Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda uy olish va qurish uchun fuqarolarga 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi

Qurilayotgan uylarning sifatiga ta’sir qilmagan holda narxlarni pasaytirish maqsadida farmon bilan 2021 yil 1 oktyabrga qadar sement mahsulotini olib kirishda bojxona bojining «0» (nol) stavkasi qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, uy-joylar qishloqlarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir beton va yirik ponelli konstruksiyalar hamda 2-darajadan past bo‘lmagan issiqlik himoyasidan foydalangan holda massiv shaklida qurilishga ruxsat berildi.

Uy Bekalari uchun rozg'orda kerakli 20 tavsiya

Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»

Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni o‘tkazgan videoselektorda «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deya ta’kidlagan edi. Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning huquqiy asosi sifatida prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, O‘zbekiston aholisiga uy olish va o‘z mustaqil qurishi uchun 20 yillik kam foizli ipoteka kreditlari hamda ularga subsidiyalar ajratiladi. Batafsil.

Кириллчада 11 mart 2021, 18:38 Siyosat

3 mart prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar qilgan edik. Unda davlat rahbari «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deya ta’kidlagan edi.

Uning ayni shu yig‘ilishda mutasaddilar oldiga qo‘ygan vazifalarining huquqiy asosi o‘laroq, prezidentning 11 martdagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash uchun davlat ipoteka dasturi doirasida 26 614 kvartirali jami 45 mingta uy quriladi va aholiga yangi tartibdagi ipoteka kreditlari ajratiladi. Ayni maqsadlarda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga 8,1 trln so‘m resurs joylashtiriladi.

Hujjatga ko‘ra, ipoteka kreditlari 20 yil muddatga, 6 oy imtiyozli davri bilan ajratiladi. Boshlang‘ich badal 15% bo‘ladi. To‘lovlar ikki xil annuitet va differensial usulda to‘lanadi.

Moliya vazirligi tomonidan 6 500 ta yakka tartibda uy qurish va ta’mirlash uchun 1,5 trln so‘m mablag‘ ajratiladi. Ya’ni aholi yakka tartibdagi o‘z uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ham kreditlar olishlari mumkin bo‘ladi.

2021 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 3550 ta kvartirali uylar quriladi. Bunga davlat byudjetidan 1,3 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

2021 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha 23,3 ming nafar shaxsga 960 mlrd so‘mlik subsidiyalar to‘lanadi.

Qishloq joylarda qurilgan ko‘p kvartirali uylar uchun 6 oylik imtiyozli davr va 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi dastlabki badal bilan 20 yil muddatga ipotekaga beriladi.

Qishloq joylarda yashayotgan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muxtoj fuqarolarga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 10 foiz miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

Sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida joylashtirish maqsadida hokimliklar tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1000 ta xonadan sotib olinadi.

Toshkent shahrida tajriba tariqasida og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga 6 oy davomida ijara to‘lovining 50% miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.

2021 yil 1 iyundan boshlab:

Imtiyozlarni adolatli taqsimlash maqsadida «Xalqparvar» komissiyalar tashkil etiladi.

2021 yil 1 mayga qadar Moliya vazirligi tomonidan ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi. Undan qurilayotgan uylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va shartlari, subsidiya to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.

Qurilayotgan uylarning sifatiga ta’sir qilmagan holda narxlarni pasaytirish maqsadida farmon bilan 2021 yil 1 oktyabrga qadar sement mahsulotini olib kirishda bojxona bojining «0» (nol) stavkasi qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, uy-joylar qishloqlarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir beton va yirik ponelli konstruksiyalar hamda 2-darajadan past bo‘lmagan issiqlik himoyasidan foydalangan holda massiv shaklida qurilishga ruxsat berildi.

Farmon bilan quruvchilarning kreditlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik va kompensatsiyasi to‘lash tartibi 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.

Uy-joylar qurilishida shaharsozlik normalariga rioya etilishi va sifatni ta’minlash maqsadida yangi tartib o‘rnatilmoqda.

Ma’lumot uchun o‘tgan 4 yilda 140 000 uy-joy barpo etildi. Yiliga qurilgan uylarning o‘rtacha soni taqqoslanganda bu avvalgi davrdagi ko‘rsatkichdan 4−5 baravar ko‘pdir.

«Газета.uz» 41 531

O‘zbekistonda uy olish va qurish uchun fuqarolarga 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-mart kuni uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Unda davlat rahbari “2021-yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur”, deb ta’kidlagandi.

“Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, ushbu yig‘ilishda mutasaddilar oldiga qo‘ygan vazifalarining huquqiy asosi sifatida Prezidentning 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2021-yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash uchun davlat ipoteka dasturi doirasida 26 614 kvartirali jami 45 mingta uy quriladi va aholiga yangi tartibdagi ipoteka kreditlari ajratiladi. Shu maqsadda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga 8,1 trillion so‘m resurs joylashtiriladi.

Hujjatga ko‘ra, ipoteka kreditlari 20 yil muddatga, 6 oy imtiyozli davri bilan ajratiladi. Boshlang‘ich badal 15 foiz bo‘ladi. To‘lovlar ikki xil annuitet va differensial usulda to‘lanadi.

Moliya vazirligi tomonidan 6500 ta yakka tartibda uy qurish va ta’mirlash uchun 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Ya’ni aholi yakka tartibdagi o‘z uy-joylarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ham kreditlar olishlari mumkin bo‘ladi.

2021-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 3550 ta kvartirali uylar quriladi. Bunga davlat budjetidan 1,3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. 2021-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha 23,3 ming nafar shaxsga 960 milliard so‘mlik subsidiyalar to‘lanadi.

Qishloq joylarda qurilgan ko‘p kvartirali uylar uchun 6 oylik imtiyozli davr va 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi dastlabki badal bilan 20 yil muddatga ipotekaga beriladi.

Qishloq joylarda yashayotgan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 10 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

Sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, xotin-qizlarni ijara huquqi asosida joylashtirish maqsadida hokimliklar tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1000 ta xonadan sotib olinadi.

Toshkent shahrida tajriba tariqasida og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarga 6 oy davomida ijara to‘lovining 50 foiz miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.

2021-yil 1-mayga qadar Moliya vazirligi tomonidan ipoteka bozori veb-portali ishga tushiriladi. Undan qurilayotgan uylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va shartlari, subsidiya to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.

Qurilayotgan uylarning sifatiga ta’sir qilmagan holda narxlarni pasaytirish maqsadida farmon bilan 2021-yil 1-oktabrga qadar sement mahsulotini olib kirishda bojxona bojining “0” (nol) stavkasi qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, uy-joylar qishloqlarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir beton va yirik ponelli konstruksiyalar hamda 2-darajadan past bo‘lmagan issiqlik himoyasidan foydalangan holda massiv shaklida qurilishiga ruxsat berildi.

Farmon bilan quruvchilarning kreditlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik va kompensatsiya to‘lash tartibi 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2017—2020-yillarda davlat dasturlari asosida 140 mingta yoki yiliga o‘rtacha 35 mingtadan uy-joylar barpo etilgan bo‘lib, bu avvallari yiliga qurilgan o‘rtacha uy-joydan 5—6 baravar ko‘p.

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish uchun yiliga kamida 100—150 mingta uy-joy qurish kerak. Bu havodan olingan gap emas, Jahon banki, mamlakatimizdagi mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganilgan tahlillar natijasi. Shu bilan birga, loyiha va qurilish sifatini oshirish, sohani mablag‘ bilan ta’minlash va halol-pok ishlatish, malakali mutaxassislar tayyorlash kabi ko‘plab muammolar o‘z yechimini kutayotgani ham haqiqat”, — degan edi Prezident 3-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida.

Bekalar uchun rozg’orda kerakli 20 tavsiya

Ro’zg’orda shunday «ayyorliklar» borki, ular bilan uy yumushlaringizni yengillashtirishingiz mumkin. Qiziqib qoldingizmi? Unday bo’lsa, marxamat!

1 — Isitiladigan palovning guruchi ezilib ketmasligi uchun qozonga ozgina qora choy qo’shib yuborilsa kutilgan natijaga erishish mumkin.

2 — Sabzavotlarni bug’da dimlab pishirsangiz, undagi kerakli moddalar va vitaminlar yaxshi saqlanib qoladi.

3 — Olma, behi, limon va apelsin kabi mevalarni dasturxonga tortishdan avval qaynoq suvda chayib yuborsangiz, hushbo’y hidi gurkirab ketadi.

4 — Jazirama issiq kunlarda sovutgich ishdan chiqsa, sifati tez buziladigan mahsulotlar — pishloq bilan sariyog’ni darxol shisha yoki chinni idishlarga solib, qopqog’ini maxkam yopish zarur. So’ng suv quyilgan tog’oralar ichiga solib, idishlarning yuqori tomonini nam sochiq bilan o’rab qo’yish kerak.

5 — Jundan to’qilgan kiyimlarni issiq suv bilan emas, biroz iliq suv bilan yuvish darkor. Avvalo kir yuvish kukuni ko’pirtirib olinadi, so’ng buyum shu suvga botirib, ishqamay yuviladi. Sovuq suvda 2-3 marta chayilgach, ozroq kukun ko’pirtirilgan toza suvga botirib olinsa, yumshoq bo’ladi. Suvini sochiq yoki toza choyshabga shimdirib olgach, tekis joyga choyshab to’shab, uning ustida quriting.

6 — Tukli sochiqlarni yuvib, chayib bo’lgach, biroz tuz qo’shilgan suvga bo’tirib qo’ying. Bu uning yumshoq bo’lishiga yordam beradi.

7 — Rangi chiqadigan kiyimbosh, yostiq jildlari kabi buyumlarni, juda kir bo’lib ketgan deraza pardalarini bir necha daqiqa tuzli suvga ivitib qo’yib, keyin yuvsangiz o’z holatini o’zgartirmaydi va oson yuviladi. Tuz bir chelak suvga bir oshqoshiq miqdorida solinishi kerak.

8 — Kir sovunda ishqor va har xil kislotalar ko’p bo’ladi. Uni ishlatganda, ayniqsa, kir yuvganda qo’llar dag’allashib, teri yorilishi mumkin. Shuning uchunbu sovunda kir yuvib bo’lgach, qo’lga biror hil krem yoki vazelin surtib qo’yish kerak.

9 — Qo’l kirmaydigan chinni va shisha buyumlarni tozalash uchun ichiga qaynoq suv quyib, g’ijimlangan qog’oz soling va yaxshilab chayqating.

10 — Agar dazmol qilayotganda ipli gazmol ko’ylagingiz, dasturxon, sochiq kabi buyumlarni kuydirib qo’ygan bo’lsangiz, suv qo’shilgan qatiqqa o’sha yerning o’zini tuni bilan ivitib qo’ying. Chayib tashlasangiz, dog’dan asar ham qolmaydi.

11 — Kiyimga tekkan qizil yoki sariq dog’larni limon kislotasi bilan osonlikcha ketkazish mumkin.

12 — Benzin va moyli bo’yoq ishlatgandan so’ng qo’lga o’rnashib qolgan hiddan halos bo’lish juda qiyin. Lekin qo’l yuvadigan suvingizga ozroq hantal qo’shib yuborsangiz, teringizda hech qanday dog’ ham hid ham qolmaydi.

13 — Sirli idishda pishirayotgan ovqatingiz tagiga olsa, idish iste’mol sodasi solingan ( ikki litr suvga bir choyqoshiq miqdorida) suv bilan qaynatilsa oson keladi.

14 — Dazmol bosishdan qolgan sariq dog’lar vodorod pereoksidi bilan (yarim stakan suvga bir choyqoshiq miqdorida), rangdor ipak va jun gazlamalaridagi dog’lar spirt bilan artiladi. Yoki piyozning o’rtasidan kesib, undan chiqqan suvni matoning sarg’aygan joyiga tomizing va sovuq suvda chayib tashlang.

15 — Shokoladdan qolgan dog’ni ketkazish uchun kiyimni sho’r suvga botirib qo’yish kerak.

16 — Kumush taqinchoqlarni tozalash uchun limon sharbatiga yumshoq matoni botirib arting.

17 — Baliqni yangi tutilganligini tekshirish uchun uni suvga solib qo’yish kerak. Agar baliq cho’ksa, demak yangi tutilgan.

18 — Pirog tovaga yopishib, tushishi qiyinlashsa, tovani bir ikki daqiqa suvga qo’yib turish kerak. Shunda pirog osongina ko’chadi.

19 — To’rt va pirojniylarga yong’oq qo’shmoqchi bo’lsangiz, uni oldin gaz pechida qizdirib oling. Bu pishiriqning yanada hushbo’y bo’lishiga yordam beradi.

20 — Pirog pishirayotganda gaz pechi eshigini qarsillatib yopmang. Aks holda ko’tarilayotgan pirog “cho’kib” qolishi mumkin.