Press "Enter" to skip to content

Koreys milliy libosi – Xanbok haqida ma’lumotlar

Pere –jaket yengining pastki chizig’i.

Qirg‘izistonda milliy bosh kiyimni haqorat qilganlar jarimaga tortiladi

Qirg‘iziston Respublikasida milliy bosh kiyim hisoblangan – Oq qalpoqni haqorat qilganlar jarimaga tortilishi haqida ma’lum qilindi. Bu haqda Qirg‘iz parlamenti deputatlari ushbu milliy kiyimga Respublikaning milliy ramzi statusini berish borasida taklif kiritdilar.

islam-today.ru nashrining xabar berishicha, ushbu taklif bugungi kunda muhokamaga kiritilgan. Oq qalpoq milliy bosh kiyimiga milliy ramz statusini berish to‘g‘risida gi qonun loyihasiga parlament sessiyasining birinchi o‘quvida qabul qilingan.

Yaqin kunlarda qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Qonun bilan Oq qalpoqni milliy belgi sifatida hurmat qilishga chaqirish, milliy belgini himoya qilish ko‘zda tutilgan.

Milliy ramzni haqoratlagan, unga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatganlar uchun jarima qo‘llash ko‘zda tutilmoqda. Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslar uchun 1000 som (15 AQSh dollari) va yuridik shaxslar uchun 5000 som (72 AQSh dollari) miqdorida jarima ko‘zda tutilmoqda.

Koreys milliy libosi – Xanbok haqida ma’lumotlar

Xanbok – koreys ayollarining milliy libosi bo’lib, so’zma-so’z tarjima qilinganda “koreys kiyimi” degan ma’noni anglatadi. Bugungi kunda ushbu libos rasmiy tadbirlar, oilaviy va milliy bayramlar kiyimiga aylangan, desak, adashmagan bo’lamiz.

G’arbning kuchli ta’siriga qaramasdan ayrim koreys kelinchaklari hanuzga qadar milliy to’y libosi kiyishni afzal biladilar. Zamonaviy kelinchaklar oq rangli to’y libosi kiysalar-da, kelin va kuyov uchun milliy libosda mahsus fotosessiya o’tkaziladi.

Xanbok “hogori” deb ataluvchi kalta jaket va “Chima” (yoki chxima) nomli keng yubkadan iborat.

Chogori – jaketi (ko’rinishidan boleroga o’xshab ketadi)ning yeng qismi pere deb ataladi. Chogori ikki tasmadan tashkil topgan bir ilmoqli bant bilan bog’lanadi. Bunda ilmoq yurak tomonga qarab turmog’i lozim. Tasmalar uchi yubka bo’ylab tushib turadi.

Chima –Xanbok yubkasi. U ko’krakning pastki qismidan boshlanadi va chogori ostidan kiyiladi. Uning bir qavatli, ikki qavatli va qaviqli turlari mavjud.

Chima ostidan sokchxima ( ichdan kiyiladigan yubka), shuningdek, poson – maxsus paypoqlar va poyabzal kiyiladi.

Chogori –xanbokning yuqori qismidagi jaketi.

Tonchjon –yoqa. Oq tasmadan tashkil topgan bog’ich jaketning bo’yin qismiga biriktiriladi.

Otkorim –ayollar libosi bezagi. U yubka ustiga tushib turadi.

Pere –jaket yengining pastki chizig’i.

Chima –ayollar yubkasi.

Naqshlar –xanbokda tasvirlangan naqshlar uning nafisligiga urg’u beradi.

Xanbok turlari:

Xollebok –to’y xanboki. U kundalik liboslardan farqli ravishda tantanavor ko’rinishga ega bo’ladi. Ushbu libos chima va chogoridan tashqari, vonsam deb ataladigan uzun poltodan tashkil topgan. Kelinchak sochi esa “Chokturi” nomli tojsimon usulda turmaklanadi.

Tol xanbok– bolalar xanboki, u bolakayning ilk tug’ilgan kunida kiydiriladi.