Press "Enter" to skip to content

Tuz qadri ertagi bolalar uchun

Bog‘cha hovlisida Hasanjon bilan Husanjon o‘ynab o‘tirib, ro‘paradagi panjara orqasida bir oyoqlab turgan tovuqni ko‘rib qoldilar.

Tuz qadri — Jahon xalq ertagi

Qadim zamonda bir podshohning uch qizi boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh qizlarini yoniga chaqirib:

– Meni qanchalik yaxshi koʻrasiz? – deb soʻrabdi.

Katta qizi “dunyolar qadar” debdi, oʻrtancha qizi “quchoq-quchoq mehr bilan” debdi qulochini keng yozib. Podsho xursand boʻlib qizlarini bagʻriga bosibdi. Keyin oʻylanib qolgan kenja qiziga qarab, nahotki menga boʻlgan mehriga oʻlchov topolmayapti, deb hayron boʻlib, savolini takrorlabdi.

Nihoyat kenja qizi topilmasidan xursand boʻlib otasiga jilmayib qarabdi-da:

– Siz menga tuzdan ham qadrlisiz, otajon, – debdi.

Podshoh kichik qizining javobidan gʻazabga minibdi:

– Farzand ham hech zamonda oʻz otasi qadrini eng arzon masalliq – tuzga tenglashtiradimi? Bu noshukur qizni joyi zindon, – deb baqiribdi. Soqchilar kichik qizni koʻz yoshlariga qaramasdan, zindonga tashlabdi.

Voqeadan xabardor keksa zindonbon podshohning bu adolatsizligiga chiday olmabdi. El oyogʻi tinib, saroydagilar uyquga ketgan yarim kechada qizni zindondan chiqarib, saroydan qochirib yuboribdi.

Kenja qiz yoʻl yurib, yoʻl yursa ham moʻl yurib, erta tongda bir qishloqqa kirib boribdi. Musofir, ammo koʻzlari mehrga toʻla kenja qizni shu yerdagi boylardan biri xonadoniga xizmatkor qilib olibdi. Qiz chaqqonligi, ozodaligi bilan boyning xotiniga ham yoqibdi va qiz shu yerda yashab qolibdi. Yildan yilga qizning husniga husn, farosatiga farosat qoʻshilaveribdi. Uning goʻzalligi eldan-elga, tildan-tilga koʻchibdi. Kenja qizning dovrugʻini eshitgan qoʻshni davlat podshohi uni toʻy-tomoshalar bilan kelin qilib olib ketibdi.

Oradan bir qancha vaqt oʻtib, qiz boshidan kechirganlarini shahzodaga aytib beribdi va otasini mehmondorchilikka chaqirish niyati borligini aytibdi. Shahzoda rozi boʻlgach, kerakli hozirliklar qilinib, malika otasini ziyofatga chaqiribdi.

Qizning otasi aytilgan kunda mulozimlar bilan birga saroyga tashrif buyuribdi. Dasturxonga hidi ishtahani qitiqlaydigan anvoyi taomlar tortilibdi. Mehmon – podsho taomga ishtaha bilan qoʻl uzatar, biroq tatib koʻrgach, yuzi bujmayib ogʻzidagi luqmani arang yutgach, qaytib u taomga qiyo boqmabdi. Chunki taomlarga bir chimdim ham tuz solinmagan, nihoyatda bemaza ekan-da. Och qolib, asabiylashayotgan otasining holatini zimdan kuzatgan kenja qiz oʻrnidan turib “mehmon”ga yuzlanibdi.

– Shohim, eshitishimga qaraganda, kenja qizingiz sizni “Tuz qadar yaxshi koʻraman”, deganida, uni zindonga tashlagan ekansiz.

Podsho bir soʻz demabdi, biroq taomlarga nadomat bilan qarab qoʻyibdi.

– Otajon, men oʻsha gunohkor qizingizman. Oʻzimni haqligimni isbotlash, oʻshanda aytgan soʻzlarimning maʼnosini anglashingiz uchun ziyofat dasturxonidagi siz xush koʻrgan taomlarni ataylab tuz solmasdan tayyorlatdim, gunohkor qizingizni kechiring, – debdi u yuzidagi pardani koʻtarib.

Podshoh qilgan adolatsizligidan xijolat boʻlib, tuzning inson hayotida nechogʻlik zarurat ekanligini anglabdi. Koʻzlaridan duv-duv yoshlar toʻkib, zukko va mehribon qizini bagʻriga bosibdi.

 

Tuz qadri ertagi bolalar uchun

Til va yurak

(Rivoyat)

Luqmoni hakimni bir kishi sotib olib, dargohida xizmat qildirardi va undagi ilmu hikmatni gohi-gohida sinab ko‘rardi. Bir kuni imtihon tarzida buyurdi:

– Ey Luqmon, menga bir qo‘yni so‘yib, eng yaxshi a’zosini olib kelgin.

– Bosh ustiga, – dedi Luqmon va qo‘yni so‘yib, tili bilan yuragini xojasiga eltdi.

Ancha muddat o‘tgandan keyin xoja uni yana chaqirib, dedi:

– Ey Luqmon, bir qo‘yni so‘ygin-da, menga uning eng yomon a’zosini olib kelgin.

Xo‘roz bilan bo‘ri

Bir bo‘ri daraxt ustida o‘tirgan Xo‘rozni ko‘ribdi va uni tutib yemoqchi bo‘lib, daraxt ostiga keldi. Hiyla bilan bechora Xo‘rozni daraxtdan tushirmoqchi bo‘libdi: "Ey, Xo‘roz o‘rtoq! Men senga bir yaxshi xabar keltirdim. Hayvonlar bilan qushlar o‘rtasida sulh bo‘ldi. Bir-biriga zulm qilmaslikka, biri ikkinchisini tutib yemaslikka qaror qilindi. Kel, birodar, pastga tush! Bir-birimizga do‘st bo‘lib, birga o‘ynaylik", – dedi.

Oy bilan Shirin

Qadim – qadimda Shirin degan qiz bo‘lgan ekan. U shunday go‘zal ediki, tug‘ilib, balog‘atga yetgandan so‘ng, husnining ta’rifi butun olamga yoyilgan edi. O‘sha zamonda Oy o‘zini chiroyli sanab yurar ekan. Hamma go‘zallikda tengi yo‘q Oyni maqtar ekan. Shirin balog‘atga yetib, go‘zalligi kundan-kun orta borgach, odamlar Oyni maqtamay, Shirinning husnini tilda doston qilibdilar.

Notanish “do‘st”

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Kapa degan qurbaqa bor ekan. U suvda juda yaxshi suzar ekan. Yana kuylashni xush korarkan.

Qishning sovuq ammo quyoshli kunlarining birida Kapa muzlagan suv yuzasida o‘tirib, hayol surib turganida, suv ostida bir mavjudodni unga boqib turganini ko‘rib qolibdi.

— Salom, qirg‘oqqa chiq, birga o‘ynaymiz, — deb taklif qilibdi Kapa.

Qalam va sichqon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi.

— Iltimos, meni qo‘yib yubor — deb yalinibdi Qalam. — Meni nima qilmoqchisan? Yog‘ochdan yasalgan bo‘lsam, meni yeb bo‘lmaydi.

Aqlli qarg‘a

(Abdulla Avloniy)

Kunlar yoz fasli o‘ldig‘indan har yerda suvlar qurirmush. Bechora Qarg‘a suv yo‘qlig‘indan nihoyatda suvsarmish. Tillari osilub, har tarafdan suv axtarmoqda ekan, birovning oldinda turgan ko‘zani ko‘rib, yoniga kelub boqsa, ichinda suv bor. Lekin bo‘ynini suqub ichay desa, bo‘yi yetmaydi. Biroz o‘ylandi-da, tumshug‘i ila toshlarni yeg‘ub, ko‘zaning ichiga tashlay boshladi.

Daraxtning oyog'i

(Ibrohim Rahim)

Bog‘cha hovlisida Hasanjon bilan Husanjon o‘ynab o‘tirib, ro‘paradagi panjara orqasida bir oyoqlab turgan tovuqni ko‘rib qoldilar.

— Uni qarang, Hasan aka, anavi tovuqning bir oyog‘i yo‘q ekan. Bir oyoqlab qocholmaydi. Ushlab olaymi?

Hasanjon ham da’fatan tovuqning bir oyoqda turganini ko‘rib qoldi. Ukasining shunga fahmi yetmagani uchunmi, unga bir karomat ko‘rsatmoqchi bo‘lib, dedi:

— Shu tovuqni bir zumda ikki oyoqli qivoraymi?

Tuz qadri

Qadim zamonda bir podshohning uch qizi boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh qizlarini yoniga chaqirib:

– Meni qanchalik yaxshi koʻrasiz? – deb soʻrabdi.

Katta qizi “dunyolar qadar” debdi, oʻrtancha qizi “quchoq-quchoq mehr bilan” debdi qulochini keng yozib. Podsho xursand boʻlib qizlarini bagʻriga bosibdi. Keyin oʻylanib qolgan kenja qiziga qarab, nahotki menga boʻlgan mehriga oʻlchov topolmayapti, deb hayron boʻlib, savolini takrorlabdi.

Nihoyat kenja qizi topilmasidan xursand boʻlib otasiga jilmayib qarabdi-da:

– Siz menga tuzdan ham qadrlisiz, otajon, – debdi.

Podshoh kichik qizining javobidan gʻazabga minibdi:

– Farzand ham hech zamonda oʻz otasi qadrini eng arzon masalliq – tuzga tenglashtiradimi? Bu noshukur qizni joyi zindon, – deb baqiribdi. Soqchilar kichik qizni koʻz yoshlariga qaramasdan, zindonga tashlabdi.

Voqeadan xabardor keksa zindonbon podshohning bu adolatsizligiga chiday olmabdi. El oyogʻi tinib, saroydagilar uyquga ketgan yarim kechada qizni zindondan chiqarib, saroydan qochirib yuboribdi.

Kenja qiz yoʻl yurib, yoʻl yursa ham moʻl yurib, erta tongda bir qishloqqa kirib boribdi. Musofir, ammo koʻzlari mehrga toʻla kenja qizni shu yerdagi boylardan biri xonadoniga xizmatkor qilib olibdi. Qiz chaqqonligi, ozodaligi bilan boyning xotiniga ham yoqibdi va qiz shu yerda yashab qolibdi. Yildan yilga qizning husniga husn, farosatiga farosat qoʻshilaveribdi. Uning goʻzalligi eldan-elga, tildan-tilga koʻchibdi. Kenja qizning dovrugʻini eshitgan qoʻshni davlat podshohi uni toʻy-tomoshalar bilan kelin qilib olib ketibdi.

Oradan bir qancha vaqt oʻtib, qiz boshidan kechirganlarini shahzodaga aytib beribdi va otasini mehmondorchilikka chaqirish niyati borligini aytibdi. Shahzoda rozi boʻlgach, kerakli hozirliklar qilinib, malika otasini ziyofatga chaqiribdi.

Qizning otasi aytilgan kunda mulozimlar bilan birga saroyga tashrif buyuribdi. Dasturxonga hidi ishtahani qitiqlaydigan anvoyi taomlar tortilibdi. Mehmon – podsho taomga ishtaha bilan qoʻl uzatar, biroq tatib koʻrgach, yuzi bujmayib ogʻzidagi luqmani arang yutgach, qaytib u taomga qiyo boqmabdi. Chunki taomlarga bir chimdim ham tuz solinmagan, nihoyatda bemaza ekan-da. Och qolib, asabiylashayotgan otasining holatini zimdan kuzatgan kenja qiz oʻrnidan turib “mehmon”ga yuzlanibdi.

– Shohim, eshitishimga qaraganda, kenja qizingiz sizni “Tuz qadar yaxshi koʻraman”, deganida, uni zindonga tashlagan ekansiz.

Podsho bir soʻz demabdi, biroq taomlarga nadomat bilan qarab qoʻyibdi.

– Otajon, men oʻsha gunohkor qizingizman. Oʻzimni haqligimni isbotlash, oʻshanda aytgan soʻzlarimning maʼnosini anglashingiz uchun ziyofat dasturxonidagi siz xush koʻrgan taomlarni ataylab tuz solmasdan tayyorlatdim, gunohkor qizingizni kechiring, – debdi u yuzidagi pardani koʻtarib.

Podshoh qilgan adolatsizligidan xijolat boʻlib, tuzning inson hayotida nechogʻlik zarurat ekanligini anglabdi. Koʻzlaridan duv-duv yoshlar toʻkib, zukko va mehribon qizini bagʻriga bosibdi.

Turkchadan Nodira XUDOYNAZAROVA tarjimasi

Oxshash xabarlar: