Turnir jadvali
❓Хўш, бу янгиликнинг нимаси оламшумул?
Япон олимлари кўриш қобилиятини тиклашнинг ноёб усулини кашф қилди
Илдиз ҳужайраларининг ажойиб хусусияти бор. Улар ўз-ўзини янгилай олади. Қолаверса, қон, суяк, нерв ва бошқа ҳужайраларга айланиш қобилиятига эга. Шу боис бу «митти организм»лар замонавий тиббиётда бемор танасидаги зарарланган ҳужайраларни алмаштиришда қўлланилади.
Япон олимлари эса дунёда илк бор индукцияланган плюрипотент ўзак ҳужайраларидан кўз шох пардасини ўстириб, уни жарроҳлик йўли билан донорга кўчириб ўтказишди.
❓Хўш, бу янгиликнинг нимаси оламшумул?
Гап шундаки, шу пайтгача қўлланилаётган усулга мувофиқ, инсондан кўчириб ўтказилган кўз шох пардаси анъанавий тарзда илдиз отади. Аммо бемор танаси донор шох пардасини рад эта бошлайди. Чунки унда бегона иммунитет ҳужайралари мавжуд бўлади.
✅ Японлар ўтказган тадқиқот эса — ноёб тажриба. Чунки илдиз ҳужайраларидан ўстирилган шох парда иммунитет тизимидан холи. Шу сабабли уни организм ижобий қабул қилади.
Қолаверса, донорлик йўли билан кўчириб ўтказилган кўз шох пардаси вақт ўтиши билан қатор қийинчиликларни юзага келтиради. Масалан, кунчиқар мамлакатда 1500 нафарга яқин киши шундай муаммодан азият чекмоқда. Янги изланишлар ана шу мураккабликларга барҳам бериши мумкин.
‼️ Шох парда эпителийси касаллигига чалинган 40 ёшли япон аёли клиник синовга розилик билдирди. Операциядан сўнг унинг кўриш қобилияти тикланди.
Unai Emeri Mikel Artetaga qarshi: o‘ch olish va chempionlik poygasi o‘rtasidagi jang
Mikel Arteta jamoasi bugun “Aston Villa” maydoniga safar qiladi. Ispaniyalik mutaxassis “Arsenal”ni yana chempionlik poygasiga qaytarish uchun harakat qilmoqda. Buning uchun bugungi uchrashuvda qanday bo‘lmasin g‘alabaga erishish kerak bo‘ladi. “Arsenal” Unai Emerini iste’foga chiqarganiga uch yildan oshdi. Ammo uning davrida qo‘ldan chiqarilgan yirik sovrinning aqliy zahmi hali ham ketgani yo‘q. O‘z navbatida Emeri ham buning uchun o‘zining sobiq jamoasidan o‘ch olishga harakat qiladi. Bundan ikki yil oldin u “Arsenal”ni “Vilyarreal” bilan YELda mag‘lub etib, qaysidir ma’noda o‘z alamini olgan. Ammo o‘sha ikki davrali bahs pandemiya sababli yopiq eshiklar ortida kechgandi. Bugun esa o‘yin muxlislar qarshisida bo‘ladi. Shu bilan bir paytda Emerining yurtdoshi bo‘lgan Arteta unga doimo hurmat ko‘zi bilan qarashini bildirib keladi. U bu haqida shunday degandi: “Unai ajoyib murabbiy va doimo raqiblar uchun katta muammo tug‘dira olgan. Men doimo uning boshqargan jamoalariga hurmat ko‘zi bilan qaraganman”. Ammo bu hurmat o‘z vaqtida Mikel Artetani Emerining “Arsenal”da yaratgan barcha narsasini bir boshdan buzib tashlashiga mone’lik qilmagan. Ayni damda Emerining “Arsenal” bilan o‘tkazgan so‘nggi o‘yini (2019 yil, noyabr)dagi asosiy tarkibidan faqat Kiran Tirni qolgan xolos. Ammo shotlandiyalik himoyachi shu kunlarda zaxira o‘rindig‘ida o‘z vaqtini o‘tkazmoqda. Kiyinish xonasida yomon muhit yaratgan (Arteta qarashiga ko‘ra) qolgan barcha futbolchi yo‘qotilgandi. Xususan, Mesut O‘zil, Pyer-Emerik Obameyang, David Luiz, Aleksander Lyakazett, Ektor Belyerin, Kalum Cheymbers va Sokratislar jamoani tekinga tark etgan. Ular ichidan ayrimlariga klubdan ketishi uchun hatto pul ham to‘langandi. Shuningdek, Bernd Leno, Matteo Genduzi va Lukas Torreyralar arzimagan pulga sotib yuborildi.
