Yangi kitob (Nashriyot)
Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, “Yangi kitob” va “Bayoz” nashriyotlari bilan hamkorlikda saxovatpesha homiylar koʻmagiga turli taʼlim dargohlariga turfa tillardagi va mavzulardagi kitoblarni taqdim etish boʻyicha “Kitob – maʼnaviy nur” aksiyasini boshlab yubordi.
Yangi kitob nashriyoti
Kitob bor uy va maskanda zulmat chekinadi, maʼrifat va ilm nuri yogʻiladi, aql-zakovat va tafakkur boyiydi. Olamda yaxshi adabiyot mutolaa qilish saodatidan va farogʻatidan yaxshiroq rohat yoʻq aslida. Karantin davrida kimning uyida koʻp kitobi boʻlsa, uning vaqti chogʻ oʻtgani ham ayni haqiqat.
Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi, “Yangi kitob” va “Bayoz” nashriyotlari bilan hamkorlikda saxovatpesha homiylar koʻmagiga turli taʼlim dargohlariga turfa tillardagi va mavzulardagi kitoblarni taqdim etish boʻyicha “Kitob – maʼnaviy nur” aksiyasini boshlab yubordi.
Qisqa fursat ichida ushbu nashriyotlarda chop etilgan ellikdan ortiq adabiyotlar, jumladan, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Ortiqali Namozovning “Odilovni otmoqchi edilar”, Paulo Koelyoning «Al Kimyogar», «Iblis va Prim xonim», Deyl Karnegining “Oilada baxtga erishish yoʻllari”, Gi De Mopassanning “Azizim”, Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha”, Vladimir Kuninning «Baloi nafs» asarlari, turli foydali lugʻatlar va test kitoblari, qoʻllanmalar, tarjimalar Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirliklarining Malaka oshirish markazlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga, Toshkent shahri Sirgʻali tumanidagi “Quruvchilar” mahallasiga tuhfa etildi.
Ayniqsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyadagi aksiya kitob yarmarkasiga aylanib ketdi. Kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan turli asarlarni maroq va qiziqish bilan mutolaa qildilar, oʻzlariga maʼqul eng sara kitoblarni tanlab oldilar.
— Bugungi kunda nashriyotlarimizning ustuvor maqsadlaridan biri aholi, ayniqsa yoshlar orasida Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusdan biri hisoblangan kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularning talab va istaklariga mos adabiyotlarni tayyorlab, chop etishdan iborat, — deydi “Yangi kitob” nashriyoti bosh muharriri Anvar Namozov. – Ming afsuski, har qanday yaxshi kitob ham oʻquvchi yaʼni isteʼmolchiga yetib bormas ekan, koʻzlagan ulugʻvor maqsadlarimizga toʻliq erisha oldik, deya olmaymiz. Shu sababli biz noshirlar oʻz ishimizni zamonaviy bozor talablariga moslangan holda oʻquvchilarga yana-da yaqinroq boʻlishimiz lozim. Xudoga shukr, nomini tilga olishni istamagan homiylarimiz ham maʼnaviyat borasida bizni qoʻllab-quvvatlab kelishmoqda.
— Darhaqiqat, yaxshi kitoblar albatta keng aholi qatlamlariga, olis olis qishloqlarga qadar yetib borishi shart. Shu maqsadda biz respublikamiz miqyosida yuzga yaqin “Isteʼmolchilar kutubxonalari”ni bunyod etish ishlarini davom ettirayapmiz. Hozirga qadar ularning yigirmaga yaqini ishga tushirildi, — deydi Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov. — “Kitob – maʼnaviy nur” aksiyasi shu kunlarda karantin davrida kitob doʻkonlari va bozorlari ishlamayotgan sharoitda oilalarda qolayotgan oʻquvchilar ehtiyojlarini qondirishni koʻzlaydi. Albatta, odamlarni birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash juda muhim. Shu bilan birga “maʼnaviy oshqozon”ni – tafakkurni ham och qoldirishga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Boshqa tomondan, sinovli davrda iqtisodiy aholi bir qadar qiyinlashgan nashriyotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutganmiz. Bugun esa aksiyamizni Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov shaxsan qoʻllab-quvvatladi va uni ommalashtirish zarurligi haqida ijobiy fikrlar bildirdi.
