Zardushtiylikning muqaddas kitobi
“Avesto” haqida Abu Rayhon Beruniyning “O`tmis xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarida yozib qoldirgan ma’lumotlari diqqatni tortadi. Beruniy bunday yozadi: >. O`lkamiz arab xalifaligi qo`shinlari tomonlaridan fatx etilib, islom dining tarqalishi davrida ham zardushtiylik va uning muqaddas kitobi “Avesto” qattiq ta’qib ostiga olindi. Zardushtiylikning Markaziy Osiyoda vujudga kelganligiva uning jahon madaniyatiga ko`rsatgan ijobiy ta`sirini inkor etib bo`lmaydi. >ning bizgacha yetib kelganligi uchun eng avvalo ingliz va fransuz olimlaridan minnatdor bo`lishimiz kerak. Chunki, 1755 yilda fransuz olimi A. Dyupperon Xindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy)lar orasida uch yil yashadi, ularning ibodatlari, urf – datlari bilan yaqindan tanishdi va >ni fransuz tiliga tarjima qildi.
«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni.
«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni.
«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni. Zardushtiylik dunyodagi eng qadimgi dinlardan bir bo‘lib, insoniyat madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu din juda ko‘p Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta Osiyoda ham uzoq vaqt asosiy dinlardan bo‘lib keldi. Zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto” bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida istiqomad qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. Unda markaziy Osiyo xalqlari bundan 3 ming yil oldingi davrlarda yoritib berilgan.
Evropada Zardushtiylik ta’limoti antik davr – qadimgi zamonlardayoq katta qiziqish uyg‘otgan, Zardo‘sht va uning ta’limoti haqida ko‘pchilik yunon va rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozishgan. Sosoniylar sulolasi davrida, III-VII asrlarda zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi – «Avesto» matnlari o‘rta forsiy tilga ko‘chirila boshlagan vaqtlardayoq mazkur din tarixshunosligi tug‘ila boshlagan edi.
Miloddan avvalgi V asr oxiri tarixshunoslarining yozishicha, Gerodotning zamondoshi lidiyalik Ksanor Zardo‘sht nomini tilga olgan. Keyingi tarixshunoslarning yozishicha, Ktesiy o‘z asarida Zardo‘shtning ossuriyaliklardan engilgan Baqtriya podshosi sifatida tilga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Ktesiy asari ancha ilgari qayta ishlangan bo‘lib, keyinroq o‘tgan qadimiy olimlari ana shu qayta ishlangan nusxadan foydalanganlar. Ammo Ksenofontning «Kiropediya» va «Anabasis» asarlarida Zardo‘sht haqida ma’lumot uchramaydi.
Holbuki, Ksenofont Ahomoniylar davlatining ahvoli, xalq urf-odatlari va marosimlari bilan yaxshi tanish edi. Gerodot, Ktesiy va Ksenofont asarlarida keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirib aytish mumkinki, Ahomoniylar davri (mil av VI-V asrlar)da hali Zardo‘shtni hukmron din asoschisi deb hisoblashmagan. Zardo‘shtiylik dini tadqiqotchilari E. Benvenist, A.K.Kristensen, X.Nyuberg, V.Struve va boshqalar ham shu fikrdalar. Zardo‘shtiylik dini tarixiga oid ko‘plab maqolalar va asarlar yaratilgan bo‘lsa-da, ammo mamlakatimiz xalqlari tarixida zardo‘shtiylikning o‘rni va ahamiyati haqida jiddiy, umumlashma asarlar yaratilmagan.
Ilk o‘rta asrlarda mazkur din o‘rnini asosan islom dini egallagan. Natijada bundan avvalgi davrlarda mavjud bo‘lgan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarning juda ko‘p qismi, sosoniylar davrida amalda bo‘lgan «Avesto» to‘plamining taxminan to‘rtdan uch qismi yo‘qolib ketgan.
«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni. Tarixdan ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoga yurish qilgan davrda bu erda yuksak sivilizatsiya mavjud edi. Haqiqatda esa, «Avesto»ga qarshi hujum Aleksandr Makedonskiy davridayoq boshlangan edi. Abu Rayhon Beruniy yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abisto(Avesto)ning o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Aleksandr otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi.
Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri Abistonning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. Abisto o‘ttiz «nask» edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur’oni Karim bo‘laklarini xaftiyak deganimizdek, nask Abisto bo‘laklaridan har bitta bo‘lakning nomidir».
Eramizning VII-VIII asrlarida ro‘y bergan arablar bosqini O‘rta Osiyo xalqlari boshiga misli ko‘rilmagan talofatlar olib kelgani ham ma’lum. Abu Rayhon Beruniy yozadi: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar ) islom davridan keyin, haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi. Keyin
Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy xorazmliklarning kitoblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar. Uzoq zamon shunday bo‘lgach, ular ixtilofli narsalarini unutib kelishib qolganlarini yodda saqlab qoldilar».
Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P.Tolstovning arxeologik dalillar asosida isbot etishicha, islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyaning nodir yodgorliklari, tarixiy adabiyot, ma’naviyat durdonalari yonib kulga aylantirilgan. Binobarin zardushtiylik ta’limoti va uning muqaddas «Avesto» kitobi ham yondirilib, yo‘q qilib yuborilgan. Uzoq tariximiz va ma’naviy merosimizning bu noyob yodgorligi keyingi asrlardagi pahlaviy, fors tillaridagi talqini asosidagina bizgacha etib kelgan. Mana shu hol zardushtiylik ta’limoti tarixi va tarixshunosligini o‘rganish uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda «Avesto» muhim manbadir. Chunki «Avesto» faqat zardushtiylik dinining urf-odatlari, e’tiqodi jamlangan muqaddas kitob bo‘libgina qolmay, unda O‘rta Osiyo va Eronning qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks ettirilgan.
Er yuzidagi eng qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida ilmiy-tadqiqotlar vujudga kelgan. Amerikalik olim R.Fray, fransuz olimi E.Benvenist, belgiyalik olim J.Dyushen – Gyuyimen, shved olimlari X.Yu.Nyuberg, G.Videngran, daniyalik K.Barr, nemis olimi B.Xins boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin.
Zardushtiylik tarixini o‘rganish bir qator muammolarni o‘z ichiga oladi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ni o‘rganish muammolari quyidagilar:
- Zardo‘shtning vatani qaer ekanligi.
- Avestoning o‘rganish masalalari.
- Zardushtiylik dinining tarqalish bosqichlarini o‘rganish.
«Avesto»ni tadqiq qilish va uni o‘rganishni o‘rta asrlarda yashab, ijod qilgan alloma Abu Rayhon Beruniy boshlab bergan bo‘lsa (alloma o‘zining «Osor ulboqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») asarida zardushtiylik dini haqida ancha mufassal fikr yuritgan), Evropada 1723 yil Jorj Bouje va ayniqsa fransuz olimi Anketil Dyuperronning xizmati katta bo‘ldi.
«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni. London universiteti professori Meri Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar bilan zardushtiylikning o‘rta asrlardagi va yangi zamonlardagi tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Meri Boys 1963-1964 yillarda Yazd vodiysi shimolidagi olib borgan dala-qazilma ishlari vaqtida zardushtiylarning e’tiqodlari va rasmrusumlarini o‘rgandi. Yuqoridagi ishlari natijasida Meri Boys 4 jilddan iborat «Zardushtiylik tarixi» nomli yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr etdi. Shuningdek, Meri Boys zardushtiylikning qachon vujudga kelganligi haqida fikrlari munozaralidir.
Zardushtiylik dini paydo bo‘lgan zamin haqidagi bahs uzoq asrlardan buyon davom etib kelmoqda. G‘arb olimlaridan A.Meye va P.Tedeskolar zardushtiylikning vatani Parfiya (hozirgi Turkmaniston) degan farazni bildiradilar; Daristetir, Jeksonlar zardushtiylik Antropatenda, Xarsfel’d esa Midiyada paydo bo‘lgan deydilar; I.Markvart, B.A.To‘raev, X.Nyuberg, E.Benvenist, E.E. Bertels, Gayger, Bartol’d, Shpigellar fikriga qaraganda, zardushtiylik Baqtriyada paydo bo‘lgan; E. Gersvel’d o‘zining dastlabki arxeologik qazilmalariga binoan hamda
V.V.Struve, K.V.Trever, Yu.A.Rapoport, S.F.Oldenburg, V.M.Lukonin, B.I.Avdiev singari olimlarning fikricha, zardushtiylik Turonzamin (Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona)da paydo bo‘lib, so‘ngra Eron va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.
Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar muallifi Meri Boys uning bundan uch ming besh yuz yillar ilgari paydo bo‘lgani va boshqa dinlarning shaklllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siridan tashqari, oliyjanob din ekanligini, asrlar mobaynida quvg‘inlikka uchrasa-da, unga e’tiqod qo‘yganlar sa’y-harakati tufayli bizgacha etib kelganligini ta’kidlaydi. Meri Boys ham otashparaslar dinining muqaddas kitobi «Avesto» qadimgi Xorazm vohasida paydo bo‘lganini qayd etadi.
Zardushtiylik ta’limoti va «Avesto» ning Xorazmda paydo bo‘lganligi haqidagi faraz B. G‘ofurov, N.Mallaev, X.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov, M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, G.Dresvyanskaya, Y.Xo‘jamurodov, A.Irisov, M.Qodirov, S.Hasanovlarning maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini topgan.
Zardo‘shtiylik dinining nainki qaerda paydo bo‘lganligi, balki qachon paydo bo‘lganligi xususida ham arxeologik qazishmalar davomida ajoyib natijalarga erishgan S. P. Tolstovning fikriga qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va uning payg‘ambari Zaratushturaning Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi. Avesto ham boshqa ko‘plab muqaddas kitoblar singari murakkab va ko‘p qatlamlidir – deb yozadi S. P. Tolstov, – biroq unda, shubhasiz,
O‘rta Osiyo tarixining arxaik davriga borib taqaluvchi ma’lumotlar ustunlik qiladi, hozir bizning qo‘limizda bor materiallarga asoslanib, bu davrni yangi eradan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmiga mansub deb hisoblash mumkin.
Zardushtiylik bilan bog‘liq etnografik va lingivistik tadqiqotlar ham juda ko‘p narsalarni oydinlashtirishi mumkin. Masalan B. I. Avdievning zardushtiylikning Xorazm bilan bog‘liqligini quyidagicha izohlaydi: zardushtiylikning birinchi muqaddas olovi Xorazmda yoqilgan. «Avesto»da tasvirlangan «Aryonam Vayjo» degan mamlakat Xorazm bo‘lishi extimol. «Avesto»ning hozirgi bizga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi 1324 yili ko‘chirilgan nusxasi Kopengagen shahrida saqlanadi. 1771 yilda «Avesto»ni tarjima qilgan A.Dyupperon 1288 yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasidan foydalangan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sosoniylar davridan «Avesto»ning 21 kitobi (nask) saqlanib qolgan.
«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi
O’zbekiston Respublikasi Х alq talim vazirligi
Respublika bolalar kutub х onasi
Fan: Tari х
Eng qadimiy kitob qayerda paydo bo ` lgan ? Bu savolga yaqin-yainlargacha aniq javob berib bo`lmas. Tarixchi olimlar haqiqatni izlab topmoqdalar. Ularning tadqiqoti natijasida, eng mo`tabar, qadimgi qo`lyozma Avesto ekanligi ma’lum bo`ldi. Bu nodir kitob uzoq zaminimizda, aniqrog`i Xorazmda vujudga kelgan. U ayni vaqtda O`rta Osiyo, Afg`oniston, Eron va Ozarbayjon xalqlarining birinchi yozma yodgorlidir. “Avesto” kitobi va zardushtiylik dinining asoschisi Zaratushtira(Zarduht, yunoncha Zoroastr) paydo bo`lgan. Avestoni fransuz olimi Anketil dyu Perron birinchi bo`lib tadqiq etgan. 1755-1761-yillarda Dyu Perron Hindistonnin Gujarat viloyatida eron zardushtiylarnin avlodlari – parslarning urf – odatlari va diniy marosimlari bilan tanishib chiqadi hamda 1771 yilda >ni fransuz tiliga tarjima qiladi. Dastlabki > 21 ta kitobdan iborat bo`lgan. Bizgacha >ning. Yasna – “qurbonlik keltirish:, Visprat – “hamma hukmronlar”, Yasht – “qadrlash”, Videvdat – “devlarga qarshi qonun” qismlari saqlanib qolgan. Bu qismlar Sosoniylar davrida (III-VI asrlar) taxrir qilingan.
“Avesto” ma’lumotlariga ko`ra jamiyat to`rt asosiy qismga – uy, oila jamoasi – “nmana” yoki “dmana”, urug` jamoasi – “vis”, qabila – “zantu”,qabilalar ittifoqi – “daxiyu”ga bo`linadi. “Avesto” – qdimgi jamiyatning to`rt toifasini ajratib beradi. Bular – kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlardir. Avestoda ana shu shu xalqlarning qadimgi davrdagi iqtisodiy-ijtimoy hayoti, diniy tasavvurlari, urf-odatlari, tabiat va jamiyat haqidagi bilim va qarashlari bayon etilgan. Avesto masus yozuvda yozilgan bo`lib, bu yozuv Sanskrit deb atalgan yozuvga yaqin hisoblanadi. Kiob o`sha zamonlardayoq boshqa tillarga tarjima qilingan. Avestoning asl nusxasi muqaddas yozuv sifatida zardushtiy ruhoniylari qo`lida saqlangan. Kitobda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari milodan avvali 2-mingyillik oxiri, 1-mingyillik boshiga oid bo`lgan. Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va boshqalar qo`shilib borgan. Avestodagi ko`p ma’lumotlar asosan og`zaki tarzda valoddan-avlodga o`tib kelgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axmoniylar sulolasining poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidga saqlangan. Makedoniyalik Iskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuydirib yuborilgan. Hozir fanda ma’lum bo`lgan Avesto milodiy 6-asrda Sosoniylar shohi Husrav I Anushirvondavri(531-579)da yozib olingangan. 7-asrda arablar Sosoniylarni mag`lubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga o`tib ketgan. Ularning avlodalari hozirgi Avestoninh asl nusxasini saqlab kelmoqda. Bizgacha yetib kelgan Avesto 27 jilddan iborat bo`lib, ular asarning yettidan bir qismi xolos. Avesto yana shu jihati bilan qimmatliki, unda ilk falsafiy ta’limotlar bilan ya`ni olam ikki qarama-qarshi kuch, yorug`lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to`xtovsiz kurashidan ibort. Yaxshilik va ezgulik xudosi Axuramazda yer, o`simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to`xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchalr osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar esa yer ostida joylashgan, yer sahni esa kurash maydonidir. Hayotdagi turli o`zgarishlar qaysi kuchning g`alaba qilishiga bog`liq. Inson ham tana va ruhninh, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o`zaro kurashidan iborat. Avesto ta’limotiga ko`ra, inson Govamard(ho`kiz-odam; forscha Qayumars) Undan barcha kishilar tarqalgandeb, birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan. Chunki unda o`lim bo`lmagan, Axuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekam-u ko`sr, baxtiyor yashgan. 900 yil o`tgach shoh Yima g`ururga berilib, manetilgan sigir go`shitini yeydi va yovuzlik ramzi Anxramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko`taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Axuramazda amri bilanodamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo`rg`on qurib, unga bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilkoltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o`rtasidagi kurash davri bo`lgan ikkinchi davr boshlangan edi. Uchinchi davrda Axuramazda g`alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo`ladi, adolatli jamiyat yuzaga keladi. Ungacha kishilar tinch mehnat, oilaviy turmush bilan mashg`ul bo`lishlari kerak. Avesto va zardushtiylik dini ta’limoti keyingi barcha dinlarga ta’sir ko`rsatadi.
Vatanimiz hududida yashab kelayotgan xalqlar dunyoning eng qadimiy madaniyatiga ega bo`lgan xalqlardan biri ekanligini tarixda “Avesto” nomi bilan ma’lum bo`lgan muqaddas kitob xam isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik,zoroatsrizim) dinidir. “Avesto” ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda Markaziy Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik, ozarbayjon, afg`on va boshqa xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o`z aksini topgan. Manbalarda “Avesto” kitobini muallifi Zardusht bo`lganlgi qayd etiladi. U hayotda yashab o`tgan tarixiy shaxs hisoblanadi. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” oynomasining 1992 yil 11–12 (23–24) sonlarida chop etilgan “Zardushtiylik haqida haqiqat” maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589–512 yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashabo`tganligini yozadi. Olimlarning ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma Markaziy Osiyo xududida faoliyat ko`rsatgan, ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo`lgan. Uning uch og`il va bir qizi bo`lgan. Zardusht 40 yoshga yetganda o`zigacha bo`lgan ko`p xudolilik dini aqidalariga hamda tabiat hodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob “Avesto”ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg`ambarlari sifatida tan olingan va e`tirof etilgan.
