Press "Enter" to skip to content

Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot

Har doim vaqt yo‘qligidan aziyat chekamiz. Ajabo, haqiqatda ham vaqtimiz yo‘qmi. yoki vaqtimizning qadriga yetmaganimizdan qiynalamizmi? Suhbatlarimizda, televizor oldida, ovqatlanishga, ko‘ngilxushlikka sarflagan vaqtimizni bir hisob-kitob qilsak, bir yilda bir necha ming soatning bekor o‘tib ketishi ma'lum bo‘ladi. Faqat televizor ko‘rishga ketkazadigan bir-ikki soatimizni kitob o‘qishga ajratsak, bir yilda eng kami 30-40 kitob o‘qishimiz mumkin. Televizordan olgan bilimlarimiz bilan kitobdan o‘rganganlarimizni solishtirsak, kitoblardan naqadar ko‘p foyda olganimizni guvohi bo‘lamiz. Demak, vaqt yo‘qligi emas, dangasalik bizning asosiy muammoimiz. Eng katta dushmanimiz bo‘lmish dangasalikni yenga olsak, hayotda bajara olmaydiganimiz ish qolmaydi. Shavq va g‘ayratni so‘ndiruvchi, baqalamun kabi turli ko‘rinishlarda chiqadigan tanballikni yengish eng buyuk g‘oyamiz bo‘lsin.

Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot

Asalari bilan inson bolasi o‘rtasidagi farq haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yigirma kunlik asalarini guldan gulga qo‘nib, asal yig‘ayotganini ko‘p ko‘rgandirsiz. Inson farzandi esa faqatgina ikki yoshdan oyoqqa turadi, gapirishni o‘rgana boshlaydi. 6-7 yoshida maktabga boradi. O'qishni, yozishni o‘rganadi. Litsey, universitetni tugatguniga qadar ko‘p o‘qiydi, o‘rganadi, intiladi, izlanadi. Chunki yashash uchun hayotni, insonlarni o‘rganishga muhtojdir.

Shaban Do‘yan

NIMAGA MUHTOJMIZ?

Asalari bilan inson bolasi o‘rtasidagi farq haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yigirma kunlik asalarini guldan gulga qo‘nib, asal yig‘ayotganini ko‘p ko‘rgandirsiz. Inson farzandi esa faqatgina ikki yoshdan oyoqqa turadi, gapirishni o‘rgana boshlaydi. 6-7 yoshida maktabga boradi. O'qishni, yozishni o‘rganadi. Litsey, universitetni tugatguniga qadar ko‘p o‘qiydi, o‘rganadi, intiladi, izlanadi. Chunki yashash uchun hayotni, insonlarni o‘rganishga muhtojdir. Foyda, zararni bilishga majburdir. Biroq asalari bolasi-chi? U asal yig‘ishni o‘rganishi uchun na o‘qishga, na oliy o‘quv yurtini bitirishga ehtiyoji bor. U dunyo hayotiga mukammal holda yuborilgan. Inidan chiqar chiqmas ishini boshlaydi. Biz esa yigirma kun yoki yigirma yil, umr bo‘yi o‘rganishga muhtojmiz. Shuning uchun beshikdan qabrgacha ilm olishga, o‘rganishga buyurilganmiz. Inson qobiliyatini bilim va tajriba bilangina oshiradi.

Bilim ozuqadir. Aql va qalb u bilan oziqlanadi.

Bilim muvaffaqqiyat. Bilimsizlik esa mag‘lubiyatdir.

Bilim jasoratdir. Bilimli kishi muammolarni jasorat bilan yengadi.

Bilim durbinga o‘xshaydi. Chigal masalalarni u hal etadi. To‘siq g‘ovlar ustidan uning yordamida oshib o‘tamiz.

Bilim nurdir. Yo‘limizni u bilan yoritamiz.

Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Bilimsiz inson o‘ziga eng katta yomonlikni qilgan bo‘ladi. Johil kishining tik tura olmaydigan qopdan farqi yo‘q. Sa'diy bilimsizlikni urush dovuliga o‘xshatadi. Ovozi baland ichi esa bo‘sh. Go‘zal tushunchalar, bilim javharlari bilan to‘ldirilmagan zehn sandiq foydasiz va zararli narsalar bilan to‘ladi.

Insonning qadri ilm bilan yuksaladi. Ilmli kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi.

Bilmaslik ayb emas, o‘rganishga intilmaslik aybdir. Ibn Mas'ud inson bilmaganini bilishi ham ilmdir, deydi. Chunki inson bilmaganini bilsa, o‘rganishga intiladi.

Falokatlarning ustidan bilim bilan ustun kelish mumkin. Hoji Bektosh Valiyning ifodasiga ko‘ra «Bilimsizlik bilan ketilgan yo‘lning oxiri hayrli bo‘lmaydi». G'alaba qozonish, muvaffaqqiyatga erishish, yuksalishni xohlaganlar ilmni mahkam ushlaydilar. O'rganish shavqida yonib kuymaganlarga esa «Dunyoni istagan ilm o‘rgansin. Oxiratni istagan ham ilm o‘rgansin», deb buyurgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Bilimning ahamiyatini naqadar ajoyib tushuntirganlar.

Ilm o‘rganish faqat maktabga xos emas. Maktab insonga kalit beradi. U kalit bilan ilm xazinalarini insonning o‘zi ochadi. Nima qilsa o‘zining g‘ayrati bilan amalga oshiradi. Maktabni bitirar bitirmas kitob daftarni bir burchakka uloqtirish katta xatodir. Holbuki, ilm olishning na yoshi, na vaqti, na joyi bor. Har yoshda, har yerda, hamma vaqt o‘rganiladi, ilm eng katta sarmoyadir, inson har yoshda, har yerda va har vaqt sarmoyasini ko‘paytirishni istaydi. Ilm bilan o‘zingizni tarbiyalang. Balki muammolarga duch kelarsiz. Ba'zi qiyinchiliklarni boshingizdan o‘tkazasiz, ammo unutmang: Har qanday qiymatli narsa osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi.

ENG BUYUK SHARAF

O'qish va o‘rganishdek sharafli va lazzatli narsa yo‘q. Ilk «O'qi» amri bilan boshlangan Qur'on, bilguvchilar va bilmaydiganlarni bir emasliklarini ta'kidlash bilan birga ilm egalarining darajalarini yuksalishining xabarini berishadi.

Inson bilimi bilan qadrlanadi. Hazrati Odam alayhissalomni farishtalardan ham yuksak maqomga ko‘targan sir ilm edi. Qur'onda o‘qish yozish quroli bo‘lgan qalam ulug‘lanadi, aynan unga va u yozgan satrlarga qasam ichiladi. Allohning qalam bilan qasam ichishi, qalamning inson hayotidagi o‘rni va qadri juda kuchli shaklda ifodalaydi.

Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bir kuni yonlaridagi Hilol ismli kishidan: «Qalaming bormi?» – deb so‘radilar. Yo‘q javobini eshitgach: «Qalamsiz yurma, ey Hilol. Chunki, ezgulik undadir. Qiyomatgacha unga sodiq bo‘lganlar chiqadi. Insonlar qalam ila yuksaladilar. Olim qo‘lidagi qalamning siyohi shahidning qoni bilan tengdir».

Yana Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ifodalariga ko‘ra, ilm egalari o‘liklar orasida yurgan tiriklar bilan tengdir. Zubayr Kuduzalp: «Bilimli inson quyoshga o‘xshaydi, kirgan joyini yoritadi», deydi. Ha, ilm qorong‘uliklarni yorituvchi mash'aladir. Qorong‘ulikda qolgan har bir kishi unga muhtoj. Yuksak pog‘onalarga ilm narvoni bilan chiqiladi. Taraqqiy etishni va kamolot topishni istasangiz ilmning etagini mahkam ushlang.

Hazrati Ali ilm xususida: «Ilm pastda turganlarni yuqori darajaga ko‘taradi. Bilimsizlik esa tepada turganlarni pastga tushiradi. Ilm mol-davlatdan ustundir, chunki boylikni sen asraysan. Ilm esa seni asraydi», deganlar.

Bu buyuk insonni Rasululloh sallolohu alayhi vasallam Ilm eshigi, deb ulug‘laganlar. Biz Allohning taqsimotiga rozimiz. Bizga ilmni, dushmanlarimizga dunyo molini berdi. Chunki, mol-davlat yo‘q bulguvchidir. Ilm esa abadiydir.

Foydali ilm o‘rgangan kishini o‘limidan keyin ham insonlar hurmat bilan eslashadi. Ilm abadiy tiriklikdir. Johil kishi tirikligidayoq o‘lik hisoblanadi. Bilimli inson Hayotdan ko‘z yumganidan keyin ham tirikdir!

ZAVQ MANBAI

Bu darajada ulug‘ va sharafli bo‘lgan ilmning zavq va lazzatini to‘liq his qilganimizda bir zum bo‘lsa ham o‘zimizni qo‘yishga joy topolmadik. Shuning uchun, ilmning zavqini bilganlar bu huzurni boshqa hech narsaga tenglashtira olmaydi. Kecha-kunduz demasdan butun umrlarini ilmga bag‘ishlaydilar. Hatto uxlashga, ovqatlanishga ketgan vaqtlarini katta yo‘qotish, deb biladilar. Chunki ilmning mazasini boshqa biror narsada topa olmaydilar. «O'qishni boshqa hech bir xazinaga almashtirmayman», degan Ye. Gibbon, har holda bu haqiqatni oz bo‘lsa-da ifodalay olgan. Mashhur Imom A'zamning yaqin shogirdi Imomi Muhammadning ilmga shu qadar baland ediki, o‘zini qo‘yarga joy topa olmas edi. «Ey podshoh va vazir farzandlari! Keling, siz ham jannat lazzatini totib ko‘ring!» – der edi. Vafotidan keyin uni tushida ko‘rgan bir do‘sti undan so‘radi: «Qanday jon berding?», «Ilmiy bir masala bipan shug‘ullanayotgan edim, jonimni qanday chiqqanini sezmay qoldim».

Buyuklar o‘qishni shirin meva, deb bilishgan. Toza, musaffo havoga o‘xshatishgan. U bilan nafas olib, ruhiy tushkunliklarini, dard-alamlarini, jahllarini unutishgan. Montesk «Chorak soatlik o‘qish bilan barcha tushkunlik va g‘amginligim tarqab ketadi» – deya shu haqiqatni e'tirof etgan edi. Qisqasi, o‘qimoqqa suv havodek ehtiyojimiz bor.

SAVOL SO'RASH

Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki: «Savol so‘rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo‘ldir. Savol kitobni, mavzuni yoki darsni yaxshi anglab yetishni ta'-minlaydi. Savol ilmimizni oshiradi. Chunki, so‘rab javobini izlaymiz. Savol so‘rash o‘zimiz sezmagan holda bizni bilim egasiga aylantiradi».

Abu Yusufdan: «Bu bilimni qaerdan qo‘lga kiritding?», – deb so‘rashganida, «Kichik-katta, deb ajratmasdan, bilmaganimni so‘rash bilan», – deb javob bergan edilar.

Savol beraman, deb aqlga kelgan bo‘lar-bo‘lmas narsalar so‘ralmasligini unutmaslik lozim. Savol insonning saviyasini ham ko‘rsatadi. Mantiqli va qiziqarli savollar berish kerak.

BALAND OVOZDA O'QISH

Baland ovozda o‘qish ham o‘ziga xos o‘rinlarda tadbiq qilinishi kerak bo‘lgan bir usuldir. Chunki ovozni chiqarib mutolaa qilish o‘qishimizni tuzatadi. Fasohat bilan gapirish qobiliyatini shakllantiradi.

TUSHUNTIRMOQ

O'rganganlarimizni yaqinlarimizga aytib berish, tushuntirish mavzuni puxta o‘zlashtirishimiz uchun eng qulay yo‘llardan biridir. Mavzu shunda yanada chuqur o‘rganiladi. O'qituvchilik bir kasb bo‘lishiga qaramay, har bir kishi zamon va makonga ko‘ra bu sharafli vazifani zimmasiga olishi mumkin. Umrimiz davomida o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganimiz uchun har birimiz o‘ziga xos bir o‘rgatuvchimiz. Ilk o‘rgatuvchi Alloh. Hazrati Odamga borliq ilmini o‘rgatgan. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ham: «Men ta'lim beruvchi qilib yuborildim», – deya marhamat etganlar.

NIMALARNI O'QISH LOZIM

O'qish kabi o‘qiydigan narsalarimizni ham aniq belgilab olishimiz ham juda muhim. O'qiydigan kitoblarimiz bizga qanday foyda keltiradi? Bilimimizga yangi bilimlar qo‘sha oladimi? Hatti harakatlarimizning yaxshilikka yo‘nalishiga yordam berib, ichimizga huzur-halovat, ishimizga zavq-shavq bag‘ishlay oladimi?

Frans Kafkaga ko‘ra, kitob insonda kuchli ruhiy ta'sir o‘yg‘otishi lozim. U: «O'qiydigan kitobimiz bir mushtdek bizni sergak torttirmasa nima ishga yaraydi?», – Deya haqiqiy kitobning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi. Agar biz biror kitobni o‘qiganimizdan so‘ng, «Yaxshiki bu kitobni o‘qidim, aks holda juda ko‘p narsa yo‘qotardim», – degan fikr o‘yg‘otgan kitob, haqiqatan foydali, degan nomga loyiq bo‘ladi.

Aleksandr Pop bunday deydi: «O'qigan asaringiz sizni fikran yuksaltirib, qalbingizga ezgulik va mardlik tuyg‘ularini o‘yg‘otsa, u holda bu kitob haqida bir fikr bildirish uchun shu tuyg‘ularning o‘zi yetarlidir. Umid bilan ochilib, foyda bilan yopilgan kitob yaxshi kitobdir».

Kitoblar insonlardan ayrilmaydigan buloqlardir. Aqllarini kitob bilan jilolamagan, ruhlarini u bilan oziqlantirmagan insonlar siqilish, zerikishdan qutula olmaydilar. Seneka: «Kitobsiz yashash, ko‘r, kar, soqov kabi hayot kechirishdir», – degan.

«Yaxshi kitobdan bahramand bo‘lmagan inson o‘qimishli bo‘lishi bilan johil qolishi orasida hech qanday farq yo‘qdir», degan Mark Tven yaxshi kitobning ahamiyatini ta'kidlab o‘tadi. Vaqtni bekorga ketkazgani uchun foydasiz kitobning eng ozi ham zararli. Insonni dangasalikka, ishsizlikka, axloqsizlik va iymonsizlikka yetaklovchi kitobning zahardan farqi yo‘q. Bunday kitoblar insonlarning moddiy va ma'naviy hayotilarini xazonga aylantiradi.

Har bir narsaning foydalisini, yaxshisini tanlaganimiz singari, kitoblarning ham eng yaxshisi va foydalisini tanlaylik. Chunki ular hayotimizda asosiy yo‘nalishni belgilab beradi. Dunyoqarashimiz ular orqali shakllanadi. Agar yaxshisini tanlay olsak, kitob eng yaqin do‘st va birodarimizga aylanadi. Dunyoimiz ular bilan oydinlashadi. Bu vafodor do‘stlar bilan doimo birga bo‘lishga intilaylik va Konfutsiy kabi: «Rabbim! Menga kitob to‘la bir uy bergin!», deb duo qilaylik. Unutmangki, kitobdan boshqa xazina yo‘qdir.

O'QISHDAN MAQSAD NIMA BO'LISHI KERAK?

Rasululloh sallolohu alayhi vasallam duolarida foydasiz ilmdan Allohdan panoh so‘rar edilar. Foydali ilm o‘zi nima, u qanday bo‘ladi?

Foydali ilm, insoniyatga nafi tegadigan ilmdir. Foydali ilm amalga tatbiq etiladigan ilmdir. Foydali ilm o‘rganil-ganida bilimsizligimizni bizga his ettirib, o‘rganishga zavq-shavq va g‘ayrat o‘yg‘otadi. Yomon fe'l va hatti-harakatlardan asraydigan ilmdir.

Foydali ilm bizga o‘zligimizni tanitadigan ilmdir. Foydali ilm bizga Yaratuvchimizni tanitadigan ilmdir. Ilm tubsiz bir dengizga, ilm o‘rganuvchi esa u dengizning tubidagi suzishga harakat qilayotgan g‘avvosga o‘xshaydi. «Dunyo meni qanday taniydi, bilmayman, lekin men o‘zimni kashf etilmagan ulkan haqiqatlar ummoni ichida, sohilda aylanib yurgan, onda-son-da yumshoqtosh yoki dengiz chig‘nog‘ topib olgan boladek ko‘raman», – degan Isaak Nyuton. U ilm baxshida etadigan kamtarlik darajasiga yetishgan olimlardan edi. Suqrot: «Barcha bilganlarim, hech narsa bilmasligimidir», – deya eng buyuk haqiqatni e'tirof etadi. O'rganganlarimiz qancha ko‘p bo‘lsa ham, bilmaydiganlarimiz oldida zarradan ham kichkinadir.

DIPLOM OLISH

Diplom olish uchun harakat qilish mumkin, ammo diplomli bo‘lish bilan bilimli bo‘lishning farqini ajratib olaylik. Oliy o‘quv yurtini tugatgan qanchalab kishilar borki, o‘qishni bitirar-bitirmas kitob-daftarni bir chekkaga uloqtirishadi. O'qish va yozishdan zerikib, guyo o‘qishga nisbatan urush e'lon qilgandek kitoblarga dushmanlik nazari bilan qarashadi. Bunday bo‘lmaylik, insonni g‘ururga, kibrga yetaklovchi ilm ham foydasizdir. Ilm mansab, lavozim, obro‘, insonlarga yuqoridan qarash uchun o‘rganilmaydi. «Bu masalani men bilaman, mening soham. Bu sohada menga yetadigan bilimdon mutaxassis yo‘q. Siz buni bipmaysiz. Men hamma narsani bilaman» kabi ifodalar aslida jaholatning belgisidir. Sa'diy: «Qanchalik ko‘p o‘qisang o‘qi, bilganlaringga amal qilmasang, johillardansan. Bilganiga amal qilmagan inson, ustiga kitob yuklangan hayvondan farqi yo‘q», – deb yuqoridagilarni ham shu toifaga kiritadi. Har narsani bilaman, degan inson hech narsani bilmagan insondir.

Bilimiga uyg‘un ravishda amal qiladigan kishi haqiqiy ziyolidir. Nuri bilan atrofni yoritadi. Har qanday mavzuda «bilaman» deb iddao qiluvchi, bilmaganini tan olmaydigan chala «ziyolilar» insoniyatni falokatga sudrashdan, qorong‘ulikka otishdan boshqa ishga yaramaydilar. Buzg‘unchi ziyoli va bilmaganini bilmagan chala ziyoli! Ularning har ikkovi ham zararlidir, insoniyatni halokatga yetaklovchilardir. Biri bilimini buzg‘unchilik yo‘lida ishlatsa, boshqasi bilmagani holda «bilaman» deya hammayoqni xonavayron qiladi.

Haqiqiy ziyoli turli mish-mish va birovdan eshitgan gaplarga tayanib hukm chiqarmaydi. Avval puxta o‘rganib, o‘ylab, haqiqatga sodiq qolgan holda ish yuritadi.

Haqiqiy ziyoli o‘rganishni maqsad emas, insonlarga xizmat qilish vositasi ekanini biladi. Ilmini insoniyat foydasiga ishlatadi. O'qishdan murod atrofdagilarga foyda keltirishdir. Ilm insoniyatga xizmat qilsagina qadrli, foydalidir. Amalga tadbiq etilmagan bilim qanchalik foydali bo‘lishidan qat'iy nazar biror ishga yaramaydi.

Ilm insonni takomillashtiradi, sevimli va suyukli kishiga aylantiradi. Ilmdan maqsad o‘zlikni tanishdir. O'zimizni tanishimizga xizmat qilganchalik foydalidir. Yunus Emro qanday ajoyib aytgan:

Ilm ilm bilmoqdir, Ilm o‘zni bilmoqdir, Sen o‘zingni bilmasang, Yana qancha o‘qimoqdir?

Inson Yaratuvchining mo‘‘jizaviy asaridir. Insonning o‘zini anglab yetishi o‘z navbatida San'atkorini ham tanishidir.

Inson o‘zidan: «Meni eng go‘zal shaklda yaratgan kim? Behisob ne'matlar bilan boqib katta qilgan kim? Atomdan quyosh sistemasigacha hamma narsani xizmatimga bergan kim?», deb so‘ramog‘i lozim. Bu savollarning javobini topa olgan inson, o‘rganishdan maqsadi nima ekanini biladi. Ilmning g‘oyasi Yaratuvchini topish, Unga imon keltirib, tavakkul qilishdir. Ilm bilan imon bir-biridan ajralmaydigan ikki haqiqatdir.

Ishonishni barcha hurriyatlardan afzal bilgan Jon Milton «Men uchun barcha hurriyatlardan oldin bilish, o‘ylash, ishonish va vijdon amriga ko‘ra gapirishga sazavor bo‘ling», deyish bilan birga ilm bilan imonning ayrilmasligiga diqqatni qaratadi. Eynshteyn ham: «Ilmsiz din ko‘r, dinsiz ilm oqsoqdir», deya din bilan ilmning bir-birini to‘ldirishini ta'kidlaydi.

MEHNAT QILISH

«Yer ishlasin, ko‘k ishlasin, sen o‘tir!»

Bular haqida bahonang bormi? Bir zum to‘xta!

«Ey, butun dunyo va ichidagilari uyg‘oq bir paytda sen g‘aflatda yotgan o‘paksaga aypandingmi? Harakat qilsang-chi? Hech bo‘lmasa, Allohdan uyal!» degan shiorimiz bu misralari bilan mehnat qilishning ahamiyatini tushuntirishga intiladi.

Inson mehnat qilishga majburdir. Zarradan to yulduzgacha hamma narsa tinimsiz harakat qilayotgan bu koinotda bekor turish insonga yarashmaydi. Asalarilar guldan gulga uchadi, chumolilar charchash nimaligini bilmay mehnat qiladi. Qushlar shohdan shohga qo‘nadi. Suvlar jildir-jildir oqib, gullar ochilib, hayvonlar turli tarafga yuguradi, quyosh har tongda chiqib, oqshomda botadi. Agar koinotdagi bu tartibli harakat, fidokorlik, g‘ayrat bo‘lmasaydi, biz tinch hayot kechira olarmidik? Bu nizom bilan hamnafas yashamagan yoki vayron qilishga uringan inson juda katta xusron ichidadir. Holbuki, inson yaratilgandan beri mehnat qilishga majbur. Inson huzur-halovatni qiladigan mehnati orqasidan topadi. Tashvishlardan faqat shu yo‘l bilan qutula oladi. Chunki, tashvishlar bekorchi insonning boshi atrofida xuddi pashsha kabi g‘uj-g‘uj to‘planadi.

Muvaffaqiyatni siri mehnatda yashiringan. Mehnatkash insonlar ertami kechmi muvaffaqiyatga erishadilar. Peshona teri, ko‘z nuri, qo‘l mehnati yetmagan (tegmagan) narsa yo‘qdir. Buyuk insonlarning hammasi intilishi va g‘ayrati bilan yuqori mavqelarga erishganini ko‘rish mumkin. Addison: «Hech bir muvaffaqiyat tasodifan qo‘lga kiritilmaydi. Erishganlarim ham tasodif emas, mehnatlarimning samarasidir", deydi. Edison ham, "Muvaffaqiyatlarimning yuzdan to‘qson to‘qqizi mehnat, yuzdan biri aqpim mahsuli", degan edi. Hamma narsaga mehnat orqali erishiladi. Qiymatli biror narsa yo‘qki, g‘ayratsiz qo‘lga kiritilgan bo‘lsin? Bilim ham mehnat bilan topiladi. Balzak: "Ilmning xo‘jayini bo‘lishini istagan kishi mehnatning quli bo‘lsin", deya ilm o‘rganishda mehnatning o‘rni muhim ekanini ta'kidlab o‘tadi.

Tananing sog‘lom bo‘lishi vitamin va oqsillarni iste'mol qilishga bog‘liq bo‘lganidek, aqlning baquvvat va tirikligi ham zehnni mashq qildirish bilan amalga oshadi. Ham aqlan, ham jismonan ishlashimiz kerak. Chunki borliq yo‘qlikning egiz do‘sti, harakat esa tiriklik, jonlilikdir. Turib qolgan suvlarning vaqt o‘tishi bilan sasib, buzilishi hammamizga ma'lum.

Ota-bobolarimiz: "Ishlagan temir zanglamaydi", deb bejizga aytishmagan. Aslida inson jo‘shqin, ta'sirchan xususiyat bilan yaratilgan. Rohati, huzuri-halovati, baxtini faqat mehnati bilan topa oladi. Axloqsizlik, qashshoqlik ham mehnat bilan tuzatiladi.

O'z oldilariga aniq maqsad, buyuk g‘oyalarni qo‘ygan kishilar, albatta, mehnat qilishlari lozim. Kamolotga erishish yo‘pida mehnat qilish shartdir. Osongina qo‘lga kiritilgan narsalar emas, peshona teri bilan topilgan narsalarni qadrlash zarur.

Xore: "Odamlar hayotda tez yuksalganlarni qadrlaydipar. Holbuki, hech bir narsa chang va patchalik tez yuqoriga ko‘tarilmaydi", deydi. Qiyinchiliklarga chidab, mashaqqat chekib, qo‘llar qavarib erishilingan narsaga hech qachon tuymaydi. Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallam ham: "Ishlarning eng xayrlisi, qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilganidir", deya marhamat qilish orqali bizni osoniga emas, qiyiniga intilishimizga ishorat qilganlar. Biror natijaga erishishda shuning uchun horib-tolamiz, intilamiz, zahmat chekamiz. Pul ming bir qiyinchilik bilan topilayotgan bugungi kunimizda yuksak maqsadlarga osonlikcha erishib bo‘lmasligini unutmaylik.

"Kamolotga yetishish, hayot sir-asrorini o‘rganish bilan bo‘ladi", degan Paster, zerikish nimaligini bilmagan, g‘ayrat va intilishlari orqali bu sirni kashf etganlardan biri edi. Qanday ish bo‘lishidan qat'iy nazar, mehnatni bosh tamoyil qilaylik. O'zimizga: «Kecha nima qildim? Bugun nima qilaman? Ertaga-chi?", degan savolni beraylik. Agar: "Bugun hech bo‘lma-sa, kechagichalik ishladim. Ertaga ham shu shaklda ishlab, bir narsa qilaman", deya olsakkina baxtiyor bo‘la olamiz. Shundagina qiyinchiliklarni bartaraf etish, to‘siqlardan oshib o‘tish, imkoniyatlardan to‘liq foydalana olish salohiyatiga ega bo‘lamiz.

"Ikki kunini bir xil o‘tkazgan kishi zarardadir" mazmunidagi hadis dasturul amalimiz bo‘lsin. Har kun undan avvalgi kunga biror narsa qo‘shishimiz lozim. Hayot shunchaki yeb-ichib, tanballik bilan bekor o‘tkaziladigan narsa emas. Vaqtini zoe ketkazgan inson o‘ziga-o‘zi bunday savol bermog‘i lozim: "Ilon, chayon kabi zararli hayvonlar o‘ldiriladi. Vaqtim shuqadar zararlimikin, uni o‘ldirayapman?". Bu savolga berilgan "Io‘q!" javobi bizni mehnat qilishga undovchi ta'sirli vosita bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamning bo‘sh o‘tirgan odamga salom bermaganliklarini o‘ylab ko‘raylik. Shunda mehnat qilishning inson hayotidagi ahamiyatini yana bir karra tushunib yetamiz. "Vaqt ziq bo‘lishidan oldin bo‘sh vaqtning qadriga yeting!", deb buyurgan Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vasallamga ergashganlar uchun mehnatdan qochishning hech qanday uzri yo‘q.

Diniy vazifalar bilan birga mehnat qilishning ham ibodat ekanini tushunib yetsak hech qachon bekor o‘tirmas edik. Albatta, turli shikoyatlar, muammolar bilan yuzma-yuz kelishimiz mumkin, kamchiliklarimiz, nuqsonlarimiz bo‘lishi tabiiy. Bu kabi to‘siqlarni hammasini o‘rganib chiqaylik. "Ularning ustidan g‘olib kelaman!", deya azmu-qaror qilib, shavq g‘ayrat bilan mehnat qilaylik. Ishoning, shunda hammasini bartaraf qila olamiz. Qur'onda "Inson uchun mehnatdan boshqa narsa yo‘qdir", Deya buyurilgandan so‘ng ortiqcha so‘zga ne hojat! Mehnat qilaylik, albatta natijasini ko‘ramiz. Ammo tartibsiz ishlashdan uzoq bo‘laylik. Hamma narsa aniq reja asosida qurilgan bugungi kunimizda betartib, rejasiz ishlardan foyda yo‘qligini yodimizdan chiqarmaylik. Harakatlarimizda muvaffaqiyatlarga erishishimiz uchun ba'zi tamoyillarni o‘zimizga qonun qilib olsakkina, to‘siqlarni oson oshib o‘ta olamiz. Xoh-lasangiz, bularning ba'zilarini eslatib o‘tamiz.

DANGASALIKNI YENGISH

Dangasalik haqida aytilgan talaygina hikmatli so‘zlar bor. Hazrati Ali: "Insonni vaqtidan oldin xarob qiladigan narsa tanballikdir", degan. Dangasa va mehnatkash ikki insonni solishtirib ko‘ring! Ushbu hikmatli so‘zning haq ekanini anglab yetasiz. Harakatchan kishi dangasaga nisbatan tetik va bardam bo‘ladi. Dangasa esa hayotdan zerikib, umrini qahvaxonalarda sigaret tutunlariga ko‘milgan holda yondirib, ado qiladi.

Namik Kamolning nazarida, tanballik o‘limning kichik ukasidir. Tanbal odamning borligi bilan yo‘qligi o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Tanballikni yo‘qlik bilan teng ko‘rgan ulug‘lar esa, bekorchi, tanbal, kayf-safoda yashagan va yumshoq to‘shaklarda rohatlanib yotadiganlarning ishlaydiganlardan ham ko‘proq zahmat chekishlarini va hayotdan zerikishlarini ta'kidlab o‘tishadi, dangasalarning doimo umrlari tezroq o‘tishini xohlashlarini aytadi. G'ayratli kishi shukr qiladi, hamd aytadi. Umrini bekor o‘tib ketishini istamaydi", deydi va bu qoidani zikr qiladi. "Rohat farog‘at mashaqqatda, mashaqqat esa rohatdadir".

Bu haqiqatni o‘zida singdirgan Le Brayer ham, zerikishni tanballik bilan birga paydo bo‘lganini aytadi. Shu zerikish sababli ko‘pgina kishilar qimorxonalarda, mayxonalarda va qamoqxonadadirlar.

Inson bu dunyoga kayfu safo qilish uchun kelmagan. Qanchalar urinmasin hayotning achchiq kunlari, g‘am-qayg‘ulari, zerikishlari bunga fursat bermaydi. U holda inson rohatni huzur-halovatda yashashda izlamaslik kerak.

Xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda, boshini og‘ritadigan tashvishlar, qiyinchiliklarga qarshi mardonavor turishi, rohatni shundan qidirishi lozim. Rohatni rohatsizlikdan izlaganlar uchun rohatsizlik degan tushunchaning o‘zi yo‘q.

Har doim vaqt yo‘qligidan aziyat chekamiz. Ajabo, haqiqatda ham vaqtimiz yo‘qmi. yoki vaqtimizning qadriga yetmaganimizdan qiynalamizmi? Suhbatlarimizda, televizor oldida, ovqatlanishga, ko‘ngilxushlikka sarflagan vaqtimizni bir hisob-kitob qilsak, bir yilda bir necha ming soatning bekor o‘tib ketishi ma'lum bo‘ladi. Faqat televizor ko‘rishga ketkazadigan bir-ikki soatimizni kitob o‘qishga ajratsak, bir yilda eng kami 30-40 kitob o‘qishimiz mumkin. Televizordan olgan bilimlarimiz bilan kitobdan o‘rganganlarimizni solishtirsak, kitoblardan naqadar ko‘p foyda olganimizni guvohi bo‘lamiz. Demak, vaqt yo‘qligi emas, dangasalik bizning asosiy muammoimiz. Eng katta dushmanimiz bo‘lmish dangasalikni yenga olsak, hayotda bajara olmaydiganimiz ish qolmaydi. Shavq va g‘ayratni so‘ndiruvchi, baqalamun kabi turli ko‘rinishlarda chiqadigan tanballikni yengish eng buyuk g‘oyamiz bo‘lsin.

Dangasalik shunday ayyorki, ba'zan mazasi boru, lekin foydasi yo‘q shirin saqichlardek aldaydi, bo‘shashish, hayotdan zerikish, charchoq, xastalik, bekorchilik, havoiylik kabi turli tuzoqlar bilan insonlarni o‘zining to‘riga ilintirishga harakat qiladi.

"Bugun ko‘p ishlading, bir necha kun dam ol", "Xafa qilma shirin joningni, ishlab nima qilib berarding? Ishlaganlar nimaga erishdi?", "Ko‘p ishlama, sog‘ligingni yo‘qotasan", "Ishlagan ham, ishlamagan ham bir. Ko‘za olib kelgan ham, keltirmagan ham bir xil, biroq shuncha harakat qilishdan nima foyda?", "Qo‘yaver, baxt qushi boshingga qo‘nsa, hammasi o‘z-o‘zidan hal bo‘lib ketadi", degan gaplar bilan insonni falokatga yetaklaydi, hech qanday bahona topolmaslik uchun dangasalarni ko‘pay-tiradi. Oldimizda ikki yo‘l bor: Yo shu va shunga o‘xshash dangasalik qurollariga nishon bo‘lib, o‘zimizni butun mashaqqatlarning onasi va razolatning uyasi bo‘lgan tanballikning quchog‘iga tashlash yoki yuksaklikning, muvaffaqiyatning kaliti, huzur-halovatning asosi bo‘lgan mehnatga butun borlig‘imizni topshirib, dunyo va oxiratda saodatga erishish.

METODLI VA REJALI ISHLASH

"Bugun qattiq ishladim. Ertadan kechgacha boshimni ko‘tarmadim", degan kishi bu so‘zlar bilan balki taskin berar, vaholanki, ko‘p ishlash zarur, ammo yetarli emas. Rejali, aniq dastur asosida ishlash shunchalik ishlashdan yaxshiroq. Erishgan muvaffaqiyatlarimizda bu yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Natija qanchalik yuqori bo‘lsa, demak ishimiz ham shunchalik rejali bo‘lganini bildiradi.

Dekskartes: "Rejasiz ishlagan kishi, o‘lkama-o‘lka yurib, xazina izlagan insonga o‘xshaydi", degan edi. Shuningdek, u jamiyatning rivojlanganlik darajasini aql va zakovat emas, balki metod rejali ishlash belgilashini aytgan. Bu so‘zlar Yevropada tizimli ishlashning asosini qo‘yib bergan olimga tegishlidir.

Tizimli ishlash orqali maqsadga tez erishiladi, cheksiz orzular haqiqatga aylanadi. Xoh shaxs, xoh jamiyat tizimli ishlash bilan maqsadga yetishadi. Buyuk ishlarni amalga oshirgan, yuzlab asarlar yozgan, mashhur odamlarning hayotlariga nazar tashlang. Tartibli va rejali bo‘lishni dasturul amal qilganlarining guvohi bo‘lasiz. 576 asar yozgan Jaloliddin Suyutiyning bu darajada samaradorlikka erishishida shubhasiz, aynan shu tuyg‘u yotadi.

Qanchalab aqlli, qobiliyatli insonlar ham borki, rejasizliklaridan barcha ishlari oxiriga yetmay hech qanday natijaga erisha olmayaptilar.

O'zimizga bir reja tuzaylik. Ishni qanday bajarishimizni aniqlab olaylik. Har kuni shu reja asosida ishlaylik. Balki boshida ishimizning oltmish foizi amalga oshar, ammo sabr bilan davom etib sakson, yuz foizga yetkazishga harakat qilaylik. Ana shunda muvaffaqiyatga qanday oson erishganingizni ko‘rasiz.

ENERGIYAGA TO'LMOQ

Mashinani g‘ildiragidan ruligacha, akkumulyatoridan radiatorlarigacha barcha qismlari bekamu ko‘st tuzilgan. Mukammal yasalganiga qaramay, siz uni harakatga keltira olmaysiz. Chunki yonilg‘isi yo‘q. Yonilg‘isiz mashinaning yurishi qanchalik ham xayol bo‘lsa, ishlash uchun kerak bo‘lgan qiziqish, shavq, hayajon va jasorat tuyg‘ularidan mahrum kishining yo‘lga chiqishi ham aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Bu tuyg‘ular mashinaning yoqilg‘isi kabi insonni harakatga keltiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Muhimi insondagi mehnatga bo‘lgan ishtiyoqni harakatga keltirishdir.

QIZIQISH

O'zimizga razm solganimizda ichimizda qiziqish tuyg‘usining ekilganini ko‘ramiz. Qobiliyat tuprog‘imizga ekilgan bu tuyg‘uni undirib-o‘stirish, kashf qilish o‘zimizning qo‘limizda. Atrofimizda sodir bo‘lgan voqealarning sababla-rini o‘rganish orzu bizni o‘sha sohadan boxabar bo‘lishga undaydi.

"Bu nima uchun bunday?

Qanday sodir bo‘lgan?"

kabi savollar bizni harakatga keltirib, diqqatimizni o‘ziga tortadi. Insonlar shu qiziqish tuyg‘usi bilan tog‘larga chiqishadi, dengizlarning tubiga tushishadi, oyga uchishadi. Mashhur olim Eynshteynning nisbiylik nazariyasini kashf qilishida bolaligidanoq o‘z-o‘ziga berib turgan savollariga javob topish orzusi sabab bo‘lgan edi. "Ikki voqea ayni bir paytda qanday sodir bo‘lishi mumkin? Inson oyga minib, sayohat qilsa qanday bo‘larkin?" degan savollar uning uchun muvaffaqiyat pillapoyasi vazifasini bajardi. Qiziqish ilmning mash'alidir. Undan foydalana olganimiz nisbatda yo‘limizni yoritadi.

IXLOS BILAN ISHLASH

Inson qiladigan ishini sevib amalga oshirishi lozim. Istamasdan, yoqtirmay bajarilgan ishlar xayrli bo‘lmaydi. Inson ishiga qay darajada ixlos bilan yondoshsa, shunchalik muvaffaqiyatga erishadi.

Shuning uchun, qilinadigan ishlarga sevib qo‘l urishimiz kerak. Kasb tanlayotganda juda e'tiborli bo‘lishimiz lozim. Sevilmagan kasbimiz biz erishadigan samaradorlikka to‘sqinlik qilishi mumkin. O'zimizga zimdan qarabchiqaylik. Qobiliyatimiz nimalarga yetadi, o‘qituvchi, ota-ona va yaqinlarimizning maslahatlariga quloq solishda, albatta biz uchun foydalar bor. Ular bizning yomon bo‘lishimizni xohlashmaydi. Lekin shunga qaramay, bizni hammadan ko‘ra yaxshiroq taniydigan yana o‘zimiz. O'z qobiliyatlarimizni hisobga olmasdan, birovlarning tavsiyasiga ko‘ra ish yuritsak yoki biror kasbni tanlasak, oxir-oqibatda qilgan ishimizdan afsus-nadomat chekamiz. Avvalo aqlimiz tarozusiga solib ko‘raylik. Muvaffaqiyatga erishishimiz va bu ish bizga foydali ekanligiga ishonch hosil qilganimizdan keyingina biror ishni tanlaylik. Shunisi ham borki, mavjud shartlar ham orzuimizga yetishish yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin. O'zimiz xohlamagan holda biror ishga qo‘l urishga majbur bo‘lishimiz mumkin. Agar bu ishimiz foydali bo‘lishiga qaramay, bizga qiyinchilik tug‘dirsa, sabr qilib, ixlos bilan yondoshishga harakat etishimiz lozim. Ishimizga mehr qo‘ysak, har qanday qiyinchilikni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lamiz.

ISHTIYOQ, G'AYRAT, HAYAJON

Koinotda atomdan to quyosh tizimigacha bo‘lgan olamda zerikish, charchashdan xoli bir g‘ayritabiiy harakat hukmron. Atom atrofida bir soniyada yuz ming kilometr tezlik bilan harakat qiladigan elektronlarda bu ishtiyoqning alomati bor. Quyosh atrofida juda katta suratda aylanib yuruvchi sayyoralarda ham shu sir yashiringan. Yomg‘ir shu shavq bilan yog‘adi, gullar o‘shanday shavq bilan ochiladi, quyosh shu shavq bilan chiqib botadi, tabassum bilan bizga salom beradi.

Shavq va hayajon yukli karvonga yer yuzining hokimi bo‘pmish inson butun borlig‘i bilan qo‘shilishi kerak. Bu tuyg‘udan uzoq insonning barcha ishlari ostin-ustin bo‘pib ketadi. Ishtiyoq va g‘ayratdagi cheksiz lazzatni his qilgan kishi o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi. «G'ayratning qanchalik qiymatli ekanini bilganingizda bir soniya ham bo‘sh o‘tirmas edingiz»,- degan olimlar bu haqiqatni ifodalab berganlar.

Boshqa narsaga hojat yo‘q, g‘ayrat va ishtiyoqning zamiridagi lazzat bizni harakatga keltirish uchun yetadi. Chunki shavq va g‘ayrat ruhning qamchisidir. Hayotning yana faoliyat va harakatdan iborat ekanini aytib o‘tgan olimlar "Ishtiyoq hayotning ulovidir" deb ta'kidlaganlar. Bu nuqtai nazardan ishtiyoq uloviga g‘ayrat bilan minib, hayot maydonida olg‘a intilmoq lozim. Ishtiyoq, g‘ayrat va hayajon bilan amalga oshirilgan ishlargina samara beradi. Bu tuyg‘ulardan uzoqlashmaslik kerak. Quvvat manbai bo‘lgan bu tuyg‘ular bilan "Muvaffaqiyatga erishaman, bajaraman, uddasidan chiqaman!", desak baxtga erisha olamiz. Ishtiyoq, baxt, kuch-quvvat, g‘ayratdir. Shuning uchun, «Men ishlashni istayman, ammo vaqtim yo‘q. Or-zuim bor, faqat kuch-quvvatim yo‘q", degan kishiga ishonmang. Boshqa narsalarga vaqt topa olgan insonning bu gaplari, o‘zini oqlash uchun aytilgan bahonadan boshqa narsa emas. Inson istasa boshqa narsalarga vaqt topgani kabi, ishlashga ham vaqt va kuch topa oladi.

Ishtiyoqimizni so‘ndiradigan, g‘ayratimizni o‘ldiradigan tuyg‘u yoki biror voqe'lik bo‘lsa, ularni darhol bartaraf etib, shavq va g‘ayratni uyg‘otuvchi fikr va kitoblarga e'tibor qaratmog‘imiz kerak. Bajarayotgan ishimiz va zimmamizga yuklatilgan vazifaning buyukligini his qila olsak, bizdagi g‘ayrat tuyg‘ularini uyg‘otishga ularning o‘zi kifoya bo‘ladi.

Biz erishadigan ma'naviy, bebaho foyda bizni quyosh chiqmasdan uyg‘otmog‘i, o‘rni kelsa bizni kechgacha ishlashga undamog‘i lozim. Biz buzg‘unchilikuchun emas, bunyodkorlik uchun dunyoga kelganmiz. Biz adovat, gina-kudurat, dushmanlik va yomonlik uchun emas, sevgi, birodarlik va yaxshilik uchun tug‘ilganmiz.

Mavjudligimizning o‘zi bizni g‘ayratga keltirishi yetarli emasmi? Bu tuyg‘ular bilan harakat qilganimizdagina, o‘qigan kitoblarimizdan, bajargan ish va darslardan, zimmamizga yuklatilgan vazifadan zavq olamiz. Shavq va g‘ayrat bilan unga intilamiz. Ish va vazifamizni yuksakligi bizni bir qolipga tushib va bee'tibor bo‘lib qolishdan qutqaradi. So‘nggi nafasimizgacha shavq, g‘ayrat va hayajon bilan to‘lib-toshib yashashga yordam beradi.

DIQQAT BILAN YONDASHISH

Inson ishga o‘zini bag‘ishlagan, diqqat-e'tiborini qaratgan va albatta, tuyg‘ularini ham shunga yordamchi qilgan darajada muvaffaqiyatga erishadi.

Inson butun vujudi bilan ishga kirishishi, guyo borlig‘i shu ishga aylanishi kerak. Bu omil jismoniy faoliyatlarda bo‘lgani kabi aqliy faoliyatlarda ham muhim ahamiyatga ega. Muvaffaqiyatsizlikning eng asosiy sabablaridan biri, insonni o‘z ishiga sidqidildan yondashmagani, erinchoqlik, loqaydlik ruhiyatida qarashidir. Har bir ishimizda jang may-donida sergak turgan askar kabi diqqat-e'tiborli bo‘lishimiz, diqqat va talabchanlik samarali ishning asosi ekanini unutmasligimiz kerak. Ehtimol, buxususiyatlar bizda kuchsizdir, turli qiyinchilik, g‘am-tashvish va iztiroblar aqlimizni chalg‘itishi mumkin. Bir-biriga zid xohish-istaklar vaqti-vaqti bilan bizni aniq bir qarorga kelishimizga halaqit berishi mumkin. Biroq inson aqli bu to‘siqlarning barchasini yenga oladigan kuch ekanini unutmaylik. Aqlda shunday ulkan kuch-qudrat borki, Uillyam Milton aytganidek: "Aql sog‘lom va keskin ravishda bir nuqtaga yunaltirilganda juda dahshatli qurolga aylana oladi.

Ishimizni boshlagan paytda, hamma narsani unutib, aqlimizni shu nuqtaga yunaltirsak, na zerikish na-da zehnimizni band qilib turgan har xil badbin xayollar qoladi. Balki bu boshidan qiyin bo‘lishi mumkin, biror ijobiy natijaga erisha olmasmiz. Bir marotaba, ikki marotaba, o‘n marotaba, yigirma karra, hatto ellik, yuz marotaba muvaffaqiyatsizlikka uchrarmiz. Bunday muammoni bartaraf etish uchun diqqatni chalg‘ituvchi sabablardan imkon qadar uzoqlashishga harakat qilish kerak. Biz ko‘pincha, dohiy insonlar iste'dodlarining tug‘ma ekaniga ishonamiz. Aslida, bu fikr to‘g‘ri emasligini aytgan mashhur ruhshunos olim Uillyam Jemes: "Asl farq dohiylarning maqsad va g‘oyalari uchun sarf etgan g‘ayratlarida va zehnlarining barcha imkoniyatini bir yerga jamlab, aniq bir nuqtaga yo‘naltirganlaridadir", degan edi.

O'zimizga ishonaylik va vazifani shavq bilan zimmamizga olaylik. Dohiylarchalik bo‘lmasa-da, o‘zimizda mavjud imkoniyatlarni eng yuqori darajada bir nuqtaga yo‘naltira olsak, o‘qiyotgan kitobimizni yanada yaxshi tushunganimizni, ishimizni yanada a'loroq bajarganimizni ko‘ramiz. Zehnimizning charxlanishi uchun shu narsa shartdir. Inson o‘zini nimaga bag‘ishlasa, o‘sha narsa doirasida shakllanishini yodimizdan chiqarmaylik.

Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot

Asalarilar ari va chumolilarning qarindoshlari hisoblanadi, ular Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda yashaydilar. Asalarilarning 21 mingga yaqin turi va 520 avlodi mavjud.

Ular oqsil va boshqa oziq moddalarni olish uchun nektar va polen bilan oziqlanadi. Asalarilar ekotizimda muhim rol o‘ynaydi, ular gulli o‘simliklarni changlatadilar.

Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot

1 — Dunyo bo‘ylab changlatuvchi hasharotlar ichida eng ko‘pi asalarilardir. Shu sababli, asalarilar oziq-ovqat ekinlarini changlatish borasida juda muhimdir. Biz istemol qilayotgan ovqatlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i asalarilarning changlantirishiga bog‘liq.

2 — Malika asalari vafot etgan taqdirda, yangi ochilgan lichinkalar orasidan yangi malika saylanadi. Saylangandan keyin malika “Royal Jelly” (Shohona jele) deb nomlangan maxsus ovqat bilan oziqlanadi. Bu yosh lichinkaning unumdor malikaga aylanishiga imkon beradi.

3 — Asalarilar uyalarda yoki koloniyalarda yashaydilar. Malika uyani boshqaradi. Qolgan asalarilar ishchilar va haramlarga bo‘linadi. Malikaning ishi yangi uyani tashkil qiladigan katta miqdordagi tuxum qo‘yishdir. Ishchi asalarilar urg‘ochi asalarilardan tashkil topgan bo‘ladi. Ularning vazifasi polen va nektar to‘plash, uyani qurish va zararkunandalardan ximoya qilishdir. Haram erkaklardan iborat va ularning vazifasi yangi malikaga juftlik qilishdir.

4 — Shoxona jele – bu hazm qilingan polen, nektar, asalni birlashtirib oladigan sut moddasi. Malika hayoti davomida faqat jele bilan oziqlanadi.

5 — Asalarilar, aksariyat boshqa hasharotlar singari, 300 dan 600 nanometrgacha ko‘rishlari mumkin. Bu degani, ular qizil tusni ko‘ra olmaydilar. Ammo ular ultrabinafsha spektrida odamlar uchun mavjud bo‘lmagan narsalarni ko‘rishlari mumkin. Asalarilar quyuq va och ranglarni ajrata oladilar.

6 — 1 litr asal olish uchun asalarilar ikki milliondan ortiq gullardan nektar yig‘ishlari kerak bo‘ladi.

7 — Asalarilarning ikkita qorni bor, biri ovqat uchun, ikkinchisi gullardan yig‘ilgan nektarni uyaga yetkazish uchun kerak.

8 — Ikkita ko‘zdan tashqari, asalari boshining tepasida yana uchta qora nuqta ko‘rinadi. Ular narsalarning shaklini ko‘ra olmaydi, lekin ular yorug‘likni aks ettiradi. Shunday qilib ari unga biron bir joydan xavf yaqinlashayotganini sezishi mumkin. Ikkala oddiy ko‘zlar, mayda linzalardan iborat bo‘lib, asalariga keng tasvirni ko‘rsatadi.

9 — O‘layotgan arini gulga qo‘yish kerak. Yoki oq shakarni suv bilan 50:50 nisbatda aralashtirib, asalariga keltiring. Ushbu aralashma asalariga energiya beradi, uni uglevodlar bilan ta’minlaydi va xayotga qaytaradi.

10 — Asalarilarning qovurg‘alariga biriktirilgan ikkita qanot to‘plami mavjud. Old qanotlari orqa qanotlariga qaraganda ancha katta. Asalari ikkala qanot to‘plamini birlashtirishi va kerak bo‘lmaganda orqa qanotlarini ochib olishlari mumkin.

11 — Sovuq mavsumda asalarilar 9 oygacha yashashi mumkin. Biroq yozgi mavsumlarda asalarilar kamdan-kam hollarda 42 kundan ko‘proq umr ko‘rishadi. Ko‘pincha nektarlarni yig‘ishdek mashaqqatli ishi tufayli ular oldinroq vafot etishadi.

12 — Asalari zahari tarkibida melittin bo‘lib, OIVning oldini oladi. Olimlar asalari zahari asosida gellar yaratish yo‘lidalar.

13 — Revmatoid artrid sabab bo‘lgan qo‘llarning egriligi va deformatsiyasini asalari chaqishi bilan davolash mumkin. Asalari zahari molekulalari inson organizmidagi glukokortikoid miqdorini oshiradi. Yallig‘lanishga qarshi gormonga glukokortikoid deyiladi.

14 — Uyaning malikasi eng uzoq, besh yildan ko‘proq yashaydi. Yoz oylarida u kuniga 2000 dona tuxum qo‘yishga qodir.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Barchaga salom. Asalari haqida juda zo’r malumot ekan. Manga yoqdi katta rahmat sizlarga.

Assalomu alayko’m. Samimiy fikringiz uchun tashakkurlar aytamiz. Sizni kelgusida yana web saytimizda kutib qolamiz.

Asalarilar haqida juda qiziqarli ma’lumotlar uchun rahmat. Judayam foydali ma’lumotlani oldim, yanada ko’pro ma’lumotlar berib borsangiz, oldindan rahmat. So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Hayvonlar haqida qiziqarli faktlar – ehtimol siz bilmagan 36 eng g'aroyib ma'lumot

Sayyoramizning hayvonot olami sinoatlarga to’la, shu sababli sizlarni hayratlantirishi mumkin bo’lgan hayvonlar haqida bir nechta qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o’tamiz.

HAYVONLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Filning tishlari 9 kg`gacha tosh bosishi mumkin.
2. Delfinlar nafaqat ochiq ko’z bilan uxlaydi, balki ularda miyaning yarmigina “uxlaydi”. Qolgan qismi atrofdagi voqealardan ogoh bo’lib turadi.
3. Yer sayyorasida oq karkidonlardan atigi 3 nafar qolgan. Hozirda ularning har biri tinimsiz qo’riqlanadi.

4. Jirafalarda ovoz boylamlari mavjud emas, shu sababli ular “gapira” olishmaydi.
5. Timsohlar tilini chiqara olmaydi.
6. Bu eng noodatiy kapalaklardan biri. Uning noodatiyligi shaffof qanotlari mavjudligida.

7. Tuyaqushning ko’zi uning miyasi o’lchamidan kattaroq.
8. Bo’rilar bir yeyishda 20 kg`dan ortiq go’sht iste’mol qilishlari mumkin.
9. Toshbaliq – eng zaxarli baliq hisoblanadi.

10. Burgut 250 km/soat`dan ortiq tezlikda ucha olishga qodir.
11. Yangi tug’ilgan filning bolasi 100 kg`gacha vaznga ega bo’lishi mumkin.
12. Tilining rangi pushti bo’lmagan yagona it zoti – Chau-chau hisoblanadi.

13. Hindistonda 50 milliondan ortiq maymunlar mavjud.
14. Amazonka daryosida noyob bo’lgan pushti delfinlar hayot kechirishadi.

15. Tuya ikki haftagacha suvsiz yurishi mumkin.
22. Vampyroteuthis infernalis – sayyoraning eng sirli deb topilgan mavjudoti. U ummonning eng chuqur joylarida hayot kechiradi va olimlar uni faqatgina bir necha marotaba uchratishgan.

16. Asalari butun umri davomida choy qoshiqning 1 / 12 qismichalik asal ishlab chiqara oladi.
17. Tovuq yiliga o’rtacha 190 ta tuxum qo’yadi.
18. Chumolilar hech qachon uxlamaydi. Buning o’rniga ular kuniga ikki marta 8 daqiqadan “dam olishadi”. Chumolilar malikasi esa kuniga 90 daqiqa dam oladi.

19. Quruqlikda yashovchi toshbaqalardan farqli o’laroq, dengiz toshbaqalari boshini kosasi ichiga torta olmaydi.
20. Attacus Atlas – eng yirik kapalak. Uning qanotlari uzunligi yoyilganda 30 santimetrga yetadi.

21. Mushuklarning har bir qulog’ida 32 ta mushak mavjud.
22. Meduza hatto o’lganidan keyin ham “chaqib” olishi mumkin.
23. Kabutarlarning ajabtovur turi mavjud, ular moviy rangda.

24. Buqalamunlar (xameleonlar) ko’zlarini turli yo’nalishlarda harakatlantira olishadi.
25. Bo’rsiqlar o’z inlarini avlodlariga meros qilib qoldiradi.

26. Begemotlar bolalari yerga qattiq qulab tushmasligi uchun suv ostida tug’ishadi.
27. Dengiz mushuklari nafaslarini 2 soatgacha ushlab tura olishadi.
28. Ko’k kit tilining vazni o’rtacha filning vazni bilan teng.

29. O’rta statistik tipratikanning ignalari soni 10 mingga yetadi.

30. Qo’ylar insonning yuzini eslab qolish qobiliyatiga ega.

31. Yer yuzidagi umuman kasal bo’lmaydigan tirik mavjudotlardan biri – akulalar.

32. Xitoyda pandalarni o’ldirish o’lim jazosiga tortilishga sabab bo’la oladi.

33. Omarlarning qoni moviy tusga ega.

34. Olmaxonlar – eng yaxshi bog’bonlardir. Ular yerning aynan qayeriga yegulik ko’mganini unutganligi bois har yili minglab yangi daraxtlar unib chiqadi.
35. Dunyodagi eng mitti baliqning nomi Paedocypris progenetica bo’lib, uning o’lchami atigi 8 mm`ni tashkil etadi.

36. Meduza nutrikula – sayyoramizdagi yagona umri boqiy tirik mavjudot. Ular faqat tashqi omil ta’siri oqibatida nobud bo’lishi mumkin.