6-sinf adabyot savol javob
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
6sinf ona tili 6-topshiriq. Uyga vazifa. Yurmoq, o’chirmoq, toxtatmoq, yetmoq fe’llarining nisbat shakllarini aniqlang va ular ishtirokida gaplar tuzing
7-mashq. Akademik Azim Hojiyev haqida berilgan ma’lumotlar bilan tanishing. Ushbu ma’lumotlar asosida ,,Taniqli o’zbek tilshunosi” mavzusida matn tuzi … ng. 1933-yilda Toshkentda tug’ilgan; • 1951-1956-yillarda hozirgi OʻzMU (so- biq ToshDU) filologiya fakultetida tahsil olgan; filologiya fanlari doktori (1968), profes- sor, O’zFA akademigi (2001); fe’lshunos olim; 15 ga yaqin monografik asarlar, darslik- lar, lug’atlar muallifi.
Yuqoridagi matnning davomini o’qing. Matndan olgan ma’lumotlaringiz asosida reklama tarixi haqida kichik nutq tayyorlang.
5. O’ylang va toping, Gapiring. Markaziy Osiyo davlatlari va tillari 1-Qozog’iston Respublikasi/qozoq tili to fol
Savol va topshiriqlar 1. Matndan sifatlarni topib, daftaringizga ko’chiring. 2. Siz ham onangiz, opangiz yoki buvingizga „Tabriknoma yozing. 3. Nima u … chun qizchaga hech kim e’tiroz bildirmadi? Siz nima deb o’ylaysiz? помогите пожалуйста срочно
6-sinf adabyot savol javob
- Insonni uning ma`naviy olamini kashf etadigan alohida bir vosita borki,u ham bo`lsa so`z san`ati,badiiy adabiyotdir Adabiyot haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim ? J: Islom Karimov
- Kimlarni inson ruhining muhandislkari deb atashadi ? J: Shoir yoki yozuvchilarni
- Adabiyotni Islom karimov qanday tariflagan ? J: Insonshunoslik
- Adabiyot yashasa millat yashaydi. Adabiyot haqida aytilgan fikr muallifi kim ? J: Cho`lpon
- G`afur g`ulom qachon qayerda tug`ilgan ? J: 1903 yilda Toshkentda Qo`rg`ontegi mahalllasida
- G`afur G`ulom shum bola qissasini qachon yozgan ? J: 1936-yilda
- G`afur G`ulom shum bola asarini qachon qayta ishlagan ? J: 1960-yil
- Shum bola qissasi haqida kim …shum bola qissasining III qismi yozilayotganda Men G`afur akanining yonida edim. Qissani tezroq yozdirish uchun >dan meni G`afur akaning uyiga >qilishgan edi deb yozadi ? J: Said Ahmad Yo`qotganlarim va topganlarim asarida
- G`afur G`ulomning xotinining ismi nima edi ? J: Muxarram opa
- G`afur G`ulomning o`g`lining ismi nima edi ? J: Jo`raxon
- G`afur G`ulom Sog`inish sherini kimga bag`ishlagan ? J: frontda xalok bo`lgan o`g`li Jo`raxonga
- …ha ,bolam ota-ona dunyoga mo`rt keladi .Endi bitta ona topsang bo`ldi.Ota o`z oyog`I bilan keladi. Degan parcha Said Ahmadning eslashiga qaraganda qaysi asardan parcha edi ? J: Shum bola
- Shum bola qissasining birinchi sahifasidan boshlab stenografiyasiuni kim yozib olgan ? J: Shoahmad Shorahmedov
- G`afur G`ulom Shum bola asarini necha yil ishlagan ? J: 25 yil
- G`afur G`ulom Shum bola asarini yozib bo`lar ekan kimga …. Bu yog`ini endi sizlar yozasizlar .Sen yozasan Shum bola endi akademik,laureate,deputat deb aytadi ? J: Said Ahmadga
- Sariboy bo`lis qaysi asar qahramoni ? J: Shum bola
- Bo`lis G`ozi qaysi asar qahramoni ? J: Muqimiy Sayohatnomasi
- Shum bola qissasida qahramon o`zini qanday kishi deb tariflaydi ? J: Oshtomog`iga yuradigan arzonqo`l
- Shum bola Sariboy bo`lisning uyiga borganda unga kim yo`l ko`rsatgan edi ? J: Uzumchi
- Shum bola sariboyning xizmatkorlari yotadigan qo`shxonaga borganda u7ning xizmatkorlari nima yeb o`tirgan edi ? J: Juvari go`ja
- Avrodchi so`zining ma`nosi nima ? J: duolar o`quvchi
- Sariboy bo`lis Shum bolaga qancha xizmat haqi to`lar edi ? J: 2 pud 17 qadoq
- Shum bola asarida Sariboyga pul kerak bo`lib qolsa olmalarni qayerga olib borib sotishardi ? J: Darvoza . Deb tunashga ruxsat so`raydi ? J: Shum bola
- Tuyaning suti nima deyiladi ? J: QImron
- Qaysi asar qahramoni o`z holatini tasvirlar ekan …o`sha kezlardas mening peshonam sho`r edi.Qayoqqa bormay bozorning ustidan chiqardim. Deb yozadi ? J: Shum bola
- Shum bola sariog`ochda olmalarini qanchaga pullaydi ? J: 6 tanga 1 miri
- Shum bolada bola bozrda nimaga xaridor bo`lganda so`kish eshitib oladi ? J: Tunuka vannaga xaridor bo`lganda
- Shum bolada bola Omonni qayerda uchratib qoladi ? J: qo`y bozorida qo`yga xaridor bo`lib turganda
- Shum bola nimalarga xaridor bo`ladi ? J: Tunuka vannaga,qunduz yoqali bobrik paltoga,qo`yga
- shum bola asarida …chang bosgan kipriklar tagidagi qo`y ko`zlar. Yo`lning chang-g`ubori qoqilmagan namatday qilib yuborgan qahramon kim ? J: Omon
- zaynab va Omon ertak-dostoni kimniki ? J: Hamid Olimjon
- shum bola omon bilan uchrashganda omonning egnida nima bor edi ? J: Qozoqi chakmo
- qozoqi ot detail qaysi asarda ? J: uluqda hikoyasida
- shum bola Omonni tariflar ekan omondagi nimalarni menga tanish emas deydi ? J: qozoqi chakmonini, teskari ag`darilgan telpagini,qo`lidagi boshi cho`qmor kaltagini
- …ishni qidirib yurmaydilar,ish degani oyoqning ostidan chiqadi o`rmalab.. d egan fikrlar qaysi asarda uchraydi ? J: Shum bolada bir chol
- Shum bola nimani …ovqatlar ichida xushhazm deb ataydi va u hunar ko`rsatmoqda edi deb aytadi ? J: Mushak sabzini
- Shum bola asarida sabzichi boy nimani …boshi toshdan bo`lgur,ota meros deb ataydi ? J: SIgirini
- Qaysi asarda sigirni bulbul deb o`ylashar edi ? J: Bulbul ertagida
- Shum bola da …samavarning jig`illaganiga quloq solib,mehmonlarning gapini tinglab o`tirishni yaxshi ko`rar edi deb kim tariflangan ? J: Omon
- Ola sigir detail qaysi asarda ola ho`kiz qaysi asarda ? J: Shum bola va O`g`ri hikoyasida
- Qaysi asarda sigirni … g`oshting ola qarg`aga xomtalash bo`lgur deb qarg`ash epizodi uchraydi ? J: Shum bolada
- Sangob nima ? J: teri oshlash uchun qilinadigan qum yoki ohak eritmasi
- Qaqysi asar qahramonining charchash holati … it quvlagan tulkiday deb tariflanadi ? J: Shum bolaning
- Shum bola asarida shum bola tilidan …omonning baxtini kunlashar edim degan so`z uchraydi uning ma`nosi nima ? J: hasadim kelardi,rashkim kelkardi
- Xizmatga qoim so`zining ma`nosi nima ? J: xizmatga tayyor
- Maslahatli to`n tor kelmas maqoli qaysi asarda uchraydi ? J: Shum bolada
- Muzd so`zining ma`nosi nima ? J: xizmat haqi tyo`lov
- Egasi yo`q mol afandiniki maqoli qaysi asarda uchraydi ? J: Shum bolada
- O`z xizmatkorlariga shirqo\voq ovqatini olib kelgani ,qovoqnining mo`jiza ekani ni maqtab-maqtab,buni ichgan kishi do`zax betini ko`rmasligi haqida gapirib bergan xo`jayin qaysi asarda ? J: Shum bola
- Eshak so`yib korafta bo`lgan qahramon ? J: Shum bola
- Korafta so`zining ma`nosi nima ? J: tajribali,ko`pni ko`rgan
- Sallox so`zining ma`nosi nima ? J: qassob,teri shiluvchi
- Tuyani shamol uchirsa echkini osmonda ko`r,yo`g`on cho`zilguncha ingichka uziladi maqoli qanday ma`noni beradi ? J: bir falokat hammaga har xil ta`sir qiladi
- G`afur g`ulom necha yoshida otasidan yetim qoladi ? J: 9 yoshida
- G`afur g`ulom necha yoshida onasidan yetim qoladi ? J: 15 yoshga yetmay
- Shum bolaning Yoshi nechchida edi ? J: 14 yosh
- Yana qaysi asar qahramoni 14 yosh edi ? J: Helladosda yanguli
- Shum bola asarida bola nega uydan chiqib ketadi ? J: Onasini xafa qilgani va biror oy pul topib kelish uchun
- Shum bolaning sarguzashtlari qayerda bo`lib o`tadi ? J: Toshkent va uning atrofidagi qishloqlarda
- Pochchasining avaylab boqadigan qimmatbaho qushlariga suzma,qatiq berib o`ldirib qo`ygan qahramon kim ? J: shum bola
- Shum bola asaridfa shum bolani kim to`g`ridan –to`g`ri o`g`irlikka chorlaydi ? J: Eshon ikkiyuzlamachi
- Oyoq-qo`ling chaqqon,epchil yigitsan.Sen ham axir qarab turmasdan ,boshqacharoq yo`l bilan bo`lsa ham tirikchilikning payida bo`lsang-chi …axir kissa-karmon degan narsalar bor Naqdina pul ham yengil,ham ko`tarishga oson. So`zlarni shumbola qissasida qaysi qahramon aytadi ? J: Eshon
- Eshon laqabli eshak qaysi asarda ? J: Susambil
- Shum bola qissasida qishloqning chekkasidagi xarobani nashavand bangilar yig`iladigan takyaxonaga aylantirigan qahramon kim edi ? J: Hoji bobo
- …biroq shunisi muhimki,G`afur G`ulom nursiz,qabohat va jaholatga to`la muhitni yosh bola nigohi orqali rang-barang mazmunga to`la holda tasvirlaydi. Gap adibning qaysi asari haqida ketmoqda ? J: Shum bola
- Shum bola asarida bolaning Sariboyni mot qilish usuli nimaning mahsuli sanaladi ? J: Sharq xalqlari og`zaki ijod namunasi ertakni
- Biron voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo`q tafsilotlar orqali bayon qilish usuli qaysi ertakda uchraydi ? J: 3 yolg`onda qirq yolg`on
- Shum bolaning yolg`oni nimadan boshlanib,nimada tugaydi ? J: dandon sopli pichoq sinishidan boshlab Bo`riboyvchchaning o`limi bilan
- Turob to`la qachon qayerda tug`ilgan ? J: 1918-yil Janubiy qozog`istonning Turbat qishlog`ida
- Turob to`la ijodiy faoliyatini necha yoshida boshlagan ? J: 15-16
- Yana qaysi adib ijodini 15 yoshida boshlagan ? J: Asqad Muxtor
- Turob to`la ijodini qaysi janrdagi asar yozish bilan boshlagan ? J: sherlar bilan
- Turob to`laning ilk to`plami qaysi ? J: 1939-yil Sherlar
- Ikkinchi jahon urushi yillarida Turob to`laning qaysi asarlari bosmadan chiqqan ? J: Shodligim ,Tabassum
- Ularda joy olgan aksariyat asarlarda barcha xalqlar qatori o`zbek xalqining ham ko`nglida to`lib-toshib yotgan fashizmga nafrat ,tinch va osoyishta hayotni qo`msash ,urushga ketgan farzandlarni sog`inish kabi badiiy ifodalarni kuzatish mumkin. Gap turob to`laning qaysi to`plamlari haqida ? J: tabassum ,Shodligim
- Turob to`laning sheriy to`plamlari qaysilar ? J: Baxt tongotari,Muborakbod,qanotlan qo`shiqlarim,tanlangan asarlar,Bolalr dostoni,Oromijon,Gulyor,Oftob nayzada
- Zamondosh o`zbek san`ati namoyandalariga bag`ishlangan Turob to`la asari qaysi ? J: Nafosat
- Turob to`laning adabiy portret va xotiralar kitobi qaysi ? J: Kamalak
- Turob to`laning Qanotlan qo`shiqlarim to`plamidan o`rin olgan sherlari qaysilar ? J: Hayo bilan,Sunbula,Ko`chalar,Do`ppi tikdim,Sartarosh qo`shig`i
- Qaysi o`zbek adibi zamonaviy o`zbek qo`shiqchilik san`ati rivojiga salmoqli hissa qo`shgan ? J: Turob to`la
- Turob to`laning ssenariysi asosida yaratilgan filmlar qaysi ? J: Shashmaqom,Maftuningman,Furqat
- Turob to`laning pyesalari qaysi ? J: Qizbuloq,Nodirabegim,Momo yer
- Turob to`laning opera librettolari qaysilar ? J: zulmatdan ziyo,Malikayi ayyor
- Turob to`laning balet librettosi qaysi ? J: Samarqand afsonasi
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
6 sinf ona tili uyga vazifa javoblari
Foto: Jonibek Qo‘zimurodov / O‘zA
2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berish va baholash bekor qilinadi. Qolaversa, ushbu darslikdan yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti tugatiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tez o‘qish talabi qo‘yilmaydi. Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva yangi tartiblar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Кириллчада 10 fevral 2022, 19:02 Jamiyat
2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifalar olib tashlanadi hamda ularni baholash bekor qilinadi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.
Uyga vazifalarning olib tashlanishiga avvalo sabab ularning amalda samarasiz topshiriqqa aylangani, qolaversa, darslardan charchab borgan quyi sinf o‘quvchilari uyda ko‘proq dam olishlari lozimligi keltirilgan.
Qolaversa o‘quvchi bajarib kelgan uyga vazifalar yo‘l-yo‘lakay tekshirilayotgani yoki deyarli tekshirilmayotgani, o‘quvchi xato va yutuqlarini yetarli anglab olishi uchun vaqtning yetishmasligi hamda o‘quvchilar “a’lo” baho olish uchun vazifalarni ko‘r-korona ko‘chirib kelish holatlari ko‘paygan.
“Uy vazidalar baholanmaydi degani bu bola uyda umuman dars qilmaydi degani emas. Fan dasturiga ko‘nikmalarni shakllantiruvchi ayrim loyihaviy topshiriqlar kiritilgan. Ota-onasi va yaqinlaridan tegishli mavzularda ma’lumot olib kelish, do‘stiga tabrik xati yozish kabilar shular jumlasidandir”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, endi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga sinflar kesimida o‘qish tezligi bo‘yicha ma’lum miqdordagi so‘zni o‘qishi kerak degan talab qo‘yilmaydi. Boisi o‘quvchilar uchun matnni o‘qish tezligi emas, uni tushunish darajasi birlamchi ko‘rsatkich sanaladi.
Bundan tashqari, “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi bo‘yicha choraklik baholarni kundalik olingan baholarga qarab, yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti bekor qilinadi.
“2022−2023-o‘quv yilidan boshlab kundalik yig‘ilgan baholar choraklik bahoga ta’sir qilmaydi. Chunki kundalik baho rivojlantiruvchi ahamiyatga ega, choraklik baho esa erishilgan marrani tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu ikki baholashni o‘zaro qorishtirish sifatga ta’sir qiladi”, — deya ta’kidlangan brifingda.
Respublika ta’lim markazi bahoga jazo yoki rag‘bat quroli emas, rivojlantirish vositasi sifatida qarash kerakligini qayd etdi. Bolalarni baho bilan qo‘rqitishni bas qilish, ularga imkon qadar past baho qo‘ymaslik, toki topshiriqni yaxshi bahoga bajarib kelmaguncha baholamay turish tavsiya qilindi.
«Газета.uz» 2 263
- # dtm
- # ona tili va o‘qish savodxonligi
- # respublika ta’lim markazi