SHu paytga qadar zardushtiylik haqida olimlar o`rtasida turlicha qarash va g`oyalar mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo`lgan? Ikkinchisi, yakkaxudolik dini bo`lganmi yoki ko`pxudolik kabi ,masaladir. Ba`zilar Zardushtiylik dinini Midiyada kelib chiqqan desalar, ayrimlar uni Eronda paydo bo`lgan, deb, isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani Erondir deb isbotlovchi olimlardan biriE. Berzinning fikricha, zadushtiylik dini “Hind – Eron qabilasi dinidan kelib chiqqan”. Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struve, V. V. Trever, S. T. Tolstov, N. Proxonov va boshqalar zardushtiylik dinining vatani Markaziy Osiyo deb isbotlaydilar. A. O. Makovelskiy ham shu fikrga qo`shilishga moyildir. Bu guruh olimlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da yakkayu xudo – Oxuramazda (“Oxuramazda” – “Yuksak daholi hukmron” demakdir) yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy bo`lsa, to`qqiztasi Markaziy Osiyoga tegishli bo`lgan viloyat va shaxarlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston hududlariga qarashlidir. Masalan: So`g`diyona (Gava), Marg`iyona (Marv), Balx (Balxi), Nisoya (Ashg`abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Gurgon (Urganch), Varana (Turkmaniston va Eron chegaralari oralig`i) tilga olinadi.”Avesto” kitobida Yer dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o`ralganligi, nomlari keltirilgan mamlakatlarda xudo oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht orqalivahiy qilganligi haqida yozilgan. Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholiginingmarkazi Nisoya va Midiyaning eng katta shaxri aga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi Kapadia fikricha, Zardushtning ilohiy faoliyati Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx shaxri bilan bog`liqdir. U podshoxlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg`ambarlariga aylanganligiga diqqat-e’tiborin qaratadi. Zardushtiylik bo`yicha ilgarigi ko`pxudolik dinidan rasm – odat bo`lib qolgan murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marxum suyaklarini maxsus ostadan (ossuar)larga solib, ko`mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan. Bunday ostadonlartadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta’kidlashicha, asosanMarkaziy Osiyo hududlari yer ostidan topilayotir, Eron hududi esa bitta yarimta uchramoqda, xolos. Bu hol zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyo deb aytish uchun tarixiy asos bo`la oladi. Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o`zi bigacha yetib kelmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy manbalar bor, xolos… Zardusht yashagan davrda kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana bordi. Ko`chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o`rnini o`troq yashash egallay boshladi, sug`oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi – yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo`lishi o`troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko`rsata bordi. Ana shu o`troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko`chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga yetkazish davrning asosiy muammosi bolgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan oldin ko`ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, farovonlikka erishtirishning birdan – bir yo`li – yakka xudolik – vahdoniyatga o`tish, deb bildi va o`zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag`ishlab, yakka xudolik uchun olib borilgan urush(jihod)da o`zi ham halok bo`ldi. Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to`plami “Avesto” Iskandar Zulqarnayn hokimiyati inqirozga yuz tutgach, milodimizdan burungi 250 – yillarda, arshohiylar davrida yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan to`ldirilgan. Sosoniylar hukmronligi davrida (milodning III–VII asrlarida) bu sih poyoniga yetkazilgan. “Avesto”ning uchta kitobi qadimgi tilda va bittasi paxlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob “Videvdat”, ya’ni devlarga qarshi qonun deb ataladi. “Yosun” va “Visparad”ni qo`shganda u “Videvdat” – “Sade” deb ham yuritiladi. “Videvdat”ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi deb aytsak bo`ladi. Ikkinchi kitob ‘Yosin” bo`lib, Zardusht xat (noma)lari uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo`lib, birinchi bashoratida tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kelmasdan oldin mavjud bo`lgan xudo sha’nigashukronalar bayon qilinadi.
Kitobda poklanish (yuvinish gigiyenasi), yovuzlikni qarg`ayotgan paytda tanani qanday maromda tutishlik, shayton – iblislarni haydashga qaratilganharakatlar, gunohdan forih bo`lish, kechirim so`rashga doir duolar ham katta o`rin olgan. Jumladan, imonni saqlab qolish, gunohdan forih bo`lishlik uchun quyidagi duoni o`qish tavsiya qilinadi: ”Ey, olamning hukmdori Oxuramazada! Men barcha gunohlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun senga so`z beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har qanday yomon so`zlardan,har qanday yomon amallardan voz kechaman; niyatlarim, so`zlarim va amaliy ishlarim orqali bundan buyon ishonchingni oqlayman, qilgan gunohlarimni keng qaramingila kechirgil, tanam va jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim”. Ikkinchi kitobning 7 ta bobidaZardusht orqali xabar berilgan bashoratlar o`z ifodasini topgan. Zardusht xudo oxuramazdadan o`zahloqiy qonun-qoidalarini ma’lum qilishni so`raydi. Oxuramazda butun mavjudlikning ikki oily ibtidosi – ezgulik to`g`risidavahiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bu boshlang`ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo`lib, ular hayot va o`lim, osmon va jahannam ma’nolarini bildiradi. Jahannam Oxuramazda vahiysida “Hayotning eng yomon onlari”, osmon esa ruhning eng yuksak holati sifatida gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillik – hodisalar va ularning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo`lib, imonli kishilarning faolligi tufayligina bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxuramazda yuborgan qonun – qoidalar , tartibotlar, nasihat va o`gitlariga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g`alabaga erishib boraveradi.
Kitobda qayd etilishicha, olam qarama-qarshiliklar asosida qurilgan: jismoniy narsalarda yorug`lik bilan zulmat, jonli tabiatda hayot bilan o`lim, ma`naviy olamda ezgulik bilan yovuzlik, ijtimoiy hayotda adolatli qonunlar bialn qonunsizliklar o`rtasida doimiy qarama-qarshiliklar bor. Diniy sohada ezgulikni qaror toptirish ruhi bilan yovuzlik ruhi o`rtasida keskin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi,yovuzlik ruhi bo’lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzlik sari boshlayveradi.Kitobning 30-bashoratida ta’kidlanishicha, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagiabadiy kurashda oraliq yo’q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida ishtirok etishiga majbur.Shu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim o’rin tutadi. Imon-e’toqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan saqlash imkonini beradi.Imonli-e’tiqodli odam albatta ezgulik, yaxshilik sari intiladi.Yovuz ruhlar-dev, pari, iblis va boshqalar gunohlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli sifatida tasvirlanadi.Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o’zini chetga olishga da’vat etadi.Yosinning 14-bashoratida hudo : “Men ezgu fikr (niyat)larni,ezgu so’zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman.Men mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni ulug’layman“, deydi. Bundan ko’rinadiki. Zartushtiylik imoni uch tayanchga asoslanadi:fikrlar sofligi, so’zning sobitligi,amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odamlarni > intilishga chaqiradi. > imonlik alomatlaridir, deyiladi.Imonli odam o’g’rilik va talonchilikdan, begonalarning mol-dunyosiga ko’z olaytirishdan, o’z-o’ziga hiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o’zini saqlay biladigan komil insondir.>, ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi, deydi Oxuramazda.
>da shaxsning ahloqiy hislatlari, haqgo’ylik, adolatlilik ulug’lanadi. Bunday ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o’zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid bo’lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir.
> kitobida materialistic dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bug’lash, ifloslantirish eng yomon gunoxlar qatoriga qo’shiladi.Oxuramazda >deydi.Hudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni hudo yo’liga qurbonlikka so’yishdan afzalroq hisoblangan.Oxuramazda yerga ekin ekishni yerdagi yovuzliklarga barham berishdan iborat, deb hisoblaydi. Bashorotlardan birida: >, deyiladi. Boshqa bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymi: >.
Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan keyingi savobli ish esa, oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini ko’paytirishdan iborat bo’lgan.Zardusht hudo nomidan hukmronlarga qarata bunday deydi: >. Bir qarashda oddiygina ko’rinadiga so’zlarga juda katta falsafiy ma’noli so’zlar, tarbiyaviy o’gitlar borligiga amin bo’lamiz. Zardushtiylik o’gitlarida ona zaminga, dehqonchilika, hunarmandhilik, chorvachilik, Vatan va xalqqa ulug’ muhabbat ruhi markaziy o’rinni agallaydi. Buni biz Zartushtiylikning Navro’z, Ro’za, Mehr va boshqa barcha marosimlarida ohiq-oyin ko’ramiz.Yosinning 29-bashorat 5-hikmati va 50-bashorat 8-hikmatida ibodatdan so’ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko’targan holda Ollohdan o’z talablarini qondirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida gap boradi. Undagi bashoratlarda yer, osmon, ummon boshlanishi, jannat haqida fikrlar bayon qilinadi.
Bashoratdagi Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda ta’kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda idorasigako’ra 900 yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va qushlarni parvarish qiladi, qizil shu’lali olovni ko’paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qiladi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani yerga sanchib yerni kengaytirishni iltijo qilib hudodan so’raydi va unga erishadi.Oxuramazda Odam Atoga yerga sovuq ofat kelayotganini va uni oldini olish lozimligini aytadi.Iyim o’ziga bir uy qurib hatvonot va o’simlik zotlarining eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda ularni saqlab qoladi va shu tariqa Odam Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab qolishga erishadi. Ammo odam ato o`z qilgan ishlaridan ortiqcha mag`rurlanib ketadi va xudo tomonidan taqiqlangan ne’mat – qoramol go`shtidan iste`mol qilib qo`yadi. U xudoning qahriga uchraydiva abadiylikdan judo bo`ladi. Odamzod hayotining bu birinchi bosqichidan so`ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog`liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan xarakterlanadi. Oli borilgan 3000 yillik kurashlardan so`ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik, osoyishtalik va farovonlik yuzaga keladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli bo`lgan dev – Axriman yengiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo`ladi. Barcha o`lganlar tirilib xudo oldiga keladilar va o`z qilmish- kechirmishlari bo`yicha unga hisobot beradilar. Xudoi taolo xamma ishlardan voqif va uni ko`rib turibdi. Xudoni aldab bo`lmaydi. Zardushtiylik dini bo`yicha odamzod olamdan o`tgach uch kunga joni uning tanasida saqlanadi. To`rtinchi kunida har biro dam zoti go`zal qiz qiyofasidagi o`z mahrmi – farishta yo`lboshchiligida narigi dunyodagi qilko`prik – “Chinvot”dan o`tadi. Yaxshi va ezgu ishlar qilgan insonlarga bu ko`prik kengayib turadi va yo`l beradi. Undan omon-eson o`tganhar bir zot abadiy rohat-farog`atga – jannatga yo`l oladi va o`liklar tiriladigan kunda o`z tanasiga jon kirilishi kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan shug`ullanganlarga “Chinvot” qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo`ladilar, do`zaxga tushadilar. >ning uchinchi kitobi > deb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid pandu nasihatlar o`rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig`indisi bo`lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob >, qadimiy Eron tili paxlaviy tilidan yozilgan. Yeshtlar va Yosinlar uch qatlamdan iborat; birinchisi xalq eposlarining Zardushtgacha bo`lgan qo`shiqlari [she’rlari], ikkinchisi Zardusht xalt (noma)lari va uchinchisi Zartusht urishda xalok bo`lgandan deyarli bir asr keyin kitob xoliga keltirgan va “Kichik Avesto” nomi bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi. Shuning uchun “Avesto”ning dastlabki ilk va kichik (so`ngi) qismlarida uning asosiy qismi Zardusht nomlarini bir – biridan farq qila bilish kerak. Zardushtnomalar ko`p xudolikni, o`tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sajda qilib sig`inishni qoralaydi vayakka xudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan “Kichik Avesto”ga asoslangan g`oyalar bo`lgan. Bunda ko`p xudolilik bilan yakka xudolilik g`oyasi aralashib, qorishib ketganligidan Zardushtiylikni ko`p xudolilik va ikki xudolilik dini sifatida qarab kelganlar. Bu yakka xudolilikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo`nalishi ko`p xudolilikdan iborat bo`lgan mazdaniylik bilan aralashtirish oqibatidir. Zadushtgacha ham Ohura, Matra, Mazda va boshqa xudolar haqida fikrlar bo`lgan. Ammo u xudolar xuddi odamlardek hayot kechirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo – Oxuramazda esa Oliy ibtido bo`lgan. Uning xotin, bol – chaqalari yo`q. u hamma narsani, buyun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo`lib, barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos slogan yakka xudolilik dini Eronda Ahamoniylar hokimiyat tepasiga kelib, ular MarkaziyOsiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. To`g`ri, Eron shohlari o`z saltanatlarini barqaror qilishda zardushtiylik dinining ahamiyativa o`rniga yetarli darajada baho berganlar. Ammo bu dindagi o`rtahol dehqonchilik, mo’tadil kamtarona hayotdan iborat turmush tarzini ilohiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash Eron shoxlariga yoqmaydi. “Kichik Avesto”da Axuramazda olamni yaratuvchi va tartib o`rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy xudolarni birlashtiruvchi bosh xudoga aylanib qoladi. Ahamoniylar Yunonistonni bosib olish uchun olib borilgan urushlari hamda yunonlarning Eron va Turonni ishg`ol qilishlari oqibatida Axuramazda Yunonistonda bosh xudo – Zevs, Zardusht esa Aflotun (Platon) sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar Zardushtiylikni o`z e’tiqodlariga bo`ysundirgan bo`lsalar, Iskandar Zulqarnayn bu dinni butunlay yo`q qilib tashlamoqchi bo`ldi, bu dinga oid kitoblarni butunlay yoqtirib yubordi.
“Avesto” haqida Abu Rayhon Beruniyning “O`tmis xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarida yozib qoldirgan ma’lumotlari diqqatni tortadi. Beruniy bunday yozadi: >. O`lkamiz arab xalifaligi qo`shinlari tomonlaridan fatx etilib, islom dining tarqalishi davrida ham zardushtiylik va uning muqaddas kitobi “Avesto” qattiq ta’qib ostiga olindi. Zardushtiylikning Markaziy Osiyoda vujudga kelganligiva uning jahon madaniyatiga ko`rsatgan ijobiy ta`sirini inkor etib bo`lmaydi. >ning bizgacha yetib kelganligi uchun eng avvalo ingliz va fransuz olimlaridan minnatdor bo`lishimiz kerak. Chunki, 1755 yilda fransuz olimi A. Dyupperon Xindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy)lar orasida uch yil yashadi, ularning ibodatlari, urf – datlari bilan yaqindan tanishdi va >ni fransuz tiliga tarjima qildi.
> G`arbiy Yevropa, Eron va Hindiston orqali bizga yetib kelganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga to`g`ri kelmaydi.
Beruniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya podshohi Vishtasi (Gushtasi) huzuriga kelib, >ni unga tortiq qiladi. O`ng va so`l tomonlari kesilgan ko`ylak kiygan, yuziga parda tortilga, qo`lida bir eski qog`ozni ko`kragiga mahkam bosganicha Zardusht kunduz kuni Gushtasp qasriga tushadi. Shunda tom ochilgan va Gushtasp kunduzki uyqudan uyg`onib ketgan. Zardusht > kitobini Gushtasp oldiga qo`ydi va xudoga ltijo qildi. > agar shu kitob haqiqatan seniki bo`lsa, sen shu kitob bilan meni podshoh huzuriga yuborgan bo`lsang, meni misning zararidan saqlagin>>, dedi. So`ng uning iltijosiga ko`ra, qizdirib eritilgan mis keltirildi, uni Zardushtning ko`kragiga va qorni ustiga qo`ydilar. Mis tanasi ustidan oqib tuklarga donachalar bo`lib yopishdi, lekin kuydirmadi. Shu mahaldan e’tiboran Gushtasp Zardusht e’tiqodini qabul qildi va o`ziga tobe o`lkalarga bu e’tiqodni qabul qilishni buyurdi. Tarixdan ma’lumki, zardushtiylik milddan oldingi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qariyib ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o`lkalarda diniy e’tiqod sifatidayashdi. Zardusht yashagan va > kitobi yozilgandavrda Markaziy Osiyoda aholining asosiy qismi o`troq hayotga dehqonchilik va hunarmandchilikka o`ta boshlagan, ko`chmanchi chorvachilikka e`tibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (Sug`diyona, Marg`iyona, Baqtriya, Parfiya, Xorazm)ning shakllanish jarayoni kechayotgan palla edi. Vatanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlar uning taraqqiyot yo`liga g`ov bo`layotgan mafkurani yangilashni, yangi jamiyat talablariga javob bera oladigan diniy islohiyatni amalgam oshirishni talab etaredi. >da ana shu islohiy talab o`z ifodasini topdi.
> asarida patriarxal urug` jamoasi haqida, uning so`ngi qismi Videvdotda iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqidagi muammolar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to`g`risida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Shunday qilib, > miloddan avvali IX – VII asrlar ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g`oyada muhim ma`lumotlar beruvchi xalqimizning ma`naviy boyligidir.
>da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo`lsak, miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragida Markaziy Osiyo xududida ibtidoy jamoa tuzumi yemirilib, yangi, ilk sinfiy jamiyat tarki topayotgan jarayonnin guvohi bo`lamiz.