Xitoy tili morfologiya sohasi tarixiy bosqichlari
Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi: noiloj, chor-nochor, noilojlikdan, chorasizlikdan. Sabab ravishlari gapda sabab holi vazifasida keladi. Masalan: Bu xabarni eshitib, men noiloj darvozadan qaytishga majbur bo‘ldim.
Xitoy tili morfologiya sohasi tarixiy bosqichlari
II sh. ko‘r-ma-gan-siz, ko‘r-gan-ingiz yo‘q
III sh. ko‘r-ma-gan-lar, ko‘r-gan-lari yo‘q
Birlik sonda Ko‘plik sonda
Misol: Biz bu filmni ikki marta ko‘rganmiz. U biznikiga biror marta ham kelgan emas. Sen bu kitobni o‘qiganmisan?
-gan qo‘shimchasi so‘zning o‘zagi [k] yoki [q] tovushi bilan tugashiga qarab, -kan, -qan tarzida qo‘shilishi mumkin.Masalan: Men ikkita chiroyli tuvakka gul ekkanman. Nega devorlarga mix qoqqansiz? Yozda ko‘lda cho‘milib, oftobda qorayib chiniqqanmiz. Hovlining pasti ancha cho‘kkan.
Uzoq o‘tgan zamon shakli o‘zak yoki negizga –gan edi hamda shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘lib, yaqin o‘tgan zamon shaklini ifodalagan vaqtdan ham ancha ilgari bajarilgan yoxud bajarilmagan ish-harakatni anglatadi. Qiyoslang: Men bu kitobni o‘qidim. Men bu kitobni o‘qiganman. Men bu kitobni o‘qigan edim. Birinchi gapdagi ish-harakat yaqin kunlar ichida bajarilgan. Ikkinchi gapdagi ish-harakat esa bir oy yoki undan ko‘proq vaqt ilgari bajarilgan. Uchinchi gapdagi ish-harakat bir yoki bir necha yil oldin bajarilgan bo‘lishi ham mumkin.
Tasdiq va so‘roq shakli
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. yodla-gan edi-m-mi? yodla-gan edi-k-mi?
II sh. yodla-gan edi-ng-mi? yodla-gan edi-ngiz-mi?
III sh. yodla-gan edi-mi? yodla-gan edi-lar-mi?
I sh. yodla-ma-gan edim, yodlaganim yo‘q edi, yodlagan emas edim
II sh.yodla-ma-gan eding,yodlaganing yo‘q edi,yodlagan emas eding
III sh.yodla-ma-gan edi, yodlagani yo‘q edi, yodlagan emas edilar
I sh. yodla-ma-gan edik, yodlaganimiz yo‘q edi, yodlagan emas
II sh. yodla-ma-gan edingiz, yodlaganingiz yo‘q edi, yodlagan emas edingiz
III sh. yodla-ma-gan edilar, yodlagani yo‘q edi, yodlagan emas
O‘tgan zamon davom fe’li so‘z o‘zagi yoki negiziga –r, -ar, -yotgan, -moqda qo‘shimchalaridan so‘ng edi to‘liqsiz fe’lini keltirish hamda shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. O‘tgan zamon fe’lining bu shakli ish-harakatning davomli bo‘lganligini, muntazam takrorlanib turganligini anglatadi. Misol: Men bolaligimda ko‘p kitob o‘qir edim. Sen hovlida kitob o‘qimoqda eding. U turnikda mashq bajarayotgan edi.
I sh. o‘qi-r (-moqda, -yotgan) edim
II sh. o‘qi-r (-moqda, -yotgan) eding
III sh. o‘qi-r (-moqda, -yotgan) edi
I sh. o‘qi-r (-moqda, -yotgan) edik
II sh. o‘qi-r (-moqda, -yotgan) edingiz
III sh. o‘qi-r (-moqda, yotgan) edilar
-r, -ar, edi ko‘rinishli fe’llarning inkor shakli bu qo‘shimchalar o‘rniga –mas inkor qo‘shimchasi va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. –yotgan qo‘shimchasi oldidan esa –ma inkor qo‘shimchasi keltirilishi bilan inkor shakli hosil qilinadi. –moqda qo‘shimchali fe’llar bilan inkor shakli hosil qilinmaydi. Masalan: ko‘rar edim – ko‘rmas edim, aytar edik – aytmas edik, borayotgan edik – bormayotgan edik, olayotgan edingiz – olmayotgan edingiz kabi.
O‘tgan zamon maqsad fe’li so‘z o‘zagi yoki negiziga –moqchi qo‘shimchasi hamda edi to‘liqsiz fe’li va tegishli shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Bunda o‘tgan zamonda ish-harakatni bajarish maqsad qilib qo‘yilganligi, rejalashtirilganligi ma’nosi anglashiladi.
Tasdiq va so‘roq shakli
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. o‘qi-moqchi edi-m-mi? o‘qi-moqchi edi-k-mi?
II sh. o‘qi-moqchi edi-ng-mi? o‘qi-moqchi edi-ngiz-mi?
III sh. o‘qi-moqchi edi-mi? o‘qi-moqchi edi-lar-mi?
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. qurmoqchi emas edim qurmoqchi emas edik
II sh. qurmoqchi emas eding qurmoqchi emas edingiz
III sh. qurmoqchi emas edi qurmoqchi emas edilar
Hozirgi zamon fe’li va uning shakllari. Hozirgi zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilayotgan yoki bajarilmayotganligini ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida hozirgi zamon fe’lining ikki shakli mavjud. 1. Hozirgi zamon davom shakli. 2. Hozirgi-kelasi zamon shakli.
Hozirgi zamon davom shakli quyidagi qo‘shimchalardan birini fe’l o‘zagi yoki negiziga qo‘shib, shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslash orqali hosil qilinadi: -yap, -moqda, -yotib, -yotir. YUrmoq, turmoq, o‘tirmoq va yotmoq fe’llari o‘zagiga –ib hamda shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali ham hozirgi zamon davom shakli hosil qilinadi: men yuribman, sen turibsan, u o‘tiribdi, siz yotibsiz kabi. Biroq bu fe’llar bilan shu zamonning inkor shaklini hosil qilib bo‘lmaydi.
I sh. o‘qi-yap (-moqda, -yotib, yotir) –man
II sh. o‘qi-yap (-moqda, -yotib, -yotir) –man
III sh. o‘qi-yapti (-moqda, yotibdi, -yotir)
I sh. o‘qi-yap (-moqda, -yotib, -yotir) –miz
II sh. o‘qi-yap (-moqda, -yotib, -yotir) –siz
III sh. o‘qi-yapti (-moqda, -yotib, -yotir) –lar
Inkor va so‘roq shakli
Birlik sonda Ko‘plik sonda
-yotib, -yotir qo‘shimchalari unli tovush bilan tugagan so‘zlarga shu ko‘rinishicha, undosh tovush bilan tugagan fe’llarga –ayotib, -ayotir shaklida qo‘shiladi va shundan so‘ng shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shilib tuslanadi.
-moqda qo‘shimchasi ishtirokida inkor shakli umuman hosil qilinmaydi, so‘roq shakli ham kamdan-kam hollarda qo‘llanadi.
Hozirgi-kelasi zamon shakli undosh tovush bilan tugagan fe’lga –a, unli tovush bilan tugagan fe’lga –y qo‘shimchasini qo‘shish hamda tegishli shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslash orqali hosil bo‘ladi.
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. bor-a-man, yasha-y-man bor-a-miz, yasha-y-miz
II sh. bor-a-san, yasha-y-san bor-a-siz, yasha-y-siz
III sh. bor-a-di, yasha-y-di bor-a-dilar, yasha-y-dilar
Inkor va so‘roq shakli
III sh. bor-may-di-mi? bor-may-dilar-mi?
Hozirgi-kelasi zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytgacha, so‘z va undan so‘ng ham amalga oshishini yoki ish-harakatning doimiy yuz berishini ifodalaydi. Masalan: 1. So‘zlaringdan o‘zimda yo‘q quvonaman (Tinglovchi so‘zlovchining gaplarini eshitish jarayonida quvonyapti). 2. Bugun kitobingizni olib boraman (Ish-harakat nutq so‘zlanib bo‘lganidan so‘ng amalga oshiriladi). 3. Biz Samarqand shahrida yashaymiz. Oy Yer atrofida aylanadi (Biz nutq so‘zlanguncha ham ko‘rsatilgan shaharda yashaganmiz, nutq so‘zlanayotgan paytda ham yashayapmiz, nutq jarayonidan so‘ng ham yashashimiz nazarda tutilyapti. Oyning Yer atrofida aylanishi ham xuddi shu taxlit davom etyapti).
Kelasi zamon fe’li va uning shakllari. Kelasi zamon fe’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan so‘ng yuzaga chiqish yoki chiqmasligini anglatadi.
O‘zbek tilida kelasi zamon fe’lining ikkita shakli mavjud: 1. Kelasi zamon maqsad shakli. 2. Kelasi zamon gumon shakli.
Kelasi zamon maqsad shakli fe’l o‘zagi yoki negiziga –moqchi hamda shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi.
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. ol-moqchi-man ol-moqchi-miz
II sh. ol-moqchi-san ol-moqchi-siz
III sh. ol-moqchi – ol-moqchi-lar
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. ko‘r-moqchi emas-man ko‘r-moqchi emas-miz
II sh. ko‘r-moq emas-san ko‘r-moqchi emas-siz
III sh. ko‘r-moqchi emas ko‘r-moqchi emas-lar
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. sot-moqchi-man-mi? sot-moqchi-miz-mi?
II sh. sot-moqchi-san-mi? sot-moqchi-siz-mi?
III sh. sot-moqchi-mi? sot-moqchi-lar-mi?
Kelasi zamon maqsad fe’li ish-harakatning maqsad, niyat qilinganligi, rejalashtirib qo‘yilganligini anglatadi. Masalan: Men kelgusi yil 20 gektar yerga sholi ekmoqchiman. Sen bu gullarni Charosga sovg‘a qilmoqchimisan? Shuhrat o‘rtog‘inikiga mehmonga bormoqchi. Badia yangi yilni Toshkentda Shamsiya bilan kutib olmoqchi.
Kelasi zamon gumon shakli fe’l o‘zagi yoki negiziga -r, –ar qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish va ulardan so‘ng shaxs-son qo‘shimchalarini keltirish orqali yasaladi. Inkor shakli –mas qo‘shimchasi orqali hosil bo‘ladi. Fe’lning bu shakli kelgusida amalga oshishi yoki amalga oshmasligi gumon, noaniq bo‘lgan ish-harakatni anglatadi.
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. ko‘r-ar-man, o‘qi-r-man ko‘r-ar-miz, o‘qi-r-miz
II sh. ko‘r-ar-san, o‘qi-r-san ko‘r-ar-siz, o‘qi-r-siz
III sh. ko‘r-ar, o‘qi-r ko‘r-ar-lar, o‘qi-r-lar
Birlik sonda Ko‘plik sonda
I sh. ko‘r-mas-man, o‘qi-mas-man ko‘r-mas-miz, o‘qi-mas-miz
II sh. ko‘r-mas-san, o‘qi-mas-san ko‘r-mas-siz, o‘qi-mas-siz
III sh. ko‘r-mas, o‘qi-mas ko‘r-mas-lar, o‘qi-mas-lar
So‘roq shakli tasdiq yoki inkor ko‘rinishda tuslangan fe’lga –mi yuklamasini qo‘shish orqali hosil qilinadi: ko‘rarmanmi? ko‘rarmi? kabi.
Fe’l mayllari. Ish-harakatning voqelikka munosabati mayl deyiladi. Voqelik – muayyan ish-harakatning ma’lum zamon va makonda shaxs tomonidan amalga oshirilishidir. O‘zbek tilida fe’lning uch mayli farqlanadi. 1. Aniqlik yoki ijro mayli. 2. Buyruq-istak mayli. 3. Shart mayli.
Aniqlik maylining maxsus morfologik ko‘rsatkichi yo‘q. Aniqlik maylidagi fe’l ish-harakatning uchala zamondan birida yuz berayotganligi yoki bajarilayotganligidan xabar beradi. Masalan: Bugun ertalab kuchli yomg‘ir yog‘di. Javohir o‘rtoqlari bilan kutubxonada dars tayyorlayapti. Shahzod zamonaviy fotoapparat sotib olmoqchi. Sardor bu musobaqada ishtirok etmoqchi emas.
Buyruq-istak maylidagi fe’llar buyruq, istak, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni anglatadi. Bu mayldagi fe’lning I shaxsi istak, iltimos ma’nolarini, II shaxsi sof buyruq, iltimos ma’nolarini, III shaxsi esa maslahat, iltimos ma’nolarini bildiradi.
I sh. men yoz-ay (in), o‘qi-y (in)
II sh. sen yoz (gin), o‘qi (gin)
III sh. u yoz-sin, o‘qi-sin
I sh. biz yoz-aylik, o‘qi-ylik
II sh. siz yoz-ing (izlar), o‘qing (gizlar)
III sh. ular yoz-sin (lar), o‘qi-sin (lar)
Shart maylidagi fe’llar boshqa biror ish-harakatning amalga oshishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakat ma’nosini anglatadi. Shart mayli fe’l o‘zagi yoki negiziga –sa qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi va undan so‘ng shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shiladi: borsam, borsang, borsa, borsak, borsangiz, borsalar kabi.
O‘zbek tilidagi shart maylining ma’nosi rus tilida yesli yoki kogda so‘zlarining kelasi zamon shaklidagi fe’l bilan birikib kelishi orqali beriladi. Qiyoslab ko‘ring: Ertaga havo ochiq bo‘lsa, biz toqqa chiqamiz. Yozgi ta’til boshlansa, biz oilamiz bilan dam olishga ketamiz.
Fe’l nisbatlari ish-harakatning bajaruvchisi (subyekti) bilan bajariluvchisi (obyekti) o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Ish-harakatning ob’ektga bo‘lgan munosabatiga qarab fe’llar ikki turga bo‘linadi. 1. O‘timli fe’llar. 2. O‘timsiz fe’llar.
O‘timli fe’llar tushum kelishigidagi so‘zlarni boshqarib keladi: ashula (ni) aytmoq, xat (ni) yozmoq, olma (ni) termoq, kitob (ni) o‘qimoq, kino (ni) ko‘rmoq kabi. Qolgan fe’llar esa o‘timsiz fe’llar sanaladi: uchmoq, uxlamoq, yig‘lamoq, kulmoq, gapirmoq, charchamoq, uyalmoq, qulamoq kabi. O‘timsiz fe’llarga orttirma nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalardan mosini qo‘shib, ularni o‘timli fe’lga aylantirish mumkin: qushni uchirmoq, bolasini uxlatmoq, ukasini yig‘latmoq, tomoshabinlarni kuldirmoq, talabani gapirtirmoq, o‘zini charchatmoq, yolg‘onchini uyaltirmoq, devorni qulatmoq, mashinani yurgizmoq kabi.
O‘zbek tilida fe’l nisbatlari rus tilidagi fe’l nisbatlariga qaraganda son jihatdan ortiqdir. Rus tilida ular uchta bo‘lsa, o‘zbek tilida beshta. Rus tilida faqat o‘timli fe’llardangina nisbat hosil bo‘ladi. O‘zbek tilida har ikkala turdagi fe’llardan ham nisbat hosil qilish mumkin. Aniq nisbatdagi fe’llarning maxsus qo‘shimchasi yo‘q.
O‘zlik nisbatdagi fe’llar ish-harakatning bajaruv-chisi (subyekti) ham, bajariluvchisi (obyekti) ham bir shaxs yoki narsaning o‘zi ekanligini anglatadi. Bu nisbat fe’lga -l, -il, -n, -in qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: yuvinmoq, kiyinmoq, bezanmoq, bo‘yanmoq, taranmoq, surinmoq, yiqilmoq, qoqilmoq kabi. Masalan: Gulsanam tongda turib yuvindi, tarandi, kiyindi va ishga jo‘nadi. Futbolchining oyog‘i qayrilib yiqildi.
Majhul nisbatdagi fe’l ish-harakatning bajaruvchisini ifodalamaydi. O‘zlik nisbatdagi fe’llar kabi –l, -il, -n, -in qo‘shimchalari yordamida hosil bo‘ladi: bug‘doy ekildi, sayohatga borildi, xat yozildi, maydon shudgorlandi, ishlar bajarildi, hosil to‘plandi, zarar qoplandi kabi. Masalan: Bu yil ob-havo yaxshi kelib, paxta ekilgan barcha yerlar erta shudgorlandi. Bir hafta ichida olmalar terib topshirildi.
Birgalik nisbatdagi fe’l ish-harakatning ikki va undan ortiq kishi tomonidan amalga oshirilishini anglatadi. Bu nisbat fe’lga –sh, -ish, -lash qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi: ikkovlashib ishlashdi, o‘qituvchidan so‘rashdi, ko‘rgani kelishdi, ashula aytishdi, opa-uka suhbatlashdi, tabiat haqida so‘zlashdi, hovlini supirishdi kabi. Masalan: O‘qituvchi dars qoldirayotgan talabalar bilan suhbatlashdi. Ular boshqa dars qoldirmaslikka so‘z berishdi.
Orttirma nisbatdagi fe’llar ish-harakatning amalga oshishida boshqa biror shaxs yoki narsa vosita bo‘lishini ifodalaydi. Bu nisbat fe’llarga –t, -dir, -tir, -ar, -ir, -giz (-kiz, -qiz, -g‘iz), -gaz, (-kaz, -qaz) qo‘shimchalaridan mosini qo‘shib hosil qilinadi: she’rni o‘qit, bog‘da ishlat, bolalarni kuldir, matnni yozdir, kalitni toptir, otni choptir, xonani supirtir, tomga chiqar, qushlarni uchir, ovqatni pishirtir, mashinani yurgiz, dog‘ni ketkiz, stulga o‘tqiz, uyqudan turg‘iz, suhbat o‘tkaz, ko‘chat o‘tqaz kabi. Masalan: Gulnora ukasiga ertak o‘qityapti. Mushuk daraxtga chiqib, qushlarni uchirdi.
Fe’lning xoslangan shakllari. O‘zbek tilida fe’lning uchta xoslangan (funksional) shakli mavjud. 1. Harakat nomi. 2. Sifatdosh. 3. Ravishdosh.
Harakat nomi fe’lning ot va fe’lga xos xususiyatlarga ega shaklidir. Biroq u fe’ldan ko‘ra ot so‘z turkumiga xos xususiyatlarni o‘zida ko‘proq namoyon qiladi. SHu sababli, ko‘plik, egalik, kelishik qo‘shimchalarini oladi hamda gapda otga xos sintaktik vazifalarni bajarib keladi. Harakat nomi fe’l o‘zagi yoki negiziga –sh, -ish, -v, -uv, -moq qo‘shimchalaridan birini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Inkor shakli esa –maslik qo‘shimchasi bilan hosil bo‘ladi. Masalan: ishlash, ishlamaslik, ishlov, ishlamoq, to‘qish, to‘quv, to‘qimoq, to‘qimaslik, o‘qish – o‘qishlar – o‘qishim – o‘qishimni kabi.
Sifatdosh o‘zida sifat va fe’lga xos xususiyatlarni namoyon qila oladigan fe’l shaklidir. Sifatdosh fe’lga –gan (-kan, qan), -r, -ar, -vchi,-uvchi qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi: o‘qigan kitobim, kelgan mehmonlar, ekkan daraxtingiz, taqqan galstugi, oqar suv, aytar gap, yashar joyini, fikrlovchi kishiga, bog‘chada ishlovchi ayollar kabi. Masalan: Men o‘qigan kitoblarimining ro‘yxatini yozib boraman. Bultur ekkan daraxtlarimizning barchasi gulladi.
Sifatdosh gapda, asosan, aniqlovchi, kesim, otlashganda esa boshqa bo‘laklar vazifasida ham kela oladi.
Ravishdosh fe’lga –b, -ib, -a, -y, -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, quncha), -gani (-kani, -qani) qo‘shimchalaridan mosini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Uning inkor shakli –ma, -may, -masdan qo‘shimchalari yordamida hosil bo‘ladi. Ravishdosh fe’lning ravish va fe’lga xos belgilarga ega shakli hisoblanadi: turib gapirdi, o‘ylab ayting, yura-yura charchadi, o‘qiy-o‘qiy o‘rgandi, kelgach, ekkach, chiqqach, uyga borguncha, ko‘ylagini tikkuncha, qo‘ylarni boqquncha, to‘yga aytgani, chiqindilarni to‘kkani, nishonlarini taqqani kabi. Masalan: O‘ynab aytsang ham, o‘ylab ayt. Men yangi va qiyin so‘zlarni takrorlay-takrorlay yodlab olar edim.
Fe’llarning yasalishi. O‘zbek tilida fe’llar ikki usul bilan yasaladi. 1. Morfologik usul. 2 Sintaktik usul.
Morfologik usul bilan sodda yasama fe’llar hosil bo‘ladi. Quyidagi qo‘shimchalar sodda fe’llar yasaydi: -la, -lan, -lantir, -lashtir, -y, -a, -r, -ar, -i, -sira, -illa. Masalan: so‘zla, ishla, kuyla, rohatlan, shubhalan, hayajonlan, suhbatlash, harbiylash, keskinlash, chetlat, tomchilat, qoyillat, kuchsizlantir, sho‘rsizlantir, yuqumsizlantir, elektrlashtir, ixtisoslashtir, rasmiy-lashtir, qoray, zo‘ray, ozay, keksay, ko‘kar, qisqar, eskir, boyi, tinchi, yangila, suvsira, xavfsira, begonasira, qarsilla, yaltilla, chiyilla kabi.
Sintaktik usul bilan qo‘shma va juft fe’llar yasaldi. Qo‘shma fe’llar: ishlab chiqarmoq, sotib olmoq, olib chiqmoq, olib ketmoq, bayon etmoq, qarshi olmoq, qo‘l qo‘ymoq, kasal bo‘lmoq kabilar. Qo‘shma fe’llarni ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shimchalaridan farqlash lozim. O‘zbek tilida faqat ko‘makchi fe’l bo‘ladigan so‘zlar yo‘q. Ol, tur, yur, o‘tir, bo‘l, bitir, yot, boshla, ber, qol, qo‘y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, o‘t, ko‘r, qara kabi mustaqil ma’noli fe’llar ko‘makchi fe’l vazifasini bajarib kelishi mumkin. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida oldin kelgan so‘z yetakchi, keyin kelgan so‘z ko‘makchi fe’l sanaladi. Mazmun yetakchi fe’l orqali yetkazilib, ko‘makchi fe’l, nomi aytib turganidek, unga yordam beradi. Ba’zan yetakchi fe’l bitta bo‘lgani holda, ko‘makchi fe’l bir necha bo‘lishi ham mumkin. Ko‘makchi fe’lsiz ham yetakchi fe’lning o‘zi fikrni ifodalashi mumkin bo‘ladi. Qo‘shma fe’llarning tarkibini esa ajratish mumkin emas. Ular birgalikda yangi ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari: o‘qib tur, o‘qib ol, o‘qib bo‘l, o‘qib yur, o‘qib o‘tir, o‘qiy boshla, o‘qib qo‘y, o‘qib chiq, o‘qib kel, o‘qib yubor, o‘qib tashla, o‘qib ko‘r kabi.
Juft fe’llar ikki har xil fe’lning o‘zaro teng aloqaga kirishuvidan hosil bo‘ladi: oldi-qo‘ydi, bordi-keldi, yozdi-oldi, aytdi-qo‘ydi, oldi-qoldi, keldi-ketdi kabi. Ular har doim chiziqchabilan yoziladi.
O‘zbek tilida o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’llari mavjud bo‘lib, ular gap tarkibida fe’llar va fe’l bo‘lmagan so‘zlar bilan birga qo‘llanadi: kelgan – kelgan edi, o‘qigan – o‘qigan ekan, yozgan – yozgan emish, o‘qituvchi – o‘qituvchi edi, haydovchi – haydovchi ekan, yolg‘onchi – yolg‘onchi emish, yozgan – yozgan emas, chiroyli – chiroyli emas. To‘liqsiz fe’llar o‘zi ergashib kelgan so‘zga turli qo‘shimcha ma’nolar berish uchun xizmat qiladi.
Fe’llarning sintaktik vazifasi. Fe’llar gapda, asosan, kesim vazifasini bajaradi: Gulbahor bu yil universitetning iqtisodiyot fakultetini bitirdi.
Fe’lning xoslangan shakllari gapda boshqa sintaktik vazifalarni ham bajarib kela oladi. Harakat nomi ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol vazifalarini bajaradi.
Ega: Yolg‘on gapirish – insonning obro‘yini to‘kadi.
Kesim: Maqsadimiz – farovon yashash.
To‘ldiruvchi: Jazirama yozda daryoda maza qilib suzishni kim yoqtirmaydi!?
Aniqlovchi: Oftobda toblanishning kishi sog‘lig‘iga foydasi katta.
Hol: Biz bu yerga ilm o‘rganish uchun kelganmiz.
Sifatdosh, asosan, aniqlovchi, kesim, otlashganda esa ega, to‘ldiruvchi, undalma, qaratqichli aniqlovchi vazifalarida keladi.
Aniqlovchi: Aytilgan gap – otilgan o‘q.
Kesim: Bu gap ming marta aytilgan.
Ega: Mehnat qilgan – rohat ko‘radi.
To‘ldiruvchi: Yolg‘on gapiradiganlarni kim ham yoqtiradi.
Undalma: Kech qolganlar, dekanning nomiga tushuntirish xati yozasizlar.
Qaratqichli aniqlovchi: Betga aytganning zahri yo‘q.
Ravishdosh gapda asosan hol, ba’zan kesim vazifalarida keladi.
Hol: Biz bugun futbol tomosha qilgani stadionga bormoqchimiz.
Kesim: Qo‘ng‘iroq chalingach, hamma o‘quvxonalari tomon shoshildi. To‘yning vahimasi boshlanguncha.
RAVISH. HOLAT RAVISHLARI. PAYT RAVISHLARI. O‘RIN RAVISHLARI. DARAJA-MIQDOR RAVISHLARI. SABAB RAVISHLARI. MAQSAD RAVISHLARI. RAVISHLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI.
O‘zbek tilida ham, rus tilida ham ravish turkumiga oid so‘zlar ish-harakat yoki holatning belgisini ifodalash uchun xizmat qiladi. Rus tilida ravishga oid so‘zlar hech qanday qo‘shimchalarni olmaydi va, shunga ko‘ra, ular o‘zgarmasdir. O‘zbek tilida esa ravishlarga ayrim qo‘shimchalarni qo‘shish mumkin: erta – ertaga – ertadan, nari – nariga – narida – naridan, kechqurun – kechqurungacha, hozir – hozirdan – hozirdanoq kabi.
Ravishlar anglatgan ma’nolariga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Holat ravishlari. 2. Payt ravishlari. 3. O‘rin ravishlari. 4. Daraja-miqdor ravishlari. 5. Sabab ravishlari. 6. Maqsad ravishlari.
Holat ravishlari ish-harakatning qay holatda, tarzda, qanday qilib bajarilishini anglatadi: tez, asta, sekin, jim, yayov, piyoda, xomligicha, darrov, darhol, birdan, birga, qo‘qqisdan, majburan, tasodifan, astoydil, yaqqol, mardlarcha, qahramonlarcha, qatorasiga, bittalab, birma-bir, yonma-yon, arang, zimdan, qiyg‘os, zo‘rg‘a, boshqacha, qushday, askardek, odamday va hokazo.
Holat ravishlari gapda tarz holi, aniqlovchi, kesim vazifalarida keladi. Masalan: Ikki o‘rtoq sanoat mollari do‘konigacha yonma-yon suhbatlashib borishdi. Qip-qizil gilamdek lola-qizg‘aldoqlar tovlanib ko‘zni qamashtiradi. Auditoriya suv qo‘ygandek jim, hamma sukutda.
Payt ravishlari ish-harakatning bajarilish paytini bildiradi: erta, indin, bugun, kecha, avval, hamisha, hali, hanuz, keyin, so‘ng, so‘ngra, ilgari, ertalab, endi, tunov kun, bultur, qadim, oldin, allaqachon, hamon, kechasi, yiliga, tezdan, yaqinda, hech qachon, dastlab, kunduzi, har kuni, kuni bilan, hozir, yildan-yilga, erta-indin, qishin-yozin, doim, har vaqt kabi. Payt ravishlari gapda payt holi bo‘lib keladi. Masalan: Bu xatni egasiga shu bugunoq yetkazish kerak.
O‘rin ravishlari ish-harakatning bajarilish o‘rnini, yo‘nalishini bildiradi: quyida, nari, beri, u yoqqa, bu yoqqa, allaqayerda, allaqayerga, allaqayerdan, unda-bunda, hech yoqqa, olg‘a, shu yerda, har yerda, o‘rtada, ichkari, tashqari va hokazo. O‘rin ravishlari gapda o‘rin ravishi vazifasini bajaradi. Masalan: Qo‘shnimiz har kuni ertalab allaqayerga borib keladi.
Daraja-miqdor ravishlari ish – harakatning bajarilish darajasini, miqdorini ko‘rsatadi. Ma’nosiga qarab ularni ikki turga bo‘lish mumkin.
1. Daraja ravishlari: juda, g‘oyat, g‘oyatda, nihoyatda, obdan, rosa, aslo, har qancha, ozmuncha, sira, hech, benihoya, eng, tamoman, uncha, o‘ta, zir, asti, zinhor, hargiz, hadeganda va hokazo.
2. Miqdor ravishlari: ko‘p, oz, kam, bir oz, picha, qittak, xiyol, yana, tag‘in, sal-pal, jindek, mo‘l va hokazo.
Daraja-miqdor ravishlari gap tarkibida daraja-miqdor holi vazifasini bajarib keladi. Shuningdek, kesim, aniqlovchi, otlashganda esa ega, qaratqichli aniqlovchi va to‘ldiruvchi bo‘lib kela oladi. Masalan:
Hol: Bu gaplarni zinhor birovga ayta ko‘rma.
Aniqlovchi: Ko‘p gap eshakka yuk, tezroq ishni tugatish kerak.
Kesim: Ishyoqmasning bahonasi ko‘p.
Ega: O‘ylaymanki, ko‘plar bu gapdan mutlaqo bexabar.
Qaratqichli aniqlovchi: Ko‘pning fikriga qarshi borib bo‘lmaydi.
To‘ldiruvchi: Ozni ham, ko‘pni ham qanoatli, sabrli odam topadi.
Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi: noiloj, chor-nochor, noilojlikdan, chorasizlikdan. Sabab ravishlari gapda sabab holi vazifasida keladi. Masalan: Bu xabarni eshitib, men noiloj darvozadan qaytishga majbur bo‘ldim.
Maqsad ravishlari ish-harakatning bajarilishidan ko‘zda tutilgan maqsadni ifodalaydi: atay, atayin, ataylab, jo‘rttaga, qasddan kabi. Maqsad ravishlari gapda maqsad holi bo‘lib keladi. Masalan: Kecha ular ikkovi atayin ishxonamga qidirib kelishgan ekan.
Ravishlarning ayrimlari sifatlar kabi belgini darajalab ko‘rsata oladi: tez yurmoq, tezroq yurmoq, juda tez yurmoq; ko‘p tutmoq, ko‘proq tutmoq, nihoyatda ko‘p tutmoq; sekin suzmoq, sekinroq suzmoq, juda ham sekin suzmoq kabi.
Ravishlar ham morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi.Quyidagi qo‘shimchalar yordamida morfologik usul bilan sodda yasama ravishlar hosil bo‘ladi: -cha, -lar, -lab, -ona, -an, -ligicha, -lay, -dek, -day, -chasiga. Misollar: o‘zbekcha, yangicha, hozircha, mardlarcha, do‘stlarcha, qarindoshlarcha, yillab, oylab, tonnalab, do‘stona, oqilona, mardona, taxminan, majburan, xayolan, xomligicha, butunligicha, ko‘kligicha, yoshlay, tiriklay, yashinday, o‘qdek, yigitchasiga, qishloqchasiga, ochiqchasiga kabi.
Sintaktikusul bilan qo‘shma va juft ravishlar yasaladi: birmuncha, birvarakay, har vaqt, bir lahza, hech qachon, har zamon, shu yerda, tunov kun, asta-sekin, uzil-kesil, erta-kech, kecha-kunduz, kundan-kunga, yuzma-yuz, rang-barang, ko‘chama-ko‘cha kabi.
YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI
Yordamchi so‘zlar nutqda mustaqil so‘zlar orasidagi grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular sirasiga bog‘lovchilar, yuklamalar va ko‘makchilarni kiritish mumkin.
Bog‘lovchilar gapning uyushiq bo‘laklarini hamda qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Bog‘lovchilarni vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘lish mumkin. 1. Teng bog‘lovchilar: va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, yo, yoki, yoxud, yoinki, goh. goh, dam. dam, ba’zan. ba’zan, ham. ham. 2. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar: chunki, shuning uchun, negaki, toki, go‘yo, go‘yoki, gar, agar, agarda, basharti, garchi, garchand, -ki, -kim. Masalan: Bugun biz o‘zbek tili darsida matn tarjima qildik va mashqlar ishladik. Kecha havo bulut bo‘ldi, ammo yomg‘ir yog‘madi. Yo‘lda avtobus buzildi, shuning uchun men darsga o‘n daqiqa kech qoldim.
Yuklamalar butun bir gapga yoki uning ayrim bo‘laklariga turli qo‘shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1. Qo‘shimcha yuklamalar: -mi, -chi, -a, -ya, -ku, -gina, -da, -oq, –yoq. 2. So‘z yuklamalar: hatto, faqat, axir, xuddi, naq, ham, nahotki. So‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish xususiyatlariga ko‘ra yuklamalarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin.
1. Ko‘chaytiruv yuklamalari: hatto, hattoki, axir, nahotki, ham, -ku, -u, -yu, -da, -oq, -yoq.
2. Chegaralov yuklamalari:faqat,faqatgina,-gina(-kina,-qina).
3. So‘roq yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya.
4. Aniqlov yuklamalari: xuddi, naq.
Masalan: Siz «Turkiston» gazetasiga obuna bo‘ldingizmi? O‘zingiz-chi?
Ko‘makchilar ot yoki otlashgan so‘zlarga bog‘lanib, uning boshqa bo‘laklar bilan munosabatini ifodalaydi. Ko‘makchi o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘lib, birgalikda bir gap bo‘lagi vazifasida keladi. Ko‘makchi o‘zi mustaqil holda gap bo‘lagi bo‘la olmaydi. Ko‘makchilar vazifasiga ko‘ra rus tilidagi predloglarga yaqin turadi. Ko‘makchilar grammatik ma’nolariga ko‘ra uch turga bo‘linadi. 1. Sof ko‘makchilar. 2. Ot ko‘makchilar. 3. Fe’l ko‘makchilar.
Sof ko‘makchilarga quyidagilar kiradi: bilan, uchun, kabi, singari, sayin, sari, uzra.
Ot ko‘makchilar: tomon, tashqari, burun, ilgari, keyin, so‘ng, old, huzur, orqa, ket, yon, o‘rta, ora, ich, tag, ost, ust, tepa, to‘g‘ri, haq, xusus, yuza, bo‘y va hokazo.
Fe’l ko‘makchilar: ko‘ra, yarasha, qarab, boshlab, tortib, qaramay, qaraganda, osha, bo‘ylab va hokazo. Masalan: Bir guruh talabalar hozirgina kutubxona tomon o‘tishdi. Ikkinchi kurs talabalari birinchi kurs talabalariga qaraganda ancha tajriba orttirgan bo‘lishadi.
ALOHIDA GURUH SO‘ZLAR TURKUMI
O‘zbek tilida mustaqil so‘zlarga ham, yordamchi so‘zlarga ham kirmaydigan, o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan ham ajaralib turadigan uch toifa so‘zlar turkumi bor. Ularni shartli ravishda alohida guruh so‘zlar turkumiga ajratish mumkin. Bularga undov so‘zlar, taqlid so‘zlar va modal so‘zlarni kiritish mumkin. Bu guruhlarga mansub so‘zlar lug‘aviy ma’no ifodalamasa-da, undov va taqlid so‘zlar gap tarkibida ma’lum sintaktik vazifalar bajarib keladi, so‘zlovchining o‘z fikriga, atrofdagilarga munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Undov so‘zlar kishilarning his-tuyg‘ularini, hayvon va parrandalarga nisbatan buyruq-xitoblarini ifodalaydi. Undov so‘zlarni ikki turga bo‘lish mumkin.
1. His-tuyg‘u undovlari: eh, oh, uh, himm, be, xo, hech, ey, ho, uf, tuf, dod, voy, hah, obbo, ura, o‘ho‘, e-ha, e-he, i-i, iye, huv, hov, hoy, hey, tss, marsh, bas, hormang, bor bo‘ling, rahmat, qani, allo, salom, xayr, ofarin, balli, qulluq, brakalla va hokazo.
2. Buyruq-xitob undovlari: beh-beh-beh, tu-tu-tu, chigi-chigi, quray-quray, kuch-kuch, bah-bah, mah-mah, pish-pish, mosh-mosh, xix, ishsh, kisht, chuh, chu, hayt, cho‘k-cho‘k, drr, trr, tak-tak, tek, pisht, tur, chak, cha, xo‘o‘sh, ho‘o‘k va hokazo.
Taqlid so‘zlar rus tilida o‘zbek tilidagi kabi keng qo‘llanmaydi. O‘zbek tilida atrofimizdagi turli-tuman narsalar, jonli va jonsiz tabiat tovushlari, shu’la-harakatga nisbatan taqlidan hosil qilingan so‘zlar mazkur turni tashkil etadi. Ularni ikki turga bo‘lish mumkin. 1. Tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar. 2. Shu’la-harakatga taqlidni bildiruvchi so‘zlar.
Tovushga taqlid so‘zlar: qars, tars, tiq, taq, duk, kurt-kurt, kirt-kirt, g‘ichir, shtir, g‘iyq, vishsh, vizz, g‘uv-g‘uv, parr, qarr, g‘a-g‘a, g‘aq-g‘aq, g‘a-qa-qa, qo‘q-qo‘qo‘q-qo‘o‘, vaq-vaq, miyov, ang-ang, mee, mo‘o‘, irr, uvv, vov, bidir-bidir, qult-qult, kasir-kusir, inga-inga, shivir-shivir, shaqir-shuqur, g‘ir-g‘ir va hokazo.
Shu’la-harakatga taqlid so‘zlar: yalt, yult, yarq, lim-lim, bij-bij, vij-vij, gir-gir, hang-mang, lapang-lapang, lang va hokazo.
Modal so‘zlar har ikkala tilda ham so‘zlovchining o‘z nutqiga bo‘lgan munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. O‘zbek tilida quyidagi so‘zlar modal so‘zlar sanalib, ular gapda kirish bo‘lak vazifasida keladi: albatta, haqiqatan, tabiiy, balki, chamasi, ehtimol, aftidan, shubhasiz, darhaqiqat, shekilli, mazmuni, aslida, rostdan, hoyna-hoy, o‘z-o‘zidan, har qalay, har holda, so‘zsiz, shaksiz, darvoqe va hokazo.
SO‘Z TARKIBI VA SO‘ZLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI
So‘z tarkibi. So‘zning bo‘linmas, eng kichik ma’noli qismi morfema deyiladi. Morfemalar so‘zning ma’nosiga munosabati jihatdan ikki turga bo‘linadi. 1. O‘zak morfema. O‘zak morfema lug‘aviy ma’no ifodalaydi: ish, kishi, ko‘z, sigir, to‘rt, kel, yugur, asta, sariq, og‘ir kabi. 2. Qo‘shimcha morfema. Qo‘shimcha morfema o‘zi mustaqil holda lug‘aviy ma’no ifodalamaydi. So‘zga birikib kelib, yangi ma’noli so‘z yasaydi, uning asl ma’nosiga har xil ma’nolar beradi yoki so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi: bola-lar, bola-gina, un-tacha, kel-moqda, bor-moqchi, gul-zor, kuz-gi, qish-ki, kel-guncha, chiq-qach kabi.
So‘zning asosini o‘zak tashkil qiladi. O‘zakka yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan negiz hosil bo‘ladi: paxta-kor, paxta-zor, paxta-chi, paxta-li; ish-chi, ish-chan, ish-la, ish-siz, ish-xona kabi.
Qo‘shimcha morfemalar vazifasiga ko‘ra uch xil bo‘ladi. 1. So‘z yasovchi morfemalar. 2. Shakl yasovchi morfemalar. 3. So‘z o‘zgartuvchi morfemalar.
So‘z yasovchi qo‘shimcha (morfema)lar o‘zakka qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z yasaydi. Bunday qo‘shimchalar yordamida ot, sifat, fe’l va ravish turkumiga oid so‘zlar yasaladi. 1. Ot yasovchi qo‘shimchalar: –chi, -kor, -shunos, -kash, -xon, -do‘z, -gar, -soz, -paz, -boz, -xo‘r, -parast, -dor, -bon, -dosh, -don, -xona, -ma, -ch, -obod.
2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar: -li, xush-, bad-, sur-, ba-, be-, no-, -mand, -siz, -chan, -chak, -ag‘on, -mon, -gi, -ki, -qi, -mas, -iy, -viy, -simon, -parvar, -aki, -bop.
3. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar: -la, -lan, -lash, -illa, -ira, -a, -ay, -y, -ar, -r, -sira, -i, -ik, -iq, -t.
4. Ravish yasovchi qo‘shimchalar: -cha, -larcha, -chasiga, -siga, -iga, -ona, -lab, -an, -chang, -lay.
Shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zning lug‘aviy ma’nosini butunlay o‘zgartirmay, unga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladi. Bunday qo‘shimchalar barcha mustaqil so‘z turkumlariga kiruvchi so‘zlarga qo‘shilib kelishi mumkin. Ot so‘z turkumiga xos so‘zlarga: dala-lar, qiz-gina, buzoq-cha, toy-choq, kelin-chak, bo‘ta-loq kabi. Sifat so‘z turkumiga xos so‘zlarga: oq-ish, katta-roq, ko‘k-imtir, qora-mtir, sariq-qina, kichik-kina, yengil-gina. Son so‘z turkumiga xos so‘zlarga: o‘n-ta, yuz-tacha, ming-larcha, million-lab, besh-tadan, uch-ov, to‘rt-ovlon, uch-ala kabi. Olmosh so‘z turkumiga xos so‘zlarga: kim-dir, alla-nima. Fe’l so‘z turkumiga xos so‘zlarga: o‘qi-t, yoz-dir, kel-sa, bor-di, ayt-gin, ko‘r-sin, art-ish, sur-moq, ol-moqchi, tur-gan, kul-ib kabi. Ravish so‘z turkumiga xos so‘zlarga: bugun-oq, ertaga-yoq, kech-roq, ko‘p-gina kabi.
So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar so‘zlarning nutqda o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvlarini ta’minlash uchun xizmat qiladi. So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: 1. Kelishik qo‘shimchalari: -ning, -ni, -ga, -ka, -qa, -da, -dan.2. Egalik qo‘shimchalari: -m, -im, -ng, -ing, -si, -i, -miz, -imiz, -nigiz, -ingiz, -lari.3. Fe’llardagi shaxs-son qo‘shimchalari: -man, -san, -ti, -miz, -siz, -tilar, -m, -ng, -k, -ngizkabi. Bunday qo‘shimchalar yangi so‘z ham yasamaydi, so‘zga qo‘shimcha ma’no ham bermaydi. So‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Masalan: Men universitet-da o‘qiy-man. Dars-imiz soat o‘n-da boshlana-di.
So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. O‘zbek tilida so‘zlar tuzilishiga ko‘ra uch turga bo‘linadi. 1. Sodda so‘zlar. 2. Qo‘shma so‘zlar. 3. Juft so‘zlar.
Sodda so‘zlar ham o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi. 1. Sodda tub so‘zlar. 2. Sodda yasama so‘zlar. Sodda tub so‘zlar birgina o‘zakdan tashkil topib, tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmaydi: bog‘, bog‘lar, bog‘larda, bog‘lardadir. Sodda yasama so‘zlar tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi: bola-li, bola-siz, bola-lik, bola-larcha, bola-simon, bola-dek kabi.
Qo‘shma so‘zlar ikki va undan ortiq so‘zning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘ladi. 1. Qo‘shma otlar: gultojixo‘roz, gulhamishabahor, suvilon, toshbaqa, tog‘olcha, Oqdaryo, Qiziltepa, O‘rta Osiyo, Quyi Chirchiq, Past Darg‘om, Kattaqo‘rg‘on kabi. 2. Qo‘shma sifatlar: sohibjamol, mehmondo‘st, o‘zbilarmon, qo‘lbola, ustabuzarmon, tinchliksevar, ertapishar, hozirjavob kabi. 3. Qo‘shma fe’llar: sotib olmoq, javob bermoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, bayon etmoq, qo‘l qo‘ymoq, himoya qilmoq, qaror qilmoq kabi. 4. Qo‘shma ravishlar: bir oz, har zamon, bir yoqqa, hech qachon, har qachon, biryo‘la, ozmuncha, allaqayda, shu yerda, o‘tgan kuni, hamma vaqt kabi.
Juft so‘zlar ikki har xil so‘zning o‘zaro teng bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Nutqda juftlanib yoki takror holda qo‘llanish barcha mustaqil so‘z turkumlariga xos xususiyatdir. Juft otlar: ota-ona, er-xotin, kuch-quvvat, tog‘-tosh, gap-so‘z, kiyim-kechak, temir-tersak, g‘ala-g‘ovur, shovqin-suron kabi. Juft sifatlar: oq-qora, katta-kichik, baland-past, yaxshi-yomon kabi. Juft sonlar: besh-olti, qirq-ellik, bir-ikki, o‘n besh-o‘n olti, bir-ikki yuz, o‘n besh – yigirma. Juft olmoshlar: sen-men, siz-biz, u-bu, shu-shu, o‘sha-o‘sha. Juft fe’llar: oldi-ketdi, ketdi-bordi, aytdi-qo‘ydi, o‘tdi-ketdi, qirdi-tashladi. Juft ravishlar: asta-sekin, erta-kech, eson-omon, kecha-kunduz, uzil-kesil, qishin-yozin kabi.
Xitoy tili morfologiya sohasi tarixiy bosqichlari
1.So‘zning morfologik strukturasi.
3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar
Tayanch iboralar: morfologiya, so‘z turkumlari, mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar, ko‘makchilar, bo ғ lovchi, artikl’, predlog, yuklamalar, so‘zlarning analitik shakli, grammatik kategoriyalar, sintetik vositalar, analitik vositalar, agglyutinatsiya, xususiy ma`nolar, birlik va ko‘plik, sintetik grammatik kategoriyalar, analitik grammatik kategoriyalar, aralash grammatik kategoriyalar, kelishik kategoriyasi, egalik kategoriyasi, grammatik jins (rod) kategoriyasi, feminin turlar, maksulin turlar, neytral turlar, sintaktik vazifa, kelishik kategoriyasi, fe`l kategoriyalari, so‘z turkumlari, so‘z turkumlarining kategorial belgilari, strukturalistlar, so‘zlar distributsiyasi, so‘z tartibi, so‘zlarning gapdagi o‘rni, so‘z turkumlarining semantik, morfologik, sintaktik va so‘z yasalish belgilari, so‘zlarning analitik shakli, nominativ va ob`ektiv kelishik,so‘z nomlar .
1.So‘zning morfologik strukturasi.
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta`limdir. So‘zlarni so‘z turkumlariga ajratish nazariyasining printsiplari quyidagilar:
1. So‘z turkumlarining kategorial belgilari
2. So‘zlarini turkumlarga ajratish printsiplari
3. Turli tillarda so‘z turkumlari
Turkumlarga va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi.
Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holcha o‘rganib bo‘lmaydi. Tilshunoslik fanining rivojlanib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan.
Narsa, predmet va hodisalarni turkumlarga ajratish uchun ma`lum o‘lchovlar, shartlar, mezonlarga asoslanish kerak.
Bu muammoni echish tarixini hozirgi vaqtga kelib shartli ravishda uch asosiy etapga ajratish mumkin:
1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr
2. Strukturalizm davri
3. Strukturalizmdan keyingi, ya`ni hozirgi davr.
Birinchisi uch belgiga asoslanagan:
– so‘zlarning leksik ma`nosi
– so‘zlarning morfologik belgilari, ya`ni so‘zning grammatik shakli
– so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi.
Strukturalistlar esa so‘zlarni distributsiyasini asosga oldilar. So‘zning distributsiyasi deganda so‘zning chap va o‘ng tomondan aloqaga kirishi mumkin bo‘lgan hamma imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Amerika strukturalistlari ana shu qarashni-so‘zlar distributsiyasini tavsiya qildilar. Mas., CHarlz Frizning fikricha, ingliz tilida so‘zning ma`nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga qarab, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniq aytish mumkin. Bunda u ingliz tilidagi gaplarda so‘z tartibining qat`iy ekanligiga asoslanadi.
SHu tarzda u to‘rt mustaqil so‘z turkumini va o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlaydi. Mana shu asosda CHarlz Friz ingliz tilida so‘z turkumi so‘zlarning gapda tutgan o‘rniga bo ғ liq, degan xulosaga keladi.
Bu tavsiyaning ma`lum qiyinchiliklari mavjud:
1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi.
2.Mazmun inkor etiladi. Binobarin forma va mazmun dialektikasi buziladi.
So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar:
1.So‘z turkumlarining semantik belgisi.
2.So‘z turkumlarining morfologik belgisi.
3.So‘z turkumlarining sintaktik belgisi.
4.So‘z yasalish belgisi.
So‘z turkumlarining semantik belgisi deganda, so‘zlarning konkret ma`nolari emas, balki uning umumlashgan ma`nosi nazarda tutiladi. Mas., uy, mars, yalpiz, do‘stlik, quyosh. Ularning har biri garchi konkret ma`nolarni anglatsa-da, bu printsipda umumiy ma`no, ularning predmetlik ma`nosi nazarda tutiladi. CHekmoq, o‘qimoq, yozmoq, turmoq so‘zlarining konkret ma`nolari har xil. Hammasiga xos bo‘lgan umumiy ma`no ish-harakatdir.
So‘z turkumlarining morfologik belgisi yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, mazkur so‘zlarga xos forma yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma yasovchi-so‘z formalarini hosil qiluvchilar -lar, fe`l-yap; so‘z o‘zgartiruvchi-forma yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalaydigan turi tushiniladi: s., kelishik affikslari, shaxs-son affikslari. Mas., qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt so‘zlarini olamiz va ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz:
Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi. Otlar gapda barcha gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin. Sifatlarning sintaktik vazifasi chegaralangan.
So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik belgi hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi.Mas., predmet, narsa-belgi-sifat–harakat-fe`l singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi.
Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor.
So‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan kategorial belgilari so‘z turkumlari nazariyasining birinchi printsiplarini tashkil qiladi. Misollar: rus tilida semantik belgi bilan bir qatorda morfologik belgi ham etakchidir. Xitoy tillari oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy, vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek tilida morfologik va semantik belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi.
2.Morfemika. So‘z yasalishining grammatika bilan boғliqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.
Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlari haqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yiғindisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq). YAna: yuvmoq — yumoq (u ko‘ylakni yuvgan-yugan), to‘zғi-to‘zi (-ғi va -i), qo‘zғa va to‘zғi (-ғa va ғi), to‘zidi—to‘zғidi—to‘zғoq (to‘zi va to‘z, qo‘zi va qo‘z, qazi va qaz: qaziғan—qazgan), -gancha va -guncha (Bu formalar keyinroq differentsiatsiyaga uchragan), kuchuk uvladi—Bo‘ri ulidi (uv va u, -la va -li). Anglashiladiki, morfema deganimizda (o‘zak morfema ham, affiksal morfema ham), yuqoridagi kabi yaqin — o‘xshash morflarning yiғindisini ko‘zda tutamiz, shu har xil ko‘rinishlarning umumiy atalishini anglaymiz (lekin ma`lum morfologik modelga ko‘ra regulyar takrorlanadigan variantlar morf sanalmaydi). Morfema sostaviga ko‘ra, ko‘pincha, umumlashtirib aytganda, fonemalar kompleksidan, ba`zan bir fonemadan iborat bo‘ladi (har bir konkret ko‘rinishga nisbatan aytganimizda morf fonemadan iborat bo‘ladi), bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, (bir xil ma`noda), muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq fe`llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funktsiyasi bir xil, lekin bular orasida material yaqinlik-o‘xshashlik yo‘q, demak, bular sinonim affikslardir.
Morfemalar funktsiyasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so‘z yasovchi affikslar (derivatsion affikslar. Bunday so‘z yasash derivatologiya deyiladi) va so‘z o‘zgartuvchilar (relyatsion affikslar) tusidagi klassifikatsiyasi shu holatga asoslanadi. Bu hodisa so‘z yasalishi (affiksal) bilan paradigmatika orasida formal o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi. Masalan, temir + chi (affiks orqali so‘z yasash)—temir+-ni (affiks orqali forma yasash: bir so‘zning formasini (keng ma`noda) hosil qilish). Ko‘rinadiki, «yasash» so‘zi har ikki ma`noda ham, umuman, hosil qilish (bir-biridan hosil qilish) ma`nosida umumiy nom bo‘lib qo‘llanadi. Bu so‘z: 1.uzum—uzum + ni, uzum+ga kabi hollarda so‘zning formasini hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Har bir so‘z ma`lum bir formada bo‘ladi (uzum—nol’ forma, uzumni—tushum kelishigi formasi va b.), u shu hamma formalarning jamini o‘z ichiga olgan, umumlashtirgan birlik sanaladi. Uning hamma ko‘rinishlari bir so‘zning turli formalari sanaladi. Bundagi affikslar (-ni, -ga, -dan kabi) sintaktik funktsiyani bajaradi: so‘zlarni bir-biriga boғlaydi, so‘zning qo‘shilmadagi—gapdagi va so‘z birikmasidagi—sintaktik vazifasini ko‘rsatadi. Demak, bu formalar orasidagi har xillik grammatik farqdir. Bundagi ma`no grammatik bo‘lib, so‘zning leksik ma`nosi o‘zgarmagan. 2. Uzum—uzum + chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funktsiyani bajaradi: yangi leksik birlik hosil qiladi. Bunda juft (affiks qo‘shilmagan holat bilan affiks qo‘shilgan holat: uzum—uzumchi) orasidagi farq semantik plandagi farqdir. Demak, bu o‘rinda affiksatsiya orqali tuғilgan ikki hodisani ko‘ramiz: 1. Affiks—yangi so‘z yasash vositasi (uzum + chi). 2. Affiks—so‘z formasi hosil qilish vositasi. «YAsash, yasama» so‘zlari bu hodisalarning hammasi uchun ham—«hosil qilish, tuғdirish, yaratish» kabi ma`nolarda qo‘llanadi, lekin termin sifatida yangi so‘z yaratish ma`nosi uchun xoslangan: yasama so‘z (yasama so‘zi —sifat), yasalma (yasalish natijasida hosil bo‘lgan so‘z — yasalma so‘z, yasalma termini — ot).
Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildag i so‘z yasash modellari asosida yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak-iegiz) +chi affiksi (kran+chi), ot + soz (samolyotsoz); sifatning ma`lum turlarini yasashning modellarn: ot+li (bolali), fe`l + q (ochiq); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot + ot (non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat), sifat+ot (ko‘k qar-ғa); abstrakt ma`noli otlarning yasalish modellari: sifat + lik (yaxshilik, kattalik), ravish + lik (tezlik); natija otlarining yasalish modellari: fe`l+m (to‘plam, boғlam), fe`l + n (tugun, bo‘ғin) va b.
So‘z yasash modellari, umuman, hosil qilish, yaratish sxemasi — andazasi ma`nosidagi umumlashgan, abstrakt hodisadir. Buning ayrim xususiyatlari: 1) yasalish modeli bir xil bo‘lgan so‘zlar struktura va ma`no tomonidan o‘xshash bo‘ladi; 2) so‘z yasash modellarining unumli yo unumsiz bo‘lishi uning—shu strukturadagi mo delning yangi yasalma hosil qilish yo hosil qilmasligidandir. Masalan, qo‘shma so‘zning sifat+ot, ot+ot modellari unumli, uning izofa bilan hosil bo‘lishi (fasli bahor tusida) unumsiz: ko‘shma so‘z hosil qilmaydi; 3) model’ so‘zi abstrakt tushunchani bildiradi, lekin juda umumiylik va nisbatan umumiylik holatlariga qarab, uning sostavidagi elementlar ham turli tusga kiradi. Masalan, yasama so‘z hosil qilishning modellari: o‘zak+ suffiks, prefiks+o‘zak, lekin buning nisbatan aniq turlari haqida gapirganimizda, modelning qismlari ham shunga mos nomlardan bo‘ladi; ish otlari yasashning modellari: fe`l+q (suvoq, chopiq), fe`l+m (terim, o‘rim); qo‘shma so‘z hosil qilishning modeli: so‘z+so‘z, qo‘shma otlarning modellari: ot+ot, sifat+ot, son+ot va b. Qo‘shma so‘zning modellari so‘z birikmasining modellariga o‘xshaydi, lekin ularning hamma turi ham o‘xshash bo‘la bermaydi. Ko‘rinadiki, so‘z yasash modeli yasama so‘zning tuzilishi sxemasi, demak, bu sxema so‘z yasash sxemasidir. U so‘zning yasalish strukturasini tekshirishning umumlashtirilishidan tuғilgan: so‘zning yasalish strukturasini aniqlash bilan umumlashtirish natijasida so‘z yasash modellari belgilanadi, bu modellar tilning so‘z yasalish sistemasini tashkil qiladi.
Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi («falon so‘z falon so‘zdan yasalgan») va bu yasalish ma`lum modelga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor: yasashga asos bo‘lgan so‘z va yasalib chiqqan so‘z (yasashga asos bo‘lgan element mustaqil holida ayrim so‘z, lekin yasalmaga asos bo‘lgach – undan yangi so‘z yasalgach— so‘zning qismi: o‘zak yoki negiz). YAsalmadagi bu ikki element tashqi va ichki tomonlardan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabatning xususiyatlari:
So‘z yasalishining, yasama so‘zning, binarlik (ikki qismdan iborat bo‘lish) holati, binar oppozitsiya tusida bo‘lishi, unda ikki elementning aloqador ekanligini ko‘rsatadi: yasama so‘z (mahsul) va uning yasovchisi (yasalishiga asos bo‘lgan element). Masalan, sutchi (sutchi so‘zi sut so‘zidan yasalgan, -chi morfemasi yasovchi affiksi bo‘lib, yasashning vositasi bo‘lib kelgan). Binar konstruktsiyadagi bu qismlar bir xil o‘zakli — bir o‘zakdan bo‘ladi. Demak, o‘zak o‘sha elementlarning umumiy qismi sanaladi: qiyoslanayotgan elementlarning (yasama so‘zning yoki qarindosh so‘zlarning) umumiy — o‘xshash qismi. YAsalmadagi ikki element semantik jihatdan ham, formal (tashqi) jihatdan ham aloqador: shu tomonlar yasalganlikning ko‘rsatkichidir (busiz yasalmalik munosabati bo‘lmaydi): a) so‘zning formal strukturasi murakkablashadi (kengayadi: yasovchi element yasalmaga nisbatan sodda bo‘ladi: ish — ishchi): bu yasalganlikning tashqi tomoni; b) ma`nosi ham murakkablashadi. Masalan, o‘roq, yasalmasi o‘z yasovchi so‘ziga («o‘r»ga) nisbatan ikki tomonlama murakkabdir. Lekin konversiyada formal murakkablashish ma`lum bir tashqi — material ko‘rsatkich orqali kengayish — uzayish tusida emas, balki kategorial o‘zgarish tusida bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan boғlangan bo‘ladi: bularning aloqasi so‘z yasash munosabati sanaladi. Bu elementlar orasidagi semantik aloqa sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash munosabati bo‘lmaydi, yasama so‘z tub so‘zga aylanadi (soddalanish hodisasi). So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va semantik munosabatlarning birgaligini, yiғindisini tushunamiz. YAsama so‘zning ma`nosi yasovchi so‘zning ma`nosiga asoslanadi: yasalma o‘zakning ma`nosini rivojlantiradi, o‘shandan kelib chiqadi: O‘roq yasalmasining ma`nosi o‘rish harakati bilan asoslanadi (motivlanadi). SHunga ko‘ra: birinchi element asoslovchi (motivlovchi), ikkinchi element asoslanuvchi (motivlanuvchi), ikkala elementning orasidagi munosabat motivatsiya (motivlash, asoslash) munosabati sanaladi. Demak, «motivlangan» so‘zi «yasalgan» degan ma`noni talqin qiladi. «Motivlovchi» esa «shunga asos bo‘lgan, shuni yaratuvchi» degan ma`nodir. SHuning uchun ham yasama so‘zning ma`nosi, kelib chiqishi aniq sezilib turadi (motivlovchi orqali: ko‘chgan ma`nodagi so‘zning asl ma`nodagi so‘z orqali sezilib turgani kabi. Masalan, «mard» ma`nosidagi xo‘roz so‘zi «petux» ma`nosidagi xo‘roz so‘zidan— (shuning yasalmasi), lekin tub so‘zning ma`nosi bunda.y emas: yasama so‘zlardagi motiv — sostavidagi qismlarni va qarindosh so‘zlarni choғishtirib aniqlash — bunda yo‘q. SHuning uchun tub so‘zlarning juda kami genetik jihatdan (tarixiy-etimologik tekshirishlar orqali) aniqlangan bo‘ladi: yasamaligi belgilanadi.
«So‘zning ma`nosi uning sostavidagi qismlarning semantik xususiyatlari bilan boғliq» degan fikr hamma vaqt ham shu qismlarning ma`nosi yiғilib, o‘sha so‘zning ma`nosini hosil qiladi, shunga teng bo‘ladi, degan mazmunpi anglata bermaydi. Bunda ikki-holat bor: 1. YAsalmaning ma`nosi ko‘pincha, qismlarining ma`nosidan tuғiladi (suvoq, suvoqchi, suvoqchilik kabi). 2. YAsalmanint ma`nosi, ba`zan, qismlardan anglashilgan ma`nolarning yiғindisidan boshqacha bo‘ladi. Masalan, andavalamoq (andava+la) so‘zining xas-po‘shlash ma`nosi qismlarning asl ma`nosidan boshqa: bunda ideomativlik bor (bu hodisa yasovchi so‘zda yo‘q). YAna: qo‘lqop (choғishtiring: shakar qop), temirchi (ezma ma`nosida), ninachi (juda «mayda» odam: «ikir-chikir»larigacha e`tibor beradigan odam). YAna: o‘q ilon, it uzum, it qovun. Bu misollar yasalmaning, asl so‘z yasalish ma`nosini saqlash bilan birga, yana boshqacha – o‘zakda bo‘lmagan mazmunga ham ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ba`zan buning aksiga o‘xshaganroq holni ko‘ramiz: yasovchi so‘z ko‘p ma`noli bo‘lganda, yasalmada, odatda, uning o‘sha holati, hamma ma`nosi saqlanmaydi. Masalan, ko‘p formasidagi element a) fe`l ko‘pmoq: xamir ko‘pdi, bo‘rtib chiqmoq, b) ruscha «mnogo» ma`nosidagi so‘z. Bundan -chi affiksi orqali so‘z yasaganimizda (ko‘pchimoq), uning «mnogo» ma`nosi saqlangan.
Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligidan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar: tuz, suv, taramoq, oq — tuzluq (tuz orqali anglanadi), suvchi (suv orqali), taroq (tarash harakati orqali), oqarmoq (rang-tus orqali). Demak, biror so‘zni yasama sanash uchun semantik k o rrelyatsiya bo‘lishi shart.
Taroqchi so‘zi taroq so‘zidan yasalga n , bunda yasovchi so‘zning o‘zi ham aslda yasama (taroq elementi — nisbiy: yakka holda — yasama so‘z, taroqchi so‘zining sostavida — yasovchi so‘z). Demak, bunday so‘zlarda derivatsiya (yasalganlik) darajali — bosqichli bo‘ladi: birinchi derivatsiya (taroq), ikkinchi derivatsiya (taroqchi); uchinchi derivatsiya (taroqchilik). Bularning birinchisi — tub so‘zdan (o‘zakdan) yasash, ikkinchisi — yasama so‘zdan (negizdan) yasash, uchinchisi — ikkinchi yasalmadan (negizdan hosil bo‘lgan negizdan) yasash. Bunda: taroqchi — birinchi («birlamchi») negizdan yasash, taroqchilik — ikkinchi («ikkilamchi») negizdan yasash. So‘zning yasamaligini belgilashda eng keyingi yasalish hisobga olinadi: bichiqchi.shk (bichiqchi so‘zidan yasalgan: bichiqchi+lik), bichiqchi (bichiq so‘zidan yasalgan: bichiq+chi), bichiq (bich so‘zidan yasalgan: bich+iq), bich (yasalmagan: tub so‘z, o‘zak so‘z). Demak, har gal — bir harakat, bir yasalish: har gal — bir munosabat (yasovchi va yasalma orasidagi munosabat — so‘z yasash munosabati). Bu yasalish tizmasi o‘z qonuniyatlariga, izchillikka ega («bichiqchilik so‘zi bich so‘zidan yasalgan» deb bo‘lmaydi). Lekin bunday yasalish tizmasida ham dastlabki elementning (tub so‘zning) ma`nosi (taramoq, bichmoq) oxirgacha sezilib — boғlanib borishi shart. Qaerda bu boғlanish uzilsa (sezilmas holga kelgan bo‘lsa), o‘sha erda so‘z yasalish aloqasi ham yo‘qoladi.
«Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir protsessni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘qimachi so‘zidan yasalgan: to‘qimachi+lik»), «bu so‘z qanday morfemalardan iborat?» so‘roғi esa, so‘z yasash analizini emas, balki morfematik analizni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘rt morfemadan iborat: to‘qi+ma+chi+lik: to‘qi — o‘zak morfema, qolganlari — affiksal morfemalar»).
So‘zning morfologik qismlarga bo‘linishi so‘z yasashga ham, so‘zning formasini yasashga ham aloqador: ikkalasida ham hosil qilish yo‘li (affiksatsiya) va vositasi bir xil. Lekin so‘zning strukturasini o‘rganish —uni qismlarga bo‘lish ikki xil: morfologik analiz va so‘z yasash analizi. Morfologik analiz (morfematik analiz deb ham yuritiladi) so‘zning morfologik strukturasini — morfema sostavini aniqlaydi, shunga ko‘ra u morfema analizi deb ham yuritiladi. Bundagi ikki qismga bo‘linish xususiyati «o‘zak va affiks» tusidagi grammatik zidlik holatidir. So‘z yasash analizi so‘zning yasalish strukturasini — yasama so‘zning strukturasini aniqlaydi. Bunda: yasovchi va yasalma, bu ikki qism orasidagi semantik-morfologik munosabat belgilanadi. Masalan, yaxshilik (yaxshi — yasovchi so‘z, yaxshilik — yasalma). Bu affiks orqali, affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+affiks: no-tinchlik. Bunda affiks derivator sanaladi.
3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar. So‘z turkumlari nazariyasining ikkinchi printsipi so‘zlarni turkumlarga ajratish printsipidir. Bu ham birinchi printsipga asoslanadi. So‘z turkumlari dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar.
Mustaqil so‘zlar ma`lum tushuncha ifoda qilib, biror predmet, belgi, harakat nomini ataydi, gapda biror gap bo‘lagi bo‘lib keladi. YOrdamchi so‘zlar tushuncha ifoda etmaydi, ular faqat grammatik ma`no ifoda qilib, gapda so‘zning o‘zaro munosabatini o‘rganishga xizmat qiladi. Bularning ba`zilari so‘zlarning analitik formasini hosil qiladi. (mas., uyga qadar, ukam uchun, aytib ko‘r).
Mustaqil so‘zlar ichida olmoshlar bir qancha xususiyati bilan farq qiladi.Ular narsa va predmetlarni bevosita atamay, bilvosita anglatadi. Ularni odatda faqat vazifasiga qarab turkumlaydi.
So‘zlarni turkumlarga ajratishda eng avvalo so‘z – nomlar ko‘zda tutiladi. Ot va fe`l asosiy so‘z turkumlaridir.
Ot semantik jihatdan predmetlik tushunchasini ifoda qiladi. Morfologik jihatdan egalik, kelishik, son kategoriyalariga, kichraytirish, erkalash, hurmat kabi formalarga ega. Sintaktik jihatdan gapda ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib kela oladi. So‘z yasalishi jihatdan turli tip va modellarga ega. Fe`l semantik belgisiga ko‘ra ish-harakat va holatni ifoda qiladi. Morfologik jihatdan zamon, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son kabi grammatik kategoriyalarga ega. Sintaktik jihatdan fe`l – kesim uchun eng mos turkum. So‘z yasalishiga ko‘ra turli so‘z yasalish tiplari va modellari mavjud.
So‘z-nomlarga sifat, son, ravishlar ham kiradi. Bular semantik, morfologik, sintaktik so‘z yasalish belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.
YOrdamchi so‘zlarga ko‘makchi, predlog, bo ғ lovchi, artikllar kiradi. Bulardan tashqari modal va taqlid so‘zlar ham ajratiladi.
Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish; yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, predlog, bo ғ lovchi, artekl’ kabilar.
Turli tillarda so‘z turkumlarining mavjudligi ularning universal ekanligidan dalolat beradi.
So‘z turkumlari turli tillarda umumiylikdan tashqari, har bir tilda o‘ziga xos grammatik formalarga ega bo‘ladi.
Oʻzbek tilshunosligining qiyosiy-tarixiy bosqichlari
Турсунов, А. (2022). Oʻzbek tilshunosligining qiyosiy-tarixiy bosqichlari. Переводоведение: проблемы, решения и перспективы, (1), 316–317. извлечено от ://inlibrary/index.php/translation_studies/article/view/6107
- APA
- MLA
Акмаль Турсунов, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Oʻzbek va chet tillar kafedrasi dotsent v/b
Аннотация
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika – tilshunoslikning qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovchi sohasidir. Til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni – ularning yagona bir manbadan kelib chiqqanligini aniqlash ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning maqsadlari doirasiga kiradi.
ʻZBEK TILSHUNOSLIGINING QIYOSIY-TARIXIY
BOSQICHLARI
Tursunov Akmal Raxmatullayevich
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti O
ʻzbek va chet
tillar kafedrasi dotsent v/b
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, komparativistika
qarindosh tillarni, yaʼni genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq tillarni oʻrganuvchi, ular oʻrtasidagi
munosabatlarni aniqlovchi hamda ularning zamon va makon boʻyicha tadrijiy
taraqqiyotini tavsiflovchi sohasidir. Til oilalarining, shu tizimlardagi ayrim tillar va
elementlarning kelib chiqishini aniqlash, jumladan, tillar oʻrtasidagi genetik qarindoshlikni
– ularning yagona bir manbadan kelib chiqqanligini aniqlash ham Qiyosiy-tarixiy
tilshunoslikning maqsadlari doirasiga kiradi.
tarixiy tilshunoslikda qoʻllanuvchi qiyosiy-tarixiy metodning asosiy
tadqiqot usullari quyidagilardan tashki
l topgan: 1) tashqi (qiyosiy) tor maʼnodagi
qiyosiy tarixiy metod)
– qarindosh tillardagi genetik jihatdan teng, oʻxshash soʻz va
morfemalarni qidirib topish va qarindosh tillardagi natijalarini aniqlash;avlod tillarning
aniq morfemalarini tiklash qoidalar
ini tuzish; taqqoslanayotgan tillar oʻrtasidagi
mosliklar tizimini (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika, frazeologiyada) aniqlash
va shu asosda tillarning qarindoshligini belgilashdan iborat:2) ayrim olingan bir til
tizimida ushbu til tarixining anch
ailk bosqichlarida baʼzi bir elementlarning mavjud
boʻlganligi haqida aniq guvohlik beruvchi hodisalar va oʻzaro munosabatlarni
aniqlash; ayrim bir tildagi eng qadimiy shakllar bilan eng yangi shakllarni oʻzaro
taqqoslash; 3) oʻzlashma soʻzlar tahlilidan maʼlumotlar chiqarib olish; 4) toponimika
materiallaridan maʼlumotlar chiqarib olish va boshqalar Amalga oshirilgan til
tizimining barcha tomonlarini: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, leksika,
qisman sintaksisni qamrab oladi.
O‘zbek tilshunosining qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tarixini qayta tiklashda asosiy
tadqiqot vositasi sifatida qiyosiy tarixiy metoddan foydalanadi; tadqiqotning eng
umumiy shakli
– qiyosiy-tarixiy grammatikalar va etimologik lugʻatlar tuzishdan iborat.
k tavsifiy yoki sinxronik tilshunoslik, meʼyoriy va umumiy
tilshunoslikka qarshi turib, ularni inkor etadi; shu bilan birga, u bir qancha
masalalarda tavsifiy tilshunoslik bilan ham, umumiy tilshunoslik bilan ham oʻzaro
aloqada, bogʻliqliqda boʻladi.
Tillarni tarixiy taraqqiyotsiz qiyoslash, tarixiy qiyoslashdan farqli ravishda,
qarindosh va noqarindosh tillarni chogʻishtirish deb ataladi.
Dastlab yevropaning antik davrida (yunon va lotin tillarini chogʻishtirish),
qadimiy Hindistonda XI-XII-asrlar Sharq ti
lshunosligida (M.Koshgʻariy va
M.Zamaxshariy lugʻatlarida qarindosh va noqarindosh tillar lugʻaviy birliklarning
chogʻishtirilishi) mavjud boʻlgan. Chogʻishtirma tilshunoslik XVII-XVIII-asrlarda
Yevropadagi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi turli-tuman qarindosh tillar
boʻyicha tadqiqot materiallarining toʻplana borishi bilan yanada rivojlanadi va Qiyosiy-
tarixiy tilshunoslikning paydo boʻlishiga zamin hozirlaydi.
tarixiy tilshunoslikning, eng avvalo, uning magʻzi boʻlmish qiyosiy-
kaning paydo boʻlishini odatda XVII-asr oxirida yevropalik
tilshunoslarning sanskrit bilan tanishuvlariga bogʻliq deb hisoblaydilar. Qiyosiy-tarixiy
tilshunoslikka asos soluvchi asarlar XIX-asrning I-choragida maydonga keldi. Nemis
tilshunosi F. Boppning
“Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin,
fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash
” “Sanskrit, zand (avesto),
arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi
asarlari hamda daniyalik olim R.K. Raskning
“Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki
island tilining kelib chiqishi
” asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy
metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritadi. Rus tilshunosi A.X. Vostokov
oʻzining “Slavyan tili haqida mulohazalar” nomli asari Dobrovskiy esa “Qadimgi
slavyan tili grammatikasi
” asarlari bilan Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tarmogʻini
asoslab, uni rivojlantirdilar.
Hind yevropa tillari qarindoshligini oʻrganish va german tillarini tadqiq qilishdan
tashqari XIX-asrning II-yarmidan boshlab slavyanshunoslik, boltiqshunoslik,
romanshunoslik
somshunoslik (semitologiya) ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning keng rivojlangan
sohalari hisoblanadi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX-asrning oxiri XX-asr boshlarida, asosan,
Germaniya, AvstroVengriya va Skandinaviya mamlakatlarida rivojlangan boʻlsa,
keyingi paytlarda bu
tilshunoslik Rossiya AQSH, Gʻarbiy Yevropa, Finlyandiya,
Shvetsiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda ham taraqqiy
etila boshladi. Turkiyzabon davlatlarda ham Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka qiziqish
kuchayib bormoqda, qarindosh va noqar
indosh tillarni oʻzaro qiyosiy oʻrganishga,
lugʻaviy, morfologik birliklarning tarixiy shakllarini aniqlashga eʼtibor berilmoqda.
Xususan,
oʻzbektojik, oʻzbekrus tillarini, Qozogʻistonda qozoqoʻzbek, qozoqmoʻgʻul tillarini
qiyosiy oʻrganish boʻyicha muayyan izlanishlar olib borilgan.
ʻzaro munosabatini oʻrnatish lugʻat, grammatika va fonetika
ma’lumotlarining yigʻindisiga asoslanadi. Tillarning qarindoshligi ularning tizimli
moddiy o
ʻxshashligida namoyon boʻladi, ya’ni bu tillarda morfema va soʻzlarning
koʻrsatkichlari tuzilgan materialning oʻxshashligida, aniqrogʻi, muntazam tovush
moslashuvlari bilan bogʻliq holda oʻrganiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Sossyur F. de. Umumi
y tilshunoslik kursi / Tilshunoslik bo‘yicha ishlar. M.,
2. Giyom G. Teretik tilshunoslik tamoyillari. M., 1992-yil.
3. Asr oxiridagi lingvistik tadqiqotlar. M., 2000 yil
4. Qoduxov V.I. Tilshunoslikka kirish.
– M.: Ma’rifat, 1987. – B. 291.
5. Reformatskiy A.A. Tilshunoslikka kirish.
– M.: Aspect-press, 2007. –
Библиографические ссылки
Sossyur F. de. Umumiy tilshunoslik kursi / Tilshunoslik bo’yicha ishlar. M 1987-yil.
Giyom G. Teretik tilshunoslik tamoyillari. M., 1992-yil.
Asr oxiridagi lingvistik tadqiqotlar. M., 2000 yil
Qoduxov V.L Tilshunoslikka kirish. – M.: Ma’rifat, 1987. – B. 291.
Reformatskiy A.A. Tilshunoslikka kirish. – M.: Aspect-press, 2007.B. 536.
Shavkat Mirziyoyev: “Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmayd”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi yillarda bu borada qator qarorlar qabul qilindi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo‘yildi. Kengashning hududiy bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o‘zgarish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘tardi.
– Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. – Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan yirik tadbirlar – davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma’naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Chunki bu borada yechimini kutib turgan, o‘zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar ko‘p. Milliy g‘oyaning mohiyatini to‘liq anglab yetmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy g‘oyasini ta’kidlab o‘tdi:
– Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, – dedi davlatimiz rahbari.
Ma’lumki, bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti.
Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda.
Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash zarur.
Davlatimiz rahbari loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidladi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o‘zi talab etmoqda. Jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar shunday asosda yo‘lga qo‘yilmagani uchun ham kutilgan natijani bermayapti.
Shuning uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi aytildi.
Prezidentimiz ushbu markazning “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish taklifini bildirdi.
Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari belgilandi.
Ma’lumki, hozirgi paytda ma’naviyat targ‘iboti bilan o‘nlab tashkilotlar shug‘ullanadi. Lekin, ularning faoliyati aniq muvofiqlashtirilmayotgani, yagona tizimga birlashmagani sababli bir-birini takrorlash holatlari kuzatilmoqda.
Bundan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi barcha hududiy kengashlarning, vazirlik, idora va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishi belgilandi.
Markaz va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik ta’minoti keskin kuchaytiriladi. Uning faoliyati ilmiy tadqiqot va targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishlarida qayta tashkil qilinadi.
Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi, deydi xalqimiz. Lekin, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi uzviylik hozircha bunday emas. Bu borada bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla – har biri alohida ish olib boryapti.
Shu bois ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, xususan, o‘g‘il-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Barcha oliygoh va ularning filiallarida mavjud shtat birliklari doirasida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etilishi aytildi.
Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, Toshkent shahar nuroniylarining tarbiyasi og‘ir, ishsiz yoshlarga ko‘maklashish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Hududlar markazida namunaviy loyiha asosida ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish, mahalliy byudjetlar hisobidan sohaga qo‘shimcha shtatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” majmuasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun harbiy tarix va ajdodlarimiz qahramonligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markazga aylantirish taklifi bildirildi.
Yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
– Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga O‘zbekistonda tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbek tilining davlat tili maqomini kuchaytirish, yurtimizda va xorijda uni o‘rganish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy “aql markazlari”mizni shakllantirishni talab etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Shu ma’noda, Ma’naviyat va ma’rifat, “Taraqqiyot strategiyasi”, Islom sivilizasiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy “aql markazlari”ga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.
Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Ijod” jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilishi qayd etildi.
Bu jamg‘armaga 120 milliard so‘m ajratilib, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali amalga oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish uchun sarflanadi. Bu mablag‘ning 90 milliard so‘mi hududlarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirishga, 20 milliard so‘mi Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, 10 milliard so‘mi mamlakat miqyosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil qilishga yo‘naltiriladi.
Shu yildan boshlab, ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, kino san’atini izchil rivojlantirish, barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, teledasturlarning saviyasini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
– Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir, – dedi Prezident.
Videoselektor yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha soha mutasaddilari, o‘qituvchi va professorlar, vazirlar, viloyat hokimlari fikr bildirdi.