Birinchi jinsiy aloqa (chimildiq). Yosh juftliklar uchun zarur tavsiyalar
Qizgina shundoq ham turli o‘ylar bilan band. Kamiga siz ham uni tashvishga qo‘ymang. Yaxshisi qovushish vaqti nimalarga amal qilishi, o‘zini qanday tutishi singari holatlarni o‘rgating.
Qizlar uchun chiroyli ismlar ro‘yxati va ma’nosi (2023)
Ushbu ro‘yxatda qizlarga chiroyli ismlar to‘plami keltirilgan, ro‘yxat ichida qizlar uchun islomiy arabcha ismlar ham bor, bu yerda qiz bolaga zamonaviy ismlarham topiladi, shunday qilib bu to‘plam ichida qiz bolalar uchun chiroyli va yaxshi ma’noli ism izlash va qo’yish uchun eng sara ismlar va ularning ma’nosi joylangan. Barcha ismlar alfavit bo‘yicha terib chiqilgan. Marxamat, farzandingizga chiroyli ism tanlang va tanlagan ismingizni ilm axli (imomlar, domlalar) bilan tekshirib olishni unutmang.
Hozir esa davraga reklamani chaqiramiz:
Mabodo mundarija kerak bo’lsa, marhamat:
A harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Adiba — yozuvchi qiz, ziyoli, ilmli, ijodkor, ilhom izlagan, nazokatli, tarbiyali, odobli, namunali, iffatli qiz. Arabcha.
- Aziza — qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob. Arabcha.
- Akifa — g‘ayratli, shijoatli, xudojo‘y qiz. Arabcha.
- Alima — bilimli, aql-zakovatli, dilkash qiz. Arabcha.
- Anora — qizil holli, norli qiz. Fors-tojikcha.
- Asal — asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz. Arabcha.
- Asila — aslzoda, nasli toza qiz, sof, pokiza, qalbi g‘uborsiz, benuqson qiz. Arabcha.
- Asliya — sof, pokiza, toza; aslzoda. Arabcha.
- Asolat — asllik, aslzoda, zoti pok yoki puxta, mustahkam. Arabcha.
- Afzuna — ziyoda, ortiq, yuksak tutuvchi. Yuqoriga intilgan, qadrli, qimmatli. E’tiborga loyiq, yuksak martabali. Fors-tojikcha.
- Afruza — oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz. Fors-tojikcha.
B harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Barno — yosh, navqiron, chiroyli, hushbichim, hushqad. Arabcha.
- Barchinoy, Oybarchin — oy yuzli, oy chehrali qiz, iboli, hayoli, oqko‘ngil, qalbi pok, toza. O‘zbekcha.
- Binafsha — binafsha guldek ko‘rkam, nafis, suluv qiz. O‘zbekcha.
- Begoyim — beklar, aslzodalar avlodiga mansub, oliy nasab, viqorli, martabasi baland qiz. Fors-tojikcha.
D harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Davriya — davr farzandi, zamon qizi. Arabcha.
- Dilafruz — dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi. Fors-tojikcha.
- Dilbar — yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi, go‘zal, suyukli, zebo. Fors-tojikcha.
- Dildora — dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil, jasur, dovyurak. Fors-tojikcha.
- Dilnoza — ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis dil sohibi. Fors-tojikcha.
- Dilorom — ko‘ngilga taskin, orom beruvchi, huzur-halovat, osoyishtalik baxsh etuvchi; suyukli, sevimli qiz. Fors-tojikcha.
- Dilrabo — dilni tortuvchi, qalbni maftun etuvchi, jozibali, latofatli, nazokatli, ko‘ngilni jalb qiluvchi, suyukli, yoqimtoy, oqko‘ngil, go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
- Dilso‘z — jonkuyar, mehribon, mushfiq, dildagi gaplarning egasi, chin so‘z. Fors-tojikcha.
