Zoologiya 7 sinf kitob
Zoologiya 7 Sinf Kitob
Zoologiya fani va uning vazifalari
Zoologiya (zoon – hayvon, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ko’payishi va rivojlanishini o’rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o’rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi.
Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o’rga nadi.
Zoologiya – eng qadimiy fan
Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif be rilgan. 16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko’rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urug’, turkum va sinflarga ajratib o’rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o’rtalarida hayvonlarni o’rganish orqali o’zining olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo’jaligining boshqa sohalari bilan bog’liq.
Zoologiya fanining rivojlanishiga o’zbekistonlik olimlar ham katta hissa qo’shishgan. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o’rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev va P. F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O’rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugati lishi uchun asos bo’ldi. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlar umurtqali hayvonlarni; A. M. Muhammadiyev, V. V. Yaxontov, A. T. To’laganov, J. A. Azimov, M. A. Sultonov, S. N. Alimuhamedov umurtqasiz hayvonlarni o’rganishgan.
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti
Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o’simlik organizmi yashash muhiti bo’ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda, oyoq lari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo’ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug’lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi.
Hayvonlarning gavda o’lchami har xil bo’ladi (1-rasm). Ular qatorida og’irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko’rinadigan, uzunligi millimetrning o’ndan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.
Hayvonlarning ahamiyati
Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik hayvonlar yashil o’simliklar bilan oziqlanadi. Ular o’txo’r hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yeydigan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va o’simlik to’qimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi.
O’txo’r hayvonlar o’simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o’simlik uchun zarur bo’lgan mineral moddalar to’planadi; tuproq unum dorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi, organik qoldiqlar va mikroorganizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko’p uchraydi. Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.
Uy hayvonlari faqat go’sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat uchun mo’yna, iðak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar, kapalaklar o’simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxo’r va yirtqich hayvonlar, qushlar, ko’rshapalaklar, baqalar o’rmon va qishloq xo’jalik zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi.
Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va o’simliklarga ziyon keltiradigan turlari ham ko’p uchraydi. Qon so’ruvchi hasharotlar va kanalar parazitlik qilish bilan birga, o’lat, terlama, bezgak kasalliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish haqida yozib qoldirgan.
Hayvonlarni muhofaza qilish
Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning go’shti, terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qo’lga o’rgatishgan; ulardan uy qo’riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyinchalik aholi sonining ortib borishi, ov qurollarining tobora takomillashuvi, hayvonlar uchun zarur bo’lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta’sirida Yevropa turi (qoramollar nasl boshi), tarpan (otlar nasl boshi), Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo’q bo’lib ketdi; Prjevalskiy oti, zubr, bizon, jayron, xongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug’ildi. Bu hol hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi.
Respublikamiz hududida noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarni asrab qolish va ko’paytirish maqsadida Badayto’qay, Qizilqum, Zarafshon, Surxon va Hisor davlat qo’riqxonalari, Chotqol biosfera qo’riqxonasi, bir qancha milliy bog’lar va buyurtma qo’riqxonalar tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ning so’nggi 2016-yilgi nashriga noyob va soni kamayib borayotgan hayvonlarning 205 turi kiritilgan.
- Zoologiyaning rivojlanishida K. Linney xizmatlari nimadan iborat?
- Yashash muhiti va uning omillari nimadan iborat?
- Oziqlanishiga binoan hayvonlar qanday guruhlarga ajratiladi?
- Qanday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi?
- Qanday hayvonlar yirtqich deyiladi?
- Qanday hayvonlar parazit deyiladi?
- Hayvonlar sonining keskin kamayib borish sabablari nimadan iborat?
- ТЕГИ
- Zoologiya 7-sinf
Zoologiya 7 sinf kitob
7- sinflar uchun zoologiya fanidan test savollari
1. Bug`doydoshlarning nechta turkum va nechta turi mavjud?
A) 600turkum 10.000 turi mavjud B) 700 turkum 20.000 turi mavjud
S) 800 turkum 10.000 turi mavjud S) 700 turkum 90.000 turi mavjud
2. Bug`doydoshlarga mansub o`simliklar o`simliklar g`oyasi qanday poya deb ataladi?
A) poxol poya B) yog`on poya S) somon poya D) A va S javob
3. O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga Bug`doydoshlardan necha turi yozilgan?
A) 2 ta B) 4 ta S) 7 ta D) 9 ta
4. O`zbekistondagi o`simliklar qanday joylarda tarqalgan?
A) Cho`llarda, to`qaylarda, adirlarda va bog`larda
B) Cho`llarda, to`qaylarda, adirlarda va yaylovlarda
S) Bog`larda, tog`larda D) Cho`llarda adirlarda va bog`larda
5. To`qaylarda keng tarqalgan sernam daraxt va butalar yozilgan qatorni toping?
A) Ro`vak, qo`g`a tol B) Qamish yantoq jiyda
S) Turang`il, yulg`un, tol, jilda D) turang`il, qo`g`a, yantoq
6. Evglena yorug`likni qanday sezadi?
A) qizil dog` ko`zchasi yordamida B) xivchinlari orqali
S) xlorofil pigmenti orqali D) xromotoforalar orqali
7. Infuzoriya qanday so`zdan olingan va nima degan ma`noni anglatadi?
A) yunonchada “pichan ivitmasi hayvonlari” B) arabchada “pichan ivitmasi hayvonlari”
S) lotinchada “pichan ivitmasi hayvonlari” D) to`g`ri javob yo`q
8. Gidra qanday hayvon?
A) tanasi nurli simmetriyaga ega bo`lgan o`troq yashovchi hayvon B) oraliq hujayralar bilan qoplangan hayvon
S) yakka o`troq yashovchi poliplar D) korall poliplar
9. Gidraning ta`sirlanishiga javob berish xususiyati nima deb ataladi?
A) oraliq hujayra B) regeneratsiya S) refleks D) korall
10. Qaysi javob aktiniyalar uchun xos?
A) koloniya bo`lib yashaydi B) paypaslagichlari bir necha qator joylashgan
S) medusa davrida erkin yashaydi D) kurtaklari ona organizmidan ajralib ketmaydi
11. Ikki yonlama simmetriya nima?
A) tana bo`ylab o`tgan markaziy chiziqning ikki tomonida organlarning teng miqdorda joylashuvi
B) erkak va urg`ochi jinsiga ega bo`lgan organizm
S) tana organlarining markazdan chiqaradigan radial chiziq bo`ylab joylashuvi
D) tana organlarining bir tekislikda joylashuvi
12. Planariyaning sezgi organlari berilgan qatorni toping?
A) paypaslagichlari, terisi B) paypaslagichlari va mo`ylovi
S) paypaslagichlari, terisi va ko`zchalari D) nerv hujayralari, terisi va paypaslagichlari
13. Suyuqlik bilan to`lgan pufakcha nima deb ataladi?
A) sista B) anal S) halqum D) finna
14. Burchoqdoshlar oilasining o`simliklari qaysi qatorda berilgan?
A) mosh, no`xat va loviyalar B) olma, no`xat va loviya
S) loviya, no`xat va nok D) no`xat, olma va soya
15. Qora ituzum qanday darmondoriga boy?
A) “A” B) “B” S) “C” D) “R”
16. Qoraituzum mevalari qachon pishadi?
A) avgust oxirida B) yanvar boshida S) martda D) aprel o`rtalarida
17. Madaniy tok qachon gullaydi?
A) mart B) may, iyun S) avgust D) sentabr
18. Umurtqasiz hayvonlarni o`rgangan olimlar?
A) A.M.Muhammadiyev, V.V.Yaxontov B) T.Z.Zohidov va O.P.Bogdanov
S) L.M.Isayev va D.V.Kashkarov D) P.F.Borovskiy va T.Z.Zohidov
19. Qisqichbaqasimonlarning qancha turi ma’lum
20. qisqichbaqasimonlar qaysi hayvonlarning asosiy ozuqasi hisoblanadi
21. Ikki pallalardan qaysi birilari go’shti uchun ovlanadi
22 Halqali chuvalchanglardan qaysi birining boshi tanasidan alohida ihtisoslashgan
23 Yomg’ir chuvalchanglarning qancha turi bor
24 O’simlik gelmentlarini o’zbek olimlardan kim o’rgangan
25 Falangalar qorni yorilguncha o’ljani yeyishadi, lekin tabiatda qirilib ketmagan
Zoologiya 7 sinf kitob
Zoologiya 7 Sinf Kitob
I Kissed A Boy Remix
Сектор Газа Вой На Луну
Planet Rocker Lex Loofah
London Grammar Orchestral Amazon Original
Карап Алыстан Карап Журом Озунду Самап
俺は仲間を殺さない Yuki Hayashi
Ошикатам Равониям Эрони
Котерейк Кане Достар Махабат Ушин
Der Kapitän Rammstein
Dj Ruslanbek Turkish New Club Remix 2022 Mix
Воображение Jikook Ɪ ʜᴀᴛᴇ ʏᴏᴜ Часть 1 Омегаверс Jikook Bts Jungkook
Ota Onam Rozi Qilsam
Resul Geldiyew Muhammet S A W
Emerald Hill Zone Beta Sonic The Hedgehog 2 Mega Drive Genesis Music
Ishaara From Force 2 Armaan Malik
Sen Gitme To Mero
Ошикатам Равониям 2023
John Weston I M So Lonely
Қадір Мырза Әлі Музыка Атамекен Скачать
Земетчино Духовой Оркестр Над Волнами
忍ぶ鷹の使命 Yuki Hayashi
Весняночка На Немецком
Og Dutch Mitch Freestyle
Aman Aman Ay Aman Bu Qizlarin Elinden Halim Olubdu Yaman Bu Qizlarin
Көп Болды Əке Басыңа Бармағалы
Cloroxcide Believe This Shit
Double Kill Sound Effect