Press "Enter" to skip to content

2020-2021 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 1-11-sinf tarbiya, 10-11-sinf dunyo dinlari tarixi,8-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)

Abu Ali ibn Sino
Ibn Sino dunyoga mashhur hakim
va olimdir. Asli ismi Husayn bo‘lgan.
Yoshligidan ilmga, tabobatga juda
qiziq qan. Bobomiz o‘z kitoblari bilan
dun yo tibbi
yot ilmi
ga asos solgan.
Abu Ali ibn Sino davolayotgan
bemorla riga shunday degan: «Biz
uch tarafmiz — men, sen va kasal-
lik. Agar sen men tarafga o‘tib olsang,
u
yengiladi. Agar u tomonga o‘tib
olsang, ikkalangni yengi
shim qiyin».
Savollar:
1. Abu Ali ibn Sino haqida nima

larni bildingiz?
2. U kishi bemorlarga nima degan?
28

O‘qish kitobi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik

O‘QISH KITOBI
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
1-sinfi uchun darslik
O‘n uchinchi nashr
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT — 2017
T. G‘AFFOROVA, E. SHODMONOV, G.ESHTURDIYEVA

M a s ’ u l m u h a r r i r :
Safo Matchonov, pedagogika fanlari doktori, professor.
T a q r i z c h i l a r :
Dilorom Fattoxova, O‘zbekiston Milliy universiteti
katta o‘qituvchisi, p.f.n.;
Nazira Ahmedova, RTM Boshlang‘ich ta’lim bo‘limi boshlig‘i;
Mazmuna Jalilova, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi
18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
O‘qish kitobi: 1-sinf uchun darslik / Muallif-tuzuv-
chilar: T. G‘afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdi-
yeva; Mas’ul muharrir: S. Mat chonov. — T.: «Sharq»,
2017. — 128 b.
1. G‘afforova T., muallif-tuzuvchi.
UO‘K 372.416.2
KBK 81.2.O‘z.—922.
UO‘Ê 372.416.2
KBK 81.2.O‘z.—922.
O‘ — 30
O‘ — 30
ISBN 978-9943-26-
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
© G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G., 2003, 2017.
© «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2003, 2017.
Shartli belgilar:
– multimedia ilovasi
– dars tugadi

Farzandlarimiz bizdan ko‘ra
kuch li, bi
limli, dono va albatta
baxtli bo‘lishlari shart.
ISLOM KARIMOV
3

Vatan — bu.
Po‘lat Mo‘min
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.
Vatan deganim bu —
Yurak deganim,
Birov-biroviga
Kerak deganim.
Aslida Vatan bu —
Tug‘ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yetgan qo‘rg‘onim.
u
She’rning mazmunini tushunib
oling.
Savol:
Vatan deganda nimani tushundingiz?
Maqol:
œ
Vatani borning baxti bor.
5

Buyuklar vatani
Qutlibeka Rahimboyeva
O‘zbekiston ulug‘ odamlari —
shoir-u olimlari, atoqli davlat arbob

lari bilan dunyoga mashhur.
Amir Temur bobomiz yurtimizda
ko‘plab obo
don chilik ishlarini amalga
oshirgan. Madra salar, saroylar, yo‘llar
qur dir gan, bog‘lar barpo qildirgan.
Te mur bobo
miz har qarich yerni
asrash ni ham o‘rgatgan.
Mirzo Ulug‘bek bobomiz osmon-
dagi yulduz
larni sanagan. Ko‘plab
yulduzlarning joyini aniqlagan.
Biz tilimizning boyligini Alisher
Navoiy bo
bomizdan o‘rganamiz.
Savollar:
1. Buyuk bobolarimiz haqida nima

larni bilib oldingiz?
2. Buyuk ajdodlarimizdan yana kim-
larni bilasiz?
Maqol:
œ
Ona yurting — oltin beshiging.
7

8
Yurt qalqonlari
Dilshod Rajab
O‘zbekiston – hur Vatan,
Baxtimiz ayvonidir.
Armiyamiz mustahkam,
Ona yurt qalqonidir.
Harbiy xizmat faxrimiz –
Bu mardlar maydonidir.
Jasur askar akalar
Ona yurt qalqonidir.
u
She’rni ifodali o‘qing.
Savol:
14-yanvar qanday kun?
Maqol:
œ
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
Tez aytish:
œ
Bahodir bayroqni Botirga berdimi,
Botir Bahodirga bayroqni berdimi?

9
Ota rozi — Vatan rozi
Eson Rahimov
Yaxshi farzand ona yerning
Jonfidosi,
deydilar.
Yaxshi farzand dono elning
Ko‘z ziyosi, deydilar.
Ota rozi — Vatan rozi,
O‘g‘lonlarim, qizlarim.
Vatan rozi — ota rozi,
Yashang, o‘chmas izlarim.
u
She’rning mazmunini tushunib
oling.
Savol:
Kimlar yaxshi farzand deyiladi?

Suv — shifo
Erkin Malik
Ravshan shifokor ko‘rigidan o‘ta

yot gan da kurak suyaklari qiyshiq
o‘sayotganligi ma’lum bo‘lib qoldi.
— Endi nima qilamiz, do‘xtir? —
xa votirga tushdi dadasi.
— Oldini olsa bo‘ladi. Buning uchun
suzish bilan shug‘ullanish ke
rak.
— Suv sovuq-ku, — deb yubordi
Ravshan shoshib.
— Sen xavotir olma, — dedi shi-
fokor kulib. — Shahrimizda shunday
suv havzalari borki, qishda ham suvi
yozdagidek iliq bo‘ladi.
Ota-bola xursand bo‘lib, shifokor
tavsiya etgan sport majmuasini izlab
ketishdi.
Savollar:
1. Shifokor nega Ravshanga su

zishga qatnashishni maslahat
berdi?
2. Siz sportning qanday turi bilan
shug‘ullanasiz?
10

11
Qish
Tursunboy Adashboyev
Shudgor uzra uvullar
Ayoz bobo bo‘roni.
Mehmon bo‘ldi qish fasli
Oq choyshabga o‘ranib.
Bundan buyon ko‘cha-ko‘yda
Piyma, etik g‘archillar.
Tinim bermas chanalarga
Shokir, Ra’no, Barchinlar.
Savol:
Qish fasli sizga nimasi bilan yo-
qadi?

(
Pechka
)
(Do‘l
)
(
Qorparcha
)
Maqol:
œ
Qish g‘amini yozda ye.
Topishmoqlar:
œ
Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi.
œ
Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz «sho‘xlik» qilgach u,
Yerga singib ketadi.
œ
Qish chog‘i kapalaklar
Uchib yurar osmonda.
Qiziq, yo‘qolib qolar
Kaftimga qo‘ngan onda.
Tez aytish:
œ
Qishda kishmish pishmasmish,
Kishmish pishsa, qishmasmish.
12

Oy allasi
Odil Abdurahmon
Oy — ona emish,
Bolasi — yulduz.
Alla aytarmish:
— Oppog‘im qunduz,
Ko‘zim nurini
Senga tutdim-o,
Otangday bo‘l, deb
Yo‘ling kutdim-o.
Otam qayda, deb
So‘rama, bolam.
Otang — Quyoshdan
Bahramand olam.
u
She’rni ifodali o‘qing.
Savollar:
1. Oy-ona bolasi yulduzga nimalar
haqida so‘zladi?
2. Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga
o‘x sha tilgan?
13

Shamol va quyosh
Ezop
Bir kuni shamol va quyosh bahs-
lashib qolibdi. Ular bu tortishuvni
yo‘lda keta
yotgan yo‘lovchi yorda-
mida hal qilishga kelishishibdi.
Kim birinchi bo‘lib yo‘lda ketayotgan
yo‘lovchining egnidagi po‘s
tinini
yecha olsa, o‘sha kuchli hisoblana-
digan bo‘libdi. Shamol o‘z navbatidan
foydalanib qattiq esa boshlabdi.
Yo‘ldagi odam yurishga qiynalib,
zo‘rg‘a qadam tashlabdi. Shamol
kuchaygani sayin yo‘lovchi ham
po‘sti niga mahkamroq o‘ranib olave-
ribdi. Qancha harakat qilmasin,
yo‘lov chining po‘stinini shamol
yecha olmabdi. Nav
bat quyoshga
14

kelibdi. Quyosh o‘zining iliq nurlarini
sochibdi. Keyin esa taftini zo‘rayti-
rib, yo‘lovchini qizdira boshlabdi.
Shunda yo‘lovchi isib ketganini his
qilibdi va ustidagi po‘stinini yechibdi.
Qissadan hissa shuki, ko‘p narsaga
zo‘ravonlik bilan emas, oliyjanoblik
bilan erishsa bo‘ladi.
Savollar:
1. Shamol
va
quyosh
nima
uchun
bahslashib qolishdi?
2. Shamol
bahsda nima uchun
quyoshdan yengildi?
3. Oliyjanoblik qanday xislat?
Tez aytish:
œ
Qo‘ng‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi,
qo‘zi choq nikimi?
Topishmoq:
œ
Yungi igna,
Burni tugma,
Ko‘zi munchoq,
Bag‘ri yumshoq.
15

Vatan
Miraziz A’zam
Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz
Mazza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab mazza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
u
She’rni ifodali o‘qing.
Savollar:
1. Sizning vataningiz qayer?
2. O‘zingiz
yashaydigan
shahar,
qishloq, mahalla, ko‘cha nomlarini
ay ting.
16

Yagonadir Vataning sening
Xurshid Davron
Vatan nima o‘zi?
Donishmandlarning biri: «Vatan —
bu sening kindik qoning tomgan
tuproq», — desa, ikkinchisi: «Sen
suygan odamlar manzili!» — deydi.
17

Inson uchun havo, quyosh, suv,
non, ota-ona qanchalik aziz bo‘lsa,
Vatan ham shunchalik mo‘tabardir.
Vatan — ona tuproqdan boshlanadi.
Vatanga muhabbat shu tuproqqa —
ona diyorimizga, uning bepoyon
dalalariga, qir-adirlariga, moviy tog‘

la riga, dasht-u sahrolariga bo‘lgan
muhabbatdir.
Savollar:
1. Vatan deganda nimani tushundi-
ngiz?
2. Inson uchun eng aziz narsa nima?
3. Vatanga muhabbatni nima bilan
izohlaysiz?
Maqol:
œ
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Tez aytish:
œ
Komil kecha ko‘chat ko‘chirdi.
18

BO‘LIM YUZASIDAN TAKRORLASH
Boshqotirma
Qator katakchalarini unli harflar
qo‘yib to‘ldirsangiz, kitobingizning
shu bo‘limiga oid gap kelib chiqadi.
1. Munajjim bobomiz. 2. Dunyoga
ke lishni bildiruvchi so‘z. 3. Vatanimiz
nomi. 4 va 5. Ikkinchi dars mavzusi.
l
g‘ b k
t
g‘
l
g n
z
b
k
s
t
n
b
y
k
l

r
V
t
n
1
2
3
4
5
Rebus
«Oy allasi» she’ri asosida rebusni
yeching.
y
m
sh,
t k
+ si —
.
19

Savol va topshiriqlar:
1. Buyuk ajdodlarimiz haqida nima

larni bilib oldingiz?
2. «Vatan — bu. » she’rini yoddan
aytib be
ring.
3. Shoir «Ota rozi — Vatan rozi» de

ganda nimani nazarda tutgan?
4. Qishda diyorimiz tabiatida qanday
o‘zga rishlar bo‘ladi?
5. Shamol va quyosh bahsidan qan-
day xulosa chiqardingiz?
ch
sh
q
p
n
b
r
n
q
r
l
r
y
a
Boshqotirma
«Qish» she’ridagi so‘zlardan foy-
dalanib, katakchalarni to‘ldiring.
20

BIZ — BUYUKLAR AVLODI
Amir Temur
Muhammad Ali
Amir Temur bobomiz bu
yuk davlat-
ga asos solgan. Ona yurtimiz Tur-
kiston diyorini butun dunyoga tanit-
gan. «Kuch — adolatda» so‘zlari uning
uzugida hamisha yar
qirab turgan.
Bobomiz millat, Vatan sharafini
ham ma narsadan baland qo‘ygan.
«Olamni adl va ehson bilan obod
etibmen», — de
gan. U bunyodkor,
ilm-fan homiysi va kuchli sarkarda
bo‘lgan. Zukko va donishmand Amir
Temur betakror siymodir.
21

Amir Temur o‘gitlari
1. Do‘stlik haqida:
œ
Yaxshini yomon kunda sina.
œ
Sodiq va vafodor do‘st o‘z do‘sti-
ni ranjitmaydi.
œ
Birliksiz kuch bo‘lmas.
2. Aql va adolat haqida:
œ
Kuch — adolatda.
œ
Oq bo‘lsang,
ont ichma.
œ
Qo‘rqmasang, yov qochar.
œ
Boshga qilich kelsa-da, rost so‘zla.
Savollar:
1. Amir Temur bobomiz ona yurtimiz
uchun qanday xizmatlar qilgan?
2. Amir Temur bobomiz nimani ham

ma narsadan baland qo‘ygan?
3. Siz kimni do‘st deb hisoblaysiz?
4. To‘g‘riso‘zlik deganda nimani tu

shunasiz?
22

G‘azal mulkining sultoni
Bobomiz Alisher Navoiy buyuk
shoir, olim va davlat arbobi bo‘lgan.
Besh-olti yoshida
yoq ko‘p she’rlarni
yod olgan.
Bobomiz bizga juda ko‘p asarlar
yozib qoldirgan. Bu ulug‘ zot shoir-
larning sultoni bo‘lgan.
Alisher Navoiyning hikmatli
so‘zlari
œ
Bilmaganni
so‘rab
o‘rgangan
olim,
orlanib so‘ra
magan o‘ziga
zolim.
œ
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
qat ra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
23

œ
Yaxshi kishi yomonlardan ham
yaxshi ligini ayamas.
œ
Yaxshilikni bilmasang, yaxshilarga
qo‘shil.
Savol va topshiriqlar:
1. Alisher Navoiy
haqida nimalarni
bilib oldingiz?
2. Alisher Navoiy aytgan hikmatli
so‘z larni yod oling.
3. O‘zingiz bilgan hikmatli so‘zlarni
ay ting.
Boshqotirma
Quyida berilgan mevalar rasmidan
foydalanib boshqo
tirmani yechsangiz,
maqolning davomini o‘qiysiz.
1
1
2
2
3
3
4
4
5
5
Aql yoshda emas — .
24
24

Alisherning yoshligi
Oybek
Kiyik Alisherni hidladi. Erkalanib
sur kaldi.
— Seni tanir ekan, qurmagur, xo‘b
o‘rga tibsan o‘zingga, — dedi bolalar-
dan biri.
— Rost,
qoyilman! — deya ma’

qulladi ikkinchi bola.
— Tog‘am, ermak bo‘lsin, deb
dashtdan olib kel
gan edilar. Mo‘-
mo‘, birpasgina jim tur, — dedi ki-
yik ni erkalab Alisher.
25

— Suluvligini qaranglar! Go‘shti
ham lazzat
lidur-a? Katta bo‘lsam
ovchi bo‘l
gumdir.
— Ov qilmoq, merganlik — ermak
narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat mak-
tabdir. Tur
mushning ko‘p sirlarini
maktab o‘rga
tadi, — dedi Alisher.
Savollar:
1. Alisherning do‘sti kim bo‘lishni
orzu qildi?
2. Alisher hayotda nimani zaruriyat
deb bildi?
3. Alisher va uning do‘sti fikrlarini
solishtiring. Siz nima deb o‘ylay-
siz?
Topishmoqlar:
œ
O‘rkach-o‘rkach tuyalar
Bir-biriga suyalar.
Qimir etmas yil, asr,
Bag‘rida xazina, sir.
œ
Oyna emas, jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
26

Non isi
(Rivoyat)
Bir kuni Husayn Boyqaro:
— Dunyodagi eng xush
bo‘y nar-
sani kelti
ring, — deb qo
libdi. Unga
dunyodagi jamiki xushbo‘y nar-
salarni keltirishibdi. Sulton:
— Yo‘q, — debdi.
Vazirlar nima qi
lishni bilmay, bosh-
lari qotibdi. Axiyri topol
mas dan
Alisher Na
voiyga murojaat qi lishibdi.
Navoiy saroyga bir savat non olib
borishni maslahat beribdi.
— Rahmat, do‘stim, — debdi
Hu

sayn Boyqaro, — yangi yopilgan non
isini istayot
gan edim, topib aytibsiz.
Savollar:
1. Husayn Boyqaro nima keltirishni
buyurdi?
2. Navoiy vazirlarga qanday maslahat
berdi?
3. Non haqida qanday maqol va hik-
matli so‘zlarni bilasiz?
27

Abu Ali ibn Sino
Ibn Sino dunyoga mashhur hakim
va olimdir. Asli ismi Husayn bo‘lgan.
Yoshligidan ilmga, tabobatga juda
qiziq qan. Bobomiz o‘z kitoblari bilan
dun yo tibbi
yot ilmi
ga asos solgan.
Abu Ali ibn Sino davolayotgan
bemorla riga shunday degan: «Biz
uch tarafmiz — men, sen va kasal-
lik. Agar sen men tarafga o‘tib olsang,
u
yengiladi. Agar u tomonga o‘tib
olsang, ikkalangni yengi
shim qiyin».
Savollar:
1. Abu Ali ibn Sino haqida nima

larni bildingiz?
2. U kishi bemorlarga nima degan?
28

Kitobga mehr
Mirkarim Osim
Husayn ertalab bo
zor ni aylanib
yurgan edi. Ko‘zi kitob ushlab tur-
gan bir kampirga tushdi.
— Onajon,
kitobin
g iz ni soturmisiz?
— Ha, juda yaxshi kitob.
Yigitcha bor puliga ki
tobni sotib
oldi. Uni varaqlay boshladi. Bu ki-
tobda Hu
saynni qi
ziqtirgan savollar-
ga javob bor edi. Husayn bu kitobni
kechasi bilan uxlamay o‘qib chiqdi.
Savollar:
1. Husaynning kitobni yaxshi ko‘ri-
shini ni
madan bilib oldingiz?
2. Siz qanday kitoblarni o‘qishga
qizi qasiz?
Topishmoq:
œ
Qat-qat qatlama,
Aqling bo‘lsa tashlama.
29

Buyuk munajjim
Mirzo Ulug‘bek ham podshoh,
ham olim edi. U kishi Amir Temur-
ning neva
rasi bo‘lgan.
Mirzo Ulug‘bek o‘n besh yoshidan
boshlab podshohlik qilgan. Qirq yillik
podshohlik davrida ko‘p savob ish-
larni amalga oshirgan. Samar
qandda
rasad xona qurdirgan. Rasad
xo nada
osmon, oy, yul
duz lar kuzatilgan.
Shu ning uchun u kishini buyuk mu

naj jim, olim va shoh deyishadi.
Savollar:
1. Mirzo Ulug‘bek kim bo‘lgan?
2. Ulug‘bek bobomiz qanday ish-
larni amalga oshirgan?
30
30

Shoh va shoir
Bobur Mirzo Andijonda tug‘ilgan.
Uzoq yillar Hindistonda shohlik qil-
gan. Bizga ko‘p kitoblar yozib qol

dirgan. Shuning uchun ham uni
shoh va shoir deyishadi.
«Boburnoma» kitobida bobomiz o‘z
boshidan o‘tkazgan voqealarni yoz-
gan. Shuningdek, unda tog‘lar, gul

lar, qushlar, hayvonlar haqida ham
o‘z fikrlarini yozib qoldirgan.
Savollar:
1. Bobur Mirzo haqida nimalarni bilib
oldingiz?
2. «Boburnoma» kitobida nimalar
haqida yozilgan ekan?
31

Ona sabog‘i
G‘iyos Komilov
Yoz oxirlab borayotgan damlar.
Os mon ko‘z
guday tiniq,
mu
saffo.
Yetti yashar mitti Zahi
rid din onajo-
nisi ning yon
gina si da. Ona-bola o‘z-
aro suhbat
lasha dilar. Ho
zir farzandi
de razadan ko‘k
ka boqib qolgan edi.
U osmondagi
uyum-uyum
pax
tani
eslatuvchi bulutlarga javdirab qarardi.
— Onajon, — dedi jajji Bobur, —
bulutlarni qo‘l bilan ushlab bo‘la

dimi?
— Bolajonim! — jilmaydi onasi. —
Momiq emaski,
qo‘l bilan tutib
bo‘lsa. Ular suv zarralari-ku. Faqat
bug‘ holatida. Bug‘lardan esa bulut-
lar paydo bo‘ladi. Ular yomg‘ir yoki
qorga aylanib yog‘a
yotgan da gina
qo‘lingizni tutsangiz.
— Ha-a-a, angladim, angladim.
32
32

Savollar:
1. Bobur onajonisiga qanday savol
berdi?
2. Onasi nima deb javob qildi?
Onaning javo
bini kitobdan o‘qib
bering.
3. Bulutlar qanday paydo bo‘lar
ekan?
Topishmoqlar:
œ
Tikuvchiga o‘rtoq o‘zi,
Bittagina jajji ko‘zi.
œ
Yoz, kuz bo‘yi chirqillab,
Don tashiydi pirillab.
Tez aytish:
œ
Eshik oldida buloq,
Buloqdan suv ichar uloq,
Uloqcha — uzun quloq.
2# O4qish kitobi, 1- sinf
33

BO‘LIM YUZASIDAN TAKRORLASH
Boshqotirma
Katakchalarni to‘g‘ri to‘ldirsa-
ngiz, Amir Temur amal qilgan hik-
matli gap kelib chiqadi.
Darslikdagi qaysi matnda yuqorida-
gi hikmatli gap aytilgan?
8
3
2
9
4
5
6
1
7
10
11
Savol:

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
34

Boshqotirma
Katakchalarni to‘g‘ri to‘ldirsangiz,
«alloma» so‘zi kelib chiqadi.
2
3
6
5
4
Savol va topshiriqlar:
1. Bu bo‘limda kimlar haqida o‘qidik?
2. Amir Temur o‘gitlarini ayting.
3. Amir Temur bobomizning uzugida
qanday so‘zlar yozilgan ekan?
4. Alisher Navoiy haqida nimalarni
bilib oldi
ngiz?
5. Ibn Sino nima larga qi ziqqan ekan?
6. Ulug‘bek bobomiz kim bo‘lgan?
7.Bobur onasidan qanday saboq
oldi?
1 2
3 4
5
6
1
35

KO‘KLAM — YASHNAYDI OLAM
u
She’rni ifodali o‘qing.
Savol:
Bahorda tabiatda qanday o‘z
ga –
rishlar bo‘ladi?
Bahor kelgach
Tursunboy Adashboyev
Qish qorini supurdi,
Quyosh nurin ufurdi,
Yalpiz hidi gupurdi
Bahor kelgach.
Chaqmoq ko‘kda yong‘oq chaqdi,
Qizg‘aldoqlar selda oqdi,
Mayin shamol
Bizga yoqdi
Bahor kelgach.
36
36

Lola
Hamid Olimjon
Lola bog‘chaga chiqib
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak to‘pladi,
Har kungidan mo‘l terdi.
Sochiga gul bog‘ladi,
Chakkasiga taqdi gul.
Yelkalaridan tashlab
Gulga ko‘mildi butkul.
So‘ngra uyga keldi-yu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprigi yumildi-yu,
Gul kabi uxlab qoldi.
u

2020-2021 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 1-11-sinf tarbiya, 10-11-sinf dunyo dinlari tarixi,8-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)

SHUHRATBEK.UZ > MAXSUS > 2020-2021 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 1-11-sinf tarbiya, 10-11-sinf dunyo dinlari tarixi,8-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)

2020-2021 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 1-11-sinf tarbiya, 10-11-sinf dunyo dinlari tarixi,8-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)

On 21.08.2020 By shuhrat In MAXSUS 0 fikr

O’XSHASH MAVZULAR:

Bola tarbiyasidagi 4 bosqich
TARIX FANIDAN VIKTORINALAR
Ota-onalarga xos odatiy xatolar
Bola tilidan: Tarbiyaning 21 qoidasi
Qiz tarbiyalayotgan otalar uchun 7 maslahat
Fan oyliklarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Tarbiyadagi 6 ta kechirib bo‘lmas xato
Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)

2017-2018 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (Tarix fanidan ham taqvimiy-mavzu rejala.

Yosh boladan mas’uliyatni talab qilish kerakmi?
Bolani jazolash o‘rnini bosadigan 5 ta usul
Farzandingizni kitob bilan do‘stlashishiga harakat qiling!
10-11-sinflar uchun ayrim fanlardan homaki yillik dars ishlanmalar jamlanmasi
Bolaning aqlini charxlash
O‘smirlar bilan murosa qilishning 4 yo‘li
Qo‘rqoq, arazchi, yolg‘onchi bolakaylarni qanday tarbiyalash kerak?
Maktab o‘rgatmaydigan 5 ta ko‘nikma
O‘qishni istamaydigan bolalar bilan qanday yo‘l tutish lozim?
Tarbiyaning turli uslubi: to‘g‘risi qaysi?
Taqvim-mavzu rejalar
O’qituvchilarning jamiyatdagi obro’sini tiklashga qaratilgan qaror qabul qilindi
Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari
Kitob – Yangi yil uchun eng yaxshi sovg’a

2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo din.

About shuhrat

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Bo’limlar

  • “Ming bir hikmat” videojamlanmalar (1)
  • Attestatsiya savollari (2)
  • Davlat dasturlari (3)
  • DTS va o’quv dasturlari (1)
  • Elektron kutubxona (3)
    • Elektron tarixiy kitoblar (2)
    • E’lonlar (5)
    • Radio (1)
    • Savol-javoblar (2)
    • Yevropa mamlakatlari (1)
    • Dars ishlanmalar (10)
    • Ibratli hikoyalar o’qituvchilarga (2)
    • Ilg’or texnologiyalar (1)
    • METODIKA (32)
      • TA’LIM METODLARI (23)
      • 1)Darsning tashkiliy qismi uchun tavsiya (2)
      • 2)O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
      • 3)Yangi mavzuni bayoni uchun tavsiya (1)
      • 4)Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
      • 6)Uyga vazifa uchun tavsiya (7)
      • 7)O’quvchilar uchun RAG’BAT kartochkalar (3)
      • “Interaktiv taqdimotli o’yinlar” (4)
      • Fanlardan taqdimotlar (4)
      • Taqdimot shablonlari (2)
      • “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (12)
      • “Fan olimpiadasi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (13)
      • ALLOMALAR (18)
      • Bahorgi ta’til topshiriqlari (7)
      • Foydali maslahatlar (2)
      • Ibratli hikoya (2)
      • Krossvordlar (6)
        • Huquq fanidan krossvordlar (2)
        • ONLINE TESTLAR (6)
          • 8-sinf O’zbekiston tarixi: Online test savollari (5)
          • 6-sinf tarix: Yopiq test savollari. (5)
          • Buxoroning tarixiy obidalariga virtual sayohat (10)
          • Samarqandning tarixiy obidalariga virtual sayohat (18)
          • Toshkentning tarixiy obidalariga virtual sayohat (2)
          • Xivaning tarixiy obidalariga virtual sayohat (9)
          • Bolam baxtli bo’lsin, desangiz… (7)
          • Ibratli hikoyalar ota-onalar uchun (2)
          • Tarbiya (16)
          • ENG-ENG-ENG… (1)
          • Siz buni bilasizmi? (13)
          • Tarix fanidan videojamlanma (7)
          Mart 2023

          Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
          « Apr
          1 2 3 4 5
          6 7 8 9 10 11 12
          13 14 15 16 17 18 19
          20 21 22 23 24 25 26
          27 28 29 30 31

          Arxivlar

          Yangi sharhlar

          • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
          • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
          • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
          • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Nozima “ga
          • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” shuhrat “ga
          • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” Charosxon Voxidova “ga

          Boshqaruv paneli

          © 2016-2021 yil Sh.Nurg’oziyev ishlanmasi

          Ushbu veb-sayt O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Sayt materiallarini ko`chirib olib, ruxsatsiz chop etish qat`iyan ta`qiqlanadi. Veb-sayt mobil telefon, planshet, kompyuter va boshqa shunga o’xshash uskunalar orqali foydalanishga moslashtirilgan.

          Saytimiz mehmonlari! Sizlardan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrlaringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich

          Yangi fikrlar

          • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
          • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
          • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga

          Murojaat qiling:

          • Jizzax v, Do’stlik tumani
          • Telefon: + 998 (94) 918 02 27
          • Email: Shuhratbek.uz@umail.uz