Yelim dog‘larini osongina ketkazish uchun ajoyib 5 usul
Kunjutni yanchib, badandagi qora dog’larga bog’lansa, ularni ketkazadi.
Dog‘larni yo‘qotish uchun
Ayollar go‘zalligiga rahna soladigan muammolardan biri bu dog‘lardir. Bularni yo‘qotish uning holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Shuni hisobga olgan holda quyidagi kosmetolog Gulnoza Abdullayevaning “Shifo-info” gazetasidagi maqolasini siz bilan baham ko‘rishni istadik. Demak boshladik, dog‘larni yo‘qotishning oddiy choralari.
Shifokor konsultatsiyasi
Muolajalar
Kartoshka
Bir dona kartoshka po‘stidan tozalab yuviladi. Mayda qirg‘ichdan o‘tqazib, ikki qavat dokaga o‘raladi va zararlangan joylarga qo‘yiladi. 1 soatdan keyin u olib tashlanadi. Shu tariqa kuniga uch mahal kopress qo‘yish mumkin. Davolash muddati yetti kun.
Sarimsoqpiyoz
Ikki bo‘lakcha sarimsoqpiyoz po‘stidan tozalab, mayda qilib to‘g‘raladi. Tovada dumba yog‘i eritilib, sarimsoqpiyoz qizartirib qovuriladi. Yog‘ dokadan o‘tqazilib, zararlangan joylarga mayin qilib surtiladi. Muolaja 7 kun davom etadi.
Aloy
Yoshi 5 yildan oshgan aloy olinadi. O‘simlikning qalin barglarini ertalab uzib, qaynoq suvga botirib olinadi. Uni toza, quruq dokaga o‘rab, sovutkichning muzxonasiga 3 sutka qo‘yiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, alloy bargi olinib, eritiladi. Yupqa taqsimchalarga bo‘lib, dog‘lar yuzasiga yopishtirib bog‘lanadi. Kompress 2 soat turadi. Undan keyin kompress olib tashlab, o‘rni salitsil spirit bilan artiladi va ochiq havoda bir oz turiladi.
Propolis
Asalari mahsuloti bo‘lgan propolis teridagi dog‘larni ketqazishda katta yordami tegishi mumkin. Buning uchun propolis bo‘lagini olib dog‘lar ustiga yupqa qilib joylashtiriladi va usti bog‘lanadi. 2 soatdan so‘ng kompressni olib tashlab, yaralar o‘rni moychechakli damlamada (bir payola qaynoq suvga 1 osh qoshiq o‘t solinadi) yuviladi. Muolaja 5 kun davomida kuniga 2 mahal amalga oshiriladi.
Tuxum
Bir dona xom tuxum po‘sti bilan yuvilib, shisha idishga solinadi. Ustiga bir dona limonni maydalab to‘g‘rab, yopib, qorong‘I joyda bir hafta saqlanadi. Muddat o‘tgach, shishadagi tuxum limon ta’sirida maydalanib eriganini ko‘rish mumkin. Bu aralashma quvvatli, darmonbaxsh vosita sifatida kuniga bir mahal nonushtadan yarim soat oldin 1 osh qoshiqda qabul qilinadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Yuz parvarishi uchun
Dog‘larni yo‘qotish uchun qo‘shimcha tavsiyalar…
Yelim dog‘larini osongina ketkazish uchun ajoyib 5 usul
Kir sovun
Uning yordamida hali matoga (har qanday matoga) singib ulgurmagan dog‘ni ketkazish mumkin. Buning uchun dog‘ joyini yaxshilab sovunlab, 12 soatga qoldiring (yaxshisi, sellofan xalqaga o‘rab qo‘ying), so‘ng oddiy usulda yuvib tashlang.
Shakar va kir sovun
Dog‘ bo‘lgan joyni sovunlab, ustiga shakar seping va cho‘tka bilan ishqalang. 15 daqiqadan so‘ng odatdagidek yuvib tashlang. Bu usul ip gazlamalarda yaxshi ish beradi.
Tuz
Kiyimda dog‘ paydo bo‘lishi bilan, unga oddiy tuz seping, biroz ishqalang va qoqib tashlang, buni bir necha marta takrorlang, so‘ng yuvib tashlang.
Bo‘r kukuni
Bu usulni paxta tolasi, zig‘ir tolasidan bo‘lgan gazlamalar, shoyi va shifon matolarda qo‘llash mumkin. Dog‘ bo‘lgan hududga quruq kukunni seping va 2—3 soatga qoldiring. SO‘ng nam latta bilan artib tashlang va kiyimni yuving.
Ammiak
U och rangli sun’iy gazlamalarda yaxshi natija beradi. Bir stakan suvga bir choy qoshiq ammiak soling va unga paxtani ho‘llab, dog‘ bo‘lgan joyni arting. Ustidan toza mato qo‘yib, o‘rtacha haroratda qizdirilgan dazmolni bosing.
Kraxmal
Kraxmal kukunini olib, dog‘li joyni u bilan ishqalang, o‘n daqiqacha kutib, so‘ng kukun qoldiqlarini qoqib tashlang. Bir necha marta takrorlang.
Idish-tovoq yuvish vositasi
Bu usul har qanday matoda ish beradi. Vositani (suvga aralashtirmasdan) dog‘ joyiga suring, ishqalang va bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ng ustidan qaynoq suv quyib, kiyimni yuvib tashlang.
Dog‘ eski bo‘lsa…
Benzin
Eski dog‘ni ketkazish uchun bir parcha mato yoki bosma qog‘ozni benzinda namlang, uni dog‘li kiyim tagiga qo‘ying, ustini esa benzinda ho‘llangan paxta bilan arting. Shu tariqa, trikotaj, ip gazlama, zig‘ir tolasidan gazlamalardan dog‘larni ketkazish mumkin.
Tuz
Bir litr qaynoq suvda 150 ml tuzni eritib, uni dog‘li kiyim ustiga quying, biroz ishqalab, so‘ng odatdagidek yuvib tashlang.
Kraxmal
Kraxmalni suvda eritib, isiting va dog‘ ustiga suring. U dog‘ni o‘ziga singdirib olgach, qoldiqlarini qoqib tashlang.
Osh sodasi va idish-tovoq yuvish vositasi
Masalliqlarni tish pastasidek bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiring va dog‘li hududga suring, so‘ng cho‘tka bilan ishqalab, o‘n daqiqaga qoldiring va yuvib tashlang.
Sirka
Sirkani suv bilan teng nisbatda aralashtiring, kiyimni unga 15 daqiqaga ivitib qo‘ying va yuvib tashlang.
Koka-kola
Yog‘li dog‘ni shirin gazli ichimlik yordamida ketkazish ham mumkin. Buning uchun unga dog‘li kiyimni 2—3 soatga ivitib qo‘ying va yuvib tashlang.
Yuzdagi dog’larni ketkazish uchun maslahatlar
Go’zalligimizga salbiy ta’sir qiluvchi hodisalardan biri bu yuzda dog’larni paydo bo’lishidir. Ammo bu dog’lardan osongina halos bo’lish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Unda davomini o’qing.
Achchiq bodomning yog’ini yuzga surtilsa, undagi dog’larni ketkazadi.
Indovning urug’i yoki suvi yuzdagi qora dog’ va sepkillarni ketkazadi.
Oftobda turib yovvoyi piyozni surtalsa, yaralardan qolgan izlarni yoqotadi.
Kunjutni yanchib, badandagi qora dog’larga bog’lansa, ularni ketkazadi.
Ilon pustini kuydirib, nashatir spirtiga aralashtirib, xosil bo’lgan malxamni qo’yish bilan badandagi dog’larni daf qilish mumkin.
Katta qora arini zaytun yogida pishirib surtilsa, yuz va badandagi dog’lar ketadi.
Bu ishda insonning naxordagi so’lagi xam foyda beradi.
•Suv xulvosi (yalpizi)ni
sharobda pishirib, yuzdagi dog’larga surtilsa, ularni daf qiladi.
Turp urug’ini yanchib, asal bilan aralashtirgan xolda badan va yuzdagi dog’larga qo’yib bogansa, ularni ketkazadi.