Press "Enter" to skip to content

Tushda oyoq kiyim korsa nima boladi

Tush Tabirlari 150.332 views 2 years ago

tushda oyoq kiyim korsa

Oyoq kiyim tushda korsa nima bo’lishi hakida to’lik ma’lumot

Tushda ko`rish 51.334 views 10 months ago

Оёк кийим тушда курса нима булиши хакида туш табири

drawing L 399.377 views 3 years ago

Tushda OYOQKİYİM ko’rsa nima bo’ladi❓

Dilbar Dilan Sat 69.741 views 1 year ago

Тушда Оёк кийим курса | Tushda Oyoq kiyim ko’rsa

Tush Tabirlari 150.332 views 2 years ago

Туш табири – Тушда пояфзал куриш

UZBLOG TV 254.933 views 4 years ago

Туш табири – Тушда Шиппак куриш

Tush Tabirlari 25.624 views 10 months ago

Tushda tufli korish

Tushlar tabiri 6.139 views 7 months ago

Туш табири – Тушда Ботинка куриш

Tush Tabirlari 11.808 views 10 months ago

Tush haqida

Adham Yoldoshov 1.703 views 8 months ago

99% АЁЛЛАР ВАЗЕЛИННИ ҚАНДАЙ ИШЛАТИШНИ БИЛИШМАЙДИ! АФСУС.

DOCTOR K 3.507.416 views 1 year ago

VOY BLAAAAT! OPANI ICHKI KIYIMI DAXSHATUU. YANGI O’ZBEKCHA PRIKOLLAR 2022

KULGULI HAZILLAR 1.572.955 views 1 year ago

Тушда Кийим курса | Tushda Kiyim ko’rsa

Tush Tabirlari 249.822 views 2 years ago

Tushda O’ZİNİ YALANG OYOQ ko’rsa nima bo’ladi❓

Dilbar Dilan Sat 7.489 views 5 months ago

Tushda “OQ” rang Moshina, Ot, Oyoqkiyim, Quyon, Kaptar, Uy, ilon Mushuk, Q’oy, Ko’ylak v.h.k❓

Dilbar Dilan Sat 12.062 views 1 year ago

Туш куриш хакида Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф жавоблари

Tush Tabirlari 1.523.178 views 2 years ago

Тушга Оек Кийм Кирса Нима Болади|•Шайх Мухаммад Содик Юсуф /•Savol Javob.

Islom Uchun 10.484 views 1 year ago

Oyoq kiyim

SABAYUB STUDIO 1.687 views 2 years ago

Кимнинг туши унгидан келади

7- Канал 58.843 views 2 years ago

тушда кийим курса – Kiyim tushda tush tabiri. tushda kiyim korsa – тушда кийим курса нима булади

Tushda ko`rish 60.901 views 10 months ago

Сухбатдошингизни ХАРАКТЕРИНИ аникланг / КОШГА караб феъл атворни аниклаш / Your character

QIZIQARLI DUNYO 299.782 views 5 years ago

Tushda oyoq kiyim korsa nima boladi

Savol: Tushda noxush narsa ko‘rsa, nima qilish kerak?

Javob: Abdurahmon ibn Sa’iddan shunday rivoyat etiladi: «Yaxshi tush Alloh taolodandur, kimki yaxshi tush ko‘rsa, uni faqat o‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga aytsin, basharti yomon tush ko‘rsa, uning va shaytonning yomonliklaridan Alloh taolodan panoh tilab, uch bora (chap tarafiga) tupurib qo‘ysin hamda ko‘rgan tushini hech kimga aytmasin. Shunday qilsa, tushi zarar keltirmagaydir!»

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi biringiz yaxshi tush ko‘rsangiz, u Alloh taolo tarafidan sizga marhamat qilingan bo‘lib, darhol turib Rabbingizga munosib hamdu sanolar aytingiz va tushingizni (o‘zingiz sevgan kishiga) so‘ylangiz! Basharti yomon tush ko‘rsangiz, bilingkim, ul shaytondan sodir bo‘lgandir. Darhol turib shaytonning yomonligidan Alloh taolodan panoh tilangiz va uni birovga aytmangiz! Shunday qilsangiz, tushingiz zarar keltira olmaydur!» deydilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.

Tush haqida aytilganki, u go‘yo parrandaning oyog‘iga yopishib qolgan loyga o‘xshaydi. Qush tepaga ko‘tarilganida o‘sha yopishgan loylar tushib ketadi. Shu kabi tush ham birovga aytilmasa, hech qanday zarari tegmay, o‘tib ketadi.

Yaxshi va yomon tushlar bo‘ladimi?

