Press "Enter" to skip to content

Yosh kitobxon” INFO

Спаркни қайнонамга бераман

“Yosh kitobxon” respublika tanlovining Nizomi tasdiqlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg`asi – “Spark” avtomobili 10 yoshdan 14 yoshgacha, 15 yoshdan 19 yoshgacha hamda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan 3 nafar g`olibni kutmoqda.

Nizomga ko`ra tanlov to`rt bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich tanlovning arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo`lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarning arizalari 15 may kuniga qadar O`zbekiston yoshlar ittifoqining tuman, shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Ariza topshirgan yoshlar adabiyotlar ro`yxati asosida o`zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob berish orqali saralanadi. Har bir to`g`ri javob uchun 2 balldan belgilanadi. Test natijalariga ko`ra 86 va undan yuqori ball to`plagan 15 nafar ishtirokchilar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo`lga kiritadi.

Ikkinchi bosqich tanlovning mahalliy bosqichi bo`lib, har yili iyun oyida barcha tuman, shaharlar miqyosida saralash bosqichida 86 va undan yuqori ballni qo`lga kiritgan ishtirokchilar o`rtasida “O`zbek adabiyoti bilimdoni” va “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari bo`yicha o`tkaziladi.

Uchinchi bosqich tanlovning hududiy bosqichi bo`lib, har yili avgust-sentyabr oylarida “Buyuk mutafakkir va adib” hamda “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari asosida teletanlov shaklida bo`lib o`tadi. Har bir yosh toifasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan 1 nafardan jami 3 nafar ishtirokchilar Respublika bosqichi uchun yo`llanmaga ega bo`ladi.

So`nggi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo`lib, har yili noyabr-dekabr oylari davomida “O`zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni”, “She`riyat” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” kabi 4 ta shart bo`yicha o`tkaziladi.

Tanlovning Respublika bosqichida 1-o`rinni egallagan 3 ta yosh toifasidagi ishtirokchilarning har biri “Prezident sovg`asi” sifatida engil avtomobil, diplom va “Yosh kitobxon” statuetkasi bilan taqdirlanadi. Uchta toifada 2-o`rinni egallagan ishtirokchilarning har biri kompyuter jamlanmasi (monoblok), o`zbek va jahon adabiyotining durdona asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasi va boshqa qimmatbaho sovg`alarga sazovor bo`ladi. Uchta toifada 3-o`rinni egallagan ishtirokchilarning har biriga 100 tadan o`zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari berilib, tashkilotchilarning maxsus sovg`alarini qo`lga kiritadi.

Ta`kidlash lozimki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni o`tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga qiziqishini oshirish va xotin-qizlar bandligini ta`minlash bo`yicha 5 muhim tashabbusni amalga oshirish to`g`risida”gi videoselektorda ham yoshlarning kitob mutolaasiga bo`lgan muhabbatini oshirish yuzasidan alohida ko`rsatmalar berildi, shundan kelib chiqib, tanlov oldi respublikamizning barcha hududlariga 10 000 nusxadan ziyod jahon va mumtozadabiyotimizning durdona asarlari etkazib berildi.

Hozirgi kunda mamlakatimiz yoshlarini kitobga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlardan unumli foydalanish maqsadida joylarda BOOKLAND elektron kitoblarni QR kodi orqali bepul yuklab olish tizimi joriy etilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 12 aprel kuni “Yoshlarning ma`naviy dunyo qarashini yuksaltirish va kitobxonlikni ommalashtirish – eng dolzab vazifa” mavzuida “Yoshlar press klubi”ning navbatdagi sessiyasi o`tkazilib, unda “Yosh kitobxon” tanlovini yuqori saviyada o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilinadi.

“Yosh kitobxon” INFO

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari:
��Facebook.com/Yoshkitobxon.uz
��Instagram.com/yoshkitobxonuz
��YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA
��Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot

Ratings & Reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

Popular posts

Oxirgi xabar

2023-03-07 20:01:55 Millionlab yoshlarni birlashtirgan “Yosh kitobxon” tanlovining joriy mavsumi finali YouTube’da e’lon qilinmoqda. Eng chekka hududlardan ham ishtirok etib, gʻolib boʻlgan va kitob o‘qib qahramonga aylangan yoshlarimizning finaldagi chiqishlarini farzandlaringiz bilan birga tomosha qilishni tavsiya etamiz!

3.5K views17:01
2023-03-02 12:39:55

Chekka bir qishloqning maktab o‘qituvchisi, ikki nafar farzandning onasi, Namangan viloyatidan Zamira Abdullayeva “Yosh kitobxon” tanlovining joriy mavsumida minglab yoshlar ichidan 20-30 yosh toifasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib, “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

Singlimizga yoshligidan kitobga mehr uyg‘otgan, o‘qishiga sharoit yaratib bergan ota-onasiga, kitob o‘qishiga imkon bergan va qo‘llab-quvvatlagan qaynona-qaynotasiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz! Jamiyatimizda mana shunday oilalarning ko‘payishi barchamizning yutug‘imizdir!

4.5K views09:39
2023-03-02 07:19:24

“Agar siz farzandingizga dangʻillama uy qurib bersangiz – vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin.
Аgar eng zoʻr mashina olib bersangiz – uy ham tez orada eskirishi mumkin. Аgar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz – u ham bir kun sarf boʻlib tugashi mumkin.
Аmmo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yoʼqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʼlsa farzandingizga bergan bilim va hunardir. Lekin bilim va maʼrifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Аvvalo, kitob degan xazinadan”.

12.4K views04:19
2023-03-01 11:57:23

1-mart – Xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!

Taniqli o’zbek shoirasi Zulfiyaxonim 1915-yil 1-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan. Shoiraning xalq orasida “Oydinda”, “Sensiz”, “Falak”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira” kabi sheʼrlari mashhur.

Sheʼriyat malikasining hayot yoʻli barcha zamonlar avlodi uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli boʻlib qolaveradi.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube

5.6K views08:57
2023-02-28 13:30:33

Спаркни қайнонамга бераман

11.9K viewsedited 10:30
2023-02-27 17:38:14

Samarali mehnatlarning munosib eʼtirofi: ”Yosh kitobxon” loyihasining g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining so‘nggi 20-30 yosh toifasi bo‘yicha bahslari o‘z nihoyasiga yetdi

Abdullayeva Zamira Muxtorjon qizi 243,7ball (Namangan viloyati) “Spark” avtomobili sohibasi;

Safoyeva Iroda Foziljon qizi
224 ball (Samarqand viloyati) 50.000.000 so‘m pul mukofoti sohibasi;

Fayzullayev Azamat Abdullo o‘g‘li
213,6 ball (Sirdaryo viloyati) 30.000.000 so‘m pul mukofoti sohibi;

Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10.000.000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaydi!

Eslatib o‘tamiz, ishtirokchilar bugun so‘nggi 5-shart (“Tezkor savol-javob”) bo‘yicha bellashdilar. Natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishing.

Ma’lumot uchun, “Yosh kitobxon” tanlovining 2023-yilgi mavsumi uchun ro’yxatdan o’tish 1-mart sanasidan boshlanadi!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube