Press "Enter" to skip to content

Toshkentdagi IT-kurslar: o‘quv markazlari, yo‘nalishlar va ularning narxi haqida batafsil ma’lumot

Akademiyada quyidagi kurslar oʻqitiladi:

Toshkentda oʻqish bepul boʻlgan, stipendiya ham beriladigan IT kurslari borligi bilasizmi?

Toshkent shahridagi Kasb-hunar akademiyasi Oʻzbekistondagi aholining ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish maqsadida bir qancha bepul zamonaviy axborot texnologiyalari (IT) kurslarini taklif etadi.

Ushbu akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Akademiyada quyidagi kurslar oʻqitiladi:

  • Kompyuter savodxonligi (Windows OS, Office, TotalCommander)
  • SMM kurslari (Telegram, Facebook, Instagram, YouTube)
  • Veb-dasturlash (HTML, CSS, JavaScript)
  • Dasturlash (PHP, C++, C#)
  • Loyihalash (3D Max, AutoCad)

Kurslarning imtiyozlari:

  • Yuqorida sanalgan kurslarning barchasida oʻqish bepul.
  • Oʻqish davomida oylik stipendiya olish imkoni mavjud.
  • Kurs yakunida sertifikat beriladi.
  • Kurs oʻtiladigan xonalar kompyuterlar bilan jihozlangan.

Kimlar qabul qilinadi?

Kursga quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  • Talaba yoki oʻquvchi boʻlmaslik kerak.
  • Rasmiy ish joyiga ega boʻlmasligi kerak (norasmiy tarzda ishlayotganlar ushbu kurslarda oʻqiy oladi).
  • Kurslar oflayn shaklda, Toshkent shahrida boʻladi. Shu sababli, ishtirokchi Toshkentda boʻlishi yoki Oʻzbekistonning boshqa hududida yashasa ham, kursning boshidan oxirigacha Toshkentda boʻlib turishi kerak.

Qabul

Kurslarga qabul yil boʻyi davom etadi. 2022-yilda jami 2000 kishi qabul qilinishi rejalashtirilgan. 2022-yil aprel oyi holatiga koʻra, 300 kishi ushbu kurslarni tamomlagan.

Kurs davomiyligi

Kurslar 6 oy davom etadi va oʻquv mashgʻulotlari haftaning toq kunlarida olib boriladi.

Murojaat uchun

Qabul va qoʻshimcha savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 90 093 77 02
+998 99 319 77 02
Telegram orqali murojaat qilish

Akademiya manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy koʻchasi, 47-uy

Xitoy tili kurslari toshkent

“Spot” IT bo‘yicha ta’limni o‘zbek tilida ham beradigan markazlarni bir joyga jamladi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, IT-mutaxassislari O‘zbekistonda eng ko‘p ish haqi oladigan xodimlar qatoridan joy olgan.

Joriy yilning olti oyida axborot va aloqa sohasida faoliyat olib boradiganlarning o‘rtacha oylik ish haqi 11,2 mln so‘mni tashkil etdi.

“HeadHunter” kompaniyasi ma’lum qilishicha, avgust oyida ish beruvchilar ushbu mutaxassislarga o‘rtacha 10,6 mln so‘m taklif qilgan.

Qolaversa, bugungi kunda mamlakatda soha mutaxassislariga talab yuqori. Talab ketidan esa taklif ham ortib bormoqda — hozirda nafaqat ixtisoslashtirilgan universitetlarda bunday ko‘nikmalarni egallash yoki ularni takomillashtirish bilan shug‘ullanish mumkin, balki buning uchun ko‘plab professional kurslar ham mavjud.

“Najot Ta’lim“

Ushbu markazda quyidagi kurslar mavjud:

  • “Bir yillik kasbiy ta’lim” dasturi;
  • Full stack veb-dasturlash;
  • QA (quality assurance).

“Bir yillik kasbiy ta’lim” dasturi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi — “Botcamp-foundation” bosqichida C va Python dasturlash tillarining asoslari, kompyuter savodxonligi darslari o‘qitiladi.

Ikkinchi (“Botcamp-result”) qismda esa Fullstack (NodeJS + Vuejs), Frontend, Java Spring backend kabi bir qator yo‘nalishlardan birini tanlab, ta’lim olishi mumkin bo‘ladi.

“Full stack veb-dasturlash” kursida 5 oy frontend, 5 oy backend o‘rgatiladi. “QA (quality assurance)” kursi davomida esa dasturiy ta’minot testlovchisi bo‘lib yetishish uchun kerak bo‘ladigan bilimlar o‘rgatiladi.

“BePro IT Academy“

O‘quv markazida kompyuter savodxonligi va axborot xavfsizligi asoslari bo‘yicha kurslar tashkil etilgan.

Dasturlash kurslari HTML / CSS, Javascript, Python va Django kabilardan iborat.

Shuningdek, o‘quv dasturlari orasida axborot xavfsizligi, tizim boshqaruvi (Linux Solaris, HP-UX, AIX), MS Office ilovalari bilan professional ishlashga o‘rgatish va boshqalar bor.

Bitiruvchilar xalqaro sertifikat olishlari mumkin, chunki akademiya “Pearson VUE” ning rasmiy vakili hisoblanadi.

“SOS IT Academy“

Veb-dasturchi bo‘lishni xohlovchilar ushbu kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega:

  • HTML5 va CSS3;
  • Bootstrap4;
  • JavaScript;
  • jQuery;
  • React / Ajax.
  • PHP;
  • MySQL;
  • Laravel kabilar mavjud.

Bo‘lajak dasturchilar Java, Python, C++ kabilarni o‘rganadilar. Bundan tashqari, kompyuter grafikasi va dizayn kurslari ham mavjud.

“PROWEB”

Markazda veb-dasturlash, internet-marketing, veb-dizayn, 3D modellashtirish va vizualizatsiya kurslari joriy etilgan.

Veb-dasturlash kurslarida talabalar asosiy tillarni o‘rganadilar, veb-saytlar yaratadilar, muvaffaqiyatli dasturchilar foydalanadigan vositalar bilan tanishadilar.

Python yordamida ular online-do‘konlar, veb-ilovalar va Telegram-botlarini yaratishni o‘rganadilar.

“Astrum IT Academy“

Akademiyaga 16 yoshdan oshganlar qabul qilinib, u yerdagi ta’lim tizimi 2 qismga bo‘linadi — preseason va asosiy kurs. Preseason 1 oy, asosiy kurs esa 6−12 oy davom etadi.

3 ta yo‘nalish mavjud:

  • Data Science;
  • Full Stack;
  • Software Engineering.

Mashg‘ulotlar sun’iy intellekt yordamida ingliz tilida olib boriladi. Agar kerak bo‘lsa o‘zbek tilida mentorlar tomonidan yordam ko‘rsatiladi.

“Astrum” bitiruvchilarga ta’lim yakunida Amerikaning xalqaro “QWASAR” sertifikatini taqdim etadi.

“Ilmhub”

O‘quv markazida Foundation Programming, Bootcamp, Python, Scratch, React Native kabi kurslar mavjud.

Viloyatdagilar yoki oflayn oʻrgana olishga imkoni yoʻqlar uchun darslar onlayn tarzda ham olib boriladi.

Bolalar uchun KIDS dasturi mavjud, unda dasturlash va robototexnika koʻnikmalari oʻrgatib boriladi.

“Codecraft”

Bu yerda 7 dan 25 yoshgacha IT-olamiga endi kirib kelayotgan va davom ettiruvchilarga ta’lim beriladi.

Ular markazda dasturlashning asosiy tamoyillari (Python, Javascript, PHP, Android)ni egallashlari mumkin boʻladi.

Kompyuterda ko‘p vaqt o‘tkazadigan bolalar uchun Scratch va Unity o‘yinlarini ishlab chiqish bo‘yicha mashg‘ulotlar olish mumkin.

“JuniorCode”

Xalqaro dasturlash maktabi 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qabul qiladi.

Trening rus metodologiyasi bo‘yicha Scratch junior, Scratch, App Inventor, CoffeeScript, JavaScript, Python va Unity 3D kabi texnologiyalarda olib boriladi.

“Bobir Akilkhanov Tech Academy“

Bolalar va kattalar uchun dasturlash kurslari quyidagilardan iborat:

  • Full stack Python;
  • Full stack JavaScript;
  • Android Developer;
  • Web Developer (C#);
  • Sun’iy intellekt;
  • Flutter (IOS va Android);
  • Grafik dizayn;
  • CGI Artist.

Mini (3 oylik) kurslarda esa computer science, sayt yasash asoslari kabilar oʻrgatiladi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish, kiberxavfsizlikni yaratish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ilovalar va kompyuter o‘yinlarini yaratishni o‘rganadilar.

“PDP Academy“

Oddiy boshlang‘ich kurslarga qo‘shimcha ravishda, akademiya yettita RoadMap to‘liq kursini taklif qiladi. Shunday qilib, bo‘lajak dasturchilar mavjud bilim darajasini oshiradilar.

Intensiv Bootcamp kurslarida talabalar tanlangan yo‘nalishlardan birini chuqurroq o‘rganadilar, ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Java back-end development;
  • Front-end development;
  • Android App development;
  • Flutter development.

Kurslar narxi va davomiyligi

Ma’lumotlar faqat tanishtirish maqsadida taqdim etildi. “Spot” narxlarni markazlarning o‘zida tekshirishni tavsiya qiladi.

Oʻquv markazi nomi Guruh kurslari to‘lovlari
(oylik, so‘mda)
Darslar davomiyligi
“Najot Ta’lim” 800 mingdan 2 mlngacha 4−11 oy
“BePro IT Academy” 800 mingdan 1 mlngacha 1,5−8 oy
“SOS Academy” 700−900 ming 4−9 oy
“PROWEB” 1,4 mln 2−10 oy
“Astrum IT Academy” 1,2−1,8 mln* 1−1,5 yil
“Ilmhub” 790 mingdan 2,2 mlngacha 4−9 oy
“Codecraft” 650−750 ming 2−9 oy
“JuniorCode” 540 ming va undan yuqori 6−12 oy
“Bobir Akilkhanov Tech Academy” 2,3−2,5 mln 3−9 oy
“PDP Academy” 1,4 mln 2,5−11,5 oy

*Bir yillik mablag‘ oldindan to‘langanda 15% chegirma taqdim etiladi

Til o‘rganishni xohlovchilar uchun bepul chet tili kurslari

Boshlang‘ich darajadagilar uchun nemis tili A1.1 – Kursning maqsadi A1 boshlang‘ich darajasida xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilishda kundalik, madaniy, kasbiy va ilmiy faoliyatning turli sohalarida ijtimoiy hamda kommunikativ vazifalarni hal qilish, shuningdek, madaniyatlararo kasbiy yo‘naltirilgan kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishni o‘z ichiga oladi (umumiy Yevropa chet tillarini bilish darajasi shkalasi bo‘yicha).

Boshlang‘ich darajadagilar uchun xitoy tili: fonetika asoslari – xitoy tilida talaffuz qilish mazkur tilni o‘rganishning muhim va eng qiyin jihati hisoblanadi. Bu kurs xitoy tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir kishi uchun birinchi qadamlardan biri bo‘lishi mumkin.

Yapon tili. Boshlang‘ich daraja – kurs davomida talabalar yapon tilida yozish, grammatika, fonetika va nutqiy muloqot qoidalariga oid asosiy ma’lumotlar bilan tanishadilar. Talabalar asosiy lug‘at, grammatika, urg‘u turlarini o‘zlashtirib oladilar, 100 ta belgidan iborat bo‘lgan yapon alifbosi belgilari va ierogliflarini o‘qish va yozishni o‘rganadilar.
Kurslar allaqachon boshlangan, ammo siz ro‘yxatdan o‘tgan kuningizdan boshlab kursni boshidan o‘zlashtirishingiz mumkin.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Abiturientlar uchun tayyorlov kurslari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida tayyorlov o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kurslarimiz tinglovchilarga O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlariga kirishlari uchun shartnoma asosidagi samarali tayyorlanish imkoniyatini taqdim qiladi.

JIDU qoshidagi tayyorlov kurslarida quyidagi fanlar bo‘yicha ta’lim olish taklif qilinadi:

  • matematika
  • informatika
  • tarix
  • o‘zbek tili
  • ingliz tili
  • rus tili
  • nemis tili
  • fransuz tili

Tayyorlov kurslari dasturida, shuningdek, universitetimizda ta’lim amalga oshiriladigan yo‘nalishlar faoliyati va ixtisosligi yuzasidan ham tanishtirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, universitet quyidagi fanlar bo‘yicha o‘qitishni taklif qiladi:

  • xitoy tili
  • ispan tili
  • italyan tili
  • yapon tili
  • arab tili
  • koreys tili

Tayyorlov kurslari 9 oy davom etadi, har bir fanning hajmi 144 soatni tashkil qiladi.

Kirish sinovlari: xorijiy til bilimlari bo‘yicha talab qilinadigan bilim darajasini aniqlash uchun yozma va og‘zaki test qilish.

Telefon: (+99897) 768-28-25

  • ariza;
  • passport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
  • 3x4sm hajmdagi 2 ta fotosurat.

JIDUning rasmiy sayti

Manzil: 100007, Oʻzbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54. Telefon: (+998 71) 267-39-50 Faks: (+998 71) 267-09-00 Email: rektorat@uwed

Mualliflik asarlari va saytdagi maʼlumotlar uchun URL majburiy.

Xatolikni payqadingizmi? Bizga maʼlumot berish uchun, uni belgilab Ctrl yoki Cmd (MacOS) + Enter tugmalarini bosing.