Збекистон Республикасининг Қизил китоби, 1 жилд, Ўсимликлар, Ҳасанов Ф. Ў, 2016
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77+ savol to’plami
Quyida sizga mantiqiy savollar javoblari bilan havola etiladi. Savollar oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin. Savolning javobini ko’rish uchun «Javobini ko’rish» tugmasi ustiga bosish kerak. Javobini yashirish uchun shu tugmani yana bir marta bosish talab etiladi.
Savollar shu tarzda tuzilganki, ularni bolalar oldida ham ovoz chiqarib o’qish mumkin, bemaza va kattalar uchun mo’ljallangan mavzudagi savollar kiritilmagan. Oila davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami bilan tanishishni boshlashingiz mumkin.
Mantiqiy savollar va javoblar
Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish.
Javobini ko’rish
Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?
Javobini ko’rish
Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan.
Javobini ko’rish
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.
Filning bolasi.
Javobini ko’rish
Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Albatta Meri
Javobini ko’rish
Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?
Shaxmatchi.
Javobini ko’rish
Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Begonaning noki.
Javobini ko’rish
Qiziqarli mantiqiy savollar (javoblari bilan)
Kishiga uch marta beriladi: birinchi ikki marta bepul, ammo uchinchi marta yoki undan keyin pul to’lash kerak bo’ladi. U nima?
Javobini ko’rish
Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
Soat 11:30 da, birinchisi 10:30 da, ikkinchisi 11:00 da, uchinchisi esa 11:30 da.
Javobini ko’rish
Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?
Qaynatilgan tuxumni.
Javobini ko’rish
Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?
Elektropoezdlar tutun chiqarmaydi (albatta yong’in chiqmasa).
Javobini ko’rish
O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.
Javobini ko’rish
Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U odam dastavval milliarder bo’lgan.
Javobini ko’rish
Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa
Javobini ko’rish
Kulguli va fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollar
Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.
Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda.
Javobini ko’rish
Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
Javobini ko’rish
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Javobini ko’rish
Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.
Javobini ko’rish
U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
Sizning ismingiz.
Javobini ko’rish
Kim o’tirgan holda yuradi?
Shaxmatchi.
Javobini ko’rish
Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak.
Javobini ko’rish
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.
Javobini ko’rish
Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qorong’ulik.
Javobini ko’rish
Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi
Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби, 1 жилд, Ўсимликлар, Ҳасанов Ф.Ў., 2016
Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби, 1 жилд, Ўсимликлар, Ҳасанов Ф.Ў., 2016.
Учебник на узбекском языке.
Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби I жилдида ўсимликлар оламининг камёб, йўқолиб кетиш хавфи остида турган турлари тўғрисидаги маълумотлар жамланган бўлиб, унда ҳар қайси турнинг қисқача тавсифи, тарқалиши, ўсиш шароити, сони, кўпайиши, ареалининг ўзгариш сабаблари, маданийлаштирилиши ва муҳофаза чоралари кўрсатилган.
Китоб табиатни муҳофаза қилиш органлари ходимлари, ботаниклар, ўсимлик дунёси билан қизиқувчилар ҳамда кенг ки-тобхонлар оммасига мўлжалланган.
БОЙСУН ПЎФАНАГИ.
Мақоми 3. Кўҳитанг ва Ҳисор тизмаларида ўсувчи камёб эндемик ўсимлик.
Қисқача тавсифи. Чўзиқ тугунакли кўп йил-лик ўт. Илдизолди барглари бандли, уч карра бўлинган, бўлаклари юмалоқ ёки ўткир тишли. Ён бўлаклари бандсиз ёки қисқа бандли, ўрта қисмидаги банди 1,5 см узунликка эга. Ўрама барглари 2-3 тани ташкил этади, юқори қисми уч карра бўлинган. Гулбанди 1-4 тагача туклар билан қопланган. Гулларининг диаметри 1-2, 3-4 см, сариқ рангли. Чангдони ва чангчи иплари сариқ, уруғчиси эса қора. Уруғи 0,3-0,35 см узун-ликда. Тумшуқчасининг узунлиги 0,2 см, сертук. Март-апрель ойларида гуллаб, меваси май ойида етилади.
