Press "Enter" to skip to content

Bolaga Kitob Bering – Скачать mp3

Sh Kera Мои Года

Zulfiya mo’minova bolaga kitob bering she’ri

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Gar ko‘zlari kulib tursa-da,
Bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat,
Oy yuzlari kulib tursa-da.

Ko‘nglini ko‘taring hech bo‘lmaganda,
Qo‘lini silashga shafoat toping.
Yig‘lab turganida hech bo‘lmaganda,
Yoshini artishga muruvvat toping.

Nogoh yerga tushsa oppok ro‘moli,
Bosib o‘tmaslikka shafoat toping.
Chaqaloq yalagan etaklarini
Toza deb aytishga adolat toping.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Illohi nur toping, hidoyat toping.
Illohi baxt bergan ayol yonidan
Baxtiyor o‘tmokqa inoyat toping.

Illohi qalqonsiz, illoh qo‘rg‘onsiz
G’iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin.
Illohi hushyorsiz, illoh bedorsiz,
Itlar tishlamasin yurakkinasin.

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsa-da,
Ayolga baxt bering, saodat bering, –
Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da.

Mana turna qaytdi, qaytdi qumrilar,
Qay daraxt yiqildi, qay tosh surildi,
Boshga tushganini ko‘z-la ko‘rilar,
Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik.

Qay kun turna qaytdi, onam qaytmadi,
Ko‘ngli yarim-ku, deb hech kim aytmadi.
Dunyo vaslu, vido uchrar baytmidi,
Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik.

Umr – mahzungida matal, kutaylik,
Eshiklar yonida mahtal, kutaylik,
Turnalarni to‘rtko‘z tugal kutaylik,
Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik.

Men ko‘nglimning quli, o‘zing hushyor bo‘l,
Menga tosh otsalar, tani devor bo‘l.
Do‘stim, sen o‘lmagin, yonimda bor bo‘l,
Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik.

Izlasak – anqo ne, anqo topilar,
Har kimga bir joni fido topilar,
«Odam topilmaydi, dunyo topilar»,
Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik.

Goh bilib-bildirmay o‘tar odamlar,
Suvga ketgan kabi ketar odamlar,
Dunyo barchamizga yetar, odamlar.
Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik.

Shu Vatanni sevaman jondan,
Sevdim – yana go‘zal bo‘ldi u.
Oqqush bo‘ldi har tushgan qori,
Har yomg‘iri asal bo‘ldi u.

Qo‘limga suv quydi bulog‘i,
Shamollari tugdilar sochiq.
U qo‘lini ochgani sayin,
Yo‘li bo‘ldi shunchalar ochiq.

Shu Vatanni sevaman jondan,
Sevdim – yana dilbar bo‘ldi u.
Oq kaptarlar – opam, singlimu
Jayronlari jigar bo‘ldi u.

Gulzor ichra xonqizchalari
Labin qo‘ydi barmoqlarimga.
Musichasi tunlari yuvvosh,
Yurib chiqdi qaboqlarimda.

Shu Vatanni sevaman jondan,
Sevdim – baxti bekam bo‘ldi u.
Bo‘richalar emishganlarim,
Qoplonlari akam bo‘ldi u.

Shu Vatanni sevaman jondan,
Sevdim – qatra qonim bo‘ldi u.
Ko‘zim, so‘zim, umri bayonim,
Jonim bo‘ldi, jonim bo‘ldi u.

FOZIL EL TARAFDAMAN

Qaydasan, deb so‘rmagin,
Men ko‘ngil tarafdaman,
Sen mening jonimdasan degan
Shirin til tarafdaman.

Qirmizi qabokdaman,
Qizil gul tarafdaman,
Bargida durri shabarro‘z
Atirgul tarafdaman.

Chuchmomalar chiroq yoqqan
Nurli yo‘l tarafdaman.
O’zbekiston, deb kuylagan
Shod bulbul tarafdaman.

Oydin oqshom g‘azal aytgan,
Oydin dil tarafdaman.
Parishtalar olma otgan
Oynako‘l tarafdaman.

Devonai dalli emas,
Sof aql tarafdaman,
Navoiyda, Yassaviyda,
Men Bedil tarafdaman.

Bayramdaman, xurramdaman,
To‘y, sayil tarafdaman.
Yurtni g‘aflatdan uyg‘otgan
Fozil el tarafdaman.

Qaydasan, deb so‘rmagin,
Men ko‘ngil tarafdaman,
Sen mening jonimdasan degan
Shirin til tarafdaman.

Qirmizi qaboqdaman,
Qizil gul tarafdaman,
Bargida durri shabarro‘z
Atirgul tarafdaman.

Jonim Vatan, jon tomiring
Tillolarga alishmasman.
Shiroq o‘tgan sahrolaring
Daryolarga alishmasman.

Ko‘zim Vatan, qaro ko‘zing
Qiyolarga alishmasman.
Qahratonda qorlarining
Javzolarga alishmasman.

Navoiyning hasratlarin
Havolarga alishmasman.
Shoh Boburning furqatlarin
Ro‘yolarga alishmasman.

Qadrim Vatan, dil daftaring
Insholarga alishmasman.
Zangi otam duolarin
Shifolarga alishmasman.

Jonim Vatan, jon tomiring
Tillolarga alishmasman.
Shiroq o‘tgan sahrolaring
Daryolarga alishmasman.

Zulfiya mo’minova bolaga kitob bering she’ri

Bolaga Kitob Bering

Моя Мама Лушче Всех Непоседы

Bu Dartten Yeter

Sh Kera Мои Года

Болен Твоей Улыбкой Remix

Памяти Дмитрия Боровикова

Feverkin October Рингтон

Mv Why 와이 Destiny 운명 풀 하우스 Full House Ost

Baby Up Evantoyra

Kuda Ngentot Manusia

Лопухин Библейская История

Hq Music 4K Lossless Music High End Audiophile Test Natural Beat

Michel Plasson Rhapsody On A Theme Of Paganini Op 43 Variation Xviii

Говорят Что Этот Звук Должен Напомнить Котам Как Им Поклонялись В Древнем Египте

Айша Гаджикеримова Ля Иляха Илялах Наруском

Қыздар Сұлу Қыздар

Песня Улыбайся Переделанная На Восьмое Марта

Parani Nonstop Mp3

Faded Vs Numb Linkin Park Vs Alan Walker Remix

Держи Меня В Своей Сердце

Emin Rasen Tanry

Песни Победы В Современном Исполнении

8 Марта Праздник Все Поздравляют Мам

Zulfiya mo’minova bolaga kitob bering she’ri

BOLAGA KITOB BЕRING

Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
“Ne beray?” – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!

Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!

Qing‘ir yo‘lga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!

Internet degan ajdar,
Simidan oqar zahar,
“Dod” demay ro‘zi mahshar,
Bolaga kitob bering!

“Kel!” – deya imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming-ming astag‘firulloh,
Bolaga kitob bering!

Ko‘zi ochiq ko‘rmasdan,
Shayton yo‘ldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!

Xonlar kabi yurganlar,
Xonsaroylar qurganlar,
“Ne beray?” – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!

“Lison ut-tayr”larim,
Yurakka sayrlarim,
Avliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!

Ko‘zlarni ochish kerak,
G‘aflatdan qochish kerak,
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!

Dersiz: “Pul yig‘ish kerak.
Oltinu kumush kerak. ”
Xudodan qo‘rqish kerak,
Bolaga kitob bering!

Ko‘krak kerib yurganlar,
Ko‘rkam saroy qurganlar,
“Ne beray?” – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!

Xazinayi jahon u,
Kichik Abu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!

Buxoriy – sarvarim u,
Termiziy – anvarim u,
Mahmud Zamaxshariy u,
Bolaga kitob bering!

Keskir qilich bo‘lsin u,
Kitobga o‘ch bo‘lsin u,
Yengilmas kuch bo‘lsin u,
Bolaga kitob bering!

Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxtli bola bo‘lsin u,
Bolaga kitob bering!

Osmonlarda yurganlar,
Oltin saroy qurganlar,
“Ne beray?” – deb turganlar,
Bolaga kitob bering