko’ra ko’proq engil tortishga o’xshardi.
“To’g’risini aytsam, bunday qilishni istamagandim. Lekin bundan keyin yana qachon shunday qila olishingizni hech qachon bilmaysiz. Muxlislarimiz, nima qilishimni xohlashsa ham, barcha kiyimlarini echib tashlashdan boshqa barchasini qilgan bo’lardim. Odamlar buni so’ragani uchun shunday qildim va bu menga ulkan engillik bag’ishladi”, – dedi Yurgen Klopp bu haqda.
Engil tortish ko’proq g’alabaga bog’liq bo’ladi, “Liverpul” joriy mavsumning ilk haftalaridan buyon ilk bor o’zining eski holatiga o’xshardi. Jamoaning har bir chizig’i o’z vazifasini alo darajada bajardi, oldinda harakatlangan Darvin Nunes (dastlab 75 mln evro) va Kodi Gakpo (37 mln evro) klub bu mavsumda mazkur istedodlarga nega bunday ulkan mablag’ sarflaganini ko’rsatdi. Klopp o’z jamoasini yana o’zining haqiqiy jamoasidek o’ynashini ko’rishdan xursand bo’lardi – yuqori energiya, tezkor qarshi hujumlar, silliq paslar. Qayta uyg’onish uchun bundan yaxshiroq payt bo’lmasdi – hozir hammasi oldinda turgan “Nyukasl” va “Real”ga qarshi o’yinlarga bog’liq.
SHanba kungi “Enfild” egalarining “Nyukasl” bilan kuch sinashishi Premer-ligadagi kuchli to’rtlikka kirish umidi uchun nihoyatda muhim. Bu o’yinda qo’lga kiritiladigan uch ochko ularni “hakkalar” bilan farqni oltita qisqartirishga imkon beradi. Bitta zaxiradagi o’yin bilan yanada yaqinlashib olish mumkin. Durang yoki mag’lubiyat ularni bir necha kundan keyin “Real”ga qarshi bahs oldidan qiyin vaziyatda qoldiradi.
“Liverpul”ning Evropadagi obro’si ular har qanday raqibni har qanday maydonda mag’lub etishga qodirligini isbotlaydi, ammo “qirollik klubi” qitada bundan ham yuqori natijalarga erishgan yagona jamoadir. Ular o’tgan mavsum CHempionlar Ligasi finalida Parijda bo’lib o’tgan o’yinda “qizillar” ustidan 1:0 hisobida ustun kelishdi (2018 yilgi finalda ham Madrid tomoni g’olib bo’lgan edi, o’zaro olti o’yinda 5 ta g’alaba va 1 ta durang natijasi bilan ispan klubi oldinda), bu La Liga vakiliga psixologik ustunlik taqdim etadi.
Hech bir klub o’z mavsumini saqlab qolish uchun Madridga qarshi ikki o’yinli CHempionlar Ligasida to’qnash kelishni istamaydi, ammo “Liverpul” keyingi ikki o’yinni o’z ambiciyalari buzilmagan holda o’tkaza olsa, mavsumning final bosqichiga ijobiy qarashga sabablar bo’ladi.
Agar ular 1/16 final bosqichida “Real”ni musobaqadan chiqarib yuborishsa, u holda “Liverpul”da Istanbuldagi finalga qadar yo’l olish imkoniyati hosil bo’lishi mumkin (ular o’z tarixida 2005 yilda “Otaturk” o’yingohida “Milan” ustidan qozonilgan ajoyib g’alabaga ega). Premer-ligada jarohatlangan o’yinchilarning qaytishi ular mavsumning hal qiluvchi bosqichida to’liq kuch bilan harakat qilishlarini anglatadi. Diogu Jota Jahon chempionatidan beri “Everton” bilan o’yinda ilk bor maydonga tushdi, Roberto Firmino va Virjil van Deyk ushbu o’yinni zaxira o’rindig’ida kuzatishdi, Luis Dias esa tizzasidan uzoq muddatli jarohat olganidan keyin safga qaytishga yaqin turibdi. “Enfild”ni o’rab olgan qora bulutlar tarqayapti.
Noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo’lib o’tgan Jahon chempionati uchun 6 haftalik tanaffus elon qilingani tufayli Premer liga o’yinlari so’nggi ikki oylikka zich joylashtirilgan, “Liverpul” aprel va may oylarida jami 10 ta o’yin o’tkazadi. SHu muddat davomida 30 ochko to’planishi kerak, muhim o’yinchilarning safga qaytishi, Nunes va Gakpo o’z formasini topa boshlagan paytda Yurgen Klopp raqiblar musobaqaning qizg’inligini his qilganda jamoasi turnir jadvalida yuqorilashi mumkinligini yaxshi biladi.
Agar “Liverpul” keyingi ikki o’yinda mag’lub bo’lsa, aprel va may oylarida mavsumni saqlab qolish uchun juda kech bo’ladi. Ammo ularning mavsumi shu paytgacha hayratlanarli darajada omadsiz bo’lgan bo’lsa-da, hozircha ularni hisobdan chiqarish yaramaydi.