Press "Enter" to skip to content

6-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma

“Aqliy hujum” metodi.

4-sinf ona tili fanidan “Sifat soʻz turkumini oʻtish uchun” mavzusida dars taqdimoti

Sekin, bepoyon, ayyor, qiyg’os, tasodifan, ulkan, shod, zimdan, tasodifiy, suluv, yaxshilik, qahramon, kar, zo’rg’a, chuchmal, sal-pal, olg’a, bulturgi, achigan, kerakli, maqtanchoq, donolik, nari-beri, nohaqdan-nohaq, ochiq-oydin, pishgan, pushti, chiroy, uchuvchi, dastavval, oyday, keyin, yalanglik, egri-bugri, chanqovbosdi, chalqancha, qasddan, quvurilgan.

  • bepoyon
  • ayyor
  • ulkan
  • shod
  • tasodifiy
  • suluv
  • kar
  • chuchmal
  • bulturgi
  • kerakli
  • maqtanchoq
  • pushti
  • egri-bugri
  • chanqovbosdi

Sifatlar zanjiri

Oq, qora, aqlli, inoq, qo’ng’ir, rasvo, olijanob, bahodir, razil, loqayd, davlatmand, dono, orasta, achchiq, qimmatbaho,

TO’G’RI VA CHIROYLI YOZAMIZ!

  • Olijanob
  • Qaqshatqich
  • Ilma-teshik
  • Hurkovuch
  • Ahmoq
  • Harom-xarish
  • Ko’ylakchang

X O T I R A M A SH Q I

fast – chaqqon

lazy – dangasa

sweet – shirin

round – dumaloq

easyoson

pink – pushti

fast – chaqqon

lazy – dangasa

sweet – shirin

round – dumaloq

easyoson

pink – pushti

Quyidagi sifatlarni o’z va ko’chma ma’nolarida qo’llab so’z birikmalari tuzing.

Otlashgan sifat qatnashgan gaplarni toping.

  • Senga o’xshash bilmasvoy bolalarga ketgan vaqtimga achinaman.
  • Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, Yomonning yomonligi tegar tor yerda.
  • Achchiqni achchiq kesar.
  • Avtomashina uzoqni yaqin qiladi.
  • Ko’pni ko’rgan otaxonlardan so’rash kerak.
  • Donoga ishorat, nodonga kaltak.
  • Og’ir ko’tarma, bolam.

Tezkor savollarga javob bering!

  • Asaldan shirin, Zahardan achchiq?
  • Sifat tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
  • “ Taxir dori” so’z birikmasidagi sifatning ma’no guruhi?
  • “ Oqsoqol” qo’shma sifati qaysi so’z turkumlaridan yasalgan?
  • Quyidagi gapdagi otlashgan sifatlar miqdorini toping: Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga.
  • “ Sifat” so’zining har bir harfiga muvofiq 5 ta sifat so’z turkumiga mansub so’z ayting.
  • “ Gajir” so’zining ma’nosi?
  • -gi, -ki, -qi qo’shimchalari qanday ma’noli sifatlarni hosil qiladi?
  • Boshlang’ich sinfda “sifat” atamasi nechanchi sinfdan kiritiladi?
  • “ Burni ko’tarilgan” frazeologik birligiga antonim sifatni ayting.
  • Sifatlar yasalishiga ko’ra necha xil?
  • “ Achchiq-chuchuk” so’zi qaysi so’z turkumiga mansub?
  • Katta-kichik besh o’rtoq, Uyushsa bo’lar to’qmoq.
  • Sifatning so’roqlari?
  • “ Achchiq gap” so’z birikmasidagi sifatning ma’no guruhi?
  • “ Tepakal” qo’shma sifati qaysi so’z turkumlaridan yasalgan?
  • Quyidagi gapdagi otlashgan sifatlar miqdorini toping: Yomon kishidan yaxshilik kutma.
  • “ Sifat” so’zining har bir harfiga muvofiq 5 ta sifat so’z turkumiga mansub so’z ayting.
  • “ gungurt ” so’zining ma’nosi?
  • -iy, -viy qo’shimchalari qanday ma’noli sifatlarni hosil qiladi?
  • 1-sinfda sifat so’z turkumi qanday nom bilan o’rganiladi?
  • Sifatlar tuzilishiga ko’ra necha xil?
  • 4-sinf “O’qish kitobi”dagi Yusuf Xos Hojibning “Bahor ta’rifida” rivoyatidan olingan parchani o’qing. Undagi sifat so’z turkumiga mansub so’zlarni topib, ma’no guruhini aniqlang.

BAHOR TA’RIFIDA Yusuf Xos Hojib

Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni bezamoq uchun firdavs yo’lini ochdi.

Oq rang ketib, bo’z yerni alvon rang qopladi, olam o’ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi.

Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi, musaffo bahor yana o’z hukmiga kirdi. Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to’n kiydi, oq, sariq, ko’k, qizil rangli harir yopinchiqlar bilan bezandi.

Bo’z yer yuziga yashil parda tortdi, go’yo xitoy karvoni ipak matolarini har tomonga yoydi. Dala-tuz, tog’, o’nqir, past-baland qirlar ko’k va alvon rangga ko’milib burkandi. Turli-tuman chechaklar qiyg’os ochildi, olam ichi ifor va kofur isi bilan to’ldi. Dimog’larni chog’ qiluvchi sabo yeli ko’tarildi, butun olamga mushk-anbar hidi taraldi.

P a l i n d r o m

6-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma

Darsning ta’limiy maqsadi: sifatlarning yasalishi, sifat yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda oilaga va ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, insonparvarlik xususiyatlarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish.

Darsning jihozi: sinf taxtasi, darslik, elektron darslik, rangli rasmlar, flomaster, gul, kompyuter.

Darsning usuli: “Aqliy hujum”, “Tushunchalar tahlili” usuli

Mashg‘ulot “Bahor valsi” kuyi bilan boshlanadi. Salomlashilgandan so‘ng uyga vazifa tekshiriladi. “Tong” mavzusidagi matnni o‘qib berish bilan dars davom etadi.

Tong.

Tonggi shudring, tonngi shabada, tonggi shabnam – soflik ramzi. Quyosh nurlarning porlab turishi hayotning yer yuzida davom etayotganidan darak beruvchi elchidir. Maysalarning, gullarning, barglarning ustiga tushgan shudring tomchilar olmos kabi yaltirab, ko‘ngilni shod etadi…

O‘quvchilar matnni diqqat bilan eshitib, matnda keltirilgan sifatlarni eslab qilishga harakat qiladi. Matnni tuzishda ijodkorlik bilan yondashib, badiiy so‘z san’atidan mohirlik bilan foydalana olgan va matndagi sifatlarni yaxshi eslab qolgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladilar.

“Aqliy hujum” metodi.

Sinf o‘quvhilari bunda gurhularga bo‘linadi, o‘tilgan mavzulari yuzasidan har bir guruhga 2 tadan savol beriladi. Savollar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

1-guruh: Qanday so‘zlar sifat so‘z turkumiga oid bo‘ladi?

Sifatlar gapda qanday gap bo‘lagi bo‘lib keladi?

2-guruh: Sifatlar qaysi so‘z turkumiga bog‘lanadi?

Mustaqil so‘zlar bilan yordamchi so‘zlar qanday farqlanadi?

3-guruh: Sifatlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?

Sifatlarning qanday turlarini bilasiz?

4-guruh: Qanday so‘z yasovchi qo‘shimchalarni bilasiz?

5-guruh: So‘z tarkibi nimlardan iborat bo‘ladi?

Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

“Aqliy hujum”dan so‘ng musobaqada faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. G‘olib guruh e’lon qilinadi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Zanjir” o‘yini o‘tkaziladi. Har bir guruh a’zosi o‘z ismlarining bosh harfi bilan boshlanadigan sifatlarga misollar topib, gulni bir-birlariga tezkorlik bilan uzatishadi. Ikkilanib qolgan yoki xato qilgan o‘quvchi zanjirni uzgan hisoblanadi va o‘yindan chetlashtiriladi. 2-o‘yin sifatlardan atoqli otlarga o‘tgan sifatlarga navbat bilan misollar keltirish.

(Davomini yuklab olish uchun)