Tushda oyoq kiyim ko’rish — ta’biri, ma’nosi, poyabzal ko’rsa nimadan darak beradi
Tuflidagi namlikni ketgazish uchun, ichi qog‘oz bilan to‘ldiriladi. Qog‘oz o‘ziga barcha nam hidni tortib oladi.
Tushda qizil oyoq kiyim korsa
Yoz kelishi o‘zining ijobiy tomonlaridan tashqari, yoqimsiz salbiy tomonlari ham borligini yoddan chiqarmaslik kerak, shulardan biri, oyoq kiyimdan chiqayotgan yoqimsiz hiddir. Buning sababi bakteriyalardir, nam va issiq sharoit ularning ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Ayrim hollarda organizmning o‘ziga hos hususiyatiga ham bog‘liq. Nima bo‘lganda ham bunday nohush holatni yo‘qotish imkoniyatlari bor. Maqolamizda yoqimsiz hidni yo‘qotish yo‘llari bilan tanishtiramiz.
Poyafzalni quritish
Quruq muhitda bateriyalar yashamaydi. Oyoq kiyim tagliklari olib, bog‘lag‘ich iplari yechib, oftobga yoki isitgich oldiga qo‘yiladi.
Muzlatish
Poyafzalingizni polietilen xaltaga solib, ertalabgacha muzlatgichga solib qo‘ying. Ertalab muzlatgichdan olib, “o‘ziga kelguncha” oftobga qo‘ying. Bunday yo‘l tutilganda bakteriyalarga ikki tomonlama zarba beriladi.
Oyoq ichiga apelsin, greypfrut, limon po‘choqlarini solib qo‘ying
Yangi sitrus meva po‘choqlarini tun bo‘yi poyafzalning ichiga solib qo‘yilsa, ertalabga borib hidi yaxshi tomonga o‘zgaradi. Huddi shunday natijani sitrus meva efir yog‘idan bir necha tomchi tomizilsa ham olish mumkin.
Yuvish
Agar oyoq kiyimni yuvish imkoniyati bo‘lsa, uni kir yuvadigan mashinada yuvish mumkin. Buning uchun eski sochiq yoki shunga o‘xshash mato bilan poyafzalni kir yuvish mashinasiga joylashtirish kerak. Qaynoq bo‘lmagan suv quyulib, o‘rtacha tezlikda yuviladi. Qo‘shimcha bakteriyalarni o‘ldirish uchun oq sirka qo‘yib yuborilsa, maqsadga muofiq. Yuvilgan poyafzalni ochiq havoda quritish kerak.
Poyafzal uchun dezodorat kukun tayyorlash
3 osh qoshiq choynak soda, 1 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali va 5 tomchi choy daraxti yog‘ini aralashtiring. Tayyorlangan qorishma bilan poyafzalni ichki tomoniga surtib, ertalabgacha qo‘yiladi. Bunday kukun bakteriya va zambrug‘lar uchun halokatli muhit hisoblanadi. Kukun oyoq kiyimining yoqimsiz hiddan halos qiladi va antiseptik hususiyatiga ega.
Gazeta yoki qog‘ozdan foydalansa bo‘ladi.
Tuflidagi namlikni ketgazish uchun, ichi qog‘oz bilan to‘ldiriladi. Qog‘oz o‘ziga barcha nam hidni tortib oladi.
Agar oyoq kiyimingizdan noxush hidni ketgazishni imkoniyati bo‘lmasa, yuqorida keltirilgan maslahatni ketma ket bajarib ko‘ring, poyafzalni ichiga dezodorat kukunni sepib, eski gazetalar bilan to‘ldirib, kechasi bilan muzlatgichga solib qo‘ying, ertalabki quyosh nurlarida toblab olsangiz poyafzalingizdan muattar hidlar taralib turadi.
Tushda oyoq kiyim ko’rish — ta’biri, ma’nosi, poyabzal ko’rsa nimadan darak beradi?
Tushda oyoq kiyim ko’rish — yangi joy yoki yangi munosabatlardan gapiradi. Noodatiy poyabzal — noodatiy narsalar yoki munosabatlar; tushda oyoq kiyim sotib olish — yangi ishqiy munosabatlar; poyabzal yo’qotish — sizni hafsalangizni pir qilishadi; oyoq kiyimni yechish — omadsizlik, munosabatlar uzilishi. Tush ta’bri kitobida umuman poyabzal — kimningdir yordami, xizmatini anglatadi.
Psixoemtsional nuqtai nazardan, har qanday shakldagi oyoq kiyimi odam o’z hayot yo’liga chetdan nazar solishini va qay yo’ldan ketishni tanlashini anglatadi. Oyoq kiyimi tushda qanday bo’lishi tanlangan yo’l qanday bo’lishidan darak beradi.
Tushda oyoq kiyim ko’rish
- Agar tushingizda oyoq kiyim yirtilsa va iflos bo’lsa, unda siz barchaga taalluqli bo’lgan tanqid aytib, o’zingizga dushman orttirishingiz mumkin.
- Tushda qora oyoq kiyim ko’rish — ishlaringiz yaxshi bo’lib ketadi, ba’zi bir muhim tadbir esa sizga qoniqish baxsh etadi.
- Yangi poyafzal sizga foyda keltiradigan o’zgarishlarni va’da qiladi.
- Agar tushda oyoq kiyim qisayotgan bo’lsa, siz yashirin sevgilingiz ustidan kulishni xohlovchilar oldida kuchsiz bo’lasiz.
- Agar oyoq kiyimning bog’ichi yechilgan bo’lsa, sizni yo’qotishlar, kelishmovchiliklar, kasalliklar kutmoqda.
- Oyoq kiyimni tushda yo’qotish siz bilan munosabatlar uzilishi va sizdan voz kechishi bilan tahdid soladi.
- Tushda oyoq kiyimni o’g’irlab ketishsa-yu, sizda paypoq yoki chulki qolsa, demak siz bir narsani yo’qotib, boshqa bir narsaga erishishingizni anglatadi.
- Tushda oyoq kiyim sotib olsa — briovning kuzatuvi ostida bo’lishni bildiradi.
- Agar tushingizda biron kim sizning poyabzalingizni kiyadigan bo’lsa, kitoblarda bu xotinning xiyonatidan darak deyiladi.
Tushda tufli ko’rish
- Ayollar oyoq kiyimi — ishqiy munosabatlar.
- Oyoq kiyimini yo’qotish — ajralishga.
- Qizil rangli oyoq kiyim — ehtiros.
- Poyabzalni tashlab yuborish — munosabatlarning tugashi, qo’rquvdan qutilish.
- Tushda etik ko’rish — ishlar yurishib ketishiga.
- Tushda etik kiyish — yaqinlaringiz bilan sayohat, safarga chiqish.
- Rezina etiklar ko’rsa — yangi tanishuvlardan ehtiyotkor bo’lish kerakligidan.
Tushda oyoq kiyim kiyish ko’rsa
- Birovga poyabzal kiydirish — birovni aldash yoki undan o’ch olish.
- O’ziga oyoq kiyim kiyish — kutilgan natijaga erishmaslik, ishlarda yoki shaxsiy hayotda adashishlar.
Tushda poshna ko’rish
- Umuman tushda poshna ko’rsa — haqoratlanish mumkinligidan.
- Poshnaning teshilishi — munosabatlarning buzilishi.
- Tushda oyoq kiyimdan poshna uchib ketsa — omad kulib boqishidan darak.
Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari
Oyoqlar nega terlaydi? Ushbu savol deyarli barcha aholini qiynaydi. Oyoqlar terlash bilan birga yoqimsiz hidlar ham taratadi, bu esa hamma uchun yoqimsizlik holatini chaqiradi. Oyoqlar ko‘p ter ajratishiga turli xil sabablar bor.
