Press "Enter" to skip to content

Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami

Rangim yashil,
Sabzavotning turiman.
Vitaminga boyman juda,
Sabzavotlar zo’riman.
Shamollashga shifodirman,
Nomimni aytsam turpman.
Osh qilsalar oilangizda,
Men ham tayyor turibman.

Mevalar va sabzavotlar haqida sara sherlar to‘plami

Kattalar va boalar uchun barcha turdagi mevalar va sabzavotlar haqida eng sara sherlar to‘plami.

Mevalar haqida sherlar (Oltin kuz)

Mevalarni,
Shakar etding,
Yaproqlarni,
Sim-zar etding,
Oltin kuzim.

To’kin-sochin,
Dala-yu bog,
Dehqonlarning,
Dimog’i chog’,
Saxiy kuzim.

Shaftoli haqida sherlar

– Meni, derlar, shaftoli,
Ko‘p mevalar qatori,
Mazaliman, totliman,
Narxi baland otliman.

Maqtanish bo‘lar, desam,
Ming bir dardga doriman.
O‘g‘irlagan siz bo‘lib,
Yаna mendan nolimang.

Maqsadim – xursand qilmoq
Siz xo‘randa do‘stimni.
Biron-bir so‘z aytdimmi,
Shilsangiz ham po‘stimni?!

Shaftoli pish og‘zimga tush

Shaftolining tagida,
Bir dangasa yotardi.
U xayol daryosida,
G‘arq bo‘lardi, botardi.

Shaftoliga der shunday:
-«Shaftolijon, tezroq pish,
Meni kutib o‘tirmay,
Sen o‘zing og‘zimga tush».

Lekin uning orzusi,
Ro‘yobga chiqarmidi?
Axir shaftoli o‘zi,
Og‘ziga tusharmidi?

Yo‘q, xammasi xom xayol,
Bunday bo‘lmaydi sira.
Kerak bo‘lsa, mexnat qil,
Dangasalikdan ko‘ra.

Yungli shaftoli bilan suhbat

-Shaftolijon shaftoli,
Nega to‘ning yechmaysan?
Issiq saratonda ham,
Yungli to‘ndan kechmaysan.

-Bir kun yechdim to‘nimni.
Aqli yo‘qlar yecharkan.
Saratonda shamollash,
Juda og‘ir kecharkan.

Shundan buyon yozda ham,
Issiq to‘nda yuraman.
To‘n ichida pishirib,
Shirin sharbat beraman.

Olma haqida sherlar

Men sizlarni olmangiz,
Xomligimda olmangiz!
Nortojiga o’xshab so’ng,
Voy qornim! deb qolmangiz!

Bog’larga chiroymanda,
Vitaminga boymanda!
Pishganimda emasangiz,
Qolasizda armonda!

– Tanishaylik, men – olma,
Nomimga quloq solma.
Olaver, ikkilanmay,
Ishtahang bo‘lsin karnay.

Reklamaga hojat yo‘q,
Ta’mim rosa yoqimli.
Ortganini quritsang,
Qishda eysan qoqimni.

Behi haqida sherlar

Ikki yuzim burushqoq,
Dema meni urishqoq,
Ishga solib aqlimni,
Sezdirmayman jahlimni.

Agar shirin bo’lmasam,
Xushomadni bilmasam,
Meni darrov kesishar,
O’rnimga nok ekishar.

O‘rik haqida sherlar

Meni derlar qand o’rik,
Vitaminga liq to’liq,
Rangim sariq, zarg’aldoq,
Olxo’riga men o’rtoq.

Gullarim xushbo’y, ko’rkam,
Siylagan meni ko’klam,
Pishgach asalga to’lay,
Yurakka quvvat bo’lay!

Qantak o‘rik,
Otim bor,

Xo‘p mazali,
Totim bor.

Mag‘zimga berkitgan,
Qantim bor, novvotim bor.

 

Gilos haqida sherlar

Go’zal qizlar labidek,
Yal-yal yonar yanog’im,
Tabiatga ko’rk bergan,
Har bir gulu-yaprog’im.

Dovuchcha haqida sherlar

– Shoxda shig‘il dovuchcha,
Ko‘m-ko‘k yashil dovuchcha.
Kesak otib qoqaymi?

– Yo‘q!
O‘zing yerga tushasan,
Pishib hil-hil dovuchcha!

Tarvuz haqida sherlar

Polizga kirib Qo‘zi,
Tarvuzga tushdi ko‘zi.
U tarvuzni oldi-da,
Qulog‘ining oldida
Siqib turib so‘radi:
– Ismimng nima?
– Qo‘zivoy…
– I-ye, adash ekanmiz,
– Shirindirsan o‘zimday.
Qo‘zivoyni Qo‘zivoy,
Ketdi qo‘yib yelkaga,
Totib ko‘rgach, polizga,
Kelar yana ertaga.

Nok haqida sherlar

Mevam o’xshar olmaga,
Xa, biroz qarindoshmiz,
Ra’nodoshlar oilasining,
Madaniylariga boshmiz.

Nihollarim nozikroq,
Kech kiraman hosilga.
Lekin parvarish bo’lsa,
Dehqonni ko’ngli to’lsa

Sharbatlarga to’laman,
Rosa quvvat bo’laman!

Shotut haqida sherlar

Biz yozda-chi,
Tut qoqib,
Hech qo‘ymasdan,
But qoqib,
Undan shinni,
Pishirdik.
Nonga bulab,
Tushirdik…

Piyoz haqida sherlar

Yerga chuqur, botsam men,
Berkinvolib, yotsam men,
Izlab topdi oshpazlar,
Meni chopdi oshpazlar.

Yig‘lamadim — polvonman,
Lekin juda hayronman:
Oshpazlarning o‘zlari,
Nega yoshlar ko‘zlarin?

Qovun haqida sherlar

Men va To‘lan
Kuni bilan,
Uyda yedik,
Qovun yedik.

Tilib-tilib,
Maza qilib,
Dadam yedi,
Kosa qilib.

Qovun haqida hazil sher

«Qovun yesang, saxar ye,
Аksi boʼlsa, zaxar ye!»…
-«Donolarning donosi,
Nedir buning maʼnosi?»

-«Buning maʼnosi shulkim,
Ishonmassiz siz balkim,
Ruschadir «saxar» soʼzi,
«Qand» degani bu oʼzi.

Yaʼni qovunni albat.
«Qand» boʼlsa, yegin faqat!
Bemaza yesang andak,
Soʼng «voy-voy» deysan, tentak!

Maʼnosi shudir, mana,
Endi ishingga joʼna!…»

Yong‘oq haqida sherlar

Bir hovuch yong‘oq tutdi,
Bizlarga bir otaxon.
Tanlagan go‘yo yutdi –
Bittadan olib shodon.

Yong‘oqlar dum-dumaloq,
Bir xilda: silliq edi.
Hatto men olgan yong‘oq –
Po‘stlog‘i bo‘liq edi…

Yemoqchi bo‘lib mag‘zin,
Har kim yong‘og‘in chaqdi.
Lek ochiq qoldi og‘zim,
Chunki menda puch chiqdi…

Bilmaysiz, do‘stdan ham goh –
Sinovda qalb qaqshaydi.
U ichin etmas ogoh –
Puch yong‘oqqa o‘xshaydi.

Yog’och qobiq ichida,
Moyga to’lganman juda,
Quvvatsizga darmonman,
Vitaminlarga konman.

Iltimosim bir faqat,
Pishgunimcha qil toqat!
Yetilib pishib olay,
Tanangga quvvat bo’lay!

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Qovun haqida sherlar kerak Assalomu alayko’m. Mevalar haqidagi ushbu sherlar to’plamida aynan qovun haqidagi sher o’rin olgan! Qovun xaqida yana boshqa sher bormi? Shotut haqida ozroq sher bormi? Nargizaxon : ma’nosini ayting Dilfuza assalomu alayko’m. Kechirasiz savolingizga tshunmadik. Kuzimizning goʻzalligin koʻrganmisiz ogʻaynilar.
Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi tinchlik guli degan manoni anglatadi Kam õzimga kerakli she’r topmadim

Donoxon assalomu alayko’m. Sherlarni yuklashda davom etyabmiz. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.

kam ekan yana bormi. Бех хакида Яна шерларингиз борми kam ekan yana bormi Mondarin haqida sher Kam ekan .Yana bormi Kartoshka xaqida sher kerak Kuzimizning goʻzalligin koʻrganmisiz ogʻaynilar.
Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi

Kuzimizning goʻzalligin ogʻaynilar koʻrganmisiz.
……………….
Uzum uzib , sharbat suzib
Shinniga oʻt yoqqanmisiz,
Gala -gala, shoda shoda ,
Duv-duv yongʼoq qoqqanmisiz Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi

Kuzimizning goʻzalligin koʻrganmisiz ogʻaynilar.
Deb boshlanuvchi sheʼr kerak edi Meva haqida maqol kerak edi��

Assalomu alaykum. Bu she’r qardosh maktablarda o’tiluvchi 3-4-sinf o’zbek tili kitobida bor edi adashmasam

Manikini ayting

Assalomu alaykum. Bu she’r qardosh maktablarda o’tiluvchi 3-4-sinf o’zbek tili kitobida bor edi adashmasam

Baqlajon, oshqovoq, bodring, nok haqida sherlar yoqmi Сабзавотлар хакида шеърлар Sabzi haqida sherlar kerak edi, bu yerdan topa olmadim, kimda bo’lsa ulashib yuboringlar iltimos. Banan haqida ham bormi.Bõlsa yordam beringlar. Assalomu alaykum. Manga anor haqida she’r kerak. Assalomu alaykum. Manga anor haqida she’r kerak. Limon xqaida sher Filmed Xurramov : Baqlajon haqida sher topolmadim Uzim haqida sher kerak edi Assalomu aleykum : Assalomu aleykum limon xaqida sher bulsa yordam berila Ramazonov Azizbek : Assalomu alaykum. Ko‘proq sabzavotlar haqida she’r kerak edi. Sabzi kartoshka haqida Sabzi haqida sher kerak, kimda bor? Kimda bo’lsa shu yerda yozib qoldirsin iltimos. Yong’oq haqida uzun sher kerak edi. Gilos haqida sherlar kerak Men gilosman bilib ol,
Rangim yoqut totim bol,
Topsang qo’shalog’imni,
Qulog’inga taqib ol. Xammasa yaxshi Bulg’or qalampiri haqida sher kerak edi, iloji bo’lsa topib beringlar. Zo’r she’r ekan, turp haqida sher kerak, iltimos. Qalampir xaqida sher bormi Manga malina haqida sheʼrlar kerak Sherlari yaxshi menga yoqdi. Sabzavot haqida sherlar yoʻqmi? Памидор хақида шеър керак Assalomu aleykum limon xaqida sher bulsa yordam berila Anor haqida she’rlar bormi Manga kartoshka haqida she’r kerak edi. Salom. Qulupnay haqida sher bormi sizlarda? Barchaga salom, Qovoq haqida she’r bo’lsa bizga yozib tashanglar iltimos sizlardan. Karam haqida she‘r bormi, bor bo‘lsa yozib yuboring oldindan raxmat. Qizil karam haqida she’rlar bormi? Baqlajon haqida sher kerak edi, iloji bo’lsa topib beringlar iltimos.

Assalomu alayko’m do’stlar. Menga Anor mevasi haqida sher kerak edi, kimda bo’lsa tashlab yuboringlar iltimos.

Assalomu alayko’m. Pomidor haqida sher kerak edi, kimda bo’lsa yozib yuborsin iltimos. Menga pomidor haqida sher kerak edi. Assalomu aleko’m. Menga Limon haqida sher kerak edi. Sheʼrlar juda ham quvnoq va bolalar uchun yodlashga oson, qofiyali. Makkajo’hori haqida she’rla bomi? Qulupnay haqida sherlar bormi? Rediska haqida sher kerak edi, silarda bo’sa yordam bervorilar.

She’rlar tayyorlashda davom etizlar, kiichkintoylar uchun darsimda foydalanish uchun juda qulay bo’lyapti. Charchamaizlar. Rahmat xizmatiylar uchun.

Shaftoli pishdi,
Tagiga tushdi,
Xomini uzdim,
Otam urishdi. So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

Hayvonlar haqida sara sherlar to‘plami

Barcha xonaki va yovvoyi hayvonlar haqida, kattalar va bolalar uchun eng sara sherlar to‘plami.

Hayvonlar haqida sherlar (Hayvonot bo‘gi)

Hayvonot bog’ida jayronni ko’rdim,
Tutqunlikda dili vayronni ko’rdim.
Ko’rdim, quruq shoxda sayrar to’tilar,
Yig’lamsirab tovush qayrar to’tilar.

Qanotdan ayrilib, qilar pardozlar,
Osmonida endi ucholmas g’ozlar.
Burgutlarning boshi egilgan yerga,
Bulbullarning yoshi to’kilgan yerga.

Kaklikning to’shi qon, tumshuqlari qon,
Qumrilarning ma’yus ko’zlari — doston …
Bu dunyo aslida hayvonot bo’gi,
Mushtoq — zorlikka kon boshdan-oyog’i.

Bir-bir barin sanab netarman, bas-da,
Neki go’zal bo’lsa, bari qafasda!

Uy hayvonlari haqida sherlar

Mushuk bilan kuchuk,
Va bir bedana,
Yashardilar kichik,
Uyda jamuljam.

Ular bilan birga,
Yashardi yana,
Egni-boshi xoll-xol,
Bir xonqizi ham.

Bir kuni shu uyda,
Yashovchi kishi,
Xuddi qolmaganday,
Bironta ishi.

Yuzlanib bedana,
Hamda kuchukka,
Yuzlanib mo‘ylovdor,
Baroq mushukka:

– Men aytsam noqulay,
Siz ayting, o‘zi,
Kerakmikin, – dedi, –
Bizga xonqizi?

– Bizga kerak emas
Bashang xonqizi, –
Deya miyovladi,
G‘iybatchi mushuk, –

Xoll-xol ipak ko‘ylak
Kiyadi o‘zi,
Bizni o‘ylamaydi,
Hech vaqt bu shumshuk.

Shunda uy egasi,
Oynakni ochib,
Dedi xonqiziga:
– Xayr, mitticham!

Bizga seni asrash,
Emas-ku vojib,
Bizga xoll-xol ko‘ylak,
Tikmaysan sen ham.

Va-vaqlab bedana,
Dedi: – Pitpildiq!
Shuyam ish bo‘ldimi?
Bu qanday qiliq?

Ezilib kuchukning,
Kattakon boshi,
Ko‘zlaridan oqdi,
Injuday yoshi.

Xonqizi-ku ketdi,
Beshovqin, bejang.
Ammo bir yil o‘tgach,
Qurib polizi.

Uy egasin holi,
Yomon bo‘ldi tang:
Kul tushib, em bo‘ldi,
Karam va sabzi.

Xonqizini chorlab,
Uyning egasi,
Har yoqqa yugurdi,
Ming holga tushib.

Eshitilmas edi,
Xonqizi sasi,
Qaylarga ketdiykin,
Bechora uchib.

Shunda uy egasi,
Pichirlab sekin,
Hasrat qildi birdan,
Sodiq kuchukka:

– Bu uyda hammaga,
Ishonish mumkin,
Ishonib bo‘lmaydi,
Faqat mushukka.

Echki haqida sherlar

Hammaga ma’lumdir echkining fe’li,
Qozonga tushguncha tinch tura olmas.
Doim egri bo‘lgay tanlagan yo‘li,
Hunar ko‘rsatmasa jim yura olmas.

Goho nihollarni g‘ajiydi obdon,
Cho‘pon tayog‘iga teginar goho.
Suruvni jarlikka boshlar nogahon,
O’zi chetlab o‘tar xatarni ammo.

Bir kuni echkining g‘ayrati qo‘zib,
Baland bir qoyaning uchiga chiqdi.
Boqdi bulutlarga ko‘zini suzib,
Yuksaklik zavqini surdi, miriqdi.

Tog‘larga to‘shaldi qorayib oqshom,
Endi qaytib tushmoq kerak-ku axir.
Izg‘irin boshlandi, yo‘qoldi orom,
Na giyoh, na suv bor, qoya tap-taqir.

Qandoq chiqdi u yon, o‘zi ham bilmas,
Qaytib tushmoqlikka topmadi chora.
Eng yuksak qoyaning ustida xullas,
Mung‘ayib bir o‘zi qoldi bechora.

Endi madad so‘rab ma’ray boshladi,
Osmonu falakni ko‘tarib boshga.
Bizning tilda aytsak, ko‘zin yoshladi,
Omad boshqa dedi, falokat boshqa.

Tongda nazar soldi qoyaga cho‘pon,
Echki haykal yanglig‘ qotgancha turar.
Yurakni ezgudek ma’raydi nolon,
O’ziga beto‘xtov himoya so‘rar.

Cho‘pon ham chiqolmas bundoq qoyaga,
U ham noilojdan boshin qashladi.
Fursatni ketkazmay deya zoega,
Qutqazish yo‘lini izlay boshladi.

Bir bora qaynaydi har holda qozon,
Suruv ro‘yxatidan uni o‘chirdi,
Darhol o‘qladi-yu miltig‘in cho‘pon,
Echkini qoyadan urib tushirdi.
Abdulla Oripov

Jazoladim echkimni

Rahmat aytar daraxtlar,
Qarsak chalar teraklar.
Ularning ham joni bor,
Ular bizga keraklar.

Avaylayman daraxtlarni,
Shoxini sindirmayman.
Shirin jonini og‘ritib,
Ko‘zini tindirmayman.

Navdasini g‘ajib ema,
Qaysar echki ket, bundan!,
Daraxtni xafa qilsang,
Rosa ko‘rasan mendan.

Bir kun echkim yashirincha,
Boqqa kirganin sezdim.
Ushlab oldim ayamay,
Quloqlaridan cho‘zdim.

Rosa kuldi daraxtlar,
Qarsak chaldi teraklar.

O‘rmonda navro‘z

Bahor kelib, Navroʻzni,
Kutvoldi ahli oʻrmon.
Ishonmasang kelib koʻr,
Qizir tomosha chunon.

Tantanani qirol Sher,
Ezgu soʻz bilan ochdi.
Shoir Bulbul sheʼr oʻqib,
Maʼno gavharin sochdi.

Soʻng boshlandi bellashuv,
Qiziq musobaqalar.
Bayram «askiya»sini,
Avj oldirdi baqalar.

Shoxdan-shoxlarga sakrab,
Akrobat boʻldi Qoplon.
Maymun esa eng baland,
Dorda oʻynadi chaqqon.

Goʻzallik tanlovida,
Tovusoyning tengi yoʻq.
Uzoqqa tez chopishda,
Kiyikvoy misoli oʻq.

Oʻynab-kular jonzotlar,
Quvonch keksa-yoshida.
Toshbaqa ulkan Filni,
Koʻtaroldi toshida.

Hamma qoldi hayratda,
Tulki – mohir fokuschi.
Chaqqon harakat qilar,
Kenguru – zoʻr bokschi.

Muxlislar olqishladi,
Kurashga toʻldi maydon.
Toʻqayning polvonlarin,
Yengdi Ayiq pahlavon…

Xullas, zoʻr boʻldi bayram,
Gʻoliblar endi tayin.
Oʻtsa hamki oʻn soat,
Tugamas bitta oʻyin.

Suv ostida koʻp turmoq –
Hozir shu bahs mahali.
Begemot bilan Timsoh,
Koʻlning tagida hali.

Ayiq haqida sherlar

O‘rmonda bo‘lganmisiz?
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.

Men uning naslidanman,
Ayiqning aslidanman.
Otamdan qoldi po‘stin,
O‘sha po‘stin menga to‘n.

Farqim shu: men qo‘g‘irchoq,
Bolalarga o‘yinchoq!

Buzoq haqida sherlar

Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.

Iflos yerga yo‘latmang,
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.

Sigir bo‘lmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!

O‘rmondagi armiya (Jonzotlar haqida)

Jonzotlarga bilsangiz,
Oʻrmon – yagona Vatan.
Qoʻriqlashar tun-u kun,
Boʻlishar bir jon-u tan.

Fillar «harbiylar» uchun
Zoʻr binolar quradi.
Lochin – «Havo hujumi»,
Hamlaga shay turadi.

Nazardan chetda qolmas,
Hech ne. Suvda-chi, dema.
«Hammasi nazoratda!»,
Nahang – «Suv osti kema».

Xushyor chegarachidir,
Dovyurak Jayra degan.
Yovga nayza urishda,
Uchiga chiqqan «mergan».

Maymunlar – kuchli juda,
Bari jasur va tanti.
Daraxtdan sakrar yerga,
Boʻlib «havo desanti».

«Taʼminot»da sichqon-u,
Asalchi ari ham bor.
Olmaxon tashir yongʻoq,
Yemishga toʻlar «ombor».

Yumronlar – «razvedkachi»,
Atrofni kuzatadi.
Qizilishton – «telegraf»,
«Signal»ni uzatadi.

Yovqur, tengsizdir ular,
Barchasi sara «jangchi».
Boʻrivoylar – «sanitar»,
Ayiqvoy – usta «tankchi».

«Maslahatchi» Tulkini,
Yengolmay yovlar garang.
«Harbiy xiyla»ga rosa,
Ekan ustasi farang…

Nomin aytsam birma-bir,
Yana qancha «piyoda».
Asrar ona Vatanin,
Dilda mehr ziyoda.

Mardlar safiga qoʻshil,
Bir chekkada turma-da.
«Maydon»da – Yoʻlbars, Qoplon,
Timsohlar – «pistirma»da…

Dono, adolatli Sher,
Bu qoʻshinga qoʻmondon.
Shu sababli yashnagay,
Zavol koʻrmasdan Oʻrmon!

Ona bola jonivorlar

Jirafaga
Dunyo kezib shahar, goh
Qishlog‘-u, cho‘l, tog‘daman.
Qulog‘ingga bir gapni
Aytolmasdan dog‘daman.

Mingoyoqqa
Butunlay xonavayron
Bo‘larman, endi bilsam:
Oyog‘ingga yetarli
Botinka sovg‘a qilsam.

Jirafaning bolasiga
Fe’ling juda ajoyib,
Hech kimga ranj eltmassan.
Qoqib qo‘yay yelkangga,
Bo‘ying o‘sib ketmasdan.

Mingoyoqning bolasiga
Bolalik zavqli paytdir,
Tinmay yugur, o‘ynay qol.
Zerikkanda oyog‘ing
Nechtaligin sanab ol.

Bo‘ri haqida sherlar

G‘or ichida och-nahor,
Barmoqlarin so‘rishib,
O‘tirishar Bo‘rilar,
Televizor ko‘rishb.

Paydo bo‘lgach ekranda,
O‘tlab yurgan qo‘y- qo‘zi,
Birdan hamma yirtqichning,
O‘ynab ketdi och ko‘zi.

Tish qayrashib so‘ng ular,
Ur-yiqitni boshlashdi,
Televizor sho‘rlikni,
Paqqos g‘ajib tashlashdi.

Bo‘rining dеgani

– Yurardim Bo‘riman dеb,
O‘rmonning zo‘riman, dеb.
Bugun esa ochman, hoy,
Madorim yo‘q butunlay.

Do‘st-u yor boqar zimdan,
Madad so‘rayman kimdan?
Xiralashgan ko‘zlarim,
Og‘riydi oyoqlarim.

Holim yo‘q, rangim – somon,
Shu qishdan chiqsam omon,
Bosh olib kеtar edim,
Qishi yo‘q yurtlar tomon.

Bo‘ri tush ko‘rsa

Bo’ri qay bir kun,
Chiqarmasdan un,
Boribdi ovga,
Kepti o’tovga.

So’lak oqizib,
Yotibdi pishib.
Charchab tolibdi,
Uxlab qolibdi.

Ko’rsa bo’ri tush,
Ko’ngil emish xush.
Yam-yashil o’tloq,
Talay qo’zichoq.

Bo’pti xushchaqchaq.
Uyg’onib, biroq,
Cho’pon bobodan –
Yeganmish tayoq.

Bo’rilar shundan,
Uxlamas tunda…

Tulki haqida sherlar (Tulkining degani)

– Salom, bu – mеn, tulkiman,
Sizga ayon kimligim.
Tan olaman, bor biroz
Ayyorligim, shumligim.

Yurmagayman lallayib,
Iz qilmayman qishloqni.
Hatto qarg‘a og‘zidan
Ob qochganman pishloqni.

Yo‘ldagi bo‘g‘irsoqni,
Tushirgayman paqqos man.
Tutqich bеrmay qochishda
Uddaburon raqqosman.

Tulkining so‘zi

Nomimdir ayyor tulki,
Mugʻombirligim shulki,
Asrash uchun jonimni,
Toʻq tutmayman qornimni.

Bilaman, hayvon borki,
Bir-biridan koʻp farqi.
Biri ojiz, biri zoʻr,
Biri toʻq, biri bazoʻr.

Kun koʻrar, bunda sabab –
Yurmas holiga qarab.
Koʻrsa shudgorda quyruq,
Nafs berar unga buyruq.

Deyman, boʻl oʻzdan hazir,
Ammo gap qilmas taʼsir.
Oʻrmon, toʻqay sultoni,
Sherning uzundir qoʻli,
Aytsam gapning dangalin,
Boʻlolmas ammo tulki.

Yoʻlda koʻp tuzoq-qopqon
Tushgaydir – nafsi oʻpqon.
Mana olaylik boʻri,
Oʻlja deb qurir shoʻri.

Ortiga qaytmas chunki,
Tingla, xoh qoʻling silki,
Boʻlmasang gar ehtiyot,
Silliq emasdir hayot.

Ahil bizning qavmimiz,
Juda nozik taʼbimiz,
Qilmaymiz oʻzni koʻz-koʻz,
Hamda ortiqcha gap-soʻz.

Hayvonning har xil turqi,
Oʻziga xosdir xulqi.
Mendan olmayin ulgi,
Boʻlishar mudom kulgi.

Yerga urib nomimni,
Bulgʻamang siz shaʼnimni.
Chiranmasin hayvonlar,
Hech tulki boʻlolmaslar.

Qirqta hiylam boʻlsa ham,
Kelavermas doim qoʻl.
Dushmanga koʻrinmaslik –
Yashash uchun qulay yoʻl.

Tipratikan haqida sherlar (Oyim bilmasin)

Tipratikanga,
Dedi G‘anisher:
-Buncha ignang ko‘p?
Birin menga ber.

Axir ko‘ylagim,
Qoldi yirtilib.
O‘rikning shoxi,
Qolgandi ilib.

Uyga tez borib,
Olib kelay ip.
Oyimga aytmay,
Qo‘yaman tikib!

Maymun haqida sherlar

Changalzorda bir zamon,
Avji tiriklik fasli.
Bizlarga esh, birodar,
Bo‘lgan odamzod nasli.

Yon qo‘shni-yu jon qo‘shni –
G‘orlarda yashaganmiz.
Neki topsak, qizg‘anmay,
O‘rtada oshaganmiz.

Shoxdan-shoxga sakrashib,
Terganmiz banan, kokos.
So‘ng taqsimlab olganmiz,
Jonu jigarlarga xos.

Shunday ahil edik biz –
Birgalikda qilib ov.
Yo‘lolmagan biz tomon,
Hatto qonxo‘r, yirtqich yov.

Beminnat po‘stin deya,
Mo‘yimizni asrardik.
Aqlning balosidan,
O‘yimizni asrardik.

Bilmadim ne xayolda,
Fikr qildi odamzod –
Quvib ilm ortidan,
Bo‘ldi bizga etti yot!

Asli azal do‘stlikka,
Shundan raxna tashlangan.
Ustara kashf etilgach,
Begonalik boshlangan.

Mushuk haqida sherlar (Mushukning sartaroshi)

Mushugimning mo‘ylovini
Qirqqan edim yashirib,
Buvim rosa koyidilar,
Bobom so‘kdi oshrib.

Dadam ushbu qilmishimni,
Ishdan kelib ko‘rdilar.
Etmaganday ular rosa,
Ta’zirimni berdilar.

Boshqa bunday qilmaslikka,
Qayta-qayta so‘z berdim.
Sartaroshlik menga emas,
Mana sinab ham ko‘rdim.

Men yaxshilik qilmoqchiydim,
Ishlar teskari oldi.
Yaxshilikka yomonlikmi?
Savolim ichda qoldi.

Qora mushukcha

Oyi, qora mushukchaga,
Popuk taqib qo‘yaylik.
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.

Shunda qora mushukchani,
Quvmas daydi bolalar.
“Falokatning belgisi” deb,
Atamaydi xolalar.

Hamma uni ko‘rgan oni,
Deydi: “Buncha chiroylik!”.
Oyi, qora mushukchani,
Oppoq rangga bo‘yaylik.

Ohu haqida sherlar (Ohujon)

Muncha chiroyli o‘zing,
Ohujon.
Qop-qora shahlo ko‘zing,
Ohujon.

Yaqin borsam hurkasan,
Ohujon.
Sen nimadan qo‘rqasan,
Ohujon.

Bu yerlarda ovchi yo‘q,
Yo‘q xatar.
Biz holingdan doimo,
Boxabar.

To‘dang bilan sen yayrab,
O‘tlayver.
Qir-u adrda sakrab,
O‘ynayver.

Muncha chiroyli ko‘zing,
Ohujon.
Sahro suluvi o‘zing,
Ohujon.

Oxshash xabarlar:

Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she’rlar.

Kattalar va bolalar uchun Meva va sabzavotlar haqida qiziqarli she’rlar.Bolalar uchun olma, behi,shaftoli mevalari va sabzavotlar haqida eng yangi she’rlar to’plami.

Meva va sabzavotlar haqida.

Meva va sabzavotlarning rangi ko‘p narsani anglatishi mumkin. Masalan, yashil sabzavotlarda xlorofill va foliy kislotasi ko‘p, ko‘k olmalar qizil olmalarga nisbatan temir va vitaminlarga boyroq, olov rang sabzavot va mevalarda beta-karotin ko‘p. Meva va sabzavotlarning yorqin rangi ularning mazasini yoqimli qilibgina qolmay, turli kasalliklarga qarshi kurashadigan foydali fitonutrientlar haqida ham darak beradi.

Turp

Rangim yashil,
Sabzavotning turiman.
Vitaminga boyman juda,
Sabzavotlar zo’riman.
Shamollashga shifodirman,
Nomimni aytsam turpman.
Osh qilsalar oilangizda,
Men ham tayyor turibman.

Sabzi

Qizil, sariq bo’laman,
Goh uzun, goh to’laman.
Ishlatar meni oshga,
Gapim yo’q endi boshqa.

Meva va sabzavotlar tilidan

Olma: Olmadir mening ismim
Biram yoqimli hidim

Anor: Loladek qip qizil rangdaman
Mevalar ichra a’loman

Nok: Xush ko‘rishar azaldan
Shirindurman asaldan

Uzum: Marvarid shodasiday
Ishkomlarda osig‘liq

Tarvuz: Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda

Qovun: Tanaga quvvat berar
Tilimim tilni yorar

Sholg‘om:
Sholg‘om bobo deb meni
Tabobatda siylashar

Pomidor: Men bilan taomlar
Chiroyli rangga kirar
Palov to‘ra yonidan
Menga albat joy yetar

Baqlajon: Kaminani nomilari
Mulla baqla, baqlajon
Oshpazlar salat qilsa
Yeb to‘ymaysiz hech qachon

Qavoq: Meni derlar qovoq, kadi
Ming dardga darmon kadi.

Mevalar pishibdi.

Boqqa kirsam shaftoli, uzum
Sharbatlarga to‘lib pishibdi
Oltin nashvati, yoqut olmalar
Uzulib tagiga tushibdi.

Kuz tarovati.

Kuzimizning go‘zalligin
Og‘aynilar ko‘rganmisiz?
Tokdan xusayni, yerdan qirqma
Shohdan behi uzganmisiz?

Uzum uzib, sharbat suzib
Shinniga o‘t yoqqanmisiz?
Gala-gala, shoda-shoda
Duv-duv yong‘oq qoqqamisiz.

Qulupnay.

Kelganida kulib may,
Pishar akang-qulupnay.
Ba’zan yertut deyishar,
Meni sevib yeyishar.
Tayyorlansa murabbo,
Bo’laman tanga davo.
Yeb ko’ring-a, qulupnay,
Ishtaha bo’lsin karnay.

Dovuchcha.

– Shoxda shig‘il dovuchcha,
Ko‘m-ko‘k yashil dovuchcha.
Kesak otib qoqaymi?
– Yo‘q!
O‘zing yerga tushasan,
Pishib hil-hil dovuchcha!

Mevalar tilidan Shaftoli.

Nomim derlar shaftoli,
Bo’laman men ham totli.
Turim bordir bir talay,
Qay birin sanab o’tay.
Hatto danagim foyda,
Ishlatar ko’plab joyda.
Men, ha o’sha shaftoli,
Gaplashamiz xo’p, hali.

Do’lana.

Bolalardan xursandman
Menga ko’p tegishmaydi.
Mevamga toshlar otib,
Shoximni egishmaydi.
Chunki shoxlarim tikon,
Ular bundan qo’rqishar.
Ammo katta odamlar
Shoxlarimni qirqishar.
Ular bundan qo’rqmaydi,
Chunki ular katta-da.
Meni hech tinch qo’ymaydi,
Yil, oy va har haftada.
Gapni qisqa qilsam gar,
Meni hamma taniydi.
Shoxlarimni egishib,
Sindirmasa qaniydi.

Behi.

Daraxtlarning ichida
Barglarim biroz katta.
Shu bois mevalarim,
Kattaroq-da, albatta.

Olmurt.

Shoximni egma
Juda ham murtman.
Mevamni yeb ko’r,
Shirin olmurtman.

Sabzi.

Yupqagina
Po’stim bor,
Dalada
Ko’p do’stim bor.
Maqolda ham
Yoziqman.
O’sha
«Oltin qoziq»man.
Yotsam
Yerga qapishib,
Dumginamdan
Tortishib,
Tashladilar
O’raga…
Salom
Palovto’raga!

Zira.

Nozikkina ziraman,
G’ovlamayman sira man.
Oshpazlarning tushiga
Har kun kirib turaman.

Joyim — tog’lar orasi,
Baxmal ungur sarasi.
Sayr etganda bir eslang
Anzur, zirkning jo’rasin.

Xushbo’ylikda nafisman,
Gulim go’yo nargisman.
Insonga sadoqatli
Shifokorman — parhezman.

O’rik.

Qantak o’rik
Otim bor.
Xo’p mazali
Totim bor.
Mag’zimga berkitgan
Qantim bor,
Novvotim bor.

Shaftoli.

Qizil, sariq, ko’kim bor,
Og’irgina yukim bor.
Qo’yningizga solmangiz,
Qitiqlayman, tukim bor.

Sabzi va Olma dialogi.

Olma:
– Men daraxtda pishaman,
Pishsam to‘p-to‘p tushaman.
Shaklim yum-yumaloq,
Rangim qizil, sariq oq.
Bog‘bon bobom mevasi,
Hammaning arzandasi.
Daraxtdir mening uyim,
Sog‘liq tilashdir o‘yim.

Sabzi:
– Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.

Olma:
– Ona quyosh taftidan,
O‘sib bahra olamiz.
Elimiz dasturxonin,
To‘la-to‘kis qilamiz.

Meva va sabzavotlar haqida she’rlar to’plami.