Press "Enter" to skip to content

II BOB. XX ASRDA O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASI TALQINI (MUSTAQILLIKKACHA BO‘LGAN DAVR)

4. Ot + ot: Toshhovuz,Gulbadan, Gulbog‘:1.

Xitoy tili morfologiyasi

Xabaringiz bor, shu yilning 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb oʻrgatish tizimini rivojlantirish masalalari boʻyicha davlatimiz rahbari boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda bugungi kunda maktablardagi taʼlim-tarbiya hali sifat darajasiga chiqmagani, bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega boʻlmasdan kirib kelgani tanqid qilindi va oʻquvchi-yoshlarni kamida ikkita xorijiy til hamda bitta kasb-hunarga oʻrgatish tizimini yoʻlga qoʻyish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 16-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan tadbir ayni shu masalaga bagʻishlandi. Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev ishtirokida videokonferensiya shaklida oʻtgan tadbirda viloyatning 44 ta hududiy sektorlar rahbarlari, ota-onalar va taʼlim tizimi xodimlari qatnashdi.

Tadbirda oʻquvchi-yoshlarni xorijiy tillarni mukammal oʻrganishga ragʻbatlantirishda, har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda va, albatta, namunali tarbiya topishida oilaning, ota-onalarning oʻrni muhim ekaniga urgʻu berildi. Zotan, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutugʻi, bilmagani muammodir.

Ishtirokchilarga Guliston shahridagi 16-umumtaʼlim maktabida axborot texnologiyalari sohasida oʻz iqtidorlarini namoyon etayotgan yosh dasturchilar va kasbiy taʼlim xonalari faoliyati tanishtirildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi mutaxassislarining yigʻilish mavzusiga oid maʼruzalari, taqdimotlari hamda ota-onalarning takliflari tinglandi.

Hozirda Sirdaryo viloyatida 314 ta umumtaʼlim maktabi mavjud boʻlib, ularda 912 nafar chet tili oʻqituvchisi faoliyat koʻrsatmoqda. Kasbiy taʼlim yoʻnalishida oʻquvchilarga 64 turdagi hunar oʻrgatilayotir.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

II BOB. XX ASRDA O‘ZBEK TILI MORFOLOGIYASI TALQINI (MUSTAQILLIKKACHA BO‘LGAN DAVR)

Shuni alohida takidlash lozimki, jamiyat hayotida yuz bergan o‘zgarishlar tilning barcha sohalariga bir xil tasir qilmaydi. Ayniqsa, tilning grammatik qurilishi juda sekinlik bilan o‘zgaradi. Faqat til taraqqiyotining barcha etaplarini tadrijiy o‘rganib chiqish asosidagina uning grammatik qurilishidagi o‘zgarishlarni sezish mumkin bo‘ladi. 55

O‘zbek tili tarixida XIX asr alohida bir davr sanaladi, Bu davrda o‘zbek xalqining siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda turli etnik tabaqalar to‘la o‘troqlashdi va barqaror bo‘ldi. 56

Rossiya istilosidan keyin o‘zbek xalqi hayotida iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. O‘zbek xalqining turli etnik va sosial qatlamlari o‘rtasidagi aloqa aralashuvining kuchayishi sezila boshladi. Rus tilining o‘zbek tiliga tasiri kuchaya bordi. O‘zbek tiliga rus tilidan qator yangi so‘zlar, ayrim forma va konsruksiyalar kirib ’zlasha boshladi. Masalan, uyezd, volost, duma, pristav, konsul, adres, convert, marka, gospital, lazaret, feldsher, passport va boshqalar. Bu davrda rus tilidan o‘zbek tiliga so‘z qabul qilishning asosiy sababi shundan iboratki, madaniy turmushda bir qancha yangiliklar paydo bo‘ldi. Bunday yangi tushunchalarni ifodalash uchun o‘zbek tilida so‘zlar yo‘q edi. Shuning uchun bunday so‘zlar rus tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilindi. Bular sanoat, transport, pochta, telegraf, maorif va madaniyat sohalari bilan bog‘liq edi. 57

Ma’lumki har bir til o‘z ichki imkoniyatlari asosida immonental rivojlanishi bilan birga, turli tashqi omillar asosida, yani boshqa tillarning tasiri natijasida ham rivojlanib boradi. XIX asrda rus tiliga xos leksik va morfologik elementlarning o‘zbek tiliga aloxida o‘rin egallaydi. Biz XIX asr o‘z bek tili morfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishda yuqorida nomi tilga olingan Akbar Marg‘oziyevning qarashlarini e’tiborga olib XIX asr so‘z turkumlarining qanday berilishini ko‘rsatgan holda ularni hozirgi davrdagi xolati bilan qiyoslash maqsadida ularga har bir so‘z turkumi bo‘yicha to‘xtaldik.

Ot so‘z turkumining leksik semantik xususiyatlari barcha davrlarda ham konkretklik, mavhumlik, tur va jins kabi manolarni ifodalagan.

Otlarda son kategariyasi. Otlarda ko‘plikni ifodalovchi -lar affiksi tomlik va ko‘plikni ifodalashdan tashqari hurmat, intensivlik va boshqalarni ifodalaydi. Tilshunos olim A.Matg‘oziyev jamlikni ifodalovchi vosita leksik, morfologik, sintaktik usullarni misollar vositasida ko‘rsatib beradi. (16)

XIX asrda o‘zbek tili lug‘at tarkibidan juda ko‘plab arab, fors, tojik tillaridan o‘zlashgan so‘zlarning istemoldan chiqa borishi alohida o‘rin egallaydi. XIX asr o‘zbek tili morfologiyasi to‘g‘risida mashhur turkolog olim A.N.Kononov otning aniq va noaniq kategoriyasi to‘g‘risida quydagi fikrni beradi.

… otlar: neytral, aniq va noaniq holatda mavjud bo‘ladi-deydi . 58

XIX asr o‘zbek tilida otlar aniqlik va noaniqlik manolarining ifodalanishi jihatidan ikki holatga ega bo‘ladi:

aniq holat va noaniq holat

Aniq holat quydagi yo‘llar bilan ifodalanadi.

a) so‘zning leksik manosi bilan atoqli otlar, o‘zida aniq,

konkret predmet tushunchasini ifodalaydi;

b) egalik affiksi yordamida;

v) qaralmish bilan qo‘llanganda;

g) aniqlovchi vazifasidagi ot belgili qo‘llanganda;

d) vositasiz to‘ldiruvchi vazifasidagi ot belgili qo‘llanganda;

ye) ko‘rsatish olmoshi va sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchiga ega

yo) kesim vazifasida kelganda;

Otlarning noaniqlik holati asosan bir so‘zi yordamida ifodalanadi. Professor, akademik A. Rustamovning takidlashicha, bir so‘zi aslida son bo‘lb keyinchalik o‘z leksik ma’nosiniyo‘qotib, noaniqlik-gumon ma’nosini ifodalovchi artiklga otlangan bo‘lib u urg‘u olmaydi, shuning uchun uni proklitika deb atash mumkin. 59

Akad. I.Fozilov bir so‘zi qadimgi davrlardayoq o‘zining asosiy manosidan tashqari, gumon-noaniqlik manosida qo‘llanganligini takidlab, XIX asrda esa uning noaniqlik manosida qo‘llanishi yanada kengayganligini ko‘rsatadi. 60

Ma’lumki turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida grammatik nuqtai nazardan rod kategoriyasi mavjud emas. Ammo akademik A,N.Kononovning etirof etishicha, XIX asrda biologik jinsni ajratishda maxsus leksik va grammatik vositalar mavjud bo‘lib, bu arab tilidagi jenskiy rodni ifodalovchi “ – a” ning keng ravishda qo‘llanganligini tariflaydi. Akad.A.N.Kononov XIX asr manbalari tilida hozirgi o‘zbek tilidan farqli ravishda rod kategoriyasini faqat shaxs otlarigagina, emas, bal’ki narsa-predmet nomini bildiruvchi ayrim otlarga ham qo‘shilgan.

  1. ayrim otlar o‘ziga bog‘langan aniqlovchi bilan rod va sonda moslashadi. Shularni hisobga olib, XIX asr o‘zbek tilida qisman bo‘lsa-da grammatik rod kategiryasi mavjud bo‘lgan:
  1. Mujskoy rod: mazkur elchi, Mazkur qarg‘an.
  2. Jenskiy rod: Sanam mazkura, mazkura qizlar, mazkura, qala. 61

Egalik kategoriyasi turkiy tillarga xos spesifik kategoriya bo‘lib, bir qator semantik, morfologik, sintaktik va stilistik xususiyatlarga ega. Egalik kategoriyasi faqat otlarga va ot vazifasidagi so‘zlargagina xos bo‘lib, predmetning uch shaxsdan biriga xosligini ko‘rsatadi. Bu uning dominanmmt ma’nosi sanaladi.

Kelishik kategoriyasi. Kelishiklar so‘zlar o‘rtasidagi semantik-grammatik munosabatlarni ifodalovchi eng muhim vosita bo‘lib, har bir tilning o‘ziga xos grammatik qurilishini belgilovchi asosiy kategoriya sanaladi.

XX asr o‘zbek tilida, hozirgi o‘zbek tilidagi kabi, oltita kelishik bo‘lgan. XIX asrning oxirlarida nashr etilgan ayrim grammatik darsliklarida bila (birla) ko‘makchisi bilan qo‘llangan otlarni “tvoritelniy podej” (vosita kelishigi) deb, ey, yo undov so‘zlari bilan qo‘llangan otlarni esa “zvatelniy podej” (undov – chaqiriq kelishigi) deb yuritilgan. Ammo aslida kelishiklar hind-yevropa tilshunosligida ham, turkologiyada ham doimo ikki guruhga ajratilgan: grammatik kelishiklar (bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish) hamda makon (lokativ) kelishiklari (jo‘nalish o‘rin-payt va chiqish). Olimlarning e’tirof etishicha XIX asr o‘zbek tilidagi kelishiklar semantik va grammatik jihatdan hozirgi o‘zbek tilidagi kelishiklardan unchalik farq qilmaganligi uchun biz kelishiklar haqida boshqa to‘xtalmadik.

Prof. A,G‘ulomov XIX asrda o‘zbek tishunosligida so‘z yasalishi o‘ta maxsuldor bo‘lganligini takidlab, bu davrda ellikdan ortiq ot yasovchi affikslar ot, fe’l, sifat va boshqa ma’nolardagi yangi otlar yasash uchun xizmat qilganligini ko‘rsatadi. Umuman, o‘zbek tilida affiksasiya usuli bilan so‘z yasash boshqa so‘z turkumlariga nisbatan otlarda kuchli taraqqiy etgan:

1. Ot negizlaridan ot yasalishi

Ot o‘zaklaridan ot yasovchi affikslar semantik jihatdan uch guruhga bo‘linadi: shaxs oti yasovchilar, narsa oti yasovchilar, o‘rin-joy oti yasovchilar:

a) shaxs oti yasovchi affikslar:

-chi. Bu affiks eng qadimgi va eng unumli ot yasovchi bo‘lib, XIX asr yozma yoagorliklarida juda aktiv qo‘llangan. U shaxsning mashg‘uloti, kasb-hunarini ifodalovchi ot yasash uchun xizmat qiladi: nayzachi, temirchi, bo‘yoqchi.

Ma’lumki biror affiksning ma’lum bir davrda aktiv yoki passiv qo‘llanilishi o‘sha affiks qo‘shiladigan so‘zlarning qo‘llanilishi darajasiga ham bog‘liq. Masalan, XIX asrda aravakashlik, juvozkashlik, chodir va bo‘z to‘qish, ko‘mir, o‘tin va o‘t qilish kishilarning asosiy mashg‘uloti edi. Shuning uchun bunday so‘zlar tilda faol qo‘llangan va ulardan yangi so‘zlar, affiks yordamida hosil bo‘lgan: juvozchi, aravachi, chodirchi, o‘tinchi va boshqalar.

Tabiyki, bunday so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida deyarli qo‘llanilmaydi.

-gar affiksi otlarga qo‘shilib, mashg‘ulot, kasb-hunarga oid yangi otlar yasaydi: zarar, kimyogar va boshqalar.

-ban (bon) bu affiks narsa oti va shaxs oti yasaydi: darvozabon, soyabon.

-dosh bu affiks hamkorlik manosini ifodalaydi: yo‘ldosh, sirdosh, urug‘dosh va boshqalar.

-kash bu affiks bilan yasalgan otlar biror narsani tashuvchi, tortuvchi, haydovchi yoki chekuvchi shaxs manosini bildiradi: kirakash, noskash,o‘tinkash va boshqalar.

-dar (dor) bu affiks biror narsaga egalik qiluvchi shaxs yoki amal-mansab nomini anglatuvchi ot yasaydi: hazinador, kitobdor, muhrdor va boshqalar.

Bulardan tashqari prof. A.G‘ulomov XIX asrda quydagi affikslarni ot yasashda maxsuldor sifatida ko‘rsatadi:

-voy (voy)- konvoy: -mand – donishmand, hunarmand:

-kar (kor)-xizmatkor: -andoz- otashandoz, tirandoz:

-gir – qalagir: -bin – tomashabin:

-go‘y- duogo‘, rostgo‘y, latifago‘y:

-parvar- faqirparvar: -zoda-maxsumzoda, haromzoda:

-furush-shakarfurush: -shunos-shershunos, javohirshunos:

-boz- nayrangboz, masxaraboz:

-ham- hansuhbat, hamshahar:

-vor- jonivor: -guch- supurguch:

-luq- tuzluq: -andoz- poyondoz:

-don- nosdon, tuzdon:

v) o‘rin-joy oti yasovchi affikslar;

-zor; Bu affiks asosan o‘simliklar nomiga qo‘shlib o‘sha o‘simlik turi o‘sadigan joy ma’nosini anglatadi: sabzazor, lolazor ba’zan qush nomiga ham qo‘shilib keladi: murg‘zor.

-iston; guliston,Qo‘histon, Turkiston.

-goh; Bu affiks kishilar to‘planadigan joy manosini anglatadi; lashkargoh, oromgoh, tomoshagoh va boshqalar.

-xona; Bu affiks biror narsa, soha uchun ajratilgan joy, xona manosini bildiruvchi ot yasaydi: sharobxona, darvozaxona:

2.Fe’l negizlaridan ot yasalishi.

a) -vchi, -chi, -g‘uchi, -nchi: ylovchi, kelguchi, eshitguchi, sotuvchi, quvg‘unchi, o‘tkinchi:

b) narsa-hodisa otini yasovchi affikslar;

-gi- supurgi, kuydirgi:

-g‘, -iq, -uq, – sochig‘, buyruq, buyrug‘:

v) im oti yasovchi affikslar;

g) holat oti yasovchi affikslar;

d) o‘rin-joy oti yasovchi affikslar:

-q, -g‘ – yig‘loq, yig‘log‘:

3. Sifatdosh ot yasalishi;

Prof. A.G‘ulomovning takidlashicha, o‘zbek tilida XIX asr eng aktiv qo‘llanilgan affikslardan biri -lik affiksi bo‘lib, u sifatlarga qo‘shlib, mavxum ot yasash uchun xizmat qilgan; juvonmardlik, poklik, yaxshilik, yomonlik, chuqurlik. Bu affiks ko‘pincha yasama va qo‘shma sifatlarga qo‘shilib mavxum ot yasaydi. Masalan, noxushlik, beboshliq, bevafoliq, qimizxo‘rlik. Shunisi xarakterliki, bu davrda dehqon so‘ziga -chilik emas, balki -lik affiksining o‘zi qo‘shilib ot yasalgan dehqonchilik. Hozirgi davrda esa dehqonchilik tarzida qo‘llaniladi, dehqonchilik so‘zi esa boshqa manoni, yani dehqonga xos, dehqon kabi ifodalanadi.

Shu bilan bu davrda kichraytirish ma’nosini ifodalovchi affikslar ham faol qo‘llanilgan. Masalan, bo‘taloq, doiracha va boshqalar: 62

XIX asr o‘zbek tilida sintaktik (kompozisiya) usuli bilan so‘z yasalishi ancha keng bo‘lgan. Kompozisiya usuli bilan yangi so‘ yasalishi boshqa turkumlarga nisbatan otlarda ko‘p uchraydi;

1. Gidronim va toponimlarda. Mergan qirilgan, Muzko‘mgan, Rahmonbergan.

2. Sifat + ot: Qorako‘l, Qoraqalpoq;

3. Son + ot: Beshyog‘och, Beshariq:

4. Ot + ot: Toshhovuz,Gulbadan, Gulbog‘:1.

Bulardan tashqari qaratuvchi va qaralmish, forsiy izofalardan, arabcha izofalardan ham yangi otlar yasalgan; yasavulboshi, beklarbegi, qushbegi, ichburuq, ko‘zog‘riq, Shahrisabz, Dashtiqipchoq, xaamirturush, Movaraunnahr,Shayxulislom, Nurota, Muhammadsolih, Muhammadraxim va boshqalar. Shunisi xarakterliki, ayrim qo‘shma otlar qisqargan shaklda ham qo‘llanilgan. Muhammad so‘zini qisqartirib, Mamad, Mat, Mad, Ma, tarzida qo‘llanila boshlagan. Bu xol asta-sekin yozma adabiy tilida ham aks eta boshlagan. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida bunday ismlar ko‘p uchraydi. 63

Bundan tashqari o‘zbek ismlariga bu davrda said, xo‘ja, mirza, qul kabi Izohlovchilarning qo‘shilishi keng tarqalgan.

Juft otlarning qo‘llanilishi XIX asrdagi -lar bilan hozirgi davrdagi -lar bilan deyarli farq qilmaydi; tashvish- g‘am, molu-mulk, savdo-sotiq, axd-paymon, pand-nasihat, hol-ahvol, aka va uka, ota-o‘g‘il, taxta-taxta, etap-etap va shular kabi.

XIX asr o‘zbek tilida otlar xuddi hozirgi o‘zbek tilidagi kabi, birlik, jamlik va ko‘plik ma’nolarida qo‘llangan. Jamlik ma’nosi leksik, morfologik va sintaktik usullar bilan ifodalangan. Ko‘plik ma’nosini ifodalovchi asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan -lar bo‘lib, u ko‘plikdan tashqari, hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish va jamlik manolarini ham anglatgan.

Otlar aniq va noaniq xolatda qo‘llangan. Noaniq holati “bir” so‘zi orqali qo‘llanilgan. Hozirgi davrdagidan farqli ravishda XIX asr o‘zbek tilida otlar grammatik jins kategoriyasiga ham ega bo‘lgan.

Arab tilidan kirib o‘zlashgan ko‘p so‘zlar mujskoy (muzakkar) va jenskoy (muannas) rodlarida qo‘llangan egalik kategoriyasi hozirgi davragidan deyarli farq qilmagan.

O‘zbek tilida sifatlar miqdor va qo‘llaniloshi jihatidan yuqori chastotali so‘z turkumi hisoblanadi. Belgi tushunchasi sifatning semantik asosdir. Belgi bildirish jihatidan ular ravishlarga yaqin tyradi. Ammo sifatlar faqat otlar bilan grammatik munosabatga kirishib, uning ma’nosini aniqlashtiradi. Bu jiihatdan ular ravishlardan farq qiladi. Bundan tashqari sifatlar otdan boshqa olmoshlarga ham bog‘lanib kela oladi. Sifatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular agar substantivlashmagan bo‘lsa, ko‘plik, egalik va kelishik affikslarini qabul qilmaydi. Sifatlarni otdan farqlovchi eng muhim morfologik belgi- daraja kategoriyasidir.

    1. Rang-tus bildiruvchi sifatlar; yashil, sariq, oq, qizil, qora, ko‘k, binafsha, gulgun, gulrang, mushkin, rango-rang.
    2. Hajm-shaklni ifodaloovchi sifatlar; ulug‘ , kichik, katta, uzun, qisqa, baland, yumoloq.
    3. Maza-tamni bildiruvchi sifatlar; shirin, achchiq, chuchuk, bemaza, sho‘rmazaliq va shu kabilar.

    1. O‘zbekcha sifat yasovchi affikslar. Bu davrda qo‘llanilgan sof sifat yasovchi affikslar miqdor jihatidan unchalik ko‘p emas. Masalan, g‘ayratli, g‘amgin, qayg‘uli, keyingi, ertangi, ichkaridagi, bo‘liq, o‘rischa, qo‘chqordek,

    2.Fors-tojikcha sifat yasovchi affikslar; Masalan, arabi, rangin, zarrin, oshiqona, g‘azabnok, parivash, kasalmand, boxabar, g‘amgin. Nuqson va boshqalar.

    XIX asr o‘zbek tilida sifatlar ham keng ravishda qo‘llanilgan.

    1. Ot+ ot:binafsharang, Gulchehra, feruzarang;

    2. a) sifat + ot: xushovoz, xushvaqt, xushhavo;

    b) sifat + baho: qimmatbaho, kambaho;

    3. Ot + sifat: oyoqyalang, boshyalang;

    4. Tojikcha izofadan tashkil topgan qo‘shma gap,

    5.Son + ot; yakdil, yakjihat.

    XIX asr o‘zbek tilida o‘ttizdan ortiq sifat yasovchi affikslar keng qo‘llanilgan. Ularning ayrimlari hozir ishlatilmaydi; -gun, -fam, -nok, -vash bazi affikslarning qo‘llanilish darajasida yuz bergan; toraygan: (-ir, -dan) –vor, kengaygan (-li, -siz, -dek, -dagi). 64

    XIX asr manbalari tilida, umuman ruscha so‘zlar miqdori kam bo‘lgani kabi, rus tiliga xos sifatlar ham deyarli uchramaydi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin rus tilidan so‘z o‘zlashtirish bexad faollashdi. Bular ichida bir qancha ruscha va internasional sifatlar ham kirib, o‘zlashib o‘zbek tilida keng qo‘llanila boshladi. 65 Shuningdek, hozirgi zamon o‘zbek tilida ayrim ruscha internasional sifat yasovchi affikslar ham faol qo‘llanilmoqda, (-ik, -iv, -al, -non). 66

    XIX asr o‘zbek tilida sanoq birliklaridan tashqari yana tuman-o‘n ming, lak-yuz ming sonlari ham faol qo‘llanilgan.

    1. kishilarning miqdorini ifodalash uchun qo‘llanadigan numerativ- nafar;
    2. narsalarning miqdori va hajmini ifodalash uchun qo‘llanadigan numerativlar: tup, dona, juft, bosh, halta, quti, to‘p kabilar;
    3. Uzunlik o‘lchovini ifodalovchi numerativlar: gaz, archin, quloch, forsak kabi niumerativlar XIX asrda faol qo‘llanilgan;

    Forsax-forscha termin bo‘lib, sang forsang so‘zlari sinonimdir;

    Mil- arabcha bo‘lib, bir forsaxning uchdan bir qismiga tengdir;

    Tarib- arabcha so‘z bo‘lib taxminan 11 kv.km.ga teng keladigan hajm manosini anglatadi.

    1. Og‘irlik o‘lchovini ifodalovchi numerativlar: kilo, botmon, pud,

    5. Pul hisobida qo‘llaniladigan numerativlar: tilla, diram, misqol, ashrafi, tanga, yombu kabilar. Tilla – so‘zi XIX asr manbalarida juda ko‘p qo‘llanilgan. XIX asr boshlarida Xiva tillasi Rossiyaning to‘rt so‘m kumush puliga, keyinroq esa uch so‘m yellik tiyinga barobar bo‘lgan. Diram – bu so‘z qadimgi grek tilidan turli sistemadagi juda ko‘p tillarga, yani rus, chex, slovak, polyak, ukrain, hind, eron, turkey va boshqa tillarga kirib kelgan. U arabcha dirham, forscha diram shaklida qo‘llangan. XIX asr manbalarida diram bazan dirham shaklida uchraydi.

    Dinor – so‘zi xuddi diram kabi oltin va kumush pul hisobida qo‘llanilgan.

    Misqol – arab tilidan kirib o‘zlashgan numerativ so‘zdir.

    Ashrafi – eron oltin puli bo‘lib, XIX asr manbalarida siyrak uchraydi.

    Yombu – xitoy tilidan uyg‘ur va undan boshqa turkiy tillarga kirib o‘zlashgan kumush tanga nomi bo‘lib,faqat uyg‘ur kitoblari tomonidan ko‘chirilgan manbalarda uchraydi. Hozirgi zamon o‘zbek tilida bu so‘z oltin quyilma manosida siyrak bo‘lsa ham uchrab turadi.

    XIX asrdan boshlab o‘zbek tilida dujna (dyujina), pud, yashik, ki8lo kabi rus tilidan, o‘zlashgan ayrim numerativlar qo‘llanila boshlangan. Masalan, To‘qqiz yashik novvot berib yubordilar. Bir dujna katta qo‘l farang ro‘mol berildi. ellik kilo qand sotqin qilindi. Uch pud nuqul pechak, yarim pud bodom, o‘nbir pud qand, ikki pud novvot oilb kelindi. 68

    XIX asr o‘zbek tilida qo‘llangan gaz, archin, tash, forsax, farsang, mil, tarib, botmon, sari, ag‘ri, girvonka, xarvor, sari, ag‘ri, diram, dinor, misqol, ashrafi, yombi kabi numerativlar hozir istemoldan chiqqan. Aksincha, hozirgi zamon o‘zbek tilida metr, kilometr, kilogram, gektar, sentner kabi bir qancha internasional numerativlar aktiv qo‘llanilmoqda.

    XIX asrda qo‘llanilgan olmoshlar o‘zlarining semantik va grammatik xususiyatlari bilan hozirgi zamon o‘zbek tilidagi olmoshlardan keskin farq qilmaydi. Aaosiy farq ularning formasi va funksional tomonlaridagina seziladi.

    XIX asr o‘zbek tilida quyidagi kishilik olmoshlari uchraydi: men, biz, bizlar, sen, siz, sizlar, ul, an-, u, alar, ular anlar.

    O‘zlik olmoshi semantik va grammaatik jihatdan kishilik olmoshlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularsiz qo‘llanmaydi va o‘sha olmoshlarning ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash uchun xizmat qiladi. XIX asr o‘zbek tilida ham o‘zlik olmoshining qayd qilingan, semantik xususiyatlari to‘lasincha saqlangan.

    XIX asrda quyidagi ko‘rsatish olmoshlari qo‘llanilgan: u, ul, bu, bul, shu, shul, oshul, oshal, ushbu, hamul. Bulardan u va shu olmioshlari unchalik ko‘p qo‘llanilmagan.

    1. yaqindagi predmetlarni ko‘rsatuvchi olmoshlar: bu, bul, shu, shul, ushbu;

    XIX asr o‘zbek tilida so‘roq olmoshlarining quydagi ma’no turlari uchraydi:

    1. shaxs va predmetni aniqlash uchun qo‘llaniladigan olmoshlar: kim, nima; Nima so‘zi so‘roq olmoshi vazifasida juda kam qo‘llangn. U hozirgi zamon o‘zbek tilidagi narsa so‘zi kabi predmetlarning umumlashgan nomini ifodalagan va shu manodagi nimayei bilan sinonim sifatida qo‘llangan. Shunisi xarakterliki, XIX asrda nima olmoshi ba’zan qandoq, qanaqa manolarida ham qo‘llangan.
    2. Predmetning belgisini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: ne, na, qays61, qandaq, nag‘u.
    3. Ish harakatni aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: nima qildi, ne qildi ?, na qildi ?.
    4. Ish-harakatning belgisini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: qaydag‘, nechuk.
    5. Ish-harakatning o‘rnini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: qayda, qayan, qaydin, qandin.
    6. Ish-harakatning sabab va maqsadini aniqlash uchun qo‘llanadigan olmoshlar: nevchun, necho‘kdin.
    7. Ish-har akatning daraja-miqdorini anglatuvchi olmosh: necha.

    XIX asrda qo‘llanilgan belgilash olmoshlari uch guruhdan iborat:

    1. aniqlov;
    2. umumlashtiruv;
    3. to‘dadan ajratuv manosidagi olmoshlar;
      1. otlaran oldin kelib, ularning ma’nosini aniqlash, ta’kidlash va aloxida qilib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.

      2.Umumlashtiruv ma’nosidagi olmoshlar bari, barcha, hamma, qulli, tamom kabilar.Bulardan bari, barcha, hamma asli o‘zbekcha bo‘lib, qolganlari fors-tojik va arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir.

      3.To‘dadan ajratish ma’nosidagi belgilash olmoshi arabcha bazi so‘zidir. XIX asrda -dir va -alla elementlari bilan yasalgan gumon olmoshlari kimarsa kabi so‘zlar qo‘llangan. Shu davrda falon gumon olmoshi keng istemolda bo‘lgan.

      Bo‘lishsiz olmoshlari huddi hozirgi zamon o‘zbek tilidagidek, hyech so‘zlari yordamida yasalgan. Bu olmoshning qo‘llanilishi quydagicha:

      a) hech so‘zi so‘roq- nisbiy olmoshlarga qo‘shilib, bo‘lishsizlik, inkor ma’nolarini ifodalaydi. Hech so‘zi otga bog‘lanib uning ma’nosini inkor etadi.

      Hech so‘zi fe’llarga bog‘lanib, harakat ma’nosini inkor etadi. Ba’zan also, hargiz, mutlaqo, zinhor so‘zlari ham bo‘lishsizlik olmoshi vazifasida keladi.

      XIX asrda olmoshlardan man, san, men, sen, u, biz, siz, bizlar, sizlar, ular, oz, bu, shu, ushbu, kim, nima, qaysi, qandoq, qachon, qancha, har, hamma, barcha, bari, hyech kabilar hozirgi o‘zbek tilida doim qo‘llanilib, semantik – grammatik jihatdan, deyarli o‘zgarishsiz qo‘llaniladi.

      XIX asrda qo‘llanilgan alar, anlar, hamul, nevchun, nag‘u, qamug‘ kabi olmoshlar hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘llanilmaydi. Shular qatorida ul, bul, shul kabilar faqat ayrim shevalardagina saqlanib qolgan.

      XIX asr o‘zbek tilida fe’l kategoriyasi o‘zining ayrim semantik va grammatik xususiyatlari bilan eski o‘zbek tili va hozirgi o‘zbek tilidan maum darajada farq qiladi. XIX asr oxir va XX asr boshlariga kelib qator fe’llar istemoldan chiqqan. Masalan, sipqormoq-ichmoq, yitmoq-yo‘qolmoq, sog‘inmoq-o‘ylamoq, hisoblamoq, qolmoq-tilamoq,istamoq, so‘ramoq va boshqalar.

      XIX asr o‘zbek tilidagi fe’llar o‘zlarining morfologik strukturasi, turli forma va katregoriyalarining qo‘llanilishi jihatidanoldingi va so‘ngi davrlardan farq qiluvchi spesifik xususiyatlariga ega.

      XIX asr o‘zbek tilida ham felning besh xil darajasi bo‘lgan: bosh, o‘zlik, majxul, birgalik va orttirma.

      O‘zlik daraja, asosan -n, -in affiksi orqali yasaladi.

      Majxul daraja, -l (-il) affiksi yordamida yasalsdi.

      Birgalik daraja, -sh, -ish affiksi orqali yasaladi. Birgalik darajadagi fe’llar ko‘plik, jamlik, musobaqa, yordamlashish, hamkorlik kabi ma’nolarni ham anglatadi.

      Orttirma daraja, -t, -it, -ut, -tir, -dir, -tur, -dur, -ar, -ur, -qar, -kar, -qur, -kur, -g‘ur, -kuz, -guz, -quz, -gaz, -g‘az.

      XIX asrda bir fel negiziga birdan ortiq orttirma daraja affikslarining qo‘shilish xollari ko‘p uchraydi. Bunday konstruksiyalarda ish harakatning bajarilishida uchta shaxs ishtirok etadi: biri ikkinchisiga, ikkinchisi esa uchinchisiga buyuradi va ish-harakatni bevosita uchinchi shaxs bajaradi.

      -t + tur; -tur + t; -tur + tur;

      Mayl kategortyasi XIX asr o‘zbek tili mayl formalari asosan, uch guruhga ega bo‘lgan:

      1. Buyruq-istak mayli;

      XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida buyruq-istak mayli faol qo‘llanilgan. Masalan, suhbat aylaylik kelinglar jo‘ralar, o‘rtoqlar (Muqimiy).

      Agarchi topmasam bir yaxshi dilbar, yomondur gar sitamkor axtaraylik (Furqat). Hozirgi zmon o‘zbek tilida buyruq-istak fe’llining I shaxs ko‘pligi faqat -aylik formasida qo‘llaniladi. 69

      XIX asr o‘zbek tilida shart feli faqat -sa, -sa affiksi bilan yasalib, hozirgi o‘zbek tilidan keskin farqlanuvchi xususiyatlar yo‘q. Shrat mayli fe’llari turli manolarni ifodalagan:

      1. Irreal shart ma’nosi, -sa erdi.

      2.Shart ma’nosi. Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topilur.

      3.Istak va iltimos manosi. Bizga ijozat bersangiz.

      4.To‘siqsizlik manosi agarchi, har necha, harchand kabi to‘siqsizlik bog‘lovchilari va ham yuiklamasi bilan qo‘llangan.

      5.Payt ma’nosi ko‘pincha vaqteki, qachonki vaersa so‘zlaq]ri orqali qo‘llangan.

      6.Erkan so‘zi bilan kelib gumon, noaniqlik manosini bildiradi.

      7.Lozim, kerak so‘zlari bilan qo‘llangan zaruriyat, lozimlikma’nolarini anglatadi.

      Aniqlik mayli ish-harakat va holatning uch zamondan birida real sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. XIX asr o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon formalari xilma-xil bo‘lib, ularning ayrimlari istemoldan chiqib, ayrimlarining esa qo‘llanilish doirasi keskin ravishda toraygan. XIX asr o‘zbek tilida fellar huddi hozirgi zamon o‘zbek tilidagi kabi affiksasiya va kompozisiya usuli bilan yasalib, qo‘shma fellar ot + fel va fe’l + fe’l vositasida yasalgan.

      XIX asr o‘zbek tilida edi va erdi kabi to‘liqsiz fe’llar mavjud bo‘lib, ulardan erdi shakli ancha faol bo‘lgan. Ular to‘liq, qisqa va aloxida tuslanish xususiyatiga ega bo‘lgan. Ayrim fe’llar faqat to‘liq formada tuslanib, ayrim fe’llar esa har ikkala variantda tuslangtan. Fe’lning inkor ma’nosi leksik, morfologik va sintaktik usul bilan ifodalanib ular faqat fe’lgagina xos bo‘lmay, boshqa so‘z turkumlariga ham taalluqli bo‘lgan. Bulardan tashqari ne/na yordamchi va nisbiy olmoshlar bilan ham qo‘llanilgan.

      XIX asr o‘zbek tilida harakat nomi, sifatdosh, ravishdoshlar turli vositalar orqali qo‘llanilgan. XIX asr o‘zbek tilida oldingi davrlarga nisbatan ravishlar ancha ko‘pva aktiv qo‘llanilgan. Ular kelib chiqishi jihatidan ikki turga bo‘linadi;

      1. Asliy o‘zbekcha ravishlar; ko‘p, oz, otru, asru, okush, artыda,qalыn, ichkari,tashqarы, yuqarы, ilgari, burun, keyin, yыraq, yaqыn, allыda, aldыda kabi.

      2. Boshqa tillardan kirib o‘zlashgan ravishlar.

      a) arab tilidan kirib o‘zlashgan ravishlar asosan, taxminan, filhal,alhal, abas, muntazir, mutlaqa, minbad, ittifaqa, albatta.

      b) fors-tojik tilidan kirib o‘zlashgan ravishlar darxol, pinxona, yakbara, tabara, zinhor, ahista, payvasta, hargiz, nagah, hala, hazir, bistar, andak, g‘ayat, baz, hiyla, az tazi dil, mardanavar, sherona kabi.

      Morfologik strukturasiga ko‘ra ravishlar soda, qo‘shma, juft xarakterga ega bo‘lgan. Ravishlar oddiy, qiyosiy va orttirma darajalarga ega bo‘lib, semantik nuqtai nazardan holat, miqdor, daraja, o‘rin va payt ravishlaridan iborat bo‘lgan.

      XIX asr morfologik strukturasida ravishlar sodda, yasama, qo‘shma va juft shaklda qo‘llangan. XIX asrda bir so‘z turkumidagi so‘zlarning boshqa so‘z turkumiga o‘tishi xos bo‘lib, bu ravish so‘z turkumi uchun ham xosdir. Bunday ko‘chish ravish uchun ham xos bo‘lib (adverbializasiya) ular qatoria yana va birpas so‘zlarini ham keltirish mumkin.

      Hozirgi o‘zbek tilida birpas so‘zi ravish vazifasida qo‘llaniladi. Ushbu so‘zning birinchi qismi son bo‘lib, ikkinchi elementi pas hozirda bu so‘z qo‘llanilmaydi. Vaholanki, XIX asrda pas ravishi faol qo‘llanilgan. Shu davrda ravishlarda ham sifatlardagi kabi uch xil oddiy, qiyosiy va orttirma darajalar mavjud bo‘lgan. XIX asrda o‘zbek tilida ravishlar quyidagi semantik turlarga ajratilgan:

      1.Holat ravishi: ohista, mardona, piyoda, yayoq, az tahi dil, pinxona, ohista, sekin, zimnan, xob, yashurun, og‘urlukga.

      2.O‘xshatish manosidagi holat ravishlari: Bular ko‘proq –ona, -dek, -cha, -vor kabi affiikslar vositasida yasalgan.

      3.Ish-harakatning birdaniga, to‘satdan bo‘lganligini anglatuvchi ravishlar: dafatan, birdan (birdan, birdan), nagah, banagah, ittiftraaqa, chust, dast, bot, zud, darhol, filhal, alhal, ildam, tez kabi.

      4.Ish-harakatning bajarilish sababini bildiradigan ravishlar: noilaj, lailaj, zaruratdin, zaruratan kabi.

      5.Ish-harakatning takroriy bajarilishini anglatuvchi ravishlar: yana, qayta, qaytadin, yanidin, boshqadin, mukarran kabi.

      6.Shaxsning psixik holatini ifodalovchi ravishlar: g‘amgin, anduhgin, beihtiyar, bajani dil, shadan kabi.

      7.Nutqning qay tarzda ifodalanishini anglatuvchi ravishlar: ozimcha, bilganimcha, oruschasig‘a, abdan kabi.

      Miqdor-daraja ravishlari ish-harakatning qanchalik va qay darajada bajarilishini anglatadi. Ular ikki turga bo‘linadi:

      a) ish-harakat, ba’zan predmet belgisining ortiqchaligini, kuchli ekanligini ko‘rsatuvchi ravishlar: ko‘p, ziyada, bisyar, artuksi, abadan, asru, g‘ayat, nihayat, nihayasiz, bag‘ayat, benihayat, base, tamoman, tola, hiyla, tabara kabi.

      XIX asrda eng, juda kabi daraja ravishlari uncha faol qo‘llanilmagan. O‘z navbatida ayrim juft otlar miqdor-daraja ravishi vazifasida qo‘llanadi alam-alam, guruh-guruh, tob-tob kabi.

      b) ish-harakat yoki predmetning miqdorini qiyoslab, chog‘ishtirib ko‘rsatuvchi ravishlar. Bular ot va olmoshlarga –cha affiksining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Masalan, qiyamatcha, meningcha, ulcha, ancha, shuncha kabi.

      O‘rin ravishi mano jihatidan uch guruhga bo‘lingan:.

      1. O‘rin-joy manosini bildiruvchi ravishlar; ost, ust, o‘za, tashra, tashqarы, ichkari, qoshыda, allыda, aldida, arqada, atra, arasida, anda, munda, andыn, bunda kabi.

      O‘rin-joy manosidagi ravishlarning ba’zilari-cha affiksi yordamida yasalgan: sonыncha, atыncha, yolcha kabi.

      2. Masofa ma’nosini anglatuvchi ravishlar; uzoq, yыraq, yaqыn kabi

      3. Tomon ma’nosini ifodalovchi ravishlar; oq. chap, sag‘, sol, atrru, keyin, soq, ilgari, yuqarы, uchak, ataq, allыda, aldыnda, arqasыda, ul yan, bu yan, bu yaq, tegra kabi.

      Payt ravishi: XIX asrda payt ravishi qo‘llanilioshi jihatidan o‘ta maxsuldor bo‘lgan. Ular mano jihatidan uch turni tashkil etgan;

      1.Umumiy payt ma’nosini anglatuvchi ravishlar;

      a)avvalgi payt ma’nosini ifodsalovchi avisdhlar: avval, avvalin, burun, sobiqon, ul chog‘ kabi.

      b) Hozirgi payt ma’nosini ifodalovchi ravishlar: hala, hanuz, alhal kabi.

      Alhal, alvaqt so‘zlari arabcha bo‘lib, hozir, shu paytda manolarini anglatgtan. Hala so‘zi XIX asrda hozir, hozircha, shu choq kabi manolarda qo‘llangan.

      Bu so‘z keyinchalik forma va mano jihatdan o‘zgarishi tufayli og‘zaki so‘zlashuv nutqida hali shaklida qo‘llana boshlagan. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida bu so‘z faqat hali shaklida qo‘llanib, bir oz avvalroq, hozircha, bir ozdan keyin kabi uch zamonga ham xos bo‘lgan payt manolarini ifodalaydi.

      XIX asrda qo‘llanilgan badaz, an, axirul amr, minbad, aknun kabi ravishlar keyinchalik istemoldan chiqib ketgan.

      v) doimiy payt manosini ifodalovchi ravishlar: daim, daima, har gah, har chag‘, hamisha kabi.

      g) ish-harakat, voqyea-xodisaning bazan ro‘y berishini anglatuvchi ravishlar: bazan, gaha, gah-gah kabi.

      d) ish-harakat, voqyea-hodisaning yaqinda, birdaniga yuz berganligini anglatuvchi ravishlar: yana, hamana, filhal, nogoh kabi.

      Haftaning kunlarini ifodalovchi avishla: bugun, erta, ertasi, tangla, taqlasы, tuna kun kabi

      3.Sutkaning turli vaqtlarini ifodalovchi ravishlar:

      a) ertalabki paytni anglatuvchi ravishlar; erta, ertaq, sahar, tan atarda, subh vaqtinda, alsabah kabi.

      b) kunduz vaqtini ifodalovchi ravishlar kundsz, chashtgahda, peshinda kabi.

      v) kechasi va kechki payt manosini ifodalovchi ravishlar: namoz zigar, asir, nomoz, shom, kech, oqshom, kechqurun, kechalab, shabana kabilar.

      XIX asr o‘zbek tilida ravishlarning miqdori va qo‘llanilish darajasi ancha keng bo‘lib, ularning miqdori yuzdan ortiq bo‘lib, yasama ravishlar keng istemolda bo‘lgan

      Shu davrda affiksasiya va kompozisiya usuli bilan ravish yasalishi keng tarqalgan. Shu bilan bir qatorda o‘zbek tilida juda ko‘plab o‘zlashma ravishlar ham keng istemolda bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilganidek, ayrim ravishlar fonetik o‘zgarishlarga uchragan.

      Tilshunos olim A.Matg‘oziyev XIX asrda yordamchi so‘z turkumlari to‘g‘risida fikr yuritganda asosan, yordamchi so‘z turkumlari to‘g‘risida olimlarning fikriga tayanib ular to‘g‘risida quyidagi malumotlarni beradi. Biz ushbu berilgan qaydlarni aynan berishni lozim topib, bu to‘g‘ridagi fikrlarimizni kelgusi bobda ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik. 70

      … Ko‘p tilshunoslarning qayd etishicha, yordeamchi so‘zlar tarixan mustaqil so‘zlardan kelib chiqqan. Bu xodisa grammatikalizasiyada birdaniga yuz bermaydi:

      a) mustaqil so‘z o‘z leksik manosidan tashqari formal ko‘rsatkich vazifasida ham keladi: mening yonimda…

      b) yordamchi so‘z kelib chiqqan mustaqil so‘z (protatip) bilan semantik aloqasini yo‘qotmagan xolda kontekstda o‘zining material (leksik) manosini butunlay yo‘qotadi, Masalan, ko‘ra ko‘makchisi shu formadagi ravishdosh bilan semantik aloqador bo‘lsa ham, konseptda bu mano umuman sezilmaydi;

      v) o‘zining leksik manosini yo‘qotgan so‘z bazan fonetik o‘zgarishga ham uchrab, shakl va mano tomondan to‘lasincha yordamchi so‘zga aylanadi. Masalan, ila 71

      XIX asr o‘zbek tilida birlan, uchun, kabi, ara, sayin,uza, uzra kabi sof ko‘makchilar hamda bir qancha funksional ko‘makchilar aktiv qo‘llanilgan. Hozirgi zamon o‘zbek tilida uning semantik hamda funksional doirasi yanada kengaygan. Mazkur ko‘makchining qo‘llanilishida hozirgi zamon o‘zbek tilidan farq qiluvchi bazi xususiyatlai seziladi:

      XIX asda qo‘llanilgan tegri, atru, tanibig‘a, sayi, uza ko‘makchilari hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanilmaydi.

      Tilshunos olim A.Matg‘oziyevning tariflashicha XIX asr o‘zbek tilida sof o‘zbekcha hamda arab va fors-tojik tillaridan kirib o‘zlashgan bog‘lovchilarning miqdori ellikdan oshadi. 72 Ular asosan teng, ayiruv, ergashtiruvchi bog;lovchilariga ajratilgan

      O‘z navbatida egashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga ajratilgan:

      1. Aniqlov-izohlov bog‘lovchilari: kim, ni, ya’ni.
      2. Shart bog‘lovchilari: agar, gar, ar, vagarka, garna, varna, arna, mabada, basharti.
      3. To‘siqsizlik bog‘liovchilari: agarchi, garchi, archi, garchand, harchand, bavujudikim, bavujudi, ulkim.
      4. Sabab bog‘lovchilari; chunki, chun, chu, zeraki, charaki, aniq, uchunki, negaki, shuning uchun.
      5. Maqsad bog‘lovchilari: ta, deb.
      6. Payt bog‘lovchilari: chunki, chun, chu, ta, taki, vaqtiki, hamonaki.
      7. O‘xshatish-qiyoslash bog‘lovchilari: chun, chu, aylakim, boylakim, go‘yo, go‘yoki.

      So‘z yuklamalarining aksariyati fors va arab tillariga xos bo‘lib, ular bugungi kunda qo‘llanilmaydi. Affiks yuklamalarining deyarli barchasi o‘zbekcha bo‘lib, miqdori unchalik ko‘p emas.

      Hozirgi o‘zbek tilida –oq, -yoq, -ku, -u, -yu, -da, -a, -ya kabi bir qancha affikslar keyinchalik paydo bo‘lgan yuklamalardir. Shuningdek, hozir -gi, -gina yuklamalarining qo‘llanilash darajasi olodingiga nisbatan ancha kengaygan. Nutqning emotsional bo‘yoqdorligini taminlovchi eng muhim hisoblangan undovlar XIX asrda asosan quyidagilarbo‘lgan: ey, hoy, hay-hay, hayu-hu, haya, ah, eh, vay-vay kabi. Ular asosan vokativ va emosional undovlardir. XIX asrda imperativ undovlar deyarli uchramaydi. XIX asrda qo‘llanilgan mimemalar hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanilayotganlardan deyarli farq qilmaydi. Umuman olganda, o‘zbek tili tarixida XIX asr aloxida bir davr sanaladi. Bu davrda o‘zbek xalqining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida o‘zgarishlar yuz berdi. Bularning hammasi o‘zbek tilining taraqqiy etishiga, shu jumladan grammatik qurilishining takomillashuvida ijobiy tasir ko‘rsatdi. Rus madaniyati, tilining o‘zbek tiliga ta’siri kuchaya bordi.

      Tilshunos olim A.Matg‘oziyev XIX asr morfologiyasining o‘zgarib, rivojlanish jarayonlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:

      a) qo‘llanilish darajasi jihatidan, malum bir davrda aktiv qo‘llanilgan so‘z yoki forma keyinchalik passivlashadi yoki faollashadi.

      b) material jihatidan o‘zgarish, ilgari qo‘llanilmagan forma vujudga keladi, istemolda bo‘lgan ayrim affikslar istemoldan chiqib ketadi.

      v) formal-struktural jihatdan o‘zgarish, bunda ayrim so‘z, grammatik forma va konstruksiya keyinchalik turli shakliy o‘zgarishga uchraydi. Masalan, XIX asrda chiqish kelishigi qo‘shimchasi din, din shaklida bo‘lsa keyinchalik -dan shaklida qo‘llanila boshlagan.

      g) semantik jihatdan o‘zgarish, bunda so‘z ma’nosining kengayishi, torayishi, qayta manolanishi, differensiasiyasida yuz beradi. Masalan, ag‘ыr, ko‘p manosida qo‘llangan bo‘lsa, bu hozir qo‘llanilmaydi.

      d) funksional jihatdan o‘zgarish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu yozma manbalarda uchraganligini ko‘rish mumkin, og‘zaki nutqda esa butunlay boshqa vazifada ko‘rish mumkin. 73

      Tabiyki, har bir til o‘z ichki imkoniyatlari asosida immonental rivojlanishi bilan birga, turli faktlar asosdida, yani boshqa tillarning ta’siri natijasida ham rivojlanib boradi. Yuqorida ta’kidlanganidek XIX asrdan boshlab rus tiliga xos leksik va morfologik elementlar o‘zbek tilida qo‘llanila boshlagan.XIX asrning elliginchi yillaridan boshlab Rossiya Turkistonni zabt etgandan boshlab maxalkliy axolini tutqunklikda tutish uchun uning tilini amaliiy jihatdan bilish ehtiyoji tug‘ildi. Ana shu ehtiyoni qondirish maqsadida bir qator asarlar maydonga keldi. Masalan, M.Nalivkinning xotini M.Nalivkina bilan hamkorlikda “Russko-sortovskiy i sortovsko-russkiy slovar’ obsheu po trebitel’nыx slov s prilojeniyem kratkoy grammatiki narechiyem Namanganskogo uyezda. (Kazan’.1884 ikkinchi nashri. Toshkent 1912) asarini yozib, o‘rislarning o‘zbek tilini va ayni paytda o‘zbeklarning rus tilini o‘rganishi uchun imkoniyat yaratadi. 74 Xulosa qilib aytganda XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan o‘zbek tilshunosligiga oid tadqiqotlarda morfologiyaga ancha jiddiy e’tibor berganligini yuqorida ko‘rsatilganlar kafolat beradi.

      Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi

      Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi. Ammo insonlarning til ilmiga qiziqishlari ancha ilgari boshlangan bo‘lib, tilshunoslikning ildizlari taxminan eramizdan avvalgi VI ming yillikda Hindistonda, IV ming yillikda Yunonistonda, III ming yillikda shumerlar yashagan Mesopotamiyada, II ming yillikda misrliklarda, eramizning I ming yillik boshida Turon qabilalarida vujudga kelgan.

      Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy (554-449 yy.) tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida ma’lumotlar berilgan. “Bahor va kuz” deb atalgan ushbu asarlarda eramizdan oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar lug‘atini ham tuzganlar. Keltirilgan dalillar tilshunoslik fanining shakllanish davri nihoyatda uzoq va murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.

      Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari 2 mintaqada, 2 xil madaniyat o‘chog‘ida, ya’ni qadimgi Sharq – Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb – Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Shuning uchun tilshunoslik fanining tarixiy yo‘lini qadimgi tilshunoslik, o‘rta asrlar tilshunosligi, XIX asr tilshunosligi va zamonaviy tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq.

      QADIMGI HIND TILSHUNOSLIGI

      Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan ehtirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat. Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda – hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Aniqrog`i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida – sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari – Vedalar tili davrlar o`tishi bilan mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritdan) farqlanib qola boshladi. Boshqacha aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so`zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga sazovor bo`lgan Vedalardagi mahnosi tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab, ularning mahnosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar mahnosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo`lgan qathiy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi.

      Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz tovushlarni, tovush birikmalarini, bo`g`in, urg`u, intonatsiya, cho`ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal mahlumotlar qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan tushunchalar bo`lgan.

      Qadimgi hindlar so`zlarning faqat mahno tomonidagina emas, balki tovush tomonida ham o`zgarishlar bo`lishini bilganlar. Shunga ko`ra ular so`zlarning tovush jihatiga alohida e`tibor berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o`zgarishi haqida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning fiziologik – artikulyatsion xususiyatlari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir tovushning boshqa tovush tahsiri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyatsion – fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda, yuqorida aytilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq ahzolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga tahsiridan, yahni tegishidan undoshlar hosil bo`lishini qayd etganlar.

      Agar yunon filologlari tovush almashinuvi masalasiga umuman ahamiyat bermagan bo`lsalar, hind tilshunoslari bu jarayonga alohida e`tibor berganlar, tadqiqot olib borganlar, ayni jarayonning o`ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid so`zlarda, masalan, vidma so`zi «biz bilamiz» mahnosini bersa, veda «men bilaman» tushunchasini, vaidyas so`zi esa «olim», «ilmli» mahnosini berishini ko`rsatib berganlar. Qayd etilgan mahno (tushuncha) o`zgarishlari esa i – e – ai unli tovushlarning almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon qilganlar.

      Qadimgi hind tilshunoslari grammatika – morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo`nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha o`tib ketdilar. Aniqrog`i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo`limdan tashkil topishini aniq ko`rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar tasnifi (so`z turkumlari). 2. So`z yasalishi. 3. So`z o`zgarishi.

      Hindlar to`rtta so`z turkumini farqlaganlar: ot, fe`l, old ko`makchi va yuklama.

      Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe`l esa harakat, holat ifodalovchi so`z sifatida beriladi. Old ko`makchilar esa otlarning, asosan, fe`llarning ma`nosini belgilaydi. Yuklamalar esa mahnolariga ko`ra 1) bog`lovchi va 2) qiyoslovchi kabi turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe`l turkumlariga qo`shib yuborilgan, alohida ajratilmagan.

      Yunonlardan farqli holda hindlar so`z turkumlarini gap bo`laklaridan farqlaganlar, ya`ni ular bilan qorishtirmaganlar, adashtirmaganlar. Shunga ko`ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe`llarni harakat ifodalovchi so`z sifatida «baholaganlar».

      Qadimgi hindlar so`zlarni tahlil qilish, tarkibini o`rganish jarayonida ularni quyidagi bo`laklarga ajratganlar: 1) o`zak, 2) suffiks, 3) qo`shimcha (turlovchi qo`shimcha). Shuningdek, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalar farqlangan.

      Yevropa olimlari hind tilshunoslarining ishlari bilan yaqindan tanishib, so`zlardan o`zak, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalarni ajratishga «kirishganlar».

      Hindlar otlarda yettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich kelishigi, 3) jo`nalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish (ablativ) kelishigi, 7) o`rin kelishigi.

      Hind tilshunoslari qo`shma so`zlarning o`ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular qo`shma so`zlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga e`tibor berganlar. Masalan: ot+ot//fe`l; sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe`l; son+ot va boshqalar.

      Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular fe`lning uch zamonga birlashadigan yetti xil zamon formasini: hozirgi zamon, o`tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq o`tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam qo`llaniladigan shart fe`li shaklini ajratganlar.

      Hindlar qadimgi davrlardayoq fe`lning to`rtta maylini – aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini bilganlar.

      Fe`lning aniq, o`rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida ta`riflangan, tavsiflangan.

      Hindlar sanskrit tilida fe`lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va ko`pliklarga ko`ra tuslanishni ko`rsatganlar.

      Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bo`lgan gapning muhimligini inkor qilmagan bo`lsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shug`ullanmaganlar. Ular sintaksisda so`zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl formalarining birikishi kabi masalalarni o`rganish bilan chegaralanganlar. So`z fikr ifodalash imkoniyatiga ega emas, yahni so`z gapdan tashqari mavjud emas deb, gapni tilning asosiy birligi hisoblaganlar.

      Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nisbatan sintaksis masalalarida ancha bo`sh bo`lganlar.

      Panini grammatikasi

      Qadimgi hindlarning eng mashhur tilshunosi eramizgacha bo`lgan IV asrda yashab ijod etgan Paninidir. Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi.

      Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.

      Ushbu tadqiqot tili – undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo`lganligi, asar tili o`ziga xos terminologiyaga egaligi sababli Panini tadqiqoti uzoq vaqtgacha ovrupolik olimlarga tushunarli bo`lmadi. Birinchi bo`lib, asar mazmunini, undagi g`oyani rus tilshunos olimi O.Byotling izohlab berdi.

      Panini o`z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi, so`z turkumlarini farqladi, so`z tarkibini o`rgandi, o`zak, qo`shimcha, urg`u, intonatsiya va boshqa hodisalar haqida mahlumot berdi.

      Paninining sakkiz bo`limdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng muhim qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning hind olimi Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi.

      Yaski (eramizdan avvalgi V asr)

      Yaski (Yaska) Hindistonning mashhur tilshunosidir. U so`z hamda so`zning morfologik tarkibi, mahnosi, vazifasi haqida fikrlarini yozib qoldirgan. Yaski so`zning predmetni bevosita aks ettirmasligini, so`z bilan, yahni uning tovush tomoni bilan predmet o`rtasida mahnoning mavjudligini to`g`ri tahkidlaydi. So`z mahno tufayli predmetni nomlash imkoniyatiga egaligini qayd etadi.

      Tilshunos Vedalar tilini keng izohlab, tushuntirib beruvchi asar yaratadi va bunda o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilar ishlarini, umumlashtiradi.

      Xullas, qadimgi Hindistonning tilshunoslik sohasidagi yutuqlari ulkan bo`lib, ular o`z muvaffaqiyatlari bilan jahon tilshunosligi faniga katta hissa qo`shdilar. Ularning tahlimotlari, g`oyalari yunon va arab tilshunosligiga jiddiy tahsir qildi. Hind tilshunosligi Ovrupoga XVIII asrning o`rtalarida yetib keldi.

      O`rta Osiyoda esa hind tilshunoslarining tahlimotlari ancha ilgari mahlum bo`lgan. Jumladan, buyuk bobokalonimiz xorazimlik Abu Rayhon Beruniy (X – XI asr) sanskritni yaxshi bilgan, Hindistonga maxsus bag`ishlangan «Hindiston» nomli asar ham yaratgan.

      Eng muhimi shundaki, hind tilshunoslarining jahon tilshunosligiga qo`shgan beqiyos hissasi sanskrit bilan belgilanadi. Tilshunos olimlarning sanskrit bilan yaqindan tanishuvi jahon fanida qiyosiy – tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi.

      QADIMGI YUNON TILSHUNOSLIGI

      Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi. Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan o`rganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy – falsafiy muammolar sifatida namoyon bo`ladi.

      Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.

      Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`nalishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.

      Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:

      1. Falsafiy davr.

      2. Grammatik davr.
      1. Tilshunoslikning falsafiy davri

      Yunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy jihatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, g`oyalar yaratish ayni davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi.

      Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi Yunonistonda mavjud bo`lgan deyarli barcha falsafiy maktablar, oqimlar, yo`nalishlar til masalalari bilan faol shug`ullanganlar. Fikr yuritilayotgan davrning o`ta dolzarb va eng muhim muam-molaridan biri so`z muammosi, so`zning tabiiy hodisami? yoki shartli hodisami? ekanligi haqidagi bahs, munozara bo`lib, bu masala atrofida fikrlar qarama-qarshiligi, faylasuflarning ayni masalani hal qilishda tarafma – taraf bo`lib, «jangga» kirishishi, tadqiqot ishlarini olib borishi qizib ketdi. Aniqrog`i, bu davrning asosiy, bosh masalalaridan biri so`z bilan mahno orasidagi, predmet bilan uning nomi orasidagi munosabat masalasi edi. Boshqacha aytganda, predmet bilan uning nomi o`rtasida qanday munosabat mavjud? So`zdagi tovush bilan mahnoning bog`lanishi qanday yuz beradi? Bu bog`lanish tabiat tomonidan beriladimi yoki so`zlashuvchilar tomonidan kelishilgan holda yuz beradimi? yoki mahlum qonun – ko`rsatma bilan tayinlanadimi?, «muayyan urf – odat bilan bog`lanadimi? yoki odamlar tomonidan belgilanadimi. Yahni bu jarayon ongli, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladimi? va boshqalar.

      Tilshunoslikning falsafiy davrida so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishda Geraklit va uning tarfdorlari quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular har bir nom o`zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas aloqada, bog`lanishda bo`lib, nomlarda predmetlarning mohiyati namoyon bo`ladi, «ochiladi». Aniqrog`i, suvda daraxtlar, ko`zguda o`zimiz aks etganidek har bir nom o`zi ifodalayotgan predmetning tabiatini, mohiyatini aks ettiradi, degan fikrni ilgari suradilar. Yana ham anig`i predmet bilan ularni anglatuvchi so`zlar orasidagi bog`lanish tabiat tomonidan berilgan bo`lib, bu bog`lanish tabiiy, zaruriy bog`lanish hisoblanadi.

      Xulosa shuki, olamda mavjud bo`lgan barcha narsa – predmetlarning tabiat tomonidan berilgan, o`ziga mos va xos nomlari, «to`g`ri» nomlari bor. So`zlar tabiat tomonidan yara-tilgan. Tabiat har bir predmet uchun alohida nom belgilagan, nom bergan.

      Demokrit va uning tarafdorlari esa so`z va predmet munosabati masalasida Geraklit va uning tarafdorlariga qarshi quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular aytadi: narsa, predmetlarning nomlari, so`zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga muvofiq holda qo`yilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga ko`ra, odamlarning o`zaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko`ra amalga oshadi. Demak, predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi.

      Demokrit va uning tarafdorlari o`z g`oyalarining to`g`ri-ligini isbotlash uchun yana quyidagi fikrlarni ham bayon qiladilar: 1) ko`p so`zlar bir necha mahnoga ega bo`lib, Shunga muvofiq ular turlicha predmetlarni ifoda etadi; 2) ko`pgina tushunchalar bir qancha nomga, atamaga ega bo`ladi; 3) tilning tabiiyligi g`oyasidan kelib chiqadigan bo`lsak, u holda ko`pgina predmetlarning bir nechta nomga ega bo`lishi mumkin emas; 4) vaqt o`tishi bilan bir so`z o`rniga boshqasi yuzaga keladi. Yahni muayyan predmet nomi o`zgarib, boshqa nomga, atamaga ega bo`ladi; 5) ko`pgina tushunchalar so`z ifodasiga, nomga ega emas. Demak, – deydi Demokrit va uning tarafdorlari, bir vaziyatda so`zlar yetishmasa, boshqa vaziyatda ular ortiqcha, ko`p. Yana boshqa bir holatda so`zlar qatg’iy emas, yana boshqa bir vaziyatda esa so`zlar kamlik qiladi. Demokrit fikricha, bunday holat, asosan, odamlar faoliyati bilan bog`liq bo`lib, ular tomonidan yuzaga keladi, tabiat tomonidan emas.

      SHunday qilib, Demokrit va uning tarafdorlari narsa, predmet nomlari tabiat tomonidan, tabiiy berilgan emas, degan g`oyani ilgari suradilar va ayni fikrning to`g`riligini tilda mavjud bo`lgan omonim va sinonim so`zlar bilan isbotlaydilar. Haqiqatan, bir-biridan farq qiladigan turli narsalarning nomlari (so`zlar) qanday qilib bir xil (omonim: ot, yosh, qirq, ko`k, son, ko`r, til, ter, qo`y, quv) yoki bir narsaning qanday qilib birdan ortiq nomi (sinonim: bosh, kalla; janjal, g`avg`o, to`palon, g`alva, mashmasha; bo`kmoq, ivimoq; kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq) bo`lishini Geraklit tarafdorlarining tahlimoti-moslik, «to`g`rilik» tahlimoti asosida izohlab bo`lmaydi. Chunki sinonimlar tovush tomonidan farqli bo`ladi; agar so`zning tovush tomoni predmetning mohiyati, xususiyati bilan bevosita bog`langan bo`lsa, demak, sinonimlar turli xil xususiyatni ifodalovchi so`zlar sifatida bitta predmetni anglatishlari mumkin emas. Qolaversa, tabiatdagi hamma predmetlar ham o`z nomlariga ega emas.

      Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Kratil» nomli asarida ham mukammal bayon qilinadi.

      Tilshunoslikning falsafiy davrida til masalalari bilan jiddiy va barakali shug`ullangan oqimlardan biri stoitsizm hisoblanadi. Stoitsizm tahlimotining vakillari bo`lgan stoiklar: Xrisipp, Krates va boshqalar o`z tahlimotlarida jahondagi nomuvofiqlikka hamma narsalarning maqsadga muvofiq bo`lishini qarama – qarshi qo`yadilar. Shunga ko`ra ular tilni kishilarning ruhida tabiat talabiga ko`ra paydo bo`lgan deyish bilan birga so`z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi, deb aytganlar. Stoiklar so`zlovchi gapirganida so`z orqali u predmetning tabiati haqida qanday taassurotda bo`lsa, eshituvchida ham xuddi shu xususiyatlar haqidagi taassurot tug`iladi, deb o`ylaganlar. Stoiklar predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasida Geraklit va uning tarafdorlari tahlimotini quvvatladilar. Yahni ular ham predmet va uning nomi (so`z) o`rtasida moslik, muvofiqlik mavjud deb hisoblar edilar.

      Ayni vaqtda stoiklarning muxolifi bo`lgan Epikur va uning tahlimoti tarafdorlari esa Demokritning fikrini quvvatlab, so`zlar va predmetlar orasidagi aloqa, bog`lanish tabiiy bo`lishi mumkin emas. Chunki narsalarning mohiyati bilan ularning nomi orasida qarama-qarshiliklar juda ko`p, degan fikrni ilgari surganlar.

      Epikurchilar predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani dastlab tilni o`zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan. Ana shunday tasodifiylik bo`lmaganida edi, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga tuShungan bo`lar edi, deyishadi.

      Tilshunoslikning falsafiy davrida o`zaro qizg`in kurash olib borgan yetakchi oqimlardan, yo`nalishlardan yana biri analogistlar va anomalistlar – qarama – qarshi g`oyadagi faylasuflar guruhi edi.

      Ular til hodisalarida analogiya mavjudmi? yoki ano-maliyami?, qonuniyat mavjudmi yoki qonuniyat yo`qmi?, degan fikr bilan qurollanib, til bilan obhektiv borliq, so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishga kirishadilar.

      Mashhur yunon grammatikachisi Aristarx boshchiligidagi analogistlar oqimi tilning grammatik qurilishi va lug`at tarkibi bilan borliq orasida moslik, muvofiqlik – o`xshashlik mavjud, degan g`oyani ilgari surishadi. Ular yunon va lotin tillarida otning uch xil grammatik jinsi (rod): erkaklar jinsi, ayollar jinsi va har ikki jinsga ham tegishli bo`lmagan oraliq jins mavjudligini aytishadi. Shunga ko`ra ular predmetlar erkaklar jinsiga, ayollar jinsiga yoki oraliq jinsga tegishli bo`ladi, deyishadi.

      Anomalistlar oqimining yetakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa ushbu g`oyaga zid fikrni, zid g`oyani ilgari surishadi. Yahni ular aytadi: tilning tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to`la moslik, o`xshashlik yo`q; biz doim turli tengsizlikka, moslik meg’yoridan chetga chiqish-larga duch kelamiz. Masalan, tildagi uch grammatik jins atrofimizdagi narsalarga real ravishda to`g`ri keladi, deb hisoblash behmanilikdir. Haqiqatan ham, masalan, rus tilidagi cherepaxa (toshbaqa), belka (olmaxon) so`zlari shakliga qaraganda grammatik jihatdan ayollar jinsiga mansub bo`lishi kerak edi. Amalda esa o`sha hayvonlarning erkagi ham, urg`ochisi ham bir xilda cherepaxa, belka deyiladi. Shuningdek, rus tilidagi dyatel (qizilishton) so`zi o`z shakliga ko`ra faqat erkaklar jinsiga nisbatan qo`llanaveradi. Demak, bu yerda til anomaliyasi mavjud bo`lib, shakl bilan mazmun orasida moslik yo`qdir.

      Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon fay-lasuflari Anaksimen , Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.

      Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502). U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.

      Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U mahno jihatdan har bir mahnodosh so`zning o`ziga xos xususiyatlarini, mahno ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi.

      Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe`l zamon-larini va gaplarning turlarini farqladi.

      Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini tahkidladilar.

      Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347). O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida ehtirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: otlarni va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb, atadi. Fe`lning ot haqida nima tasdiqlanishini anglatadigan so`z ekanligini qayd etdi.

      Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322). O`z davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi – faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi.

      Aristotel ham, Platon kabi, ot – egani va fe`l – kesimni tan oldi. Bu guruhga qo`shimcha ko`makchi so`zlarni-bog`lov-chilarni ham kiritdi. Yahni so`zlarni uch turkumga: ot, fe`l, bog`lovchi hamda yuklama kabilarga bo`ldi. Ot va fe`llarni mustaqil mahnoga ega so`zlar sifatida, bog`lovchi, yuklamani esa faqat grammatik vazifa bajaruvchi so`z sifatida qayd etdi.

      Aristotel o`z davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, tahrifladi. Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham mahlumot berdi. Masalan, u fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.

      Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy davrida stoiklar nutqda so`zlarni besh guruhga: fe`l, bog`lovchi, artiklg’, atoqli otlar va turdosh otlarga ajratdilar. Shuningdek, ular ushbu so`zlarning barchasi ham mahnolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, jo`nalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (zvatelg’nqy; chiqish) kelishigi.

      Stoiklar mazkur davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa bHlib, o`rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar.

      Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim bo`lgan ikki tahlimot qoldi:

      1. Tilning elementlari, birliklari (so`z va gap) – ishora, belgi.

      2. Til birliklari mahno, fikr bilan shartli bog`langan.

      2. Tilshunoslikning grammatik davri

      Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo`lgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog`liq edi. U bosib olgan Sharq mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining tahsiri natijasida yunon madaniyati, Sharq madaniyati bilan qo`shilib ketib, aralash madaniyat – ellinizm yuzaga keladi.

      Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan. Umuman, bizning eramizgacha bo`lgan III asrdan boshlab, birorta ham shahar: na Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bo`lgan Iskandariya shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi.

      Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida-yunon – sharq davrida (bizning eramizgacha bo`lgan 334-31) taraqqiy qildi, rivojlandi.

      Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx, Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar.

      Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bo`lgan 250). Zenodot 800.000 dan ortiq qHlyozma manbalarga ega bo`lgan mashhur Iskandariya kutubxonasining birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lug`at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.

      Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143). Iskandariya maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o`zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal o`rganib, tekshirib chiqilgan to`liq matnini yaratishdi.

      Aristarx so`z turkumi haqidagi tahlimotni mukammal ishlab chiqdi va sakkizta so`z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe`l, sifatdosh, artiklg’ yoki ko`rsatkich, olmosh, old ko`makchi, ravish va bog`lovchi.

      Dionisiy (bizning eramizgacha bo`lgan 170-90).

      Aristarxning shogirdi frakiyalik Dionisiy o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o`rganib, ulardan foydalanib, rimliklar uchun «Grammatika sanhati» nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi.

      Dionisiy tahlimotiga ko`ra so`z so`zlashuv nutqining (bog`langan nutqning) eng kichik bo`lagi (qismi)dir. Gap (yoki nutq) esa so`zlarning o`zaro munosabatidan, bog`lanishidan hosil bo`lib, tugal fikr ifodalaydi.

      Dionisiy grammatikasida ot turkumi haqida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik va songa ko`ra o`zgaruvchi turkumdir. U sifatlarni ham otga kiritadi.

      Dionisiy fe`l haqida fikr yuritib, fe`lning kelishiksiz so`z turkumi bo`lib, zamon, shaxs, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshqalarga ega ekanligini aytadi. Fe`lning beshta: aniqlik, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini; fe`lning uchta: harakat, o`zlik va o`rta nisbatlarini; fe`lning uchta: birlik, juftlik va ko`plik sonlarini; fe`lning uchta: birinchi-nutqni so`zlagan, ikkinchi-nutq yo`naltirilgan va uchinchi-so`z yuritilgan (o`zga) shaxslarni qayd etadi. Grammatik zamon esa hozirgi, o`tgan va kelasi zamon kabi turlarga bo`linadi. Sifatdoshlar esa fe`l va otlarga xos bo`lgan belgilarni birlashtiradigan kategoriya sifatida talqin qilinadi.

      Artiklg’, Dionisiy fikricha, turlanuvchi so`z turkumi bo`lib, u turlangan otdan oldin ham, keyin ham kela oladi. Olmosh ot o`rnida qo`llaniladigan so`z bo`lib, mahlum shaxslarni ko`rsatadi. Ravish turlanmaydigan so`z turkumidir, fe`l haqida mahlumot beradi va fe`lga birikadi. Bog`lovchi fikrni mahlum tartibda bog`laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko`rsata-digan so`zdir. Old ko`makchi so`z turkumi bo`lib, barcha so`z turkumlari oldidan so`z tarkibida ham, gap tarkibida ham keladi. Yahni u sintaksisda ham, so`z yasalishida ham qo`llaniladi.

      Apolloniy Diskol (bizning eramizning II asri). Apolloniy Diskol bizgacha yetib kelgan yunon tili sintaksisini yaratdi. U «Sintaksis haqida» asarida yunon tili sintaksisiga oid mahlumotlarni berdi.

      Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga ham katta e`tibor berishdi. Ular tovushlarni akustik printsip asosida tasvirladilar, tovush va harflarni aynan bir narsa hisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Shunga ko`ra harflarni unli tovushlar va undosh tovushlar nomi bilan tasvirladilar. Unli harflarni (tovushlarni) o`z holicha talaf-fuz qilinadigan va o`zini alohida eshitish mumkin bo`lgan tovushlar sifatida, undosh harflarni (tovushlarni) esa unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar sifatida qaradilar. Shuningdek, ular bo`g`in, urg`u haqida ham mahlumot berishdi.

      Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bo`yicha jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va qator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bo`lib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bo`sh tadqiq qilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari gram-matikani falsafadan ajratdilar.

      Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri grammatikani mustaqil fan sifatida yaratdi.

      Qadimgi yunon tilshunosligi (grammatikasi) hind tilshunosligi (grammatikasi) bilan bir qatorda o`z davrida arab tilshunosligiga (grammatikasiga) tahsir qildi.
      QADIMGI RIM TILSHUNOSLIGI

      Qadimgi Rim filologlarining tilshunoslik faniga qo`shgan hissasi katta emas. Rim grammatikasi yunon grammatikasining shahobchasi sifatida maydonga keldi. Iskandariya maktabida yaratilgan yunon tili grammatikasi qadimgi rimliklar tomonidan lotin tiliga tatbiq qilindi. Yunon tilidagi deyarli barcha grammatik terminlar lotin tiliga o`girildi.

      Yunon tilshunosligidagi analogiya va anomaliya maktab-laridagi munozaralar ham Rim tilshunosligida davom ettirildi.

      Qadimgi Rim tilshunosligining vakillari: Yuliy TSezarg’, Mark Terentsiy Varron, Mark Fabiy, Kvintilian, Eliya Donata, Verriy Flakk, Pristsian va boshqalardir.

      Yuliy Sezar (eramizdan ilgarigi 100-44). Qadimgi Rimning taniqli davlat arbobi, lashkarboshisi va notig`i Yuliy Sezar «Analogiya haqida» nomli grammatik asarini yozdi. U so`z va predmet munosabati masalasida analogiya tarafdori sifatida tanildi.

      Mark Terentsiy Varron (eramizdan ilgarigi 116-27). Mark Varron 25 kitobdan iborat «Lotin tili haqida» asarini yaratdi. SHu kungacha bu asarning 6 tasi yetib keldi. Kitobda analogistlar va anomalistlar orasidagi nazariy tortishuv, munozara mukammal bayon qilinadi. U ham Yuliy TSezarg’ kabi analogiya tarafdori edi. Varron so`z o`zgarishini analogiyaga, so`z yasalishini esa anomaliyaga kiritadi.

      Eliya Donata (bizning eramizgacha IV asrning o`rtalari). Eliya Donata grammatikaga oid keng qamrovli mashhur asarini yozadi va uni «Grammatika sanhati» deb nomlaydi. Ushbu asar to`liq va qisqartirilgan variantlarda bizning zamonamizgacha yetib kelgan.

      Verriy Flakk (bizning eramizning boshlari). Rim tilshunosi Verriy Flakk leksikologiya sohasida o`zigacha bo`lgan tadqiqotlarni, tajribalarni va fikrlarni umumlashtirib, katta hajmdagi «Fe`lning mahnosi» asarini yozdi.

      Pristsian (VI asr. boshlari). Rim grammatikachisi Pristsian lotin tili bo`yicha o`z davrining eng katta tadqiqoti hisoblangan «Grammatika sanhati haqida tahlimot» kitobini yaratdi.

      Qadimgi Rim tilshunosligida Donata va Pristsianning grammatikaga oid yaratgan asarlari lotin tili grammatikasi qurilishining mukammal bayoni sifatida juda ko`p asrlar davomida – o`rta asrlar davri uchun namuna bo`lib xizmat qildi.

      Shunday qilib, rimliklar yunonlardan namuna olib, ularga taqlid qilib, lotin tili haqida keng tadqiqot ishlarini olib bordilar. Rimliklarning ona tili bo`yicha grammatikaga oid tadqiqotlari, asosan, yunon tilidan tarjima qilingan bo`lsa – da, ularning grammatikalarida ayrim yangiliklar, yangicha qarashlar uchrab turadi. Jumladan, Rim tilshunoslari yunon tilshunoslaridan farqli holda Rim grammatikasiga alohida stilistikani (uslubshunoslikni) kiritdilar. Rim grammatika-chilari so`z turkumiga undovlarni ham kiritdi. Ammo yunon tiliga xos bo`lgan artiklni chiqarib tashladilar. Chunki lotin tilida artiklg’ yo`q edi. Demak, lotin tili uchun ham 8 ta so`z turkumi xos bo`lib qoldi. Rim tilshunoslari son turkumini ikkiga: tub son va tartib songa bo`lib o`rganishdi. Yuliy Sezar lotin tiliga yunon tilida mavjud bo`lmagan ablativ (ajratish) kelishigini kiritdi va kelishiklar sonini oltitaga yetkazdi.

      Rim filologlari grammatikaga oid terminlarni ham yunon tilidagi terminlar asosida yaratdilar. Jumladan, yunon va rim grammatikasiga oid ayrim terminlar ruscha va o`zbekcha tarjimalari bilan quyidagilar: onoma, nomen-имя, ot; rema, verbum – глагол, fe`l (qadimgi rus tilida nutq); antonomia, pronomen-местоимение, olmosh; nomen adjektivum-имя прилагательное, sifat; epirryoma, adverbium-наречие, ravish; artron, artikulum – пртикль; prodesis, praepositio-предлог, old ko`makchi, old qo`shimcha; syndesmos, conjunctio-союз, bog`lovchi; interjectio- междометие, undov; soneenta, vokales-гласные, unlilar; symfona, consonantes – согласные, undoshlar va boshqalar.

      Xullas, antik davr tilshunoslik maktablarining ahamiyati jahon tilshunosligi nuqtai nazaridan yuksakdir. Ushbu davr Ovrupo madaniyatining beshigi bo`lib maydonga chikdi. Qadimgi yunon va Rim tilshunosliklari keyingi davr tilshunosligining taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi.

      Iskandariya tilshunoslik maktablari vakillari grammatikani mustaqil fanga aylantirdilar. Ular juda katta grammatik «xom-ashyo» (material) to`plab, ot va fe`l turkum-larining asosiy kategoriyalarini aniqlab berishdi. Yunon tilshunoslari fonetika, morfologiya, sintaksis va etimologiya fanlarining asoslarini yaratdilar. Ular so`z va gap kabi muhim va murakkab lisoniy birliklarni aniqlab, izohladilar, so`z turkumlarini ajratib berdilar.

      Shuningdek, antik (qadimgi) davr tilshunosligining – yunon va Rim tilshunoslik maktablarining jiddiy kamchiliklari ham bor edi. Bu davr tilshunosligi tahlimotida tilga tarixiy yondashish printsipi yo`q edi. Yahni ushbu davr tilshunosligi, hind tilshunosligi kabi, tilning tarixiy taraqqiyotini tushunmas edilar. Ular yunon va Rim tillaridan boshqa tillarni tadqiq qilmadilar. Yahni bir til (yunon yoki Rim tillari) doirasida qoldilar, boshqa barcha tillarni esa yovvoyi, qo`pol til deb hisobladilar. Shuningdek, ular ko`pgina grammatik kategoriyalarni mantiq kategoriyalari bilan qorishtirdilar.

      Aytilganlarga qaramasdan, Yevropa grammatik tahlimoti deyarli XIX asrgacha qadimgi yunon va Rim filologlarining tahlimotlariga asoslanib keldi.

      QADIMGI XITOY TILSHUNOSLIGI

      Qadimgi Xitoy tilshunosligida yozma manbalar alohida ahamiyatga ega bo`lgan. Bizning kunlarimizgacha yetib kelgan Xitoy yozuvining eng qadimiy yozma yodgorliklari eramizgacha bo`lgan XIII-XI asrlarga borib taqaladi. Ushbu yozma yodgorliklar hayvon (qo`y) suyaklari va toshbaqa qalqonlari bo`lib, ularda fol ochish jarayoni haqida mahlumot beriladi. Bu qadimgi «manbalar» Xitoy tilshunosligi tarixida va taraqqiyotida muhim o`rin egallaydi.

      Fikr yuritilgan davrlardayoq Xitoy ieroglifi muayyan so`z sifatida, so`zni anglatuvchi, ifodalovchi sifatida xizmat qilgan. Yahni Xitoy ieroglifi logogramma hisoblangan.

      Xitoy madaniy taraqqiyotiga hind madaniyatining tahsiri natijasida (yahni Xitoyga Hindistondan buddizmning kirib kelishi sababli) hind tilshunosligining tahsiri bilan Xitoy tilshunoslari ona tillarining fonetik – prosodemik hodisasi – intonatsiyaning to`rtta turini, ko`rinishini ishlab chiqdilar. Xitoy tilshunoslari tomonidan, ayniqsa, xang’ davrida (bizning eramizgacha bo`lgan 206 – bizning eramizning 220) leksikologiya, leksikografiya, ieroglifika, fonetika, gram-matika va dialektologiya masalalariga katta e`tibor berilgan.

      Ushbu davrning eng buyuk tilshunosi Syuy SHeng’ «Elementlar va murakkab belgilar haqida» asari bilan yozuv nazariyasining asoslarini yaratdi. Bu manba Xitoy tilshunosligida shu kunlarda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan.

      Xitoy tilshunosligi, ayniqsa, XVII – XIX asrlarda keng quloch yoydi. Bu davrlarda tarixiy fonetika, etimologiya va sintaksisga (sintagmaga) oid faktlar ustida ish olib borildi. Shuningdek, tanqidiy matnshunoslik taraqqiy qildi. Xitoy tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan ota bola Van Nyang’ – Sung’ (1744-1832) va Van In-Chji (1766-1834) Xitoy grammatikasining asoschilari sifatida tan olinadi. Xitoy tilshunoslari so`z masalasida mustaqil so`zlarni va yordamchi so`zlarni farqlaganlar. Mustaqil so`zlarni ot, sifat va fe`l turkumiga ajratganlar.

      Yangi davr tilshunosligining yirik vakili tadqiqotchi Chjan Bin-Lin (1869-1936) bo`lib, u Xitoy tilining meg’yoriy va tarixiy fonetikasi, dialektologiyasi masalalarini ishlab chiqdi. Shuningdek, u fonetik yozuv loyihasini ham tuzdi.

      Umuman olganda, Xitoy tilshunosligining asosiy yo`nalishi, ayniqsa, o`rta asrlarda fonetika (yoki fonologiya) hisoblangan. Xitoy yozuvi-ideografik yozuv bo`lib, har bir belgi so`zga yoki o`zakka muvofiq keladi. Fonetik jihatdan esa har bir belgi bo`g`inga to`g`ri keladi. Aslida amaliy jihatdan barcha o`zaklar bir bo`g`inlidir.

      XVII-XVIII asrlarda Xitoyda fan-tarixiy fonetika katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Agar Xitoyda tasviriy fonetika poetika bilan bog`langan bo`lsa, tarixiy fonetika qadimgi matnlarni sharhlashda yuzaga kelgan ayrim masalalarga javob berish bilan shug`ullandi.

      Xitoy tili tarixiy fonetikasining yaratilishi Xitoy klassik tilshunosligining qo`lga kiritgan muhim yutug`i hisoblanadi. Bu jahon tilshunosligi fanida dastlabki yo`nalish sifatida butunlay tarixiylik printsipiga asoslangan bo`lib, o`z oldiga bevosita kuzatishda berilmagan tilning o`tmish «shakli», holati bilan bog`liq hodisalarni, faktlarni tiklash maqsadini qo`yadi. Ayni jarayonning metodlaridan va qo`lga kiritgan natijalari, yutuqlaridan hozirgi kunlarda ham foydalanilmoqda.

      Do’stlaringiz bilan baham:

      Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir 2023
      ma’muriyatiga murojaat qiling

      Xitoy bilan urushni boshlash AQSHga qimmatga tushishi mumkin – Huanqiu Shibao

      Xitoy bilan urushning narxi AQSh uchun juda yuqori bo’ladi, dedi Huanqiu Shibao gazetasi sharhlovchisi Yuan Syaotsun.

      U Amerika tomonining bayonotlariga aqldan ozgan odamlarning tahqiri sifatida emas, balki ularning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi haqiqiy rejalari sifatida qarashga chaqirdi.

      Shu bilan birga, gazeta sharhlovchisi AQSh armiyasi Xitoy bilan ehtimoliy urushga tayyorlanayotganini tasdiqladi va uni ushbu mojaroning qimmatga tushishidan ogohlantirdi.

      “Harbiy darajadami yoki ilm-fan va texnologiya sohasidami – AQShning Xitoyni bostirish harakatlaridan kelgan foydadan ko’ra zarari ko’proq bo’ladi”, deya xulosa qildi Syaotsun.

      Eslatib o’tamiz, 28-yanvar kuni AQSh harbiy-havo kuchlari generali Mayk Minihan harbiylarni Xitoy bilan urushga tayyorlanishga chaqirgani haqida xabar bergan edik.

      “Umid qilamanki, men adashyapman. Intuitsiyam 2025-yilda jang qilishimiz mumkinligini aytmoqda”, – degan edi u.

      Avvalroq Xitoy AQSHni Ukrainaga qurol yetkazib berishini to’xtatishga chaqirgan edi.