Press "Enter" to skip to content

Yangi yilni ko`ngildagidek kutib olish uchun 7 qadam

9 oshqoshiq yogurt

Yangi yil taomnomasi: Eng ajoyib salatlar, shirinlik va taomlar retsepti

2020 yil Xitoy taqvimlari bo‘yicha Oq sichqon yili bo‘lib, ushbu jonivor barcha ozuqaviy mahsulotlarni yaxshi ko‘rgani uchun ham mazkur yilni o‘ta orginal, qiziqarli va bayramona dasturxon bilan kutish kerak bo‘ladi.

Odatda uy bekalari va pazanda qizlar yangi yil uchun qanday yeguliklar tayyorlashlari haqida avvaldan aniq o‘ylab, shunga ko‘ra tayyorgarlikni boshlaydilar. Aynan mana shu sababli ham biz siz uchun bayram dasturxoni uchun mos keladigan ajoyib retseptlarni taqdim etishga qaror qildik. Eng muhimi, fantaziyani ishga soling va barcha narsaga ijodkorlik bilan yondoshing.

“Archa o‘yinchoqlari” gazagi

Kutilayotgan 2020 yilning bayram dasturxonini gazaklarsiz tasavvur qilish juda ham qiyin. Gazakning tashqi ko‘rinishi ham bayramga mos tarzda Yangi yilga urg‘u berib turishi kerak. Bu borada sizga “Archa o‘yinchoqlari”gazagi xush keladi deya umid qilamiz.

Kerakli masalliqlar:

1 ta tovuq filesi

1 bo‘lak sarimsoq

ta’bga ko‘ra tuz va murch

1 o‘ram eritilgan pishloq

Tayyorlanishi:

Tovuq go‘shti tuzli suvda qaynatib olinadi. Sovitilgach, mayda bo‘laklarga kesib chiqiladi. Yong‘oqlar blender ichiga solib maydalanadi.

Ukrop mayda to‘g‘raladi, pishloq mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi. Sarimsoq ezilgach, ukrop, pishloq va eritilgan pishloq bilan birga qorishtiriladi.

Masalliqlar ustidan tovuq go‘shti solingach, maydalangan yong‘oqning yarmi qo‘shiladi.

Aralashma ichiga tuz, murch, mayonez solinadi va hosil bo‘lgan massadan yirik sharchalar yasaladi. Sharchalarning bir qismi yong‘oqqa, bir qismi qirg‘ichlangan pishloq, yana bir qismi esa to‘g‘ralgan ko‘katga belab olinadi.

Sharchalar likop ustiga joylashtirilgach, ukrop bandidan “archa o‘yinchoq”larining ilgak qismi yasab qo‘yiladi. Istakka ko‘ra, sharchalarni maydalangan garmdori yoki karriga belashingiz ham mumkin.

“Bayram” gazagi

2020 yil dasturxoni uchun achchiqroq va noodatiy ta’mga ega bo‘lgan biror gazak tayyorlash niyatida bo‘lsangiz, ushbu retseptga diqqat qiling. Tuzlangan baliq va qora olxo‘ri uyg‘unligi yegulikka mutlaqo o‘zgacha va betakror maza bera oladi.

Kerakli masalliqlar:

250 gr seld filesi

350 gr shirin bulg‘or qalampiri

100 gr tomat pastasi

250 gr qizil piyoz

80 gr qora olxo‘ri

3 oshqoshiq o‘simlik yog‘i

Tayyorlanishi:

Gazak uchun aynan qizil piyoz harid qilish kerak bo‘ladi. Sababi uning mazasi yegulik ichida juda o‘tkir ekanligi bilan ajralib turmaydi. Bulg‘or qalampirining yorqin ranglilaridan tanlab oling, bayramona gazak ranglar tufayli ham juda chiroyli ko‘rinadi.

Piyoz yarimhalqa shaklida to‘g‘raladi, bulg‘or qalampiri tozalab olingach, yirik shaklda maydalab chiqiladi. Masalliqlar qizdirilgan yog‘ ichiga solinadi va 20 daqiqa davomida qovuriladi.

Bulg‘or qalampiri yumshagach, ichiga tomat pastasi va danaksiz qora olxo‘ri solinadi. Agar qora olxo‘ri haddan tashqari yirik bo‘lsa uni 2-3 qismga bo‘lib chiqish kerak. Masalliqlar aralashtirilgach, tova qopqog‘i yopiladi va past olovda 5 daqiqa dimlab qo‘yiladi. Bu yerda olxo‘rining yumshoq bo‘lib chiqishiga diqqat qarating.

Seld filesi to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va gazak idishining bir tomoniga terib chiqiladi. Qovurilgan masalliqlar file bo‘laklarining yoniga joylashtiriladi.

Bu kabi ajoyib gazakni muzlatgich ichida 4 kungacha saqlash mumkin. Muhimi, uning idishi yopiq holatda turishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, gazakni bayramdan bir necha kun avval tayyorlab, vaqtni tejab qolishingiz mumkin bo‘ladi.

“Fasolino” salati

2020 yilning Yangi yil dasturxoni faqatgina gazaklardan iborat emas,albatta. Bayram taomnomasini mazali salatlarsiz tasavvur qilish ham juda qiyin. Bugungi kunda ularning turlari haddan tashqari ko‘p, shu sababli ham pazandalar qanday yegulik tayyorlashni bilmay tanlov borasida murakkabliklarga duch kelishadi. Biz esa vaqtingizni tejab qolishga yordam beradigan juda oddiy, mayin va orginal salat retseptini tavsiya qilamiz.

Kerakli masalliqlar:

1 ta tovuq filesi

1 banka qizil loviya

3 oshqoshiq kedr yong‘oqlari

ta’bga ko‘ra ko‘katlar

9 oshqoshiq yogurt

6 oshqoshiq mayonez

1 bo‘lak sarimsoq

bir chimdimdan tuz va murch

Tayyorlanishi:

Tovuq go‘shti 20 daqiqa davomida tuzli suvda qaynatiladi. Shundan keyin go‘sht sovitilib, somoncha shaklida to‘g‘rab chiqiladi.

Bodring ham somoncha shaklida kesiladi, pishloq yirik tishli qirg‘ichdan o‘tkazib olinadi.

Konversalangan loviyaning suvi to‘kib tashlangach, quritiladi va idish ichiga solinadi. Loviya ustidan go‘sht bo‘laklari, sabzavotlar va pishloq solib, aralashtiriladi.

Alohida idishga yogurt, mayonez, ezilgan sarimsoq, tuz va murch solingach, qorishtirib olinadi. Masalliqlar birin-ketin yirik bokal ichiga joylanadi va ustidan mayonezli aralashma quyib, ustidan kedr yong‘oqlari sepib chiqiladi.

“Qahraton” salati

Yangi 2020 yil dasturxoni uchun tayyorlanayotgan taom va salatning tarkibiy masalliqlari o‘ta qimmat bo‘lishi shart emas, axir orginal yeguliklarni oddiygina masalliqlardan ham tayyorlash mumkin. Agar biroz fantaziya qilib, uni dasturxonga o‘zgacha usulda tortsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

Yangi yilni ko`ngildagidek kutib olish uchun 7 qadam

1-qadam: Yangi yil ajoyibotlarga to`la bayram. Siz ham bolalikdagi kabi mo“jizalarga ishonasiz. Yangi yil oqshomini xush kayfiyatda, oilangiz va farzandlaringiz qurshovida, to`kin dasturxon atrofida kutib olyapsiz. Shuning o`zi bir mo“jiza emasmi? Aytishlaricha, Yangi yil kechasi qanday o`tsa, kirib kelayotgan yil ham shunday bo`lar ekan. Demak, yil davomida har kuni sizni mo“jizalar kutishiga ishoning.

2-qadam: Yangi yildan faqatgina yaxshiliklar kuting. O`tgan yil uchun shukr qiling. Yomon xayollarni ortda — eski yilda qoldirib, ular sizning ortingizdan ergashishlariga yo`l qo`ymang.

3-qadam: Yangi yilda «doim bizga bosh bo`lib yuring» deya qaynona-qaynota, ota-onangizni qutlab, bayramni siznikida kutib olishga taklif eting. Chunki siz bayramni sevimli insonlaringizsiz tasavvur qila olmaysiz.

4-qadam: Bayramona kayfiyatni o`zingiz yarata olasiz. Bolalaringiz bilan bayram kechasida archa atrofida turli o`yinlar, sahna ko`rinishlari, she`rlar aytishuvini o`tkazishingiz mumkin. Farzandlaringiz qanchalar zukko va aqlli! Bu sizning baxtingiz!

5-qadam: Sovg`aning katta-kichigi bo`lmaydi, asosiysi e`tibor. Bu haqiqat! Shuning uchun o`z qo`lingiz bilan yasagan, tikkan, to`qigan buyumlaringiz qimmatbaho narsalardan a`lo ekanligini yaxshi bilasiz. Sovg`alar bilan oila a`zolaringizni xushnud etish sizga ham xush kayfiyat bag`ishlaydi.

6-qadam: Yangi yil kechasining yagona go`zalisiz! Chunki labingizdan tabassum hech qachon arimaydi. Bejirim soch turmagi va egningizdagi orasta libos esa go`zalligingizni yana bir karra namoyon etadi.

7-qadam: Yangi yil kirib kelayotganidan darak beruvchi soat bongini eshitdingizmi? Yangi yilning ilk daqiqalarida orzu-istaklaringizni xayolingizdan o`tkazing. Ularning ijobatini chin dildan xohlang. Xayollar bir kun albatta moddiyatga aylanadi.