Oyoq terlashi va hidlanishi haqida umumiy ma’lumot
Organizmning umuman ter ajratish xususiyati ikki muhim vazifani bajaradi: organizmdan ter orqali zaharli (toksin) moddalarni chiqarish va tana haroratini me’yorlashtirish. Oyoqlar terisida ham ter ajratuvchi bezlar bo‘lib, ular uzoq muddat yopiq oyoq kiyim kiyganda va paypoqlar toza bo‘lmaganda funksiyasi kuchayib ketadi. Bunday holat esa bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Sog‘lom odam terisida maxsus hidlar beruvchi fermentlar ajralib chiqmaydi. Qandaydir bir patologik holatlarda ushbu fermentlar ter bilan ajralib chiqa boshlaydi va ular kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Bakteriyalarning hayot faoliyati davomida ajratgan toksinlari tashqi muhitga ajraladi: poyabzal, paypoqlarda yoqimsiz hid tarqatadi. Ayniqsa, poyabzal sifatsiz materialdan tayyorlangan va shamollash (ventilyatsiya) tizimi yo‘q bo‘lsa, terlash va hidlanish darajasi yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ter ajralishi ortishi jismoniy mashq bajarganda, stress vaqtida, issiq sharoitda, uyquda qalin yopinchiqlardan foydalanganda ham kuzatiladi. Xo‘sh, qaysi holatda oyoq terlashiga qarshi jiddiy chora ko‘rish kerak?
Agar oyoqlar toza paypoqlar va sifatli materialdan tayyorlangan poyabzalda bo‘lsa, gigiyena qoidalariga rioya qilinganda ham ter ajralishi ko‘p bo‘lsa, demak bu patologik holatdan dalolat beradi.
Oyoq terlashi va hidlanishi sabablari
Gipergidroz (ter ko‘p ajralishi) ko‘pincha ikkilamchi, ya’ni kasallik natijasida kelib chiqadi. Bu holatga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
- Endokrin tizimi tomonidan disfunksiyalar. Organizmda moddalar almashinuviga ta’sir qilib, tezlashib ketishi natijasida qon tomirlar kengayadi, qon oqishi ko‘payadi va oyoq terisi ko‘p ter ajrata boshlaydi. Masalan, qalqonsimon bez va gipofiz bezi kasalliklarida.
- Qonda qand (glukoza) miqdorining oshishi pastki sohada qon aylanishini buzib, ko‘p ter ajaralishiga olib keladi va oyoqlar doimo terlab turadi.
- Infeksion kasalliklar viruslar, bakteriyalar sababli ter ko‘p ajralishi mumkin. Masalan, sil, OIV infeksiyasi bilan zararlanganda.
- Oyoqlarning juda ko‘p terlashi onkologik kasallik belgisi ham bo‘lishi mumkin.
- Oyoqning zamburug‘li kasalliklari, mikoz.
- Ko‘p ter ajralishi, ayniqsa, sovuq ter ajralishi yurak-qon tomir sistemasi tomonidan patologiyalarda kuzatiladi.
- Nevrologik kasalliklar, masalan, insultda organizmda umumiy ter ajralishi ortadi, oyoqlarda ham.
- Uzoq muddat stressda bo‘lish, qonda adrenalin gormoni oshishi hisobiga ter ajralishi ko‘payadi.
- Ovqat hazm qilish tomonidan kamchiliklar bo‘lsa ham oyoqlarda ter ajralishi ko‘payadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Papillomalar paydo bo’lish sababi, turlari va davolash
Ayollarda oyoqlarning terlashi ularning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqadi ya’ni hayz ko‘rish paytida gormonlar nisbati o‘zgaradi, moddalar almashinuvi buziladi, nostabil kayfiyat, uyquning buzilishi va ichki organlar funksiyasida o‘zgarishlar bo‘ladi. Nasliy omil ham oyoqlar terlashida rol o‘ynaydi. Bundan tashqari ayrim dori preparatlari, antibiotiklar va antidepressantlarni uzoq muddat qabul qilish ham oyoqlarda ter ajralishini kuchaytirib yuboradi.
Ter ajratuvchi bezlarning funksiyasini ayrim iste’mol mahsulotlari ham buzishi mumkin: achchiq, sho‘r, dudlangan mahsulotlar, shirinliklar, sarimsoq kabilar. Vitaminlar yetishmasligi organizmda umumiy ish faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Oyoq terlashi sababini aniqlash
Oyoqlarning ko‘p terlashini davolash uchun uning keltirib chiqargan sababini yo‘qotish kerak. Bunda dermatolog shifokor davo chorasini buyuradi yoki boshqa mutaxassisga yuborishi mumkin. Asl sababni aniqlash uchun quyidagilar o‘tkaziladi:
- Biomaterial laborator tekshiruvi. Flyurografiya, umumiy qon, siydik tahlili, qondagi qand miqdorini aniqlash. Qo‘shimcha sifatida EKG, bosh miyaning kompyuter tomografiyasi qilinadi.
- Kasallikning kechish darajasini aniqlash uchun Minor sinamasi o‘tkaziladi. Oyoqning kaft yuzasiga yod surtiladi. U qurigandan keyin kraxmal surtiladi. Kraxmal ter bilan ta’sirlanib binafsha rangga kiradi. Rang o‘zgarishiga qarab kaft yuzasi hajmi aniqlanadi.
- Xromotografiya – ter tarkibini tekshirish.
Oyoq terlashini yo‘qotish usullari
Oyoq terlashini yo‘qotish uchun maxsus preparatlardan va xalq tabobatidan foydalaniladi:
Oyoq terlashini uy sharoitida davolash
- Oyoqlarning ko‘p terlashida soda eritmasi bilan kompress qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 40 gr ichimlik sodasi olib, 200 ml iliq suvda eritiladi. Eritmani dokaga shimdirib oyoqqa bog‘lanadi. Muolajani 2 hafta davomida olib borish kerak.
- Pivo bilan vanna qilish. Pivo bilan suvni aralashtirib unda oyoqlarni 15 daqiqa davomida ushlab turiladi, so‘ngra quruq sochiq bilan artib tashlanadi.
- 9 % li olma sirkasi eritmasi. Sirka eritmasiga shimdirilgan bog‘lamni oyoq sohasiga, barmoqlar orasiga qo‘yish kerak. Muolajani kunning ertalabki qismida o‘tkazgan yaxshiroq, ter ajralishini kamaytirish va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.
- Romashka va dub ildizi (dorixonalarda topish mumkin) dan tayyorlangan eritma yallig‘lanish, qo‘zg‘alishni yo‘qotib, ter bezlarining funksiyasini yaxshilaydi. Ushbu o‘simliklarning quritilgan va maydalangan kukunlarini suvga solib 15 daqiqa davomida qaynatish kerak, so‘ng uni 3 soat davomida tindirish lozim. Eritmani suv bilan aralashtirib oyoqlarni vanna qilish tavsiya etiladi. Muolajaning samaraligini oshirish uchun uni uxlashdan avval o‘tkazish zarur.
- Dengiz tuzi (morskoy sol) bilan vanna qilish. Dengiz tuzini iliq suvda eritib, unda oyoqlarni uxlashdan avval 15 daqiqa davomida vanna qilish ter bezlarining poralarini tozalashga yordam beradi va yoqimsiz hiddan xalos qiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Gemangioma – xavfsiz o‘sma
Oyoq terlashiga qarshi krem va mazlar
Dorixonalarda kosmetik preparatlarni dezodarant va sprey ko‘rinishida yoki maz va kremlar ko‘rinishida topish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
- “Teymurov pastasi” adsorbent hisoblanadi, mikroblarga qarshi ta’sir qiladi. Ter ajralishi va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.
- “Nosweyet” sprey ko‘rinishida ter bezlarini bloklab ter ajralishini kamaytiradi, yoqimsiz hidlardan qutulishga imkon beradi.
- Malavit gel yoki eritma ko‘rinishida bo‘lib, o‘zida ko‘plab foydali o‘simliklar komponentini saqlaydi. Oyoq terisiga kuniga 2 marta qo‘llash tavsiya etiladi, foydalanganda so‘ng yuvib tashlamasa ham bo‘ladi.
- Formagel antiseptik xususiyatga ega, ter ajralishini kamaytiradi va hiddan xalos etadi. Preparatni oyoq kaftiga surtib 30-40 daqiqa kutiladi, so‘ng yuvib tashlanadi.
- “5 kun” kremi yallig‘lanish, qichishish, teridagi yoriqlarni yo‘qotadi va zamburug‘lar ko‘payishini oldini oladi.
- “Mikoseptin” zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsatib, yoqimsiz hidni yo‘qotadi.
- “Chereda” dorivor giyohni suvga solib oyoqlarni vanna qilish, antiseptik ta’sir etadi. Har xil mikroorganizmlar ko‘payishini to‘xtatib qoladi.
Yuqoridagi preparatlarni keragidan ortiq qo‘llash mumkin emas. Chunki ular ter bezlari yo‘lini berkitib, tiqilmalar hosil bo‘lishiga olib keladi.
Agar oyoqlar juda ko‘p terlashda davom etaversa, ionoforez yordamida davolash mumkin. Muolaja har kuni ter ajralishi kamaygunga qadar olib boriladi. Kamdan-kam hollarda operativ chora qo‘llaniladi. Operatsiyada ter bezlarini innervatsiya qiluvchi nerv tolalarini yo‘qotish bajariladi.Bundan tashqari bir necha oylarga yordam beruvchi lazerterapiya ham o‘tkazilishi mumkin.
Oyoq terlashini oldini olish choralari
Muammoni bartaraf etishdan ko‘ra uning oldini olgan yaxshiroq. Ayniqsa, ichki organlar surunkali kasalliklari, endokrin sistemasi kasalliklarini davolash zarur. Kunlik gigiyenik qoidalarga rioya etish, prisipka (kukun)dan foydalanish, toza paypoqlar, sifatli poyabzallar tanlash, sport oyoq kiyimlarini faqatgina jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanayotganda kiyish zarur.
- Ko‘p terlaydigan oyoqlarni kuniga kamida 2 marta yuvish, yuvganda xo‘jalik sovunidan foydalanish zarur. Oyoqlarni chayganda iliq yoki biroz salqinroq suv bilan yuvish kerak.
- Oyoq kiyimni kiyishdan oldin oyoqlar, paypoqlar va poyabzalning quruqligiga ishonch hosil qilish kerak.
- Poyabzallar tabiiy materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak, ular “nafas olib turishi” shart.
- Terlaydigan oyoqlarda kiyilgan poyabzallarni kuniga bir marta antiseptik vositalar bilan ichki qismini tozalash kerak, masalan, bor kislotasi (bornaya kislota).
- Har kunlik oyoq gimnastikasi va oyoq mashqlari oyoqda qon aylanishini yaxshilaydi.
- Stressdan saqlanish, emotsiyalarga berilmaslik zarur.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bolangiz oyoqlari sog‘lom bo‘lishini istaysizmi?
Oyoqlarning kuchli terlashiga ko‘plab sabablar bor. Shuning uchun o‘z boshimchalik bilan diagnoz qo‘yib, uni davolashni boshlab yuborish mumkin emas. Shifokor dermatolog yoki endokrinolog tavsiyalarini olish kerak. Chunki ular kasallikning aniq sababini aniqlaydi va aniq davo choralarini qo‘llaydi.