Yangi o’zbekiston strategiyasi kitobi haqida
Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi taqdimoti
TIQXMMI Qarshi filialida joriy yilning 17-sentabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi bilan hamkorlikda Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobining taqdimoti o’tkazildi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasida maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlaridagi vazifalar: maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi, hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkazilishi, maktab ta’limi tizimi uchun o‘quv dasturlari va darsliklar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ishlanib, 2026-yilga qadar amalda joriy etilishi, oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratilishi, 2026-yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritilishi, talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalari barpo etilishi, oliy ta’limda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkazilishi, doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablag‘lari hisobidan to‘lov-grant asosida joriy etilishi, olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha har ikki yilda o‘tkaziladigan umumrespublika sport o‘yinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etilishi Oliy ta’limni rivojlantirishning o‘ziga xos demokratik yo‘li va taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Zeroki, har qanday islohot faqatgina raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida o‘z aksini topayotganligidan dalolat bermoqda, – deya ta’kidlab o‘tdi va barcha talabalarimizni ushbu kitob mutoalaasiga chaqirdi.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Charos Temirova axboroti
Matbuot xizmati rahbari Farrux Najimov
Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi»
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
- «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
- «Xalqparvar davlat»
- «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
- «Adolatli ijtimoiy siyosat»
- «Ma’naviy taraqqiyot»
- «Xavfsizlik va tashqi siyosat»
- «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».
- Kitob so‘zboshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
- «Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.
- “Biz o‘tgan besh yilda katta tajriba orttirdik. Xalqimiz bizga ishondi va inondi. Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oshirishni kutmoqda.
- Xalqimizning ana shunday ishonchi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida: yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash; fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash; xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada yuksaltirish; O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta’lim bilan ta’minlash; kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish; mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasini ishlab chiqdik.
- Bugun sizlarga taqdim etilgan shu nomli kitobda ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil fikr yuritilgan. Shu bilan birga, kitobga kirmagan, ammo e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan quyidagi eng muhim va dolzarb masalalarni ham hisobga olishimiz zarur.
- Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz aholisi 35 millionga yetdi, 2026 yilga borib esa 38 milliondan oshishi kutilmoqda. Bu – yurtimiz jahonda aholi soni bo‘yicha 37-o‘ringa chiqib, Polsha, Kanada, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar aholisidan ham oshadi, degani.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling