Press "Enter" to skip to content

Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

Joriy yil 9 aprel kuni “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Besh muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan tanlovda 300 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Har bir hududdan 3ta yosh toifasi bo‘yicha bir nafardan, jami 42 nafar g‘olib respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

“Yosh kitobxon” INFO

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari:
��Facebook.com/Yoshkitobxon.uz
��Instagram.com/yoshkitobxonuz
��YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA
��Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot

Ratings & Reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Popular posts

Oxirgi xabar

2023-03-02 12:39:55

Chekka bir qishloqning maktab o‘qituvchisi, ikki nafar farzandning onasi, Namangan viloyatidan Zamira Abdullayeva “Yosh kitobxon” tanlovining joriy mavsumida minglab yoshlar ichidan 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Singlimizga yoshligidan kitobga mehr uyg‘otgan, o‘qishiga sharoit yaratib bergan ota-onasiga, kitob o‘qishiga imkon bergan va qo‘llab-quvvatlagan qaynona-qaynotasiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz! Jamiyatimizda mana shunday oilalarning ko‘payishi barchamizning yutug‘imizdir!

4.5K views09:39
2023-03-02 07:19:24

“Agar siz farzandingizga dangʻillama uy qurib bersangiz – vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin.
Аgar eng zoʻr mashina olib bersangiz – uy ham tez orada eskirishi mumkin. Аgar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz – u ham bir kun sarf boʻlib tugashi mumkin.
Аmmo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yoʼqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʼlsa farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va maʼrifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Аvvalo, kitob degan xazinadan”.

12.4K views04:19
2023-03-01 11:57:23

1-mart – Xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

Taniqli o’zbek shoirasi Zulfiyaxonim 1915-yil 1-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan. Shoiraning xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Falak”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur.

Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube

5.6K views08:57
2023-02-28 13:30:33

Спаркни қайнонамга бераман

11.9K viewsedited 10:30
2023-02-27 17:38:14

Samarali mehnatlarning munosib eʼtirofi: ”Yosh kitobxon” loyihasining g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining so‘nggi 20-30 yosh toifasi bo‘yicha bahslari o‘z nihoyasiga yetdi

Abdullayeva Zamira Muxtorjon qizi 243,7ball (Namangan viloyati) “Spark” avtomobili sohibasi;

Safoyeva Iroda Foziljon qizi
224 ball (Samarqand viloyati) 50.000.000 so‘m pul mukofoti sohibasi;

Fayzullayev Azamat Abdullo o‘g‘li
213,6 ball (Sirdaryo viloyati) 30.000.000 so‘m pul mukofoti sohibi;

Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10.000.000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaydi!

Eslatib o‘tamiz, ishtirokchilar bugun so‘nggi 5-shart (“Tezkor savol-javob”) bo‘yicha bellashdilar. Natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishing.

Ma’lumot uchun, “Yosh kitobxon” tanlovining 2023-yilgi mavsumi uchun ro’yxatdan o’tish 1-mart sanasidan boshlanadi!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube

«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

Joriy yil 9 aprel kuni “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Besh muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan tanlovda 300 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Har bir hududdan 3ta yosh toifasi bo‘yicha bir nafardan, jami 42 nafar g‘olib respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning respublika bosqichi televizion tarzda o‘tkazildi. Shartlar yakuniga ko‘ra 10-14 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘ringa Farg‘ona viloyatidan Muhammadfozil Ismoilov munosib topildi. Bu yosh toifasida 2-o‘rin qoraqalpog‘istonlik Aynura Alimjonovaga, 3-o‘rin xorazmlik Javohir Karimovga nasib etdi.

15-19 yoshlilar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent shahridan Maftuna Umarova qo‘lga kiritdi, keyingi o‘rinlarda qashqadaryolik Munisa Norqobilova hamda Andijon viloyatidan kelgan Dilnavoz Hayitahmatovani ko‘rish mumkin.

20-30 yoshli ishtirokchilar orasida andijonlik Fotima Mamtaliyeva, 2-o‘rinda buxorolik Shamshoda Hamdamova, 3-o‘rinda surxondaryolik Sanjar Shotemirovlar e’lon qilindi.

Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblarga 1-o‘ringa “Spark” avtomashinasi, 2-o‘ringa 30 million so‘mdan, 3-o‘ringa esa 15 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 5-9 aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi.

“Yosh kitobxon” tanlovining final bosqichi gʻolibi: “Prezident sovgʻasini otamga beraman”

“Yosh kitobxon” tanlovi doirasida 17 nafar gʻolibga Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomashinasi topshirildi.

Prezidentimiz ilgari surgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlar maʼnaviyatini oshirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida anʼanaviy tarzda “Yosh kitobxon” tanlovi oʻtkazib kelinmoqda. Oʻtgan yillar davomida tanlovda 3,6 million nafardan ortiq oʻgʻil-qiz ishtirok etdi. 17 nafar gʻolibga Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomashinasi topshirildi. Besh nafar gʻolibning esa davlat mukofotlari bilan taqdirlangani mutolaa madaniyatiga eʼtibor yoshlar siyosatidagi muhim yoʻnalish ekanidan dalolat.

Oʻtgan yili bellashuvda qatnashish uchun 640 mingga yaqin oʻgʻil­qiz onlayn ariza topshirdi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi bu yil ham 3 yosh toifasida 5 bosqichda tashkil etildi.

Tanlovning mahalla va sektor bosqichlarida ishtirokchilar test savollari orqali saralangan boʻlsa, gʻoliblar tuman (shahar) va hududiy bosqichlarda 2 ta shart — badiiy asarlar bilimdoni va tezkor savol­-javob asosida bilimini sinovdan oʻtkazdi. Nihoyat respublika bosqichida 10­-14 yosh, 15­-19 yosh, 20-­30 yosh toifasi boʻyicha bir nafardan hududiy bosqich gʻoliblari (jami 42 nafar) “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-­javob”, “Buyuk mutafakkir va adib”, “Sheʼriyat”, “Insho yozish” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdi.

— 10-­14 yosh toifasida birinchi oʻringa va Prezidentimiz sovgʻasiga munosib koʻrilganimdan nihoyatda xursandman, — deydi navoiylik Aziza Ibrohimova. — Mukofotga berilgan avtomashinani otamga sovgʻa qilmoqchiman. Chunki kitobga muhabbatni qalbimga singdirgani, mutolaaga undagani va orzularimni qoʻllab­quvvatlagani uchun otamdan behad minnatdorman.

Farzandi tanlovda gʻolib topilgan ota­-onalarning hayajoni tomoshabinlarga ham oʻtib, barchada havas uygʻotdi.

Zero, ota­-onalarning saʼy-­harakati va intilishlari bugun farzandlari kamolida yuz koʻrsatmoqda. Muhimi, tanlovda hech bir ishtirokchi eʼtiborsiz qoldirilmadi. 2­-oʻrin sohiblariga 50 million soʻm, 3-­oʻrin egalariga 30 million soʻm pul mukofoti va diplom topshirildi. Qolgan barcha ishtirokchilarga 10 million soʻmdan pul mukofoti va sertifikat taqdim etildi.

Kitob umr yoʻllarida insonga eng yaqin doʻst, hamrohdir. Millatning maʼnaviy­-ruhiy dunyosi kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham belgilanadi. Yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan eʼtibor zamirida ham intellektual salohiyati yuksak, tafakkuri keng va ziyoli avlodni kamolga yetkazish maqsadi mujassam.

— Olti yildan beri mana shu tanlovning hakamlar hayʼati aʼzolari orasidaman. Oʻtgan vaqt davomida katta oʻzgarishlarning guvohi boʻldim. Kitobxonlarning saviyasi, asarni tushunishi, tushuntira olish malakasi yildan-­yilga oshayotganini koʻryapman. Bu juda quvonchli holat. Bu tanlovdan maqsad baʼzida avtomashina, baʼzan esa pul mukofoti boʻlishi mumkin. Lekin oxir­oqibat yosh kitobxonlarning qalbi, yuragi tozaryapti. Miyasidagi uxlab yotgan hujayralar uygʻonyapti va eng muhimi, yoshlarda fikr tarbiyasini shakllantiryapmiz, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov. — Maʼnaviy yangilanish yoʻlidan borayotganimiz shu kunlarda inson uchun, birinchi navbatda, fikr uygʻoqligi juda muhim. Bu borada Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilib, yuqori saviyada oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi ham katta ahamiyatga ega. Fikr tarbiyasi shaxs va ruh tarbiyasi demak. Ruhiyati mustahkam insonning irodasi ham baquvvat boʻladi. Bugun salohiyatini namoyish etib, tanlovda gʻolib boʻlgan yoshlardagi ichki xotirjamlik mutolaa sabab shakllanganini, kitob inson ruhiyatidagi goʻzal tarbiyaga sabab boʻlganini anglash unchalik qiyin kechmadi. Bunday iqtidorli yoshlar barcha hududlarda koʻplab topiladi. Muhimi, ularni qoʻllab­-quvvatlash, isteʼdodini namoyon etishi uchun mamlakatimizda barcha shart­-sharoit yaratilgan.

