Press "Enter" to skip to content

Bolalar uyqusi haqida ota-onalar uchun foydali bo‘lgan 11 fakt

Uyquni buzilishi (kechasi uxlamaslik, kechki apnoye-nafasni toʻxtab qolishi);

“Chuqur uyqu” haqida siz bilmagan faktlar

Qadimgi yunon tilidan olingan «koma» so‘zi «chuqur uyqu» deb tarjima qilinadi. Tashqaridan qaraganda bu uzoq vaqt davom etadigan ongsiz holat haqiqatan ham uyquga o‘xshaydi. Biroq, sezilarli farqlar ham mavjud.

Komaning asosiy belgilari:

* Uyg‘otish imkonsizligi. Bemor turtish va ismi bilan chaqirishlarga hech qanday munosabat bildirmaydi.

* Qorachiqlar yorug‘likka ta’sir bildirmaydi. Bu bosh miya naychalari refleksi shikastlanishi belgisidir.

* Og‘riqni sezmaydi.Oyoq-qo‘llar harakatsiz.Faqatgina refleksli harakatlar mavjud.

* Nafas olish zo‘rg‘a seziladi, tartibsiz, nafas olish va nafas chiqarish o‘rtasidagi uzoq tanaffus kuzatiladi.

Markaziy nerv tizimi kasalliklari (insult, miya o‘smasi, bosh miyaga qon qo‘yilishi, miya ko‘pchishi va boshqa jarohatlar), ba’zi yuqumli kasalliklar (infeksion meningit, ensefalit), shuningdek, buyrak va jigar kasalliklarida turli zaharlanishlar (doridan, alkogoldan) bu holatga sabab bo‘ladi. Komaning qanday yuzaga kelishidan qati nazar, uning asosida bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining buzilishi patologik jarayonlar yotadi.

Davo komaga sabab bo‘lgan omilni bartaraf etishdan iborat. Bu holatdagi bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi va zudlik bilan tegishli davo choralari ko‘riladi.

Bolalar uyqusi haqida ota-onalar uchun foydali bo‘lgan 11 fakt

Uyqu bu – hayotiy jarayon bo‘lib, kichik bolalarga nisbatan kattalarda oson amalga oshadi. Kattalarda uyqusizlik yoki uyqu bilan bog‘liq boshqa muammolarni qanday bartaraf etish haqida bir qancha ma’lumotlar mavjud. Ammo gap yosh bolalar haqida ketganda, hech kim bunga javob bermaydi. Bolalar qancha uxlashi kerak? Ba’zida nima uchun ularni uxlatish qiyin kechadi? Shuningdek, buning salomatlikka ta’siri bormi? Quyida ota-onalar bilishi kerak bo‘lgan bir necha muhim faktlar bilan tanishib chiqishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

1991—2012-yillarda kuniga 7 soatdan kam uxlaydigan 15 yoshdagi o‘spirinlar soni 10 foizga oshdi. Aslida uyuqsizlik ko‘proq bolalar va o‘spirinlarda kuzatiladigan holat hisoblanadi. Uyqusizlik tufayli kichkina bolalarning kayfiyati tushadi, asabiylashadi yoki haddan tashqari faol harakatda bo‘ladi. O‘spirinlarda esa uyqusizlik o‘qishda, kayfiyatda va ertalab turish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Bola o‘z vaqtida uxlasa-da, kun davomida holsiz va uyquchan bo‘lishi kuzatilsa, uning salomatligida boshqa bir muammo paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Agar uyqusidagi bezovtalik, tez-tez uyg‘onish, oyoqlarning titrash sindromi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish zarur.

Foto: “Domashniy ochag”

Farzand yetarlicha uxlayotganini qanday aniqlash mumkin?

  1. Bolaning ertalab uyg‘onishi qiyinmi?
  2. Dam olish kunlari boshqa kunlarga nisbatan 2 soat ko‘proq uxlaydimi?
  3. Bola mumkin bo‘lmagan jamoat transporti yoki sinfda uxlab qoladimi?
  4. Bola ko‘proq uxlaganda kayfiyati o‘zgaradimi? Yanada quvnoq yoki faollashadimi?

Foto: “Domashniy ochag”

Bolaning maktabdan keyin iste’mol qiladigan ovqati uyquga ta’sir qilishi mumkin

Farzand maktabda yaxshi o‘qishi, undan keyin yana boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi juda yaxshi. Ammo ortiqcha vazifalar uyquda muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi haddan tashqari charchoq ham uxlab qolishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun barcha faol mashg‘ulotlar, raqs darslari iloji boricha ertaroq tugashi kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Uy vazifalarining ko‘pi ham uyquda muammolarni paydo qiladi. Bu ayniqsa, katta miqdordagi uy vazifalari bilan bilan shug‘ullanadigan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun to‘g‘ri keladi. Agar o‘spirin ko‘pincha yarim kechadan keyin darslarni bajarsa, uyqu to‘liq bo‘lmasligi mumkin.

Uyquning yetishmasligi immunitetga ta’sir qiladi

Muntazam uyqusizlik tanada yetarlicha sitokin miqdorini ishlab chiqarmaydi. Natijada immunitet zaiflashadi va bola tez-tez shamollash bilan kasallana boshlaydi yoki uzoq vaqt sog‘aya olmaydi. Kuniga 6 soatdan kam uxlaydigan bolalarning tez-tez kasal bo‘lishi kuzatiladi.

Telefonlar uyquga xalaqit beradi

Bolalarga planshet yoki telefon bilan yotishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Sababi bola kech tushgandan so‘ng ham bir necha soatlar davomida kompyuter o‘ynashi, video tomosha qilishi va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirishi mumkin. Natijada bu uyqusizlikka va yuqorida tavsiflangan hamma narsaga olib keladi. Bola tunda uxlashi uchun, albatta, telefonlarni olib qo‘yish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Elektron qurilmalar uyquga biologik darajada ta’sir qiladi

Mutaxassislar gadjetlar bilan uxlashni hech kimga, ayniqsa, bolalarga tavsiya qilmaydi. Chunki qurilmalar ekranidan tarqalayotgan ko‘k nur melotonin – uyqu gormonining ishlab chiqishini to‘sadi. Bu esa uyqu sifatiga ta’sir qiladi. Uxlash yuzaki bo‘lganligi tufayli tana dam olmaydi.

Doimiy uyqusirab yurish nimadan darak beradi

Uyquchanlik holatining tez-tez takrorlanishi va doimiy tusga oʻtishi inson organizmi ishidagi muammolarning belgisi boʻlishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Inson organizmi kunduzi tetik boʻlishi va kechasi uxlashi kerak. Sogʻlom kechki uyqu kuch toʻplash uchun muhim. Ayrim paytlarda inson organizmining butun kun davomida uyquchanlik holati kuzatiladi va bu holat meʼyor hisoblanadi.

Uyquchanlik holatining tez-tez takrorlanishi va doimiy tusga oʻtishi inson organizmi ishidagi muammolarning belgisi boʻlishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Nima sababdan doimo uyqu kelaveradi?

Bu savolga javobni umumlashtirilgan holda quyidagi guruhlarga boʻlgan tartibda sababini keltirish mumkin:

Uyquni buzilishi (kechasi uxlamaslik, kechki apnoye-nafasni toʻxtab qolishi);

Narkolepsiya (Jelino kasalligi) – kam uchraydigan kasallik boʻlib, birdaniga kuzatiladigan uyqu xurujlari bilan xarakterlanadi;

Mavsumiy affektiv buzilishlar (kuz-qish mavsumida kunning yorugʻ davri qisqarishi hisobiga yaxshi kayfiyat gormoni —serotoninni kamayishi va uyqu gormoni — melotoninni ortishi bilan tushuntiriladi;

Somatik kasalliklar — qadimgilar aytganidek “kasallik uyqu yordamida tuzaladi” iborasi kabi, organizm majburiy uyqu talab qiladi.

Doimiy uyquchanlik meʼyoriy holatmi?

Quyidagi holatlarda doimiy uyqusirash sogʻlom organizmlarda ham kuzatiladi:

— Oʻta issiq, bulutli yoki yomgʻirlik kunlarda;

-Havosi dam va kam yoritiladigan xonalarda;

-Ayollarda hayz siklini ayrim kunlarida va homiladorlikda.

Qolgan vaziyatlarda tinmay kunduzi uyqu kelishi sababini maʼlum bir maxsus diagnostik usullar yordamida aniqlash kerak boʻladi.

Doimiy uyquchanlik yoqimsiz va xavfli xarakteristikaga ega

Tetik kayfiyat va faol holatni qaytarish uchun nima sababdan uyquchanlik rivojlanganini aniqlash va uni yoʻqotishni talab etiladi.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin