Kiyimlar o g il bolalar uchun
Siz bu borada qanday fikrdasiz? Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Fikringizni kutib qolamiz.
Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat
Biz g‘aroyib davrda yashayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez sur’atlarda, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaryapti. Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o‘qituvchi quyidagilarga tayyor bo‘lishi kerak:
O‘zgarish. Bu eng qiyini, biroq to‘laqonli shaxs sifatida mavjud bo‘lish uchun zarur bo‘lgan shart.
O‘z xatolarini tan olish. Hech narsa qilmagan kishigina xato qilmaydi. O‘qituvchi esa bundaylar toifasiga kirmasligi aniq.
Rivojlanish. Agar jahon sur’ati bir necha avlodlar davomida o‘zgarmagan bo‘lsa, hozirda u shu qadar tez sur’atlarda rivojlanyaptiki, “Alisa Ko‘zgu orti mamlakatida”gi Qora qirolicha aytganidek, o‘z joyida qolish uchun “oyoqni qo‘lga olib yugurish kerak”.
O‘qituvchi zamonaviy o‘quvchilar nima bilan yashayotganini ham tushunishi kerak.
Bundan tashqari, o‘qituvchi zamonaviy o‘quvchilar boshqacha ekanini yodda tutishi lozim. Ular internetda yashashmoqda, ularda katta odam madaniyati yo‘q. Foyda keltirish va o‘z mehnati mahsulidan bahra olish uchun zamonaviy muallim va o‘qituvchilar quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak.
1. Bolalarga hurmat
Odatda “O‘qituvchi bolalarni yaxshi ko‘rishi kerak” deyishadi. Biroq bu fikr juda mavhum va turli talqinlarga sabab bo‘lishi mumkin. Axir yaxshi ko‘rish tushunchasi juda ko‘p qirrali. Hurmat tushunchasi bilan bari oddiy.
O‘quvchini hurmat qilish – demak, unda oppoq qog‘ozni emas, shaxsni ko‘rish demakdir.
2. Tolerantlik
Insonlarning bari turlicha. Ba’zida odam o‘zgalarga o‘xshamaganligi uchun ham g‘ashimizni keltiradi: bosh kiyimini boshqa kiyadi, o‘zgacha qaraydi. Agar u o‘zini tabiiy tutayotgan va axloq-odob qoidalarini buzmayotgan bo‘lsa, bunga e’tibor berish kerakmi? Odamning shaxsiy fikrga ega bo‘lish huquqi haqida ham shunday deyish mumkin.
Gap yagona to‘g‘ri javob berish mumkin bo‘lmagan savollar haqida ekan, kutilmagan va original takliflarni darhol o‘chirib tashlash yaramaydi. Ular standart javoblarga qaraganda ko‘proq mos keladigan bo‘lishi mumkin. Bolalar kattalar kabi “qolipga tushib qolgan fikrlar” bilan o‘ylashmaydi, shuning uchun erkin fikrlashadi.
O‘quvchining o‘zgacha bo‘lish huquqini tan oling. Balki siz yangi Eynshteynni kamol toptirayotgandirsiz.
Foto: FireStock
3. O‘qituvchi o‘zining xizmat ko‘rsatayotganini tushunishi
Nima uchundir bu band ko‘plab o‘qituvchi va ota-onalarning jahlini chiqaradi. Balki gap obro‘dadir. “O‘qituvchi” so‘zi iftixor bilan jaranglaydi.
4. Haqiqiy narsalar bilan hurmatga ega bo‘lishga tayyor turish
Balandparvoz so‘zlar, buyruq ohangi bilan zamonaviy bolada taassurot uyg‘ota olmaysiz. Bari “gamburg”cha hisob-kitob bilan bo‘lishi kerak: yaxshi o‘qituvchi o‘z fanini yaxshi biladi, uning foydasini tushuntira oladi va materialni qiziq qilib yetkazadi.
Qo‘rqitish – befoyda. Hozirgi bolalar avvalgi odamlar qo‘rqqan narsalardan hadiksirashmaydi.
Foto: Pixabay
5. Chegarani his qilish
Bu ruhiy chegaralarga (“ko‘ngilga tegmaslik”) ham, shaxsiy bilimlarga ham tegishli. Axir bolalar ba’zi jihatlarda o‘qituvchilarga nisbatan ko‘proq narsalardan boxabar.
6. O‘z vazifasini tushunish
O‘qituvchi “Gugl” qidiruv tizimida topish mumkin bo‘lmagan foydali bilimlarni berishi kerak (agar aksi bo‘lsa, u vaqtini bekorga sarflayapti).
Foto: FireStock
7. O‘z-o‘zini tanqid qilish
Agar o‘qituvchi o‘z faoliyatini tahlil qilib, uni qanday rivojlantirish haqida o‘ylasa, u ko‘p narsaga erishadi. Hamma ham adashishi mumkin. Katta amaki va xolalar ham bundan mustasno emas. Bolalar buni qancha tez anglasa, shuncha yaxshi.
8. O‘z-o‘ziga shama qilish
Jiddiy bo‘lmaslik va o‘zini hazil qilish qobiliyati – zo‘riqishlarga qarshi turishning tarkibiy qismi. Jamiyatdagi hayot uchun ham a’lo xislat.
O‘z-o‘zini hazil qilish murakkab vaziyatni yumshatib, chalg‘ish va qiyin masalalarni hal etishga yordam beradi.
Albatta, xislatlarning bariga ega bo‘lish ham oson emas. Ko‘p hollarda maktabda o‘qituvchilarni tanlab olish imkoniyati mavjud emas. Biroq shunga qaramay, idealga qarab intilish zarur.
Siz bu borada qanday fikrdasiz? Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Fikringizni kutib qolamiz.
Kiyimlar o’g’il bolalar uchun
Bolani iloji boricha chiroyliroq, zamonaviyroq va yaxshiroq kiyintirishni xohlaysiz, biroq buning uchun kuch, vaqt va mablag‘ingiz yetarlimi? Agar Allso.uz saytining imkoniyatlaridan foydalansangiz albatta javobingiz ijobiy bo‘ladi.
Yuqori sifati, qulayligi va dolzarb modellari bilan ajralib turuvchi bolalar uchun kiyimlarning keng assortimenti e’tiboringizga taqdim etilgan. Sayt mahsulotlari nafaqat sifat mezonlari bo‘yicha, balki amaliylik va hattoki zamonaviy trendlar nuqtayi nazaridan tanlangan!
Eng zarur narsalar – ko‘ylaklar, sorochkalar, sviterlar, maykalar, futbolkalar, shimlar, kostyumlar va umuman, siz o‘zingizning kichkina shahzodangizning ustida ko‘rishni xohlagan barcha narsalar aynan shu yerda.
Saytdan foydalanish xaridlarni amalga oshirishingizni bir necha baravar yengillashtiradi. Birinchi navbatda siz shoping vaqtini bir necha karra qisqartirasiz, bundan buyon bolangizni kim bilan qoldirish haqida o‘ylab o‘tirmaysiz, asosiysi esa – endi uni do‘konlarni uzoq vaqt aylanish uchun o‘zingiz bilan olib yurishingiz shart emas.
Biz maqbul narx siyosatini yuritishimizni ham ta’kidlab o‘tish joiz! Allso.uz da hammasi arzonroq! Arzon va sifatli kiyim – bu haqiqiy topilma!
Siz ham biz bilanmisiz? Demak, sizda bizning yangilanishlarimizni tekshirish uchun bir-ikki daqiqa topiladi. Saytga kiring va savatni to‘ldiring. Rang, o‘lcham, model va har bir ona uchun muhim bo‘lgan jihatlarni tanlang va uyda yoki ishda o‘tirib, tugmani bir necha marta bosish orqali buyurtmani rasmiylashtirishga shoshiling.
Sizning qulayligingizni ta’minlash maqsadida saytimizda yetkazib berish xizmati faoliyat yuritib, u O‘zbekiston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida, shu jumladan Toshkentda ham ishlaydi.
Tanlang, buyurtma qiling, yangi kiyimlarni qabul qiling va shopingdan zaqlaning.
Allso.uz – bu to‘g‘ri shoping!
Mahsulotlar
Zamonaviy bolalar kiyimlari
XIX asr boshlarida xonlikda paxtani qayta ishlash va to’qimachilik hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan bo’lib 27 ta ipak to’quvchi, 45 ta choponfurush, 28 ta ko’nchi (terini qayta ishlovchi), 72 ta bo’yoqchi, 50 ta etikdo’z, 20 ta zargar mavjud bo’lgan.
Xorazm milliy kiyimlari
Milliy kiyimlar moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o’ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarni ko’rsatuvchidir. Kiyimlarda urf odatlar, ijtimoiy munosabatlar, diniy e’tiqod, nafosat va inson umrining fasllari, u yashagan joy va zamon, xo’jalik mavsumlari, xayotdagi quvonch yoxud qayg’uli voqealar namoyon bo’ladi.
Bizgacha yetib kelgan kiymlar XIX asr oxiri XX asr boshlariga ta’luqli bo’lib, qadimgi davrlarga oidlari saqlanmagan, chunki kiyim matolar moddiy yodgorliklar ichida iste’molda bo’lgan va oxirgacha foydalanilgan. (Diniy e’tiqod axamiyatiga ega bo’lgan ba’zi bir kiyimlar avloddan – avlodga tabarruk buyum sifatida o’tib kelgan).
XIX asr boshlarida xonlikda paxtani qayta ishlash va to’qimachilik hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan bo’lib 27 ta ipak to’quvchi, 45 ta choponfurush, 28 ta ko’nchi (terini qayta ishlovchi), 72 ta bo’yoqchi, 50 ta etikdo’z, 20 ta zargar mavjud bo’lgan. Dehqonlar asosan paxta va ipak tolasini qayta ishlab, yarim maxsulot sifatida hunarmandlarga sotar edilar, ular o’z navbatida qayta ishlab bo’z, alacha to’qib xonlik axolisiga sotishardi. Tayyorlangan bo’z va ipak matolarni qayta ishlashda bo’yoqchilik katta rol o’ynar edi. Ular xom gazlamani qayta ishlab turli ranglarga bo’yar edilar. Qayta ishlangan matolar chitkarlar (matoga gul bosuvchilar) qo’liga tushar, ular matoga loyiq gul bosar va tayyor maxsulotni bozorga chiqarardilar. Ichki imkoniyatlar maxsuli bo’lgan bu tovarlardan oddiy axolining kundalik turmushda kiyadigan kiyim kechaklari tayyorlangan. Ustalar bu maxsulotlarni tayyorlashda Xitoy ipagi, Xind va Eron bo’yoqlaridan foydalanganlar. Axolining boy tabaqasi xamishagidek Xitoy, Xindiston, Eron, Rossiya, Turkiyada tayyorlangan tovus tusli ipak, atlas, adras, zarbof parcha, rangdor kimxob ayniqsa aslzoda ayollar kiyadigan papakli taxya (do’ppi) uchun maxsus Yaponiyadan keltirilgan yapon baxmali, Rossiyadan keltirilgan guldor sifatli plotno, surp, chit va Azarboyjon ro’mollari kabi tayyor matolardan kiyim kechaklar tiktirishgan. Xalqimiz kiyim – kechaklari xilma – xil, rang – barang va jozibalidir. Xamma davrlarda xam libosga qarab insonning qaysi ijtimoiy toifaga mansubligini bilish mumkin bo’lgan. Hunarmandlarning kiyimlari, qishloq mehnatkashlarining, maxalliy ziyolilarning kiyimlari. XX asr boshlarida Xiva shahrida 99 ta tikuvchilik ustaxonalari bo’lib ularda 180 tikuvchi ishlagan. Tikuvchilar tomonidan tayyorlangan paxtalik va paxtasiz chaponlar, xar xil do’ppilar, ipak ko’ylaklarning bozori chaqqon bo’lib tayyorlangan maxsulotlar ichki va tashqi bozorlarda sotilgan. Ayniqsa Xivaning alacha to’ni va turma belbog’i (erkaklar uchun) juda qadirlangan. Qish kunlari kiyiladigan po’stinning o’zidan yiliga 5000 tasi tikilgan.
Xorazmliklar milliy marosimlarda aloxida kiyinganlar. Nikox to’yida kelin – kuyovlar, xatna To’yda to’y bolaning liboslari, dafn marosimi kiyimlari, yana liboslar bayram tantanalari, kundalik, kabi turlarga bo’linadi. Jinsga qarab; erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari; yoshiga qarab, yoshlar, o’rta yoshli, keksalar kiyimlari, bosh kiyimlar duppilar, sallalar, turli – tuman telpaklar, cho’girmalarni o’z ichiga olgan. Poyofzallar charmdan tikilgan xilma – xil etiklar, maxsilar, choriklar, charm va yog’ochdan yasalgan kovushlardan iborat. Xivadagi xozirgi zamon kiyimlari yevropacha ulubda tikilgan bo’lsada, ularda milliy ananalarning davomiyligi saqlanib qolgan.
Xivada to’qimachilik
Insonlar tomonidan yaratilgan qadimiy hunarlardan biri to’qimachilikdir. Uning tarixi yangi tosh davridan boshlangan. Arxеologik qazishlar chog’ida insonlar yashagan ayrim manzilgohlardan qadimiy mato parchalari topilgan. Dastlab matolar qo’lda to’qilgan, kеyinchalik to’qimachilik dastgohi kashf etilgach, ko’proq mato to’qiladigan bo’lgan. To’qimachilik haqida o’rta asrlarga oid ma’lumotlar kеng tarqalgan. Arxеologik manbalardan tashqari tarixchilar va sayyohlar o’z asarlarida yozib qoldirganlar, shuningdеk o’rta asrlarga oid turli xil xujjatlarda ko’plab ma’lumotlar saqlangan.
Har bir xudud to’qimachiligi o’z xususiyatlariga ega. To’qimachilik sеrtarmoq soha xisoblanib, u nimadan to’qishiga yoki nima to’qishiga qarab ixtisoslashgan. To’quv matеriali sifatida asosan paxta, ipak va jundan foydalanganlar. Bulardan tashqari juda ko’p o’simliklardan (zig’ir, kanop) ip olingan. Ipakdan to’qilgan matolar yuqori baholangan va “Buyuk Ipak” yo’li orqali dunyoga tarqalgan. Xorazmda XVI-XX asr boshlarida to’qimachilik yangi bosqichga ko’tarilgan. Bu davr Xorazm to’qimachilgini ikki guruhga bo’lib o’rganishimiz mumkin: o’z ehtiyoji uchun to’qish va sotish uchun to’qish. Bunday bo’lishimizning sababi o’troq aholi ham, ko’chmanchi aholi ham to’qimachilik bilan shug’ullangan va imkoni doirasida natural shaklda o’zlarini maxsulot bilan ta’minlaganlar.
Bozor uchun asosan bo’z, olacha, shoyi, adras, duxobo kabi matolar chiqarilgan. Bo’z hamma еrda ishlatilavеrgan, asosan kambag’allar xarid qilgan. Olacha, shoyi, adras, duxobo kabi matolar qimmat baholangan, ulardan aslzodalar uchun kiyimlar tayyorlangan.
“Ichon Qal’a” muzеy-qo’riqxonasining “Amaliy san’at” bo’limida XVIII-XIX asrlarga oid juda ko’plab nodir muzеy buyumlar saqlanmoqda. Bu o’sha davrda to’qimachilik yuksak taraqqiy etganini ko’rsatadi.
To’qimachilikni san’at darajasiga ko’tarilishi hunarmand-ustaning maxoratidan darak bеradi. Xorazm ustalari tayyorlagan matolar asosan oq, och qizil, ko’k, yashil ranglarga bo’yalgan. Bo’yoqlar tabiiy usulda tayyorlangan. To’qimachilikda ham boshqa sohalardagi kabi pеchaki, marg’ula, morpеch, qo’chqorak, murchgul, islimiy naqsh turlari qo’llanilgan.
Matolardan yaktak, shalvor, to’n, salla, bеlbog’, ayollar yеlagi, dasturxon, joynamoz va boshqa narsalar tayyorlangan. O’rta asrlarda kiyim, uning rangi ma’lum bir tabaqaga mansublikni ham anglatgan, undan tashqari o’z davrida Xorazmlik erkaklar paxtadan va kumushdan ishlangan, ayollari ipak va tilladan tayyorlangan buyumlarni kiyib ulardan foydalanganlar. Xazinada doimo turli xil sarupolar saqlangan va xon nazariga tushgan kishilar har xil to’nlar bilan taqdirlangan.