Press "Enter" to skip to content

Maktabgacha va maktab ta limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo’linmalari rahbarlik lavozimlariga suhbatlar bo’lib o’tmoqda

Uzedu.uz elektron darslik

Men Respublika maktab-internatida faoliyat yuritaman 8-sinfga mo`ljallangan informatikadan elektron darsligi chiqarilgan lekin dasturga mos emas.
Hozirda Informatika fanidan qanday elektron darsliklar yaratildi.

Халқ таълими вазирлиги томонидан тендер асосида яратилган электрон дарсликлар ва ўқув фильмлар ДТС асосида яратилган. Мен яратилан электрон дарсликлар ва ўқув фильмлар рўйхатини илова қиламан лекин, сиз юқорида 8-синф информатика фан бўйича электрон дарслик рўйхатда йўқ.
Аввалом бор билдирган фикрингиз учун рахмат.
ДТС лари белгиланган муддатларда такомиллаштирилиб борилади, шунинг учун сиз яратилган электрон дарсликлардаги мавзулар тўлиқ очиб берилганлиги, ўқувчилар ҳар бир мавзуни тез осон ўзлаштиришлари учун электрон дарсликларни яратишда нималарга эътибор бериш керак ёки қайси мавзуни ўзлаштириш қийин бўлаяпди шулар тўғрисида фикрларингизни билдирсангиз келгусида электрон дарсликларни яратишга инобатга олинади.

Вложения

яратилган электрон дарслик ва укув фильмлар руйхати.doc (53.5 Кб, 36 просмотров)
Меню пользователя Umarbek Allamov
Посмотреть профиль
Посетить домашнюю страницу Umarbek Allamov
Найти ещё сообщения от Umarbek Allamov

DIRECTOR
Сообщений: 2

Ассалому алайкум.
Рус тили фанидан узбек мактаблари учун мултимедия дарслик борлиги хакида эшитдим, кандай топиш мумкин.

Меню пользователя wannabe
Посмотреть профиль
Найти ещё сообщения от wannabe
Реклама и уведомления

Сообщений: 90
Сообщение от wannabe

Ассалому алайкум.
Рус тили фанидан узбек мактаблари учун мултимедия дарслик борлиги хакида эшитдим, кандай топиш мумкин.

Рус тили фанидан (ўзбек мактаблари учун) 9-синф электрон дарслиги яратилган. Лекин бугунги кунда такомиллаштиришни талаб қилади. Бу электрон дарсликнинг нусхасини Республика таълим марказидан кўчириб олиш мумкин.

Меню пользователя Umarbek Allamov
Посмотреть профиль
Посетить домашнюю страницу Umarbek Allamov
Найти ещё сообщения от Umarbek Allamov

Сообщений: 1,829
+ 814 1,598/765

1. Ingliz tili 5-sinf uchun elektron darslik

2. Nemis tili “Deutsch!” 5-sinf uchun elektron darslik

3. Fransuz tili 5-sinf uchun elektron darslik

4. Rus tili (ta’lim o`zbek va qardosh tillardagi maktablar uchun)6-sinf uchun elektron darslik

5. Rus tili (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 6-sinf uchun elektron darslik

6. Adabiyot (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 6-sinf uchun elektron darslik

7. Adabiyot (ta’lim qoraqalpoq tilidagi maktablar uchun) 6-sinf uchun elektron darslik

8. Nemis tili “Assalom, Deutsch!” 6-sinf uchun elektron darslik

9. Fransuz tili 6-sinf uchun elektron darslik

10. Rus tili (ta’lim o`zbek va qardosh tillardagi maktablar uchun) 7-sinf uchun elektron darslik

11. Rus tili (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 7-sinf uchun elektron darslik

12. Adabiyot (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 7-sinf uchun elektron darslik

13. Adabiyot (ta’lim qoraqalpoq tilidagi maktablar uchun) 7-sinf uchun elektron darslik

14. Nemis tili “Assalom, Deutsch!” 7-sinf uchun elektron darslik

15. Fransuz tili “Bon voyage” 7-sinf uchun elektron darslik

16. Rus tili (ta’lim o`zbek va qardosh tillardagi maktablar uchun) 8-sinf uchun elektron darslik

17. Rus tili (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 8-sinf uchun elektron darslik

18. Adabiyot (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 8-sinf uchun elektron darslik

19. Adabiyot (ta’lim qoraqalpoq tilidagi maktablar uchun) 8-sinf uchun elektron darslik

20. Nemis tili “Assalom, Deutsch!” 8-sinf uchun elektron darslik

21. Fransuz tili “Le nouveau voyage en France” 8-sinf uchun elektron darslik

22. O`zbekiston davlati va xuquqi asoslari 8-sinf uchun elektron darslik

23. Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari 8-sinf uchun elektron darslik

24. O`zbek tili (ta’lim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun ) 9-sinf uchun elektron darslik

25. Rus tili (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 9-sinf uchun elektron darslik

26. Adabiyot (ta’lim rus tilidagi maktablar uchun) 9-sinf uchun elektron darslik

27. Adabiyot (ta’lim qoraqalpoq tilidagi maktablar uchun) 9-sinf uchun elektron darslik

28. Nemis tili “Assalom, Deutsch!” 9-sinf uchun elektron darslik

29. Fransuz tili “D’un Etat a l’autre” 9-sinf uchun elektron darslik

30. Konstitusiyaviy xuquq asoslari 9-sinf uchun elektron darslik

31. Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari 9-sinf uchun elektron darslik

Tender elektron axborot-ta’lim resurslari (elektron darsliklar, multimediali elektron axborot-ta’lim resurslari)ni arzon va sifatli ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo`lgan yuridik shaxslar, jumladan, kichik biznes sub’ektlari – mulkchilik shaklidan qat’iy nazar O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan korxonalar ishtirokida ochiq ko`rinishda o`tkaziladi.

Tender boshlangunga qadar Tender komissiyasi yoki tender komissiyasining ishchi organi tomonidan tenderda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar malakali tanlovdan o`tkaziladi. Shuning uchun talabgorlar tender komissiyasining ishchi organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlarikerak:

– talabgorning bankrotlik holatida emasligini tasdiqlovchi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

– talabgorning qayta tashkil etish yoki tugatilish holatida emasligini tasdiqlovchi davlat ro`yxatga olish idorasidan ma’lumotnoma;

– talabgorning yuridik shaxs ekanligi va sohaga oid faoliyat bilan shug`ullanishi to`g`risida davlat ro`yxatga olish idoralari tomonidan berilgan guvohnomaning notarial idoralar tomonidantasdiqlangan ko`chirma nusxasi;

– talabgorning byudjet va byudjetdan tashqari jamg`armalardan qarzdorligi mavjud emasligi to`g`risida o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan davlat soliq inpeksiyasi ma’lumotnomasiningasl nusxasi;

– e’lon berilgan davrda tender talabgorining kartotekasi bo`yicha (K-2) asosiy va ikkilamchi hisob raqamida qarzdorligi mavjud emasligi to`g`risida bankning o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ma’lumotnomasining asl nusxasi.

Quyidagi yuridik shaxslar tenderda ishtirok etish uchun qo`yilmaydi:

qayta tashkil etish, tugatilish yoki bankrotlik arafasida turgan;

malakali tanlov uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan;

ilgari O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan tuzilgan shartnomalar bo`yicha qabul qilingan majburiyatlarni zarur darajada bajarmagan;

tender e’lon qilingunga qadar ta’sis etilganiga 6 oy bo`lmagan;

“Buyurtmachi” bilan sud yoki hakamlik muhokamasida ishi ko`rib chiqilayotgan;

tijorat va moliya ko`rsatkichlari bo`yicha tender komissiyasining talablariga javob bermaydigan tashkilotlar va firmalar.

Malakali tanlovni o`tkazish tender takliflarini qabul qilishning oxirgi sanasidan boshlab 5 kun muddat ichida amalga oshiriladi.

Tender komissiyasining ko`rsatmasi asosida ishchi organ ishlab chiqarish joylari, texnologik uskunalarning mavjudligi, ishlab chiqarish quvvati, xom ashyo va materiallarning zahiralari va boshqalarni shaxsan o`rganish huquqiga ega.

Talabgorlar O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Darsliklar va o`quv metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo`limidan qo`shimcha ma’lumot va aniqlashtirilgan maksimal narx to`g`risidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin. Ma’lumotlarni olish uchun talabgorlar tender takliflari topshirishning oxirgi kuniga qadar har kuni (yakshanba kunlaridan tashqari) Toshkent vaqti bilan soat 9:00 dan 17:00 gacha quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Darsliklar va o`quv metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo`limi

Manzil: 100159, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy.

3-qavat, 319- xona

Telefon: (+998 71) 239-40-81,

Faks: (+998 71) 239-40-83

Xalq ta’limi vazirligining quyida keltirilgan maxsus hisob raqamiga 300 000 (uch yuz ming) so`m miqdoridagi qaytarilmaydigan to`lov pul o`tkazish yo`li bilan o`tkazilgandan so`ng yuqorida ko`rsatilgan manzildan Tender hujjatlari olinadi:

Maxsus hisob raqami : 20203000100101044002,

ATIB IPOTEKA Bankning Mehnat filiali, MFO: 00423, INN: 201122808.

Tender taklifi umumiy qiymatining 2 % miqdoridagi zakalat bilan taklif kafolatlanishi shart.

Zakalat summasi har bir paketlar (mahsulotlar) uchun alohida Xalq ta’limi vazirligining yuqoridagi mahsus raqamiga o`tkazilishi kerak.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Rasmiy veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu/
Instagram: https://www.instagram.com/uzedu.uz
�� Ishonch telefoni raqami: (71) 202-09-09
✉️ E-mail: info@xtv.uz

Ratings & Reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Popular posts

Oxirgi xabar

2023-02-16 16:25:53

Mаktаbgаchа vа mаktаb tа’limi vаziri shofirkonlik fаxriy oʼqituvchilаr bilаn uchrаshdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida boʼlib, tumandagi faxriy oʼqituvchilar bilan uchrashdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv chog’ida uzoq yillik tajribaga ega ustozlarning taʼlim sifatini yanada oshirish borasidagi takliflari bilan qiziqdi hamda bu yo’nalishda ularning tajribasiga tayanishini qayd etdi.

Soha rivojiga koʼp yillik mehnatlari singgan ustozlarga eʼtibor va ehtirom sifatida esdalik sovgʼalarini topshirdi.

Shuningdek, shu kuni vazir Shofirkon tumanidagi 690 oʼrinli 17-umumtaʼlim maktabi jamoasiga kompyuter jamlanmalarini topshirdi.

21.5K views13:25
2023-02-16 14:32:01 #milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar

Kiberxavfsizlik mutaxassislari kimlar?

Kiberxavfsizlik mutaxassisining – vazifasi dasturlar, saytlar va mobil ilovalardagi zaifliklarni izlash, maʼlumotlarni himoya qilish va xakerlar hujumlariga qarshi kurashishdir;

ushbu kasbni egallash uchun kurslar o‘rtacha 12 oydan boshlanadi;
Kiberxavfsizlik mutaxassislari O‘zbekiston hududida 10 000 000 so‘mdan boshlangan, jahon miqyosida esa, 4000$ dan boshlangan maosh oladilar;
eng muhimi, ushbu soha vakillarining boshqa IT-yo‘nalishidagi mutaxassislar kabi yoshi chegaralanmagan.
_________________________________________________

Kiberxavfsizlik mutaxassisligi kasbini egallashga qiziqib qoldingizmi?

Ushbu kasbni yanada tez va o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda, 24/7 hamda mutlaqo bepul o‘rganing!

Buning uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Kiberxavfsizlik” onlayn kursini birinchilardan bo‘lib puxta o‘zlashtiring.

itsm.uz I ITSM I ITSM I ITSM I Milliy ta’lim resurslari

14.9K views11:32
2023-02-16 13:10:26

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maxsus videolar tayyorlandi

“Darsning uch daqiqasi” rukni ostida tayyorlangan qiziqarli videoroliklar eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o’quvchilari uchun surda tarjima qilinmoqda.

Hozirgacha bunday videoroliklarning 5 tasi tarjima qilindi

Matematik amallarni birga bajaramiz! (2-sinf Matematika darsligi 22-dars, 112-bet)
Yo’l harakati qoidalari
Yer yuzidagi issiq va sovuq joylar (2-sinf Tabiiy fan darsligi 25-mavzu)
O‘zbekiston va Lixtenshteynning o‘xshash jihati nimada?
Tabiiy ofatlar: Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Kanalga obuna bo’lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

15.0K views10:10
2023-02-16 12:14:22

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo’linmalari rahbarlik lavozimlariga suhbatlar bo’lib o’tmoqda

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlarining rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bilan suhbat bo’lib o’tmoqda.

Hozirda ishchi guruh a’zolari Samarqand viloyatidagi Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirlligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi va Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi tizimlarida faoliyat olib borgan nomzodlar bilan suhbat o’tkazishmoqda.

Unda nomzodning ko’nikma va malakasi sinovdan o’tkazilib, javoblar ishchi guruh a’zolari tomonidan baholab borilmoqda.

Keyingi suhbat jarayonlari Navoiy viloyatida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

42.3K views09:14
2023-02-15 11:16:55
#bizning_faxrimiz

“Barkamol avlod” bolalar maktabining to’garak a’zosidan navbatdagi XALQARO G’ALABA

Qirg’izistonning Bishkek shahrida “Bishkek open 2023” Xalqaro musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqada 6-7 yoshli bolalar ishtirok etib, Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Karate-Do” to’garagi a’zosi Abdulaziz Raximberdiev 1-O’RIN sohibiga aylandi.

G’oliblikni qo’lga kiritgan Abdulaziz Raximberdievni Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi nomidan erishgan yutugʻi va xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Kelgusida ham jahon arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram Facebook Instagram YouTUBE

23.1K views08:16

2023-02-14 18:06:06 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan.

Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.

91.1K views15:06
2023-02-14 10:46:03

Bobur she’riyati har yurakdan o‘zgacha yangraydi

Tabiatan olib qaralganda, inson atrofidagi axborotlarni ko‘zi va quloqlari orqali qabul qiladi. Ammo oramizda shunday insonlar borki, ular ko‘zi orqali tevarakni anglaydi, idrok etadi. Ammo qalbi bilan his qiladi, o‘z tuyg‘ularini yuragidan otilib chiqayotgan tug‘yon yordamida bayon etishga harakat qilishadi.

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan (kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-sonli maktab-internatida tahsil olayotgan 200 nafar o‘g‘il-qiz orasida bugungi kunda qisman eshitish baxtiga sazavor bo‘lgan o‘quvchilar soni ortib bormoqda.

“Zamin” Xalqaro jamoat fondining “Eshitishni xohlayman” loyihasi doirasida muassasa o‘quvchilariga taqdim etilgan eshitish apparatlari yordamida aksariyat bolalar atrofidagilar bilan muloqot qilishmoqda. So‘zlashish barobarida ustozlari yordamida musiqa va she’rlar eshitishib, ularni imkon qadar talaffuz qilishmoqda.

Muassasa o‘quvchilari va ularning ustozlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga atab tayyorlangan videolavhani tomosha qilar ekansiz, bolalarning so‘z aytishga bo‘lgan ishtiyoqini yurakdan his etasiz. Qalbingizdan otilib chiqayotgan bir sado sizni ular bilan birga she’r aytishga, hayajonni birga tuyishga undaydi.

Va anglaysizki, eng mukammal ijro — qalbdan chiqayotgan sado, yurakning samimiy izhorlaridir.

Videolavhadagi qalb ijrolarini birgalikda eshitamiz.

30.6K views07:46
2023-02-14 08:32:34

14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur hayotida farzand tarbiyasi

Zahiriddin Muhammad Bobur yurtimiz va dunyo madaniyati tarixida ulkan iz qoldirgan yirik mutafakkirlardan biridir.

Buyuk Amir Temur sulolasining davomchilaridan biri bo‘lgan Bobur oilaviy an’analardan kelib chiqib farzand tarbiyasi va ularning yuksak bilimli insonlar bo‘lib kamol topishiga katta e’tibor bergan.

Uning shoh asari “Boburnoma”da Bobur o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga doimo katta e’tibor bergan, saltanat ishlari va ijoddan bo‘sh vaqtlarida ularning ta’lim olishi, xulqi va tarbiyasini munatazam nazorat qilgan.

Bobur farzandlariga muhabbati kuchliligidan ular uchun alohida asarlar yaratgan, dunyoviy va diniy ilm, davlat ishlari va ijod haqida bolalari bilan maktublar yozishishgan. Xususan, farzandlari uchun kitob yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan Bobur 1522-yilda o‘g‘li Humoyunga atab “Mubayyin” asarini yozadi.

O‘g‘li Komronga yozgan maktubida farzandining iqboli yo‘lida muhim fikrlarni bildira turib, “. umidim borkim, jami’i qobiliyat va salohiyat bobida komil va mukammal bo‘lub kamolg‘a yetgaysen”, deya uning kelajagiga katta ishonch bildiradi.

Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan maktubida farzandiga shunday tanbeh beradi: “Yana men degandek bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiy olmas eding. O‘qiy olmagandin so‘ng albatta tag‘ir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur…”

Anglanadiki, Bobur farzandlarining nafaqat ilmli va komil shaxs bo‘lishini, balki xatlarini imlo xatolarisiz, sodda va ravon tilda yozishga undagan.

Katta iste’dod va mukammal shaxs, mehribon ota va murabbiy qo‘l ostida kamolga yetgan farzandlar vaqt o‘tib yirik olim va ijodkorlar bo‘lib yetishishdi. Xususan, Boburning to‘rt o‘g‘li — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va qizi — Gulbadanbegim atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilmu san’at rivojiga katta hissa qo‘shib keldilar.

42.0K viewsedited 05:32
2023-02-14 07:39:57

Диққат жамоатчилик муҳокамаси!

2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

“Тараққиёт стратегияси” маркази барча фуқаролардан 2023 йилги Давлат дастури лойиҳасининг муҳокамасида фаол иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётига хизмат қиладиган таклифларни Марказнинг махсус 2023.strategy.uz ҳамда davlatdasturi.uz порталлари ёки ижтимоий тармоқлардаги @dscuzbekistan ва @YangiTaraqqiyotStrategiyasi телеграмм каналлари орқали билдиришларини сўраб қолади.

МУҲОКАМАЛАР 2023 ЙИЛНИНГ 6 ФЕВРАЛИДАН 17 ФЕВРАЛИГАЧА ДАВОМ ЭТАДИ.

Каналимизга обуна бўлинг
https://t.me/dscuzbekistan

Марказ расмий саҳифалари
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube

Facebook

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования есть на Facebook. Чтобы связаться с Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования, войдите в существующий аккаунт или создайте новый.

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования есть на Facebook. Чтобы связаться с Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования, войдите в существующий аккаунт или создайте новый.

Xalq ta’limi vazirligi – Министерство народного образования
Правительственная организаци.
Информация
улица Навои, 2A, 100011 Ташкент, Узбекистан
Как добраться
2 человека отметили здесь посещение
https://t.me/uzedu
Правительственная организация
Сейчас закрыто
c 09:00 до 18:00
Сейчас закрыто
c 09:00 до 18:00
Понедельник
Воскресенье
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
c 09:00 до 18:00
Смотреть все
Прозрачность Страницы

Facebook показывает информацию, которая поможет вам лучше понять цель Страницы. Просматривайте действия людей, которые управляют контентом и публикуют его.