Vatan haqida maqollar — eng sara va yirik to’plam
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Vatan va Vatanparvarlik haqida maqollar to‘plami
Vatan hamda vatanparvarlik haqida eng sara maqollar to’plami. «Vatanni sevish — vatanparvarlik haqida kuylashing emas. Vatanni sevish — vatanparvarlik haqida lof urishing ham emas. Vatanni sevish — mashinang oynasidan tashqariga axlat uloqtirmasliging xolos» (Mubashshir Ahmad).
Eling-yurting bo‘lmasa,
oying-kuning bo‘lmasin.
Ko‘rpang qaerda bo‘lsa,
ko‘ngling shu yerda.
Er bolasi — el bolasi.
Har elning — o‘z irimi.
Elning baxti — erning baxti.
O‘pkadan urgan yel yomon,
elidan ayrilgan er yomon.
Qush butaga sig‘inar,
odam — Vatanga.
Elga qo‘shilsang, er bo‘lasan,
eldan ajralsang, yer bo‘lasan.
Eling senga cho‘zsa qo‘l,
unga doim sodiq bo‘l.
Vatanga falokat — o‘zingga halokat
Erning ishi — elning bo‘ynida,
elning ishi — erning bo‘ynida.
Har gulning o‘z isi bor,
har elning o‘z tusi bor.
Er yigit o‘zi uchun tug‘ilar,
eli uchun o‘lar.
Elga xizmat — oliy himmat.
Yoringni gul orasidan izla,
erkingni — el orasidan.
Vatanga kelgan — imonga kelar.
El — kunim bo‘lmasa,
oy — kunim tug‘masin.
El — qo‘ngan yerda,
ot — to‘ygan yerda.
Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o‘lar
O‘z uyim – o‘lan to‘shagim.
Har ko‘katning o‘z suygan tuprog‘i bor.
O‘zbek iskab bo‘lsa ham,
elini topar.
Eliga vafo qilgan,
yoviga jafo qilar.
Elning egasi bo‘l,
tobutning chegasi bo‘l.
Elga qo‘shilganning ko‘ngli to‘q,
eldan ajralganning beti yo‘q.
Ona yerning tuprog‘i — ona sutidan aziz.
Yurtda odam bo‘lmasa,
to‘ng‘iz tepaga chiqar.
Elli yer — bozor,
elsiz yer — mozor.
Yoridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
yurtidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.
Qush ham ketsa keladi,
o‘z elini sevadi.
El g‘amini bilgan elda doston.
Vatani borning baxti bor, mehnati borning taxti
Betkay ketar, bel qolar,
beklar ketar, el qolar.
Eringdan bezsang ham,
elingdan bezma.
Elda bori — senda bori.
Ona yurting omon bo‘lsa,
rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
Kishi yurtida sulton bo‘lguncha,
o‘z yurtingda ulton bo‘l.
El qo‘ngan yerni bilar,
ot to‘ygan yerda tinar.
Kishi yerida sulton bo‘lguncha,
o‘z elingda cho‘pon bo‘l.
Vatanni sotgan er bo‘lmas.
Yurtni dedim,
yuzga kirdim.
Elning ichi — oltin beshik.
Erning moli — elning moli.
Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf
El boshiga kun tushsa,
el yaratgan er kelar.
Er davlati — elida.
O‘zga yurtning qozisi bo‘lgandan,
o‘z elingning tozisi bo‘l.
O‘zga yurtning gulidan,
o‘z yurtingning cho‘li yaxshi.
El kuyunganda kuyungan — botir,
el suyunganda suyungan — botir.
Vatangado bo‘lguncha,
kafangado bo‘l.
El boshiga tushgani — Er boshiga tushgani.
Yaxshi yigit yurt tuzar,
yomon yigit yurt buzar.
Baliq suv bilan tirik,
odam – el bilan.
Birovning yurtida bek bo‘lguncha,
o‘zingning yurtingda it bo‘l.
Tovushqonga tug‘ilgan tepasi aziz.
El ishini er qilur,
er qadrini el bilur.
To‘ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.
Har gul o‘z butasida aziz.
Tuqqan yerda tug‘ing tik.
Ekin yerida ko‘karar,
er — elida.
El qudrati — chin qudrat,
vatan tuprog‘i — qimmat.
Ona yurting – oltin beshiging
Begona tuproq – devona tuproq.
Ellik yilda el yangi.
Yurtim — ko‘ksim,
elim — iligim.
O‘lsang o‘l,
vataningda bo‘l.
Har shaharning havosi boshqa.
Fil tushida Hindistonni ko‘rar.
Sigirning suti — tilida,
erning quti — elida.
Non gadosi bo‘lsang ham,
yurt gadosi bo‘lma.
Qorong‘i qolgan yurtda,
qorashaqshaq podsho bo‘lur.
Ayrilmagin elingdan,
quvvat ketar belingdan.
El egasiz bo‘lmas,
to‘n — yoqasiz.
Yurtdan ketgan, yurtmonda.
Sovuq urgandan qolar,
tuproq surgandan qolmas.
Tug‘ilgan yering — Vataning, Vataning — nomusing
Har kimning o‘z eli — o‘ziga shirin.
Changal ham o‘z joyida gurillar.
O‘z yurtingni qadri,
o‘zga yurtda bilinar.
Qurigan yurtga qul oqsoqol.
Yurtdan ayrilganni yov chopar.
Himmatli er,
o‘z elini der.
Har toycha o‘zi suv ichgan bulog‘ini maqtar.
Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas.
Eldan ayrilguncha, jondan ayril.
Yurting omon — o‘zing omon.
Elim boshqa degan,
el bo‘lmas.
El bor bo‘lsa, er xor bo‘lmas,
er bor bo‘lsa, el xor bo‘lmas.
Aylanasi ovuli,
to‘garagi to‘rkuni.
O‘zga yurtda shox bo‘lguncha,
o‘z yurtingda gado bo‘l.
Ko‘lning otini balig‘i chiqarar.
Vatan gadosi — kafan gadosi
Tug‘ilgan yerdan ko‘ngil uzilmas,
yurt qo‘riganning yurti buzilmas.
Yurt qo‘risang, o‘sarsan,
qo‘rimasang, to‘zarsan.
Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
Elga qo‘shilgan moy yutar,
eldan ayrilgan qon yutar.
Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.
Ursa ham, el yaxshi,
so‘ksa ham, el yaxshi.
Yurt egasi yo‘lbarsdir,
oldirgani qo‘ymasdir.
O‘tar hasrat, armonda.
Yigit g‘ami elida,
elning g‘ami dilida.
Elga manzur — erga manzur.
Har qush o‘z uyasiga qarab uchar.
O‘zga yurtning boshi bo‘lgancha,
o’z yurtingning toshi bo‘l.
O‘z yurting – o‘lan to‘shaging,
o‘zga yurt bo‘lmas beshiging.
Yurti boyning o‘zi boy.
Dushmanga nafrati bo‘lmaganning,
vatanga muhabbati bo‘lmas.
Yurt boshiga ish tushsa,
er yigit hozir.
Kishi yurtida shoh bo‘lguncha,
o‘z yurtingda gado bo‘l.
Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni
Elning g‘ami — erning g‘ami.
Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
Er yigit elga tortar.
Yurt qo‘ri, eling o‘sar,
qo‘rimasang, uying to‘zar.
El tilagin tilagin,
siniq ko‘nglin siylagin.
Elidan bezgan er o‘ngmas,
ko‘lidan bezgan g‘oz o‘ngmas.
El qurimasa, yer qurimas.
Vataning tinch – sen tinch.
Elning yirtig‘iga yamoq bo‘l,
uzuniga uloq bo‘l.
Kiymoqqa katan yaxshi,
turmoqqa vatan yaxshi.
Badqavm bo‘lsang bo‘l,
beqavm bo‘lma.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Maqollar yaxshi,ammo juda kam. Ko’proq havola qilsangiz maqsadga muvofiq bo’lar edi. Maslahatimni o’rinli deb bilsangiz maqollarni ma’nosi bilan taqdim etsangiz ajoyib ish bo’lar edi.
Assalomu alayko’m Fazilat. Maqollarni ko’proq yuklashga imkon darajasida harakat qilamiz. Maqollar manosiga kelsak, bu juda yaxshi fikr. Qimmatli fikringiz uchun tashakkur.
Raxmat sizga endi maktabda ko’p besh olaman Hudo hohlasa Juda zo’r ☺️❄ Farangizoy :
Assalomu alayko’m. Menga yoqdi, judaham zo’r, yanayam ko’paytiringlar, yurt emas vatan haqda bo’lsin.
ZO’R AJOYIB
Vatanparvarlik va vatan haqidagi ushbu maqollar juda ham zoʻr ekan. Vatan haqidagi ushbu maqollar zo’r, ishlaringizga omad ♥
Zo‘r kam bo’lsada, vatan haqida ko’paytirish lozim, vatanparvarlik kerak o‘g‘il bolalarga bu narsa kamayib boryapdi.
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Vatan haqida maqollar — eng sara va yirik to’plam
O’zga yurtda shox bo’lguncha,
O’z yurtingda gado bo’l.
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Vatan gadosi — kafan gadosi.
Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.
Vatanga kelgan — imonga kelar.
Vatanga falokat — o’zingga halokat.
Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.
Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.
Vataning tinch — sen tinch.
Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.
Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.
Yigit g’ami elida, Elning g’ami dilida.
Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma.
Ona yurting — oltin beshiging.
Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.
Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.
Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.
El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir.
El qo’ngan yerni bilar,
Ot to’ygan yerda tinar.
Elga xizmat — oliy himmat.
Eling senga cho’zsa qo’l,
Unga doim sodiq bo’l.
Yurting omon — o’zing omon.
Yurtni dedim, yuzga kirdim.
Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.
O’z uyim — o’lan to’shagim.
O’z yurtingning qadri o’zga yurtda bilinar.
Oxshash xabarlar:
Sayt Haqida
Assalomu alaykum, saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.
Vatan va Vatanparvarlik haqida sara maqollar to‘plami
Aylanasi ovuli,
To'garagi to'rkuni.
Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.
Badqavm bo'lsang bo'l,
Beqavm bo'lma.
Baliq suv bilan tirik,
Odam — el bilan.
Begona tuproq — devona tuproq.
Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.
Birovning yurtida bek bo'lguncha,
O'zingning yurtingda it bo'l.
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Bulbulga bog' yaxshi,
Kaklikka — tog'.
Vatan gadosi — kafan gadosi.
Vatan uchun o'lmoq ham sharaf.
Vatan qadrini bilmagan o'z qadrini bilmas.
Vatanga kelgan — imonga kelar.
Vatanga falokat — o'zingga halokat.
Vatangado bo'lguncha,
Kafangado bo'l.
Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o'lar.
Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.
Vataning tinch — sen tinch.
Vatanni sotgan er bo'lmas.
Vatanning vayronasi — Umrning g'amxonasi.
Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.
Vatansiz inson — kuysiz bulbul.
Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.
Dushmanga nafrati bo'lmaganning Vatanga muhabbati bo'lmas.
Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
Yoridan ayrilgan yetti yil yig'lar, Yurtidan ayrilgan o'lguncha yig'lar.
Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.
Yigit g'ami elida, Elning g'ami dilida.
Kiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.
Kishi yerida sulton bo'lguncha,
O'z elingda cho'pon bo'l.
Kishi yurtida sulton bo'lguncha,
O'z yurtingda ulton bo'l.
Kishi yurtida shoh bo'lguncha,
O'z yurtingda gado bo'l.
Ko'lning otini balig'i chiqarar.
Ko'rpang qayerda bo'lsa, Ko'ngling shu yerda.
Non gadosi bo'lsang ham, Yurt gadosi bo'lma.
Ona yerning tuprog'i — ona sutidan aziz.
Ona yurting — oltin beshiging.
Ona yurting omon bo'lsa,
Rangi ro'ying somon bo'lmas.
Sigirning suti — tilida,
Erning quti — elida.
Sovuq urgandan qolar,
Tuproq surgandan qolmas.
Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.
Tovushqonga tug'ilgan tepasi aziz.
Tuqqan yerda tug'ing tik.
Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
Tug'ilgan yerdan ko'ngil uzilmas,
Yurt qo'riganning yurti buzilmas.
Tug'ilgan yering — Vataning,
Vataning — nomusing.
To'ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.
Ursa ham, el yaxshi,
So'ksa ham, el yaxshi.
Fil tushida Hindistonni ko'rar.
Changal ham o'z joyida gurillar.
Ekin yerida ko'karar,
Er — elida.
El bor bo'lsa, er xor bo'lmas,
Er bor bo'lsa, el xor bo'lmas.
El boshiga kun tushsa,
El yaratgan er kelar.
El boshiga tushgani —
Er boshiga tushgani.
El ishini er qilur,
Er qadrini el bilur.
El-kunim bo'lmasa,
Oy-kunim tug'masin.
El kuyunganda kuyungan — botir,
El suyunganda suyungan — botir.
El tilagin tilagin,
Siniq ko'nglin siylagin.
El egasiz bo'lmas,
To'n — yoqasiz.
El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog'i — qimmat.
El qurimasa, yer qurimas.
El — qo'ngan yerda,
Ot — to'ygan yerda.
El qo'ngan yerni bilar,
Ot to'ygan yerda tinar.
El g'amini bilgan elda doston.
Elga manzur — erga manzur.
Elga xizmat — oliy himmat.
Elga qo'shilgan moy yutar,
Eldan ayrilgan qon yutar.
Elga qo'shilganning ko'ngli to'q,
Eldan ajralganning beti yo'q.
Elga qo'shilsang, er bo'lasan,
Eldan ajralsang, yer bo'lasan.
Elda bori — senda bori.
Eldan ayrilguncha, jondan ayril.
Eliga vafo qilgan
Yoviga jafo qilar.
Elidan bezgan er o'ngmas,
Ko'lidan bezgan g'oz o'ngmas.
Elim boshqa degan, el bo'lmas.
Eling senga cho'zsa qo'l,
Unga doim sodiq bo'l.
Eling-yurting bo'lmasa,
Oying-kuning bo'lmasin.
Elli yer — bozor,
Elsiz yer — mozor.
Ellik yilda el yangi.
Elning baxti — erning baxti.
Elning ichi — oltin beshik.
Elning yirtig'iga yamoq bo'l,
Uzuniga uloq bo'l.
Elning egasi bo'l,
Tobutning chegasi bo'l.
Elning g'ami — erning g'ami.
Er bolasi — el bolasi.
Er davlati — elida.
Er yigit elga tortar.
Er yigit o'zi uchun tug'ilar,
Eli uchun o'lar.
Eringdan bezsang ham,
Elingdan bezma.
Erning ishi — elning bo'ynida,
Elning ishi — erning bo'ynida.
Erning moli — elning moli.
Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.
Yurt egasi yo'lbarsdir,
Oldirgani qo'ymasdir.
Yurt qo'ri, eling o'sar,
Qo'rimasang, uying to'zar.
Yurt qo'risang, o'sarsan,
Qo'rimasang, to'zarsan.
Yurtda odam bo'lmasa,
To'ng'iz tepaga chiqar.
Yurtdan ayrilganni yov chopar.
Yurtdan ketgan, yurtmonda.
O'tar hasrat, armonda.
Yurti boyning o'zi boy.
Yurtim — ko'ksim,
Elim — iligim.
Yurting omon — o'zing omon.
Yurtni dedim, yuzga kirdim.
Yaxshi yigit yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.
O'z uyim — o'lan to'shagim.
O'z yurtingning qadri
O'zga yurtda bilinar.
O'z yurting — o'lan to'shaging,
O'zga yurt bo'lmas beshiging.
O'zbek iskab bo'lsa ham, elini topar.
O'zga yurtning qozisi bo'lgandan,
O'z elingning tozisi bo'l.
O'zga yurtning boshi bo'lgancha,
O'z yurtingning toshi bo'l.
O'zga yurtning gulidan,
O'z yurtingning cho'li yaxshi.
O'lsang o'l,
Vataningda bo'l.
O'pkadan urgan yel yomon,
Elidan ayrilgan er yomon.
Qorong'i qolgan yurtda
Qorashaqshaq podsho bo'lur.
Qurigan yurtga qul oqsoqol.
Qush butaga sig'inar,
Odam — Vatanga.
Qush ham ketsa keladi,
O'z elini sevadi.
Har gul o'z butasida aziz.
Har gulning o'z isi bor,
Har elning o'z tusi bor.
Har kim — eliga,
O'rdak – ko'liga.
Har kimning o'z eli — o'ziga shirin.
Har ko'katning o'z suygan tuprog'i bor.
Har toycha o'zi suv ichgan bulog'ini maqtar.
Har elning — o'z irimi.
Har shaharning havosi boshqa.
Har qush o'z uyasiga qarab uchar.