Uzbekcha quron
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Ma’nosi: Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman. (Alloh taolo o‘z kitobini “bismillah” bilan boshlagani musulmonlarga ham o‘rnak, ular ham doim o‘z so‘zlarini va ishlarini “bismillah” bilan boshlamoqlari lozim. Payg‘ambar alayhissalom hadislaridan birida: “E’tiborli har bir ish “bismillah” bilan boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir”, deganlar. Ya’ni, barakasi bo‘lmaydi, oxiriga yetmaydi.) [Fotiha surasi 1-oyat]
Uzbekcha quron
– Ғусл қилиш; – Тоза либос кийиш; – Тирноқ олиш; – Мисвок ишлатиш; – Хўшбўйланиш; Пайғамбаримиз Муҳаммад (С.А.В) га саловот айтиш; – Қуръон тиловати; Масжидга эрта бориш; – Дуони кўп қилиш;
Жума суннатлари
эрта бориш; – Дуони кўп қилиш;
Жума ҳақида ҳадислар
– Ғусл қи олиш; – Мисвок ишлатиш; – Хўшбўйланиш; Пайғамбаримиз Муҳаммад (С.А.В) га саловот айтиш; – Қуръон тиловати; Масжидга эрта бориш; – Дуони кўп қилиш;
Жума суннатлари
эрта бориш; – Дуони кўп қилиш;
Quron
Fotiha surasi ﮍ \
Kitob ko’rinishida o’qish
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Ma’nosi: Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman. (Alloh taolo o‘z kitobini “bismillah” bilan boshlagani musulmonlarga ham o‘rnak, ular ham doim o‘z so‘zlarini va ishlarini “bismillah” bilan boshlamoqlari lozim. Payg‘ambar alayhissalom hadislaridan birida: “E’tiborli har bir ish “bismillah” bilan boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir”, deganlar. Ya’ni, barakasi bo‘lmaydi, oxiriga yetmaydi.) [Fotiha surasi 1-oyat]
1. Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman. (Alloh taolo o‘z kitobini “bismillah” bilan boshlagani musulmonlarga ham o‘rnak, ular ham doim o‘z so‘zlarini va ishlarini “bismillah” bilan boshlamoqlari lozim. Payg‘ambar alayhissalom hadislaridan birida: “E’tiborli har bir ish “bismillah” bilan boshlanmas ekan, uning oxiri kesikdir”, deganlar. Ya’ni, barakasi bo‘lmaydi, oxiriga yetmaydi.)
الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ Ma’nosi: Barcha maqtov, shukrlar olamlarning tarbiyachisi Allohga bo‘lsin. (Olamlarni yaratgani uchun ham, ularning tarbiyachisi bo‘lgani uchun ham, ulardagi barcha jonzotlarga hayot, rizqi ro‘z bergani uchun ham Alloh barcha hamdu sanolarga sazovordir.) [Fotiha surasi 2-oyat]
2. Barcha maqtov, shukrlar olamlarning tarbiyachisi Allohga bo‘lsin. (Olamlarni yaratgani uchun ham, ularning tarbiyachisi bo‘lgani uchun ham, ulardagi barcha jonzotlarga hayot, rizqi ro‘z bergani uchun ham Alloh barcha hamdu sanolarga sazovordir.)
الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ Ma’nosi: U Rohman va Rahiym. (Barchaga-kofirga ham, mo‘minga ham mehribon va ne’mat beruvchi. “Rohman” sifati faqat Allohga xos bo‘lib, undan boshqa hech kimga nisbatan bu sifatni ishlatib bo‘lmaydi. “Rahiym” sifati, xosroq bo‘lib, faqat mo‘’minlarga qiyomat kuni rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi va Allohdan o‘zgalarga, jumladan, Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.) [Fotiha surasi 3-oyat]
3. U Rohman va Rahiym. (Barchaga-kofirga ham, mo‘minga ham mehribon va ne’mat beruvchi. “Rohman” sifati faqat Allohga xos bo‘lib, undan boshqa hech kimga nisbatan bu sifatni ishlatib bo‘lmaydi. “Rahiym” sifati, xosroq bo‘lib, faqat mo‘’minlarga qiyomat kuni rahm qiluvchi ma’nosini anglatadi va Allohdan o‘zgalarga, jumladan, Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.)
مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ Ma’nosi: U qiyomat kunining podshohi, egasi. (“Din” so‘zi arabchada hisob, jazo, mukofot ma’nolarini bildiradi. “Yavmid din”-qiyomat kunida bandalar qayta tiriltirilib hisob-kitob qilinadi. Yaxshiga mukofot, yomonga jazo beriladi. Bu oyatni o‘qiganda qiyomatni eslab, o‘sha dahshatli kunda faqat Allohning o‘zi hukm chiqarishini, o‘sha yerda uyalib qolmaslikni eslab, unga tayyorgarlik ko‘rishga ahd qilinadi.) [Fotiha surasi 4-oyat]
4. U qiyomat kunining podshohi, egasi. (“Din” so‘zi arabchada hisob, jazo, mukofot ma’nolarini bildiradi. “Yavmid din”-qiyomat kunida bandalar qayta tiriltirilib hisob-kitob qilinadi. Yaxshiga mukofot, yomonga jazo beriladi. Bu oyatni o‘qiganda qiyomatni eslab, o‘sha dahshatli kunda faqat Allohning o‘zi hukm chiqarishini, o‘sha yerda uyalib qolmaslikni eslab, unga tayyorgarlik ko‘rishga ahd qilinadi.)
إِيَّاكَ نَعْبُدُ وَإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ Ma’nosi: Faqat sengagina ibodat qilamiz va faqat sendangina yordam so‘raymiz. ( “Iyyaka na’budu” “faqat sening aytganingni qilamiz” ma’nosini anglatadi. Bu esa, banda tarafidan Allohga berilgan ulkan va’da. Alloh taolo barchamizni ushbu va’daning ustidan chiqadiganlardan qilsin. “Iyyaka nasta’in” ham, faqat Allohdangina yordam so‘rash ma’nosini anglatadi.) [Fotiha surasi 5-oyat]
5. Faqat sengagina ibodat qilamiz va faqat sendangina yordam so‘raymiz. ( “Iyyaka na’budu” “faqat sening aytganingni qilamiz” ma’nosini anglatadi. Bu esa, banda tarafidan Allohga berilgan ulkan va’da. Alloh taolo barchamizni ushbu va’daning ustidan chiqadiganlardan qilsin. “Iyyaka nasta’in” ham, faqat Allohdangina yordam so‘rash ma’nosini anglatadi.)
اهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ Ma’nosi: Bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlagin. (“Hidoyatga boshlash” lug‘atda biror narsaga lutf bilan yo‘llab qo‘yishga aytiladi.) [Fotiha surasi 6-oyat]
6. Bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlagin. (“Hidoyatga boshlash” lug‘atda biror narsaga lutf bilan yo‘llab qo‘yishga aytiladi.)
صِرَاطَ الَّذِينَ أَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلَا الضَّالِّينَ Ma’nosi: O‘zing ne’mat berganlarning yo‘liga (boshlagin), g‘azabga duchor bo‘lganlarning yo‘liga emas, adashganlarnikiga ham emas. (“Ne’mat berilganlar”dan murod-Payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalar. “G‘azabga duchor bo‘lganlar”dan murod-yahudiylar. Yahudiylarning g‘azabga duchor bo‘lishlarining sabablari ko‘p, jumladan, anbiyolarni o‘ldirishlari, Allohga bergan ahdlariga vafo qilmasliklari va hokazo. Lekin katta sabab-bilganiga amal qilmaslik. Alloh ularga ilm bergan, ular esa bila turib ilmga amal qilmaganlar. “Adashganlar”dan murod-nasroniylar. Nasorolarning “adashganlar” bo‘lishi ham bir qancha sabablarga ko‘radir. Eng asosiysi-ular maqsadga erishish yo‘lida Alloh ko‘rsatgan yo‘lni emas, o‘zlari topgan yo‘lni tanlaganlar. Demak, oyatning ma’nosi: Ey Alloh, bizni o‘tgan anbiyoyu avliyo, azizlarning yo‘lidan boshlagin, yahudiy va nasroniylar yo‘lidan boshlamagin, deganidir. Imomi Nasaiy mashhur sahobiy Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo aytadi: “Namozni o‘zim bilan bandam orasida ikkiga bo‘lganman, bandamga nima so‘rasa, beraman. Agar u (banda) “Alhamdu lillahi robbil ’alamiyn” desa, Alloh, bandam menga hamd-shukr aytdi, deydi. Banda: “ar-Rohmanir Rohiym”, desa. Alloh: “Bandam menga sano-maqtov aytdi”, deydi. Banda: “Maliki yavmiddin”, desa, Alloh: “Bandam meni ulug‘ladi”, deydi. Banda: “Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’in”, desa, Alloh: “Bu men bilan bandam orasidagi ahd, bandamga nima so‘rasa, beraman”, deydi. Agar banda: “Ihdinas sirotal mustaqim, sirotollaziyna an’amta ’alayhim g‘oyril mag‘zubi alayhim valazzoolliyn”, desa, Alloh: “Bu bandamga xos, bandamga so‘raganini berdim”, deydi.) [Fotiha surasi 7-oyat]
ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳﭪ
7. O‘zing ne’mat berganlarning yo‘liga (boshlagin), g‘azabga duchor bo‘lganlarning yo‘liga emas, adashganlarnikiga ham emas. (“Ne’mat berilganlar”dan murod-Payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih bandalar. “G‘azabga duchor bo‘lganlar”dan murod-yahudiylar. Yahudiylarning g‘azabga duchor bo‘lishlarining sabablari ko‘p, jumladan, anbiyolarni o‘ldirishlari, Allohga bergan ahdlariga vafo qilmasliklari va hokazo. Lekin katta sabab-bilganiga amal qilmaslik. Alloh ularga ilm bergan, ular esa bila turib ilmga amal qilmaganlar. “Adashganlar”dan murod-nasroniylar. Nasorolarning “adashganlar” bo‘lishi ham bir qancha sabablarga ko‘radir. Eng asosiysi-ular maqsadga erishish yo‘lida Alloh ko‘rsatgan yo‘lni emas, o‘zlari topgan yo‘lni tanlaganlar. Demak, oyatning ma’nosi: Ey Alloh, bizni o‘tgan anbiyoyu avliyo, azizlarning yo‘lidan boshlagin, yahudiy va nasroniylar yo‘lidan boshlamagin, deganidir. Imomi Nasaiy mashhur sahobiy Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda Alloh taolo aytadi: “Namozni o‘zim bilan bandam orasida ikkiga bo‘lganman, bandamga nima so‘rasa, beraman. Agar u (banda) “Alhamdu lillahi robbil ’alamiyn” desa, Alloh, bandam menga hamd-shukr aytdi, deydi. Banda: “ar-Rohmanir Rohiym”, desa. Alloh: “Bandam menga sano-maqtov aytdi”, deydi. Banda: “Maliki yavmiddin”, desa, Alloh: “Bandam meni ulug‘ladi”, deydi. Banda: “Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’in”, desa, Alloh: “Bu men bilan bandam orasidagi ahd, bandamga nima so‘rasa, beraman”, deydi. Agar banda: “Ihdinas sirotal mustaqim, sirotollaziyna an’amta ’alayhim g‘oyril mag‘zubi alayhim valazzoolliyn”, desa, Alloh: “Bu bandamga xos, bandamga so‘raganini berdim”, deydi.)
Uzbekcha quron
QUR’ONI KARIM SURALARI
“Alloh nozil qilgan bu Qur’on yaxshi ishlarga undaguvchi, yomon ishlardan qaytarguvchidir, avvalgi payg`ambarlarning yo`li va ibratidir. Qur’onda sizlar haqingizda, o`tgan ummatlar to`g`risida va kelajakdagi ishlar xususida xabarlar bor, sizlarning orangizdagi ishlarni hali qilguvchi hukmlar bor. Qur’on ko`p takrorlangani va ko`p istifoda etilgani bilan eskirib qolmaydi, Qur’onning mo’jizalari tugamaydi. Qur’on hazil emas, haq. Qur’on bilan gapirgan odam to`g`ri gapirgan bo`ladi, Qur’on bilan hukm qilgan odam odil hukm qilgan bo`ladi, Qur’onga tayanib urushgan odam zafar quchadi, Qur’onga binoan hukm chiqargan odam to`g`ri yo`l tutgan bo`ladi, Qur’onga amal qilgan odam savob topadi, Qur’onni mahkam ushlagan odam to`g`ri yo`lga yo`llanadi. Qur’ondan boshqa narsadan hidoyat kutgan odamni Alloh adashtiradi, Qur’ondan boshqa narsa bilan hukm chiqargan odamni Alloh halok etadi. Qur’on hikmatlar zikridir, ravshan nurdir, to`g`ri yo`ldir, Allohning tiyran rishtasidir, shifobaxsh malhamdir. Qur’onning hukmini mahkam tutgan odamni u asraydi, unga ergashgan odam najot topadi. Qur’onda tuzatish lozim bo`lgan qing`irlik yo`q. Qur’on haqiqatdan yiroq ketmaydi,shu bois ayblashga, ta’na-malomatga uchramaydi.
“Nurul yaqin” kitobidan
Asosiy mavzular
- Qur’oni karim
- Hadisi sharif
- Aqida ilmlari
- Namoznoma
- Fatvolar
- Maqolalar
- Muborak Oy tuhfasi
- Namoz taqvimi (1443-hijriy | 2021/2022)
Sayt rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur’oni karim ma’nolari va qiroati
- Namoz kitobi
- Salovotlar. Istig’for duolari
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Ro‘za kitobi
- 6 diniy kalima
- Azon
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan keyingi zikrlar
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum’a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So’nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim