Xitoy: yosh olimlar uchun bo’sh ish o’rinlarini, tadqiqotlarini davom ettirish va oliygohda ishlash imkoniyati; oylik ish haqi to’lanadi va barcha sharoitlar yaratib beriladi
– Mamlakatimizda xorijiy tillarni o`rgatish bo`yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo`ladigan yangi tizimni yo`lga qo`yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, lisey, kollej va oliy o`quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat`iy talab har bir ta`lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi — Shavkat Mirziyoev
Avval xabar qilganimizdek, bugun, 6 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida chet tillarini o`rganishning ustuvor vazifalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Prezident Matbuot xizmati bo`lib o`tgan yig`ilish yuzasidan batafsil ma`lumot berdi.
Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo`nalishi tanlab olinib, alohida e`tibor bilan rivojlantirilmoqda. Bu yil fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan.
O`zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.
Bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta`lim muassasasida o`qitish chet tilida olib borilmoqda. 2016 yilda ular atigi 7 ta edi. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o`quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg`armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o`qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o`tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko`pdir.
Lekin, joylardagi ahvol maqsad qilingan katta rejalarga mos emas. Xususan, ta`lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o`qituvchisi lavozimi vakant bo`lib qolmoqda. 1 ming 400 ta maktabda chet tilini o`qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz. Bu tizimdagi o`qituvchilarning atigi 4 foizi milliy va xalqaro til sertifikatiga ega. Xonobod va Quvasoy shaharlari, Zafarobod, Mirishkor, To`rtko`l, Sherobod va Uzun tumanlarida bunday sertifikatli birorta o`qituvchi yo`q. Maktablardagi chet tili o`qituvchilarining 49 foizi testdan o`ta olmagan.
Yig`ilishda tizimdagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.
– Mamlakatimizda xorijiy tillarni o`rgatish bo`yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo`ladigan yangi tizimni yo`lga qo`yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, lisey, kollej va oliy o`quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat`iy talab har bir ta`lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Toshkent davlat jahon tillari va Sharqshunoslik universitetlari, Samarqand chet tillari instituti bilan bir qatorda, har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari bo`yicha tayanch muassasa sifatida belgilanadi.
Davlatimiz rahbari o`qituvchilarga munosib sharoit yaratish, malakasiga qarab ularni rag`batlantirish zarurligini ta`kidladi.
Keyingi uch yil davomida maktablardagi 53 ming nafar chet tili o`qituvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olishi zarurligi ta`kidlandi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, maktablardagi vakant o`rinlarni malakali mutaxassislar bilan to`ldirish vazifasi qo`yildi.
Chet tillarini chuqur o`rgatish maqsadida tuman va shaharlarda 207 ta maktab tanlab olindi. Ushbu maktablarda xorijiy kitoblar, ilg`or o`quv dasturlari va metodikalaridan erkin foydalanish hamda fanlarni chet tilida o`qitish yo`lga qo`yiladi.
Viloyat hokimliklariga maktablarda chet tilini o`qitish sifatini oshirish uchun mahalliy byudjetdan har bir tuman va shaharga 1 milliard so`mdan mablag` ajratishga ko`rsatma berildi.
Ixtisoslashgan maktablar va oliy o`quv yurtlariga til egasi bo`lgan xorijlik o`qituvchilarni jalb qilish, har bir tumanda tanlov o`tkazib, chet tili o`qituvchilarini xorijda malaka oshirishini yo`lga qo`yish muhimligi aytildi.
O`qitish sifati xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo`llanmalarga ham bog`liq. Shu bois, ingliz tili bo`yicha Kembrij universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobasiyadan o`tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq etish vazifasi qo`yildi. Bunday ishlar rus, nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo`yicha ham tashkil etiladi.
Sohadagi o`zgarishlardan xabardor bo`lib borishlari, yangi adabiyot va qo`llanmalar sotib olishlari uchun har bir chet tili o`qituvchisiga byudjetdan 1 million so`mdan mablag` ajratilishi belgilandi.
Maktabgacha ta`lim vazirligiga YuNISEF bilan hamkorlikda 7 yoshgacha bo`lgan bolalarga chet tillarini o`qitish bo`yicha uslubiy qo`llanma ishlab chiqib, joriy etish vazifasi qo`yildi.
Yig`ilishda oliy ta`lim tizimida mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida e`tibor qaratildi.
Bugungi kunda oliygohlardagi 78 foiz professor-o`qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarsiz ahvolda ekani ko`rsatib o`tildi.
Til o`rgatuvchi videodarslar, film va ko`rsatuvlar yaratish, elektron dasturlar ishlab chiqish bo`yicha ham topshiriqlar berildi.
Videoselektor yig`ilishida mutasaddi rahbarlar va o`qituvchilar o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Xitoy: yosh olimlar uchun bo’sh ish o’rinlarini, tadqiqotlarini davom ettirish va oliygohda ishlash imkoniyati; oylik ish haqi to’lanadi va barcha sharoitlar yaratib beriladi
Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Southern University of Science and Technology (SUSTech) oliygohining Department of Mechanical and Energy Engineering fakulteti shu universitetda ishlash hamda tadqiqotlar olib borish istagidagi nomzodlardan Chair Professor, Professor, Associate Professor va Assistant Professor lavozimlari uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur doirasida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tadqiqot olib boriladi:
- Intelligent Manufacturing (micro-nano manufacturing, additive manufacturing, intelligent equipment, numerical modeling simulation and cloud computing).
- Smart Robot (rehabilitation robots, mini-robots, UAV intelligent control, underwater robots).
- Innovative design.
Tadqiqotchilar to’liq stavkali, haq to’lanadigan ish o’rinlari bilan ta’minlanadilar. Shuningdek, yuqoridagi uch asosiy yo’nalish bo’yicha keng miqyosdagi tajribalar olib borish, mahalliy va xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish, bakalavr, magistrant talabalarga dars o’tish hamda bitiruv ishlariga ilmiy rahbar sifatida faoliyat olib borish imkoniga ega bo’ladilar.
Hujjat qabul qilish munosib nomzod tanlanishi bilan yakunlanadi.
Grant kimlar uchun?
Batafsil ma’lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda g’olib bo’lgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Tadqiqotchining mehnat tajribasi va malakasidan kelib chiqib unga xalqaro talablarga mos oylik ish haqi to’lanadi, tadqiqotlar olib borish uchunmablag’ ajratiladi hamda barcha sharoitlar yaratib beriladi.
- Tadqiqotchiga turar joy, ish joyidan alohida xona, laboratoriyada ishlash imkoniyati hamda eksperiment o’tkazish uchun maydon
- Tadqiqotchiga «Thousand Talents Program», «Leading Talent of Guangdong Province», «Peacock Plan»kabi iqtidorli olimlar uchun tashkillashtiriladigan dastur/tanlovlarda qatnashish imkoniyati yaratib beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza bera oladilar.
- Nomzod mechanical manufacturing yo’nalishi bo’yicha doktorlik darajasiga ega bo’lishi, mechanical design va manufacturing-related area sohalarida o’qituvchilik yoki tadqiqotchilik tajribasiga ega bo’lishi zarur.
- Chair Professor, Professor lavozimlariga hujjat topshirish uchun nomzod 10 yildan kam bo’lmagan amaliy tajribaga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod o’zi ariza bergan soha bo’yicha tadqiqot olib borishga ishtiyoqmand bo’lishi kerak.
- Nomzod dastur davomida loyiha ustida ishlayotgan guruh a’zolari hamda hamkor tashkilot vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor bo’lishi kerak.
- Nomzod Southern University of Science and Technology talablariga mos boʻlishi kerak.
- Dasturda g’olib bo’lgan ishtirokchi ta’lim berish va tadqiqotlar olib borish jarayonida o’zidagi yetakchilik qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lishi kerak.
- Nomzod yozma va og’zaki ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur bo’yicha grant o’rinlari 2019-yilning 13-iyulida e’lon qilingan bo’lib, hujjat topshirishning alohida muhlati belgilanmagan. Dasturga arizalar qabul qilish munosib nomzod topilishi bilan nihoyasiga yetadi. Shu sababli dasturda ishtirok etish niyyatidagi nomzodlarga iloji boricha ertaroq ariza berishlari tavsiya etiladi. Dasturda ishtirok etish maqsdidagi nomzodlar quyidagi ma’lumotlar jamlangan hujjatlarni ligq@sustc.edu.cn manziliga yuborishlari kerak:
- CV (nomzod rezyumeda qaysi lavozimga ariza bermoqchiligi va tadqiqot mavzusi haqida qisqacha ma’lumot berishi zarur)
- Chop etilgan nashrlarning to’liq ro’yxati.
- Tadqiqotga qiziqishini ifodalovchi xat (Statement of research interests).
- O’qitish tizimi haqidagi bayonot (Statement of teaching philosophy).
- Eng oxirgi izlanishlar/nashrlardan uchtasining to’liq varianti.
- 5 ta tavsiya beruvchi shaxsning ismi – sharifi hamda kontakt raqamlari.
Nomzodlar ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar. Dasturga hujjat topshirish tartibi va talablari bu yerda berilgan.
Ma’lumot uchun:
Xitoy tili bo’yicha ish
Ish beruvchi bilan bog’lanish uchun saytga kirishingiz kerak.
Ro’yxatdan o’tganmisiz? Kirish.
Profilingiz yo’qmi? Ro’yxatdan o’tish.
31.01.2023 50
Shahar va viloyatlar
- Toshkent 5707
- Bektemir, Toshkent 6
- Chilonzor, Toshkent 63
- Mirobod, Toshkent 12
- Mirzo Ulug’bek, Toshkent 14
- Olmazor, Toshkent 41
- Sergeli, Toshkent 176
- Shayhontohur, Toshkent 22
- Uchtepa, Toshkent 15
- Yakkasaroy, Toshkent 6
- Yashnaobod, Toshkent 23
- Yunusobod, Toshkent 27
- Toshkent viloyati 688
- Qoraqalpog’iston 55
- Samarqand 533
- Sirdaryo 87
- Surxondaryo 96
- Toshkent 23455
- Bektemir, Toshkent 82
- Chilonzor, Toshkent 209
- Mirobod, Toshkent 54
- Mirzo Ulug’bek, Toshkent 93
- Olmazor, Toshkent 71
- Sergeli, Toshkent 119
- Shayhontohur, Toshkent 41
- Uchtepa, Toshkent 39
- Yakkasaroy, Toshkent 28
- Yashnaobod, Toshkent 70
- Yunusobod, Toshkent 147
- Toshkent viloyati 3450
- Qoraqalpog’iston 546
- Samarqand 3677
- Sirdaryo 862
- Surxondaryo 1011
Mutaxassislik turlari bo’yicha
- Avto-xizmat, transport 69
- Buxgalteriya, audit 53
- Dizayn, foto, video 11
- Huquqshunoslik, Yurisprudensiya, notariuslar 12
- IT, Kompyuter, Internet 93
- Inson resurslari 8
- Ishlab chiqarish, sanoat 147
- Logistika, bojxona, omborxona 26
- Madaniyat, san’at, shou-biznes 2
- Marketing, reklama, PR 249
- Moliya, bank 10
- Muhandislik, texnologiya 6
- Ofis xodimlari 95
- Ommaviy axborot, jurnalistika 8
- Qishloq xo’jaligi, Chorvachilik 21
- Qurilish, Arxitektura, Ko’chmas mulk 27
- Rahbarlar, yuqori boshqaruv 3
- Restoranlar, kafelar 51
- Savdo-sotiq 204
- Sport, go’zallik, fitnes 10
- Sug’urta 0
- Ta’lim, fan, tarjimalar 57
- Telekommunikatsiya, Aloqa 2
- Tibbiyot, farmatsevtika 39
- Turizm, mehmonxona 17
- Xavfsizlik 16
- Xizmat ko’rsatish sanoati 10
- Uy va ofislarni tozalash 25
- Bolalar va kattalarga qarash 22
- Studentlar uchun ish Toshkentda 31
- Boshqalar 127
- Avto-xizmat, transport 998
- Buxgalteriya, audit 345
- Dizayn, foto, video 72
- Huquqshunoslik, Yurisprudensiya, notariuslar 90
- IT, Kompyuter, Internet 549
- Inson resurslari 41
- Ishlab chiqarish, sanoat 377
- Logistika, bojxona, omborxona 92
- Madaniyat, san’at, shou-biznes 35
- Marketing, reklama, PR 771
- Moliya, bank 155
- Muhandislik, texnologiya 121
- Ofis xodimlari 184
- Ommaviy axborot, jurnalistika 16
- Qishloq xo’jaligi, Chorvachilik 62
- Qurilish, Arxitektura, Ko’chmas mulk 315
- Rahbarlar, yuqori boshqaruv 45
- Restoranlar, kafelar 171
- Savdo-sotiq 321
- Sport, go’zallik, fitnes 33
- Sug’urta 6
- Ta’lim, fan, tarjimalar 476
- Telekommunikatsiya, Aloqa 47
- Tibbiyot, farmatsevtika 187
- Turizm, mehmonxona 89
- Xavfsizlik 247
- Xizmat ko’rsatish sanoati 26
- Uy va ofislarni tozalash 61
- Bolalar va kattalarga qarash 98
- Ish qidirib yurgan Student ishchilar 311
- Boshqalar 710
ish-bor
Agar ish kerak bo’lsa yoki ishchi kerak bo’lsa saytimizga kirib o’zingiz xoxlagan viloyat/shahardan ish/ishchi topishingiz mumkin: ish-bor Saytdan foydalanish BEPUL
Prezident: xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda har yili ilm-fanning bir nechta yo‘nalishi tanlab olinib, alohida e’tibor bilan rivojlantirilmoqda. Bu yil fizika va chet tillari ana shunday ustuvor sohalar etib belgilangan.
O‘zbekistonning ochiqlik siyosati, dunyo bozoriga faol kirib borayotgani, barcha sohalarda xalqaro hamkorlik kengayayotgani xorijiy tillarni bilishga ehtiyojni oshirmoqda.
Bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta’lim muassasasida o‘qitish chet tilida olib borilmoqda. 2016-yilda ular atigi 7 ta edi. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o‘quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o‘tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko‘pdir.
Lekin, joylardagi ahvol maqsad qilingan katta rejalarga mos emas. Xususan, ta’lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchisi lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda. 1 ming 400 ta maktabda chet tilini o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz. Bu tizimdagi o‘qituvchilarning atigi 4 foizi milliy va xalqaro til sertifikatiga ega. Xonobod va Quvasoy shaharlari, Zafarobod, Mirishkor, To‘rtko‘l, Sherobod va Uzun tumanlarida bunday sertifikatli birorta o‘qituvchi yo‘q. Maktablardagi chet tili o‘qituvchilarining 49 foizi testdan o‘ta olmagan.
Yig‘ilishda tizimdagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.
– Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Bu Agentlik dunyoda samarali natija bergan o‘qitish metodikalari, dastur va darsliklarini ta’lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ta’lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, kamida 10 ta chet tilini o‘rgatishni tashkillashtiradi.
Shuningdek, vazirlik, idora va boshqa ish beruvchilar bilan birga, xizmatchilarning kasbiy faoliyatini xorijiy tillarda to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beradigan metodikalarni ishlab chiqib, sharoitga moslagan holda, amaliyotga joriy etadi.
Davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish metodikalarini yaratish ham uning asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi.
Agentlik xorijiy tillarni bilish reytingini ham yuritadi. Chet tili o‘qituvchilari uchun malaka talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda malaka toifalarini beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, Agentlik “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri orqali, aholining barcha qatlamiga mos bo‘lgan metodika, tavsiya va darsliklarni ishlab chiqadi hamda joriy etadi.
Toshkent davlat jahon tillari va Sharqshunoslik universitetlari, Samarqand chet tillari instituti bilan bir qatorda, har bir viloyatda bittadan universitet chet tillari bo‘yicha tayanch muassasa sifatida belgilanadi.
Davlatimiz rahbari o‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish, malakasiga qarab ularni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.
Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgan o‘qituvchilarning oylik maoshiga 40 foiz, yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama berilishi belgilandi.
Bundan tashqari, yuqori ball olgan o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab beriladi. Kelgusi yildan boshlab, ishga qabul qilinayotgan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi.
Keyingi uch yil davomida maktablardagi 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining barchasi xalqaro sertifikat olishi zarurligi ta’kidlandi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, maktablardagi vakant o‘rinlarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.
Chet tillarini chuqur o‘rgatish maqsadida tuman va shaharlarda 207 ta maktab tanlab olindi. Ushbu maktablarda xorijiy kitoblar, ilg‘or o‘quv dasturlari va metodikalaridan erkin foydalanish hamda fanlarni chet tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Viloyat hokimliklariga maktablarda chet tilini o‘qitish sifatini oshirish uchun mahalliy byudjetdan har bir tuman va shaharga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berildi.
Ixtisoslashgan maktablar va oliy o‘quv yurtlariga til egasi bo‘lgan xorijlik o‘qituvchilarni jalb qilish, har bir tumanda tanlov o‘tkazib, chet tili o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish muhimligi aytildi.
Davlatimiz rahbari chet tillari bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash uchun Prezident sovrinini ta’sis etish taklifini bildirdi.
Bunda tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida tanlov o‘tkaziladi. Tuman va shahar bosqichida 1-o‘rinni olgan maktablar 100 million so‘mdan, viloyat bosqichi g‘oliblari 250 million so‘mdan, mamlakatimiz miqyosidagi eng yaxshi maktab esa 500 million so‘m miqdorida mukofotlanadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari ham mos ravishda rag‘batlantiriladi. Ushbu maktablarning direktor va o‘qituvchilari davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.
O‘qitish sifati xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo‘llanmalarga ham bog‘liq. Shu bois, ingliz tili bo‘yicha Kembrij universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobatsiyadan o‘tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq etish vazifasi qo‘yildi. Bunday ishlar rus, nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo‘yicha ham tashkil etiladi.
Sohadagi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib borishlari, yangi adabiyot va qo‘llanmalar sotib olishlari uchun har bir chet tili o‘qituvchisiga byudjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Maktabgacha ta’lim vazirligiga YuNISEF bilan hamkorlikda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chet tillarini o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqib, joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda oliy ta’lim tizimida mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda oliygohlardagi 78 foiz professor-o‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarsiz ahvolda ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tillari bo‘yicha qabul kvotalari soni 2 baravar ko‘paytirilib, 16 mingtaga yetkazilishi, davlat granti esa 3 baravarga oshirilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, kelgusi yildan boshlab, magistratura va doktoranturaga kiruvchilar uchun chet tili bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi. Oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etiladi. Tabiiy va texnik fanlar bo‘yicha xorijiy darslik va qo‘llanmalardan erkin foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Chet tilini o‘qitishning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy doktoranturada ta’lim olish uchun yiliga 20 ta o‘rin ajratiladi.
Britaniya kengashi, Gyote instituti, Fransuz alyansi, KOIKA, JAYKA, Konfutsiy instituti kabi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, nodavlat o‘quv markazlarini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Har bir vazirlik, idora, davlat kompaniyalari va yirik xususiy korxonalarda til o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, haftaning bir kunini belgilab, xorijiy tillarni o‘rganish uchun sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Til o‘rgatuvchi videodarslar, film va ko‘rsatuvlar yaratish, elektron dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Videoselektor yig‘ilishida mutasaddi rahbarlar va o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.