Xorijdan va OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
O‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:
Yosh kitobxon 2023 ariza topshirish
Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyasini yuksaltirish, yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, jismonan va maʼnan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, ularni o‘qitish orqali respublikamizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2022 yil 1 avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida 2022 yil 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar “VATANPARVARLIK OYLIGI” ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 80-sonli farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020–2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 781-son qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 400-sonli buyrug‘i talablari ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish, tizimda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, bundan tashqari xodimlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga ularga munosib bo‘lish tuyg‘ularini shakllantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarni yana-da kuchaytirish shu bilan birgalikda, xodimlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otish, shuningdek Guliston tumani IIBda xodimlar buyruqda ko‘rsatib o‘tilgan 39 ta turdagi kitoblarni o‘qiganlik darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Yosh kitobxon” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rik tanlovda Guliston tumani IIB shaxsiy tarkibining sohaviy xizmatlaridan jami 10 nafar yosh xodimlar ishtirok etishdi .
Guliston tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori kapitan Mardonov Zamonbek Abdukarim o‘g‘li o‘zining faol ishtiroki bilan jami berilgan 5 savollardan 3 tasiga to‘liq javob berib 9 ball bilan III -o‘rinni qo‘lga kiritdi;
Guliston tumani IIB Tashkiliy bo‘linma Kanselyariya boshlig‘i safdor Botirov Sharofidin Abdurazaq o‘g‘li o‘zining faol ishtiroki bilan jami berilgan 5 savollardan 4 tasiga to‘liq javob 12 bal to‘plab II -o‘rinni, qo‘lga kiritdi;
Guliston tumani IIB Guliston tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili leytenant Botirov Maʼmurjon Maʼrufjonovich o‘zining kuchli aql zakovati va bilim saviyasi bilan faol ishtirok etib jami berilgan 5 savollardan 5 tasiga to‘liq javob 15 bal to‘plab mutlaq g‘oliblikni yaʼni, I-o‘rinni, qo‘lga kiritdi;
Ko‘rik tanlov g‘oliblari Guliston tumani 1-sonli umumiy o‘rta tʼlim maktabi direktorining MMIB o‘rinbosari Usmonov Ozodbek Anarbekovich va Guliston tumani Axborot kutubxona markazi direktori To‘rayev Solixa Dusanovna lar ishtirokida tuman IIB boshlig‘ining “Diplom, va sovg‘alari topshirildi”
Ushbu ko‘rik tanlov juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi hamda, faol ishtirok etgan ishtirokchilarga yana-da tayyorgarlik ko‘rishlari va viloyat bosqichida qatnashishlari tushuntirildi.
Guliston tumani IIB
Xorijdan va OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
2022/2023-o‘quv yili uchun xorij hamda respublikadagi OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar onlayn qabul qilinadi, deb xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.
O‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:
- transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
- my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.
Qabul 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.
- ariza (onlayn tarzda)
- transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
- akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
Vazirlik joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki «perevod» uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilishini eslatib o‘tdi.
Xorijdan o‘qishni ko‘chirishda esa eski tartib saqlanib qolgan:
- mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;
- o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
- xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Bundan tashqari, Oliy ta’lim vazirligi xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshirilishi haqida ogohlantirdi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
- # oliy ta’lim vazirligi
- # o‘qishni ko‘chirish