Тарқалиши. Сурхондарё вилояти: Кўҳитанг тизмасида – Шалқонсой атрофида; Ҳисор тизма-сида – Бойсун, Шўрчи, Денов атрофларида ўсади. Тожикистонда ҳам учрайди.
Ўсиш шароити. Тоғ ёнбағирларидаги сариқ ва майда тупроқларда ҳамда тоғ этакларидаги ола тупроқларда ўсади.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби, 1 жилд, Ўсимликлар, Ҳасанов Ф.Ў., 2016 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Zakovat 100 ta savoli
Zakovat 100 ta savoli, www.Macho.imob.su sayti taqdim etadi.
1-savol: Germaniyada perlon, Polshada stilon, Shvetsiyada grilon. Xo`sh bizdachi?
2-savol: “Washington Post” gazetasi ma’lumotiga ko`ra, AQSh Milliy Xavfsizlik xizmati
agentligi 1998 yil dekabrda mashhur o`yinchoqlardan biri bo`lgan “Fort-Mid” o`yinchog`ini
ta’qiqlab qo`yadi. Aslida shahar ichida ta’qiqlangan predmetlar ro`yxatida shaxsiy
fotoapparatura, video va audio yozadigan qurilmalar mavjud. O’ylab ko`ringchi, siz
o`yinchoqning qaysi xususiyatidan unumli foydalanib, ba’zi ma’lumotlarni saqlab qolishingiz
Javob: Diktofonlik xususiyatidan. (“Fort-Mid” o`yinchog`i eshitgan ovozini takrorlaydi)
3-savol: Ba’zi versiyaga ko`ra otasi uni Yevpalam deb nomlagan. Buning ma’nosi “uddabaron
qo`lli” degani. Boshqa versiya bo`yicha esa uni Metin deb nomlagan. Ma’nosi “donishmand
inson” degani. Ammo bizga uning boshqa ismi ma’lum. Undan ham ko`proq uning o`g`li
mashhurroq. Menga uning o`g`lini ismini ayting.
4-savol: O’rta asrlarda rus monarxistlari o`rtasida mashhur bir ibora bo`lgan: “Samoderjaviya
monarxi hamma ishni qilishi mumkin, faqat bir ishdan boshqa” U nima qila olmagan?
Javob: Monarxlikdan voz kecha olmagan
5-savol: 1875 yil fransuz ximigi Lekok de Buabodran yangi kimyoviy element ochgan va uni
Frantsiya sharafiga Galliya deb nomlagan. Ba’zi mutaxasislarning fikricha uni nomni tanlashida
umuman vatanparvarlik rol o`ynamagan, ko`proq u o`zini o`ylagan. Sizga savol, u bu nomni nega
Javob: LEKOK frantsuzcha “xo`roz” degani. Lotinchasiga esa xo`roz GALL.
6-savol: Arxeologlar dengiz ostidan harbiy kema topishadi. Bu kema 16 asrga tegishli bo`lib,
undan yaxshi saqlangan sandiq topiladi. Undagi predmetlar orasida miltiq, kamon va charm
qo`lqop chiqadi. Ajablanarlisi u yerdagi barcha qo`lqoplar chap qo`l uchun mo`ljallangan edi.
Ular chap qo`lini nimadan himoya qilishgan?
Javob: Olovdan. O’sha vaqtlardagi pilta miltiqlar xavfsiz bo`lmagan.
7-savol: Badiiy filmlar vaqtida biz ko`plab mashhur aktyorlarning o`z ismi bilan filmda rol ijro
etganini ko`p guvohi bo`lganmiz. Bir mashhur filmda birdaniga 6 ta aktyor xuddi shunday rolni
ijro etishgan. Ulardan beshtasini sanayman: Tatyana Konyuxova, Georgiy Yumatov, Leonid
Xaritonov, Pavel Rudakov, Valentin Nechaev. Siz menga bular orasidagi oltinchi eng
Javob: Innokentiy Smoktunovskiy
8-savol: Hammamizga ma’lumki, Qadimgi Olimpiada o`yinlarida sportchilar kiyimsiz
musobaqalashgan. Keyinchalik sport kiyimlari katta biznesga aylana boshlagandan so`ng bu odat
yo`qolib ketgan. Ammo bir sport turi vakillari o`zlarida bu “holatni” saqlab qolishgan. Siz menga
hech bo`lmasa ulardan birining nomini ayting.
Javob: Istalgan gimnastlardan biri. “Gimnast” so`zi yunonchadan “yalang`och” deb tarjima
9-savol: Ko`pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun
ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo`lishga imkoniyat bermas emish. Ko`plab Amerikalik
ayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi?
Javob: Prezident yoshi 35 dan yuqori bo`lishi kerak. Ayollar o`zlarini 35 yoshdan katta deb tan
10-savol: Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi:
“Bundan bir necha o’n yil oldin o’rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining
uchrashganligini unutib bo’lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan”.
Menga ularning ikkalasini ham ayting.
Javob: Gitler va Gibbels.
Izoh: Hammamizga ma’lumki Gitler xavaskor rassom bo’lgan. Gibbelsning asli kasbi esa
reklama agenti edi.
11-savol: Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog’idagi timsohlar bor basseyni yonida
shunday yozuvlar bitilgan:
“Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda. ” Marhamat qilib jumlani to’ldiring.
Javob: “Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda o’zingiz olib chiqasiz”
12-savol: Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko’rsatkichi bo’yicha
1-o’rin: Segareta maxsulotlari
Xo’sh 3-o’rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qaroqchilar tomonidan tayyorlangan soxta CD, VCD va DVD disklari
13-savol: Qoraqalpog’istondan Toshkent viloyatini ayirsak qaysi viloyat qoladi? Izohini ham
Javob: Sirdaryo viloyati
Izoh: Qoraqalpog’istonning davlat avtomobil raqami 23. Toshkent viloyatiniki 11. Ayirsak 12
qoladi. Bu Sirdaryoning nomeri.
14-savol: AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar
uchun eng tipik ko’rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab
bo’lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Mona Liza – Jakonda
15-savol: 2006 yil Angliyada maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomada “Kimni
Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo’lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko’p javob manchester
Yunayted jamoasi o’yinchisi Ueyn Rooney oladi.
Ikkinchi o’rinni egallagan inson real shaxs bo’lmasa u kim?
Javob: Bu butun dunyo bolalarini qalbidan joy egallagan GARRY POTTER
16-savol: AQShda haydovchilarga mo’ljallangan kitoblar chiqariladi. Lekin bu kitoblar yo’lda
ketoyatgan haydovchiga xalaqit bermaydi. Ular qanday kitoblar?
Javob: Ular maxsus audiokassetalarga yozilgan kitoblar. Haydovchilar ularni o’qimaydi balki
17-savol: Dastlab ikkita osmonga qaragan projektorlar yonadi, so’ngra yana ikkitasi yonib
oltinrang raqamlar va so’zlarni yoritadi.
Gap qaysi mashhur kompaniya emblemasi haqida ketmoqda?
Javob: 20 asr Fox studiyasi – XX century FOX
18-savol: 1898 yili Ispaniya AQShdan mag’lubiyatga uchragandan so’ng Kubaga bo’lgan
xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin
o’zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta
emasdir) bo’lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko’chirib
ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb
19-savol: Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir
necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga
o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol
quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: U to’tiqushiga o’zining uy adresini yodlatgan. Agarda to’tisi yo’qolib qolsa topib olgan
odamlar unga oson qaytarib olib kelishi uchun.
20-savol: Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o’qish vaqtida o’quvchilar
o’zlarini o’qituvchi o’rniga qo’yib ko’rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo’yishlari
ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini
Javob: Bu darslik atayin xatolar bilan chop etilgan.
21-savol: Mallarang bo’yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo’l bilan olinadi. Ammo
tabiiy bo’yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo’yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni
topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o’sha bo’yoqning
tabiiy manbasini yozib bering.
Javob: Karakatitsa. (“Qora Karakatitsa” Kapitan Vrungel kemasi)
22-savol: FIAT, PEJO, RENO, SHEVROLE. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan
tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni
Javob: Oxirgi harfi “T” bilan tugaydi. (FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET)
23-savol: Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan,
Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi
to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va
to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar
turkumini hazillashib qanday nomlashadi?
Javob: Robin Gud
24-savol: (Savolni iloji bo’lsa yozib oling) Hududi kattaligi jihatidan 110 o’rin, aholi soni
bo’yicha 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha 6-
o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga
ko’ra dunyoda 1-o’rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering.
25-savol: Qo’lingizdagi qog’ozda inglizcha almost so’zi yozilgan. Bu so’z ingliz tilshunosligida
eng uzun so’z hisoblanar ekan. Albatta bir shartga ko’ra. O’sha shartga rioya qilib bundan uzun
ma’noli so’z yasab bo’lmas ekan. Siz harflarga yaxshilab e’tibor bergan holda menga o’sha
shartni yozib bering.
Javob: Harflarni alfavitdagi ketma-ketligida yozish.
26-savol: Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo’jizasi bilan
qurilgan ekan. Uning gumbazi o’rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri
tushib turadi. Ammo, qanchalik g’alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg’ir yoki qor
tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima?
Javob: Sababi, u teshikdan doimiy ravishda issiq havo chiqib turadi va u yomg’ir va qor
tomchisini urib qaytaradi yoki bug’lantirib yuboradi.
27-savol: Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan:
Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan. Doktor Bent
Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini
aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni mongoloid irqiga
mansub degan xulosaga kelgan. 1 daqiqadan keyin, siz menga ushbu olimlarning “mijozini”
Javob: Mona Liza
28-savol: Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan “Taksi” ko’rsatuvining 1 sonida “Qiyin
savollar” toifasi bo’yicha berilgan savoldan na’muna:
Savol quyidagicha: “Ishonish qiyin bo’lsa ham uning ko’zi ko’rmas bo’lgan ekan. Bu to’g’rimi?”
Yo’lovchilar esa uzoq o’ylab “Ha” deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham “U qanaqasiga
ko’r bo’lishi mumkin?” deb javob noto’g’riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning
millati yapon bo’lsa, unda menga uning to’liq ismini va kasbini ayting.
Javob: Akiro Kurasava, rejissor
29-savol: Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini)
Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og’irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi
menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi
Javob: She’riy yoki poetik kitoblarni
30-savol: Qaysi qurol o’z nomini inglizcha “aylantirmoq” so’zidan olgan?
31-savol: Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa
uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. Xo’sh, u xozir
Javob: CHGK (Boyug’li)
32-savol: Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko’pincha tor doirada bo’ladi. Masalan:
Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan.
Xuddi shunga o’xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko’rsatuvchi
strelka ixtiro qilgan?
Javob: Pulsni o’lchash uchun
33-savol: Uni gultoji, belbog’chasi, korpusi va tomog’i bor. Uni ichki bosimi 1 million 700 ming
paskaldan past bo’lmasligi kerak.U nima? Aniq javobni qabul qilaman
Javob: Shampan vinosi butilkasi (uning ichki bosimi yetarli bo’lmasa otilmaydi)
34-savol: Ancha oldin Braziliya ekranlarida yangi “Bosh inspektor” nomli teleserial namoyish
etilgan.Siz menga bu serial qaysi rus asari asosida yaratilganini ayting
Javob: Gogolning “REVIZOR” asari. O’sha mashxur yolg’onchi Xlestakov haqida.
35-savol: Shveytsariyalik olim Jan Jak Babel yillarni hisoblab chiqib,shunday xulosaga kelibdi.
Mil. avv. 3500-yili va 292-yili odamzod usiz yashagan ekan. Nimasiz?
Javob: urushlarsiz. Qolgan hamma yili urushlar bo’lgan ekan
36-savol: Bu sportga 1845 yili AQSHlik Aleksandr Kartrayt asos solgan. O’yinda 9 ishtirokchi, 9
urinish va maydon tomonlari 90 futdan bo’ladi. 107 sm.li atributi ham bor. Bu qaysi sport turi.
Javob: BEYSBOL 107 sm. Bu beysbol tayog’ining – bita ning uzunligi
37-savol: Rossiyada o’tkazilgan so’rovnomada rus xalqining 42% bu davlatlarni 1 ta emas,
aloxida-aloxida davlat deb xisoblar ekan. Qaysi davlatni?
38-savol: Blits.Ya’ni men 3 ta savol beraman.Uchalasiga ham to’g’ri javob bersangiz ochko
1) Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. Bu qaysi
2) Ginnesga kiritilgan dunyodagi eng qisqa familiya?
3) O’zDEU korxonasida 1-ishlab chiqarilgan avtomobil?
2) I (Xitoycha familiya. Bor yo’g’i 1 xarfdan iborat)
39-savol: Taysonning Xolifildga nisbatan qilgan ishini bir o’zbek san’atkori ham bajargan. Gap
qanday ish va qaysi san’atkor haqida ketmoqda?
Javob: Ozodbek Nazarbekov. Gap quloq tishlash haqida ketmoqda.
40-savol: Bu jonzot 600.000 yil oldin Osiyoning janubi-g’arbida paydo bo’lgan.Yevropaga salb
yurishlari vaqtida kelib qolgan. Xozir ularga qarshi kurash 4 marta oshgan. Qaysi jonzot haqida
41-savol: J.Koreyada turmush qurishda bir cheklov bor ekan. Agar Yigit va qizda bir narsa bir xil
bo’lsa ularning turmush qurishi ta’qiqlanadi. Nima bir xil bo’lsa?
42-savol: London shaxrida XVIII asrda qilingan bir qaror xatlarni egalariga adashmay olib
borishdagi muammoni bartaraf etdi.Savol, qanday qaror qabul qilingan?
Javob: uylarni raqamlash. Undan oldin uylar raqamlanmagan va xatlar noto’g’ri manzilga borar
43-savol: Savol juda ham qisqa. Diego, Manfrid va Sid qaysi “davrda” do’stlashadi?
Javob: “Muzlik davri”da (“Ice Age”) Mashxur multfilm qaxramonlari haqida gap ketayotgan edi.
44-savol: Odamning bir tomonida ularning soni 150-200, ikkinchi tomonda esa 50-100 ta
bo’ladi. Ularning xar biri o’rtacha 150 kun yashaydi. Gap nima haqida ketmoqda?
45-savol: “640 kilobayt hammaga yetishi kerak”. 1981 yil aytilgan bu gaplar kimga tegishli?
Javob: Bill Geyts
46-savol: Kembridjda matematikadan ma’lum bir bahoni olgan talabaga yog’och qoshiq “sovg’a”
qilinadi. Savol, qanday baho olgan talabaga yog’och qoshiq beriladi?
Javob: eng yomon baho olgan talabaga
47-savol: Titsian – “Misrga sayohat” – $ 7 mln 1995 y;
Uilyam Terner – “Soya va sharpa” – $ 7 mln 1994 y;
Rembrand – “Dengizda töfon” bebaho 1990 y
Bularni bog’liqligi nimada?
Javob: Bular o’g’irlab ketilgan va xozirgacha topilmagan eng mashhur san’at asarlari edi.
48-savol:Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi. So’ng ovozi eshitiladi. So’ng shamolini xis
qilasiz. Ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Izoh: qolgan javoblarga savoldagi bir so’z to’g’ri kelmaydi. Ya’ni “kirib keladi”. M-n:
kechqurun kelayotgan avtomobil hech qayerga kirib kelmaydi
49-savol:Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo’shsangiz kichrayadi. Nima u?
50-savol:Quyidagi harflarga e’tibor bering:
Siz qolgan beshta harfni yozib bering.
Javob: 6-O; 7-Y; 8-S; 9-T; 10-O’
Izoh: Bir, Ikki, Uch, To’rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz, To’qqiz, O’n soz’larining bosh harfi
51-savol:Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart
qo’ygan: “Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak
tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Qaynatilgan tuxum
Izoh: Tuxum javobi ham qabul qilinadi
52-savol:Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud.
O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi.
53-savol:U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’i u
qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
54-savol:Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning
salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi. 1. Aniq
vaqt ya’ni soat
2. Salondagi harorat ya’ni temperatura.
Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi?
Javob: Avtobus tezligini (spidometr)
55-savol:2 yigitdan tashkil topgan guruhning nomi o’z ustozlari guruhining nomidan 1 harfga
farq qiladi. Bu qaysi estrada guruhi?
56-savol:U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida
Javob: Dunyo tillari
57-savol:Angliyada “S”, AQShda “U”. Xo’sh Toshkentdachi?
Javob: M (metro haqida ketmoqda. “S” subway, “U” – underground)
58-savol:O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini
ishlatgan xolda bog’kiqligini toping.
Javob: Hammasi ingliz tilida “U” harfi bilan boshlanadi.
59-savol:Buyuk Britaniyada oldin u 18 yoshga to’lmaganlarga, 60 yoshdan oshganlarga,
homilador ayollarga berilmasdi. Xozir esa umuman yo’qolgan. U nima?
Javob: O’lim jazosi
60-savol:Filipp Morris kompaniyasi o’z xodimlarining 40% iga aynan bir oyda mehnat ta’tili
berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: ramazon oyida (bu firma tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradi)
61-savol: Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech
qachon birga yig’ilishmagan va o’z navbatini o’zgartirishmagan. Biz xozir ularni o’zbekchada
njima deb ataymiz?
Javob: Bahor, yoz, kuz, qish
62-savol: Diqqatni jamlaydigan savol. Leonardo Da Vinchi chizgan Florensiyalik bir
savdogarning xotinini suratida u ayol chap qo’lida nimani ushlab turibdi?
Javob: o’ng qo’lini
63-savol: Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu
katalogdan Romeo va Julyetta, Pi’er va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir
Arofat kabi maqolalar o’rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Adam va Yeva
64-savol: Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday
ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima
uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Pul va tangalarga Tailand qirolining surati tushurilgan
65-savol: 2002 yil Angola hayvonot bog’idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher,
antilopa, zebra, jirafa, to’tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu
operatsiya qanday nomlanagan?
Javob: “Nuh kemasi”
66-savol: Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning
miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan
kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi?
Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun
Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini
me’yorigacha tiklab oladi
67-savol: Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga
atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?
Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar
Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan
68-savol: U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u
hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam
beradi. Uni ayting.
69-savol: Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar o’ziga xos dinning tarafdorlari
hisoblanishadi. Ularning dini zardo’shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning
ta’siriga uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko’p. Ular xo’roz, g’azol, baliq go’shti, qovoqni
yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k
rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida “sh”, ikkinchi bo’g’inida
esa “t” tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan
Javob: Ular “shayton” so’ziga o’xshagani uchun
70-savol: 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan
mahsulotida balandlikni o’lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo’shimcha
qurilmalari bor. Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko’rsatish
Izoh: Gap “TISSOT” kompaniyasi soatlari haqida bormoqda
71-savol: Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan
shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U
o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning
kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.
Izoh: U o’z haykallarini o’zidan olib yasaydi
72-savol: Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan
chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi
haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina
bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?
Javob: G.Uelsning “Ko’rinmas odam”iga
73-savol: Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini
qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki
bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir
Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?
74-savol: Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida “Erkak
kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining
asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi” degan. Agar “Zakovat”
bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?
Izoh: “Zakovat” bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka)
75-savol: Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy
asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori
qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga
qarshi dori sifatida yozib berishgan”. Bu qaysi mahsulotning reklamasi?
Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda
76-savol: Malayziyada “Sen qayerga ketyapsan?” deyishadi, bu savolga “Aylangani” deb javob
berishadi. Yevrey “Sizga tinchlik” desa, fors “Quvnoq bo’l” deydi, Grenlandiyaliklar esa “Yaxshi
ob-havo” deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?
Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom
77-savol: Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda
Tanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi
bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir
marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?
78-savol: XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida
quyidagicha fikrni aytadi:
“Sinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir”
Kavedo “Sinor Dinero” deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Pul (Dinor)
79-savol: Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib
kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat
ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi?
Izoh: Bu Azroil farishta edi
80-savol: Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini
tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi
81-savol: 1996-yilning Fevral oyida “USA Today” degan gazeta bir insonni portretini
“Insoniyat uchun turib bera oladimi?” degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning
portreti chop etilgan edi?
Javob: Garri Kasparov (U o’sha yili kompyuter bilan shaxmat o’ynashi kerak edi)
82-savol: Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo’lmasada dunyo
bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga
kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko’rishga yordam
beradi. Qaysi kompaniya to’g’risida gap ketayapti?
83-savol: Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o’zini 122 yoshda deb
hisoblagan. Savol, Gabrielning familiyasi nima edi?
Javob: Faringeyt (Faringeyt shkalasi bo’yicha 50º Selsiy temperaturasi 122º ga teng bo’ladi)
84-savol: Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib
Britaniyaga sotuvga qo’ydi, biroz vaqt o’tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida
kitob sotuvchiga xat yozdi va o’z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib
ko’rmoqchi bo’ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan
qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi,
uning xati birgina “!” belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo’lgan?
85-savol: Ushbu mashxur qo`shiq 1992 yil dunyo yuzini ko`rdi, kompozitori Toni Britten ismli
shaxs bo`lgan bu qo`shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan
Qo`shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo`shiqda siz “eng kuchlilar”,
“buyuk voqea”, “hammasi erkaklar” kabi so`zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo`shiq
Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni
86-savol: Frantsiyada Stendal davrida ushbu protsess boshlanishidan oldin 3ta sham yoqib
qo`yilgan va bu jarayon ushbu shamlar o`chguncha davom etgan.Hozirda bizda ham ushbu
jarayonning nihoyasiga yetishi 3 soni bilan bog`liq. Gap qanday jarayon to`g`risida ketmoqda?
Javob: Auktsion (bolg`achani 3 marotaba zarb bilan urish orqali tugatiladi)
87-savol: O’zbekiston Respublikasida u ko`pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida
2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?
Javob: O’zbekiston bayrog`i.(Bayroq to`g`risidagi qonunga muvofiq)
88-savol: Yangi Gvineyaning papuas qabilasi aholisida yaqin qarindoshining o`lganligiga motam
ishorasi sifatida o`z qo`l barmoqlaridan birini kesib tashlanganliklarini eshitgansiz.Yigirmanchi
asrning 50-yillarigacha papuaslar orasida barcha barmoqlari yo`q insonlarni ko`plab topish
mumkin edi.(ko`pgina qarindoshlari o`lganligi sababli).50-yillardan keyin papuaslar orasida 6-7
ta barmog`i kesilganlarini uchratishimiz mumkin ediyu lekin barcha barmoqlari yo`qlari deyarli
uchramay qoldi. Bunga sabab nima bo`lgan edi?
Javob: 50-yy dan keyin papuaslar xristian dinini qabul qila boshladi va tabiiyki cho`qinish
ritualini ijro etish uchun kamida 3 ta barmoq bo`lishi talab etilardi.
89-savol: Zurab Seritelining Ulug` vatan urishiga (1941-45yy) bag`ishlab qurgan Moskvadagi
monumentining balandligi rosa 142 metr chiqadi. Nimaga Seriteli aynan shuncha balandlikni
Javob: Monumentning har 10 sm urushning bir kunini timsoli.
90-savol: Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq
holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting?
Javob: yog`och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi.
91-savol: Bill Xyulett va Deyv Pakkard o`zlarining elektoritexnika sohasidagi kompaniyalariga
asos solishgach, bir masala bo`yicha qur’a tashlashgan. Qur’ada kim yutgan?
Izoh: Shundan so`ng kompaniya nomida Xyulett nomi birinchi ishlatiladi
93-savol: Qo`shiqqa ko`ra bir rassom bir aktrisani sevib qoladi va o`z uyini, kartinalarini sotib,
unga atab juda ko`p miqdorda bir narsa sotib oladi.Endi siz o`sha rassom nima sotib olganligini
aniq qilib ayting?
Javob: Million million pushti atirgul
94-savol: Yoz oylardan birida Moskva yaqinidagi pivo do`konining tomiga osmondan katta bir
jism qulab tushgan.Hozirgi kunda ushbu katta shov-shuvga sabab bo`lgan jism muzeyda
saqlanmoqda.Endi siz ushbu jismni toping?
Javob: Olimpiada 80 ayig`i.
Izoh: Katta ayiq shaklidagi havo shari osmonga uchirilgan edi
95-savol: U 19 asrda paydo bo`lgan va 20 asrdan yevropaga tarqalgan.Uning “andalus”, “kreol”,
“argentina” kabi turlari mashhur.Yaxshilab o`ylab uning arabchasini kim mashhur qilganini
Javob: B.Zokirov. (tango)
96-savol: Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan
bo`lib,undan o`tish pullik edi.Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga
olingan.Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan?
97-savol: «Argumenti i fakti» gazetasida bir cherepitsa ishlab chiqaruvchi firma reklamasi
chiqqan.Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult qaxramonning xam rasmi
bor. Qaysi qaxramon?
98-savol: 1888 yili AQShning Jeynsvill maktabi o`qituvchisi o`zining ishonchsiz va noqulay ish
qurolidan voz kechib, uning yangi turini yaratadi. Endi ushbu insonnig familiyasini ayting?
99-savol: 1760-y Strasburgda Mari ismli qizcha tug`iladi.Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan
Mari, keyinchalik Angliyaga ko`chib ketadi va u yerda bir mashxur muassaga asos soladi.Endi
manga ushbu frantsuz xonimining familiyasini ayting?
Javob: Madam Tyusso (Londagi mashxur muzeyga asos solgan)
100-savol: 1940 y.y.da Shvetsiyada yangi metall qotishmali relsga ega bo`lgan o`sha davrda
dunyodagi eng tez yurar poezd liniyasi ishga tushadi.Ko`p o`tmay bir mashhur inson shunday
relslardan 3-4 km. uzunlikdagisiga buyurtma berib, sotib oladi. Yaxshilab o`ylab ko`ringda ushbu
insonning familiyasini ayting?
Javob: Uold Disney (Disneylend uchun)
Derek: www.Macho.imob.su sayti.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling