Karset Real Doctors Korset yelka va umurtqani to g irlash uchun
Tush Tabirlari 525.512 views 2 years ago
tushda odam o g irlash
Tushda o’g’irlash nimani anglatadi – O’g’irlik uchun tush talqini
Tushda ko`rish 4.967 views 4 months ago
O‘g‘rilik tush talqini – Тушда Угри курса
Tushda ko`rish 8.760 views 6 months ago
Тушда Угри курса | Tushda O’g’ri ko’rsa
Tush Tabirlari 52.997 views 2 years ago
Tushda pul ko`rish
BU DAXSHAT 276.387 views 4 years ago
Туш табири – Тушда бола куриш
Tush Tabirlari 525.512 views 2 years ago
Aptekadagi o’g’irlik extiyot bo’lilar aptekachilar
Yusuf Karimov 295.450 views 3 years ago
Tuklarni yo’qotish usullari
Muslima Bobojonova 41.506 views 9 months ago
Тушда бола курса – Agar tushida bolalar bolsa – Tush tabiri bola
Tushda ko`rish 14.210 views 7 months ago
Tushda soch ko’rsa nimalarga etibor berish kerak tush tabiri. tushda soch kursa
Tushda ko`rish 43.289 views 10 months ago
tushda pul ko’rish. Pul tushda tush tabiri.Пул тушда туш табири – Тушда пул куриш
Tushda ko`rish 28.755 views 10 months ago
Тушда Хожатхона курса | Tushda Xojatxona ko’rsa
Tush Tabirlari 170.456 views 2 years ago
Туш куриш хакида Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф жавоблари
Tush Tabirlari 1.517.351 views 2 years ago
SHUKURULLOH DOMLA O’g’irlik Qilma Шукуруллох домла 2021 янги маруза
16.158 views 1 year ago
Тушда гул курса – TUSHDA GUL KO’RISH – TUSHDA GUL KO’RISH
Tushda ko`rish 23.302 views 7 months ago
5- yashar qizni zo’rlab o’ldirgan qotil qo’lga olindi
UNVERSAL TV 326.497 views 4 years ago
Тушда Ширинлик курса | Tushda Shirinlik ko’rsa
Tush Tabirlari 140.938 views 2 years ago
Тушда бола курса – Тушда чакалок – tushga chaqaloq – tush tabiri bola.
Tushda ko`rish 121.385 views 10 months ago
NAMOZNI BUZADIGAN AMALLAR – ABROR MUXTOR ALIY DOMLA.
Ҳақ келди Ботил йўқолди. 27.029 views 1 year ago
Тушда Машина курса – Mashina avtomobil tushda ko‘rsa tush tabiri – Tushda Mashina ko’rsa
Tushda ko`rish 65.688 views 10 months ago
Туш табири – Тушда угри куриш
UZBLOG TV 51.759 views 3 years ago
Karset Real Doctors Korset yelka va umurtqani to’g’irlash uchun
O’zbekiston bo’ylab dastavka bepul
Tolov turlari: Click,payme,naqt
Oldindan Tolov yo’q
Real Doctors Korset umurtqa va lomber bo’ylab joylashgan magnitlar bilan jihozlangan bo’lib, ular tuzatuvchining ta’sirini kuchaytiradi va hech qanday jismoniy mashqlar qilmasdan turli kasalliklarning oldini olish va bartaraf etishga yordam beradi!
-Nafas olish va qon aylanishini yaxshilash.
-Stress va og’riq sindromlarini yo’q qiling.
-Shishishni engillashtiring.
-Orqa mushaklarni kuchaytiring.
-Orqa miya fiziologik liniyasini tiklash.
-Asab va yurak-qon tomir tizimini normallashtirish.
Real Doctors ning afzalliklari
-Kuchli magnitlar, metall tasma uzunligi sozlagichlari, Velcro tutqichi —bilan jihozlangan.
-Bu kiyim ostida ko’rinmas.
-Kun bo’yi kiyilishi mumkin!
-Erkaklar va ayollar uchun mos.
-Yengil, yumshoq, elastik
-Katlanganida ixcham.
-Sog’liq uchun xavfsiz
Foydalanish mumkin bolmagan holatlar
Homiladorlik paytida
Shaxsiy magneto-intolerans
Teri kasalliklari
Surunkali kasalliklar
Operatsiyadan keyingi davr
Murojat uchun:
Тип товара : Прочие товары для красоты и здоровья
Tushda kiyim o’g’irlash
Ayol hayotidagi eng yuksak baxtning nomi ONALIK deb atalsa kerak. Kimgadir bu baxt o‘zi ham kutmagan paytda nasib etadi, kimdir uni o‘ngiyu tushida orzu qiladi. Bu baxtga erishishning o‘zinigina yutuq deyish unchalik o‘rinli bo‘lmas, hamma gap dunyoga keltirgan dilbandiga qanday tarbiya berishda. Chunki ayolning ona bo‘lgandan keyingi hayoti to so‘nggi nafasigacha o‘zidan ko‘ra farzandiga atalgan bo‘lishini bir umr bolam deb yashaydigan o‘zbek ayollari yaxshi bilishadi. Umr shomida mehnatlari o‘zi kutgan natijani bermaganidan afsus bilan bosh chayqamaslik uchun ham tarbiyaning qanchalik nozik «yumush»ligini hamisha esda tutish talab etadi. Hadisi sharifda ham «ota-onalar farzandlariga yaxshi tarbiyadan ortiq hadya qilolmaydilar», deb bejiz aytilmagan. Bizga qo‘ng‘iroq qilib, farzand tarbiyasi borasida maslahat so‘ragan muxlislarimizning murojaati ham buni yaqqol isbotlaydi. Maslahatlarni ruhshunos Zulayho RASULOVA beradi.
Ona va o‘g‘il bola tarbiyasi
— O‘g‘lim 14 yoshga kirdi. Har bir gapimga kiradi, faqat… o‘g‘irlik qiladigan odat chiqargan. Yaqinda qo‘shnimnikidan 58.000 so‘m o‘g‘irlab chiqibdi. «Nega o‘g‘irlading?» deb so‘rasam, «o‘g‘li jahlimni chiqardi, shunday qilib alamimni oldim», deydi. Urishsam, indamay turadi, uray desam, katta bo‘lib qoldi. Do‘stona gapirsam, quloq soladi. Bu odatini tashlarmikan deb, qiziqishidan kelib chiqib, musiqa to‘garagiga berdim. Qanday yo‘l tutishga ham hayronman. «Agar yana o‘g‘irlik qilsang, umuman musiqa bilan shug‘ullanmaysan», deb qo‘rqitdim. Balki dadasi uzoqdaligi uchun (xorijga ketgan) tarbiyasiga ojizlik qilayapmanmi, deb o‘ylab qolaman…
Dilfuza, 35 yoshda, Andijon viloyatidan
— Avvalo bu odat paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini bilish muhim. Ba’zida bolakay ota-onasi yetarlicha e’tibor bermaganda yoki ular bolaga pul bermagani uchun o‘zini tengdoshlaridan ortga qolganday his qilganda (masalan, birida telefon bor-u, bunda yo‘q yoki boshqalarday kiyinmasa) shunday yo‘l tutadi. Bular o‘smir bola uchun juda muhim. Shuning uchun bu o‘rinda faqatgina bolani ayblash to‘g‘ri emas. O‘zingizning unga munosabatingiz qay darajadaligi haqida ham o‘ylab ko‘ring. Chunki bola «ota-onam menga pul bermayaptimi, demak, yaxshi ko‘rmaydi, e’tibor qaratmayaptimi, demak, meni tushunmaydi», degan fikrga kelib qolishi mumkin. Shuning uchun farzandingizdan nima uchun bunday yo‘l tutayotganini yotig‘i bilan so‘rab, do‘stona gaplashib oling. Chunki u bilan gaplashmasdan turib, jazolayversangiz, vaziyat battar chigallashishi, bola endi sizga umuman hech nima aytmay qo‘yishi mumkin. Lekin o‘zida bo‘lmagani uchun pul o‘g‘irlamasin deb ko‘p pul berish ham yaramaydi. Doim yonida pul bo‘ladigan, ularni osongina sovuradigan o‘smirlar atrofida har doim ham «yaxshi do‘stlar» jam bo‘lavermaydi. Buni farzandingizga tushuntiring, haqiqiy do‘stlaring uchun cho‘ntagingda qancha pul borligi muhim emas deng. Pul o‘g‘irlashning oxiri voy bo‘lishini, hamma o‘g‘ri deb chaqirishini, buning qonunan javobgarligi borligini tushuntirib qo‘ying. Xullas, avvalo vaziyat sababini o‘rganing. Nega bunday qilgani, unga nima yetishmayotganini so‘rang. Faqat juda ehtiyotkor bo‘ling, chunki farzandingiz kelajakda kim bo‘lib ulg‘ayishi sizga bog‘liq. Jazolamoqchi bo‘lsangiz, avvalo o‘g‘irlikni rostdan ham u qilganiga amin bo‘ling. Unutmang, yoningizda jinoyatchi-o‘g‘ri emas, bola turibdi. Hukm chiqarish va jazolashga shoshsangiz, bolaning kelajagini buzasiz, o‘ziga ishonchini yo‘qotasiz.
Bola bu o‘g‘irlik sizni qanchalik ranjitishini tushunishiga imkon bering, lekin voqeani «jinoyat», «o‘g‘rilik», «kissavurlik» deb atamang. Tuyg‘ularingizni aytib, sirlashing, muammoning yechimini birgalashib izlang. Faqat unutmang, yechim — sizning buyrug‘ingiz emas, hamkorlikdagi qaror bo‘lishi kerak.
Qo‘shningizdan olgan pulni zudlik bilan egasiga qaytarish kerakligini ayting, ammo buni bir o‘ziga qoldirmang. Bu uni battar yomon ahvolga soladi va keyingi gal o‘g‘irlaganini sizdan imkon qadar bekitishga harakat qilaveradi. Faqat u bilan birga boring. Shunda bola har bir inson qo‘llab-quvvatlanish huquqiga egaligini tushunadi.
Bolaning kimlar bilan do‘stligiga ham ahamiyat bering. Chunki ba’zan bola atrofidagi do‘stlari qilgan ishga qiziqib, o‘zida takrorlab ko‘radi.
O‘z muammolaringizni aytib, undan yordam tariqasida fikr so‘rang. Chunki o‘smir yoshda bola o‘zini kattalardek his qiladi va atrofdagilardan ham shunday munosabat kutadi. O‘g‘lingiz dilidagilarni ochganidan keyin uning muammolari haqida gaplashishga harakat qiling.
Qiziqishidan kelib chiqib musiqa to‘garagiga berganingiz to‘g‘ri yo‘l. Yana nimalarga qiziqishini bilishga harakat qiling va uning bo‘sh vaqti ko‘p bo‘lmasligini ta’minlang.
O‘smir qiz gapga kirmasa…
— 16 yoshli qizim bor. Yoshi ulg‘aygani sari gap uqtirish qiyin bo‘lib borayapti. Kiyimga juda o‘ch, qo‘lidan, to‘g‘rirog‘i, qulog‘idan telefon tushmaydi. Yigitlar bilan gaplashayotganini sezaman. Urishsam, gap qaytaradigan odat chiqargan. «Siz tushunmaysiz, oyi, bular hozir moda», deydi tag‘in. Otasidan biroz hayiqqani uchun o‘zgarib qolganini aytsammikan deyman-u, to‘g‘risi, qo‘rqaman…
Nazira, 40 yoshda, Navoiy viloyatidan
— Qiz bola ulg‘aya borgani sari hamma narsaga, jumladan, insonlarning o‘zini qanday tutishi, kiyinishiga ham e’tibor qarata va o‘zini ular bilan taqqoslay boshlaydi. Shuningdek, o‘smirlik davrida o‘ziga atrofdagilar ko‘proq e’tibor qaratishini istashadi. Shuning uchun ba’zi qizlar kiyimga, boshqa dugonalarida bo‘lgan buyumlar, masalan, telefon, taqinchoqqa o‘ch bo‘lib qolishadi. Ayrimlari esa kichikligidan kiyimga o‘ta qiziquvchan bo‘ladi. Bu onasi kichikligida qizini chiroyli kiyintirishga qiziqqanidan yangi libos ko‘p olib berganiga ham bog‘liq. Bu qizaloqning kiyinish borasidagi qarashlarini kichikligidanoq shakllanishiga turtki bo‘lgan. O‘smir yoshga borib esa u mustaqillikka ko‘proq intiladi, kiyim borasidagi kichikligidagi xilma-xillik kamday tuyulaveradi. Qolaversa, o‘smir qizlar tashqi ta’sirlarga o‘ta beriluvchan bo‘lishadi. Masalan, biror tengdoshi yangi kiyim kiyib kelsa, uning ham kiyimlarini yangilagisi kelib qoladi. Yoki biror dugonasi yigitlar bilan gaplashsa, uning ham fikri shu tomon yo‘naladi. Qolaversa, o‘smir yosh jinsiy yetilish jarayoniga bog‘liqligini inobatga olganda, bu davrda qiz bolaning o‘z tashqi ko‘rinishiga e’tiborli bo‘lib qolishini tushunish mumkin. Qizingiz bilan ehtiyotkorona gaplashing. Uni tushunishga harakat qilayotganingizni sezishiga imkon bering. Shunda u ham sizni tushunishga harakat qiladi. Qizingizning bo‘sh vaqti ko‘pga o‘xshaydi. Shuning uchun mehnatga, uy ishlariga ko‘proq jalb qiling. Biron bir tugaraklarga yozdiring. Qiziqishlaridan foydalanib, biror hunar o‘rgating. O‘zingizning o‘smirlik davringiz haqida so‘zlab bering, xatolaringizni va ularning oqibatini ayting.
«Siz modani tushunmaysiz», degan gapini esa o‘ylab ko‘ring. Qizlar kichikligida onasini o‘ziga namuna deb biladi. Agar siz o‘zingizga, tashqi ko‘rinishingizga e’tiborli bo‘lsangiz, bu ibrat maktabi qizingiz o‘smir yoshiga yetganda ham davom etadi. Ya’ni qizingizga o‘zingiz namuna bo‘lishingiz kerak.
«Bolam tengdoshlari oldida mendan uyaladi…»
— 13 yoshli o‘g‘lim men bilan birga yurishga uyaladigandek tuyuladi. Bu menga juda alamli ta’sir qilayapti. Axir uni shuncha qiynalib dunyoga keltirdim, ulg‘aytirdim, o‘zimni butunlay unga bag‘ishladim… Endi esa do‘stlarining oldida men bilan birga ko‘rinishni xohlamaydi. Nega bunday? Men nima qilishim kerak?
Dilbar, 36 yosh, Toshkent shahri
— Avvalo shuni tushunishingiz kerakki, o‘smirlarning aksariyati o‘zini kattalardek tutishni, atrofdagilar ham unga kattalardek munosabatda bo‘lishini istashadi. Masalan, o‘smirni otasi yoki onasi bilan birga ko‘rishsa, go‘yoki u o‘zini haliyam yosh boladay sezadi. Va atrofdagilar, ayniqsa do‘stlari «yosh bola, haliyam onasi yoki otasiga ergashib yuradi», deb o‘ylashlaridan juda uyaladi. Albatta, sizga bu yoqmasligi tabiiy, ammo buning uchun ko‘p ham asabiylashavermang. Yodda tutingki, farzandingizdagi bu holat vaqtinchalik. Mehrli munosabatlaringiz bir necha yildan keyin tiklanadi. O‘smir hayotidagi eng murakkab davr ham 13-14 yoshga to‘g‘ri keladi. Aynan shu yoshda o‘smir nazarida kattalar unga bosim o‘tkazayotganday tuyuladi.
«Qizimdan xavotirdaman»
— Men 15 yoshli qizimdan xavotirdaman. Unga qattiqroq gapirishga ham qo‘rqaman. Bir gal beruxsat dugonasinikiga ketib, bizni xavotirga qo‘yganidan qattiq urishganimiz uchun qo‘lini kesib qo‘rqitgandi. Salga asabiylashib ketadi. O‘shandan beri qattiqroq gapirishga ham qo‘rqamiz. U esa bundan foydalanib, ko‘ngli tusagan ishni qiladi. Nima qilish kerak?
Gulxan, 42 yoshda, Samarqand viloyatidan
- Afsuski, o‘smirlar yaxshi gapdan ko‘ra yomonini tezroq qabul qiladi. Asabiyligi ham o‘smirlik davriga xos jihatlardan biri. U hozir o‘ziga nima bo‘layotganini o‘zi tushunmayapti. Shuning uchun qizingiz bilan munosabatda ehtiyotkor bo‘lishingiz kerak. Farzandingizning nimalar bilan bandligi, teleekran orqali qanday dastur va filmlarni tomosha qilayotgani, tengdoshlari bilan munosabatini nazardan chetda qoldirmang. O‘z joniga qasd qilishdek inson ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan filmlarni tomosha qilmasligiga ahamiyatli bo‘ling. Qizingiz bilan samimiy suhbatlarni tez-tez tashkillashtirib turing. Uni qanday muammolar qiynayotganini bilishga harakat qiling. Va hal qilib bo‘lmaydigan vaziyatning o‘zi yo‘qligini, yechim hamisha topilishi, faqat u aqlga tayanilgan bo‘lishi kerakligini, tiriklikning o‘zi baxt ekanini tushuntiring. Qizingizning asabiyligiga sabr bilan yondashing. Bu muammolar sizga ham tanishligi, o‘zingizning ham boshingizdan o‘tgani, bular vaqtinchalik holat ekanini tushuntiring. Qizingizga u qanday bo‘lsa, shundayligicha yaxshi ko‘rishingizni namoyon eting. Shuni ham unutmangki, ba’zi o‘smirlar o‘zining mustaqil shaxsligini isbotlash uchun ham oila a’zolari aytgan ishning teskarisini qilishadi. Ota-onalar farzand rivojining mazkur bosqichi normal hol ekanini tushunishlari kerak.
O‘smirlar fiziologiyasi
Qizlarda 9-10, o‘g‘il bolalarda 11-12 yoshda hayotining yangi va mas’uliyatli davri — o‘smirlik yoshi boshlanadi.
O‘smirlik va yoshlik davrini ba’zan bir nom bilan atash mumkin: jinsiy yetilish davri. Bu yigitlarda 18-19, qizlarda 16-17 yoshda nihoyasiga yetadi.
10 yoshda o‘g‘il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi deyarli bir xil bo‘ladi. 11 yoshda esa qizlar bo‘y (1,6 sm.ga) va vazn (1,7 kg.ga) jihatdan o‘g‘il bola tengdoshlarini ortda qoldirishadi.
12 yoshda qizlar har jihatdan o‘g‘il bolalardan o‘zib ketadi. 13 yoshda esa bu farq yana-da kattalashadi. Biroq 14 yoshda jismoniy rivojlanishning barcha ko‘rsatkichlari o‘g‘il bolalarda yuqori bo‘ladi. Bu tafovut shu bilan bog‘liqki, qizlar o‘smirlik davriga o‘g‘il bolalardan 2 yil oldin qadam qo‘yadi, ularda bo‘y va vazn sezilarli darajada «sakraydi». Qizlarda bu jarayon 10,5 dan 13 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda esa 12,5 dan 15 yoshgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida kuzatiladi. Jinsiy yetuklik esa qizlarda 12,5-13, o‘g‘il bolalarda esa 14-15 yoshda namoyon bo‘ladi.
O‘smirlarda yurak tez o‘sadi. 10 dan 16 yoshgacha yurak vazni ikki baravar oshadi, hajmi esa deyarli 2,4 marta kattalashadi. Yurak mushaklari ham o‘zgaradi, qisqarganda katta miqdordagi qonni tomirlarga haydashga qodir bo‘ladi.
Yurak massasining kattalashishi esa ba’zida butun tana massasining oshishidan orqada qoladi. Shuning uchun ham gohida o‘smir yigit-qizlar holsizlik, yengil charchoq (ayniqsa jismoniy zo‘riqishlardan keyin), isib ketganda yoki tana holatini birdan o‘zgartirganda hushdan ketishga moyillik kuzatiladi.
Bo‘y va yurak o‘lchamlari bir-biriga mos kelmasligiga bog‘liq yurak zaifligi alomatlari yuzaga kelganda ayrim ota-onalar bu holni yurak kasalligi sifatida baholab, o‘g‘li yoki qizini har qanday jismoniy ishlardan chegaralaydi, avaylaydi. Aslida esa bu katta xato. O‘smir organizmining bu yuqori talab va ehtiyoji uchun jismoniy mashqlar, sport va mehnat — yagona «dori».
Nilufar tayyorladi