Press "Enter" to skip to content

Umumiy gigiyena va ekologiya kitob

4
I BOB
GIGIYENA VA EKOLOGIYA FANINING VAZIFASI,
RIVOJLANISH TARIXI
Rivojlangan jamiyatda inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish
davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani
hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom
turmush tarzini yaratishda tibbiyot xodimlarining roli katta.
Tibbiyot xodimlari ðrofilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari
uchun egallagan nazariy va amaliy bilimlarining o‘zi kifoya
qilmaydi, buning uchun kasalliklarning oldini olish tadbirlarini
o‘zida mujassam etgan hamda ðrofilaktik tibbiyotga nazariy asos
bo‘la oladigan bilimlarni ham egallashlari kerak. Bunday bilim-
larni gigiyena, ya’ni kasalliklarning oldini olish tadbirlarini
ko‘rish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘risidagi
fan beradi. Gigiyena inson vujudi va faoliyati bilan atrof-
muhitning uzviyligini ta’kidlaydi. Muhit sog‘lom bo‘lmay turib,
tananing sog‘lig‘ini ta’minlab bo‘lmaydi. Shu ma’noda gigiyena
tabiiy, ijtimoiy muhit – borliqning odam organizmiga ijobiy,
salbiy ta’sirini ham o‘rganadi va bu borada tavsiyalar beradi.
Tashqi muhit deganda tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlar
tomonidan belgilangan maishiy va ishlab chiqarish omillarining
majmuyi tushuniladi. Tashqi muhit omillariga yer, suv, havo,
oziq-ovqat va boshqalar kiradi. Odam organizmi tashqi muhit-
ning beto‘xtov harakatda bo‘lgan omillari (kimyoviy, fizikaviy,
biologik, radioaktiv) ta’siriga duch keladi, biroq odamdagi tabiiy
moslanuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo‘l qo‘y-
maydi. Organizm bilan muhit o‘rtasidagi tabiiy muvozanatning
buzilishi esa xastalikka zamin yaratadi. Chunki moslashuvchanlik
(adaðtatsiya) ning chegarasi bor. Demak, gigiyena fani inson
sog‘lig‘i bilan tashqi muhit o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashning
muhimligini (mehnat va ovqatlanish shart-sharoitlarini yax-
shilash, turarjoylarni obodonlashtirish va b.) izohlaydi.
Gigiyena tashqi muhit omillarining inson salomatligiga
ta’sirini o‘rganadigan va olingan ma’lumotlarga tayangan holda
tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, aholi sog‘lig‘ini mustah-

Umumiy gigiyena va ekologiya kitob

O’quv adabiyotida atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sir xususiyatlarini o’rganish, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish, dam olish va davolanish masalalari bo’yicha muhim ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, bo’lajak shifokorda gigiyenaga doir bilimlarga asoslangan holda aholi o’rtasida sanitar bilimdonlikni oshirishga, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga hamda kasalliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga doir tushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan. O’quv adabiyoti oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, adabiyot 5510300-Tibbiy profilaktika ishi, 5510100-Davolash ishi, 5111000-Kasb ta’limi (Davolash ishi), 5510200-Pediatriya ishi, 5510900-Tibbiy biologiya ishi ta’lim yo’nalishlarining Davlat ta’lim satandarti, o’quv reja va fan dasturlari asosida tayyorlangan.

Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring

Elektron kutubxona

  • O’quv adabiyotlar
  • Monografiyalar
  • Badiiy adabiyotlar
  • Uslubiy qo’llanmalar
  • Avtoreferatlar va dissertatsiyalar

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Bizning manzil

  • Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
  • +998 (66) 233 28 63
  • sammu@sammu.uz

Xarita

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Umumiy gigiyena va ekologiya

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
M.A. AZIZOV
UMUMIY GIGIYENA
VA EKOLOGIYA
Òibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
To‘rtinchi nashri
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Òoshkent – 2016

2
Òaqrizchilar:
G.F. Sherqo‘ziyeva – Òoshkent Òibbiyot akademiyasi kommunal va
mehnat gigiyenasi kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.
G.F. Raximova – Chilonzor tibbiyot kolleji bo‘lim boshlig‘i,
bosh o‘qituvchi.
Azizov M.
Umumiy gigiyena va ekologiya [matn]: Òibbiyot kollejlari uchun
o‘quv qo‘llànma/M.A. Azizov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. –
To‘rtinchi nashri. – Ò.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2016. – 288 b.
ISBN 978-9943-05-875-0
Inson o‘zini qurshab olgan tabiat bilan uzviy aloqada yashaydi. Suv,
havo, tuproq, o‘simliklar olami odamlar hayot kechirishining muhim
omili sanaladi. Òabiatda inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi turli omillar
mavjud. Ushbu o‘quv qo‘llanmada bo‘lg‘usi o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlari
gigiyena va uning kishi salomatligida tutgan o‘rni, atrof-muhitni muhofaza
qilish, bemorlarni gigiyena talablari asosida parvarishlashga doir keng
qamrovli ma’lumotlar bilan tanishadilar.
Mazkur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, undan shu soha bilan qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.

UO‘K 613+574(075)
KBK 51.20.2ya722
A 37
© M.A. Azizov, 2014
© Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2011
© Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2016
ISBN 978-9943-05-875-0
UO‘K 613+574(075)
ÊBK 51.20ya722
A 37
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan

3
SO‘ZBOSHI
Resðublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng aholining
sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini tiklash borasida
O‘zbekiston Resðublikasi Prezidenti hamda hukumatining qator
farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu farmon va qarorlarda
ko‘rsatib berilgan vazifalarni to‘la-to‘kis bajarishda, jumladan,
kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini yaratishda
tibbiyot xodimlarining roli kattadir.
Tibbiyot xodimlarining asosiy vazifasi odamlarni davolash
ekanligi hammaga ma’lum. Ammo tibbiyot xodimlari odam-
larni davolash bilan birga kasallikning kelib chiqish sabablarini,
ana shu sabablarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ham bilishlari
kerak. Bunday bilimni ular gigiyena fani orqali egallaydilar.
Gigiyena yunoncha so‘z bo‘lib, hygieinos – sog‘lom degan ma’noni
anglatadi. Gigiyena inson vujudi va faoliyatini tashqi muhit bilan
uzviylikda o‘rganadi va tashqi muhit sog‘lom bo‘lmay turib, inson
sog‘lig‘ini ta’minlab bo‘lmaydi, deb o‘rgatadi. Tashqi muhit
deganda tabiiy va ijtimoiy sharoitlar belgilaydigan omillar maj-
muyi – yer, suv, havo, oziq-ovqat va shu kabilar tushuniladi.
Inson organizmiga tabiatda beto‘xtov sodir bo‘lib turadigan
kimyoviy, biologik, radioaktiv omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi,
ammo insonga tabiatning o‘zi ato etgan tabiiy moslanuvchanlik
xususiyati bunday ta’sirlarga qarshi turib, kasallik ðaydo bo‘-
lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Gigiyena fani tashqi muhit omillarining inson organizmiga
ta’sirini tadqiq qilib, olingan ma’lumotlar asosida tashqi muhitni,
inson yashaydigan va mehnat qiladigan shart-sharoitlarni yax-
shilash, inson sog‘lig‘ini mustahkamlashning me’yor va qoida-
larini, yuqumli kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini
ishlab chiqadi.
Qo‘lingizdagi o‘qiv qo‘llanmaning asosiy vazifasi ham gigi-
yena fanining eng asosiy bo‘limlarini tibbiyot hamshira (xo-
dim)lariga o‘rgatish, sanitariya-gigiyena tartib-qoidalarini tu-
shuntirishdan iborat. O‘ylaymizki, shu sohaning yetuk muta-
xassisi bo‘lishingizda ushbu kitob Sizga amaliy yordam beradi.

4
I BOB
GIGIYENA VA EKOLOGIYA FANINING VAZIFASI,
RIVOJLANISH TARIXI
Rivojlangan jamiyatda inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish
davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani
hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom
turmush tarzini yaratishda tibbiyot xodimlarining roli katta.
Tibbiyot xodimlari ðrofilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari
uchun egallagan nazariy va amaliy bilimlarining o‘zi kifoya
qilmaydi, buning uchun kasalliklarning oldini olish tadbirlarini
o‘zida mujassam etgan hamda ðrofilaktik tibbiyotga nazariy asos
bo‘la oladigan bilimlarni ham egallashlari kerak. Bunday bilim-
larni gigiyena, ya’ni kasalliklarning oldini olish tadbirlarini
ko‘rish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘risidagi
fan beradi. Gigiyena inson vujudi va faoliyati bilan atrof-
muhitning uzviyligini ta’kidlaydi. Muhit sog‘lom bo‘lmay turib,
tananing sog‘lig‘ini ta’minlab bo‘lmaydi. Shu ma’noda gigiyena
tabiiy, ijtimoiy muhit – borliqning odam organizmiga ijobiy,
salbiy ta’sirini ham o‘rganadi va bu borada tavsiyalar beradi.
Tashqi muhit deganda tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlar
tomonidan belgilangan maishiy va ishlab chiqarish omillarining
majmuyi tushuniladi. Tashqi muhit omillariga yer, suv, havo,
oziq-ovqat va boshqalar kiradi. Odam organizmi tashqi muhit-
ning beto‘xtov harakatda bo‘lgan omillari (kimyoviy, fizikaviy,
biologik, radioaktiv) ta’siriga duch keladi, biroq odamdagi tabiiy
moslanuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo‘l qo‘y-
maydi. Organizm bilan muhit o‘rtasidagi tabiiy muvozanatning
buzilishi esa xastalikka zamin yaratadi. Chunki moslashuvchanlik
(adaðtatsiya) ning chegarasi bor. Demak, gigiyena fani inson
sog‘lig‘i bilan tashqi muhit o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashning
muhimligini (mehnat va ovqatlanish shart-sharoitlarini yax-
shilash, turarjoylarni obodonlashtirish va b.) izohlaydi.
Gigiyena tashqi muhit omillarining inson salomatligiga
ta’sirini o‘rganadigan va olingan ma’lumotlarga tayangan holda
tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, aholi sog‘lig‘ini mustah-

5
kamlashning me’yor va tartib-qoidalarini, ayniqsa, yuqumli
kasalliklarning oldini olish, mehnat qobiliyatini oshirish, umrni
uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir.
Gigiyena fani tavsiyalarini amaliyotga sanitariya (lotincha
sanitas so‘zidan olingan bo‘lib, sog‘liq degan ma’noni anglatadi)
muassasalari joriy qiladi.
Sanitariya faoliyati orqali gigiyena fani rivojlanadi. Demak,
gigiyena sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘risidagi fan bo‘lsa,
sanitariya-gigiyena qonun-qoidalari asosida amaliy faoliyat
ko‘rsatadigan sohadir.
Tibbiyot xodimlari ishlab chiqarish va turmush shart-sha-
roitlarining odamga ta’sirini chuqur o‘rganib, kasalliklar sa-
bablarini tahlil qilganlaridan keyingina kasallikni davolash, keyin-
chalik esa uning oldini olishning samarali chora-tadbirlarini
ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. I.P. Pavlov «Zamonaviy tibbiyot kasal-
liklarning hamma sabablarini bilib olgandagina kelajak tibbiyotiga,
ya’ni keng ma’nodagi gigiyenaga aylanadi», – deb bejiz ayt-
magan.
Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining
umumiyligi bilan, shuningdek, ular o‘rtasida moddalar va
energiya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi orqali
isbotlanadi. Tashqi muhitning organizmga ta’siri organizmning
o‘sish jarayonlari deb ataladigan jarayonlari: nafas olish, ovqat-
lanish, termoregulatsiya va boshqalarni o‘zgartirishida namoyon
bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi
muhitning ana shu ta’siriga, uning sifati va miqdoriga bog‘liq
bo‘ladi. Tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta’siri
ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
I.P. Pavlov organizm noodatiy tashqi muhit omillari ta’siriga
duch kelganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda muhit bi-
lan organizm o‘rtasidagi muvozanat buziladi, deb ko‘rsatib o‘tgan
edi.
Odam organizmiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi muhit omil-
larini ularning tabiatiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘lish mumkin:
– fizik omillar jumlasiga atrofimizdagi havoning temðe-
raturasi, namligi va harakati, atmosfera bosimi, quyosh ra-
diatsiyasi, radioaktiv nurlar, shovqin va boshqalar kiradi;
– kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv yoki oziq-ovqat
tarkibiga kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga
ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi;

6
– ðatogen mikroblar, zamburug‘larning ba’zi turlari va
boshqalar (gelmintlar) biologik omillardir. Bular organizmga
ta’sir qilar ekan, infeksion yoki ðarazitar kasalliklarni keltirib
chiqaradi.
Aytib o‘tilgan omillarning odamga ta’sir qilish-qilmasligi
mehnat faoliyati, turarjoy shart-sharoitlariga, ovqatining tabiatiga
va jamiyatning ijtimoiy tuzumiga aloqador boshqa bir qancha
turmush sharoitlariga bog‘liqdir.
1.1-§. GIGIYENA TARAQQIYOTI TARIXI
Har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy formatsiyalar
evolutsiyasi texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan uzviy
bog‘langan. Shu nuqtayi nazardan gigiyena tarixi turli davrlardagi
ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirini aks ettiradigan bir
necha bosqichga bo‘linadi.
Gigiyena rivojlanish tarixi nisbatan uzoq emas. Gigiyenaga
oid bilimlar XIX asrning birinchi yarmida tizimga solinib,
mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq odamlar qadim
zamonlarda ham gigiyena va sanitariyaning ma’lum qonun-
qoidalariga rioya qilishgan. Tarixiy hujjatlar, san’at asarlari va
arxeologik qazilmalar ma’lumotlari eramizdan ancha ilgariyoq
sanitariya qonunlarining ba’zi elementlari mavjud bo‘lganligidan
hamda ma’lum sanitariya chora-tadbirlari amalga oshirib kelin-
ganligidan dalolat beradi.
Qadimgi hind va xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi
3000– 4000-yillar) ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat qilish
va dam olish tartibi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bor. Ularda badanni
toza tutish zarurligi gaðirib o‘tiladi, murdalarni ko‘mish qoidalari
ma’lum qilinadi va hokazo. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda
axlatlarni yo‘qotish va botqoqliklarni quritish ishlari uyushgan
holda o‘tkazilgan, sug‘orish sistemalari va vodoðrovodlar barðo
etilgan. Qadimgi Yunoniston va Sðartada yoshlarni jismoniy
jihatdan rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, olimðiya sðort
musobaqalari o‘tkazib turilgan. Afinada oqova suvlarni yo‘qotish
uchun kanalizatsiya qurilgan. Bu joyda uylar qurish va ovqat
masalliqlarini sotish ustidan sanitariya nazorati ham tashkil
etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun Qadimgi
Yunonistonda binolar oltingugurt va xushbo‘y moddalar tutatib
dudlangan.

7
Qadimgi Yunonistonning buyuk shifokori Giððokrat (mi-
loddan avvalgi 460–377-yillar) gigiyena masalalariga bag‘ish-
langan «Sog‘lom turmush maromi to‘g‘risida», «Havo, suv va
joylar to‘g‘risida» deb nomlangan asarlarida tashqi muhitning
odam salomatligiga ta’sir qilish omillari hamda shu omillarning
kasalliklarga nechog‘li aloqadorligi to‘g‘risidagi o‘z kuzatuvlari
va nazariy mulohazalarini bayon qilgan. Giððokratning «muhit
nazariyasi»ni keyinchalik Platon, Aristotel va boshqa faylasuflar
rivojlantirganlar.
Yunonlar madaniy boyliklarining vorislari bo‘lmish rimliklar
yunonlardan gigiyenaga oid bilimlarni meros qilib oldilar va
sanitariya obodonchiligi sohasida o‘z ustozlaridan o‘zib ketdilar.
Qadimgi Rimni suv bilan ta’minlaydigan va kanalizatsiya
inshootlari o‘sha zamon uchun muhandislik mo‘jizasi bo‘lgan.
Qadimgi Rimda tog‘ buloqlaridan har bir kishiga bir kecha-
kunduzda 0,5–1 m
3
suv yetkazib beradigan 14 ta yirik va 20 ta
mayda vodoðrovod bo‘lganligini aytib o‘tish kifoya. Rimda ax-
latlarni zararsizlantirish zamonaviy usullarining ibtidosi mavjud
bo‘lgan. Narsa qo‘shib, masalliqni qalbakilashtirish va buzilgan
oziq-ovqatlarni sotish man qilingan, binokorlik ishlari ustidan
sanitariya nazorati olib borilgan.
To‘planib qolgan axlatlarni tozalash ishi dastlab 1609-yilda
Parijda o‘tkazilgan va 1780-yilga kelib axlatni ko‘chaga tashlash
odatiga qarshi kurashishga kirishilgan. Ichki kiyim va choyshab,
ko‘rða jildlari XVIII asrgacha noyob ashyo bo‘lib, bitliqilik juda
keng tarqalgan, hatto qirol xonadoni ham bundan mustasno
bo‘lmagan. Ovqat uchun tutiladigan alohida idish Yevroðada
taxminan XVI asrda ðaydo bo‘lgan.
O‘rta asrlar tarixi haddan tashqari katta eðidemiyalar va
Yevroða aholisining qirilishini bir qadar aks ettiradigan tarixdir.
O‘rta asrlarda Yevroðada chechak, tif, griðð eðidemiyalari bir-
biriga ulanib turgan. Tanosil kasalliklari, teri va ko‘z kasalliklari
keng tarqalgan. XVI asrda toun eðidemiyasi Yevroða aholisi
to‘rtdan bir qismining yostig‘ini quritgan. Yangi ðaydo bo‘lgan
burjuaziya sinfi sanoatni rivojlantirish, mehnat unumdorligini
oshirish va foydani ko‘ðaytirishdan manfaatdor edi. Bunday
maqsadga erishishida unga sog‘lom ishchilar kerak bo‘lganligi
uchun ham u ma’lum sanitariya chora-tadbirlarini amalga
oshirishga majbur bo‘ldi. Ketma-ket sodir bo‘lib turgan eðide-
miyalar yirik shaharlarda sog‘lomlashtirishga oid shoshilinch

8
sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirishni, vodoðrovod,
kanalizatsiya o‘tkazish kabilarni taqozo etdi.
XIX asrning o‘rtalarida biologiya, kimyo va fizika fanlarining
gurkirab rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davrni
boshladi. Bakteriologik va fizik-kimyoviy tahlil usullari gigiye-
naga ham kirib keldi, aholi istiqomat qiladigan hudud va uy-
joylar sanitariya holatini sog‘lomlashtirish, ovqatlanish gigiye-
nasi, me’yor va talablarni asoslashda qo‘llanila boshlandi. Bu
gigiyenadagi eksðerimental yo‘nalishning ibtidosi bo‘ladi.
Ingliz olimi Parks va nemis gigiyenisti Pettenkofer gigiyena
fanining asoschilari hisoblanadi. 1857-yilda Parks tashqi muhit
omillarini fizik-kimyoviy va bakteriologik tekshirish natijalariga
asoslangan gigiyenaga oid asarini nashr ettirgan bo‘lsa, Pet-
tenkofer gigiyenaning aniq fanga aylanishiga yo‘l ochgan ko‘ð
yillik laboratoriya-statistik tekshirishlarini o‘tkazdi. Petten-
koferning turarjoylarni shamollatish (ventilatsiya qilish) va isitish
sohasida olib borgan tekshirishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Pettenkoferning zamondoshi va hamkori – fiziolog Foytning
ovqatlanish fiziologiyasi va gigiyenasi sohasidagi ishlari, ayniqsa
qimmatlidir. Pettenkoferning izdoshlari Rubner va Flugge havo,
tuðroq, suv, turarjoy va kiyim-kechakka sanitariya nuqtayi naza-
ridan baho berishning gigiyenik me’yorlarini ishlab chiqdilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida bakteriologiyaning rivojlanishi
mashhur Lui Paster (1822–1895) kashfiyotlari bilan bevosita
bog‘liq. Uning kashfiyotlari turarjoylar, aholi yashaydigan joylarni
sog‘lomlashtirish va kasalliklarning oldini olish masalalarini hal
qilish uchun gigiyenada yangi tekshirish usullaridan foydala-
nish imkonini berdi. Bu gigiyenaning yangi sohalari –
eðidemiologiya va sanitariya bakteriologiyasining tez rivojla-
nishiga olib keldi.
Gigiyena mustaqil ilmiy fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida
rivojlana boshladi. Bunga kaðitalizmning rivojlanishi, shaharlar
va sanoat korxonalarining o‘sishi hamda turli eðidemiyalarga
qarshi kurashishning zarurligi asosiy zamin bo‘ldi. Tabiiy fanlar
(fizika, kimyo, fiziologiya, mikrobiologiya) sohasida XIX asr
o‘rtalarida erishilgan yutuqlar ham gigiyenaning rivojlanish sa-
bablaridan biridir. Gigiyena kafedrasi ilk bor 1871-yilda Peterburg
harbiy meditsina akademiyasida tashkil etildi, unga gigiye-
naning turli masalalariga oid 90 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi
A.P. Dobroslavin boshchilik qildi. «Jamoat sog‘lig‘ini saqlash

9
kursi», «Gigiyena», «Harbiy gigiyena kursi» kitoblari uning
qalamiga mansubdir. A.P. Dobroslavin harbiy gigiyenaga aloqa-
dor ko‘ðgina masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. 1882-yili
Moskva universitetida F.F. Erisman rahbarligida Rossiyada
gigiyena fanining rivojlanishida juda muhim rol o‘ynagan gigi-
yena kafedrasi tashkil qilindi. F.F. Erismanga va uning shogirdlari
yaratgan asarlarda gigiyenaning barcha bo‘limlari o‘z aksini
toðdi. Shu olim tomonidan uch tomlik «Gigiyena bo‘yicha
qo‘llanma» choð etildi. G.V. Xloðin (1863–1929) XIX asr oxiri
XX asr birinchi choragi gigiyenasining yirik vakili hisoblanadi.
G.V. Xloðin gigiyenada eksðerimental yo‘nalish tarafdori edi.
U «Sanitariya-gigiyenik tekshirish metodlaridan qo‘llanma»,
«Gigiyena asarlari» va «Umumiy gigiyena kursi» darsliklarini va
boshqa ko‘ðgina qo‘llanmalarni yaratdi.
XX asrga kelib gigiyenaninig rivojlanishi uchun katta
imkoniyatlar yaratildi. Maxsus ilmiy tekshirish institutlari,
laboratoriyalar tarmog‘i kengaydi, tibbiyot institutida gigiyena
fakulteti va kafedralarining soni oshdi. Gigiyenaning ayrim
sohalari: mehnat gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish
gigiyenasi, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi, davolash-ðrofilaktika
muassasalari gigiyenasi, harbiy va radiatsion gigiyena mustaqil
fan sifatida ajralib chiqdi. Gigiyenik talablar va normativlar
hayotga keng tadbiq qilina boshlandi. Bu o‘rinda gigiyena
sohasininig rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan atoqli olimlar
N.A. Semashko, Z.P. Solovyov, A.V. Melkov, V.A. Uglov,
A.N. Sisin, A.N. Marzeyev va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish lozim.
Nikolay Aleksandrovich Semashko (1874–1949) sotsial
gigiyenaning mustaqil ilmiy fanga aylanishining asoschisi,
sog‘liqni saqlash, maktab gigiyenasining nazariy va tashkiliy
masalalariga bag‘ishlangan 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
U o‘zining «Sog‘liqni saqlashni tashkil qilish nazariyasidan
ocherklar» kitobida sog‘liqni saqlashning asosiy qonuniyatlarini
umumlashtirdi.
1.2-§. O‘RTA OSIYODA GIGIYENA
O‘rta Osiyoda gigiyenaning rivojlanishi o‘ziga xos tarixga
ega. Qadim zamonlarda O‘rta Osiyo aholisi o‘z iqlim sha-
roitlaridan kelib chiqib, qanday hayvon va o‘simlik mahsu-
lotlaridan iste’mol qilish mumkinligi, suv manbalarini tanlashda

10
va issiq iqlim sharoitida turarjoylarni qurish, kiyinish to‘g‘risida
yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan.
Feodalizm davrida O‘rta Osiyoda boshqa fanlar qatori tibbi-
yot fanining ham rivojlanishi kuzatiladi. Buning sababi, bir
tomondan, aholi iqtisodiyoti va madaniyatining yuksalishi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, ko‘ð shaharlar orqali qadimgi iðak yo‘lining
o‘tishi bo‘lgan.
Karvonlar otlar va tuyalarda cho‘l, sahro, o‘rmonlardan
quyoshning jazirama nuri ta’siri ostida, suvsiz yerlardan o‘tishi
salbiy ta’sirsiz bo‘lmagan, albatta. Aholining bir davlatdan ik-
kinchi davlatga borishi natijasida tarqalishi mumkin bo‘lgan
yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari qidirilgan. Qadimgi
Buxoroda yuqumli kasallik bilan og‘riganlarni aholidan ajratish,
alohida xonalarga joylashtirish va shaxsiy gigiyena qoidalariga
rioya qilish talab etilgan.
Arxeologik toðilmalarga ko‘ra O‘rta Osiyoda tibbiyot fani
juda qadim zamonlarda ham mavjud bo‘lganligi isbotlangan.
Masalan, Quva shahrida soðoldan qilingan vodoðrovod quvur-
larining qoldiqlari toðilgan.
Eng katta qazilma boylik Afrosiyob shahrida toðilgan bo‘lib,
u yerdagi vodoðrovod va kanalizatsiya qurilmalari Qadimgi Rim
qurilmalarini eslatadi. Bu xalq sog‘lig‘ini saqlashda toza suvga
va tashqi muhit sanitariya holatini saqlashda kanalizatsiyaga katta
ahamiyat berilganligining dalolatidir.
Eron va O‘rta Osiyo xalqlarining ilohiy kitobi hisoblangan
«Avesto»da diniy urf-odatlar bilan bir qatorda gigiyenik ma’lu-
motlar ham yozilgan.
Bu ma’lumotlarni O‘rta Osiyo xalqlari tibbiyotiga oid ilk yoz-
ma ma’lumot deyish mumkin. O‘rta Osiyo xalqlarining tibbiyotga
oid yozma ma’lumotlari feodalizmning eng rivojlangan davriga
(IX–XII asrlar) to‘g‘ri keladi. Shu davrda yashagan va ijod qilgan
olimlardan Abu Bakr ar-Roziy hamda Abu Ali ibn Sinolarni
namuna sifatida keltirish mumkin.
Abu Bakr ar-Roziy tashqi muhit omillarining odam or-
ganizmiga ta’sirini chuqur o‘rgangan va tashqi muhitning salbiy
ta’siridan saqlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘z mulohaza-
larini bildirgan.
Olim jahonda birinchi bo‘lib chechakning oldini oluvchi
chora sifatida emlashni tavsiya etgan va uni qanday amalga
oshirish kerakligini batafsil bayon qilgan.

11
Abu Ali ibn Sino butun hayot faoliyatini inson salomatligini
saqlash, kasalliklarning oldini olish va davolashga bag‘ishlagan.
Tibbiyot olamida Abu Ali ibn Sinoning tabarruk nomi
Giððokrat va Galen kabi buyuk shifokorlar bilan bir qatorda
tilga olinadi.
Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga doir asarlari bir necha asrlar
davomida tibbiyot fanining nazariy va amaliy asosi bo‘lib keldi.
Uning shoh asari bo‘lmish «Kitob-al qonun fit tibb» («Tib ilmi
qonuni») qator tillarga tarjima qilinib, bir necha asrlar davomida
Yevroða dorilfununlarida asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilgan.
Abu Ali ibn Sino ichki va tashqi muhit (ovqat, havo, suv,
iqlim, turmush sharoitlari va b.lar)ning kasallik ðaydo bo‘lishida
muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib beradi. Ibn Sino tabiatda suv,
havoda yashovchi ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda hayvonlar (ya’ni,
mikroblar) yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradigan hamda
tarqatadigan vositalardir, degan fikrni olg‘a surdi. U kasallik-
larning oldini olish, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
ozodalik tartib-qoidalariga rioya qilish, suvni qaynatib ichish