- Dilfuza — dilfiruza ismning o‘zgartirilgan shakli. Dilni yorituvchi, ko‘ngilga, qalbga shodlik, quvonch olib keluvchi, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam. Fors-tojikcha.
- Diyora — o‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand. Arabcha.
- Durdona — inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
E harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- E’zoza — hurmatga, izzat-ikromga, e’zozlanishga sazovor qiz. Arabcha.
F harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Fazilat — yaxshi hislatlar egasi, go‘zal xulqi bilan boshqalardan afzal, ustun turuvchi. Arabcha.
- Farangiz — nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shu’la sochuvchi go‘zal qiz. Fors-tojikcha.
- Farida — bebaho, nodir, noyob, marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz. Arabcha.
- Feruza — baxtli, iqboli baland, tolei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi. Fors-tojikcha.
- Fotima — fatiat — ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (s.a.v.)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan. Arabcha.
G harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Gavxar — gur, marvariddek bebaho qiz yoki asl, aslzoda. Fors-tojikcha.
- Gulasal — guldek go‘zal, chiroyli, nafis, latofatli va boldek shirin, yoqimtoy suyukli, aziz qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
- Gulbaxor — bahor guli, ko‘klam chechagidek dilbar, suluv, sohibjamol, go‘zal qiz, bahorda uyg‘onish davrida tug‘ilgan qiz. Hayoti guldek chiroyli bo‘lsin ma’nosida. Fors-tojikcha.
- Guljamol — guldek go‘zal husn sohibi, husni jamoli guldek zebo qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
- Guljaxon — baxtli kunlar, ya’ni baxtli, saodatli kunda tug‘ilgan. Hayotda baxtiyor, iqboli, porloq, tolei baland bo‘lsin. Fors-tojikcha.
- Gulzira — zira gulidek yoqimtoy qiz. Fors-tojikcha.
- Gulzoda — go‘zallar nasliga mansub, hurliqolar avlodidan bo‘lgan qiz, guldek nafis, latofatli, zebo va suluv. Fors-tojikcha.
- Gullola — loladek, lolaguldek chiroyli qiz, lolalar ochilganda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
- Gulnoza — gul kabi nafis, nozik va nozli, jilvali gul, yohud go‘zal va nozli qiz. Fors-tojikcha.
- Gulnora — anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
- Guloy — guldek va oydek zebo qiz yoki guldek yashnagan va oydek nurli, ko‘rkam qiz. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
- Gulra’no — qizil guldek ko‘rkam, go‘zal, nafis, sohibjamol, o‘zidan chiroy taratuvchi qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
- Gulsora — saralangan, tanlangan gul, gullarning sarasi, a’losi, eng yaxshi qiz. Fors-tojikcha.
- Gulchexra — gul yuzli, hushro‘y, sohibjmol, chiroyli, maftunkor, istarali, go‘zal chehrali suluv qiz. Fors-tojikcha.
- Go‘zal — chiroyli, zebo, suluv, latofatli, jozibali, nazokatli. Fors-tojikcha.
H harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Halima — muloyim, mehribon, rahmdil, mehrli, shafqatli, xushmuomala, beozor, suyukli qiz. Payg‘amabarimiz Muhammad (s.a.v.)ga oq sut bergan ayolning ismi. Arabcha.
- Hanifa — rostgo‘y, pokiza, sodiq yoki mehribon, g‘amxo‘r. Arabcha.
- Hilola — yangi oydek ko‘rkam qiz yoki yangi oy chiqqanida tug‘ilgan go‘zal husnli qiz. Arabcha.
- Hosiyat — yaxshi sifatlar, fazilatlar, go‘zal hislatlar egasi yoki omadli, ishi yurishgan yoki xosiyatli kunda tug‘ilgan qiz. Arabcha.
- Hurshida — quyoshdek husnu jamol sohibasi bo‘lgan go‘zal, suluv latofatli, zebo; oftobmonand qiz, quyosh farzandi. Fors-tojikcha.
- Husnida — husniddin ismiga qiyosan yasalgan ism. Go‘zal va chiroyli xusn egasi bo‘lsin degan niyatda. Arabcha.
- Husniya — go‘zal chehrali, chiroyli, latofatli, maftunkor yuzli, zebo qiz. Arabcha.
- Husnora — bezangan, o‘ziga qaragan, zebo qiz; husnda tengsiz, o‘ziga munosib bo‘lgan, mos tushgan go‘zal husn, chiroy va latofat sohibasi. Arabcha, fors-tojikcha.
I harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Iroda — istab orzu qilib erishilgan qiz yoki Allohning irodasi, muruvvati bo‘lgan qiz, yohud irodali, chidamli qiz. Arabcha.
- Iffar — pokiza, ma’suma, bokira qiz. Arabcha.
- Ifora — hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi. O‘zbekcha.
J harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Jamila — go‘zal, sohibjamol, maftunkor, nafis, suluv qiz. Arabcha.
- Jasmina — jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul. Fors-tojikcha. (arabcha-Yasmina)
- Jumagul — juma kuni tug‘ilgan guldek suluv, zebo, go‘zal qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
K harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Kamola — kamolga erishgan yetuk, zebo, ko‘rkam, mukmal inson. O‘zbekcha.
- Karima — sahovatli, sahiy, qo‘li ochiq, mehribon, rahmli, qalbi pok qiz. Arabcha.
- Komila — barkamol, yetuk, bekamu-ko‘st, namunali, ibratli qiz. Arabcha.
- Kumush — kumushdek yorqin, qadrli, qiz yoki oq yuzli oqbadan go‘zal qiz. O‘zbekcha.
L harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Laylo — tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul. Arabcha.
- Latofat — nazokatli, mehribon, latofatli, pokiza, shavqatli, zebo qiz. Arabcha.
- Lola — loladek yashnagan, nafosatli, chiroyli. ko‘rkam, go‘zal qiz yoki lolalar ochilgan payitda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
- Lobar — go‘zal, ko‘rkam, kelishgan, yoqimtoy, nafis, hushfe’l, dilkash qiz. Arabcha.
- Lutfiya — mehribon, dilkash, rahmdil, ko‘ngli pok qiz. Arabcha.
M harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Mavluda — hosiyatli, yaxshi, muqaddas kunda tug‘ilgan qiz, umrida yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, hayoti chiroyli o‘tsin. Arabcha.
- Madina — Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism. Arabcha.
- Malika — podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir. Arabcha.
- Maloxat — go‘zal, suluv, nafosatli, dilkash, malohatli, ko‘rkam qiz. Arabcha.
- Marjona — dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho va suluv qiz. Fors-tojikcha.
- Mastura — berkitilgan, yopiq yuzli, halol, pok, toza, pardali, iffatli, hayoli, iboli qiz. Arabcha.
- Mafzuna — latofatli, chiroyli, go‘zallar ichida yagona, suluv va nafosatli qiz. Arabcha.
- Mafruza — tanlab, saylab olingan. Arabcha.
- Maxsuma — sof, pokiza, gunohsiz. Arabcha.
- Mashxura — taniqli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, hurmatli, e’zozli qiz. Arabcha.
- Ma’mura — baxtli, nasibali, farovon yashovchi; boshqaruvchi, yetakchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, boshliq. Arabcha.
- Maqsuda — orzu qilingan, orziqib kutilgan qiz. Arabcha.
- Maxbuba — suyukli, qadrli, aziz do‘st, dilbar, dilkash, ko‘ngli toza, sevilgan, dilbar qiz. Arabcha.
- Maxfuza — himoyalangan, muhofazaga olingan yoki qo‘rg‘on, qasr, qal’adek mustahkam baquvvat, yengilmas. Arabcha.
- Moxigul — oydek suluv, chiroyli va gul kabi ko‘rkam qiz, oyning chekkasidagi gul. Fors-tojikcha.
- Moxidil — oydek go‘zal, maftunkor, suluv, qalbi pok, dili toza, go‘zal, fazilatli qiz. Fors-tojikcha.
- Moxina — oyga o‘xshash, oymonand, nafis, nozik yoki yangi oy chiqqan paytda tug‘ilgan yoki yangi oydek suluv qiz. Fors-tojikcha.
- Moxinur — oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz. Arabcha, fors-tojikcha.
- Moxira — mahoratli, ustamon, puxta, pishiq, qo‘li gul, epchil, chaqqon, ozoda va saranjom qiz. Arabcha.
- Muazzam — hurmatli, e’zozli, qadrli, e’tiborli qiz. Arabcha.
- Muattar — xushbo‘y, yoqimli hid tarqatuvchi, atir sochuvchi, muattar hidli. Arabcha.
- Mubina — jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y, latofatli, zebo qiz. Arabcha.
- Muzayyana — bezangan, ziynatlangan, orasta. Arabcha.
- Muqaddam — oldinda boruvchi, peshvo yoki oiladagi ilk, birinchi bola. Arabcha.
- Muqaddas — tabarruk, aziz, qadrli yoki pokiza, sof, benuqson, ozoda, qutlug‘. Arabcha.
- Mumtoz — tanlangan, saralangan, zo‘r. Arabcha.
- Muniba — to‘g‘ri yo‘l (din yo‘li)ga kiruvchi; xudojo‘y, oqila inson degan manoni anglatadi. Arabcha.
- Munira — nurli, ravshan, go‘zal, zebo, baxtli, saodatmand, nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, zebo qiz. Arabcha.
- Munisa — do‘st, o‘rtoq, sirdosh; sodiq do‘st. Arabcha.
- Muslima — musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz. Arabcha.
- Muxlisa — oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz. Arabcha.
- Muxsina — mehribon, yaxshiliklar qiluvchi, muruvvatli, hayirli amallarga intiluvchi, rahmdil qiz. Arabcha
- Mushtariy — Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor. Arabcha.
- Muyassar — orzu qilib yurib erishilgan; Alloh erishtirgan, sovg‘a qilgan, muyassar qilgan qiz. Hayotidagi barcha orzulari, niyatlari muyassar bo‘lib ijobat bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Arabcha.
N harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Nargiza — nargis (bo‘tagul) dek nozik, nafis, zebo, go‘zal qiz, ifori taraluvchan. O‘zbekcha.
- Nasiba — rizqu-ro‘zli, nasibali qiz. Umri to‘kin-sochinlikda, bekamu-ko‘st o‘tsin, nasibali bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
- Nafisa — nafis, nozik, go‘zal, nafosatli, latofatli, foyda keltiruvchi, yaxshiliklar qiluvchi. Arabcha.
- Nigora — go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy. Fors-tojikcha.
- Nilufar — nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi. O‘zbekcha, hindcha.
- Nodira — tengi yo‘q, yagona, tengsiz, bebaho, benazir, nodir, betakror, beqiyos go‘zallik sohibasi go‘zal, latofatli, zebo qiz. Arabcha.
- Nozima — tartibga, intizomga rioya qiladigan, ya’ni tartibli, sarishta. Arabcha.
- Noila — orzu qilingan, intiqib kutilgan qiz. Alloh bergan sovg‘a, tuhfa. Arabcha.
- Nuriya — baxtli, shodon qiz, hayoti nurli ravshan; o‘zidan nur sochuvchi, oftobdek quvonchli qiz. Arabcha.
O harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Ozoda — erkin, ixtiyori o‘zida; baxtli, baxtiyor yoki toza, pokiza, saranjom, tartibli, begunoh, beg‘ubor. Ba’zi manbalarada saxiy, oq ko‘ngil, qalbi pok deb ham izohlanadi. Fors-tojikcha.
- Oygul — oydek suluv, go‘zallikda yorqin, guldek zebo, nafis, chiroyli, maftunkor, istarali qiz. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
- Oynur — oy yog‘dusidek go‘zal, pokiza; nurafshon qiz. Arabcha, o‘zbekcha.
- Oysha — yashovchi, barhayot, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (s.a.v.)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan. Arabcha.
- Oliya — yuksak, oliy, ulug‘; e’zozli, izzatli, ulug‘vor, martabali, e’tiborli. Arabcha.
- Omina — omonlikda saqlanuvchi, ya’ni muhofaza qilingan ishonchli ravishda qo‘riqlangan, daxlsiz yoki rostgo‘y, vafodor. Omina — Muhammad (s.a.v.) onasining ismi bo‘lgan. Arabcha.
- Orzu — ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg‘an yoki orziqib kutilgan qiz. Fors-tojikcha.
- Osiyo — tegirmon yoki Osiyo qizi, Osiyo farzandi. Fors-tojikcha.
R harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Rayona, Rayyona — Rayyon-jannat eshiklaridan biri. Bu eshikdan faqat ro‘za tutganlar kiritiladi. Arabcha.
- Rayxona — nozbo‘y, iforli, rayhonday yoqimtoy, yoqimli, nafis, jozibali qiz. Muhammad (s.a.v.)ning ayollaridan birining nomi. Arabcha.
- Ramziya — timsol, o‘rnak, namuna. Arabcha.
- Rasifa, Rasixa — chidamli, mahkam, irodali qiz yoki pokiza, ozoda qiz. Arabcha.
- Ra’no — qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli, ra’no guldek suluv, purlatofat qiz. Arabcha.
- Robiya — oiladagi to‘rtinchi bola yoki hijriy oy hisobining to‘rtinchi kunida tug‘ilgan bola. Arabcha.
- Roziya — mamnun yoki maqbul tushuvchi, ma’qul keluvchi; yoqimli, suyukli, e’zozli, qadrli; rozilik, shukronalik, itoatgo‘ylik, mamnunlik bahsh etgan. Arabcha.
S harfiga ismlar ro’yxati va ma’nosi qizlar uchun
- Saboxon — tong eli, shabadasi; yoqimli, muloyim yoki sahar paytida tug‘ilgan bola. Arabcha.
- Saboxat — ko‘rkamlik, go‘zallik, malohat, oq yuzli go‘zal, sabo tongi shabadasi, nafislik chiroyi. Arabcha.
- Sadoqat — vafodor, sodiq, chin samimiy do‘st, ishonish, suyanish mumkin bo‘lgan yaqin inson. Arabcha.
- Saida — baxtli, omadli, tolei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz. Arabcha.
- Sayyora — tez harakat qiluvchi yulduz; sayyora planetasi yoki tolei baland, iqboli porloq, baxtli-saodatli qiz. Arabcha.
- Salima — sog‘lom, umri uzoq qiz yoki samimiy, dilkash, ko‘ngli ochiq, vafodor qiz. Arabcha.
- Samina — qadrli, izzat-obro‘li qiz yoki Samin (gul)dek chiroyli, zarif, latofatli qiz. Arabcha.
- Samira — suhbatdosh, hamsuhbat, shirinso‘z, dilkash va ko‘ngli ochiq qiz. Arabcha.
- Samiya — ziyrak, sezgir, dono qiz. Arabcha.
- Sanobar — hushqomat, chiroy, daraxtning nomi, sanavbardek go‘zal, kelishgan, hushbichim, suluv qomatli qiz. Arabcha.
- Saodat — baxtli, saodatli, baxtiyor, iqboli porloq, tolei balnd qiz. Arabcha.
- Sarvinoz — tik qomatli, bo‘y-basti kelishgan, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz. Fors-tojikcha.
- Safiya — aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan. Arabcha, yahudiycha.
- Safura — yulduz, yorug‘ yulduz; yorqin, porloq; shukuhli, hashamatli, mag‘rur yoki sochlari sariq qiz. Arabcha.
- Saxida — to‘g‘ri, barvasta qadli, go‘zal qomatli. Arabcha.
- Sevara — suyukli, yoqimtoy, qadrli aziza qiz. O‘zbekcha.
- Sitora — yulduz, baxtli, omadli, chiroyli, tolei baland qiz, yulduz kabi porloq. Arabcha.
- Sojida — sajda qiluvchi, taqvodor, Allohga sig‘inuvchi, muslima mo‘mina qiz. Arabcha.
- Solixa — salohiyatli, pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, muslima qiz. Arabcha.
- Soxiba — uyning egasi, bekasi, malikasi yoki do‘st, hayotdagi sodiq yo‘ldosh, suyukli rafiqa, sevilgan yor. Arabcha.
Birinchi jinsiy aloqa (chimildiq). Yosh juftliklar uchun zarur tavsiyalar
Har bir erkak va ayolning hayotida yuz beradigan birinchi jinsiy aloqa aynan chimildiq ichida bo‘lishini madaniyatimiz, urf-odatimiz taqazo etadi. Umuman olganda chimildiqqa kirish baxtiga musharraf bo‘lganlar bor, bo‘lmaganlar ham bor. Har qanday holatda ham ilk jinsiy aloqa vaqtida barcha juftlarda tabiiy ravishda o‘ziga xos hayajonlanish holati kuzatiladi. Xo‘sh, ilk qovushish ko‘ngildagidek, esda qolarli bo‘lishi uchun nimalarga ahamiyat berish kerak, umuman tibbiy jihatdan chimildiqda nima qilinadi? Bugungi maqolamiz shu haqida. Ekspert androlog-seksopatolog Dilmurod ERGASHEV.
Mundarija
- Oy kunlarining surilishi
- Jinsiy aloqa vaqtida og‘riq…
- Qizlik pardasi saqlanib qolsa…
- Chimildiq, birinchi nikoh kechasida ko‘p takrorlanadigan xatoliklar
- Yangalarga aytar so‘zimiz…
- Chimildiq oldidan kuyov uchun maslahatlar…
Oy kunlarining surilishi
To‘y kunidagi hissiyotlarni boshqarish qiyinligi rost. Axir ikki-uch yuz kishining diqqat markazidasizu, hayajonlanmay bo‘ladimi?! Biroq shunda ham o‘zingizni qo‘lga olishga harakat qiling. Chunki emotsional holatdagi qisqa buzilishlar hayz ko‘rish, ayrimlarda bosh va mushaklarda og‘riqqa ham sabab bo‘ladi. Tinchlantiruvchi yoxud og‘riqsizlantiruvchi preparatlarga yaxshisi murojaat qilmang (agar jiddiy sababingiz bo‘lmasa). Ushbu turdagi vositalarning aksariyati qonni suyultirishi bu esa hayz miqdorining ortishiga olib kelishi mumkin.
Birinchi nikoh kechasi kelinchakning hayzi boshlanib qolsa, qovushilmaydi. Buni yaxshi bilasiz. Ammo ayrim uddaburon yangalar, “Ajralma miqdori oz bo‘lsa, zarari yo‘q, vaqtni cho‘zmaylik” deya tavakkal qilishdan ham cho‘chimaydilar. Vaholanki, bunday holatda qovushish tibbiyotda ham, dinimizda ham man etiladi.
- Hayz nima? Hayz sikli haqida umumiy maʼlumot →
- Hayz ko‘rayotgan ayoldan mutloq chetlanish kerakmi?→
Jinsiy aloqa vaqtida og‘riq…
Yodingizda bo‘lsa sahifamiz orqali vaginizm haqida sirlashgandik. Qin mushaklarining spazmi bilan kechadigan vaginizm yaqinlikka monelik qilib, er-xotin qovusholmaydi. Kasallik sabablari orasida birinchi nikoh kechasidan, chimildiq voqeliklaridan hadiksirash, xususan og‘riq haqidagi tasavvurlar ham bor.
Aslida, ham ilk kechada og‘riq bo‘ladimi yoki yo‘q? Bu avvalo kuyovning “chimildiqda nima qilinadi” soʻroviga toʻla-toʻkis javob topganligi, muomalasi, xatti-harakati va kelinchakning umumiy ahvoliga bog‘liq. Tana qanchalik zo‘riqsa, mushaklar taranglashadi. Natijada qovushish payti og‘riq yoki qindan qon ketishi ham mumkin. Chunki bu paytda qin mushaklari tortilib, qovushishni osonlashtiradigan shilimshiq modda ajralishi yuz bermaydi.
Og‘riq, chimildiq ostonasidan qoʻrquvdan emas, balki jinsiy a’zo kasalliklari tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Shu bois ham to‘ydan avvalgi tibbiy tekshiruv g‘oyat muhim sanaladi.
- Vaginizm yoxud jinsiy yaqinlikdan qoʻrqish qanday kasallik? →
- Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik shartmi? →
Qizlik pardasi saqlanib qolsa…
Ajablanmang, shunaqasi ham bo‘ladi. Aslida, iffat pardasi qin dahlizi va uning bo‘shlig‘i orasida taxminan 1,5-3 sm. ichkarida joylashgan shilliq qavat burmalaridan iboratdir. Gimen, ya’ni qizlik pardasi anatomik tuzilishiga ko‘ra bir necha turlarda farqlanadi. Tibbiyotda qizlik pardasining buzilishi defloratsiya deb atalib, bu hodisa birinchi nikoh kechasi yuz beradi. Defloratsiyaning sodir bo‘lmasligi qizlik pardasining cho‘ziluvchanligi, mustahkamligiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, iffat pardasi qon-tomirlar va asab tolalari bilan o‘ta siyrak ta’minlansa yoki ulardan butunlay xoli bo‘lsa, qon chiqishi va og‘riq ro‘y bermasligi ehtimoli mavjud.
To‘ydan keyin bir necha kun davomida defloratsiya sodir bo‘lmasa, shubhaga berilmay ginekolog ko‘rigiga borish zarur. Mutaxassis qizlik pardasida kichik kesimlarni amalga oshirib, defloratsiya osonlashishi uchun imkon paydo qiladi.
Birinchi qovushishdan so‘ng 3-5 kun davomida jinsiy yaqinlikdan saqlanish lozim. Shu kunlar davomida gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilsa, qizliq pardasining chekkalari bitib, keyingi aloqa og‘riq va asoratlarsiz kechadi.
Chimildiq, birinchi nikoh kechasida ko‘p takrorlanadigan xatoliklar
Ba’zida qovushishdan so‘ng qizlik pardasining buzilishi evaziga ajralgan qon suyuqligi ichga ketib qoladi. Bunga sabab qovushish yuz berganidan so‘ng kelinchakning cho‘kkalab o‘tirmaganidir. Shuni deb ko‘p hollarda asossiz tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.
Gohida esa kelin-kuyov qovusha olmaydi. Bunga har ikkisi tarafdan ham ma’lum sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan:
- Kelinning jinsiy qovushishga ruhan tayyor bo‘lmasligi;
- Birinchi nikoh kechasi, chimildiq haqida turli uydirmalarga ishonish;
- Qo‘shilish vaqti kuyovga me’yoridan ortiq qarshilik ko‘rsatish, oyoqlarni qisib olish, itarish, jismoniy og‘riqdan xavfsirash erkak jinsiy maylini keskin so‘ndiruvchi omillardir.
O‘z o‘rnida yigit tomonidan ham ayrim xatolarga yo‘l qo‘yiladi:
- Yorini qovushishga tayyorlay olmaslik;
- Ayol jinsiy a’zolarining tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tushunmaslik;
- Turli xil yallig‘lanish kasalliklari sabab mizoj susayishi;
- Jismoniy va ruhiy zo‘riqish, surunkali charchoq.
Yangalarga aytar so‘zimiz…
Avvallari nikoh toʻyida yangalar boʻlishiga oʻta tanqidiy qarar edim. Aynan mana shu odatimizni tushunolmagandek boʻlardim. Vaqt oʻtib oʻylab qarasam, aslida yangalar roli boshqayu, ahamiyati ham kattagina ekan. Faqat bizda oxirgi paytdagi yangalar yangi talqindagi “toʻgʻri” yangalar boʻlib qolishgandek ekan. Shu sabab odamlar orasida yangalarga boʻlgan munosabat ham yangi talqin olgan ekan. Mayli mavzudan biroz chalgʻidik.
Xullas, yangalar vazifalaringiz kelin boʻlmish yosh qizni yangi oilada yangi oilaviy hayotga tayyorlash. Baʼzan yangalar buni aynan teskarisini qilishadi.
Zimmangizga yuklatilgan vazifaga yengil qaramang. Imkonini topib, to‘ydan bir necha hafta (bir necha kun emas!) ilgari kelinchak bilan bafurja suhbatlashing. Birinchi nikoh kechasini qanday tasavvur qiladi, bu haqida nimalarni biladiyu, qay taxminlariga aniqlik kiritishingiz kerak. Albatta so‘rang.
Qovushish oldidan tahorat olish, undan keyin yuvinish qoidalarigacha erinmay o‘rgating. Bu keyingi hayoti uchun ham asqotadi. Er-xotin o‘rtasidagi nozik munosabatlarning ahamiyati, aslida ular qanday bo‘lishi kerak tushuntiring. Iloji boricha, soddaroq tilda gapirganingiz ma’qul. “Shu ish bo‘lmasa, boshimiz xam bo‘ladiya” kabi po‘pisalarni esa bas qiling.
Qizgina shundoq ham turli o‘ylar bilan band. Kamiga siz ham uni tashvishga qo‘ymang. Yaxshisi qovushish vaqti nimalarga amal qilishi, o‘zini qanday tutishi singari holatlarni o‘rgating.
Ha-ya, eshik ortida poyloqchilik qilishingizni takrorlayverib, yoshlarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmang. Bu ham qovushish payti havotirni paydo qilib, “Eshitib qolishsachi?” degan hayolga chorlayveradi.
Chimildiq oldidan kuyov uchun maslahatlar…
- Birinchi nikoh oqshomidan asosiy maqsad tezroq qovushib, defloratsiyani amalga oshirish deb o‘ylamang. Ilk kecha taassuroti keyingi hayotingiz uchun muhimdir.
- Yoringizni suyib-erkalang, undagi vahimani bartaraf etish uchun shirin so‘zlarni ayting. Aslo qo‘rslik qilmang.
- Juftingiz o‘zini yengil sezishi uchun undagi jinsiy maylni qo‘zg‘atish lozim. Shunda qovushish oson kechadi.
- To‘y yugur-yugurlari xoldan toydirib, birinchi kechada jinsiy maylning sustligi kuzatilishi mumkin. Ammo bu vaqtinchalik holat. O‘zingizni qo‘lga oling.
- Qovushish vaqti mijoz sustligi kelib chiqsa, vahima qilmang. Bu qattiq hayajon ta’siridan. Biroz tinchlanib oling.
- Keyingi davrlarda ham jinsiy aloqa me’yorlashgunicha, qisqa jinsiy aloqa kabi holat ham yosh kuyovlarda kuzatilishi mumkin. Va buning sabablari qisqa muddatli psixologik omillar bo’lsa, xavotirlanishga ortiqcha hojat yo’q.
Ushbu mavzu yuzasidan savollaringiz bormi? Unda savollaringizni quyida “Fikr bildirish” qismi orqali yozib qoldiring. Dolzarb va muhim savollarga shifokor ekspertlarimiz javob berishadi.
- Jinsiy aloqa
- Oilaga tayyorlanish