Press "Enter" to skip to content

Zulfiyaxonim sheriy kitobi

Assalomu alaykum, aziz oquvchilar! Bugun biz ozbek xalqining sevimli shoirasi, sheriyatimiz malikasi Zulfiyaxonimni bu yil 100 yiligini keng nishonlaydilar. Shu munosabat bilan bizning maktabda ham Zulfiyaning tugilgan kuniga bagishlab ISEDODIM QALBIM SIZLARGA nomli sheriyat kechasini taqdim etamiz. Zulfiya XX asr ozbek sheriyatining yorqin yulduzidir. Sherlari doimo yangi chuqqillarni kozlaydi, yangi ijodiy yuksalishlarga intiladi. Shoira sifatida u hamisha sherdan sherga, kitobdan kitobga kamolot kasb etib borgan.2- boshqaruvchi: Hurmatli o`quvchilar! Endi Zulfiya hayoti va ijodi haqida tinglasak. Zulfiya Isroilova 1915-yil 1- marta Toshkent shax-hrida hunarmand degrez oilasida tugilgan. 1928- yilda boshlangich maktabni tugatgan. Song Zulfiya xotin qizlar pedagogika bilim yurtiga oqishga kiradi. Ana shu yillardan boshlab ISHCHI, YOSH LENINCHI gazetalari, KOLXOZCHI BOLALAR, YANGI YOL jurnallarida yosh shoirani sherlari ko`rindi.1932 -yilda 17 -yoshli shoiraning birinchi sherlar toplami HAYOT VARAKALARI bosilib chiqdi.Zulfiya doimo izlanishda. Oqish organishda davom etdi. U bilim yurtini tugatgach, Nizomiy nomli Davlat Toshkent pedagogika institutida tahsil ko`radi. 1935- 1938- yillarida esa A.S.PUSHKIN nomidagi til va adabiyot Oliy Tekshirish institutini aspiranturasida o`qiydi.Mana Zulfiya ijodi hakida qisqacha malumotga ega boldik. Endi shoiraning sherlaridan tinglasak. Mana bu kitobni oralariga gullar qistirilgan. Kim qaysi gulni tanlasa shu betdagi sherni ifodali qilib aytib beradi.MarhamatP A L A KSenga maftun bo`lib sevib qolganimIshqing olovida o`rganganim rostSening yuzing bilan nafas olganimIsming takrorlashga o`rganganim rostDedin-ku, ey yigit,yozimga boqdingSendan uzolmadim men nigohimniOsha gozal bahor bagrimni yoqdingEndi ozing tingla tortgan ohimni!Qizlar boyi yetsa, tikarda palakMen seni sevdim-u, oldim qulimgaSavatda tovlanar rang -barang ipakBahor nusxa tashlar chizgan gulimgaDushman ajal tortib keldi VatangaBizning sevgimizga tashladi hijronSen ketding yaroging olib yelkanggaQaytaman, kut- dedim, yov bitgan zamon D U G O N A L A R I MSalom mening aziz dugonalarimAzizim, lobarim, chevarim qizlarEy toza qalbining oshnolariKuylarim, ilhomi, sevarim qizlar!Hormang paxtakorlar muborak bolsinMehnat va tinchlikning mo`l- hosil to`yi!Hattoki quyoshga yeta olgudayDur bo`lib uyilmish hirmonlar bo`yiKumushday ochilgan paxtalardaSizning kulingizning hissasi ulugJon dildan ishlaymiz chunki qalbingizEzgu umid bilan sevgiga to`liqO`z yeri, o`z erki o`z xur mehnatiO`qib yod olgan aziz kitobdayNe baxtdir, ham damgi mehnat mahsuliQalbingiz yoritsa huddi oftobday.

–>SHERLARUZ.COM –>

Послание любви С Новым Годом 2018 новый год / поздравления с новым годом / открытки / поздравления с рождеством / поздравления / картинки с новым годом / новогодние картинки / поздравления с новым годом петуха / стихи на новый год 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028

СМС Поздравления с 8 Марта / 8 MART TABRIK SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви
Смс признания
СМС Поздравления с 8 Марта
СМС на день рождения
С 1 апрельские приколы
СМС доброе утро
Прикольные смс
Смс поздравления с Новым годом / Поздравления с Новым Годом 2014 / 2015 / 2016 / 2017 / 2018
Смс реклама
СМС спокойной ночи
Студенческие смс
English SMS | Funny, inspiring and general SMS in English language
O’zbek shoirlari / Узбекские поэты
Aşk sözleri – SMS Turk sözleri
Muhammad Yusuf sherlari / Мухаммад Юсуф шерлари
Abdulla Oripov sherlari / АБДУЛЛА ОРИПОВ ШЕРЛАРИ
MARXABO KARIMOVA SHERLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ
ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
ERKIN VOHIDOV SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ ШЕРЛАРИ
ALISHER NAVOIY SHERLARI / АЛИШЕР НАВОИЙ ШЕРЛАРИ
ZAHIRRIDIN MUHAMMAD BOBUR SHERLARI / ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БОБУР ШЕРЛАРИ
SMS BAXT HAQIDA SHERLAR / BAHT HAQIDA SHERLAR
NODIRABEGIM SHERLARI / НОДИРАБЕГИМ ШЕРЛАРИ
MAKTAB HAQIDA SMS SHERLAR / МАКТАБ ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
25 MAY SO’NGI QO’NG’IROQ HAQIDA SMS SHERLAR / 25 МАЙ СУНГИ КУНГИРОК ХАКИДА СМС ШЕРЛАР
1 – OKTYABR O’QITUVCHILAR KUNI / USTOZLAR KUNI / MURABBIYLAR KUNI
21 Oktyabr Til Bayrami Haqida Sherlar
Qo’shiq uchun sherlar
Тожикча шерхо
SMS NAVRO’Z BAYRAMI TABRIKLARI SHERLARI / НАВРУЗ ТАБРИКЛАРИ
SOG’INCH HAQIDA SHE’RLAR / SOG’INCH MAKTUBLARI / SOG’INGAN QALBLAR
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA’SIRLI SHERLAR
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE’RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
OTA ONA HAQIDA SHE’RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
TO’Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE’RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE’RLAR
TURKCHA SHE’RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
TURSUNOY SODIQOVA SHERLARI / Турсуной Содиқова ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE’RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз
SMS HAYIRLI TUN TILAB / SMS XAYIRLI TUN TILAB / СМС ХАЙИРЛИ ТУН ТИЛАБ
9 MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI SHERLARI / 9 МАЙ ХОТИРА ВА КАДИРЛАШ КУНИГА ШЕРЛАР
Hayot haqida ta’sirli she’rlar / Umr haqida dardli she’rlar
Hayrulla Hamidov / Хайрулла Хамидов

14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / 14 ЯНВАРЬ ВАТАН ХИМОЯЧИЛАР КУНИ ТАБРИК ШЕРЛАР / YIGITLAR UCHUN SHERLAR

ISMLARGA ATALGAN SHE’RLAR / QIZLAR ISMI UCHUN SHE’R
UMAR XAYYOM / HAYYOM / УМАР ХАЙЁМ РУБОИЙЛАРИ ШЕРЛАРИ / Umar Hayyom ruboiylari va sherlaridan parcha

RAMAZON HAQIDA SHERLAR / РАМАЗОН ХАҚИДА ШЕРЛАР / Ramazon haqida ajoyib sherlar / Ro’za haqida hadislar / РЎЗА ХАҚИДА ШЕРЛАР

CHIMILDIQ HAQIDA SHERLAR / ЧИМИЛДИҚ ХАҚИДА ШЕРЛАР
LAYLATUL QADR KECHASI HAQIDA SHERLAR / ЛАЙЛАТУЛ ҚАДИР КЕЧАСИ ҲАҚИДА ШЕРЛАР
XUDOYBERDI TO’YCHIEV SHERLARI / ХУДОЙБЕРДИ ТЎЙЧИЕВ ШЕРЛАРИ
SMS HAYIRLI TONG TILAB / СМС ХАЙРЛИ ТОНГ ТИЛАБ / SMS XAYIRLI TONG TILAB
AYOL HAQIDA SHERLAR / АЁЛ ҲАҚИДА ШЕР
MEHIR OQIBAT HAQIDA SHERLAR / МЕҲИР ОҚИБАТ ҲАҚИДА ШЕРЛАР / МЕХИР ОКИБАТ ХАКИДА ШЕРЛАР

21 MART NAVRO’Z BAYRAMI TABRIKLAR TILAKLAR / 21 МАРТ НАВРУЗ БАЙРАМ ТАБРИКЛАРИ ТИЛАКЛАРИ / NAVRO’Z BAYRAMI HAQIDA SHE’RLAR TABRIKLAR / 21-МАРТ НАВРУЗ УЧУН ТАБРИКЛАР / 21-mart Navro’z sherlar to’plami / Navro’z bayrami uchun sherlar va tabriklar / Навруз байрами хакида / navro’z bayramiga tabriklar, navro’z bayrami sherlari, tabrik so’zlari, 21-mart navro’z bayrami, o’zbek bayrami, bahor bayrami navro’zi ola, navro’z olami sherlari

Bahor fasli uchun sher / BAHOR HAQIDA SHERLAR / BAXOR FASLI HAQIDA SHE’RLAR / BAHORIY TILAKLAR
Yoz fasli uchun sher / YOZ HAQIDA SHERLAR / YOZ FASLI HAQIDA SHE’RLAR / YOZ TILAKLAR
Kuz fasli uchun sher / KUZ HAQIDA SHERLAR / KUZ FASLI HAQIDA SHE’RLAR / KUZ TILAKLARI
Qish fasli uchun sher / QISH HAQIDA SHERLAR / QISH FASLI HAQIDA SHE’RLAR / QISH TILAKLARI

MUSOFIRLAR UCHUN SHERLAR / MUSOGIR / MUSOFIRLIKDA YURGANLAR UCHUN SHERLAR / МУСОФИРЛАР УЧУН ШЕРЛАР / МУСОФИРЛАР

ANNA AXMATOVA / АННА АХМАТОВА
BOLALAR UCHUN SHERLAR / BOLAJONLAR UCHUN SHERLAR / KICHKINTOYLAR UCHUN SHERLAR / БОЛАЖОНЛАР УЧУН ШЕР

1 SENTYABR MUSTAQILLIK BAYARAMI UCHUN SHERLAR / МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИ 1 СЕНТЯБРЬ УЧУН ШЕРЛАР / 31 SENTABR 1 SENTABR MUSTAQILLIK KUNI UCHUN TABRIK SHERLAR TILAKLAR

309zulfiya

Ozbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda hunarmand oilasida tugilgan. Shoira Xotin-qizlar bilim yurtida oqigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy togaraklarda sher mashq qila boshladi. 1935-1938 yillarda Ozbekiston Fanlar akademiyasining A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Songra 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, Ozbekiston Davlat nashriyotida bolim boshligi, 1950-1953 yillarda esa Ozbekiston xotin-qizlari oynomasida bolim boshligi va nihoyat, 1953-1980 yillarda Saodat oynomasining bosh muharriri bolib ishladi. Zulfiya 17 yoshida yozgan Hayot varaqlari (1932) nomli birinchi sherlar toplami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Yosh shoira poeziyasi zamonaviy, aktual mavzularga bagishlanadi. Zulfiyaning ijodiy kamolotida ozbek va rus klassiklari, xalq ogzaki ijodiyoti va jahon adabiyoti ananalarining roli benihoya boldi. Shoira Sherlar va Qizlar qoshigi (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, chollarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bagishlaydi. Ayni choqda mazkur toplamlardagi sherlar yosh shoiraning sheriy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi. Ulug Vatan urushi davrida shoiraning Uni Farhod der edilar (1943), Hijron kunlarida (1944) kabi toplamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. Toplamdagi sherlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va galabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir. Zulfiyaning Mening Vatanim, Qolimda qurolu ustimda shinel, Bizni kut kabi umidbaxsh sherlari urush davri ozbek sheriyatining jangovar ruhini anglatuvchi asarlari qatoridan mustahkam orin olgan. Hozirjavob shoiraning urushdan songgi yillarida yozilgan ChorjoyQongirot (1947), Dalada bir kun (1948), Zootexnik qiz (1952), Tong qoshigi (1953) kabi bir qator sherlar turkumi, Men tongni kuylayman, Yuragimga yaqin kishilar (1958), Kuylarim sizga (1965), Salom, sizga erkparvar ellar, Oglim, sira bolmaydi urush kabi sher va toplamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik korsatayotgan kishilar hayoti joshib kuylanadi, xunrez urushlarga lanatlar oqiladi. Uning Soroqlaydi shoirni sherim (1960), Oydin (1953), Quyoshli qalam (1967) kabi’ ocherk, poema va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustodlarning yorqin xotiralariga bagishlangan. Serqirra ijod egasi Zulfiya H. Olimjo ning Semurg, Zaynab va Omon dostonlari asosida pesa va opera librettolar ham yaratdi. Zulfiya Oylar, Shalola kabi sheriy majmualari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bolgan. Saylanmalari uchun Ittifoq Davlat mukofoti, hind mavzuidagi sherlari uchun Javoharlal Neru nomidagi umumhindiston sovrini, Tinchlik va dostlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro Nilufar mukofotlariga sazovor bolgan. Ayni

chogda Zulfiyaning xaldaro dostlik, tinchlik va baynalmilal ruhida yozilgan badiiy va publitsistik asarlari uning katta jamoatchilik faoliyati bilan qoshilib ketadi. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda boldi. Sovet xotin-qizlar komitetining azosi Zulfiya 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida otkazilgan birinchi Konferensiyasida qatnashib, katta anjuman xotirasiga bagishlangan mashhur Mushoira (1958) asarini yaratdi. Uning sherlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, S. Shchepachev, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini ozbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. Yirik jamoat arbobi, shoira Zulfiya Ozbekiston Oliy Sovetining deputati, Osiyo va Afrika mamlakatlari bilan aloqa qiluvchi sovet komitetining raisi (1962) bolgan. Hukumat Zulfiyaning samarali ijodi va aktiv jamoatchilik faoliyatini Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va uch marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni va medallar bilan taqdirladi. U Bolgariya Xalq Respublikasining birinchi darajali Kirill va Mefodiy ordeni bilan mukofotlangan. Shoira 1975 yilda 60 yoshga tolishi munosabati bilan Xalqlar dostligi ordenini olishga sazovor boldi. Ayni chogda u sobiq Ittifoq Davlat mukofoti laureati va Mehnat Qahramoni hamdir. Zulfiya (1915-1996) O’zbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabdan so’ng pedagogika institutida va aspiranturada ta’lim olgan. 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, keyinchalik O’zdavnashrda bo’lim boshlig’i, 1950 yildan 1980 yilga qadar Saodat jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan. 1932 yilda Hayot varaqlari nomli birinchi she’riy to’plami bosilgan. So’ngra uning Yuragimga yaqin kishilar, Yurak hamisha yo’lda, Kamalak singari ko’plab she’riy to’plamlari va turkumlari nashr etiladi. Xalq orasida Oydinda, Sensiz, Yurak, Falak, Bahor keldi seni so’roqlab, O’g’irlamang qalamim bir kun, Bo’m-bo’sh qolibdi bir varaq qog’oz kabi she’rlari, O’g’lim, sira bo’lmaydi urush, Mushoira kabi she’rlari mashhur. Uni Farhod der edilar, Quyoshli qalam, Xotiram siniqlari kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vofotidan so’ng ko’plab mahzun she’rlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L. Ukrainka, V. Inber va boshqa ko’plab shoirlarning asarlaridan namunalarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Tong bilan shom aro. Zulfiya Xalqaro Javoxarlal Neru (1968), Nilufar (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Ozbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning Kirill va Mefodiy (1972) ordeniga sazovor bolgan.

SENSIZ Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,

Muallif: Zulfiya Hajmi: 829 Kb Fayl tipi: pdf, zipSaqlab olish

Tobuting boshida chokkanimda tiz, Farzandlar kotardi qolimdan tutib. Shundan beri tikman. Har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayguga. Birov azasida yiglayman qon-qon, Toyida yayrayman oxshab ohuga. Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuygular zoriga solganda quloq. Ozni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz soroq: Tirik ekan nega tashlab ketmading? Mendan nafisroqning husniga oshiq, Mendan yoniqrogi tortmadi sani, Edi nigohingga bor jannat ochiq, Seni majnun etib bir yer gozali, Nega meni tashlab ketavermading? Tirik ayrilishning dogI ogirmish, Xorlik kemirarmish umrni chaynab! Bu-mudhish egovga berardim turish, Ketsang ham menga jon tuygungdan aynab. Bilardim, qaydadir olasan nafas, Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik. Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas, Bugungi qadaming kechadan yirik. Nega, nega meni tashlab ketmading? Bilaman, rashk meni etardi halok, Afzal korganingni qargab otardim, Izingdan yurmasdim soyaday gamnok, Hayotda men uchun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim mushtoq. Mayus taqdiringga yashab men sherik, Mushkul bolayotir shodlik yaratmoq. Nega tirik ekan tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! MEN OTGAN UMRGA Hayot kitobimni bexos varaqlab, Men otgan umrga achinmay qoydim. Tabassum ornida kuldim charaqlab. Suyish kerak bolsa – telbacha suydim. Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob, Yurak boyligidan qilmabman parvo. Meni ogushlagan hayot naq oftob, Yangi qoshiq talab unda har saboq. Men otgan umrga achinmay qoydim, Hech kimda kormayin umrimga oxshash: Suydim,

Erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima – bildim. Shu-da bir yashash. SOGINIB Shu kunlarda bahorga zorman, Navjuvonlik oti tanda yoq. Kuz singari zafar ruxsorman, Mevalar ham shoxlardan uzuq. Shu kunlarda bahorga zorman, Tanxastalik ezadi ruhim. Tanho emas, qatorda borman, Yana neni izlaydi suqim? Shu kunlarda bahorga zorman, Shaffof, yorqin kuy tilar kongul. Yaxshiyamki, qalamga yorman, Sozlab turar bor dilimni ul. Shu kunlarda bahorga zorman, Oz bahorim kabi bemisol. Bahor qaytmas, yonuvchi qorman, Yo nonoq qol butagan nihol. Shu kunlarda bahorga zorman. BALKI Kozingda chaqmoqqa oxshash otli nam, Ranging siniqishi, lab titrashi sir. Balki, hisni bogib, irodangga jim Yolvorasan, kuch ber, bolmay deb asir? Komib yubormoqchi sen tul yoshliging, U – faqat yashnashga qodir tabiat. Balki, baxt bekasi atagan kishing Ruhi ham istamas xazoning bevaqt? Bilsang, daraxtni sindirar boron, Nihol bolsa, yana osar gurkirab. Balki, yoq tanalar, andisha, gumon, Baxtga haqqing yutar, diling zirqirab? Yarim taqdir goyo siniq kozgumish, Hayot taqozosi baxt bekamlikdir. Balki, tokqiz guling bilmasdan solish, Pok hisning amriga kirmak kerakdir?

1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug’iladi. 193134-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o’qiydi. Adabiy to’garaklarda qatnashadi va she’rlar mashq qiladi.

1931-yil 17-iyul. Birinchi she’ri Ishchi gazetasida bosiladi. 1932-yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi. 1932-yil. Hayot varaqalari nomli birinchi she’rlar to’plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o’qiydi. 193335-yillar. O’zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi. 193538-yillar. O’zbekiston Fanlar instituti aspiranturasida o’qiydi. akademiyasi qoshidagi til-adabiyot

1938-yil. Bolalar nashriyotida muharrir. 1939-yil. Qizlar qo’shig’i she’riy kitobi chiqadi. 1941-yil. O’zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo’limi boshlig’i. 1943-yil. Hulkar kitobi, Uni Farhod der edilar poemasi nashr etildi. 1944-yil. Hijron kunlarida kitobi chiqadi. 1944-yil. Hamid Olimjon vafotiga atab Kechir, qoldim g’aflatda, Yulduz, Ne balolarga etding mubtalo, Sen qaydasan, yuragim, Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh, Bahor keldi seni so’roqlab she’rlarini yozadi. 195053-yillar. O’zbekiston xotin-qizlari jurnali bo’limi boshlig’i. 1950-yil. Men tongni kuylayman she’riy kitobi chiqadi. 1953-yil. Dugonalar bilan suhbat kitobi nashr etiladi. Oydin ocherki bosildi. 1954-yil. Saodat jurnalining bosh muharriri. 1958-yil. Yuragimga yaqin kishilar kitobi chiqadi. Mushoira she’ri, Zaynab va Omon operasi librettosi yozildi. 1965-yil. O’zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. Kuylarim sizga she’rlar to’plami, O’ylar adabiy maqolalari kitobi chop etiladi. 1967-yil. Neru xalqaro mukofoti laureati bo’ldi. Quyoshli qalam poemasini yozdi. 1970-yil. Nilufar nomli xalqaro mukofot laureati bo’ldi. 1972-yil. Visol she’rlar to’plami nashr etildi.

1972-yil. Bolgariya Xalq Respublikasining I-darajali Kirill va Mefodiy ordenini oldi. 1974-yil. 2 jildlik Asarlar to’plami chiqdi. 1975-yil. Yillar, yillar she’rlar kitobi chop etildi. 1976-yil. Kamalak she’rlar kitobi uchun Davlat mukofoti berildi. Shalola she’rlar kitobi chiqdi. 1984-yil. Mehnat Qahramoni unvoni berildi. Respublika Davlat mukofoti laureati boldi, Hamid Olimjonning Semurg’ dostoni asosida pyesa-ertakyozdi. 1996-yil. 81 yoshida vafot etdi. Koinotning quyoshi bor, tabiatning bahori bor, ayolning sehrli iffati va go’dakning dunyoga teng tabassumi bor,uzukning ham yuksak ezgulik va go’zallik ramzi bo’lgan ko’zi bor,badiiyatimizda esa Siz bor. Adabiyotshunos olim Vohid Zohidov

ZULFIYA BEGIMGAUmrlarcha davom etsin Vatan ufqida parvozing, Zamon aksi sadosidek jaranglab tursin ovozing. Shoir Gafur G’ulom

Shoira Zulfiyaning adabiyot olamimizdagi ovozini birinchi eshitganimda,birinchi she’rlarini o’qiganimda ilhomoning tozaligi, hislarining nafisligi, she’rlarining samimiyligidan suyungan edim. Yozuvchi Oybek

Zamondoshim, uzoq ijod yo’lida hamfikr va hamkasbimiz Zulfiya haqida o’ylasam shunday fikr yodimdan kechadi. Zulfiyaning oddiy temirchi qizidan qahramon shoira darajasigacha bosib o’tgan yo’li – bu Sharq xotin-qizi, o’zbek ayolining shonli yo’lidir. Yozuvchi va dramaturg Komil Yashin

Zulfiyaning she’rlarini ona tilim – boshqird tiliga o’girarkanman, ulardan olgan zavq meni lol qoldirgan. Boshqirdistonlik shoir Mustay Karim

Agar Zulfiya Armanistonda tug’ilganda – Silva, Leningradda tug’ilganda – Bergols, Bolgariyada Bagryana, Yugoslaviyada tug’ilganda ham Desanka Maksimovichdek mashhur shoira bo’la olar edi. Dogistonlik shoir Rasul Hamzatov

Men shoira poeziyasida dilbarlik, donolik, bu ulkan madaniyatning qo’lga kiritgan ulkan yutug’i ekanligini ham ta’kidlamoqchiman. Qirgiz xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov

Sizning misralaringizni kuychi bulbullarimiz shunday kuylaydiki, ularni Moskvada turib ham eshitish mumkin. Sizning ovozingiz hamisha tetik. Davlat arbobi Nikolay Tixonov

. Zulfiyaning g’ururi, sururi, butun iztirobi, dardlari, kuyunchi, suyunchi, osuda xayollari, dolg’ali tuyg’ulari balqib yotgan betakror ijodiyoti xalqimiz mehnati, hayoti, kelajagining ajralmas bir parchasi. Uning bedorligi, beoromligi, ilhomi, hijroni, o’chmas muhabbati o’z xalqining yuragiga, tomir urishiga hamohang. Shoira Oydin Hojiyeva

Adabiy davralarda Zulfiya opaga juda katta mehr bilan boqib, u kishini “she’riyatimiz malikasi” deb atab keladilar. Ozbekiston qahramoni, shoir Abdulla Oripov

Zulfiya singari siymolar xalqning baxti bo’lib yaraladilar. Bu baxt, avvalo, o’zbekniki, O’zbekistonniki, mamlakatniki, so’ngra esa dunyoniki. Ozbekiston qahramoni, shoir Erkin Vohidov

“Bahor egachisi” Qayda bersa yangilikjilva, Qayda gurlab tursa qizg’in ish, Qayda qo’shiq kuylasa jilg’a, –

O’sh yerda u uchar emish Va yoshligin u quchar emish. Zulfiyamni senga, oltin kuz, Men bermayman umidingni uz.

Rus shoiri, tarjimon, noshir Semyon Lipkin “Hofiz bir paytlar aytganidek, poeziyada fikr va tuyg’u bir-biri bilan topishgan nikohdagina farzand tug’iladi. Menimcha, sizning yangi she’rlaringizda fikr va tuyg’ularning ana shunday ittifoqi mavjud. Shuning uchun ham bu she’rlar samaradordir”.

G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy o’z sevgilisi Guliga she’riyatda besh bebaho haykal qo’ydi. Bu haykal go’zallik ma’budasiday asrdan asrga o’tib, sevib o’qilmoqda. Zulfiyabegim yaratgan she’riyat haykali ham abadiydir. Shoira E’tibor Ohunova

Umr otib bormoqda. Umr otgan sari odam bosgan yollarini, boshdan kechirgan yillarini tez-tez eslab turar ekan. Inson bosib otgan yillar va yollar nimadir ular? Masofami, vaqtmi yo boshqa narsami? Menimcha, ular umring davomida senga ropara kelgan, hayotingda iz qoldirgan odamlar-dostlar, qarindoshlar, ustozlar, safdoshlar. Afsuski, ulardan ancha-munchalari allaqachon shoir Shayxzoda tabiri bilan aytganda, hechiston mamlakatiga rixlat qilishgan, lekin ularning ruh poklari tirik, bot-bot huzurimga kelib turishadi, gurunglashamiz, dardlashamiz, maslahatlar quramiz. Vaqt otgan sari ularning orni bilinadi, koplarining siymosi tiniqlashadi, yuzlari, kozlaridagi nur otkirlashadi. Bunday eslashlar, bunday xotirotlar hamisha kishiga ruh beradi, bardam qiladi, mamnuniyat bagishlaydi. Hayot yollarimda shunday ulug zotlarga ropara kelgan ekanman, ular bilan hamsuhbat, hamfikr, hamdard bolgan ekanman, demak umrim unchalik ham behuda otmapti. Bugun tongda Zulfiya opani esladim.Naqadar olijanob,naqadar nuroniy ayol edilar.Oylab qarasam,Zulfiya opa ozining sherlari bilan,iboli va hayoli felatvori bilan,pokiza etiqodlari-yu,zukko fikrlari bilan mening hayotimda katta orin olgan, manaviy dunyomning katta bir qismini tashkil qilgan inson bolgan ekan,U kishi shunday ulug sifat ayol edilarki, har gal ropara kelganimda darrov

hushyor tortar, kiyim-kechaklarimni togrilar,qadalmay qolgan tugmalarimni qadar,sochlarimni(ha-ha sochlarimni-bir zamonlar bu taqir bosh ustida qopqora qalam sochlar bolar edi)tekislab olardim-xullas ukishining koziga har jihatdan orasta bolib korinishga tirishardim. Men Zulfiyaning nomini urush yillaridayoq eshitgan,uning Hijron degan sheriy toplamini, Uni Farhod der edilar degan dostonini yod olib, kop joylarda oqib yurardim.Yaqinroqdan tanishish keyinroq nasib qildi. 1962 yilda Qozoqistonda ozbek adabiyoti dekadasi boldi.Dekadaga men ham bordim.Samolyotda Zulfiya opa bilan yonma-yon otirib qoldik.Har xil mavzularda gurunglashib,yolning tanobini tortib bordik.Gap orasida Zulfiya opa yarim hazil, yarim chin manosida birdan sorab qoldilar: – Ozodjon,nega siz mening sherlarim togrisida hech narsa yozmaysiz? Yoki yoqmaydimi? Men duduqlanib nimalardir deb javob berdim, lekin oylanib qoldim-darvoqe, nima uchun shu paytga qadar Zyulfiya opa haqida hech narsa yozmadim? Yaxshi ijodni payqasang, quvonib targib qilmasang, sening tanqidchiliging qayoqqa boradi? Shoshma, sen Zulfiya sherlarini oqigansan, albatta, lekin ularni uqqanmisan, bu sherlar orqali shoirning qanday inson ekanligini bilib olganmisan? Ochigini aytganda osha dekada men uchun Zulfiyani ham kashf qilish dekadasi boldi. Aeroportga qonishimiz bilan qozoq dostlarimiz bizni quchoq ochib kutib olishdi-allaqachon Sobit muqonov Gafur Gulomni quchoqlab olib,unga nimalarnidir uqtiryapti.Gafur aka chust doppisini yarimta kiyib olib,Sobit ogaga sof qozoq tilida bir narsalar deyapti. Sochlari oppoq oqargan,novcha boyliAbdilda Tojiboyev hassasini sermab, Mirtemirning tevaragida girdikapalak. Tavba, men qozoq va ozbek yozuvchilarining inoqligi, ijodiy hamkorligi tog;risida kop eshitgan edim-u,bunaqa samimiyatni, bunaqa yaqinlikni kutmagan edim. Men mashinaga Zulfiya opa bilan birga otirdim.Bizga Tursunxon Abdurahmonova degan qozoq shoirasi hamroh boldi.Tursunxon bu yil sakson yoshga tolar ekan.Umri uzoq bolsin,yuzga kirsin.Lekin men shoiraning saksonga kirganini hech tasavvur qilolmayman. U ochiq chehrali, xushsuvrat, ota dilbar bir ayol sifatida esda qolgandi. Zulfiya opani bilar ekan,bir zumda quvnoq gurung boshlandi.Tursunxon yaxshi sherlar yozish bilan birga judachiroyli qoshiqlar ham aytar ekan. Manzilga yetib borgunimizcha, uch-tortta ajoyib olanni qoralab tashladi.

Qozoqiston diyorida kop uchrashuvlar boldi,har uchrashuvda Zulfiyaning nomi alohida tilga olinar,undan sher oqib berishini talab qilishardi.Qozoqlarning bizning shoiramizga muhabbati shu qadar chong ekanki,bir-ikki joyda u favqulodda oziga xos tarzda namoyon boldi.Safar davomida biz kokchatovga bordik.Benihoya gozal maskan ekan.Chiroyli qaragayzorlar tevarak-atrofga muattar hidlar taratadi.Yengil tuman ichida elaselas korinayotgan toglar havoda muallaq turganga oxshaydi.Lekin Kokchatovning dovrugi toglari-yu, ormonlarida emas, kollarida ekan. Bir viloyatning ozidakatta-kichk saksonta kol. Suvlari tiniq,bamisoli kozguga oxshaydi. Unda sohildagi daraxtlar ham, tip-tiniq osmon ham aks etib, ozgacha joziba kasb etgan. Ayniqsa Oynakolning gozalligi har qanday tarifdan yuqori. Qirgoqqa yaqinroq joyda suv ichidan kattagina qoyatosh chiqib turibdi.Bu tosh darhol suv parilarini eslatdi-bunaqa gozal kolda, koldanda gozal suv parilari , bolsa ne ajab. Eng qiziq voqea biroz keyin-tushlik vaqtida roy berdi. Tushlik sherxonlikka,sherxonlik qoshiqqa ulanib ketdi.Gurung ayni qizib turgan bir paytda qozoq shoirlaridan biri turib,Zulfiyaga bagishlangan sherini oqib berdi.Unda shoir boyagi tarifi ketgan Oynakolni kotarib ketishning iloji bolmasa-da,hammamizni xursand qildi. Bir-ikki kundan keyin Balxashga bordik.Kunduzgi uchrashuvlardan keyin biroz dam olib,oqshomgi adabiy kechaga jonashimiz kerak edi.Birdan Zulfiya opa goyib bolib qoldilar.U kishining qayerda ekanligini hech kim bilmaydi.Mezbonlarimiz esa miyiglarida sirli kulib, xavotir olmanglar , kelib qoladilar deb bizni tinchitgan bolishdi. Darhaqiqat, qorongu tushganda Zulfiya opa kirib keldilar – u kishining yonida chipta qopga oralgan uzun narsa kotarib olgan uchta odam bor edi. Malum bolishicha,Ular Balxash baliqchilari ekanlar.Zulfiya opa bilan uchrashuvga kopdan beri mushtoq ekanlar.Shoiraning Balxashga kelishini eshitib, shoiraning ozi bilan gaplashib , uni dengizga oxshagan ulkan kol boyiga olib ketishibdi.Sherxonlik bolibdi.Qoshiqlar kuylashibdi.Baliqxorlik qilishibdi.Xullas, toyib diydorlashishibdi.Baliqchilar kop mashaqqatlar chekib, shoiraga sovga qilish ucun ikki metr keladigan osyotra baligini ushlab qoyuishgan ekan.Boyagi chiptaga oralgan uzun narsa osyotra baligi ekan. Bilmadim, keyin baliq nima boldi-Toshkentga olib kelishdimi yo osha yerda qolib ketdimi? Lekin buning ahamiyati yoq edi. Muhimi qozoq mehnatkashlari shoiraga bolgan hurmat-ehtiromini ifodalashning goyat insoniy va original yolini topishgan edi.

Oshanda qozoq dostlarimizning Zulfiyaga munosabatini korib xijolat tortib ketdim- shoiraning dovrugi shunchalik bolsa-yu,tahqidchilar u tomonga bir qiyo boqmasa? Keyin Ozbekistonda ham Zulfiyaning ijodiy kechalarida kop qatnashdim.Yaypanda,Popda, Margilonda,Toshkentda,Qoqondagi bir uchashuv ham goyatda maroqli bolgan edi.Qoqonliklar shoiraga siyohdon sovga qilishdi. Bu Nodirabegimning siyohdoni.Nodirabegim sizga qalamini ham meros qilib qoldirgan.Siz Nodirayi davronsiz.Nodira aytolmay ketgan qoshiqlar sizning qalamingizdan tokilsin,deya lutf qilishdi.Zulfiya opaning dovrugI butun jahon boylab taralgan edi.Qaysin Quliyev,David Kugiltinov, Mustay Karim kabi ulug sanatkorlar uning yaqin dosti edi. U xalqaro Nilufar va Neru nomidagi mukofotlarning sohibasi bolgandi.Lekin mukofotu unvonlar orasida bitta unvon bor ediki, bu bilan Zulfiya opa alohida magrurlanardi. U Ozbekiston xalq shoirasi edi.Shuning uchun bolsa kerak , Baxtim shulki,ozbekning Zulfiyasiman deya xitob qilgandi. Men, albatta,Zulfiya opa haqida yozdim, uning togrisida adabiy portret yaratdim, yangi sheriy kitoblariga taqriz yozdim, maqolalarda uning togrisida mulohazalar yuritdim.Lekin aytmogim kerakki,mening yozganlarim bu ulkan shoiraning ijodi oldida urvog ham bololmaydi. Men uning nafosatini , gozalligini, fikriy boyligini kongildagidek, osha sheriyatga munosib tarzda ochib berolgan emasman. Mana hozir ham yozayapman-u, lekin qalamim eski organib qolgan maddohlik yoliga toyib ketayotganini sezib turibman. Nechundir mening tasvirimda Zulfiya opa farishta misol bolib chiqyapti.Holbuki,u inson edi va har qanday inson hayot yolida duch keladigan hamma sinovlar, mashaqqatlar, iztiroblar uning ham boshiga tushgan edi. Ko’pgina sherlarida Zulfiya opa ozining kemtik baxti haqida gapiradi. Umrining songgida yozgan Xotiram siniqlari dostonida esa osha mashaqqatlar togrisida benihoya mardonalik bilan yozadi. Bu asar teranligi va mardonavorligi bilan menga Anna Axmatovaning Marsiya (Rekviyem) degan asarini eslatadi. Shoiraning sherlari haqida, ularning latofati, insoniy jozibasi, teranligi togrisida juda kop gapirish mumkin. Lekin men bugun boshqa bir savolga javob izlayapman-Zulfiyani odamlarga ardoqli qilgan,adabiyotimizning yorqin yulduzlaridan biriga aylantirgan, XX asrning buyuk ayollari qatoriga qoshgan asosiy omil nima? Menimcha, bu uning etiqodi, juda yuksak manaviy va axloqiy fazilatlari , dili bilan tilinng birligi, sherlarida madh etgan insoniylik,vafo, sadoqat va diyonat degan narsalarga ozi hayotda ogishmay amal qilganida. Istedod ulug nemat, lekin istedodning ozi bilan ish bitmaydi, shekilli. Ming

afsuski, bizda ayrim istedodli shoirlar va shoiralar bor,biroq ular ozlarining istedodlariga berilib ketadilar-u, shunga yarasha inson sifatida ham ulug bolishi kerakligini unutib yuboradilar. Bunaqa odamning ijodi biron-br tayinli qimmatga yoxud salmoqqa ega bololmasligi oz-ozidan ayon. Zulfiya opaning ibrati shundan dalolat beradiki,har qanday istedodning yoniga insoniy fazilat qoshilsagina. Ijod muayyan salmoq kasb etadi. Bunga esa butun umr boyi davom etadigan mashaqqatli mehnat bilan, astoydil jon kuydirish bilan erishiladi. Zulfiyaning oilaviy hayoti,muhabbati tarixi kopchilikka yaxshi malum. Zulfiya shoir Hamid Olimjonnisevib,u bilan 1935 yilda turmush qurdi. Biroq oradan toqqiz yil otgach, nogahoniy falokat tufayli ikkita farzandi bilan eridan beva qoldi. Keyin esa umrining oxirigacha Zulfiya Hamid Olimjonga muhabbatini bosh ustiga qoyib, avaylab, asrab, gard yuqtirmay olib otdi.Bazan Zulfiya opa togrisida ikki bolani otasiz tarbiya qildi deyishadi. Mehingcha, bu unchalik togri emas, chunki Hamid Olimjon ruhan oz xonadonini biron kun hantark etgan emas. Devorlardagi suvratlarda Hamid Olimjon yirik-yirik kozlari bilan mutassil Zulfiyaga, farzandlariga qarab,ularning hollaridan xabar olib turardi, javondagi kitoblardan uning salobatli ovozi eshitilib turardi. Otaning ruhi tirik bolsa, u oilaning hamma ishlarida, shu jumladan, bolalar tarbiyasida ham ishtirok etaverar ekan. Zulfiya – atoqli shoira, yirik davlat arbobi, jamoat ishlarida faoliyat korsatadi, el nazaridagi inson. Lekin u birinchi navbatda ayol, ayol bolganda ham ozbek ayoli edi.U ayol sifatida muayyan burchga ega edi, Hamid Olimjondan erta ayrilgan farzandlarini ostirib, odam qilib yetishtirmoq kerak edi. Bu esa ehhe, dunyodagi ehg qiyin, eng mashaqqatli ishlardan biri.QizigI shuki, siz farzandlaringizni moddiy nematlarga komib yuborishingiz mumkin. Ular yaxshi kiyinishi, yeb-ichishi, shuhratingiz shulasida gerdayib yurishlari mumkin. Lekin bularning hech qaysisi farzandning qobil bolib chiqmogI uchun yetarli bolmasligi mumkin. Nima uchundir u narkoman, bezori, buzuq, ojar,ogri bolib chiqishi hech gap emas. Zulfiya opa 30 yoshida beva qolgan edi- u 30 yashar ayolga atalgan bu dunyoning jami huzur halovatidan, lazzatidan kechdi, qalbining butun qorini farzandlariga bagishladi. Buning oqibatida qizi Hulkar olima boldi, nafaqaga chqquniga qadar dorulfununda dars berdi.Oybek domlaga munosib kelin boldi,ogli Omon esa- mana, qirq yildirki, Oliy Majlisda ishlaydi.U bu yerga oddiy korrektor bolib ishga kirgan edi, keyin maslahatchi boldi, bolim mudiri darajasiga kotarildi,hozir esa Oliy Majlisning deputati, xizmat korsatgan huquqshunos. Eng qizigi shuki, men Hulkarni ham, Omonbekni ham qirq yildan beri bilaman, lekin ularning biron marta kalondimoglik qilganini, burni kotarilganini, boshqalarni mensimay qoyganini korgan

emasman.Binobarin Zulfiya opa ozining onalik burchini ham juda orinlatib ado etdi- jamiyat uchun yaxshi fazilatlarga ega bolgan ikki ajoyib insonni tarbiyalab yetkazib berdi. Zulfiya opa ozbek sheriyatida oziga xos bir maktab yaratgan edi.Uning shogirdlari kop edi. Bulardan ayrimlari- Oydinxon, Qutlibeka va boshqalar bugun Zulfiya opaning chirogini sondirmaslikka harakat qilib, samarali ijod qilmoqda. Shoira shogirdlari bilan birga gozal bir sheriyat chamanini yaratib ketdi.Xosh bugun bu boston qay ahvolda? Uning holidan ogoh bolib, parvarishiga qarab turgan shershunoslar, sherparastlar bormi? Albatta, bugungu sheriyat oz holiga tashlab qoyilgan desak haqiqatdan uzoq bolar edi.Zabardast shoirlar bor,ularning tanlangan asarlari,yangi toplamlari chiqib turibdi. Shu bilan birga shoir Erkin Vohidov aytgan daho sherlar yaratilmayapti.Sheriyatda borgan sari maydalashish holati sodir bolayapti.Ayrim shoirlar ozi bilgan narsalarni yozish orniga suniy gaplarni toqib chiqaradi, yasama gaplarni gapiradi. Bazilar hali yigirmaga tolar-tolmas kuydim- pishdimga otishadi, o, dastingda dod dunyo deb hayqiradi, bazilar charxning men kormagan dardu balosi qoldimu ? degan savollarga komib tashlaydi, yana bazilar chillaga kirgan mulladek , sherda chilyosinlar oqishadi.Bazan shoirlar izlanish qilaman deb shunaqa kochalarga kirib qolishyaptiki, yoqa ushlamay ilojing yoq. Yaqinda bir shoirning sherini tahlil qilishdi.Uning yori betob ekan. Uzoqdan ortog korinibdi-yu, qizning ahvolidan xabar olib kelibdi.U yetib kelguncha, shoir xavotir ichida kutib turibdi. U kelib Otang vafot etdi debdi.Shoir xursand bolib ketibdi(yori olmaganiga bolsa kerak-da).Asarni maqtagan tuppa-tuzuk shoirlar xuddi ana shu joyni ichki dunyoni ochishdagi yangi kashfiyot deb taqdim etishdi. Kashfiyot olsin shunaqa boladigan bolsa! Bunaqa gaplar sherda chinakam sheriyat, nafosat orniga, sahnada korsatiladigan yasama oyinlar, suniy qiliqlar kopayib ketayotganini korsatmaydimi? Oq qogozning tili, zaboni yoq- nimani yozsangiz chiday beradi, ammo istedodning istedodligi shundaki, u nimani yozishni bilishdan tashqari, nimani yozmaslikni ham yaxshi bilishi kerak. Mayli, bu gaplarni qoyaylik.Siz butun shogirdlaringizga butun jonu jahoningizni baxsh etgan edingiz, ozbek sheriyatining zulfiyalari onlab balki undan ortiq bolishini istardingiz. Ammo nailoj-besh qol baravar emas ekan, shogirdlar ham pand berar ekan.Ularning nobakorligi, xiyonati, vafosizligiustozning hayoti davomida kechiradigan jabru jafolari ichida eng alamlisi,yurakda bitmas chandiq qoldiradigan zarba bolar ekan. Esingizdami,qaysi bir yili, qaysi bir viloyatga borib, kunduzi paxta terib,oqshomlari hovli devoriga tappi yopib

yurgan bir qizni topib kelgan edingiz. Afsuski, u ishonchingizni oqlamadi, sizga munosib shogird bololmadi. Ha, istedod degani bu faqat mahorat degani emas,balki til va dilning birligi ham ekan. Sheriy mahorat sizdagiga oxshab yuksak axloqiy-manaviy prinsiplarga tayangandagina ijod butun xalq ardoqlaydigan, kop zamonlar mobaynida unutilmaydigan qadriyatga aylanar ekan. Bugun tongda ruhi pokingiz bilan yana bir marta gurunglashdim,Zulfiya opa. Va yana bir marta amin boldimki, ozbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli,mashaqqatli yolni bosib otgan bolmasin, unda bir qator tom manodagi ijodkorlar yetishib chiqdi.Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari yangi qirralari bilan namoyon bolmoqda. Shu porloq yulduzlar ichida siz ham oldingi qatordasiz, Zulfiya opa! Toshkentdagi Degrez va O’qchi mahallalarini temirchi ustalarining beshigi deyish mumkin. Qariyb yuz yildan beri bu yerda po’lat quyib, cho’yan eritib, turli xo’jalik asboblarini yasaganlar. Tunuka surnaydan tortib, qo’rg’oshin to’pponchagacha, qilich-qalqondan tortib, qozon va omochgacha-hamma narsa shu yerda tayyorlangan. Ana Shu mahallada yashovchi Muslim degrezni butun Toshkent ahli bilar va hurmat qilar edi. Muslim degrezning hovlisida katta doshqozon bo’lib, unda har ikki haftada po’lat yo cho’yan eritilar, ular turli shakllarga quyilar, so’ng qozon yo omoch shakilini olib, boshqa xonadonga kirib borar edi. Po’lat va cho’yan eritiladigan kun xuddi bayramdagidek quvonchli o’tardi. Shunday kunlarda Muslim degrezning yonida uning besh nafar o’g’li ham turardi. Uning farzandlari ham ota kasbini egallagan, degrezlik hunariga astoydil ixlos qo’ygan kishilar edi. Muslim degrezning beshta farzandidan biri Isroil degrez edi. Isroil degrez yetti farzand ko’rdi va o’z farzandlarining eng kenjasini Zulfiya deb atadi. Zulfiyaning bolalik chog’lari ana shu ish muhitida, po’lat tafti anqigan xonadonda kechdi. Uning nazdida otasi shunday mohir degrez ediki, u hatto po’latdan qo’g’irchoq quyishi ham mumkindek tuyulardi. U doshqozon atrofida bezovta yurgan otasining ortidan ergashib, Dada, menga qo’g’irchoq yasab bering! deb iltimos qilardi. Ozg’ingina, qorachadan kelgan, chayir tanli otasi erigan po’latning uchqunlarini sachratib, turli asbob anjomlar yasar ekan, xalq ertaklaridagi pahlavonlaridek tuyulardi unga.

Har bir kasb-hunar kishilarining o’ziga xos fe’l-atvori bor. Degrezlar odatda kamgap, temir irodali,chayir kishilar bo’ladilar. Isroil degrezda bu fazilatlardan boshqa qator sifatlar ham bor edi. U o’z hunariga astoydil berilgan, mehri daryo, tiyrak nigohli, ilg’or qarashli kishi edi. U farzandlarini halol, mehnatsevar, xalq manfaati bilan yashaydigan kishilar qilib tarbiyaladi. Katta o’g’li Ismoil Moskvada, Sharq xalqlari universitetida tahsil olgach, mas’ul lavozimlarda ishladi. Qodir ham tashkilotchilardan biri bo’ldi. U pensiyaga chiqqunga qadar ota kasbini davom ettirib zavodda-quyuv sexida ishladi. Normat Isroilov esa 30yillarning yirik davlat arbobi edi. Zulfiya ota-onasi va akalaridan dastlabki hayot saboqlarini oldi. Qish oqshomlarida butun oila sandal atrofida to’planar, Xadicha xola esa she’rlar o’qir edi. U qanchadan-qancha she’rlarni yod bilar, ularni ajib bir qiroat va hayajon bilan o’qirdi. Men Navoiy, Bedil, Fuzuliy she’rlarini birinchi marta undan eshitgan edim, – der edilar Zulfiya opa. – Men onam tufayli ularning ko’pgina satrlarini hanuzgacha bilaman. Onam Fuzuliyning Layli va Majnun dostonini ayniqsa sevar edi. Bu muhabbat onamdan menga meros bo’lib o’tgan. Lekin shunga aminmanki, mo’jizalar yaratishga qodir, jahonni ko’zga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari yetaklovchi so’zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy ayol-onam uyg’otgan. Otam uchun ishning katta kichigi yo’q edi. Qudratli oltin qo’llar va saxiy qalbga ega edi u. Men hali-hanuzgacha otamday bo’lishni orzu qilaman, ammo, na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq; yurakni chaqmoq kabi alanga oldirishga har kim ham muyassar bo’lavermas ekan. (.. . . .. 1975. 20 .) Ko’p o’tmay, Zulfiya bilim yurtini tugatib, 1935 yilda O’zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutining aspiranturasiga o’qishga kirdi. Bu yerda u o’zining nazariy bilimlarini oshirdi. Shu yillarda Til va adabiyot institutida Hamid Olimjon ham xizmat qilar edi. U Zulfiya bilan uchrashgan kezlarida uning ijodi bilan qiziqar, unga turli maslahatlar berar edi. Har bir uchrashuv ularni tobora yaqinlashtirar va bir-birlarining qalbiga muhabbat urug’larini socha boshlar edi. 1935 yil ular hayotiga baxtli sana sifatida kirib keldi. Xuddi shu yilning 23 iyulida taqdir ikki shoirning hayot rishtasini butun umrga bir-biri bilan uladi. Bu davrda Hamid Olimjon 26 yashar qirchillama yigit bo’lib, beshta she’rlar va hikoyalar kitobining muallifi, taniqli shoir, tirishqoq olim, yosh shoirlar uchun esa ustoz sifatida ham el og’ziga tushgan edi. U Zulfiya uchun turmush o’rtog’i va

do’stgina emas, balki uning ijodiy taqdirida mislsiz ahamiyatga molik bo’lgan siymo ham bo’lib qoldi. 1936 yil. Tashqarida qalin qor oq gilam to’shagan. Hamid Olimjonning bolaligi tutib, Zulfiyani ko’chaga, chana uchishga taklif qildi. Chananing yo’qligi shoir ra’yini qaytarolmadi. U paltosining barini Zulfiyaga tutqazib, oppoq ko’cha bo’ylab qiyqirib, xandon urib, uni tortdi. Zulfiyaxonim shoir bilan birga kechgan ana shu baxtli yillarda har qanday iste’dod doimiy mehnat tufayli charxlanishi, haqiqiy san’atkor buyuk mehnat intizomiga ega bo’lishi lozimligini ko’rdi. Hamid Olimjon har qanday sharoitda ham soat 6 dan 11 ga qadar uyda ijod bilan shug’ullanar, so’ng hali siyohi qurimagan asarini ovoz chiqarib o’qir va uning qanday jaranglashini tekshirib ko’rar edi. Zulfiya o’zining har bir she’rini uning nazaridan o’tkazar, ammo Hamid Olimjon bu she’rlarga qalam urmas, balki ulardagi kuchli va kuchsiz satrlarni ko’rsatar, tushuntirar edi.Ulkan shoir, nodir insoniy fazilatlar sohibi Hamid Olimjon Zulfiyaga hamma narsada o’rnak bo’ldi. U ajoyib shoirdan fikrlashni, mehnat qilishni va she’r yozishni ham, do’stlarga mehribon, dushmanga shafqatsiz bo’lishni ham o’rgandi, uning ijodiy maktabida ta’lim oldi. Hamid Olimjon shu ma’noda Zulfiyaning qalbiga uyg’un hamrohi va sezgir maslahatchisi bo’ldi. Barcha baxtiyor kishilar bir-birlariga o’xshaydilar. Baxtiyor inson dilnavoz oshiq yoki ma’shuqaga o’z qalbining billur tuyg’ularini nisor etadi. Zulfiya ham, Hamid Olimjon ham o’sha charag’on yillarda qalb qo’rini, mehr-muhabbat taftini bir-birlaridan sira ayamadilar. Bu, ikki shoirning o’zaro hurmat va muhabbatga asoslangan ittifoqi edi. Bu davrda Zulfiya ijodi bahor chog’laridagi qorli cho’qqilardan endigini paydo bo’layotgan kichik bir jilg’a edi. Kunlar, oylar, yillar o’tib, bu jilg’aning ulkan bir daryoga aylanishi muqarrar edi. Yakshanba Hamid Olimjon va uning oilasi uchun chin ma’noda hordiq va istirohat kuni edi. Shu kuni shoir qo’liga qalam olmas, ayollar og’ir ro’zg’or ishlari bilan mashg’ul bo’lmas edilar. Odatda, u barvaqt turib, Zulfiya bilan birga bozorga borar, ro’zg’or uchun kerakli mahsulotlarni obdon tanlab, xarid qilar edi. So’ngra ko’chaga chiqib, birinchi kelgan tramvayga o’tirar, shahar tashqarisiga chiqib olardi. Bunday hamidona sayillar Zulfiyaxonimsiz o’tmas edi. Hamid Olimjon bilan Zulfiyaning tabiat quchog’iga qilgan ana shunday sayyohatlaridan biri 1936 yil bahoridagi lola sayli edi. Oradan bir yil o’tgach.

Hamid Olimjon o’sha sayil soniyalarini eslab, o’zining latif sherlaridan birini yozgan edi:Eng gullagan yoshlik chog’imda, Sen ochilding ko’ngil bog’imda. Shunda ko’rdi ko’zim bahorni, Shunda qalbim tanidi yorni. Qushlar sayrar jonimga payvast, Men sevgining bo’yi bilan mast, Kuni bilan dalada qoldim, Lolazorlar ichra yoqoldim. Quchoq-quchoq gullar terganim Va keltirib senga berganim Kechagiday hamon esimda Har soniya, har on esimda. Shundan beri tilimda oting, Shundan beri dilimda oting. Eng gullagan yoshlik chog’imda Sen ochilding ko’ngil bog’imda.

Hamid Olimjon 1936 yilning kuzida Qora dengiz bo’ylarida hordiq chiqaradi. Bu uning to’ydan keyingi Zulfiyasiz o’tgan birinchi safari edi. Shuning uchun ham u serquyosh o’lkada hali tugilmagan farzandi bilan qolgan sevimli yorini tez-tez eslaydi, sog’inadi, unga bag’ishlab she’rlar yozadi. Suyukli kishi bilan birinchi marta hamnafas bo’la olmagan Zulfiya esa g’aroyib voqealarni tush ko’radi. Uning tushida Hamid Olimjon o’z ahdidan voz kechib, boshqa bir yorni topgan, undan yuz o’girgan bo’ladi. Zulfiyaning ana shu tushi tavsif etilgan maktubiga javoban shoir Xayoling-la o’tadi tunlar she’rini yozadi:

Hamid Olimjon qizi Hulkar bilan. 1938 yil.Bu bir uyqu, behuda bir tush, Axir bu bir aldoqchi go’yo. Mumkinmidir sening sevganing O’z ahdidan qaytganmish go’yo?! Shu rost esa o’tga tushsin jon, Yomg’irdayin g’am. boshga tushsin

Yashaganim dunyoda yolg’on, Qasam ichdim: emasman odam.

Hamid Olimjonning bu so’zlari shoir qalbining teran qatlamlaridan otilib chiqqan edi. Chindan ham u Qora dengiz bo’ylarida sevimli yor xayoli bilan yashadi.Xayolimda bo’lding uzun kun, Seni izlab qirg’oqqa bordim. Och to’lqinlar pishqirgan tunda Topib yolvordim. ber deb oyga

Shoirning o’sha kezlarda yozgan she’rlarida ana shu ohang, ana shu qo’msash tuyg’usi jaranglab turadi. Hamid Olimjon yolg’iz yorninggina emas, balki hali tug’ilmagan farzandining ishqi bilan ham yashaydi. U tushida toychoqdek shirin o’g’ilning otasi bo’ladi. Uning jigarporasi pishqirib otilayotgan to’lqinlar ustida qanotli toychoqdek parvoz qilib uning ko’zidan g’oyib bo’ladi. Shoir uning izidan qanchalik yugurmasin va och to’lqinlar orasiga kirib bormasin, u tutqich bermaydi.

Ana Shu g’aroyib tush ta’sirida Hamid Olimjon hali tug’ilmagan o’g’ilga bag’ishlangan she’rini yozadi.Dengiz notinch edi va shu choq Parvozingni to’lqinda ko’rdim. Ko’zlar yondi, o’ynadi yurak. Va izingdan, o’g’il yugurdim. Ey, g’unchasin ochmagan bahor, Salom, o’g’il, sevimli farzand. Seni kutar ota intizor, Dunyo-dunyo sevgiga payvand.

Shoir Hamid Olimjon intizor bo’lib kutgan farzand 1937 yilning 19 yanvarida dunyoga keldi. Unga Hulkar deb ism berdilar. 1939 yillarda Hamid Olimjon qaynoq ish muhitida yashadi. Na ishda, na uyda uning tinimi bo’ldi. U shiddatli ish soatlaridan keyin uyga kelib ham o’sha ish iqlimidan, ish kayfiyatidan chiqa olmadi. U nimalarnidir o’ylar, muhokama etar va ertangi kunga rejalar tuzardi. Bunday paytlarda u churq etmay, xayolan qandaydir chigal muammolarni yechayotgandek bo’lardi. Shunday kechalarning birida Zulfiya Hamid Olimjondan o’pkalangandek: Hadeb jim o’tiraverasizmi? Gapirsangiz-chi biror narsani! deya so’z qotdi. Bu so’z Hamid Olimjonga shunday ta’sir qildiki, u qanday javob berishni bilmay taraddudlanib qoldi. O’sha kuni kechasi uning ish stolida quyidagi misralar paydo bo’ldi:O’ltirasan nega doim jim? Deya yana boshlading hujum. Bilgilki, jim o’ltirganimda Otash paydo bo’lar tanimda, Hamsuhbatim bo’lganda xayol Jim malol. qolaman, gap kelur

1939 yil 24 avgustda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimlarning ikkinchi farzandlari Omonbek dunyoga keldi. 1944 yil. Ayni saraton kunlari. Harorat benihoya baland. Havo dim. Bunday kezlarda Toshkeht qizib turgan tandirdek olov bilan nafas oladi. Shuning uchun ham bir guruh adiblar 1 iyul kuni Do’rmondagi bog’ga dam olgani chiqishdi. Tong otib, 2 iyul kuni boshlandi. Bu har safargidek fayzli va charag’on tong edi. Nonushtadan keyin do’stlar bog’ni aylanib, sayr qilishdi. Picha dam olgach, ariqda yosh bolalardek qiyqirib cho’milishdi. Keyin Hamid Olimjon yo’l taraddudiga tushib qoldi. U sheriklarining suvdan chiqishini hohlamaganliklariga qaramay: Qani, yetar chiqinglar, deb turib oldi. – Bog’ning ayni gasht qiladigan fursati yaqinlashyapti – kechki salqin tushayapti. Shoshib nima qildik. Ertaga erta bilan ketamiz, – deyishdi sheriklari. – Bo’lmasa sizlar qolavering. Men ketaman. Bugun, albatta, qaytaman, degandim. Bormasam, xavotir olishadi – Hamid Olimjon o’z so’zida qat’iy turdi. Hamid Olimjon oilasi usiz dasturxon atrofiga o’tirmas edi. U qayerda bo’lmasin, va’da bergan bo’lsa, oila uni sabrsizlik bilan kutar vau, albatta, uyiga aytgan vaqtida yetib borar edi. Hamid Olimjonning ra’yini qaytarmay, uning sheriklari ham yo’lga otlandilar. Biroq undagi yo’lovchilar manzillariga eson-omon yetib borolmadilar. Ular ketayotgan mashina halokatga uchradi. 3-iyul kuni Hamid Olimjon vafot etdi. Bundan atigi 11 oy muqaddam, 1943 yilning 4-avgustida Hamid Olimjon kenja farzandi Omonbekning tug’ilgan kunida shunday degan edi: – Aziz do’stlar! Men to’rt yoshga to’lganimda, otamdan judo bo’lgan edim. Men uning mehr – muhabbatiga to’ymay o’sdim. Mana, bugun mening o’g’lim ham to’rt yoshga kirdi. Uning otasi va onasi bor. Ota va ona bag’rida o’sish esa farzand uchun katta baxt. Men farzandlarimizning uzoq vaqt davomida ana shunday baxtli bo’lishlari uchun qadah ko’taraman! Taassufki, taqdir taqazosi bilan Omon ham hali besh yoshga to’lmay turib, otasiz qoldi. 1944-yilning 3-iyul kuni orziqib kutgan baxtli kunlarni kutmay o’zbek xalqining buyuk farzandi, atoqli shoir, olim, davlat va jamiyat arbobi Hamid Olimjon olamdan o’tdi. Zulfiyaxonim Hamid Olimjonning ushalmay qolgan orzularini amalga oshirish uchun, qilolmay qilgan ishlarini nihoyasiga yetkazish uchun kuyib-yonib yashadi.

Hamid Olimjon jisman bo’lmasa-da, ruhan Zulfiyaxonim bilan birga uning she’rlarida hamnafas yashadi. Zulfiyaxonim Hamid Olimjon boshlab bergan baxt qo’shig’ini kuylashni nihoyasiga yetkazdi. Uning bu ishlari bugungi kunda biz uchun ibratlidir (Naim Karimovning Hamid Olimjon kitobidan foydalanildi).

Tadbir: Zulfiya

1- boshqaruvchi: Asarlarning nidosi yangragan har parda satring kimXayotiy shoir maqomlardir yurak zarbiga teng so`zingUvaysiy, Nodira, Zebiniso, Mexri moxastiylarTuzatgan anjumaning mashalidir fikri mumtozingHamisha sen qalam olganda xalqlar tolein kozlabUzun tonglar mussafo aql-u idrok boldi hamrozingKo`ngillarning jilosidir rubobi mavzun ijodingAjib nozik tabiat, zarshunosdir poqiza joningdaBu bizningdir, sening axloq-u iffatga toliq nozing.

Assalomu alaykum, aziz oquvchilar! Bugun biz ozbek xalqining sevimli shoirasi, sheriyatimiz malikasi Zulfiyaxonimni bu yil 100 yiligini keng nishonlaydilar. Shu munosabat bilan bizning maktabda ham Zulfiyaning tugilgan kuniga bagishlab ISEDODIM QALBIM SIZLARGA nomli sheriyat kechasini taqdim etamiz. Zulfiya XX asr ozbek sheriyatining yorqin yulduzidir. Sherlari doimo yangi chuqqillarni kozlaydi, yangi ijodiy yuksalishlarga intiladi. Shoira sifatida u hamisha sherdan sherga, kitobdan kitobga kamolot kasb etib borgan.2- boshqaruvchi: Hurmatli o`quvchilar! Endi Zulfiya hayoti va ijodi haqida tinglasak. Zulfiya Isroilova 1915-yil 1- marta Toshkent shax-hrida hunarmand degrez oilasida tugilgan. 1928- yilda boshlangich maktabni tugatgan. Song Zulfiya xotin qizlar pedagogika bilim yurtiga oqishga kiradi. Ana shu yillardan boshlab ISHCHI, YOSH LENINCHI gazetalari, KOLXOZCHI BOLALAR, YANGI YOL jurnallarida yosh shoirani sherlari ko`rindi.1932 -yilda 17 -yoshli shoiraning birinchi sherlar toplami HAYOT VARAKALARI bosilib chiqdi.Zulfiya doimo izlanishda. Oqish organishda davom etdi. U bilim yurtini tugatgach, Nizomiy nomli Davlat Toshkent pedagogika institutida tahsil ko`radi. 1935- 1938- yillarida esa A.S.PUSHKIN nomidagi til va adabiyot Oliy Tekshirish institutini aspiranturasida o`qiydi.Mana Zulfiya ijodi hakida qisqacha malumotga ega boldik. Endi shoiraning sherlaridan tinglasak. Mana bu kitobni oralariga gullar qistirilgan. Kim qaysi gulni tanlasa shu betdagi sherni ifodali qilib aytib beradi.MarhamatP A L A KSenga maftun bo`lib sevib qolganimIshqing olovida o`rganganim rostSening yuzing bilan nafas olganimIsming takrorlashga o`rganganim rostDedin-ku, ey yigit,yozimga boqdingSendan uzolmadim men nigohimniOsha gozal bahor bagrimni yoqdingEndi ozing tingla tortgan ohimni!Qizlar boyi yetsa, tikarda palakMen seni sevdim-u, oldim qulimgaSavatda tovlanar rang -barang ipakBahor nusxa tashlar chizgan gulimgaDushman ajal tortib keldi VatangaBizning sevgimizga tashladi hijronSen ketding yaroging olib yelkanggaQaytaman, kut- dedim, yov bitgan zamon D U G O N A L A R I MSalom mening aziz dugonalarimAzizim, lobarim, chevarim qizlarEy toza qalbining oshnolariKuylarim, ilhomi, sevarim qizlar!Hormang paxtakorlar muborak bolsinMehnat va tinchlikning mo`l- hosil to`yi!Hattoki quyoshga yeta olgudayDur bo`lib uyilmish hirmonlar bo`yiKumushday ochilgan paxtalardaSizning kulingizning hissasi ulugJon dildan ishlaymiz chunki qalbingizEzgu umid bilan sevgiga to`liqO`z yeri, o`z erki o`z xur mehnatiO`qib yod olgan aziz kitobdayNe baxtdir, ham damgi mehnat mahsuliQalbingiz yoritsa huddi oftobday.

Bu kun erk bayramimiz. Sevinch tola dilimiz,Dilda sevinch tosharkan, senga yollaymiz salom.Sening ozing erk bergan, xusn bergan , boy bergan,Tanglar qatorida teng turib deymiz assolom!Tarixdan so`zlaymiz, kim edig-u, boldik kim?O`zbekning qizlarini quyoshga tutgan sensan.Zulmatning atir toshin yelkamizdan irgitib,Zaxil jamolimizni mangu yoritgan sensan!1. Boshqaruvchi:Rahmat! Hurmatli o`quvchilar kechamiz qizikarli chiqishi uchun biz o`yinlar ham kiritganmiz. Hozir sizlarning bilimingizni sinash uchun OYLAB TOP nomli oyinni oynaymiz. Ortaga raqam boyicha 2ta o`quvchini taklif qilaman. Oyinimiz sharti shundan iboratki, mana kartochkalarimizda shoirlarimizning 3ta bolalar uchun yozilgan sheriy toplamalari yozilgan. Shularning ichida Zulfiyaning sheriy to`plami kitobini topib bering./Kitoblar: QUSH BOLIB UCHGAN ONA, FAXRIM/L O LA Q I Z G A L D O QYana 2ta o`quvchini chiqaramiz. Ssu kitobi bo`yicha YULDUZLI SOAT o`yinini o`ynaymiz. Shu lolaqizgaldoq so`zidan kim ko`prok soz tuzadi. LOLAQIZGALDOQ lola, qiz, qizgaldok, alla, dala, goz,ola, ko`k,ok, iz, ol.Golib chiqqan o`quvchilar sovga bilan taqdirlanadilar.2 Boshqaruvchi: Bolalar! Zulfiyani ijodini tinglashni davom ettiramiz. 1938-1940 yillarda respublika bolalar va yoshlar adabiyotini nashriyotida redaktor bolib ishlaydi.Ulug Vatan urushi yillari Zulfiyaning ijodi yanada mazmundor bo`ldi. Bu yillarda UNI FARXOD DER EDILAR 1943, HIJRON KUNLARIDA (1944) sheriy to`plamlarni hamda rus tilida VERNOST to`plamini nashr ettirdi.Urush! Noming o`chsin jahonda,Hamon bitmas sen solgan alam.Sen tufayli ko`p xonadonda,Ota nomli buyuk shodlik kam.Bas, bas ezgu onalar kabi,Yashay olsin bexavf baxt bilan.Mehnatsiz gazab sevgimiz,Tinchlik deydi butun xalq bilan.1. Boshqaruvchi: Zulfiyaning urushdan keyingi yillarda ijodi yanada gurkirab ketdi. Uning MEN TONGNI KUYLAYMAN, DUGONALARIM BILAN SUHBAT, Yurtimni kuylayman sherida vatanparvarlik zor ifolanadi. Zulfiyaxonim o`zbek sheriyatini jahon minbaridan jaranglatganlaridan biri va balki birinchisi. Qozoq ham, arman ham, tojik, arab ham, ukrain ham,hind ham shoiramiz ijodidan bahramand va uning odamiyligiga, sanatiga, mahoratiga, jasoratiga shaydo.Chingiz Axmarov Zulfiyaga shunday sher bagishlagan.Bukur toglar ko`kka cho`zdi qadPortlab qaynar yer beosoyishMillion yillar o`zni tabiatBezay- bezay topdi oroyishJamoling ko`r- oddiy va go`zal O`rmoni tog, kecha- kunduzning Olam qanday barkamol misol mana, sen uzingSevikli shoiramiz Zulfiyaning bolalar uchun yozgan sherlari GULLARIM, LOLAQIZGALDOQ, KAPALAK kitoblarida jamlangan.Ular barcha bolalar ruhiga yaqin, aksariyati o`quvchilarga yod bolib ketgan. Zulfiyaning sherlari bolalarni vatanga sadoqat, odamlarga mehr, tabiatga muhabbat ruhida tarbilaydi.Davraga 3-4 ta bolajonlarimizni taklif qilsak. Ular hozir bizga Zulfiyaning bolalar uchun MEN TUGILGAN KUN sherini badiiy kompozitsiya asosida aytib berishadi.

1. O`QUVCHI: Qizik, har yil yanvarda Men tugilgan bir kun bor Kelishadi mehmonlar Yogib turganda hamkor Endi urilgan sochin Bolganman o`quvchi qiz2.- O`QUVCHI: Bu kun tugilgan kuni Maktabdan qolar?-dersiz Oylamang bunday deb hech Ketib issiq kiyinib Bu kun sakkizga kirib Maktabda Gulnor, Dilbar Meni kutib olishdi.3-O`QUVCHI: Tugilgan kunni qizlar Qanday bila qolishdi Ha kecha aytdim ozim Chorlagandim barchani Katta uy ortasidaBezatganmiz archani Oyinchoklar osilgan YOkilgan har xil chiroq4- O`QUVCHI: Archa xuddi mevalar Pishib etgan kum-kuk bog Ayam keltiradi bizga Turli sovgalar ancha Dedi alo o`qisang Har yil bezayman archa Soz beraman ayamga Guvoh bo`lsin qorboboO`saman soat sayinO`qiyman doim alo2.BOSHQARUVCHI: Zulfiyaning ijodiy kamolatida ozbek sheriyatining yorqin yulduzlaridan biri H.Olimjonni tasiri, shubhasiz katta bo`ldi. Shoira H.Olimjon haqida shunday deydi: Hayotimni un yili H.Olimjon bilan ham nafas va hamqadam otgani uchun baxt boldi. H.Olimjon qalbim va ruhimga uygan va sezgir maslaxatchi ham edi. Men undan fikrlashni, mehnat qilishni va sher yozishni o`rgandim. Uning ijod maktabida talim oldim.1944-yil 3 -iyulda H.Olimjon halok boldi.Taqdir Zulfiya bilan H.Olimjon kabi ikki ulkan shoirni juflashtirib, ozbek sheriyatiga ajib bir koshona qurdi-yu, ajal to`satdan uni harob etdi. Baxtsizlik sharobidan sarmast shoira gam xasrat bila to`la firoqnomalar yozdi.Hijroning qalbimda, so`zing qo`limdaHayotni kuylayman, chekinar alamTunlar tushimdasan, kunduz yodimdaMen hayot ekan, hayotsan sen ham!Bolalar zerikib qolmadilaringmi? Sizlarni zerkitirmaslik uchun yana alterrnativ o`yin o`ynaymiz.Raqam buyicha chakiriladi. Stolda 6ta kubik koyilgan. Kubikda harflar yozilgan. Shu harflarni tartib bilan terilsa Zulfiya redaktor bolib ishlagan xotin- qizlar jurnalining nomi kelib chiqadi. S A O D A T1 BOSHQARUVCHI: Zulfiyaning yangrok poyetik ovozi jahon kezib yuribdi. U Hindiston va Yaponiyada, Shri- Lankanda, Yugoslaviya va Bolgariyada boshqa mamlakatlarda bo`ldi. Shoira va mamalakatlarda taniqli adabiyot va sanat ahillari bilan oddiy kishilar bilan uchrashdi.Tinchlik va dostlik tuygularini ifodalangan sherlarini o`qib berdi. Tinchlik va xalqlar do`stligi goyalari bilan sugorilgan MUSHOIRA tushunchasining ozi tarjimasiz kop tillarda tushuniladigan sozga aylandi.Yangi kuy, yangi uyolib shoirlarDavraga kelardi, kelardi hamonDillarni payvandlar edi satrlarDostlik qarindoshlikning koprigisimonZulfiya 1941-1950-yillarda Ozbekiston SSR Davlat bolimi mudiri, 1950-1954 yillarda Ozbekiston xotin-qizlari (Saodat) jurnalining adabiyot va sanat bo`limi vazifasida ishladi. Zulfiyaga Javohirlal Neru nomidagi va NILUFAR mukofotlari berilgan. Bolgariya hukumati esa Zulfiyani 1 darajali KIRILLva MEFODIY ordeni bilan mukofotladi. Zulfiyaning qudratli ovozi, mayin va mehr to`la qo`shiqlari, ozbek xotin -qizlarning bugungi baxtiyor taqdirini tinchlikka va ozod mehnatga tashna insonning orzularini ifodalangan harorati sherlari baland yangramoqda.

2.BOSHQARUVCHI: Kardosh ulkalar va diyorimizning turli viloyatlarida bolib otayotgan adabiyot bayramlarida Zulfiya opaning millionlab muxlislari borligi va ularning nechoglik katta muxabbat bilan kutib olganlarining shohidi bolamiz. Ha, ulug zotlarni yaratgan yurt hamisha ezoz va hurmatda buyuklarning yulduzlaridir. Ayni paytda Zulfiya opa tabarruk 85 bahorni qarshiliyaptilar. Bu yoqda hali H.Olimjonni ham 85 yoshlarini kechmoli kerak. Zero, bir tanda ikki jon, ikki sheriyat yashamoqda.Eng yuksak, eng yorqin, eng yaqin yulduzKo`kning Zuhrosi-yu sher ZulfiyasiIkkingiz egizak, bir yokimli sozMangulikning sevgan juft madhiyasiBugun yoshingizni etar ekanmiz toyO`rik gullaridan bitdim gul dostonSizning qalbingizda oqsa xushnud boyDemak bu o`zingiz yaratgan bo`stonHurmatli o`quvchilar! Mana Zulfiya hayoti va ijodi bilan chuqurrok tanishib chiqdik. Kechamizni Zulfiyaning chiroyli sherlari bilan yakun yasasak. Hozir quyiydagi savollarimga javob bergan o`quvchilar bizni oyinimizda ishtirok etishga muyassar bo`ladi. DIQQAT!1. Dunyoda eng katta boylik nima? /Bilim, kitob /2. Zaynab va Omon, Semurg dostonning muallifi? /H.Olimjon/3. Fargonalik yozuvchilardan kimlarni bilasiz?/Y,Sulaymon, X.To`xtaboev, A.Obidjon, E.Rahimov/Mana savollarimiz orqali o`yinimizda ishtirok etadigan o`quvchilarni aniqlab oldik. Endi sizlarni o`yinimiz sharti bilan tanishtiraman. Shartimiz shundan iboratki, mana bu aylanmaga Zulfiyani sherlaridan quyilgan.Shu aylanma aylantirganizda qaysi sherda to`xtasa shu sherni olib ifodali manoli qilib o`qib berasizlar. Marhamat! Birinchi ishtirokchimiz aylanani aylantirishingiz mumkin.B A H O RInson qo`llarida orzuga ayb yokShu kunlarda qalb qo`shiq qatorKunda bitta yozaman sherManosi ham, yorqini ham borTuproq, hayot, yurak bu axir!Faqat dilga solaman quloqBuzib, yasab misoli zargarBorin to`kib nuqta quyiboqBir tinglovchi qolaman izlabVa orqaga tortar yuragimUygotibmi, chorlabmi bo`zlabTolib,fikring kelar so`ragimB A X T I M B O RBaxtim bor ajoyib kishilar aroTug`ilib, gurkirab keksayar umrimOshalar sherimga baxsh etgan sadoHayotim nurini yoritgan nurimKeding-ey, Istiqlol, istiqbolQalbimga nasling bilan yol soldingSen shu xur nazmga ixtiyor beribMen ogir bulutdek bir yogib oldimHurriyat, kelding-ey, so`zlari kucharSeni qalbim. Ko`zim. Sozlarim qucharVaqt yetsa shu xalqda qolar daftarimVaqt yetsa bu yoqda qolar dardlarimO L T I N K U ZSevaman, oltn kuz, sevaman jondanAtlas tabiatli go`zal chogingniDaraxtlar libosi rango-rang, gulgunKuzni erkalagan chaman bog`ingniSevaman, yerlarga rangdor yaproqlarYumshoq va rang-barang gilam to`shasaGul terganday gurpanglab yayrab oynasaDalada paxtalar kumush porlabMomix yuzlarini quyoshga tutsaTerimchi chechanlar yetaklab, ko`plabTogday xirmonlar keltirib to`ksaSevaman, oltin kuz, sevaman jondanTovusday bezangan daraxt, boglarniYomgirlim oqshoming. Quyoshli tongingHayotga cho`mgani go`zal onglarni!

Raxmat! Aziz o`quvchilar! O`igan bo`lsalaring kerak bu yil Zulfiya 100 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz I.A.Karimov bir qator ijodkor xotin-qizlarga Zulfiya mukofotini tasis etdi. Hurmatli o`quvchilar! Mana bugun sizlar bilan sevimli shoiramiz Zulfiya tavalludi munosabati bilan ushbu sheriyat kechasini o`tkazdik. Biz oylaymizki bu kechamiz sizlarda Zulfiya ijodiga kengroq kirib borishga yordam beradi. Sizlar yana ham kengroq o`rganmoqchi bo`lsangiz kutubxonamizga kelib kitoblardan foydalanishingiz mumkin. Sizlarga o`qishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Hayr, sog bolinglar!