Таълим / Образование
bildiradigan olmoshlardir. Qadimgi xitoy tilidagi so‘roq olmoshlari ikki turga bo‘lingan:
Xitoy tili darsligi
XITOY TILI DARSI (1) XITOY TILINI TO’G’RI VA YANGI USULDA O’RGANAMIZ , Хитой тили дарси
Mirmohir Xamidullayev 41.201 views 3 years ago
Xitoy tili 1-dars | Xitoy tilini oson va tez o’rganish | Nima uchun Xitoy tilini o’rganish kerak?
SANO TA’LIM 10.258 views 7 months ago
Xitoy tili 16 kunda
HERO ACADEMY ML 7.435 views 3 years ago
XITOY TILI ALIFBOSI ( Pinyinlar ) (Chinase alphabet)
Farhod Xolmurodov 11.764 views 3 years ago
Uxlashdan oldin oʻrganing – Xitoycha (til tashuvchisi) – Musiqa bilan
Useful Chinese with Chris 12.527 views 3 years ago
XITOY TILI 1- DARS/ HSK 1/ LEARNING CHINESE, xitoy til, хитой тили дарси
Abbosxon Azatxanov 2.023 views 1 year ago
xitoy tili 1 dars 问候
一起学中文吧! 1.794 views 2 years ago
Domla TV | Xitoy tili | Siz Xitoycha gapira olasizmi? | Boshlang’ich bosqich
Ali Teacher 1.741 views 3 years ago
XITOY TILI 5-DARS | XITOY TILINI SAMARALI USULDA O’RGANISH | XITOY TILIDA SALOMLASHISH VA TANISHUV
SANO TA’LIM 1.115 views 7 months ago
Xitoy tilini o’rganish
47 kun 18.278 views 3 years ago
Xitoy tili 2-dars | Iyerogliflar | iyerogliflarni yozishda qo’llaniladigan eng asosiy 8 ta shakl
SANO TA’LIM 2.834 views 7 months ago
Xitoy tilida salomlashishning 5 xil usuli. #xitoytili #xitoytilikursi #xitoy
@xitoy_tilii 64 views 1 month ago
xitoy tili 2-dars, xitoy tili, hsk1, hsk1 2-dars, хитой тили, хитой тили 2-дарс
Abbosxon Azatxanov 584 views 1 year ago
XITOY TILINI TEZ VA OSON O’RGANING
BIZ BILAN SHUO ZHONGWEN 320 views 3 months ago
Xitoy tiliga kirish. Xitoy tilini o’rganishni nimadan boshlash kerak?
Xitoy tili 656 views 8 months ago
Xitoy tilida Yangi darslik , sanoq sonlar. 2️⃣0️⃣2️⃣2️⃣
Odilkhanuz 2.197 views 11 months ago
XITOY TILI 0 DAN /O’zimizni Xitoy tilida qanday tanishtirishmiz kerak ? Keling bilib olaylik !
BIZ BILAN SHUO ZHONGWEN 1.450 views 11 months ago
XITOY TILI 4-DARS | 0 dan 100 gacha bo’lgan sonlar
SANO TA’LIM 1.179 views 7 months ago
Xitoy tilini mukammal o’rganamiz! 1-dars Xitoy tiliga kirish qadami .
Xitoy tilini mukammal o’rganamiz ! 3.984 views 2 years ago
Xitoy tili. HSK1 ( XITOYCHA-O’ZBEKCHA )
Farhod Xolmurodov 7.902 views 4 years ago
Таълим / Образование
Коре́йс тили — корейсларнинг тили. Олтой тилларига, баъзан тўнгусманжур тилларига киради, деб тахмин қилинади. КХДРнинг ҳамда Корея Республикасининг расмий тили. Бу тилда 78 млн. киши сўзлашади. Унинг генетик жиҳатдан бошқа тиллар билан боғлиқлиги аниқланмаган. Корейс тилининг шимолий-шарқий, шимолий-ғарбий, марказий, жанубий-шарқий, шимолий ва жанубий шевалари бор. Корейс тилида 40 фонема (19 ундош, 21 унли) мавжуд. Морфологик жиҳатдан агглютинация ривожланган. Феъл замонлари ҳозирги, 2 ўтган ва 2 келаси замон шаклларидан иборат. Сон категориясида бирлик ва кўплик шакллари фарқланмайди. Нисбат категорияси ҳамма феълларга хос эмас.
Лексикасида хитой тилидан, санскрит, мўғул ва баъзан Европа тилларидан ўзлашган сўзлар бор. Корейс тили 1993 йилгача «стандарт тил», 1966 йилда «маданий тил» (мунхвао) деб аталган. Бу тилнинг 2 тури ҳам КХДР ҳамда Корея Республикасида қўлланиб келинади. КХДРда корейс ёзуви, Корея Республикасида хитой-корейс аралаш ёзуви қўлланади.
Миллий номи: 한국어, 조선어, 조선말 韓國語, 朝鮮語, 朝鮮말
Мамлакатлар: КХДР, Жанубий Корея, Хитой, Япония, АҚШ, Россия
Расмийлик ҳолати: КХДР, Жанубий Корея, Хитой (Сзилин)
Минтақавий тил: Яньбянь-Корея автоном округи
Бошқарув ташкилоти: Жанубий Кореяда — Корейс тили Миллий институти
Сўзлашувчиларнинг умумий сони: 78 млн.
Рейтинг: 11
Ҳолати: тирик
Бўлим: Евроосиё тиллари
Алифбоси: ҳангул, ҳанжа
Корейс тили алифбоси
Корейс тилининг ҳамма ҳарфлари қоида асосида теппадан пастга чапдан ўнгга қараб ёзилади:
Корейс тилида ҳаммаси бўлиб 40 та ҳарф бор, улардан 21 тасини унлилар —
19 таси эса ундошлар —
Корейс тилида сонлар қуйидагича ёзилади:
1-하나 11-열하나
2-둘 20-스물
3-셋 30-서른
4-넷 40-마흔
5-다섯 50- 쉰
6-여섯 60-에순
7-일겁 70-일흔
8-여덜 80-여든
9-아홉 90-아흔
10-열
Корейс тилида ҳафта кунлари қуйидагича ёзилади:
Душанба —월요일
Сешанба —화요일
Чоршанба —수요일
Пайшанба —목요일
Жума —금요일
Шанба —토요일
Якшанба —일요일
Xitoy tili tarixi
bildiradigan olmoshlardir. Qadimgi xitoy tilidagi so‘roq olmoshlari ikki turga bo‘lingan:
kishi haqidagi so‘roq olmoshlar;
narsa-buyum haqidagi so‘roq olmoshlar.
Venyanda kishi haqidagi so‘roqni yasash uchun asosan “
“qay biri” ma’nolarini anglatgan.
此 谁 也 ? Sǐ shuí yě? – Bu kim? («Kurashuvchi podsholiklar» “Chi
父 与 夫 孰 亲 ? Fù yǔ fū shú qīn? Ota bilan er qaysi biri yaqinroq?
(«Zojuan» “Xuan Gong hukmronligining 15 yili”)
Venyanda narsa-buyum haqidagi so‘roqni yasash uchun ko‘pincha “
” kabilar qo‘llanilgan. Quyida har birini alohida ko‘rib chiqamiz:
何 ” (hé) narsa-buyum va joy nomi haqidagi so‘roqni bildirishi mumkin.
a) to‘ldiruvchi (“qaerga”);
b) aniqlovchi (“qanday”);
v) hol (“qayday qilib”);
g) kesim (“nima uchun”).
轸不之楚,何归乎? Zhěn bú zhī chǔ, hé guī hū? – Jen Chu mamlakatiga bormas
ekan, unda qaerga boradi? («Tarixnoma» “Jang I tarjimai holi” bo‘limi)
曷” (hé) so‘roq olmoshi bo‘lib kelganida, asosan narsa-buyumni bildiradi. Uning
grammatik vazifalari quyidagilardan iborat:
v) hol (“nima uchun”, “qanday qilib”);
g) aniqlovchi (“qaysi”, “qanday”).
庄王怒曰: “吾使子往视之,子曷为告之?” Zhuāng wáng nù yuē: “wú shǐ zǐ wǎng
shì zhī, zǐ hé wéi gào zhī?” – Chu mamlakati qiroli Juang g‘azab ila dedi: “Men sizni
Song mamlakatidagi ahvol haqida bilib kelish uchun jo‘natgandim, siz nima uchun ularga
bizning ahvol haqida aytdingiz?” («Gongyang juan» “Syuan Gong hukmronligining 15
胡 ” (hú) so‘roq olmoshi asosan narsa-buyum haqidagi so‘roqni bildiradi.
a) hol (“nima uchun”, “qanday qilib”);
b) to‘ldiruvchi (“nima”).
安” (ān) so‘roq olmoshi qadimgi xitoy tilida ko‘pincha joy nomi haqidagi
so‘roqni anglatgan, ba’zida narsa-buyumni ham bildirgan. Grammatik vazifalari:
a) hol (“qanday qilib”, “nima uchun”);
b) to‘ldiruvchi (“qaerda”, “nima”).
沛公安在? Rèi gōng ān zài? – Peygong qaerda? («Tarixnoma» “Syangyuy tarjimai
奚” (xī) odatda joy nomi va narsa-buyumni bildiruvchi so‘roq olmoshi bo‘lib,
gapdagi grammatik vazifalari quyidagilardan iborat:
a) hol (“qanday qilib”, “nima uchun”);
b) to‘ldiruvchi (“nima”).
(wū) odatda narsa-buyum, joy nomi, holatni bildiruvchi so‘roq olmoshi
bo‘lib, grammatik vazifalari quyidagicha:
a) hol (“qanday qilib”, “nima uchun”);
b) to‘ldiruvchi (fe’l yoki predlogdan oldin keladi, “nimani”).
敢问夫子恶乎长? Gǎn wèn fūzǐ wū hū zhǎng? – Iltimos ayting-chi, ustoz qaysi
sohani mukammal egallagan? («Meng-zi» “Gong Song choushang” bo‘limi)
“Avvallari darsliklar murakkab, akademik tilda yozilardi. Bu o‘quvchini fandan, maktabdan bezdirdi” — Respublika ta’lim markazi tayyorlagan darsliklar chindan yangimi?
2021–2022-o‘quv yili uchun Respublika ta’lim markazi O‘zbekistondagi 1—2-sinf o‘quvchilariga yangi avlod darsliklarini taqdim etdi. Mavzulashtirilgan, eski darsliklardan farq qiladigan, tamomila o‘zgartirilgan, turli suratlar, illyustratsiyalar bilan boyitilgan va spiralsimon tarzda o‘qitiladigan kitoblar o‘quvchilar e’tiboriga havola etilgan. Xo‘sh, yangi avlod darsliklari mutaxassislar ta’kidlaganidek, butunlay yangimi?
Shuhrat Sattorov
Respublika ta’lim markazi direktori
2020-yilda davlatimiz rahbari, Xalq ta’lim vazirligi tomonidan tubdan metodikani, mazmunni yangilash, yangi avlod darsliklarini yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. XX asr vaqtga asoslangan yoki dalillarni yod olishga yo‘naltirilgan ta’lim bilan o‘ziga xos bo‘lgan. Lekin bugungi kunda ta’lim butun dunyoda o‘rganish natijalariga asoslangan. Ya’ni o‘quvchi darslikdagi, dasturdagi biror mavzuni o‘rganolmadimi, yana o‘sha mavzuni o‘qiydi. Bizga o‘xshab soatlarga bo‘lib berilmagan. O‘quvchi o‘rgansa-o‘rganmasa, keyingisiga o‘tib ketaveramiz. Natijada bola tushunmagani sayin darsni yomon ko‘ra boshlaydi. O‘z-o‘ziga nisbatan bahosi pasayib ketadi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Eng katta muammo ham shunda. Endi faqat yod olishga emas, balki kompetensiyalarga asoslangan deyilyapti butun dunyoda, ya’ni ko‘nikmalarga. O‘quvchi nimanidir bilsin va nimanidir qila olsin. Bu shunchaki yod olishga mo‘ljallangan kontent emas, darslik va dars ham yod olishga yo‘naltirish emas.
Sinfxonada o‘qituvchi emas, o‘quvchi hukmron bo‘lsin. O‘quvchining mustaqil faoliyati ko‘proq qo‘llab-quvvatlanadi. O‘qituvchi esa yo‘naltirib turadi. Bu nimaga olib keladi? Oxir-oqibat bu o‘quvchining ertaga hayotga ham tayyor bo‘lishiga turtki beradi. Ya’ni u sinfxonada tanqidiy fikrini bildira olsa, ijodiy fikrlasa, jamoa bo‘lib ishlashni o‘rgansa, muammoga yechim topolsa, unda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yangi g‘oyani ilgari surish, fan nuqtai nazaridan dunyoni o‘z ko‘zi bilan anglash ko‘nikmalari shakllanadi.
O‘quvchining aynan mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, ya’ni ko‘proq amaliyotga yo‘naltirilgan yangi milliy o‘quv dasturi loyihasini 2020-yildan boshlab ishlash boshlangan edi. Bunga jami 246 nafar mutaxassis jalb etilgan. Har bir fanni aynan tag-tubi, mohiyati bilan yangilaydigan yangi dastur sifatida buni oldindan ko‘ra oldik.
Sevara G‘iyosiddinova
Respublika ta’lim markazi Kimyo fani metodisti, “Tabiiy fanlar” darsligi muallifi
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
– YUNESKO bilan hamkorlikda yaratdik barini. U yerdagi olimlar ham jalb etilgan. Oliy va maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablardan amaliyotchi o‘qituvchilardan yig‘ilgan jamoalar ish olib boryapti. Biz ulardan-da qiziqroq mashg‘ulotlar yaratsak, o‘quvchilarimiz darsliklarni sevib o‘qiydi. To‘g‘ri, albatta, bu bor fan edi. Faqat avvallari ko‘proq e’tibor nazariy bilimga qaratilgandi. Endi qoida yoki formula bilan o‘quvchiga o‘rgatolmas ekanmiz.
Harakat mavzusiga to‘xtaldim hali. Bu harakat mavzusi hayotiy jarayonda. Men uni faqatgina formula yoki qoidalar bilan bersam, o‘quvchiga qiziq bo‘lmaydi. Masalan, o‘quvchi kitobdan ko‘chirib, keyin vazifani bajarardi. Bu yerda hozir aynan birinchi, ikkinchi sinf o‘quvchilari uchun daftarlar tashkil etildi. O‘quvchi ko‘chirishi uchun vaqtini sarflamaydi.
Shuhrat Sattorov: Bundan 17–20 yil avval oxirgi marta darsliklar yangilangan bo‘lsa, o‘sha vaqtlarda ular qanday yozilardi? Ochig‘i, muallifning ixtiyori asosida yozilardi. Ya’ni muallif nimani yaxshiroq, ko‘proq bilsa, o‘sha narsa kengroq yoritilgan darslikda. Butun fan o‘sha muallifning qobiliyati, dunyoqarashiga ergashgan. Butun millat ergashgan bunga. Shunaqa holatlar bo‘lganki, hattoki afsus mana shu mualliflar shogirdlarining ilmiy ishlarini darsliklarga boricha kiritgan holatlar kuzatilgan. Bu nimaga olib keldi? Darsliklarimiz murakkab tilda yoziladigan bo‘ldi. Akademik til — bu maktab uchun asosiy tilga aylanib qoldi. Natijada, biz fanni yaxshi ko‘rish, sevib o‘qish o‘rniga fanni yomon ko‘ra boshladik. Qoidalarga to‘lib ketdi hayot. Lekin bu qoida orqali biz hayotga kimni tarbiyalay oldik?
Muhriddin Avezov
Olmazor tumanidagi 278-maktabning Geografiya fani o‘qituvchisi, “Tabiiy fanlar” darsligi muallifi
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
– Xalqaro tajribalar o‘rganilganda, butun dunyoda boshlang‘ich sinflarda hattoki beshinchi, oltinchi sinflarda ham science — tabiiy fanlar darsligi o‘qitilishining guvohi bo‘ldik. Ularda e’tibor biologiya, geografiya, fizika, kimyo fanlarini bir-biriga bog‘liq holatda, ya’ni integral ravishda o‘qitishni maqsad qilgan. Bu birinchi jihati.
Ikkinchisi, bu yerdagi mavzularni o‘qitishda spiralsimon yondashuvga e’tibor qaratilgan. Ya’ni mavzular ketma-ket o‘tib-o‘tib ketiladi, bo‘ldi, u boshqa takrorlanmaydi emas. Masalan, birinchi sinfda o‘qitilgan mavzular ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va hokazo sinflarda qaytariladi.
Mavzulardagi ma’lumotlar hajmi, mazmuni, yildan-yilga takomillashib, boyib, yanada kengayib va o‘sha ilm-fanga yo‘naltirilgan bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Bu yerda bitta mavzuning ichida ham biologiya, geografiyaga oid bilimlar, ham fizika, ham kimyoga doir bilimlar integral tarzda berib boriladi.
Bola tevarak-atrof, borliqni yaxlit tasavvur qila oladi. Ilgari biz bo‘lak-bo‘lak qilib tushuntirgan bo‘lsak, endi xuddi shu atrof-borliqni u bitta yaxlit tabiat ekanini yaxshiroq anglab yetishi uchun harakat qilamiz.
Ba’zi ma’lumotlar og‘zaki yoki matn ko‘rinishida yozilmagan kitobda. Lekin illyustratsiyalar shunaqa joylashtirilganki, undan mazmun kelib chiqadi. Kichik tadqiqotlar joriy etildi. Ya’ni o‘quvchi faqat hamma narsani o‘qib-o‘rganmaydi. Balki shu kichik tadqiqotlarni bajarish orqali undan o‘zi mustaqil xulosalar chiqaradi.
Shuhrat Sattorov:
– Darsliklardagi eng katta muammo nimada edi? Nimaga biz darsliklardan shu qadar sovib qoldik? Chunki ularning aksarini o‘quvchini bilmagan, maktabga kirmagan mualliflar yozishgan.
Bugun biz tarozini teng qo‘ydik. Tadqiqotlar, xalqaro tajriba bir yoqda, o‘zimizning o‘qituvchilar tajribasi, bolalarimiz qiziqishi, manfaatini himoya qiladigan muallimlar jamoasi tarozining ikkinchi pallasida.
Biz dasturlarni chiroyli qilib yangiladik-da darsliklar yangilanmadi, o‘qituvchilar yangilanmadi. Chunki bizning sharoitda o‘qituvchilar to‘liq darsliklarga bog‘lanib qolishgan. Darslik ustoz uchun yagona qolip vazifasiga aylangan, bugun ham shu vazifani bajarmoqda. Endigi maqsadimiz — mana shu an’anani to‘xtatish. Ya’ni o‘qituvchi endi mana bu yerdagi dastur asosida harakatlanishi kerak.
Sa’dulla Quronov
Respublika ta’lim markazi metodisti, “Ona tili va o‘qitish savodxonligi” darsligi muallifi
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
– Har bitta darslik yozayotgan jamoaning ichida mana shu Kembrij darsliklarini yozgan va xalqaro trener bo‘lib kelayotgan xorijlik ekspertlar bor. Ularning ishtirokida darsliklarni yozamiz. Shunchaki o‘zimiz yozmaymiz. Avval dars olamiz. Trenerlik qilishadi bizga.
Hozirgi ona tili qanaqa? Ona tili deb bo‘lmaydi, bu fan ona tili ham emas, o‘qish ham emas. Bu fan yaxlit ona tili va o‘qish savodxonligidir. Bu to‘rtinchi sinfgacha amalda bo‘ladi. Birlashtirildi. Biz ona tilini o‘qishdan ajratib kelganmiz. Lekin ona tilini bilishi uchun bola o‘qishni bilishi kerak. Ikkovi bir-biri bilan bog‘liq. Ona tilini mukammal bilgan inson to‘rtta ko‘nikmani o‘zlashtirishi kerak: o‘qib tushunish-tinglab tushunish-yozish- nutq.
Eng katta muammolardan biri — DTM testlari bo‘lgan. Grammatikaga yopishib olishimizga yo‘l ochgan.
Oldingi ona tili darsliklarimizga e’tibor qilsak, jarangli va jarangsiz undoshlar degan yoki ot so‘z turkumi degan mavzu bo‘lardi-a? Hozir unaqa mavzular yo‘q. O‘rniga aytganimdek, “Jurnalist bo‘lib qolsam”, uy hayvonlari yoki bir “Maktabim gazetasi muharriri bo‘lib qolsam, “O‘zim savdo qilaman”, “Bozor qilishni bilasizmi?” degan mavzular bo‘ladi.
Shokir Yo‘ldosh
Respublika ta’lim markazi metodisti, “Ona tili va o‘qitish savodxonligi” darsligi muallifi
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
– 2017-yilda boshlab O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga ona tili o‘qitish metodikasini yangilash topshirig‘i berilgan. O‘sha topshiriq asosida laboratoriya tashkil etilgan. O‘zim ham laborant sifatida u yerda ishlaganman. Turli davlatlarning, xususan, qardosh davlatlar yoki bizga begona uzoq mamlakatlarning ona tili o‘qitish metodikasini o‘rganib chiqqanmiz.
Bizga birmuncha yangi soha bo‘lgan psixolingvistika va neyrolingvistika sohalari yordamga kelgan. Oldingi yondashuvimiz ham xato emasdi. Faqat tilga boshqacha qarardik. Ya’ni biz tilni grammatik qoidalar jamlanmasi, ma’lum bir struktura, konstruksiya, bitta bino qurish mumkin va hamma bir xil qurishi kerak, deyilgan qarash bilan o‘qitganmiz. Bu noto‘g‘ri demayman. Agar hammani filolog qilmoqchi bo‘lsak, butun jamiyatni filologiya sohasidagi chuqur bilimga ega inson qilmoqchi bo‘lsak, bu eng to‘g‘ri yo‘l. Lekin unaqa qilmoqchi emasmiz. Biz ijtimoiy faol fuqaroni yaratishimiz kerak.
Mavzuga oid fikrlarning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Charos Nizomiddinova tayyorladi.
Tasvirchi va montajchi — Ilhom Xursanaliyev