Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda Qur’oni Karim kelgusida ham shu narx va sifatda sotilishi ma’lum qilindi

Vahiy Alloh taoloning uz Paygambariga yuborgan diniy kursatmalaridir.

Quron tushishining boshlanishi va jamlanishi

Quroni Karim Alloh taolo tomonidan uz Paygambari Muhammad alayhissalomga tushirilgan vahiy bulib, u Zotdan bizlargacha son-sanoqsiz kishilardan naql orqali etib kelgan va samoviy kitoblarning okhirgisi hisoblanadi. «Vahiy uzi nima?» va u Muhammad alayhissalomga qanday kelganligi bilan tanishib chiqaylik.

Vahiy Alloh taoloning uz Paygambariga yuborgan diniy kursatmalaridir.

Vahiy farishtalar orqali yuborilishi yoki bevosita Alloh taolo bilan roz aytish (gaplashish) vositasila bulishi mumkin. Paygambarimiz Muhammad alayhissalom tajribalarida esa vahiy quyidagicha kechgan:

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:

1. «Paygambar sollallohu alayhi vasallamga vahiyning birinchi kelishi ungidan kelgan tush bulgan. Kurgan har bir tushlari uygoqlik vaqtlarida ham khuddi tong yorugidek kelar edi.

2. Farishta uzi kurinmay turib, Paygambar qalblariga kerakli khabarni etkazar edi.

3. Qungiroq chalingandek ovoz chiqarib kelar edi.

4. Jabroil farishta Paygambarimizga odam shaklida bulib kurinar edilar».

Shu tugrisida «Sahih Bukhoriy» kitobida quyidagi hadisi sharif keltirilgan:

«Horis ibn Hishom Paygambarimizdan: «YO Rasululloh, Sizga vahiy qanday keladi?»– deb surabdi. Shunda ul janob quyidagi javobni beribdilar: «Ahyonda khuddi qungiroqdek jaranglab keladi, shunisi menga qiyin. U ketgandan keyin hamma narsani men uzimda singdirib olgan bulaman. Gohida esa farishta menga odam shaklida kelib suzlab ketadi va uning aytganlarini anglab olaman».

5. Farishta uzining asl shaklida kurinadi va vahiyni etkazadi.

6. Alloh taolo Paygambar alayhissallomga Meroj kechasida namozni farz qilish va shunga ukhshash bazi narsalarni bevosita vahiy qilgan.

Kurinadiki, vahiy khilma-khil tarzda nozil bulgan.

Biroq bu hodisaga shubha bilan qarovchilar kup. Hatto Muhammad alayhissalom hayotida yuz bergan ushbu hodisaning haqiqiy ekanligini tan olish u yoqda tursin, ayrim gumrohlar buni «gasteriya kasalligining bir turi» deb talqin qiladilar ham. Guyoki Paygambarimiz gasteriya khastaligi bilan ogriganlar-u, biz «vahiy» deb atagan narsa, aksari bemorlik chogida kechadigan jazava, bosinqirashdan farq qilmas emish.

Bunday fikrning khato va tuhmat ekanligini isbotlash qiyin emas. Zero, gasteriya kasalligida zuriqish chogida bemor ingraydi, baqiradi-chaqiradi, almoyi-aljoyi harakatlardan, poyintar-soyintar suzlardan uzini tukhtata olmaydi. Kasallik khuruji qaytgach, bemor boyagi «qiliq»larining birontasini eslab qololmaydi. Muhammad alayhissalomda esa bunday alomatlar mutlaqo yuz bermagan. Aksincha, u kishi vahiy damlarida ayon bulgan jumla, ibora va suzlarnigina emas, balki harflarigacha, barcha ohang va talaffuzdagi musiqaviyligi bilan yod olib qolganlar. Shuni alohida takidlash zarurki, vahiyning haqiqat ekanligiga uzida ishonch tugdira olmagan kishilar Quroni Karimning nozil bulishi ilohiy bir hodisa ekanligiga ham Iymon keltira olmaydilar.

Makka. Khiro gori. Paygambarimiz Muhammad alayhissalom yolgiz ibodat qilmoqdalar. Shu choq «Iqro» surasining ayrim oyatlari nozil bula boshladi. Bu – Quroni Karim tushishining avvali edi! Quron shu tariqa Alloh taolo tomonidan uz bandalariga nozil etila boshlandi. Tabir joiz bulsa, Quroni Karimning tushishi 23 yil mobaynida davom etdi.

Quron suralardan iborat. Sura Quroni Karimning bir bulagi, u uch yoki undan ortiq oyatni uz ichiga oladi.

Quroni Karimda 114 sura bulib, har birining uz nomi bor. Bazi suralarning atalishi uning dastlabki suzlaridan olingan. Ayrimlariniki esa mazkur surada kuproq zikr etilgan narsalarning nomiga quyilgan.

Quron suralari ikki qismga bulinadi:

1. Paygambarimizning hijrat qilishlaridan muqaddam tushgan suralar («Makkiy suralar», yani «Makkada tushgan suralar» deyiladi).

2. Hijratdan sung tushgan suralar («Madaniy suralar», yani Madiynada nozil bulgan suralar). Malumki, Muhammad alayhissalom uqish-yozishni bilmaganlar. U kishi Quron oyatlarini farishtadan eshitib, yod olganlar va shundan sunggina musulmonlar uchun uqib eshittirganlar. Usha kezlarda savodli kishilar kam bulganidan, yozish vositalari taqchilligidan kishilar vahiyni – Quroni Karimning ilk oyatlarini yod ola boshlaganlar. Khat-savodni egallagan Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kab singari zotlar Muhammad alayhissalom huzurlarida khurmo pustlogiga, yapaloq-yassi toshlarga, hayvon suyagi yokhud teriga Quron suzlarini qayd etib borganlar. Paygambarimiz har bir yangi oyatning qaysi suraga taalluqli ekanligini va urnini dastlabki Islom mirzalariga tushuntirib berganlar.

Quron suralari shu tariqa 23 yil asnosida yod olingan va khatga bitilgan.

Paygambarimiz Muhammad alayhissalom hayotlik vaqtlarida «Yana vahiy tushib qolar» degan umidda Quron jamlanib, kitob shakliga keltirilmagan. U Zotning vafotlaridan keyin Quron kishilarning qalbida va yozgan narsalarida saqlanib qoldi. Muhammad alayhissalomdan sung musulmonlarga Abu Bakr roziyallohu anhu boshliq etib saylandilar. Bu kishining davrida dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar buldi. Shu janglarda Quroni Karimni tuliq yod olgan kuplab qorilar shahid ketdilar. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhuga «Qorilar ulib ketaversa, Quronga zarar etishi mumkin, shuning uchun uni kitob shaklida jamlab quyish kerak», degan maslahatni berdilar. Avval boshda Abu Bakr roziyallohu anhu ikkilanib turdilar, chunki bu ish Paygambar alayhissalom hayotlik choglarida qilinmagan edi. Keyinroq esa Abu Bakr roziyallohu anhu ham Quroni Karimni kitob shakliga keltirib quyish zarur ekanligini anglab etdilar va Zayd ibn Sobit nomli sahobani chaqirib, bu ishni amalga oshirishni unga topshirdilar. Chunki Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu Paygambar alayhissalom bilan juda kup birga bulgan, Quroni Karimni nihoyatda yakhshi yod olgan va uni Paygambar alayhissalom huzurlarida yozgan, Paygambarimiz vafot etadigan yillari Jabroil farishtaga Quroni Karimni avvalidan okhirigacha uqib utkazganlarida birga bulgan edilar.

Shunday qilib, Zayd va Umar roziyallohu anhumolar mashaqqatli urinishlardan keyin Quroni Karimni kiyik terisidan bulgan sahifalarga yozib buldilar va boglab Abu Bakr roziyallohu anhuning uyida saqlab quydilar. U kishi olamdan utgandan keyin sahifalar hazrati Umar roziyallohu anhuning uylarida, u kishidan sung esa qizlari, Paygambarimiz alayhissalomning khotinlari Hafsa onamiz ikhtiyorlarida qoldi. Vaqt utishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, kuplab arab bulmagan khalqlar ham musulmonlikni qabul qilgach, Quroni Karimni uqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu holatni kurgan usha vaqtdagi khalifa hazrati Usmon roziyallohu anhu Hafsa onamizdan Abu Bakr roziyallohu anhu davridagi sahifalarni surab olib, 6 nuskha kuchirishga buyruq berdilar. Nuskhalar tayyor bulgandan sung musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nuskhaga bittadan qori qushib junatdilar va hammaga Quroni Karimni faqat shu nuskhadan kuchirish va shu qoridan qiroatni urganish buyicha buyruq berdilar. Dunyoda hech bir ummat hech bir kitobga, Islom ummati Quroni Karimga etibor berganidek, ahamiyat bergan emas. Yuqorida bayon etganimizdek, birinchi oyatlar tushgan vaqtdan boshlaboq, avvalo, Paygambarimiz yodlar, sung musulmonlarga uqib berar, yozishni bilganlarga yozdirib quyar edilar.

Boshqa muqaddas kitoblar singari Quron makhsus bir toifa kishilar qulida saqlanmadi. Bu holat esa, Quronga har kim istaganicha uzgartirish kiritgan, degan farazlarni istisno etadi. Zero, Quron ommaning kuz ungida, shohidligida tushganidan sung ham doimo ommaning nazdida buldi. Turmushdagi barcha chigalliklar, maslahatu hukmlar Quron kursatmalariga asosan chiqarildi. Quron musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qullanmaga, doimiy yulboshchiga aylandi.

Khulosa kelib chiqadiki, Quron kimlarningdir khohish-istagiga kura uzgartirilgan yoki uzgartish kiritilaveradigan kitob emas. Alloh taoloning Uzi bunga yul quymaslikni ushbu suzlarida takidlagandir:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

«Albatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz» («Hijr» surasi, 9-oyat).

O‘zbekistonda Qur’oni Karim kelgusida ham shu narx va sifatda sotilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Qur’on tilovati musobaqasi davom etayotgan kunlarda mamlakat tarixida ilk bor Mushafi sharif chop etildi va sotuvga chiqdi. Bu haqda “Muslimaat.uz” xabar bermoqda.

Shu o‘rinda bu muborak harakatni 5-6 yil avval shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari boshlab berganlarini aytib o‘tmoq kerak. Xolis niyat bilan boshlangan ish alal-oqibat o‘z samarasini berdi. Afsuski, hazratning o‘zlari orzulari amalga oshganini ko‘ra olmadilar. Ammo mazkur xayrli ishlarni u kishining vorislari, xususan, Ismoil Muhammad Yusuf va bir qancha shogirdlari davom ettirmoqda.

Yangi Qur’oni Karim kitobini “Hilol-nashr” nashriyoti “Dorus-salom” nashriyotining rasmiy ruxsati va asliy nusxasi asosida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda chop etishga musharraf bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Mushafni uzluksiz nashr etish uchun ruxsat berishni va’da qilgani ham alohida e’tiborga molik. Demak, Qur’oni Karimni kelgusida xuddi shu narx va shu sifatda xarid qilishimiz mumkin.

Nashriyot direktori Abdulvahid Sattiyevning ta’kidlashicha, har ikki yarim oyda Mushafi sharif 10 ming nusxadan chop etilaveradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Mushafni 50 mingta nusxada chop etishga ruxsat bergan. Lekin hozircha 10 ming nusxa chop etildi va ilk sotuvga chiqqan kuni — 28-martning o‘zidayoq sotib bo‘lindi. “Hilol-nashr” nashriyotining 7 ta do‘koni, shuningdek, viloyatlardagi hamkor kitob do‘konlariga o‘z narxida sotish sharti bilan Qur’oni Karim kitoblari tarqatilgan.

Mushaflar barcha do‘konlarda bir xil narxda — 31.000 so‘mdan sotildi. Uni xarid qilish uchun yuzaga kelgan uzun navbat ilgari hech kuzatilmagandi. Nashriyotning bosh do‘koniga 3000 dan oshiq odam Mushaf sotib olaman, deb erta tongdan kelgan va bu uzun navbatni ko‘rib hech kim ketib qolmagan.

Mushaf, shuningdek, internet va pochta orqali ham sotildi. Bunda manzilga yetkazib berish xizmati bilan nashr narxi 41.000 so‘mni tashkil etdi. Bir manzildan kelgan ikki so‘rovning biri rad qilingan. Sababi ism-sharif har xil bo‘lsa-da, turar-joy bir manzilni ko‘rsatgan.

U kishining e’tirof etishicha, bunday kitob oldi-sotdisi hali nashriyot tarixida kuzatilmagan. “Kitob do‘konida 10 nafar xodim ertalabdan to asrgacha tinim bilmadik”, deydi nashriyot direktori.

Kitobni xarid qilganlardan biri Mahfuzaxon Shamsiddinova shunday deydi: “Ertalab soat 8.00 da do‘konga keldim va navbatga 398-o‘rinda yozildim. Kitobni olib ketayotganimda ortimda hali minglab odamlar bor edi”.

Abdulvahid Sattiyevning aytishicha, kelajakda Qur’oni Karim kitobini bosish uchun alohida bosmaxona majmuasi quriladi va maxsus uskunalar bilan ta’minlanadi. Unda har xil bichimdagi va turli rangdagi katta-kichik Mushafi sharif kitoblari nashr etilishi maqsad qilingan.