— Federatsiyaning xayrli tashabbusini albatta Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan iliq kutib olindi hamda barcha mahallalarda ham tashkil etish uchun tegishli choralar koʻrishni rejalashtirganmiz, — deydi mazkur vazirlikning matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva. — Aksiyaga boshqa nashriyotlarni ham jalb etgan holda har bir mahalla hududida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, yangi va koʻrkam holda tashkil etilayotgan Mahalla binolarini homiylar koʻmagida zamonaviy adabiyotlar bilan toʻldirish ham birlamchi vazifalarimiz qatoriga kiradi. Shunisi aniqki, kitob kirib borgan oilada nur va fayz boʻladi, oʻrganishlar chogʻida koʻp adabiyot oʻqigan oilalarda ajrimlar kamroq kuzatilishiga, xotirjamlik va qut-barakaga, baxtiyorlikka guvoh boʻldik.
Manija Bahriyeva,
jurnalist
Yangi kitob (Nashriyot)
Manzil: 100138, Toshkent shahri Uchtepa tumani Chilonzor dahasi, 13-mavze 45-uy.
Telefon: (998-91) 132-36-64, (998-90) 992-35-01
Tashkil etilgan yil: –
“Yangi kitob” nashriyoti 2014 yili ish boshlagan. O‘z nomiga ko‘ra, yangi kitoblarni chop etishni o‘z oldiga maqsad qilgan mazkur nashriyot o‘quvchilarni turli-tuman nomdagi kitoblar bilan xushnud etmoqda. Bu – “Yangi kitob”da durdona va mumtoz asarlar nashr etilmaydi, degani emas, albatta. Zotan, “Yangi kitob” hikmatida aytilganidek, “Yaxshi kitob hech qachon eskirmaydi”.Nashriyot kitoblar chop etish bilan bog‘liq har qanday takliflarni kutib qoladi. Ishoning, eng sara va arzon kitoblar “Yangi kitob”da!
Do‘stlarizga tavsiya eting
Chop etilgan kitoblar
Kitob nomi | Nashr yili | Elektron | Qog’ozli | Sklad |
---|---|---|---|---|
Adabiyot fanidan ma’lumotnoma | 2020 | |||
Alifbe | 2019 | |||
Alkimyogar | 2020 | |||
Azizim | 2020 | |||
Baloyi nafs | 2020 | |||
Baskervillar iti | 2020 | |||
Biologiyadan eng muhim ma’lumotlar | 2017 | |||
Biologiyadan eng muhim ma’lumotlar | 2019 | |||
Boburnoma | 2019 | |||
Cho‘qintirgan ota 2. Sisiliyalik | 2020 | |||
Cho‘qintirgan ota yoki mafiya sardori | 2020 | |||
Dang‘illama hovlidagi o‘lim | 2020 | 9500 | ||
Deutsch-usbekisches Wörterbuch / Nemischa-o‘zbekcha lug‘at | 2019 | |||
Do‘stlar orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish xususida | 2020 | |||
Do‘stlar orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish xususida. O‘ziga nisbatan ishonchni kuchaytirish va omma oldida chiqishlar orqali odamlarga ta’sir ko‘rsatish haqida. Xavotirlanishni bas qilish va yashay boshlash yo‘llari | 2020 | |||
Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha | 2019 | |||
Eng chiroyli ismlar va ularning ma’nolari | 2019 | |||
Etik kiygan mushuk. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Fizika fanidan ma’lumotnoma | 2020 | |||
Gonkongdan kelgan tobut | 2020 | 8400 | ||
Gulzorim | 2016 | 6500 | 2000 | |
Harobadan chiqqan mashhurlar | 2017 | |||
Hayot saboqlari | 2015 | 6200 | 2500 | |
Iblis va Prim xonim | 2020 | |||
Ikki eshik orasi | 2019 | |||
Ikki eshik orasi | 2019 | |||
Ikki karra ikki – besh | 2020 | |||
Indiana | 2020 | |||
Kecha omadsiz – bugun muvaffaqiyat qozongan savdogar | 2020 | |||
Kimyo fanidan ma’lumotnoma | 2019 | |||
Ko‘ngildagi gaplar | 2016 | 7000 | 1500 | |
Mardonbekovning so‘nggi kunlari | 2017 | |||
Mashhur kishilar hayotidan noma’lum sahifalar | 2020 | |||
Matematika mustaqil tayyorlanish uchun qo‘llanma | 2017 | |||
Menkim, fotih Temur | 2019 | |||
Mitti bola. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Muqbil toshotar. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Muvaffaqiyat sirlari | 2020 | |||
No‘xat ustidagi malika. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Odilovni otmoqchi edilar | 2019 | |||
Oilada baxtga erishish yo‘llari | 2020 | |||
Oltin ko‘zadagi to‘ti. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Ona tili fanidan ma’lumotnoma | 2020 | |||
Oppog‘oy va yetti gnom. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Oqsoq laylak. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Orzu manzillari | 2016 | 5000 | 2000 | |
Orzular kamalagi | 2016 | 5000 | 2500 | |
O‘zbek adabiyoti. Mitti hikoyalar: kecha va bugun | 2020 | |||
O‘ziga nisbatan ishonchni kuchaytirish va omma oldida chiqishlar orqali odamlarga ta’sir ko‘rsatish haqida | 2020 | |||
Parishon yoxud Amerika kundaliklari | 2020 | |||
Portobello jodugari | 2020 | |||
Qug‘u orolidan mujda | 2020 | |||
Rus xalq ertaklari | 2020 | |||
Saxiy va Xasis. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Sirli sado | 2016 | 6600 | 2000 | |
Tog‘larga qor yoqqanda | 2021 | 9400 | ||
Uch avlod ko‘prigi | 2016 | 9000 | 3000 | |
Xavotirlanishni bas qilish va yashay boshlash yo‘llari | 2020 | |||
Xivaga kelganmisiz? | 2016 | 5000 | 1500 | |
Xiyonat. Tohir Malik maqtagan kitob | 2020 | |||
Yarim million dollarlik qilmish | 2020 | |||
Zamonaviy ruscha-tojikcha-o‘zbekcha so‘zlashgich / Современный русско-таджикско-узбекский разговорник / Kitobi guftugo‘i rusi-tochiki-o‘zbekii muosir | 2020 | |||
Ziyod botir. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Zumrad va Qimmat. O‘zbek va jahon xalq ertaklari | 2019 | |||
Русские народные сказки | 2020 | |||
Узбекско-русский словарь – O‘zbekcha-ruscha lug‘at | 2020 | |||
Узбекско-русский словарь / O‘zbekcha-ruscha lug‘at | 2020 |
Janr va bo‘limlar
Badiiy adabiyot
- Bolalar adabiyoti
- Detektivlar
- Sarguzashtlar
- Fantastika, mistika, fentezi
- Romanlar, hikoyalar
- Ertaklar
- Drama va Tragediya
- She`rlar, nazm
- Klassika
- Qo´rqinch va Trillerlar
- Komediya, yumor va satira
- Qissalar, dostonlar
- boshqalar
Ma`lumotga oid adabiyot
- Yo´lko´rsatkichlar
- Lug´atlar
- Ensiklopediyalar
- Yo´riqnomalar
- Ma`lumotnomalar
- Aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar
- boshqalar
Uy va oila
- Sihat-salomatlik
- Sport, fitnes
- Ro´zg´orshunoslik
- Ishtiyoq-qiziquv
- Bolalar tarbiyasi
- Pazandalik
- boshqalar
Fan va ta`lim
- Qishloq xo’jaligi
- Irrigatsiya, suv ta’minoti
- Energetika
- Elektrotexnika
- Monografiya
- Arxitektura, qurilish, chizmalar
- G’oya, mafkura
- Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari
- Din asoslari
- Biologiya
- Botanika
- Ximiya
- Fizika
- Geografiya, geologiya
- Matematika, geometriya
- Til va lingvistika
- Tarix
- Huquqshunoslik
- Falsafa
- Sport va fizkultura
- Astronomiya, astrologiya
- Tibbiyot
- Psixologiya
- Zoologiya
- Jamiyatshunoslik
- Filologiya
- Ekologiya
- Informatika, kompyuter, internet, aloqa
- O´quv va metodik qo´llanmalar
- Pedagogika
- Buxgalteriya, moliya
- Iqtisod
- Darsliklar
- Biznes
- Ma`naviyat va ma`rifat
- boshqalar
- Maktab kutubxonasi
- Maktabgacha ta’lim
San`at
Xujjatli adabiyot
- Biografiya, Memuarlar, esse
- Geografiya, Yo´l xotiralari
- Xarbiy mavzu
- Tanqid
- Publisistika
- boshqalar
- Yoshlar ittifoqi
Gazeta va jurnallar
- Pedagog minbari
- Fantik – журнал современной фантастики
- Sharq tabobati
- Mushtum
- Gazeta “Kitob dunyosi”
- Turon tarixi
- Infolib
- O’zbekiston armiyasi
- Vatanparvar
- Inter futbol
- Guliston
- O’zbekiston adabiyoti va san’ati
- boshqalar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
Axborot-resurs markazi “Yangi kitob” nashriyotida chop etilgan kitoblar bilan boyitildi
Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar orasida kitobga bo’lgan e’tibor, kitob mahsulotlarini nashr etish, kitobxonlik saviyasini oshirish borasidagi tashabbuslar eng muhim, eng olamshumul tadbirlardandir.
Darhaqiqat, insonni komillikka etkazish, tafakkurini boyitib, ma’naviyatini yuksaltirishda kitobning o’rnini bosa oladigan boshqa biron-bir narsa yo’q. Sir emas, kitobdan uzilib qolish insonlarning bilimi, odob-axloqi, nutqi, qolaversa, jamiyat ravnaqiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida kitobxonlikni ommalashtirish yoshlarda mutolaa va axborot olish madaniyatini shakllantirish, o’zbek hamda jahon adabiyoti mumtoz va zamonaviy asarlarini targ’ib qilishga qaratilgan sayi-harakatlarning ahamiyati qo’llarida kitob tutgan yoshlarning quvonchida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu yo’nalishda qisqa muddat ichida davlatimiz tomonidan bir qancha hujjatlar qabul qilingani va tez-tez kitob va kitobxonlik targ’ibotiga doir tadbirlarning o’tkazilishi halqimiz tomonidan yuksak qadrlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 avgustdagi «Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ–3919-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-o’qituvchilari uchun xalq ichiga kirib borish va aholi bilan muloqot o’rnatish, ayniqsa yoshlar orasida 5 ta tashabbusdan biri bo’lgan kitobxonlikni targ’ib qilish ustuvor maqsadlaridan biriga aylanganligini ommaviy axborot vositalarida ko’ryapmiz.
Kitobxonlikni qo’llab-quvvatlash aktsiyasi doirasida ta’lim muassasasiga tashrif buyurgan “YAngi kitob” nashriyoti xodimlari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Malaka oshirish instituti kutubxona fondiga o’z mualliflik asarlari va nashriyotda chop etilgan kitoblardan 50 ga yaqin, turli tillardagi (rus, ingliz, frantsuz, nemis) kitoblar jamlanmasini sovg’a qildilar.
Jumladan, sovg’a qilgan kitoblar to’plamida Zahriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, O’tkir Xoshimovning “Ikki eshik orasida”, O’tkir Xushvaqtovning “Chiroyli sabr”, Ortiqali Nomozovning “Odilovning otmoqchi edilar”, Abror Zohidovning “Xiyonat”, “Eng chiroyli ismlar”, Laziz Rahmatovning “Dunyo mamlakatlari: Astraliyadan Hindistongacha”, taniqli xorijiy adiblar Vladimir Kuninning “Baloyi nafs” asarlari, Artur Konon Doylning “Baskervillar iti”, Gi de Mopassanning “Azizim”, Mario P`yuzoning “Cho’qintirilgan ota 2”, Jeyms Xedli Cheyzning “Dang’illama hovlidagi o’lim”, Paulo Koeloning “Alkimyogarlar” va boshqa turli xildagi kitoblar sovg’a qilindi.
– Mamlakatimizda yoshlarni vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo’lib voyaga etishlarida ko’maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag’batlantirish, ularning o’z aql-zakovatini namoyon etishiga ko’maklashish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o’zbek adabiyotining asarlariga mehr uyg’otish bosh maqsadimiz bo’lib hisoblanadi, deydi Institut Axborot-resurs markazi boshlig’i, serjant Nargiza Islamova. Instituti xodimlari va tinglovchilari bu kitoblarni o’qib o’rganib, o’z xizmat vazifalarini bajarishida ayniqsa, yoshlarni ta’lim tarbiyasida keng foydalanadilar.
Shu o’rinda kutubxona fondimizni boyitishga munosib hissa qo’shgan “Yangi kitob” nashriyoti xodimlarining beg’araz yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Kitobsiz kelajak yo’q!», «Kitob o’qigan xalq, millat aslo kam bo’lmaydi».
Sherali ANVAROV,
O’zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti katta o’qituvchi-metodisti
Aloqa uchun telefon: 93-378-72-89, 99-804-27-72