Press "Enter" to skip to content

Amina Shenliko‘g‘li: Vijdon azobi

– Biz. Pochchang ikkimiz.

Vijdon azobi

Ayol shularni xotirlab o`yga botdi. Mana chorak asr umr ko`ribdi. Kimningdir dilini og`ritgan bo`lsa bordir. U ham ham haqgo`yligi, halolligi uchun bo`lgan. Lekin ruhi hech qachon hozirgiday azob topmagan. Xayolida faqat bir savol charx uradi: “Gunohi bolalariga ursa-ya?”

Bo`lmag`ur fikrlaridan o`zi ham qattiq qo`rqdi. Ich-ichidan Xudoga yolvordi: “Ey, Tangrim! Bilaman, yaxshi-yomon ishlarimiz uchun jazoimiz tayin. O`zim qanday baloga giriftor bo`lsam ham mayli. Faqat qilmishimning qasosini bolalarimdan olmasang, bas. Aks holda. ”

Eshik taqilladi. Ochsa, singlisi ekan. U singlisidan hech qachon sir yashirmagan. Hozir esa aytish-aytmasligini o`ylanib qoldi.

– Bir gap aytsam, hech kimga aytmaysanmi? – dedi oxiri ikkilanib.

– Tinchlikmi? – xavotirlandi singil.

– Qo`shnimning iti — Sharik. o`ldi.

– Yaxshi bo`pti. Uyingizga bemalol kelib-ketadigan bo`libman. Qachon qarama, meni ko`rdi deguncha akillab yugurardi. Qayoqqa qochishimni bilmay qolardim. O`sha qo`shningiz ham itini bog`lab qo`ysa, bir joyi kamayib qoladimi! – kuyib-pishib gapirardi singlisi.

Singlisining gaplaridan bir oz taskin topganday bo`lib, dedi:

– Kecha uy eshigim oldini axlatga to`ldiribdi. Uyga birov bemalol kelib-ketolmaydi. Bolalarimga yugurgani yugurgan. Tishlab olsa, yo biror kasal yuqtirsa nima bo`lardi? Qachongacha chidash mumkin?! Egalarining bo`lsa parvoyi palak, – dedi gunohkorona.

– Shunga motam tutib o`tiribsizmi? O`lsa o`lar, qutulibsiz qaytanga, – dedi singil opasiga tasalli bergan kabi.

– Nima qilay, jon achchig`ida uvillab, o`zini uy eshigimizga ura-ura, qiynalib tinchib qolganini unutolmayapman, – dedi hazin tovush bilan.

– Nima, itlar uvillab o`ladimi? – hayron bo`ldi singil. – Yo quturganmikan?

– Qayoqda. Doridan o`ldi.

– Biz. Pochchang ikkimiz.

– Esingiz joyidami? Axir bu gunoh-ku!

– Boshqa ilojimiz yo`q edi.

– Nega bo`lmas ekan?! Uni qishloqdagi qarindoshlarimizga berib yuborsangiz yoki uzoqroq biron joyga tashlab kelsanglar ham bo`lardi-ku. Siz men bilgan odamlar orasida eng haloli edingiz-ku! Nahotki shu ishga qo`l urdingiz-a? Xudodan qo`rqmadingizmi? Bolalaringiz bor, axir!

– Xuddi mana shu meni azoblayapti. Ming pushaymonman. Jonivor shunchalik qiynalib jon taslim qilishini bilmagan ekanman. U ko`z oldimdan ketmayapti.

– Endi bo`lar ish bo`libdi. Xudo yo`liga sadaqa qilib, qilmishingiz uchun tavba qilib, Yaratgandan kechirim so`rang.

– Shunday qilaman, – dedi shosha-pisha. – Bugungi kungacha o`zimni kechirolmaslik darajasida hech qanday ish qilmagandim. Mana, eng og`ir gunohga botib o`tiribman.

– Boshqa bunday qilmang, opa.

– Hech qachon, hech qachon bunday bo`lmaydi. Tavba qildim. Olloh yaratgan yaxshi-yomonning har qilig`iga sabr qilaman.

. U tirik jonga ozor bermaslikka qasam ichdi. Buyog`iga xotirjam yashayotganday. Bolalari ham tinchgina o`ynayapti. Huv narida narida esa, qo`shni bola itini eslab ko`zlarini yoshlayapti. Singlisi ham bemalol kelib-ketadigan bo`ldi. Chunki endi it yo`q. U o`ldi, axir.

Amina Shenliko‘g‘li: Vijdon azobi

Adibaning asl kasbi jurnalist bo‘lganligi sababli, o‘quvchilardan tahririyatga minglab xat va nomalar keladi. Yozuvchi ularni birlashtiradi, shundan so‘ng “Vijdon azobi” maktub-romani dunyoga keladi.

Amina Shenliko‘g‘li keyingi yillarda kitoblarni eng ko‘p o‘qilayotgan turk adibalaridan biridir. Mazkur kitobni haqiqat va jaholat, ezgulik va yovuzlik kurashida ko‘ngil iztiroblarining badiiy inikosi deb qabul qilish mumkin.

Xususiyatlar
ISBN 978-9943-27-853-0
Muallif Amina Shenliko’g’li
Til O’zbekcha
Yozuv Kirillcha
Betlar soni 192
Nashriyot Янги Аср Авлоди
Muqovasi Qattiq
Qog‘oz formati A5
Chop etilgan yili 2020

Kitoblar, mahsulotlar, jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti, biznes va psixologiya, rus tilida, zamonaviy o’zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy adabiyotlar, fan va o’quv qo’llanmalari, abituriyentlar uchun eng yaxshi kitoblar, eng yaxshi 100 ta kitoblar, badiiy (biografik adabiyotlar), , ingliz tilida juda ko’p narsalar va tez yetkazib berish