Press "Enter" to skip to content

Yosh kitobxon-2018” ko‘rik- tanlovining respublika bosqichi g‘olibiga Spark avtomobili topshirildi

Tanlov soat 10:00 dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi.

27-dekabr kuni “Yosh kitobxon” tanloviga start beriladi!

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o’z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Andijon viloyati
  • Buxoro viloyati
  • Jizzax viloyati
  • Qashqadaryo viloyati
  • Navoiy viloyati
  • Namangan viloyati
  • Samarqand viloyati
  • Sirdaryo viloyati
  • Surxondaryo viloyati
  • Toshkent viloyati
  • Farg‘ona viloyati
  • Xorazm viloyati
  • Toshkent shahar

Eslatib o‘tamiz, “Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi:

27-dekabr – 10-14 yosh toifasi (2007-2011 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;

28-dekabr – 15-19 yosh toifasi (2002-2006 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun;

29-dekabr – 20-30 yosh toifasi (1991-2001 yillar oralig‘ida tug‘ilganlar) uchun bo‘lib o‘tadi.

Tanlov soat 10:00 dan 17:00ga qadar o‘tkaziladi.

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

“Yosh kitobxon-2018” ko‘rik- tanlovining respublika bosqichi g‘olibiga Spark avtomobili topshirildi

“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining 2018-yilgi Chilonzor tuman bosqichida 630 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi, deb xabar berdi Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati

Tanlovning 20—30 yosh yo‘nalishida Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” 3-bosqich talabasi Shohsanam Xolboyeva Chilonzor tuman bosqichida faxrli 1-o‘rinni, Toshkent shahar bosqichida fahrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

14-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi binosida “Yosh kitobxon-2018” ko‘rik- tanlovining respublika bosqichi tashkil etildi.

Foto: Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati

Tanlovning respublika bosqichida Toshkent davlat pedagogika universiteti 3-bosqich talabasi Shohsanam Xolboyeva faxrli 1-o‘rinni egalladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini Spark avtomobili sohibasiga aylandi.

Foto: Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati

Yosh kitobxon 2018

Foto: Yoshlar ittifoqi

20-30 yoshlar o‘rtasidagi «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Tanlovning 14 nafar qatnashchisi «O‘zbek adabiyoti bilimdoni», «Jahon adabiyoti bilimdoni», «Buyuk mutafakkir va adib» hamda «She’riyat» kabi 4 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Umumiy baholash natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridan Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-bosqich talabasi Shohsanam Xolboyeva 327,2 ball bilan «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobili va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 20 foiz chegirmaga sazovor bo‘ldi.

«Yosh kitobxon» tanlovi respublika bosqichiga tayyorgarliklar davomida 60 dan ortiq kitoblarni o‘qib chiqdim. Mazkur tanlovda g‘olib bo‘lishga ahd qilib, tayyorgarliklarga puxta yondashdim. Uyimizda ota-onam kichik kutubxona yaratib bergan. Bu kabi imkoniyat va shart-sharoitlar uchun ulardan cheksiz minnatdorman. Tanlovgacha tinimsiz o‘qidim, asarlarni tahlil qildim. Yodda qolishi uchun eng muhim nuqtalarni daftarimga qayd etib bordim. Bugun esa ko‘p kitob o‘qib, badiiy savodxonligimni oshirganligim natijasida Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobiliga sazovor bo‘ldim», — deydi tanlovning 20-30 yosh toifasidagi ishtirokchilarining mutlaq g‘olibi Shohsanam Xolboyeva. —«Hozirga qadar 400 dan ortiq badiiy asarni o‘qib chiqqanman. Mutolaalarim davomida Usmon Nosir, Lev Tolstoy, Paulo Koelo kabi adiblarning ijodini katta qiziqish bilan mutolaa qildim. Kelajakda eng sevimli, malakali o‘qituvchi bo‘lib, o‘zim kabi yosh kitobxonlar davrasini kengaytirishni maqsad qilganman».

Toshkent viloyatidan Dilnavoz Najimova 264,5 ball bilan 2-o‘rinni egallab, kompyuter jamlanmasi va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 15 foizlik chegirma bilan taqdirlandi.

Jizzaxlik Dilnavoz Ilhomova esa 259,2 ball bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, 200 ta kitoblar jamlanmasi va «Kitob olami» do‘koniga 3 oylik xarid uchun 10 foizlik chegirmaga ega bo‘ldi.

Tanlovning barcha ishtirokchilari «Dugonalar» va «Yosh kuch» jurnali hamda «Yoshlar ovozi» gazetasiga 1 yillik bepul obuna bo‘ldi.

2018 yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining saralash bosqichlarida 20-30 yosh toifasidagi 1128 nafar ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi.