Odil Yoqubov mavzusidan test savollari
“Faqat ilm dargohida suv ichmaganman, ammo Hirot- u Bog‘dod- u Damashqda ko‘p donishmandlarning xizmatlarini qilganman, purhikmat suhbatlaridan bahramand bo‘lganmen”.
Одил Ёқубов: Улуғбек хазинаси (юмшоқ муқова)
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha komleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’gan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” tarixiy romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma’naviy olami shunga yarasha bo’ladi. Ushbu nashrning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugingi yosh kitobxonlarga ayrim so’z hamda iboralar yanada tushunarli bo’lmog’i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
Характеристики
ISBN | 978-9943-5524-2-5 |
Язык | На узбекском |
Надпись | Латиница |
Количество страниц | 368 |
Издательство | Илм-Зиё-Заковат |
Тип обложки | Мягкая |
Формат бумаги | A5 |
Год издания | 2019 |
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан
Odil Yoqubov mavzusidan test savollari
Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari qanday nomlangan?
Uning asarlari buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘beklar hayoti, ularning ulug‘vor ishlari haqida hikoya qilsa, gohi zamonaviy mavzularni qalamga olib, odamalr o‘rtasidagi mehr- oqibatni ulug‘laydi.
Ushbu so‘zlar kimga nisbatan aytilgan?
“Yurak yonmog‘i kerak”, “Olma gullaganda”, “Izlayman” qissalarining muallifi kim?
Odil Yoqubov qaysi asarida o‘z otasi misolida qatog‘on davrlarining dahshatlari aks etgan bolalik xotiralari qalamga olinadi?
Odil Yoqubovning 1951- yilda nashr etilgan dastlabki yirik asari qanday nomlangan edi?
Quyidagi qaysi adibning otasi qatag‘on yillarida qamoqqa olinib, qaytib kelmagan?
Quyidagi adiblardan qaysi biri ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hisoblanadi?
Odil Yoqubovning ilk asarini aniqlang.
Odil Yoqubovning ilk romani qaysi javobda berilgan?
Quyidagi qaysi adib 2004- 2005- yillarda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining vitse- prezidenti vazifasini ado etadi?
1982- 1989- yillarda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligining bosh muharriri bo‘lgan adib kim?
Odil Yoqubovning ilk asari bo‘lmish “Tengdoshlar” qissasi qayerda yozilgan?
“Ulug‘bek xazinasi”romanida “bir paytlar uzoq Yassidan haqiqat izlab, Ulug‘bek taxtiga bosh urib kelgan va undan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan iste’dodli shoir, arslonyurak jangchi” kim?
“Ulug‘bek xazinasi” romanida toju- taxtdan ayrilgan hukmdorning qimmatbaho xazinasi bo‘lmish kitoblarni asrab qolishda Mirzo Ulug‘bekning shogirdi Ali Qushchiga yordam bergan qahramonni aniqlang.
“Ali Qushchi endigina mashhur temirchining g‘orida turganini tushundi. A. Temur lashkarida xizmat qilgan bu odam to‘g‘risida Ali Qushchi ko‘p g‘alat hangomalar eshitgan, lekin o‘zini ko‘rmagan edi”.
“Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi mashhur temirchining ismi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
“Faqat ilm dargohida suv ichmaganman, ammo Hirot- u Bog‘dod- u Damashqda ko‘p donishmandlarning xizmatlarini qilganman, purhikmat suhbatlaridan bahramand bo‘lganmen”.
“Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu so‘zlar muallifi kim?
“Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bekka Dorussaltana qo‘rg‘oni darvozalarini ochmagan amir qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
Shaxzoda Abdullatif Mirzo Ulug‘bekni Makkai mukarramaga hajga yubormoqqa jazm qilgan. Lekin xutbada bir kimsa xonga yalinib, a’lo hazratlaridan xun da’volagan. Bu kimsa nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
“Uning taxtga o‘tirganiga necha oy bo‘ldi?. . Sha’bon oyi edi. Bukun rabiul avval… olti oy bo‘lmish …”
“Ulug‘bek xazinasi” romanida keltirilgan “abbiyl avval” sanasi milodiy qaysi sanaga to‘g‘ri keladi?
“Qudratingga shak keltirib, har yo‘lidan toygan ul betavfiq galai saklarni qatli- om qilganimning … yorug‘u nedur”.
“Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi “galai saklarni” so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
“Filhaqiqat, ul jomiul ulum zoyicha ko‘rib, shaxzodaning taqdirini so‘zlab bermog‘i lozim”.
“Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu parchada ishlatilgan jomiul ulum so‘ziga qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
“Ulug‘bek xazinasi” romanida qaysi qahramonga “Jomiul ulum” deb ta’rif berilgan?
“Bazmda barcha amirlar va nufuzli beklar … shaxzodaning: eng yaqin muqarrablari yig‘ilgan emish. ”
“Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi muqarrab so‘zining ma’nosini aniqlang.
“Nadomatlar bo‘lg‘aykim, murofaaga aqli zukko ulamolar emas, ilmu- ma’rifatdan yiroq johillar yig‘ilibdur …”
“Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan ushbu parchadagi murofaa so‘zining izohi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
“Uning taxtga o‘tirganiga necha oy bo‘ldi? . . . Shabon oyi edi. Bugun rabiul avval… olti oy … bo‘lmish!”…Shahzoda turgan joyida gilamga tiz chukib, sajdaga bosh qo‘yarkan, ko‘ksidan achchiq faryod aralash bir nido otilib chiqdi.
Ushbu parcha qaysi asar xotimasida olingan?
O‘zbek adabiyoti taraqqiyotining XX asr 50- yillaridan boshlangan yangi bosqichida yetishgan navqiron adabiy avlod karvonboshisini toping.
Qaysi adibimizning otasi jamoat ishlariga hayotini tikkan va shu yo‘lda qurbon bo‘lgan?
Qaysi ijodkor talabalik yillarida “Literaturnaya gazeta” ro‘znomasida muxbirlik qilgan?
“Gulnoza hamda Darvishali o‘n yildirki tirnoqqa zor. Gulnoza eri, ustozi Darvishalini qancha hurmat qilmasin, baribir o‘zini undan qandaydir begona his qiladi”.
Parcha qaysi asardan olingan?
Mustaqillik davri adabiyotida o‘z davrining o‘tkir ijtimoiy, ma’naviy masalalarini ko‘targan ijodkorni ko‘rsating.
Ulug Bek Xazinasi Audio Kitob – Скачать mp3 бесплатно
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Ulug Bek Xazinasi Audio Kitob в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Улуғбек хазинаси 1 қисм Аудио китоб Ulug Bek Xazinasi 1 Qism Audio Kitob длительностью 1 ч, 5 мин и 50 сек, размер файла 86.64 MB.
Сейчас слушают
Ulug Bek Xazinasi Audio Kitob
Caroline Meng Les P Tites Michu Acte I Dialogue Du Moment Que Cela Vous Suffit
Chicken In My Pockets Feat Kelso Melrose Obootneylee Sethy P
Resolve Variations Deadlife
Villain Original Mix Steono
X Pact Dj Misjah Dj Groovehead
Chico Suavv Back2Hell
Гуланда Келгенин Кандай Жакшы Жаны 2018
Mavluda Asalxojayeva Sekslar
D Rek Grind Grind Grind
Маша И Медведь Песня Про Дождик Пой С Машей
Забавные Моменты С Кастом Тор Рагнарёк
Here Alone Extended Remix Feat Jenny Mkk
Serenade No 10 In B Flat Major Gran Partita K 361 K 370A Variation 4
Flavio Ragio Play My Blues
Boohle Busta 929 Ngixolele Feat Boohle
Billie Eilish Bury A Friend Official Acapella
Oscar S Oasis Episode 1
Ulug’bek xazinasi kitob skachat
Ulugʻbek (taxallusi; asl ismi Muhammad Taragʻay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni — 1449. 27.10, Samarqand] — buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruxning oʻgʻli, Amir Temurnint nabirasi. Sohibqironning “besh yillik yurish”ida (1392—96) Irokdagi Mordin qalʼasini qamal qilish chogʻida tugʻilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulugʻbekning tugʻilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor boʻlishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qalʼasi qamalini toʻxtatib, uning xalqiga yuklangan toʻlovni bekor qiladi. Uning oʻz nabirasiga Muhammad Taragʻay va Ulugʻbek deb ism qoʻyganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bogʻlash mumkin.
Amir Temur Ulugʻbek tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixonmng qayd etishicha, Ulugʻbek bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404 y. Konigillya. oʻtkazilgan tantanalarda Amir Temur oltita nabirasining (jumladan, Ulugʻbekning) nikoh toʻylarini oʻtkazgan. Toʻyda Sohibqiron Ulugʻbekka Toshkent, Sayram, Yangi (hoz. Taroz), Ashpara va Moʻgʻulistonni to Xitoy hududigacha suyurgʻol qilib bergan. Amir Temur Oʻtrorda vafot etgan chogʻda Ulugʻbek ham oʻsha yerda boʻlgan. Temuriylar oʻrtasida toju taxt uchun kurash boshlangan. Oʻtrordan qaytgan Shohrux farzandlari — Ulugʻbek va Ibrohim Sultonni amirlar poytaxt Samarqandga kiritmaydilar, ular Buxorodan panoh topishgan. Samarkand taxtini Xalil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohrux Ulugʻbekka dastlab Andxoʻy bilan Shibirgʻonni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410 y. Shohrux Movarounnahrni oʻz tasarrufiga kiritgach, uni idora eti sh ni Turkiston viloyati bilan birga Ulugʻbekka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. Ulugʻbek yosh (15 yosh) boʻlgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan. Lekin Shohmalikning raqibi — Oʻtrordagi Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi voliylari 1410 yil bahorida Ulugʻbek va Shohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida boʻlgan jangda Shohmalik va Ulugʻbek gʻalaba qilganlar. 1411 yil sentabrda Shohrux Samarqandga kelib, Shohmalikni oʻzi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan (1413). Shu vaktdan boshlab Ulugʻbek Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishgan. Shohrux Movarounnahrda boshqa temuriy shahzodalarga ham mulk ajratgan edi. Chunonchi, Hisori Shodmonni Muhammad Sultonnpng oʻgʻli Muhammad Jahongir mirzoga, Oʻzgand viloyatini Umarshayxning oʻgʻli Amirak Ahmadga suyurgʻol qilgan edi. Biroq ular Ulugʻbekka tobe edilar. 1414—15 y. ular oʻrtasida ixtilof chiqib, Ulugʻbek Amirak Ahmad ustiga qoʻshin tortgan va uni yenggan. Shohrux Amirak Ahmadni Xurosonga chaqirtirib olgan; Qashgʻar ham to 1428 y.gacha Ulugʻbekka tegishli boʻlgan.
Ulugʻbekoʻz hukmronligi davomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Birinchisida 1425 y. Moʻgʻuliston xoni Shermuhammad oʻgʻlon (1421—25) oʻzini mustaqil xon deb eʼlon qilganda, Ulugʻbek unga qarshi yurish qilib zafar qozongan. Ulugʻbekning 2yurishi Sigʻnoq sh. tomon boʻlgan. Sirdaryoning quyi havzasi Ulugʻbek tasarrufida edi. Ulugʻbek 1427 y. Sigʻnoq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan Baroq oʻgʻlon (q. Baroq) bilan toʻqnashgan va magʻlubiyatga uchragan. Dushman Ulugʻbekni taʼqib qilib, Samarqand ostonalarigacha kelgan.
Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi.
Shohrux vafoti (1447, 12 mart)dan keyin Ulugʻbekning katta oʻgʻli Abdullatif voris sifatida Temuriylar hukmdori boʻlib qoladi. Lekin Shohruxning qattiqqoʻl xotini Gavharshod begim bu haqda oʻz fikriga ega edi. U Shohrux davrida Temuriylarning poytaxti boʻlib qolgan Hirot taxtiga marhumning 3oʻgʻli boʻlmish Boysungʻur mirzoning oʻgʻli va suyukli nabirasi Alouddavla mirzoni oʻtqazish tarafdori edi. Gavharshod begim Hirot taxtiga Alouddavlani oʻtqazganini Ulug’bekka nisbatan isyon deb qaralmogʻi kerak edi. Shuning uchun Ulugʻbek 1448 y. bahorida Abdullatif bilan birgalikda 90 ming askar bilan Xurosonga kelib, Hirot yaqinida boʻlgan jangda Alouddavlani tormor qiladi. Gʻalaba Abdullatifning shaxsiy shijoati va lashkarboshilik isteʼdodi tufayli erishilgan boʻlsa ham, Ulug’bek Fathnomani kichik oʻgʻli Abdulaziz nomidan eʼlon qiladi. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qalʼasi va uning ichidagi boyliklarini ham Ulug’bek Abdulazizga beradi. Shundan soʻng Ulug’bek bilan Abdullatif oʻrtasidagi munosabat ochiq dushmanlik tusini oladi.
Ulugʻbek Samarqandda Abdulazizni qoldirib, lashkar bilan katta oʻgʻliga qarshi jangga yuradi. Abdullatif ham oʻz lashkari bilan Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala lashkar ham daryoning 2 soxilida uzoq muddat turib, suvni kechib oʻtishga botinmaydi. Bu orada Ulugʻbek, Abdulaziz lashkardagi amirlarning oilalarini taʼqib etayotir, — degan xabarni eshitib, Samarqandga qaytib kelishga majbur boʻladi va shahar aholisining Abdulazizga qarshi isyon koʻtarganining guvohi boʻladi. Tezda shaharni tartibga keltirib, yana Abdullatifga qarshi jangga yoʻllanadi, lekin Samarqand yaqinida undan magʻlubiyatga uchraydi.
Oradan koʻp oʻtmay, Ulugʻbek Abdullatif buyrugi bilan qatl etiladi. Uning jasadi Goʻri Amir maqbarasiga dafn etilgan (q. Amir[ Temur maqbarasi]).
Ulugʻbek otasi Shoxrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil boʻlgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik munosabatlari olib borgan. Ulugʻbek davrida Samarkand sh. yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, meʼmorlik, adabiyot, umuman ilmfan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), Gʻijduvonda (1432—33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Madrasalarda diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar ham oʻqitildi, koʻproq aniq fanlarga ahamiyat berildi. Bibixonim masjidi, Amir[Temur maqbarasi], Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazildi. Bundan tashqari, mamlakatda koʻplab jamoat inshootlari (karvonsaroy), tim, chorsu, hammomlar va b. ham bunyod etilgan (Ulug’bek davridagi Movarounnahrdagi ichki va tashki siyosat, elchilik aloqalari, pul islohotlari, iqtisodiy, madaniy holat haqida q. [Temuriylar]).
Ilmiy va madaniy merosi. Ulugʻbek Oʻrta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng buyuk ishi — Samarkand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. Ulug’bekning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. Ulug’bek Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (q. Ulugʻbek rasadxonasi).
Ulugʻbek akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchshsh Ulug’bek “Ziji”ning soʻzboshisida “farzandi arjumand”, yaʼni “aziz farzandim” deydi. Aslida u Ulug’bekning sadoqatli shogirdi boʻlib, “Zij” ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.
Ulugʻbek Samarqandda 2 ta Madrasa: biri — Registon ansambli tarkibida va 2si Goʻri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boshqa yirik olimlar qatorida Ulugʻbekning oʻzi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba maʼruza oʻqigan. Boshqa vaqtini koʻproq astronomik kuzatishlarga, “Zij” ustida ishlashga va davlat ishlariga bagʻishlagan. (q. Ziji Koʻragoniy).
Ulugʻbekning yana bir matematik asari “Risolai Ulugʻbek” deb ataladi va uning 1nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi, hali oʻrganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir.
Ulugʻbek merosini oʻrganish. Fan va madaniyat tarixida soʻnmas iz qoldirgan Ulugʻbekning ilmiy merosi uning “Zij”idir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qoʻllanilgak matematik usullari boʻyicha oʻrta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali boʻlganligi uchun avvalambor u musulmon mamlakatlaridagi olimlarning diqqatini jalb qilgan. “Zij”ga ilk sharhni Ulugʻbekning shogirdi Ali Qushchi “Sharhi Ziji Ulugʻbek” nomi bilan yozgan.
Usha 15-a.ning oʻzida qohiralik munajjim Shamsiddin Muhammad asSufiy alMisriy “Tashil Ziji Ulugʻbek” (“Ulugʻbek “Zij”ini osonlashtirish”) nomli asar yozib, unda Ulugʻbek jadvallarini Qohiraning geografik kengligiga moslashtirdi. AlMisriy oʻzining “Taqvim alkavokib assabʼa” (“Yetti sayyoraning taqvimlari”) va “Jodavil almahlul assani ala usul Ulugʻbek” (“Ulugʻbek usuliga koʻra ikkinchi yechimlar jadvali”) nomli yana 2 asarida Ulugʻbek “Zij”iga murojaat qiladi.
Suriyalik olim Zayniddin alJavhariy asSolihiy (15-a.) “AdDurr annozil fi tashil attaqvim” (“Taqvimni soddalashtirishda nozil boʻlgan durlar”) nomli asarida Ulugʻbek “Zij” ini qayta ishlagan.
Ulugʻbek “Zij”iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining eng soʻnggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525 y.v.e.) 1523 y. yozib tugatilgan “Sharhi Ziji Ulugʻbek” asaridir. Birjandiy oʻz “Sharh”ida mufassal va aniq raqamlar bilan bayon qilib, “Zij”ning sirlarini ochadi. Ulug’bekning koʻplab jumlalarini u chizmalar bilan tushuntirib isbotlagan.
Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy (1525 y.v.e.) “Zij”ga sharh yozib, uni “Dastur alamal va tashih aljadval” (“Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilishi”) deb atagan.
Eronlik olim Gʻiyosiddin Mansur alhusayniy ashShiroziy (1542 y.v.e.) “Zij”ga “Risola dar taʼniq Ziji Ulugʻbek” (“Ulugʻbek “Zij”ini aniklashtirish haqida risola”) nomli sharh yozgan.
16-a.ning 2yarmi va 17—18-a.lardagi qator musulmon olimlari “Zij”ga sharxlar yozdilar va uni qayta ishlab oʻz zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ashShomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-a.), misrlik Abdulqodir alManufiy ashShofiʼiy (16-a.), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589 y.v.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637 y.v.e.), hind Farididdin Dehlaviy (1629 y.v.e.), turk Muhammad Chalabiy (1640 y.v.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710 y.v.e.), Dogʻistonlik Damodon alMuhiy (1718 y.v.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.
Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida oʻrin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni Muxammadshohning (1719—48) farmoni bilan Ulugʻbek rasadxonasidagi jihozlarning taʼriflariga koʻra, Dexli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi. Soʻng u homiylik qilgan sultonga atab “Ziji Muxammadshohiy” asarini yozgan va unda Ulugʻbekning baʼzi jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. T.N. QoriNiyoziy va dushanbelik G. Sobirovlar Savay Jay Singhning asari bilan Ulug’bek “Zij” orasidagi bogʻliqlikni oʻz ishlarida koʻrsatganlar.
Ulugʻbekning nomi Yevropada va umuman Gʻarb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari maʼlum boʻlgan. Yevropa Amir Temur va uning oila aʼzolari haqida 1boʻlib Samarqaidga 1403—05 y.lar sayohat qilgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixodan eshitgan. Klavixoning “Kundaliklar”i 1582 y. Sevilyada va 1607 y. Parijda nashr etilganidan soʻng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila aʼzolari bilan qiziqqanlar. Ulugʻbek nomi 17-a. boshidanoq (1601 y.dan) Amir Temurga bagʻishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.
Bevosita Ulugʻbekka bagʻishlangan Yevropadagi 1nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) qalamiga oid. Uning 1648 y. nashr etilgan asarida Ulugʻbek yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta yulduz) ilova qilingan. 1665 y. yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636—1703) Grivs bilan bogʻlanmagan holda “Zij”dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotincha tarjimada nashr etgan.
1690 y. Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy chop ettirgan “Yulduzlar osmonining atlasi”dagi ikkita gravyurada oʻsha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulugʻbekka faxrli oʻrin bergan, unda Ulugʻbekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Richchioli, Vilgelm IV va oʻzining jadvallari bilan solishtirgan. 1711 y. Oksfordda Ulugʻbekning geografik jadvali 3marta nashr etilgan. 1807 y. oʻsha yerda bu jadval yangi grek tilida ham nashr etilgan. 1725 i. ingliz astronomi D. Flemetid (1646—1719) Ulugʻbekning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Vilgelm IV, Yan Geveliy va oʻzining jadvallari bilan birga nashr etgan. 1767 y. ingliz G. Sharp Ulugʻbekyulduzlar jadvalining T. Xayd nashrini kayta nashr qilgan. 1843 y. ingliz F. Beyli (1774—1844) shu nashrni yanada takomillashtirib, 3nashrni amalga oshirgan. Fransuz sharqshunosi L .A. Sediyo (1808—76) 1839 y. Ulugʻbek “Zij”idagi astronomik jadvallarning bir qismini nashr etgan. 1917 i. amerikalik olim E. B. Nobl Ulugʻbek “Zij” idagi yulduzlar jadvalini 27 qoʻlyozma asosida tanqidiy matnini , 1927 y. K. Shoy “Zij”ning trigonometrik jadvalini nashr etgan. Ulugʻbek “Zij”i Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega boʻldi. 18-a.ning 1yarmida Peterburg akademiyasida Ulugʻbek “Zij”i maxsus muhokamada boʻlgan va olimlar J.N. Delil (16881768), G. Ya. Ker uni tarjimasiga kirishganlar, lekin ish oxiriga yetkazilmagan.
1908—09 y.lar V.L. Vyatkin Ulugʻbek rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi — kvadrantini kavlab topgandan soʻng , Samarkand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqish boshlanadi. Natijada 1918 y. V. V. Bartoldiint “Ulugʻbek va uning davri” asari nashr etilgan.
Sovet davrida Ulugʻbekning xayoti va ijodi bilan mamlakat jamoatchiligini tanishtirish boʻyicha T.N. QoriNiyoziy koʻp saʼyharakat qilgan. Ulugʻbek ijodini targʻib qilishda Gʻ. Jalolov va V. P. Shcheglovlarning nashrlari ham diqqatga sazovordir. 20-a.ning 80-y.lari boshiga kelib Ulug’bek “Zij”ining toʻliq va mukammal holda, ilmiy izoxlar bilan taʼminlangan tarjimasini A. Axmedov 1994 y. amalga oshirib, nashr ettirdi.
Yaqin yillargacha Ulugʻbek faqat astronom va matematik deb hisoblanardi. Lekin 20a. oxirida uning ijodi serqirra boʻlib, u tarix, sheʼriyat va musiqa bobida ham qalam tebratgani aniqlandi.
Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy” asarida “Mirzo Ulugʻbek tarixnavis donishmand (va) “Toʻrt oʻlus” (tarixi)ni (ham) yozib qoldirgan edi”, deb yozgan. Ulugʻbekning turkiyda yozgan “Tarixi arbaʼ ulus” (“Toʻrt ulus tarixi”) asari Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning 13— 14-a. lar 1yarmidagi siyosiy hayotini oʻrganishda muhim manbadir.
Mashhad binolarining birida Ulugʻbek qalamiga mansub ushbu bayt topilgan:Harchand mulki husn ba zari nigin tustShoʻxi makun ki chashmi bidon dar kamintust.
Maʼnosi:Harchand husn mulki sening hukmingda boʻlsa ham,Shoʻxlik qilmagilki sen uning nazari ostidasen.
Navoiyning “Majolis unnafois” va Abu Tohirxojaning “Samariya” asarlarida ham uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Ulugʻbek tashkil etgan boy kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli kitob boʻlgan.
Alisher Navoiy “Xamsa” asarida Ulugʻbek ni uluglab, shunday yozgan edi: Temurxon naslidan Mirzo Ulugʻbek, Ki olam koʻrmadi sulton aningdek, Ki davr ahli biridin aylamas yod, Aning obnoyi jinsi boʻldi barbod. Valek ul ilmi sari topdi chun dast, Koʻzi oldinda boʻldi osmon past. Rasadkim bogʻlamish — zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur, Bilib bu nav ilmi osmoniy, Ki ondin yozdi “Ziji Koʻragoniy“.
Uzoq va yaqin oʻtmish mualliflari (Darvishali Changiy, Fitrat va b.)ning taʼkidlashicha, Ulugʻbek yoshligidan oʻzga fanlar qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.
Ulugʻbek tavalludining 600 yilligi 1994 y. aprelda Parijda, okt.da Toshkent va Samarqandda tantanali ravishda nishonlandi va xalqaro konferensiyalar oʻtkazildi. Shu yili Toshkentda Ulugʻbekka haykal oʻrnatildi.
Ulugʻbek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferenszallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug’bekning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda Oʻzbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, koʻcha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bogʻi, shaharcha Ulugʻbek nomi bilan ataladi. Fargʻona pedagogika universitetiga, Samarqand arxitekturaqurilish institutiga, Kitob xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va b.ga Ulug’bek nomi berilgan.
Ulugʻbekning hayoti va faoliyati haqida pyesa (M. Shayxzoda, “Mirzo Ulugbek” tragediyasi), roman (O. Yoqubov, “Ulugbek xazinasi”; S. Borodin, “Samarkand osmonida yulduzlar”), opera (A. Kozlovskiy, “Ulugʻbek”), poema (M. Boboyev, “Ulugbek”), balet (M. Bafoyev, “Ulugbek burji”), film (Rej. Latif Fayziyev, “Ulugʻbek yulduzi”, 1965) va b. yaratilgan.