Press "Enter" to skip to content

Umumiy psixologiya audio kitob

Shunday qilib, zamonaviy psixologiyada ko’plab bo’limlar ajratilgan:

Psixologiya metodlari, predmeti va vazifasi

Psixologiya (yunoncha — jon; yunoncha — bilim) — bu odamlar va hayvonlarning xulq-atvori va aqliy jarayonlarini psixologiya metodlari orqali o’rganadigan fan. Psixika — tirik mavjudotlarning obyektiv olam bilan o’zaro aloqalarining eng yuqori shakli bo’lib, ularning istaklarini ro’yobga chiqarish va u haqidagi ma’lumotlar asosida harakat qilish qobiliyatlarida namoyon bo’ladi. Psixika orqali inson atrofdagi olam qonunlarini aks ettiradi.

Foto: uman.oxford-med.com.ua

Fikrlash, xotira, idrok, tasavvur, hissiyotlar, hislar, moyillik, temperament — shu barchasi psixologiya tomonidan o’rganiladi. Ammo asosiy savol — insonni nima boshqaradi, uning o’ziga xos xatti-harakati, uning ichki dunyosi qanday jarayonlar bilan kechadi?

Psixologiya tomonidan hal qilinadigan masalalar doirasi juda keng

Psixologiya bo’limlari

Shunday qilib, zamonaviy psixologiyada ko’plab bo’limlar ajratilgan:

  • umumiy psixologiya,
  • yoshga bog’liq psixologiya,
  • ijtimoiy psixologiya,
  • din psixologiyasi,
  • patopsixologiya,
  • neyropsixologiya,
  • oilaviy psixologiya,
  • sport psixologiyasi
  • va hokazo.

Boshqa fanlar va ilmiy bilim sohalari (genetika, logopediya, huquqshunoslik, antropologiya, psixiatriya va boshqalar) ham psixologiyaga kirib boradi. Klassik psixologiyani sharqona amaliyotlar bilan integratsiyasi ham amalga oshirilmoqda. O’ziga va atrofdagi dunyoga mos ravishda yashash uchun zamonaviy inson psixologiya asoslarini puxta egallashi kerak.

«Psixologiya — bu so’zlar bilan ifoda etilmaydigan hislarni so’zlarda ifoda qilishdir», deb yozgan Jon Golsuorti

Psixologiya metodlari:

Foto: woman-psy.com

  • Introspektoriya — bu o’z aqliy jarayonlarini kuzatish, hech qanday vositalarni ishlatmasdan o’z ruhiy hayotini bilish.
  • Kuzatish — jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini jarayonning o’zida faol ishtirokisiz o’rganish.
  • Eksperiment — bu ma’lum bir jarayonni tajribalar orqali o’rganish. Tajriba maxsus belgilangan sharoitlarda faoliyatni simulyatsiya qilish asosida qurilishi yoki odatdagi faoliyatga yaqin sharoitlarda o’tkazilishi mumkin.
  • Rivojlanish tadqiqotlari — bir necha yillar davomida kuzatilgan bir xil bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Perfeksionizm yoxud «a’lochi bola sindromi»

Psixologiya metodlari — kelib chiqishi

Zamonaviy psixologiyaning kelib chiqishida Aristotel, Ibn Sino, Rudolf Goklenius birinchi bo’lib «psixologiya» tushunchasini ishlatgan. Zigmund Freydni esa hatto psixologiyaga aloqasi bo’lmagan odam ham eshitgan. Fan sifatida psixologiya 19-asrning ikkinchi yarmida falsafa va fiziologiyadan ajralib chiqqan holda paydo bo’ldi. Psixologiya psixikaning mexanizmlarini, ongsiz ravishda va shaxs tomonidan amalga oshirilishini o’rganadi.

Psixologiya nima uchun kerak

Inson o’zini bilish va yaqinlarini yaxshiroq tushunish uchun psixologiyaga murojaat qiladi. Ushbu bilim ularning harakatlarining haqiqiy motivlarini ko’rish va anglashga yordam beradi. Psixologiya ruh haqidagi fan deb ham ataladi, inson hayotning ma’lum bir lahzalarida o’ziga savollar berishni boshlaydi — «men kimman?», «Men qayerdaman?», «Nega men bu yerdaman?» Nima uchun odamga bu bilim va ong kerak? Psixologiya hayot yo’lida qolib ketmaslik, bir ariqqa keyinchalik qayta tushmaslik va yiqilgadan so’ng ko’tarilishga kuch topish va davom etishga yordam beradi.

Ushbu bilim sohasiga qiziqish hozirda tobora ortib bormoqda. Tanani mashq qilishda sportchilar psixologik bilimlarga ega bo’lishlari va uni kengaytirishlari shart. Maqsadlarimizga qarab harakat qilish, odamlar bilan munosabatlarni o’rnatish, qiyin vaziyatlarni yengish, biz ham psixologiyaga murojaat qilamiz. Psixologiya ta’lim va tarbiya, biznes va san’at sohalariga ham faol qo’shiladi.

Inson nafaqat ma’lum bilim, ko’nikma va malakalarning ombori, balki bu dunyo haqida o’z hislari, hissiyotlari, g’oyalariga ega bo’lgan shaxsdir.

Bugungi kunda psixologiyani bilish ishda ham, uyda ham ajralmas ko’nikma hisoblanadi. O’zini yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun ma’lum psixologik bilim talab etiladi. Oilada farovonlikka ega bo’lish va nizolarni hal qilish uchun psixologiya haqida bilim ham zarur. Odamlarning xulq-atvorining motivlarini tushunish uchun ularning his-tuyg’ularini o’rganing, munosabatlarni o’rnatishni o’rganing, suhbatdoshga o’z fikrlaringizni yetkazing — bu yerda ham psixologik bilim yordamga keladi. Psixologiya inson paydo bo’lgan joydan boshlanadi va psixologiya asoslarini bilib, hayotdagi ko’plab xatolardan qochishingiz mumkin. Psixologiya bu yashash qobiliyati.

Umumiy psixologiya

Mazkur darslik umumiy psixologiya faniga bag’ishlangan bo’lib,
psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari to’g’risidagi
materiallarni o’zida mujassamlashtirgan. Darslikning o’tmishdoshlaridan farqi
shundaki, unda barcha psixologik kategoriyalar, muammolar yangicha
metodologik yondashuv negiziga suyangan holda talqin qilinadi. Uning birinchi
qismida psixologiyaning predmeti, tadqiqot metodlari, printsiplari, psixikaning
evolyutsion taraqqiyoti, faoliyat va ongning psixologik tahlili umumlashtirilgan.
Darslikning ikkinchi qismida shaxs to’g’risida tushuncha, uning tuzilmasi,
nazariyalari, asosiy metodlari, shaxs eshtiyojlari, motivatsiyasi, qiziqishi,
emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti, bilish
jarayonlari hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o’rganilishi masalalari o’z
ifodasini topgan.
Darslik psixolog mutaxassislarni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan
qurollantirish imkoniyatiga ega. Darslik psixolog mutaxassislarga, aspirantlarga va
oliy maktab o’qituvchilariga mo’ljallangan.

TAQRIZCHILAR: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika
fanlari ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i, psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent M.Sh.Rasulova
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy psixologiya kafedrasi dotsenti
R.Yu.Toshimov

MAS’UL MUHARRIR: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU ijtimoiy
psixologiya kafedrasi dotsenti M.M.Mamatov

O’zMU o’quv metodik Kengashining 2002 yil Majlis qarori bilan nashrga
tavsiya etilgan. “Universitet” nashriyoti, 2002.

Yigirma birinchi asr fan va texnikaning yangi bir yuksalish pallasiga
kirganligi bilan, shuningdek, qarama-qarshi tizimlar barham topganligi bilan o’ziga
xos ahamiyat kasb etadi. XXI asr jahon sivilizatsiyaga oltin harflar bilan bitilgan
son-sanoqsiz zar varaqlarga ega bo’lishi bilan birga ekologiya muammolarining
yuzaga chiqarganligi tufayli boshqa asrlardan keskin ajralib turadi. Er kurrasida
farovonlik, mo’l-ko’lchilik, tinch, osoyishta hayot bo’lishi uchun qit’alararo,
millatlararo hamkorlik yo’lga qo’yilishi, ekologiyani musaffolashtirish uchun
strategik qurollar va texnologiyani zararsizlantirish, ona zaminni va moviy
osmonni avaylash lozim. Yer farzandi degan nuqtai nazar bilan jahondagi millat va
elatlarni hamkorlikka undash orqali abadiylik qonuniyatini saqlab qolish mumkin,
xolos.
Ma’lumki, jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot etishga
mo’jallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni
ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko’lami kengayib borishi uning
mas’uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Xuddi shu bois psixolog
mutaxassislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ko’payishi ularni hozirgi zamon
talabiga javob beradigan darajada tayyorlashni taqozo qilmoqda. Istiqlol harofati
tufayli ilmiy yondashuvlarga, oldingi metodologik muammolarga xolisona
munosabatda bo’lish imkoniyati vujudga keldi.
Mamlakatimiz
prezidenti
I.A.Karimov
asarlarida,
O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonun” da, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”da, “Milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasi” hujjatida mutaxassislar
oldiga ulkan talablar va mas’ul vazifalar yuklamoqda. Ana shu vazifalarni
amaliyotda o’z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya fani muhim rol o’ynaydi.
Mutaxassislar tayyorlash jarayonida umumiy psixologiya fani kasbiy bilimlar,
ko’nikmalar va malakalarni shakllantirish borasida ustuvor o’rin egallaydi.
Shuning uchun psixolog ixtisosligiga ushbu fan uch yil mobaynida o’qitiladi.
Mazkur qo’llanma umumiy psixologiya dasturiga asoslangan holda
yaratilgan bo’lib, talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda, muayyan
tartibda joylashtirilgandir. Umumiy psixologiya o’quv qo’llanmasi 2 jilddan iborat
bo’lib, birinchi kitobda umumiy psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-
tipologik xususiyatlariga bag’ishlangan materiallar jamlangan. Ikkinchi kitobda
bilish jarayonlari yuzasidan ma’lumotlar umumlashtiriladi. Nazariy va amaliy
materiallar nisbati maqsadga muvofiq taqsimlangan bo’lib, nazariya bilan amaliyot
birligi printsipiga to’la rioya qilingan.
Qo’llanma psixologiya mutaxassisligining bakalavriatura bosqichi uchun
mo’jallangan.

BIRINCHI BO’LIM
PSIXOLOGIYAGA KIRISH

I BOB
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI

1. Psixologiya haqida tushuncha

Jahon
fanlarining
muayyan
qonuniyatlarga
asoslanib
turkumlarga
kiritilishiga ko’ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o’rin egallashiga barcha
obektiv hart va haroitlar yetarlidir. Qat’iy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida
bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubshasizdir.
Chunki, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng
murakkabi bo’lib, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak
darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida
o’rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan fazoviy
munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o’zaro ta’sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar
harakati, almashinishi, qo’shilishi to’g’risida mulohazalar, faraziy asosda bo’lsa
ham, yuritilmoqda.
Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o’zaro birikuvi,
muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to’planishi inson tana a’zolariga ijodiy
ta’sir ko’rsatishi, natijada favquloddagi holatlar sodir bo’lishi, kashfiyotlar yuz
berishi, intuitiv (lotincha “intueri” sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki
sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo’lishi
mumkin. Bular qatoriga telepatik (yunoncha “tele” uzoqni “pathos” sezaman degan
ma’no anglatadi) samaralar, o’ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha “extra” o’ta,
“sensus” sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha “extra” o’ta, “sensus” his
qilaman ma’nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini
kiritsa bo’ladi.
Shuningdek, omadsizlik, ichikishlik, kasalning intizor kutishi, nasib
etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo’lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar
hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo’q. Ammo bu borada
bilish ob’ekti (lotin. “objectum” jism demakdir) bilan sub’ektining (lotin.
“subjectum” tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay
imkoniyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tish o’rinlidir. Ushbu fikrni yaqqollashtirish
maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan tahlil qilib o’tamiz.
Jumladan, chaqaloq dunyo yuzini ko’rishdan e’tiboran idrokida tevarak-
atrofni va unga mehrigiyosi bilan termilayotgan kishilar muhitini aks ettira
boshlaydi, dastavval ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki, odamlar o’rtasidagi)
muhitga moslashish sodda instinktlar (lot.”instinctus” tabiiy qo’zg’atuvchi, tug’ma
xususiyat demakdir), hartsiz reflekslar (lot.”reflexus” aks ettirish) yordamida oddiy
ta’sirlanish va taassurot tarzida namoyon bo’ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u
o’zligini tushuna va anglay olmaydi, hatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza
yuritishi ham aslo mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur’atlar bilan
rivojlanadi, yil davomida uning jismoniy a’zolari 50 foizgacha takomillashishi

mumkin. Jismoniy o’sish-psixik (ruhiy) taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin
hozirlaydi, natijada ko’rish, ushlash, yurish, talpinish, g’azablanish va quvonish,
samimiylik ham beg’uborlik singari insoniy tuyg’ulari vujudga keladi, nutq
faoliyati paydo bo’lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga
ko’taradi. Psixikaning muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari,
sifatlari, fazilatlari, qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda
o’z faoliyatining mazmunida barcha ob’ektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik
dunyosining ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin ” o’zlik” ni, shaxsiy “men”
likni tushunish tuyg’usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u
yoki bu har xil xususiyatli to’siqlarni yengish imkoniyati ro’yobga chiqadi.
Mazkur taraqqiyot bosqichi psixologiya fanida “men” davri yoki ” o’zlik”ni
anglash davri deb yuritiladi, u bolada nutq paydo bo’lganidan boshlanib, bir necha
rivojlanish bosqichlarini o’z ichiga qamrab oladi. “Men” davrining anglashilgan
shakllari va ko’rinishlarining namoyon bo’lishi o’smirlik davriga to’g’ri keladi.
O’smirlik davrida o’g’il va qizlarning ruhiyatida o’zlikni anglashga bog’liq bir
talay muammoli savollar va ularning turmushda qaror toptirish tuyg’ulari, istaklari,
orzulari paydo bo’lib, ko’pincha bu narsalar yakka shaxsning “kimligi”,
“qandayligi”, “kimga va nima uchun kerakligi “ga yo’naltiriladi. Bolaning psixik
xususiyatlari, funktsiyalari (lot.”function” ijro etish, bajarish degan ma’no
anglatadi) uni qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va
ijtimoiy vositalar orqali egallash uchun xizmat qiladi.
Xuddi shunga o’xshash o’zligini anglash jarayoni insoniyatning barcha
tarixiy va evolyutsion (lot. “evolution” tabiiy ravishda o’zgarish) taraqqiyoti
davrlariga xos xususiyat sanaladi. Ibtidoiy jamiyatda kishilarning kuch-quvvati
yashash uchun kurashga va tashqi dunyoni egallashga sarflangan, ana shu tariqa
tabiat haqidagi dastlabki bilimlar, tajriba saboqlari orqali o’zlashtirilgan. Yarim
yirtqich holatdagi ajdodlarimiz olovni kashf qilganlar, yovvoyi hayvonlarni
ovlaganlar, tabiat ne’matlaridan bahramand bo’lganlar va xuddi shu qabilda tabiat
bilan tanisha boshlaganlar, moddiy dunyoning saxiyligi, tabiatning ehsonlari va
ofatlari, hayvonot olamini madaniylashtirish (xonakilashtirish), yer ilmini
o’rganish bo’yicha bilimlarning to’planishi natijasida inson tabiatning qulligidan
qutila borgan soniyadan e’tiboran o’zligini (kimligini) anglash imkoniyati tug’ila
boshlagan.
Lekin u davrning odamlari bolaga o’xshab o’zligini oqilona, odilona,
omilkorlik bilan tasavvur eta olmaganlar. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy
davrlarida kishilarda ichki ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug’ma
mayl va layoqatlar alomatlari asta-sekin iste’dodga, qobiliyatga aylana borgan.
Ammo bu jarayon birining o’rniga ikkinchisini mexanik (yunoncha “mechanike”
qurol yoki sodda tarzda demakdir) ravishda yuzaga kelganligini bildirmaydi, balki,
aksincha, murakkab sifat o’zgarishlari, organlarning takomillashuvi, tajribalarda
to’plangan tatbiqiy bilimlar tartibga solinayotganligini ifodalaydi.
Insonning jismoniy (biologik), ruhiy (psixik), ijtimoiy (sotsial) rivojlanishi
natijasida yer kurrasida moddiy dunyo, ma’naviyat, yozuv, san’at, adabiyot, fan,
texnika yaratilgan. Bularning zamirida inson tafakkuri, ongi, aql-zakovati, kuchli
irodasi, mustahkam xarakteri (yunoncha “character” qiyofa, xislat degani),

ijodiyoti, xayolati yotadi. Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida odam
o’zini hayajonlantirgan, taajjubga solgan savollariga javob izlash imkoniyati
vujudga kelgan. Buning natijasida “Inson qanday fikrlaydi?”, “Odam qanday
yangilik yaratishi
mumkin?”, ” Ijod qilish qay yo’sinda paydo bo’ladi?”, “Moddiy dunyoni qay tariqa
bo’ysundirish mumkin?”, “Aql-zakovatning o’zi nima?”, “Insonga uning ichki
ruhiy dunyosi qaysi qonunlar asosida bo’ysunadi?”, “Inson o’ziga-o’zi ta’sir
o’tkaza oladimi?”, “O’zgalarga-chi?” kabi turli-tuman muammolar yechimini
qidirishga harakat qiladi. Mana buning barchasi psixologik bilimlar tug’ilish
nuqtasini vujudga keltiradi va ana shu daqiqadan boshlab inson o’zini o’zi
anglaydi. Binobarin, psixologik bilimlar namoyon bo’lishi o’zini o’zi anglashni
omiliga aylanadi, ular borgan sari tobora uyg’unlashib, mutanosiblashib borib,
izchil, uzluksiz aloqaga o’sib o’tadi.
Bebaho ahamiyatga ega bo’lgan insoniyatning buyuk yutug’I – bu
tafakkurning kashf qilinishiga olib keldi. Avvallari uning fikri, xayoli tashqi
dunyoni egallashga qaratilgan bo’lsa, tafakkur kashf qilingan davrdan boshlab
sub’ekt-ob’ekt (inson fikrlashi tashqi olamga qaratilgan) munosabati o’rnini sub’ekt
(insonning fikri o’zini o’zi anglashga yo’naltirilgan) munosabati egallay boradi.
Demak, inson ob’ektiv dunyoni sub’ektiv tarzda aks ettirish orqali o’zini o’zi tadqiq
qilishdek murakkab, qaltis ishni amalga oshirishga qaror qiladi. Ana shu boisdan,
psixologiya faninnig vazifalari ko’lami kengaydi, murakkablashdi, ichki tarkibida
keskin burilish yasab, o’z predmetiga insonni ilmiy jishatdan o’rganishdan tashqari
o’zini o’zi anglashni ham kiritdi.
Psixologiya faninig boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iboratki,
uning amaliy, tatbiqiy jihatlari mavjud bo’lib, ijtimoiy turmushning barcha
jabhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o’tkazadi. Psixologiya
boshqa fanlardan farqli o’laroq o’z tatbiqiy ma’lumotlari, natijalarining ko’pqirra,
ko’pyoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat
ko’rsatkichiga ega. Ayniqsa, bu borada o’zini o’zi boshqarish alohida ahamiyat
kasb etadi, shuning uchun u tabiatni o’rganish ilmidan tafovutlanib, o’zining psixik
jarayonlari, funktsiyalari, holatlari, hissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti
kabilarni boshqarishda o’z aksini topadi. Inson o’zini anglay borib, o’z insoniy
xislati, xususiyati, sifati, xulqini o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va
takomillashtirsh, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi
tarbiyalash bo’yicha boy materiallar to’plagan, bu esa o’z navbatida inson
munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida
ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-
barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash, shakllantirish,
yangi haroitga ko’chirish, takomillashtirsh, rivojlanish dinamikasini ta’minlash,
yangi sifat bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy,
tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun
muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi,
klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya,
pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo).

Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan o’z predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial
psixolog, injener
(muhandis) psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab psixologi
kabi sohalarni o’z ichiga qamrab olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta’kidlab
o’tish kerakki, psixologiya fani ko’hna tarixga ega bo’lishga qaramay, u juda
navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vundt tomonidan
1879 yilda Leyptsig (Germaniya) universitetida asos solingan birinchi
eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchun endigina
refleksiyani (lotincha “reflexus” o’zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) ilmiy
jihatdan o’rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi)
keldi.
Psixologiya fani tabiatshunoslik fanlari va falsafa negizida paydo bo’lgan
bo’lib, to hanuzgacha uning na gumanitar, na tabiiy fanlar qatoriga kiritilishi
aniqlangani yo’q, lekin shunga qaramasdan, uni har ikkala yo’nalishdagi sohalar
bo’yicha to’plangan ma’lumotlar, qonuniyatlar birlashuvining mahsuli deb atash
mumkin. Ammo psixologiyaning tarkibida ham gumanitar, ham ijtimoiy bilimlar
mavjud bo’lishidan qat’iy nazar, u alohida xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fandir.
Psixologiya fanini tahlil qilishda uning qay fan sohasi bilan aloqasini
aniqlashdan ko’ra ilmiy va kundalik turmush psixologiyasi o’rtasidagi munosabat
to’g’risida mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, har qanday fan
negizida odamlarning turmush va amaliy tajribasi muayyan darajada o’z aksini
topgan bo’ladi. Masalan, kimyo predmeti moddalarning xususiyatlari, ularning
zichligi, og’irligi, o’zaro birikuvi to’g’risidagi kundalik turmush bilimlariga
suyanadi, matematika fani sonlar, miqdoriy munosabatlar, geometrik shakllarning
xossalari, trigonometrik funktsiyalar haqidagi inson tasavvurlari asosiga quriladi.
Lekin psixologiya yuzasidan ana shunday mulohazalar yuritish yoki bildirish
mumkin emas, chunki uning zamirida tubdan boshqacha o’ziga xoslik yotadi. Har
qaysi shaxs kundalik turmushning o’ziga xos psixologik bilimlarini egallagan
bo’lib, o’z saviyasi, salohiyati bilan turlicha kamolot ko’rsatgichiga egadir, hatto
turmush tajribasida to’plangan bilimlar ilmiy psixologik bilimlardan ustunroq
turishi ham mumkin (“Qari bilganni – pari bilmas”). Chunki, yirik yozuvchilar
(shaxslararo munosabat va muomala, muloqot xususiyatlari yuzasidan
kuzatuvchanlikka egadirlar), vrachlar, o’qituvchilar, savdogarlar uzluksiz ravishda
kishilar bilan muomalaga kirishishlari natijasida ularning ichki dunyosi va xulq-
atvoriga oid bilimlar bilan yuksak darajada
qurollangandirlar. Lekin har qanday insonda ham ozmi yoki ko’pmi psixologik
bilimlar mavjuddir, buning dalili sifatida odamlarning bir-birlarini tushunishlari,
ta’sir o’tkazishlari, xulq-atvor oqibatini oldindan bashorat qilish, kishining yakka
hol xususiyatlarini hisobga olgan holda unga yordam ko’rsatishni ta’kidlab
o’tishning o’zi kifoya.
Endi kundalik turmushning psixologik bilimlari bilan ilmiy psixologik
bilimlar o’rtasidagi tafovutlar yuzasidan mulohaza yuritish ayni muddaodir.
Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar, dastavval, yaqqol va alohida olingan
holat, vaziyatni o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, sinchkov bola o’z muddaosiga

yetish uchun otasiga, onasiga, buvasiga, opasi hamda akasiga har xil uslub bilan
ta’sir o’tkazadi, turlicha vositalardan foydalanadi. U ko’zlangan maqsadiga erishish
uchun katta yoshdagi odamlarning individual-tipologik xususiyatlarini hisobga
olgan holda ish tutadi. Kundalik turmushga oid psixologik bilimlar aniq vaziyatga
qaratilganligi, biror shaxsga yo’naltirilganligi bilan ilmiy psixologik bilimlardan
farq qiladi.
Ilmiy psixologiya esa muayyan metodlar, vositalar, uslublar, usullar,
operatsiyalar yordamida ma’lumotlar to’plash va ularni umumlashtirishga intiladi,
izlanyotgan ob’ektning xususiyati, holati, munosabati, bog’lanishi kabilarni aks
ettiruvchi ilmiy tushunchalar, ta’riflar, qonuniyatlar, xossalar yordamida psixologik
mexanizmlar kashf qilishga harakat qiladi. Odatda shaxsning xususiyatlari,
sifatlari, fazilatlari, xislatlari, xulq-atvorlari, xatti-harakatlari bo’yicha turmush
haroitidagi bilan fan olamidagilar (hatto ilmiy tushunchalar, atamalar) o’zaro
o’xshab ketsa-da, lekin ilmiy psixologik mazmun, mohiyat, majmua o’zining
tuzilishi, tarkibi, aniqligi, mantiqan izchilligi, ma’noning yig’iqligi bilan keskin
ajralib turadi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalar kundalik turmush tajribasida to’planadigan
psixologik bilimlar bilan ilmiy bilimlar orasidagi dastlabki (birinchi) farqni
harhlashga yo’naltirilganligi bois alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin shu narsani
yoddan chiqarmaslik kerakki, turmushga oid amaliy psixologik bilimlarga
asoslanmasdan turib, ilmiy psixologik nazariyalarni yaratish mumkin emas.
Xolbuki shunday ekan, amaliy bilimlar genetik kelib chiqishi nuqtai nazaridan
birlamchi hisoblanadi. Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish zarurki, kundalik
turmush psixologik bilimlari aksariyat hollarda farosatlilik, sezgirlik, topqirlik
xususiyati asosida intuitiv tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Buning asosiy
sababi shuki, ko’pincha egallanayotgan bilimlar hayotiy tajribada uchragan
voqelikka nisbatan munosabat, amaliy sinovlar negizida vujudga keladi,
keyinchalik undagi ayrim dag’allik va nuqsonlar silliqlanadi. Shuning uchun
bunday psixologik bilimlar maxsus uslublar yordamida qabul qilinadi, ammo
mantiqiy tahlil qilinmasdan turib to’g’ridan-to’g’ri muomala tizimiga uzatiladi.
Turmushda uchraydigan go’daklarning har xil shakldagi xarxashalari va
ularning maqsadga erishish istaklari kundalik hayotiy tajribalarning sinovlarida
toblanadi, sezgir bolalar katta yoshdagi odamlarning zaif va mustahkam
tomonlarini puxta o’rganadilar, bu borada muayyan qarorga kelganlaridan so’ng
har qaysi shaxsga yakka hol yondashishini amaliyotga tatbiq qilib ko’radilar. Ana
shu tariqa amaliy psixologik bilimlar ma’lum tizimga kiritiladi, ularning barqaror
xususiyat kasb etganlari esa turmushda qo’llanila boshlanadi.
Ijtimoiy hayotda (muhitda) juda ko’p uchraydigan, ayniqsa, o’qituvchilar,
murabbiylar, trenerlar, rahbarlar, vrachlar faoliyatida namoyon bo’luvchi ta’limiy,
tarbiyaviy, tibbiy uslub arzimas ijobiy siljishni payqash imkoniyatini yaratadi.
Amaliy faoliyatda erishilgan ushbu samara psixologik tahlilga muhtojdir, chunki
uni keltirib chiqaruvchi ob’ektiv yoki sub’ektiv omillarni dalillash ancha
mushkuldir. Buning uchun o’zgalarga ta’sir o’tkazish usuli, ularda ichki
imkoniyatga ishonch tuyg’usini uyg’otish qo’zg’ovchisi, ta’sirga beriluvchanlikni
kuchaytiruvchi motivlar (frantsuzcha “motif” qo’zg’atuvchi sabab ma’nosini

bildiradi) tabiatini chuqur tahlil qilish kerak. Faqat mana shu yo’l bilangina
siljishning psixologik ma’no kasb etishini dalillash mumkin, xolos.
Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy psixologik bilimlardan farqi shundan
iboratki, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar anglashilgan, mantiqiy puxta,
oqilonalik xususiyatiga ega bo’ladi. Ilmiy psixologik bilimlar faraz va g’oyalarni
ilgari surish daqiqasidan boshlaboq shakllana boradi, ulardan kelib chiqadigan
oqibatlarni mantiqan tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda ham olg’a surilgan
g’oyalar tekshirish jarayonida biron-bir tasdiq yoki inkor ma’nosiga erishsagina
ilmiy psixologik bilimlar tizimiga kiritiladi. Hayotiy psixologik bilimlarning ilmiy
psixologik bilimlar bilan qiyoslanishni davom ettirsak, unda ular o’rtasidagi
tafovutlar yanada yaqqolroq ko’zga tashlana boshlaydi. O’zidan o’zi ma’lumki,
hayot psixologiyasida to’plangan bilimlarni me’ros sifatida bevosita qoldirish yoki
ularni yosh avlod ongiga qaysidir yo’l bilan uzatish imkoniyati o’ta cheklangandir.
Chunki, keksa (katta) avlod tomonidan yaratilgan turmush psixologiyasini yosh
avlod to’g’ridan-to’g’ri qabul qila olmaydi. Har bir yosh yakka hol ravishda
hayotiy psixologik bilimlarni shaxsiy tajribasidan o’tkazganidan keyingina
ularning to’g’riligiga ishonch hosil qiladi. Ana shu boisdan keksa yoki katta avlod
bilan yosh avlod o’rtasida yuz beradigan nizolar, tushunmovchiliklar uzluksiz,
to’xtovsiz ravishda davom etayotganligi sababli abadiyat qonuniyatlariga aylanib
ketgandir. Avlodlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, anglashilmovchilik to’sig’i,
hayot dialektikasini vujudga keltirib, mangulik muammosiga aylanib qolgan insof,
iymon, nafosat, adolat, erk tushunchalari atrofidagi bahslarni davom ettirishga
puxta zamin hozirlaydi.
Ilmiy psixologik bilimlar bundan farqli o’laroq tajribalarda, ilmiy
tushunchalar va qonuniyatlarda yanada oydinlashadi, so’z va alomatlar orqali, nutq
yordamida muayyan yozma nutq manbalarida qoldiriladi. Shuning uchun ularning
yoyilish ko’lami keng, tarqalish sur’ati tezdir.
Kundalik turmushda to’planadigan psixologik bilimlar kuzatishlar,
mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan qarorga kelishlar zamiriga quriladi.
Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish, sinash, tajriba (eksperiment) o’tkazish
orqali bir voqelikni bir necha marta takroran tekshirishlar yordamida
umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush psixologiyasining materiallari tabiiy
ravishda ro’y bergan vaziyat, holat, voqelik kabilarni tahlil qilish natijasida yuzaga
kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi.
Tajribalar esa bir necha bosqichlardan, qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar
tabiiy ko’rinishini kutib o’tirmasdan, balki zarur haroit yaratiladi. Shu faktni
(omilni) yana bir marotaba ta’kidlash o’rinliki, ilmiy psixologiyada katta hajmdagi
materiallar, shu jumladan, qonuniyatlar, xususiyatlar umumlashtiriladi, insonning
ichki imkoniyati, iste’dodi, ishchanligi, qobiliyati yuzasidan umuminsoniy tavsifga
ega bo’lgan teran xulosalar chiqariladi. Buning natijasida odam psixikasini
aniqlash,
bashorat
qilish,
ayrim
ruhiy
nuqsonlarni
tuzatish,
noxush
kechinmalarning oldini olish imkoniyati tug’iladi, bu esa ijtimoiy, ijtimoiy
psixologik bog’lanishlar mohiyatini oqilona tavsiflash uchun xizmat qiladi.
Ijtimoiy va yakka hol turmush og’irliklari va tashvishlarini kamaytirish, aqliy
hamda jismoniy zo’riqishlarni pasaytirish, shaxslararo nizolarni bartaraf etish

singari sa’yi-harakatlarni faqat ilmiy psixologik materiallarga asoslangan holda
oshirish mumkin.
Shuning uchun psixologiyaning turli sohalarida (yosh psixologiyasi,
pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, sotsial psixologiya va boshqalar)
o’tkazilgan tadqiqot ishlari ilmiy asosda psixika, psixik holat, psixik hodisa, psixik
jarayon, psixik funktsiya, psixik xususiyat, ijodiyot, faoliyat, ong, xulq, muomala
singari tushunchalar bo’yicha materiallar to’plab beradi. Shuningdek, psixik aks
ettirishning (fizik, fiziologik, psixik, ong, o’zini o’zi anglash) moddiy asoslari,
mexanizmlari yuzasidan qonuniyat ochishga imkon yaratadi, hatto insonning
o’zligini anglash va boshqarish sari yetaklaydi.
Endi psixologiya fanining premeti to’g’risidagi savolga javob berishga
harakat qilaylik. Ma’lumki, psixologiya tarixida bu muammoni tahlil qilishga
bag’ishlangan son-sanoqsiz tadqiqotlar mavjuddir. Lekin ular haqida batafsil fikr
yuritmoqchi emasmiz, chunki bu narsa navbatdagi paragrafda berilishi
rejalashtirilgan.
“Psixologiya” (yunoncha “psychelogos”) so’zini o’zbek tiliga tarjima qilsak,
u “jon”, “ruh” haqidagi “fan, ta’limot” degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi davrda
“jon” tushunchasi o’rniga “psixika”ni qo’llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik
nuqtai nazardan “jon”, “psixika” tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi.
Lekin “psixika” tushunchasi bugungi kunda “jon”dan kengroq ko’lamga ega bo’lib,
ham ko’zga ko’rinuvchi, ham ko’zga ko’rinmovchi tomonlarini o’zida aks ettiradi.
Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq, muomala yaqqol namoyon bo’lish
xususiyatiga ega bo’lsa, bilish jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechimalar, ijodiy
rejalar, ilmiy farazlar miyada mujassamlashgani uchun ular ko’zga ko’rinmaydi.
Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o’rtasida bir talay
tafovutlarni keltirib chiqardi.
Psixika to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun dastavval psixik
hodisalar mohiyati bilan tanihamiz. Odatda psixik hodisalar deganda ichki,
sub’ektiv tajriba faktlarning (voqelikning) namoyon bo’lishi tushuniladi, boshqacha
so’z bilan aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol kabi har
biri alohida olingan yaqqol shakllaridan iboratdir.
Ichki, sub’ektiv tajribaning o’zi nimani anglatadi? Insondagi quvonch yoki
zerikish tuyg’ulari, uning nimalarnidir esga tushirishi, biron-bir xohish yoki intilish
kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, hadiksirash hislarining barchasi
shaxsning ichki dunyosini tarkibiy qismlaridir, ya’ni bularning hammasi sub’ektiv
psixik hodisalar sanaladi. Sub’ektiv hodisalarning asosiy xususiyati – ularning
bevosita sub’ektga taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrlasa, eslasa,
xohish bildirsa, albatta ana shu hodisalarni bir davrning o’zida tushunib (kuzatib)
ham turadi. Inson intilsa, ikkilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir
bo’layotganligini anglab turamiz ham. Shuning uchun psixik hodisalar bizning
ruhiyatimizda sodir bo’lishidan tashqari, ular bevosita ko’z o’ngimizda namoyon
bo’lib turadi.
Obrazli qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga
keladi, kechadi, odatda shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda
ularning tomoshabini hisoblanadi.Yuqorida ta’kidlab o’tilgan sub’ektiv hodisalar

xususiyatidan kelib chiqqan holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub’ektiv
kechinmalarning paydo bo’lishi va ularning kechishi bilan shug’ullanishi zarur,
uning asosiy metodi o’zini o’zi kuzatish (shaxsning o’z fikrlari, his-tuyg’ulari va
xatti-harakatlarini o’zi kuzatishi) bo’lmog’i kerak degan xulosaga keladilar. Lekin
psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni
mutlaqo ta’minlay olmasligini tasdiqladi.
Psixikaning turli shakllarda ko’rinishi, jumladan, psixik jarayonlar,
anglashilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik (yunoncha “psyche” – jon
“somo” – tana ma’nosini anglatadi) hodisalar, inson aql-zakovati va qo’lining
mo’jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini yaratdi. Har qanday
faktlarda
(voqelikda),
hodisalarda
psixika
namoyon
bo’ladi,
o’zining
xususiyatlarini ajratadi, faqat ular orqaligina psixikani o’rganish mumkin.
Psixologik voqelik-fakt deganda sub’ektning ichki kechinmalarining tarkibiy
qismlari bilan bir qatorda ularning ob’ektiv shakllari (xulq-atvor, tana harakati,
jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy hodisalar) orqali psixikaning
xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini o’rganish
tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, inson ongidan tashqari, unga bog’liq
bo’lmagan holda hukm suruvchi ob’ektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi narsa va
hodisalar, muhit, haroit va boshqalarning psixikada aks etishi psixologik voqelik
deb ataladi.
Shunday qilib, yuqorida biz psixologiya to’g’risidagi tasavvurlar, uning
predmeti hamda unga kiruvchi ilmiy tushunchalar, psixologik holatlar, voqelik
yuzasidan fikr almashdik, ilmiy psixologik materiallar o’rtasidagi bog’liqlik va
tafovut bo’yicha mulohaza yuritdik.
Bugungi kunda psixologiya to’g’risidagina emas, balki uning sohalari
bo’yicha ham boy ilmiy materiallar to’plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan
mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli
dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya
psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim psixologiyasi,
tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus psixologiya, iste’dod
psixologiyasi)
tibbiyot
psixologiyasi
(psixoterapiya,
psixogigiena,
psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat tuzatish, sud
psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya, savdo va reklama
psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy psixologiya,
psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya predmeti quyidagilarni qamrab olishi zarur:
1)
psixologik bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira va hokazo)
2)
psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
3)
psixikaning holatlari (kayfiyat, xayolparishonlik kabilar),
4)
psixikaning hodisalari,
5)
psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
6)
psixikaning qonunyatlari,
7)
psixikaning mexanizmlari,
8)
psixik haroit, muhit, vaziyat,
9)
o’zaro sababiy bog’lanishlar,

10)
tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari va hokazo.

UMUMIY PSIXOLOGIYA

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

UMUMIYPSIXOLOGIYAO‘quv qo‘llanmaO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quvmetodikbirlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan5210200 – Psixologiya (sport) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quvqo‘llanma sifatida tavsiya etilganNavbahor Umarova, Dilshod ArziqulovMas’ul muharrir Oybek Hayitov0

  • Page 2 and 3: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O
  • Page 4 and 5: Kirish 4I qismPSIXOLOGIYA FAN SIFAT
  • Page 6 and 7: muammolaridan biridir. Chunki psixo
  • Page 8 and 9: VII asrda tabiiy fanlarning rivojla
  • Page 10 and 11: qobiliyatini rivojlantirish muammos
  • Page 12 and 13: o‘rni va zarur maqomni egallashig
  • Page 14 and 15: 1.3. Sport psixologi faoliyatiningx
  • Page 16 and 17: sport yakka kurashlari, sport o‘y
  • Page 18 and 19: ajratadigan Bine-Simon testi yarati
  • Page 20 and 21: 1.3.1-rasmga keltirilgan sohalarda
  • Page 22 and 23: Mamlakatdagi jismoniy tarbiya va sp
  • Page 24 and 25: fundamental, amaliy va innovatsion
  • Page 27 and 28: 1.5. Psixologiya fanining predmetiP
  • Page 29 and 30: idrok etish, olamni anglash, narsa
  • Page 31 and 32: Psixologiyaning alohida1.6. Psixolo
  • Page 34: AQSh RF O‘zRSalomatlik psixologiy
  • Page 37 and 38: jamoalarning iqtisodiy tafakkuri ha
  • Page 39: 1.7.1-rasm. Psixologiya fanining as
  • Page 42 and 43: emotsional-hissiy kechinmalar, hayv
  • Page 44 and 45: Kuzatish metodi yordami bilan hatto
  • Page 46 and 47: ma’lumotlar, metodikalar ishonchl
  • Page 48 and 49: tuzilishi qanchalik qiyinligini yok
  • Page 50 and 51: savollarning berilishi respondent o
  • Page 52 and 53: aytish kerakki, so‘rov metodlari
  • Page 54 and 55: lekin uni faqat professional psixol
  • Page 56 and 57: munosabatlar sohasini o‘rganishda
  • Page 58 and 59: 30. Psixologning ixtisoslikka o‘z
  • Page 60 and 61: II qism.PSIXIKANING EVOLYUTSION TAR
  • Page 62 and 63: Periferik nervsistemasiMarkaziy ner
  • Page 64 and 65: Vegetativ nerv sistemasi – ichki a
  • Page 66 and 67: Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik fun
  • Page 68 and 69: qobiliyatini saqlab qoladi.Yarim sh
  • Page 70 and 71: bu esa nerv sistemasini o‘rganuvc
  • Page 72 and 73: Miyaning buyrug‘iga muvofiq tana
  • Page 74 and 75: Orqa miyaning oq moddasi nerv tolal
  • Page 76 and 77: Ba’zi bir olimlarning hisobiga qa
  • Page 78 and 79: miyadan kelgan impulslarni qabul qi
  • Page 80 and 81: 2.3. Psixika haqida umumiy tushunch
  • Page 82 and 83: sharoitlarini murakkablashuvi tirik
  • Page 84 and 85: ularning bir qator belgilari bilan
  • Page 86 and 87: Ongning paydo bo‘lishi taraqqiyot
  • Page 88 and 89: Inson psixikasining2.4. Inson psixi
  • Page 90 and 91: ehtiyojlarini to‘la-tukis qondiri
  • Page 92 and 93: refraktor holat, bunda ehtiyojning
  • Page 94 and 95: Yuksalish ehtiyoji (o‘zini ko‘r
  • Page 96 and 97: xususiyatlari majmuidir.Xarakter –
  • Page 98 and 99: nazariy – amaliy kabilar.Psixologik
  • Page 100: Ontogenezda inson bilishining bosqi
  • Page 103 and 104: boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabh
  • Page 105 and 106: ekranni ishga sozlaydi, uning tugma
  • Page 107 and 108: birligi tamoyilini ilgari surib va
  • Page 109 and 110: barcha bosqichlariga ongli yondashu
  • Page 111 and 112: Modul yuzasidan tayanch iboralarNer
  • Page 113 and 114: 208 б.4. Ғозиев Э. Умум
  • Page 115 and 116: Ijtimoiy muhit – bu insonning aniq
  • Page 117 and 118: Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi
  • Page 119: Xorijiy shaxs nazariyalarining talq
  • Page 123 and 124: V.M.Bexterevning ta’kidlashicha s
  • Page 125 and 126: Psixologiyadashaxs3.3. Shaxs rivojl
  • Page 127 and 128: Psixolog olimlarning fikricha,3.4.
  • Page 129 and 130: mezon yoki namuna, ibrat tanlab, un
  • Page 131 and 132: 2. Каримова В.М., Хол
  • Page 133 and 134: 4.1.1-rasm. Shaxsning bilish jarayo
  • Page 135 and 136: Analizatorning yuqorida koʻrsatilg
  • Page 137 and 138: Sezgilar xilma-xil4.3. Sezgilarni k
  • Page 139 and 140: xolos.Hozirgi vaqtda psixologlar va
  • Page 141 and 142: Ta’m bilish sezgilariTa’msezgil
  • Page 143 and 144: 4.4. Idrok haqida tushunchaKishinin
  • Page 145 and 146: pardasiga uzoqdagi narsalarning aks
  • Page 147 and 148: Demak, idrokimizning konstantligi,
  • Page 149 and 150: Idrok qilish haqida fikr yuritar4.5
  • Page 151 and 152: Harakatni idrok qilishHarakatni idr
  • Page 153 and 154: Kontrastlik illyuziyasi. Butun xusu
  • Page 155 and 156: bilimlarimiz, tajribamiz asosida il
  • Page 157 and 158: 4.7.1-rasm.Odam og‘ir ahvolga tus
  • Page 159 and 160: Tipiklashtirish (yunoncha “tupos
  • Page 161 and 162: Diqqat – ongning biron-bir4.8. Diqq
  • Page 163 and 164: Appersepsiya qonuniUshbu tushunchan
  • Page 165 and 166: diqqatning taqsimlanishi deyiladi.M
  • Page 167 and 168: ikkala ko‘rinishi ham faoliyatnin
  • Page 169 and 170: manfaatlariga mos ma’lumotlarni e
  • Page 171 and 172: Tarixda bunday kishilar bor va ular
  • Page 173 and 174: eshitgan yoki ko‘rgan narsasining
  • Page 175 and 176: Temurning xotirasi haqida afsonalar
  • Page 177 and 178: so‘rang. Javob aniq: “Esimda yo
  • Page 179 and 180: samarali bo‘lgan hollar. Masalan,
  • Page 181 and 182: bo‘lishi mumkin. Rost – “Toshke
  • Page 183 and 184: o‘lchaganlar, keyinchalik uning a
  • Page 185 and 186: 6. Idrokning yaxlitligi nima?7. Idr
  • Page 187 and 188: UMUMIY PSIXOLOGIYADAN PRAKTIKUMPSIX
  • Page 189 and 190: PSIXIK JARAYON: TASNIF, XUSUSIYAT,
  • Page 191 and 192: №Tavsiya qilingan qo‘zg‘ovchi
  • Page 193 and 194: EsteziometrEsteziometr – millimetrl
  • Page 195 and 196: tekis va kerakli holatida qirqa olm
  • Page 197 and 198: arrasimon tishlar uzunligi 3smni va
  • Page 199 and 200: Rasmlarni shtrixlash va rangi qalam
  • Page 201 and 202: mashina g‘ildiraklari va hokazo b
  • Page 203 and 204: 12-topshiriqTeri tuyush (taktil) va
  • Page 205 and 206: baholashadi. Ularning fikricha, sub
  • Page 207 and 208: Natijalarni qayta ishlash. “Nuqta
  • Page 209 and 210: 37, 21 va 3 litrli hajmli uchta idi
  • Page 211 and 212: GLOSSARIYATAMANINGO‘ZBEK TILIDANO
  • Page 213 and 214: Gippokamp Hippocampus Гиппок
  • Page 215 and 216: Parapsixologiya Parapsychology Па
  • Page 217: bog‘lanishmunosabatlarniolishida