Ammo Emeri davridagi hamma ham Arteta rejimi davrida tashqariga “uloqtirilgan”i yo‘q. Masalan, Saliba, Martinelli, Saka va Smit-Roular aynan Emeri davrida jamoadagi debyutlarini nishonlagan. Hozirgi kunga kelib aynan o‘sha nomlar Artetaning yangi loyihasida asosiy ustunlarga aylandi. Biroq, so‘nggi uchta turdagi ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar fonida “Manchester Siti” chempionlik kurashida yana o‘z o‘rniga qaytdi. Bundan atigi bir oy ilgari “Arsenal” “Tottenxem” ustidan g‘alaba qilib, eng yaqin ta’qibchisidan sakkiz ochkoga o‘zib ketgandi. Endi esa, chorshanba kunidagi mag‘lubiyat, jamoani favorit darajasidan ancha pastga tushirib qo‘ydi. “Arsenal” qarshi hujumdan va standart vaziyatlardan unumli foydalanishni biladigan raqiblar uchun tayyor o‘lja sifatida namoyon bo‘la boshladi. Masalan, “Everton”, “Brentford” va “Manchester Siti” aynan mana shu uslub orqali to‘pchilarni yer tishlatgandi. Mikel Arteta bugun birmingemliklardan ham aynan shuni kutishi kerak. O‘z jamoasining so‘nggi paytdagi natijalari haqida Mikel Arteta shunday deydi: “Biz to‘p nazorati va o‘yinni o‘zimizniki qilishni yoqtiradigan jamoamiz. Afsuski, hozirgi natijalarimiz raqib jarima maydonchasi ichida unumli harakat qila olmaganimiz sababli yuzaga kelmoqda. Biz nimani xohlayotganimizni va darajamizni yaxshi bilamiz. Natija bizga qarshi bo‘lgan bo‘lsada, “Manchester Siti” bilan bahsdan olgan ijobiy xulosalarimiz ham bo‘ldi. Men mana shu o‘yinda o‘z ko‘zlarim bilan yigitlarni ulg‘ayganini ko‘rdim. Buni o‘yindan keyin futbolchilarni o‘zlariga ham aytgandim. Ammo biz so‘nggi o‘nyillikdagi eng yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik va bu oson bo‘lmasligini bilardik. Bir necha yil oldin “Man Siti”ga qarab, ulardan qanchalik ortda ekanimizni his qilardik. Hozir biz ular bilan bir darajadamiz. Hech bo‘lmasa, ularga juda yaqin keldik. Natija sababi – raqib bizdan hujumda unumliroq o‘ynagani”.
ISMATOV J.
Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 15:00, 18.02.2023. O’qildi: 957 marta. Fikrlar: 0 ta.
Bo’limga tegishli boshqa xabarlar
- “Vest Xem” Moyesning taqdirini hal qildi(mi)?
- Ten Xag: “Sancho hali o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqani yo‘q”
- Potter: “Men ahmoq ham, sodda ham emasman”
- Xavi: “Nega Roberto tanqid qilinishini tushunmayman”
- Xavi: “Ferran uchun juda xursandman”
- Pochettinoning «Tottenxem»ga qaytish ehtimoli yuqori
- Konseysau: «Orzuni ro‘yobga chiqarish uchun harakat qilish kerak»
- Mourinyoning rimlik muxlislardan hafsalasi pir bo‘ldi
- Xavi: «Bu — murabbiy uchun ajoyib qurol»
- Klopp “Liverpul” rahbariyatiga yana bir istagini ma’lum qildi
To’purarlar jadvali
So’nggi xabarlar
20 FEVRAL
- Sayt ruknlari
- Rasmiy xabarlar
- Yangiliklar
- Tahlil va maqolalar
- Sharh va anonslar
- Reportajlar
- Intervyular
- Reytinglar
- Stadionlar
- Oliy liga
- Angliya Premer-ligasi
- Ispaniya La-ligasi
- Italiya A-seriyasi
- Germaniya Bundesligasi
- Rossiya Premer-ligasi
- Yoshlar ligasi
- Birinchi liga
- JCH-2014
- ECHL
- Yevropa ligasi
- Osiyo kubogi
- OCHL
- U16 Osiyo chempionati
- U19 Ociyo chempionati
- U22 Osiyo chempionati
- LIVE
- Futbol bashorati
- Onlayn viktorina
- Bloglar
- Konferensiyalar
- Afsonalar
- TV-Dasturlar
- Videolar
- Telegram
- Odnoklassniki
- Vkontakte
- Reklama
- Aloqa