Tushda Ilon ko’rsa tabiri
Tushda ko’rilgan qabr uy, salomatlik va uzoqumr, deb ta’bir qilinadi. Tushda qabri qazilganini ko’rgan kishi uyli bo’ladi. O’zi qaziganini ko’rsa ham shunday. Tirik holida qabrga qo’yilganini va usti yopilganini ko’rgan kishi qamaladi. Tanish mashhur kishining qabrini qaziganini ko’rgan kishi uning yo’lidan boradi. Payg’anbarimiz (s.a.v.) ning qabrini qazib, u erdan bir narsalar olganini ko’rgan kishi dinda dadil bo’ladi. Qabristonda er kavlaganini ko’rgan kishining umri uzoq bo’ladi. Qabristonda aylanib yurgani, o’liklarga salom berganini ko’rgan kishi hamma narsadan ayriladi, tilanchilik qilishga majbur bo’ladi.
Tushda mozor ko`rsa nima bo`ladi.
Tushda mozor ko`rsa nima bo`ladi. Tushda biror kishining qabr ko’rishi qamoqxonaga, qamoqxona ko’rishi esa qabrga ishoradir. Tushda qabr qazganini ko’rgan kishi uy ta’mirlaydi. Janozasiz qabrga kirganini ko’rgan kishi marhumning merosxo’rlari tomonidan sotilayotgan uyni sotib oladi. Bo’ydoq kishi qabr qaziganini ko’rsa makkora ayolga uylanadi. Tushda qabr ustida tikturganini ko’rgan kishi katta gunoh qiladi. Tushida qabrlarni ziyorat qilgan kishi qamoqxonada bo’ladi. Tiriklayin ko’milganini ko’rgan kishi g’amga botadi.
QABR, QABRISTON
Tushda ko’rilgan qabr uy, salomatlik va uzoqumr, deb ta’bir qilinadi. Tushda qabri qazilganini ko’rgan kishi uyli bo’ladi. O’zi qaziganini ko’rsa ham shunday. Tirik holida qabrga qo’yilganini va usti yopilganini ko’rgan kishi qamaladi. Tanish mashhur kishining qabrini qaziganini ko’rgan kishi uning yo’lidan boradi. Payg’anbarimiz (s.a.v.) ning qabrini qazib, u erdan bir narsalar olganini ko’rgan kishi dinda dadil bo’ladi. Qabristonda er kavlaganini ko’rgan kishining umri uzoq bo’ladi. Qabristonda aylanib yurgani, o’liklarga salom berganini ko’rgan kishi hamma narsadan ayriladi, tilanchilik qilishga majbur bo’ladi.
O’zi qabri ustida yalang oyoq holda tik turganini ko’rgan kishi imon bilan vafot etadi. Notanish qabrni ochganini ko’rgan kishi kimningdir sirini sezib qoladi. Yahudiy va nasroniylarning qabristonini ko’rish dunyoga mehr qo’yish, boyish demakdir. G’ayri muslimning qabrini ochganini ko’rgan kishiga kutilmagan odamdan meros qoladi. Bu qabrlardan biror narsa olgan kishi dushmanlarining siridan voqif bo’ladi va savdosi yurishadi.
QABRISTON
Tushda qabriston ko’rish va’z-nasihatga, Qur’on o’qishga, yig’lashga, o’limni eslashga, qo’rqishga, dunyodan ko’ngil uzishga ishoradir. Tushda qabriston ko’rish qo’rqoqlar uchun ishonch, qo’rqmaydiganlar uchun qo’rquvdir. Qabristonga kirib o’liklarning suyaklarini chaynaganini ko’rgan kishi tajriba va sinovdan o’tkaziladi.
O’QISh
Biror kishi tushida nimanidir o’qisa, quvonchli xabar eshitadi. Aslida o’qishni bilmagan holda, tushida o’qiganini ko’rsa, bu tush ko’rgan kishining bundan keyin boyishiga ishora bo’ladi. Biror varaq yoki kitobni o’qiganini ko’rgan kishi merosga ega bo’ladi. Varaqni tes- kari tomondan o’qiganini ko’rgan kishi qarzga botadi. Tu- shida amal daftarini o’qigan kishi gunohlari uchun tavba qiladi.
O’G’RI
Tushda o’g’ri ko’rish kasallik va darddan darakdir. O’g’rining biror narsa o’g’irlaganini ko’rgan kishi qotilni ko’radi. O’g’rini tush ko’rish Azroil (a.s.) deb ham ta’bir qilinadi. Tushdagi o’g’ri ayyor kishi, zino qilgan gunohkor, g’iybatchi odam deb ham ta’birlanadi. Tushda biror narsa o’g’irlash zino va sudxo’rlikka ishoradir. Tushda ko’rilgan notanish o’g’ri Azroil (s.a.)dir. Ug’rilik, ayni paytda, o’g’rining gunoh qilishiga ishora hamdyr. Shu sababdan tushida o’g’rilik qilganini ko’rgan kishi zinoga yo’l qo’yadi yoki yolg’on gapiradi. Chunki zino qilgan kishi o’g’ri singari qilgan ishini yashiradi.
Tushda Ilon ko’rsa tabiri
Ilon tush tabiri – Kishi tushda ilon korsa nimadan dalolat? bu tush tabiri kishi hayotida muhim ahamiyatga ega! Ulamolar bu tushni turlicha talqin qilishgan.
Tushdagi ilon yovuz dushmanga tabir qilinadi. Uzun hamda kattakon ilon havotir va qoʻrquvga ishora. Bordiyu biron kimsa tushida bahaybat ajdar sifatidagi ilonni koʻrsa va undan qoʻrqmasa, bu uning davlatidir. Yana ilon serdavlat kishiga ham ishora. Tushda ilonni uy ichiga kirgizgan kishi dushmanlaridan aziyat chekadi.
Kimda kim tushida ilonni oʻldirsa demak u dushmanlari ustidan gʻolib boʻladi. Ilonni tushda ushlagan kishiga davlat yetadi. Tushida uyidan yoki boshqa joydan ilon chiqsa, u kishiga dushmanidan falokat keladi. Koʻchadagi ilonlar galasi, oʻngda shu joyda janjal chiqishidan dalolat.
Tushdagi qop qora ilon, qudratli kuchga ega ayyor va makkor dushman hisoblanadi. Bundan tashqari tushdagi ilon boylikka ham tabir qilinadi. Bordiyu tushingizda uyingizdan ilon chiqganini koʻrsangiz, demak uyingizda notinchlik kuzatiladi. Betob kishining ogʻzidan ilon chiqishi, uning vafot etishiga ishora.
Tavsiya etamiz: Tushda tilla kirsa
Tushda ilon korsa: Vanga tabiri
Kishi tushida ilon koʻrishi yashirin dushmanga dalolat. Bundan tashqari beklik va hayotning yaxshi tarafga oʻzgarishiga ham tabir qilinadi. Yostigʻi yoki toʻshakdagi ilonni tushda oʻldirish, hotini vafot etishiga ham tabir qilinadi.
Oʻngingda koʻrsang yanch, tushingda koʻrsang ganj, degan iboraga amal qiladigan boʻlsak, ayrim mutabbirlar tushdagi ilonni safarga tabir qiladi. Tushda ilon ovozini eshitish, oʻngada nimadandir qattiq havotirda ekanligingizdan darak. Bordiyu siz tushingizda ilon bilan janga kirib uni magʻlub etsangiz, oʻngingizda dushmaningiz ustidan gʻalaba qozonasiz. Agar qoʻlingizga ilon qoni oqsa uning mol davlatiga ega chiqasiz.
Tush tabiri ilon: Ibn Siyriyn tabiri
Oʻz zamonasining taniqli va mashxur tabirchisi Ibn Siyriyn tushdagi ilonni shunday tabir qiladi. Agar kimda kim tushda ilon koʻrsa, uning dushmani bordir. Bordiyu ilon uning uyida boʻlsa, dushmani oʻz uyidan chiqadi. Agar ilonni choʻlda koʻrsa, dushmani begona ekan. Agar ilon bilan janga kirsa, dushmani bilan jang qiladi.
Agar tushidagi ilonni oʻldirsa, dushmani ustidan gʻolib keladi. Agar ilon unga zarar yetkazsa, dushmanidan zarar koʻradi, Tushdagi ilon koʻrinishi qanchalik qoʻrqinchli va katta boʻlsa, uning dushmani ham shunchalik makkor va ayyor boʻladi. Agar tushida ilonlar bir yerga toʻplansa, dushmanlari ham toʻplanib unga zarar beradi.
Ilon boylik yoki gʻiybat
Ilonni tushda koʻrishning yana bir necha tabirlari bor. Ilon Dushman, gʻiybat, yovuzlik, safar va boylikdir.
- Ilonlar ko’rish – mol yoki dushman
- Ilondan qochish – dushmandan qochish
- Suvda ilon ko’rsa – dushman bilan aloq
- Katta qora ilon – kuchli dushman
- Oq ilon – kuchsiz dushman
- Sariq ilon – mugʻambir kishi
- Yashil ilon ko’rsa – kuchsiz dushman
- Ilon ushlash – meros
- Ilon oldirish – dushman ustidan gʻalaba
Bundan tashqari kishi tushidagi kattakon ilondan qoʻrqmasa, demak unga davlat keladi. Ilonlar davlat hamda dushmandir, chunki zaxarning tavili boylik hisoblanadi. Bordiyu ilon siz bilan gaplashsa, demak sizga dushmaningiz tomonidan hayratga tushiradigan gap yetadi.
Oʻlim yoki umrboqiylik
Bu tushni boshqa manbalarda quyidagicha tabir qilishgan. Ilon zaxarli mavjudod boʻlgani uchun, oʻlim va kasalikka dalolat beradigan boʻlsa, ikkinchi tarafdan terisi doim yaraqrab turgani uchun, umrboqiylik sifatida qaraladi.
Psixologik nuqtai nazardan olib qaraydigan boʻlsak tushdagi ilon inson ichki qoʻrquvini hamda muammolardan beziganligini aks ettiradi. Agar siz tushingizda ilon oʻldirsangiz, oʻngingizda yaqin orada ichki qoʻrquvlaringiz bilan real hayotda toʻqnash kelasiz.
Tavsiya etamiz: Tushda chaqaloq ko’rsa