Masjid-madrasalarda yurish, havoda uchish, suvda suzish rahmoniy (yaxshi) tushlardir. Qabrlar, o‘tlar orasida, so‘yilgan go‘shtlar-u iflos joylarda yurish shaytoniy (yomon) tushlardir. Ba’zi rivoyatlarda bog‘u bo‘stonlarda yurish, do‘stlar davrasida suhbat qurish, inson xursand bo‘ladigan narsalarni ko‘rish ziyoda umrdan hisob qilinadi, deyilgan. Abu Sa’id al-Xudriyning rivoyat qilishicha, Rasululloh (s.a.v.): «Eng rost tush sahar vaqtida ko‘rilgan tushdir», deganlar.

Dinda savolim bor

Bolani isitmasi chiqsa nima qilish kerak — muolajalar, dorilar, tavsiyalar

Bolalarda isitma chiqsa nima qilish kerak, u qachon xavfli bo’ladi, dorixonadan qanday dori-darmonlar sotib olish va qachon shifokorga murojaat qilish kerak, sahifada batafsil.

Tana haroratini o’lchash

Dastlab tana harorati har doim ham 36.6 °C bo’lishi shart emasligini tushunib olish kerak. Bu o’rtacha qilib olingan qiymat sanaladi, sog’lom insonda esa normal temperatura 36.1 dan 37.2 °C gacha oraliqda bo’ladi va hatto kun davomida o’zgarib turadi ham. Masalan, ovqatlanish yoki og’ir jismoniy faollikdan keyin.

«Bolani temperaturasi chiqibdi» deganda ko’pincha isitma — tana harorati 37,2 °C dan yuqori bo’lgan holat tushuniladi.

Agar harorat termometrni rektal (to’g’ri ichak orqali) yoki quloq ichiga kiritish orqali o’lchansa, normal bo’lmagan deb tasniflanadigan ko’rsatkich yuqoriroq bo’ladi — 38 °C va undan ziyod. Og’zaki o’lchovda esa 37,8 °C va undan yuqori.

Nima uchun harorat ko’tariladi

Isitma — organizmning turli xil infektsiyalarga qarshi himoya reaktsiyasidir. Yuqori haroratda bakteriyalar va viruslar omon qolishi qiyinroq bo’ladi, shuning uchun organizm xavfli mikroorganizmlarni yo’qotish jarayonini boshlaydi va ayni paytda immunitet tizimini faollashtiradi.

Ko’pincha bolalarda harorat respirator infektsiyalar yoxud xalq orasida shamollash deb ataladigan holat tufayli ko’tariladi. Ammo bu yagona sababchi emas: isitma ko’plab boshqa kasalliklarda ham o’zini namoyon qiladi. Infektsiyalardan tashqari jarohatlar, qizib ketish, saraton, gormonal va autoimmun kasalliklar, shuningdek, nojo’ya ta’sirga ega bo’lgan ba’zi dorilar haroratning ko’tarilishiga sababchi bo’lishi mumkin.

Bolaning issig’i borligini qanday bilish mumkin

Kattalar o’zlarida isitmani ma’lum bir alomatlar orqali aniqlab olishlari mumkin, jumladan:

  1. Zaiflik
  2. Bosh og’rig’i
  3. Varaja va titroq.
  4. Ishtaha yo’qolishi.
  5. Mushaklarda og’riq.
  6. Terlash

Tili chiqqan bolalar ham yuqoridagi kabi alomatlardan shikoyat qilishlari mumkin. Biroq chaqaloqlarning issig’i chiqqanda ular o’z holatini ifodalab bera olishmaydi. Shu tufayli haroratni o’lchash uchun ko’rsatma bo’lib quyidagi belgilar xizmat qiladi:

  1. Ovqatlanish yoki emishdan bosh tortish.
  2. Yig’lash, bezovtalanish.
  3. Uyquchanlik, charchoq, passivlik.

Peshonani ushlab ko’rish asosida isitma haqida gapirib bo’lmaydi. Faqatgina soz bo’lgan termometr ko’rsatkichiga ishonish mumkin.

Isitmani qachon tushirish kerak

Isitma — infektsiyalarga nisbatan tegishli immunitet javobi mavjudligi belgisi hisoblanadi. Shu sababli, tiklanishni kechiktirmaslik uchun uni tushirishga shoshilmaslik kerak.

Odatda isitma tushiruvchi vositalarni tana harorati rektal o’lchovda 39 °C gacha, qo’ltiq ostida o’lchanganda esa 38,5 °C ga yetganda qo’llash tavsiya etiladi.

Ko’pchilik yuqori harorat miya hujayralariga zarar yetkazishi mumkin deb o’ylab qo’rqishadi. Biroq, JSST ma’lumotlariga ko’ra, harorat 42 °C ga yetmaguncha u bolalar uchun xavfsizdir.

Isitma mustaqil kasallik emas, balki faqatgina uning alomatidir. Tana harorati dorilar bilan tushirilganda kasallikning tashqi ko’rinishi yashiriladi, lekin uning o’zi davolanmaydi.

Kamdan-kam hollarda bolalardagi juda yuqori temperatura febril tortishishlar — mushaklarning beixtiyor qisqarishini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatning tashqi ko’rinishi juda qo’rqinchli va ota-onaning vahima qilishiga sabab bo’ladi, lekin ko’pincha xurujlar o’z-o’zidan to’xtaydi va hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi.

Har qanday holatda tibbiy xodimlarni chaqirish va bola o’ziga zarar yetmasligiga ishonch hosil qilish kerak: uni yonboshiga yotqizish, ushlab turish, qalin kiyimlarini yechish. Bolaning og’ziga biron narsa solishga harakat qilmaslik kerak, bu jarohatlar xavfini oshiradi.

Isitmani har bir inson turlicha boshdan o’tkazadi: ba’zi bolalar 39 °C da ham bemalol o’ynab yuraverishsa, ba’zilari 37,5 °C da ham yotoqdan tura olmay qolishadi. Shuning uchun haroratni qulaylik va bolaning ahvolini yaxshilash maqadida tushirish zarur.

Bolani issig’ini qanday tushirish kerak

Eng oson, tezkor va samarali usul — bolaga ibuprofen yoki paratsetamol asosli isitma tushiruvchi dori berishdir. Ular bolalar uchun qulay bo’lgan shakllarda ishlab chiqariladi: shirin siroplar yoki shamchalar. Bolaga sirop berganda ehtiyot bo’lish talab etiladi: ta’m va rang beruvchi moddalar allergiyaga olib kelishi mumkin.

Hech bir holatda dori dozasi oshib ketmasligi zarur. Odatda doza bolaning vaznidan kelib chiqib hisoblanadi. Bolalar, ayniqsa maktabgacha yoshdagilar, hatto bir xil yoshda bo’lganda ham vaznda farq qilishi mumkin, shu sababli asosiy e’tibor yosh guruhiga qaratilmasligi kerak.

Dori vositalari ta’sir qilishi uchun 0,5 dan 1,5 soatgacha vaqt talab etadi. Shu sababli isitma tushiruvchi qabul qilinganidan so’ng 10 daqiqa o’tiboq haroratni o’lchashga shoshilmaslik kerak.

Dori vositasini o’lchashda o’ram bilan birga beriladigan o’lchov uchun chashka, qoshiq va shpritslardan foydalaning. Vositani qorong’u sharoitda yoki ko’z bilan chamalab berib bo’lmaydi. Bolaga qancha miqdorda vosita berilganini aniq bilish talab etiladi.

Dozani oshirib yubormaslik uchun, bolalarga shamollash alomatlariga qarshi ta’sir qiladigan kombinativ dori-darmonlarni bermaslik tavsiya etiladi. Ularning tarkibida parasetamol yoki boshqa isitma tushiruvchi vosita saqlanadi, shu tufayli bolaga bir vaqtning o’zida bir nechta dori-darmon berib qo’yish mumkin, dozaning oshirib yuborilgani esa sezilmay qoladi.

Paratsetamol va ibuprofen bir kunda qo’llanilishi mumkin, lekin me’yorni unutib, barchasini bir vaqtning o’zida bermaslik darkor. Agar paratsetamol berilgan bo’lsa va u sezilarli yordam bermasa, unda preparatning yangi dozasini berish vaqti kelganda ibuprofenga murojaat qilish mumkin (yoki aksincha).

Bolalarga aspirin va analgin bermaslik kerak: ular jiddiy nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.

Isitmani tushirishga qaratilgan jismoniy usullar ham mavjud, ammo o’ta samarali emas: bolaning kaft va oyoqlarini nam sochiq bilan artish, peshonasiga salqin kompress qo’yish.

Qachon shifokor chaqirish kerak

Tajribali ota-onalar O’RVI`ning yengil shakllarini uy sharoitida yengish mumkinligini bilishadi. Bunday holatlarda shifokor faqatgina ota-onalarga kasallik ta’tili olish yoki bolaning ta’lim muassasasiga taqdim etish uchun ma’lumotnoma berish uchun kerak bo’ladi. Shunga qaramay, quyidagi holatlarda pediatrga ko’rinish zarur:

  1. Holat tibbiy yordam talab etadi deb o’ylansa.
  2. Chaqaloq uch oylikdan kichik bo’lsa.
  3. Bola olti oylikdan kichik, harorat esa 38 °C dan yuqori 1 kundan ortiq davom etsa.
  4. Bola bir yoshdan kichik, harorat 39 °C dan yuqori va 1 kundan ortiq davom etsa.
  5. Bolada toshma kuzatilsa.
  6. Isitma bilan birga og’ir belgilar: nazoratsiz yo’tal, qusish, kuchli og’riqlar, fotofobiya kuzatilsa.

Quyidagi hollarda esa tez tibbiy yordam chaqirish lozim:

  1. Harorat yuqori qiymatlarga ko’tarilsa (39 °C dan yuqori) va isitma tushiruvchi qabulidan so’ng ko’tarilishda davom etsa.
  2. Bolaning o’ngi chalkashasa: u uyquchan, uni tetik holatga keltirish qiyin, atrof-muhit ta’sirlariga reaktsiyasi zaif.
  3. Nafas olish yoki yutinishi qiyinlashsa.
  4. Isitmaga qayt qilish hamrohlik qilsa.
  5. Terining ustiga bosganda yo’qolmaydigan kichik ko’karishlar shaklida toshma toshsa.
  6. Tutqanoq boshlansa.
  7. Suvsizlanish belgilari kuzatilsa: bola hojatga kam chiqadi, tilning qizarishi bilan og’iz quruqligi, ko’z yoshi chiqmasligi. Chaqaloqlarda liqildoq botib qolishi mumkin.

Yordam ko’rsatish usullari

Isitmaga qarshi kurashda yordam berishi mumkin bo’lgan asosiy narsa — uning sababini bartaraf etishdir. Agar u bakterial infektsiya bo’lsa, antibiotiklar talab etiladi (faqat shifokor tomonidan tayinlanadi). Agar boshqa kasalliklar aybdor bo’lsa, ular davolanishi kerak. Faqat virus sabab bo’lgan shamollashlar o’z-o’zidan o’tib ketadi, bu davrda asosan organizmni qo’llab-quvvatlovchi choralar ko’rilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

  • Iliq ichimliklar berish. Tana harorati ko’tarilganda organizmdagi suv tezroq bug’lanib keta boshlaydi. Shu sababli, suvsizlanishni oldini olish uchun bolaga ko’proq sharbatlar, kompot, choy, suv berish kerak. Emizikli bolalarni tez-tez emizib turish zarur, agar u emishdan bosh tortadigan bo’lsa, ko’krakka qaytishini kutishdan ko’ra suv ichirgan afzal.
  • Xona havosini namlash. Nafas orqali namlik yo’qotilishini kamaytirish uchun, xona havosining nisbiy namligini optimal darajada saqlab turish kerak (40-60%). Buning uchun maxsus qurilmalardan foydalanish yoki boshqa chora-tadbirlarni qo’llash mumkin.
  • Xonani tozalash. Har kuni xonani changlardan tozalab turish kerak. Oynani ochishdan qo’rqmasa ham bo’ladi: toza havo kasallik bilan kurashuvchi organizm uchun ayniqsa zarurdir.
  • Parhez. Bola kasal bo’lib qolganligi sababli unga bir dunyo shirinliklar olib bermaslik kerak. Agar uning ishtahasi bo’lmasa, majburlab ovqat qabul qildirish tavsiya etilmaydi. Eng yaxshi yo’l tovuqli bulyon tayyorlab berish: u ham suyuqlik, ham ovqat o’rniga o’tadi, ham kasallikka kurashishda yordam beradi.

Isitma chiqqanda nima qilish mumkin emas

Kasallikning noxush davrini hech qanday muammosiz yengib o’tish uchun eng yaxshi usul — bolani yaxshi parvarishlash. Ba’zi sabablarga ko’ra (an’ana, yoshi kattalarning yoki forumlarda berilgan maslahatlarga ko’ra), haroratni tushirishda ko’plab zararli harakatlar amalga oshiriladi. Shu tufayli quyidagi xatolarga yo’l qo’ymaslik joiz:

  1. Bolani o’rab tashlamang. Harorat yuqori bo’lsa, issiq kiyim va ikkita choyshab harorat ko’tarilishini yanada kuchaytiradi. Yaxshisi bolani yana bir piyola kompot ichishga ko’ndiring.
  2. Bola yoniga isitgichni qo’ymang. Umuman, xonadagi temperatura 22 °C atrofida bo’lsa, uni pasaytirish kerak. Eng optimal harorat 18-20 °C, bunday haroratdagi havodan nafas olish shilliq qavatlarni quritmaydi.
  3. Oyoqlarni «vanna» qilmang, issiq bug’ bilan ingalyatsiya qildirmang, gorchichnik qo’ymang: bu usullarning samaradorligi isbotlanmagan, haroratni yanada oshirib yuborish xavfi esa har qanday foydadan yuqoridir.
  4. Bolani sirka va aroq bilan artmang. Bu usullar biroz yordam beradi, lekin ular bolalar uchun juda zaharlidir.
  5. Bolani majburlab yotqizib qo’ymang. Bemor o’zi yotish-yotmaslik kerakligini yaxshi his qiladi. Agar u uyda o’ynashga qodir bo’lsa, unda o’ynagani yaxshi.