Bugun kitob oʻqiyotgan oʻquvchi ertaga talaba, magistr va keyinroq ilmiy tadqiqotchi boʻladi. Mana shunday ketma­-ketlik, jarayon davom etadi. Tanlovda gʻolib boʻlgan yoki respublika bosqichida ishtirok etayotgan kitobxonlarning barchasi atrofidagilarga namuna boʻla oladi. Tengdoshlariga, albatta, taʼsir koʻrsatadi.

“Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi hakamlar hayʼati aʼzosi Otabek Joʻraboyevning taʼkidlashicha, mazkur tanlov barcha yoshlarga koʻtarinki kayfiyat bergani bilan ahamiyatli.

Birinchi galda tanlov kitob oʻqib katta muvaffaqiyatga erishish mumkinligining yaqqol isbotidir. Shaffof hamda adolatli baholash mezoni asosida gʻolib deb topilgan yoshlar oʻzini qahramon misoli his qilyapti. Demak, kitob oʻqib, qahramon boʻlish mumkin. Bu bellashuv yangidan-­yangi qiyofalarni, yurtimiz maʼnaviyatini belgilaydigan ziyoli qatlam timsollarini kashf etyapti.

— Kitobga ergashgan yoshlar maʼrifatga, tafakkurga ergashadi. Bu omil juda muhim, — deydi hakamlar hayʼati aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Eshqobil Shukur. — Globallashuv davrida yoshlarni chalgʻituvchi har xil vositalar koʻp. Lekin aminmanki, kitobga yaqinlashgan bola tafakkurga yaqinlashadi. Bu bolalar navqiron chehralar, eng kattasi atigi 29 yoshga kirgan. Hatto 10 yoshli kitobxonlar bor. Ular mana shu tanlov bahonasida kitob bilan doʻstlashyapti. Shu asnoda keksalikda ularning umr yoʻllarida kitob hamroh boʻlishi shubhasiz. Bu degani maʼrifat, tafakkur, ezgulik bular bilan birga boʻladi. Hayot sinovlarini, jaholat tahdidlarini, yomonliklarini bu yoʻldagilar, albatta, yengib oʻtadi. Kitobning oʻzi ularning tabiatini ham, ruhiyatini ham, qalbini ham, fikrini ham tayyorlaydi. Shuning uchun ham bu tanlovni kengaytirish kerak. Bu faqat ezgulikka xizmat qiladi.

— Juda koʻplab taraqqiy etgan mamlakatlardagi islohotlar negizida bilim yotadi. Chekka-­chekka hududlarda hali ham qizlarimizning kuchiga ishonmagan, “oʻqib shahar olib berarmiding”, “qiz bola birovning xasmi, nima qilamiz senga pul sarflab” degan gaplar quloqqa chalinadi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev. — Bunday tor dunyoqarash tufayli katta xohish-­istaklari roʻyobga chiqmagan, niyatlariga erisha olmagan odamlarni, taqdirlarni koʻrdik. Prezidentimizning gʻoyasi asosida yuzaga kelgan tanlov tufayli kitob oʻqigan inson hayotda bemalol oʻrnini topishi mumkinligi, boshqalardan kam boʻlmasligi oʻz isbotini topyapti. Chunki bilim olgan inson hayotda, albatta, boshqalarga oʻrnak boʻla oladi, jamiyatda qadr, hurmat qozonadi.

Mamlakatimizda yoshlarning qalbini ulgʻaytiradigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va ziyoli insonlar boʻlib yetishishida kuch beradigan imkoniyatlar koʻp. “Yosh kitobxon” tanlovi mana shunday imkoniyatlardan biri. Unda kitob bor. Demak, maʼrifat, ezgulik, tafakkur bor. Mana shu uch tushunchaga oshno inson hayotda oʻz oʻrnini topadi.

Risolat Madiyeva,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri