Ulug’bek xazinasi kitobi
Endi bevosita “Ulug`bek xazinasi” asariga to`xtaladigan bo`lsak, uning yapon tilidagi endigi tarjimasi Odil Yoqubov asarlarining jahonning to`qsoninchi tiliga tarjimasi sanaladi.
“Ulug‘bek xazinasi” romani yapon tilida chop etildi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asari Yaponiyada chop etildi. Qayd etish lozimki, Odil Yoqubov asarlari dunyoning 90 tiliga tarjima qilingan.
Yozuvchi “Ulug‘bek xazinasi” romanini 1974-yilda yozgan. Unda ulug‘ ajdodimiz, buyuk astronom olim Ulug‘bek va uning o‘g‘li Abdullatif o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘rsatib, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni tasvirlagan. Romanda Ulug‘bekning iste’dodli shogirdi, mashhur olim Ali Qushchining ham ulug‘vor obrazi yaratilgan.
Odil Yoqubov ushbu roman uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Izoh yo‘q
Izoh qoldirish
So‘nggi yangiliklar
12:28 / 27.01.2023 0 48
12:04 / 27.01.2023 0 35
11:18 / 27.01.2023 0 53
10:43 / 27.01.2023 0 59
10:22 / 27.01.2023 0 86
10:14 / 27.01.2023 0 67
Ko‘p o‘qilgan
24.01.2023 13069
09.12.2022 9098
17.05.2022 5738
18.11.2021 5386
RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZI
Yakkasaroy tumani,
Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 76-uy
biz haqimizda
Yangiliklar
Maqolalar
Multimedia
Kutubxona
© Oyina.uz. Portal materiallaridan tijoriy maqsadda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) taqiqlanadi.
Matnda xato topdingizmi? Belgilab CTRL + ENTER tugmasini bosing.
Barcha huquqlar himoyalangan.
Все материалы сайта доступны по лицензии: Creative Commons Attribution 4.0 International
Ulug’bek xazinasi kitobi
Muallif: Odil Yoqubov
Hajmi: 17,7 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Odil Yoqubov: Ulug‘bek xazinasi
“Ўзбекистон халқ ёзувчиси Одил Ёқубовнинг “Улуғбек хазинаси” номли асари ўқувчиларга яхши таниш. Бобокалонимиз Муҳаммад Тарағай Улуғбекнинг таваллуд тўйи муносабати билан қайта нашр етилаётган романда алломанинг шахсий ҳаёти, фожеавий қисмати ҳаяжон билан ҳикоя қилинади.
Aсар муаллиф томонидан қайта ишланиб, Улуғбекнинг умри сўнгида мушарраф бўлган севгиси, соҳибқирон бобоси Aмир Темур ҳақидаги хотиралари ва бошқа баъзи бир лавҳалар билан тўлдирилди.”Xususiyatlar
ISBN 978-9943-20-429-4 Muallif Odil Yoqubov Til O’zbekcha Yozuv Lotincha Betlar soni 368 Nashriyot Янги Аср Авлоди Muqovasi Yumshoq Qog‘oz formati A5 Chop etilgan yili 2021 Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан
Sharhlar
Odil Yoqubov: Ulug‘bek xazinasi
Ulug’bek xazinasi to’g’risi bu kitobni o’qiganimdan keyin Ulug’bek yashirigan kitoblarini o’zimam topishini xoxlab qiganman qayergan yashirigan ekan. Topib olishni juda xoxlaganman o’sha kitoblarini.
Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” romani yapon tilida chop etildi
Ustoz adib, O`zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” romani Yaponiyada yapon tilida chop etilganidan xabar topdik. Shu sababli ustozning farzandi Iskandar Yoqubov bilan atoqli o`zbek adibi ijodining jahon miqyosidagi yuksak e`tirofi xususida suhbatlashdik.
– Adabiyotsevar xalqimiz otam – Odil Yoqubovni o`z hayoti bilan emas, millat, xalq, odamlar dardi bilan yashab, ijod qilgan, kurashgan yozuvchi, ulkan ma`naviy jasorat sohibi sifatida e`tirof etadi, – deydi I.Yoqubov. – Buning sababi insof, or-nomus, diyonat, halollik, oriyat, rostgo`ylik, soflik, millat qayg`usi kabi tushunchalar uning barcha asarlari mavzusining bosh g`oyasini, mag`zini tashkil etadi. Otamning bunday qat`iy hayotiy pozisiyasi, saboti, ma`naviy jasorati uning o`tgan asrning saksoninchi yillari poyonida Moskvadagi Kreml saroyida sho`rolarning yirik qurultoyida so`zlagan nutqida ham yaqqol ko`zga tashlanadi.
Yana bir jihati borki, bolalikdan xonadonimizga Chingiz Aytmatov, Mustay Karim, Chabua Amiredjibi, Qaysin Quliev, Yuriy Shekochixin, Sergey Zaligin, Valentin Rasputin, Viktor Astafev kabi yozuvchilar tez-tez mehmon bo`lib, kelib turar edi. Ular otam – Odil Yoqubovning ijodi bilan juda yaqindan tanish, do`st bo`lishi bilan birga uning asarlarini juda qadrlardi. Bu jihatlarni bejiz aytib o`tmadim. Ayni shu omillar O`zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning asarlarini jahonning ko`plab tillariga tarjima qilinishiga sabab bo`lgan, desam mubolag`a emas.
Masalan, Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi” dunyoning 57 tiliga tarjima qilingan. “Diyonat” asari yigirma-yigirma ikki tilga o`girilgan. “Muqaddas”, “Tilla uzuk”, “Qo`hna dunyo”, “Qaydasan, Moriko?” kabi povestlarini ham ko`plab xalqlar o`z ona tilida o`qishga muvaffaq bo`lgan.
O`tgan asrning saksoninchi yillarida “Diyonat” romani xitoy tiliga tarjima qilinib, bir million tirajda Chin mamlakatida nashr etilgan edi. O`z davrida Xitoy kompartiyasi “Diyonat” romanini halollikka, insof, diyonatga ibrat namunasi sifatida e`tirof etib, uni mamlakatning har bir prefekturasida, ya`ni viloyatida yana alohida nashr etish bo`yicha topshiriq bergan ekan.
Endi bevosita “Ulug`bek xazinasi” asariga to`xtaladigan bo`lsak, uning yapon tilidagi endigi tarjimasi Odil Yoqubov asarlarining jahonning to`qsoninchi tiliga tarjimasi sanaladi.
Ma`lumki, Temuriylar davri hali hamon dunyo adabiyoti, tarixi, madaniyati va san`ati muxlislarining diqqat-e`tiborida bo`lib turibdi. Hanuzgacha asarlari, tadqiqotlari qo`llanma sifatida foydalaniladigan Mirzo Ulug`bekning shaxsiyati, u yashagan g`oyat murakkab tarixiy davr, o`sha zamon ziddiyatlari, an`ana va qarashlar, munosabatlar kitobxonni qiziqtirib keladi.
Ayni paytda “Ulug`bek xazinasi” tarixiy romanida asar muallifi tarixiy qahramonlarni gapirtirgan. Bu esa oson va jo`ngina kechadigan ijodiy jarayon emas. Tarixiy personajlarning o`z davriga, o`z qarashi, e`tiqodiga monand tilga kirgazish yozuvchidan ulkan bilim, mahorat, iste`dod talab etadi. Ehtimol shuning uchun ham “Ulug`bek xazinasi” romani AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa ko`plab davlatlarda nashr etilgan.
Har qanday mukammal asar oradan necha yillar o`tsa hamki, dunyoning istalgan chekkasidan o`z o`quvchisini baribir topar ekan. Suhbatimiz avvalida aytganimdek, otam – O`zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov xalq, millat, Vatan dardi bilan yonib yashadi, yonib ijod qildi. Uning asarlari esa endilikda nainki xalqimiz, balki jahon kitobxonlarning ma`naviy xazinasiga aylangani shubhasiz.
Nazokat Usmonova yozib oldi