Yangi o’zbekiston strategiyasi kitobi
Toshkent moliya institutida Shavkat Mirziyoyevning «Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi» kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Yangi o’zbekiston strategiyasi kitobi
Toshkent moliya institutida Shavkat Mirziyoyevning «Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi» kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Toshkent moliya institutida Shavkat Mirziyoyevning .
Mavjud saytlar
Foydali manbalar
Toshkent moliya institutida Shavkat Mirziyoyevning «Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi» kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Bugun, 22-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” deb nomlangan kitobi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirgʻizboyevning maʼruzasidan maʼlum boʻlishicha, mazkur kitob muqaddima, 7 boʻlim va xotimadan iborat boʻlib, unda Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi ham oʻz ifodasini topgan. Jumladan, Yangi Oʻzbekiston strategiyasini tuzish, xalqparvar davlat shakllantirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yurgazish, maʼnaviy taraqqiyotga erishish, xavfsizlik va tashqi siyosatni barqarorlashtirish hamda umumbashariy masalalarga e’tibor qaratilgan.
Tadbiri davomida talaba-yoshlar maʼnaviyatida kitobning oʻrnini qanchalik bebaho ekanligini eʼtirof etuvchi “Buyuklik siri” mavzusida yozuvchi va tarjimon Faxriddin Sodiqning tavsiyalari ham talabalar eʼtiboriga yetkazildi.
Yangi o’zbekiston strategiyasi kitobi
Mirziyoev Sh.M.
M 54 Yangi O’zbekiston strategiyasi [Matn] / Sh.M. Mirziyoev. –
Toshkent: “O’zbekiston” nashriyoti, 2021. – 464 b.
ISBN 978-9943-6992-3-6
Mazkur asar kitobxonlarda Yangi O’zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarish uchun biz belgilab olgan strategik yo’l to’g’risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Ushbu kitob xalqimizning Yangi Uyg’onish davri asoslarini yaratish bilan bog’liq ezgu orzu-intilishlari, ularni amalga oshirish borasidagi eng muhim vazifalarni atroflicha taxlil etishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Yangi Ozbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish istak, subʼektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo’lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning o’zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to’la javob beradigan obʼektiv zaruratdir.
Biz bu yo’lda islohotlarimizning asosiy h arakatlantiruvchi kuchi bo’lgan jamiyatimiz aʼzolarining bor bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azmu shijoatimizni ishga solishimiz zarur. Shundagina Yangi O’zbekiston jaxon maydonida kuchli salohiyat, munosib obru-eʼtiborga ega bo’lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi.