Ona haqida sher eng sara sherlar to‘plami
Bir qo’lda beshik, bir qo’lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi,
Bu o’zbek ayoli, o’zbek onasi.
Fayzidan xonadon orasta bo’lar,
O’smalar qoshiga payvasta bo’lar.
Gullar qo’llarida guldasta bo’lar,
Bu o’zbek ayoli, o’zbek onasi.
Vafodor yoriga sadoqati bisyordir,
Kimlar unga yor, kimlardir ag’yordir.
U shunday oqila, shundayin yordir,
Bu o’zbek ayoli, o’zbek onasi.
Kimlar ko’nglin olib qadriga yetar,
Kimlardir xor qilib tashlab ham ketar.
Farishtalar unga savoblar bitar,
Bu o’zbek ayoli, o’zbek onasi.
Allomalar atab g’azallar bitgan,
Sevganlar qo’liga gullarin tutgan.
Ne — ne daholar ham yetolmay o’tgan,
Bu o’zbek ayoli, o’zbek onasi.
Ota
She’rni o’qish / Yashirish
Men bulutni oq deb yuribman,
Yuragingizbuncha oq ota.
Rasiyada ishlab yuribman,
Dunyo menga oyingoh ota.
Qalaysan deb so’raysiz holim,
Har galgiday konglim chog’ ota,
Ko’zmunchoglar bermasin onam,
Xudo menga ko’zmunchog ota
Duolariz asraydi meni,
Ko’nglim mangu yashar bog’ ota,
Yolg’onlarga o’rgatmagansiz,
Haqni izlab dilim tog’ ota.
Qaytkim kelar qishloqqa gohi,
Buncha og’ir yashamoq ota,
O’pib yashar oyogingizni,
Tuproq mendan baxtliroq ota.
Tushlarimga kiring, dadajon
She’rni o’qish / Yashirish
O’z-o’zimni pichoqsiz so’ydim,
Yuragimni sog’inchdan o’ydim.
Bu dunyodan juda ham to’ydim,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Meni yetim qilgan o’zingiz,
Bir bor ko’ray qizil yuzingiz,
Qayerlarda qolgan izingiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Menga ayting o’shal arzingiz,
Tushunmabman sira dardingiz,
Yomon o’tdi bugun qadringiz,
Tushlarimga kiring Dadajon!
Dushmanlarga to’la koshonam,
Vayron bo’ldi sizsiz koshonam,
Bunchalar sho’r ekan peshonam,
Tushlarimga kiring Dadajon.
Onasiz bu dunyo
She’rni o’qish / Yashirish
Romolin kozinga surtsang ham,
Suratin qolinga tutsang ham,
Kelmagay asrlab kutsang ham,
Onasiz bu dunyo qorongu…
Chidarman turli hil qiynoqqa,
Boshimni toshga ham urmoqqa,
Chidolmam onasiz yurmoqqa,
Onasiz bu dunyo qorongu…
Onasini berib qo’yganlar
G’am yuziga inib ketadi,
«Ona desang, tinib ketadi.
Bir zarb bilan sinib ketadi,
Onasini berib qo’yganlar.
Ilinadi oshu nonini,
Bir ko’rishga berar jonini,
Hidlab yurar to’n, ro’molini,
Onasini berib qo’yganlar.
O’lmaydilar onalar atay
Qismatimiz shu ekan netay
Sizni qanday qilib yupatay
Onasini berib qo’yganlar.
Onajon (Muhammad Yusuf)
She'rni o'qish / Yashirish
Yetmish yulduz yog’ilib,
Yarim oycha to’lolmas,
Yeti yanga yig’ilib,
Bitta ona bo’lolmas,
Ona tirik eshikka
G’urbat yaqin yo’lolmas,
Mening esa, bag’rim qon,
Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g’o’r edik,
Siz bor — biz ham zo’r edik,
Bir mayizni besh o’g’il
Teng bo’lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so’zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o’lsa, boshingdan
Oftob o’tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog’dek botib ketarkan,
Ko’ksim to’la ming armon,
To’lg’onaman, onajon.
Onasiz uy — oysiz tun
Ekan endi o’ylasam,
Qalbni o’rtar dardlarim,
Qay birini so’ylasam?
Sizsiz ko’cham befayz,
Halovat yo’q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
O’zing uchun o’l yetim!
O’rda ham men, qirda ham.
Ko’ylagimda tugma yo’q,
Tugma bo’lsa, kir -yoqam.
To’rt yangamga qo’shilib
Turtkilaydi to’rt og’am,
O’z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.
Ko’ngil o’zin tutingan
Bir mehribon qo’msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo’lsaydi,
Onasizni do’sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.
Yo’qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg’ayarman sarg’aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Uy to’rida tolbeshik —
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o’g’ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo’lsaydi
Bo’lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg’onaman, onajon.
Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko’kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog’inganda she’r yozib
Yuraklarim ezilib —
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
Onajon Muhammad Yusuf
She’rni o’qish / Yashirish
Topmoq — yo’qotmoqdir,
Yo’qotmoq – topmoq,
Sen so’lib,
Men yashab,
To’lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko’proq yo’qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig’latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq.
Sog’inch haqda she’rlar
Yozdim o’zimcha,
Mendan peshonangda
Dog’lar tizimcha.
O’g’il bo’lmay o’lay,
Attang ming attang.
Qiz tug’sang netardi,
Ko’proq qiz tug’sang.
Tirgak bo’lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo’l qarab bo’ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko’zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo’qotganim senmi
Endi ONAJON.
O’z etimni o’zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo’limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig’aymi,
O’tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko’k ag’daraymi.
Itdek oyog’ingga
Suykalgim kelar –
Uchib-uchib, mana
Qo’nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O’lim oldida ham
G’amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko’nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayir,
Do’stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O’rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko’nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O’rtanmang menday.
Onaizor (Muhammad Yusuf)
She’rni o’qish / Yashirish
Ko’nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo’lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig’lasa chin dildan ham –
Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u…
Sig’may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo’lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u…
Tonar bo’lsa qo’limdagi tor, dunyo,
Uch kun o’tmay unutgay do’st-yor, dunyo.
Yeru ko’kni titratib zor-zor, dunyo –
Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u…
Gulday kulib yurmasmidi, o’g’lim deb,
Ko’rib ko’nglim to’lmasmidi, o’g’lim deb,
Onang o’lsa bo’lmasmidi, o’glim deb
Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u…
Ko’nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo’lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig’lasa chin dildan ham –
Onam yig’lar, onam yig’lar, onam u…
Ota (Muhammad Yusuf)
She’rni o’qish / Yashirish
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o’tlar bosgan o’rmonim bor.
Qizg’aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o’tmagan otajonim bor.
Ota desam, bag’ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo’ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to’lib ketgan osmonim bor.
Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o’zingsan eng muqaddasim,
Bag’ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.
Odam bo’lib bir odamni tushunmaslar,
Ko’zingda yosh ko’rib ham goh o’kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo’l cho’zib turgan qalqonim bor…
Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O’lgunimcha endi undan ayrilmasman —
O’z otamdek bo’lib qolgan imonim bor.
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o’rmonim bor,
Qizg’aldoqlar bosh egib qon yig’lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.
Onamga (Muhammad Yusuf)
She’rni o’qish / Yashirish
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko’rib yorug’ dunyoda,
Toshkanni ko’rmagan bechora onam,
Bolang bo’lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o’g’il bo’ldimmi.
Garchi bisotingda «bayram» so’zi yo’q,
Bilaman, kutasan sandal to’la cho’g’,
Menda yurak deganlarin o’zi yo’q:
Men sovg’a bermagan qiz yo’q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o’g’ilmi, onam.
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo’qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas…
Axir, mening dardim She’r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o’g’ilmanmi, ayt?…
Sha’ningga she’r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho’kib, qo’lingni o’psin.
Undan ham ulug’im borligin ko’rsin,
Men uchun ham aziz holingni so’rsin,
Sensiz g’arib ko’nglim ko’ngilmi, onam,
Endi men ham senga o’g’ilmi, onam.
Otam (Shukur Qurbon)
She’rni o’qish / Yashirish
Ey umrim javhari davlatim Otam
Dillari quyoshdur mehribon Otam
Sizga izdoshdurman abadul-abad
Shul sabab ko’nglim shod g’rurim Otam
Bu dunyo sinovli yolg’onchi dunyo
O’tgaydur umrlar misoli daryo
Do’st degan ulfatim bo’lsada ammo
Bo’lolmas siz kabi dartkashim Otam
Sizning-la bordurman ichra keng jahon
Shukrumni e’shitsin ul buyuk Rahmon
Qalbingiz og’ritib bo’libman nodon
Doimo kechirgan rahimli Otam
Bog’ ichra gurkirar chamanzor ravon
Tinmagay har nafas mehnatkash bog’bon
Mehnat ila ayladiz siz meni inson
Siz mening qo’li gul bog’bonim Otam
Bilsangiz yurarman osmonda doyim
Siz borsiz omondur ko’kdagi boshim
Shubha yuq aytarman har yerda so’zim
Tog’ kabi sarviqor osmonim Otam
Joningizga jon bo’lolmas afsus bu jonim
Bo’lsa e’di berardim sizga bor umrim
Insho Olloh ko’rgaysiz gullagan bog’im
Nuri ila yoritgan jahonim Otam .
Onajon (Abdulla Oripov)
She’rni o’qish / Yashirish
Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga
Necha kunki yo’q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo’llarida oq elpig’ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko’zlarida hayajon.
Yotar payting bo’ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Fig’onimdan chiqar dud.
Yig’lama, deb qo’llarimga
Tutqazarlar so’ng tobut.
Tongda ruhsiz ko’z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir o’zing der eding-ku,
Silab o’ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o’zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag’rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo’lmay har kim
Yoshab o’tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o’tsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.
O’zbek onasi (Abdulla Oripov)
She’rni o’qish / Yashirish
Mushtipar ham o’zing, buyuk ham o’zing,
Kuyinchak ham o’zing, kuyuk ham o’zing,
Olamga tatirlik suyuk ham o’zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o’zbek onasi, o’zbek onasi.
Seni To’maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o’zbek onasi, o’zbek onasi.
Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo’ldan qaytilmas,
Sen o’zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o’zbek onasi, o’zbek onasi.
Boshingdan nimalar o’tmadi axir,
Vatandek taqdiring bo’ldi goh taxir,
Bobur shoh bo’lsa-da, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o’zbek onasi, o’zbek onasi.
Kelajak toychog’u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta poyingizdadir,
Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o’zbek onasi, o’zbek onasi.
Sizga ta’zim qilib turibman bu payt
Sizga baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz Yurtboshingga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o’zbek onasi, o’zbek onasi.
Otalar (Abdulla Oripov)
She'rni o'qish / Yashirish
Otalar sha’niga loyiq so’z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan teng.
Ularning mehri-ku,bamisli charoq,
Bag’ri ham yulduzli osmon kabi keng.
Sharqona tashbehni olsam gar yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib,avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar,axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor lochin
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non,degan farzandning dardli xitobi
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi
Sochlari qirovdek ko’pirib chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir beshak
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo’ldi,o’lim yo’q demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko’kka termulib kutmasman madad
Do’st izlab har yonda kezmasman sarson.
Do’stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur,armoni-armon.
Ona (Abdulla Oripov)
She’rni o’qish / Yashirish
Kimdir savol berdi:-Aytgil, Muhammad,
Yolg’iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko’p yaxshilik aylay, o’zing ayt,
Ota-onamgami? Yoxud bolamga?
Rasul javob qildi: — Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini o’yladim uzoq,
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham.
Ota duosi (Abdulla Oripov)
She’rni o’qish / Yashirish
O’g’lim so’ramasman sendan mol-dunyo,
Uy ham qurib berma, mayli, alomat.
Mayli, ko’zlarimga bo’lmagil ziyo,
Yonimda yursang bas sog’u salomat.
Mayli, ko’tarmagil meni yelkangda,
Qalqon ham bo’lmagil yog’sa malomat.
Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda,
Tepamda tursang bas sog’u salomat.
Farzand (Abdulla Oripov)
She’rni o’qish / Yashirish
Bir kuni ranjitdi otani farzand,
Ota o’z uyidan bosh olib ketdi.
Lekin Alloh mehri bo’lib sarbaland,
Ota Makkatulloh vasliga yetdi.
Ota fig’on chekdi Ka’ba qoshida,
Go’yo unut bo’lgay alamlar bari.
Najot charx ursa ham garchand boshida,
Sira ketolmadi bir gapdan nari.
Ka’baga sig’inar ekan keksa chol
Armonin oshkora aytdi olamga.
Dedi:-Ibodatim bo’lsa ham uvol,
Faqat saodat ber o’sha bolamga.
Yo’ldoshim onam (Baxtiyor Roziq)
She’rni o’qish / Yashirish
Dunyoning zorini qilib yuribman,
O’zimcha mardona bo’lib yuribman,
Kim sabab bunchalar to’lib yuribman?
Pariro’yim onam, Yo’ldoshim onam.
Onam bor deganda og’zim to’ladi,
Onam bor deganda sozim to’ladi,
Onam bor deganda yozim to’ladi,
Boshimda gultojim, quyoshim onam.
U uchun bir nihol lola ekanman,
Unib-o’ssin degan nola ekanman,
Qirqqa kirganda ham bola ekanman,
Parishonim onam, ko’z-qoshim onam.
Qanchalar kuylar bor onalar uchun,,
Ham yorqin, ham jo’shqin yo ma’yus mahzun,
Lek ona allasi baridan ustun,
Nafaslari shirin, darddoshim onam.
Bolalikka qaytib, sho’x qo’shiq aytib,
Yana chopsam edi boladek daydib,
Yuragim quvonchni izlagan payti –
Totli xotiralar eng boshi onam.
Panohlarim (Baxtiyor Roziq)
She’rni o’qish / Yashirish
Baxtiyorman, ko’zlarimga dunyo kengdir,
Duo bilan har kishining ishi o’ngdir,
So’zlaringiz oltinlarga qadar tengdir,
Mening uchun qiblagohim otajonim,
Duogo’yim, nur panohim onajonim.
Mening mahzun, tag’in shodon kuyimdasiz,
Nurli hayot tilab turgayen o’yimdasiz,
Parvonasiz, har daqiqa o’yimdasiz,
Tangridan baxt, tole’ so’rgan otajonim,
Yoshligini menga bergan onajonim.
Qoshu ko’zim sizga o’xshar otamdirsiz,
Tilimdagi ilk so’rog’im, onamdirsiz,
Sizlar menga eng mo’’tabar olamdirsiz,
Mening yo’lchim, soyabonim otajonim,
Xushzabonim, mehribonim onajonim.
Oh urarman, qadringizga yetolmayin,
Shirin so’zim sizga tuxfa etolmayin,
Men bag’ritosh bo’ldimmikan oh shundayin,
Yo’llarimga intizorim otajonim,
Nuridiydam, yo’g’u borim onajonim.
Dadajon sizningsiz… (Baxtiyor Roziq)
She'rni o'qish / Yashirish
Ulg’ayib boryapman, o’tmoqda umr,
Bulutli taqdirlar to’ldirar sabrim.
Hattoki huzurda qolmadi huzur,
Ko’ksimni tepkilar jonlanib jabrim.
Jabrning jangidan toqat toq ekan.
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ulg’ayib boryapman, o’tmoqda fursat,
U qanday fursatki, bunchalar og’ir?
YO ayting, holimni yutganmi qismat?
Vo ajab, shum qismat har nega qodir.
Qadridan qolsa qalb qatra dog’ ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Mening ham o’ynoqlab kulgim keladi,
Yuragim sevinib xush bo’lsa deyman.
Ko’nglimda ko’rganim yulgim keladi,
Ko’rganim qayg’uli tush bo’lsa deyman.
Armonim tokaydir bu so’roq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Go’yoki sarobga aylandi olam,
Qush bo’lib uchdimi umid shodasi,
Onamlar aytadi, o’kinma bolam,
O’kinma, taqdirning shu irodasi.
Menku men, onamda dard qandoq ekan?
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
O’tmoqda zalvorli fasllar hanuz,
Birgalik chog’larim eslab yashayman.
Yodimda tiriksiz kechayu kunduz,
Men sizni hamisha qumsab yashayman.
Sog’inchdan dunyo ham bir ovloq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ulg’ayib boryapman, xayolim miskin,
Shu xayol sababli dil titroq ekan.
Tunda oy, kun quyosh bermaydi taskin,
Faqatki she’rlarim bir o’rtoq ekan.
Aslida bo’z tuproq baxtliroq ekan,
Dadajon sizningsiz baxt yiroq ekan.
Ikki qo’rg’on (Guljamol Asqarova)
She'rni o'qish / Yashirish
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo’rg’oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo’q cho’lda qolgan giyohday,
Onasi yo’q rangi ro’yi siyohday.
Kimning agar qo’rg’onlari yiqilsa,
To’rt tomondan to’rt ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to’rt yil kutar dildoring,
O’n yil kutar sadoqatli do’st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko’z yummayin kutgaydir.
Otang o’lsa, o’ldi dema hayot u,
Ko’ksingdagi so’nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo’llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo’llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab ko’r,
G’amingga g’am qo’shganida sinab ko’r.
Kimlaringdir sen deb ko’z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar do’stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar do’stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki… ko’changdan bir-bir o’tgaydir.
Yig’lab turib hattoki kulding
She'rni o'qish / Yashirish
Nimadir u, ko’zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig’lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko’zingga kelgan?
Menga juda o’xshaydi, ona,
Ko’zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o’sha ko’zu, o’sha qosh,
Menga juda o’xshaydi, ona.
Ona, uni to’kma, iltimos?
Ko’zlaringdan to’kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to’kma iltimos.
Onalik sehri (Nafosat Sodiqova)
She'rni o'qish / Yashirish
Sizning so’zingizda ajib ma’no bor,
Bag’ringizga tortar so’zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo ham tor,
Jo’shar qalbingizda onalik sehri.
Shoir qizim deysiz, sho’h qizim deysiz,
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, yulduzim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland uchaman.
Orzularim ro’yob duo qilsangiz,
Doimo yo’limda bo’lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.
Onajonim mening, oftobim mening,
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.
ONAga talpinib…
She'rni o'qish / Yashirish
Bir mehring olamni to’ldirib turar,
Bag’ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim»¦
Kitobni ushlatib, maktabga eltding,
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim»¦
Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading,
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar «œDunyoda sendan ulug’ zot,
Onajon, also yo’q!», demak-la keldim…
Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim,
Afg’onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni —
Onajon, huzringga emaklab keldim»¦
Bir shirin so’zingiz
She'rni o'qish / Yashirish
Ko’zlaringiz tushimga kiribdi bugun
Soginibman sizni, juda onajon!
Bo’sh qalbimga joylashdi motamsaro tun
Ovozingiz yuragimga kiribdi shu on…
Bu erlarda yuribman, nimalar izlab?!
Issiq qo’llaringiz qumsar dimog’im
Talpinadi yurak nimalar istab?!
Bir shirin so’zingiz istar qulog’im..
Onamni sog’inib (Xosiyat Bobomurodova)
She'rni o'qish / Yashirish
«Bir pasgina yonimda o’tir,
Bir kungina yotib ket, qizim»
Atrofimda aylanib gir-gir,
Takrorlardi onam shul so’zin.
-Bu gal, -derdim yuragim toshib,
-Endi kelsam qolaman, ena…
Shafqati yo’q bu kunlar shoshib,
Meni olib ketardi yana.
Topganini tuguncha qilib,
Qo’llarimga tutqazar edi.
Meni zo’rg’a bag’ridan yulib,
Mashinaga o’tqazar edi.
Bazmlarga topar edim vaqt,
She’r o’qirdim yona va yona.
Davralarni bilar edim baxt,
Sizga vaqtim yo’q edi, ena.
Siz tog’imni cho’ktirib qo’yib,
Ketar edim toqqa, lolaga.
Sizga azob chektirib qo’yib,
Yayrar edim yashil dalada.
Majnuntolday egdirib Sizni,
Ketar edim terak bo’lay deb.
Sizdan ayab bir tunlik so’zni,
She’r yozardim yurak bo’lay deb.
Chaqqon edim, roziydi mendan,
Ham uy, ham ish, ham majlisxona.
Shunchalar band edim-ki, chindan,
Sizga vaqtim yo’q edi ena.
Kechiksam, ish kechirmas edi,
Koyinardi kechiksam, uyim.
Davralarning chiqardi dudi,
Faqat enam kutar edi jim.
Sha’n davralar ketdilar tarqab,
Bayramlari mensiz ham obod.
Goh dardlarim yig’ilar qop-qop,
Yolg’izlikdan solgim kelar dod.
Shunday g’amlar bo’lar ekanki,
Tushunmas ekan onangdan boshqa.
Tinglamaydi seni birovlar,
Boshlaringni ursang ham toshga.
Qabringizga chopaman bot-bot,
So’zlashay deb qona va qona.
So’ramaysiz holimni xayhot,
Endi Sizda vaqt yo’qdir, ena…
Mehribon onam (Mashrab)
She'rni o'qish / Yashirish
Jamoling ko’rgali keldim, ayo ey mehribon onam,
Mening uchun ado bo’lg’an yuragu bag’ri qon onam.
Xo’tan dashtiga tushtum bul falakning gardishi birlan,
Eshitkil arzi holimni, men aytay senga, jon onam.
Ajoyib mehribonimsan, meni oromi jonimsan,
Murodi du jahonimsan, bihishti jovidon onam.
Meni bir jodu ko’zluk bul jahon ichra xarob etti,
Qadi sarvu sanavbar, qoshlari misli kamon, onam.
Boshimga tushti bul savdo, bo’lubman bulbuli shaydo,
Shabistoni jahonda qumridek shakkarfishon onam.
Bu ishq o’ti xarob etti, yurak-bag’rim kabob etti,
Meni xoki turob etti yuzi mohi tobon onam.
Seni ko’p intizor ettim firoq o’tig’a, ey Ka’bam,
Tavofi Ka’bayi maqsuda keldim, dilkashon onam.
Iloho, avf qilg’aysan bu Mashrabning gunohini,
Tufayli onayi zorim, g’aribu notavon onam.
Onam yodi (Halima Hudoyberdiyeva)
She'rni o'qish / Yashirish
Bolaligim. Avji saraton
Dala. Tog’u toshlar kuymakda.
Onam ishga otlanadi tong,
Rangi o’ngib ketgan ko’ylakda.
Naq taqimda sochini sochib,
Boyovutning shamoli sang’ir.
Vafo qildi birgina sochi
Eplayolmay ro’molda tang’ir.
Borar baland bo’yli, kulcha yuz,
Bo’y-bo’y juvon, sirli siyoqda.
Suyolmadik uni qilcha biz
Xudo suysin endi u yoqda.
Eshitaman tovushlarini
Borar jannat malaklariday.
Tuproq to’la kovushlari-yu
Rangi o’nggan ko’ylaklarida…
Ruhim ko’taradi bayroqlarini…
Dunyo kambag’alni kamsitib, g’ajib
Tag’in boyitarkan boyroqlarini
Ruhim olib qo’yar boshimdan tojni
Baxtimiz — Onajon…
She'rni o'qish / Yashirish
Tunda yozibman kimgadur she’rlar
Kimgadur o’zimni bag’ishlab har on
Muhabbat desalar berardimku jon
O’shanda unutdim sizni onajon.
Do’stimga ishonib sirim ham aytdim
Dushmanni hamma vaqt do’stim deb bildim
Yomonlik, razillik barchasin qildim
Sizni o’ylamadim bir dam onajon.
Do’st sirimni olamga yoyib ham bo’ldi
Ishonganim ustimdan kulib ham bo’ldi
Nahotki quvonib yi’glagan chog’da
Sizni o’ylamadim bir dam onajon.
Yuz o’girdi hatto o’z Do’stim
Va’dasin unutdi bevafolar ham
Boshimga tushdiku malomat toshi
Yolg’iz boshginamda yig’ladi onam.
Ko’zimni ochib qarasam shu choq
Yig’lab turar munis bir inson
Ko’zlaridan tutib so’rayman
Gunohkor o’g’lingni kechir ONAJON.
Onajonim, sizga to’ymadim!
She'rni o'qish / Yashirish
Beshigimni quchoqlab yotgan
Shirin-shirin allalar aytgan
Sabo yanglig o’pib uyg’otgan
Onajonim, sizga to’ymadim!
Siz ketdingiz, manzil- lomakon
Hamma ketar, ketar begumon
Ammo qoldi dilda bir armon:
Onajonim, sizga to’ymadim!
Yo’lingizda ko’zlarim qoldi
Aytilmagan so’zlarim qoldi
Ko’zimda yosh, bo’zlarim qoldi
Onajonim, sizga to’ymadim!
Der edingiz: «œOna qo’rg’oshin
Erib ketar ko’rsa ko’z yoshing»
Toshdan bo’lsin derdingiz boshing
Onajonim, sizga to’ymadim!
Orzulagan kunlariz keldi
Siz aytgan ul qut fayz keldi
Lek tilim lol dil ma’yus keldi
Onajonim, sizga toymadim
Yashayapman yaxshi yo yomon
Boshga tushsa ko’narkan inson
Mehringizga tashna bo’ldi jon
Onajonim, sizga to’ymadim!
Umid birlan yashaydi banda
Eh, ochilib bu sirli parda
Ko’rishtirsin endi mahsharda
Onajonim, sizga to’ymadim!
Ota — ona duosi (Safo Ochil)
She'rni o'qish / Yashirish
Olmasam gar ko’nglim to’lmas,
Ota — onam duosini.
Olmasam gar yo’lim bo’lmas,
Ota — onam duosini.
Qayda bo’lmay yo’qlagayman,
Mehrin asrab saqlagayman,
Axir, qanday oqlagayman,
Ota — onam duosini.
Umrim bo’yi g’amin yerman,
So’zin durga alishtirmam.
Siymu zardan ortiq derman,
Ota — onam duosini.
Safo Ochil, holin so’rgum,
Mudom boshim egib turgum,
Qancha bo’lsa ham oz ko’rgum
Ota — onam duosini.
Ona
She'rni o'qish / Yashirish
Eng ulug’lardan ulug’ insonlar insoni ona!
Oyu kundan ham munavvar husni nuroniy ona!
Mehribonlar mehriboni yaxshilarning yaxshisi,
Mehru shafqat olamining yuksak osmoni ona!
Garchi nomidir ayolu qudratidir bemisol,
Tarbiyat mulkin zabardast mardi maydoni ona!
Qalbi daryo, oliyhimmat, har saxiydan ham saxiy,
Ya’ni g’amxo’rlik diyorin toza vijdoni ona!
Bag’ri bog’ sahniyu, farzand sunbulu rayhonu gul,
Bu hayot dunyosining eng katta bog’boni ona!
Arzimas bir jon uni ming jon fidosi bo’lsa ham,
Sadqai farzandlarin har lahza qurboni ona!
Onadek farzandin qadriga yetar olamda kim?
Har qadrdondan qadrdonroq qadrdoni ona!
Yaxshi farzand onasin aylar rizo, aylar rizo,
Davlati ham baxti ham, darmoni ham joni ona!
Onajon deb sayragay qushlar chamanda, Chustiyo,
Sayragin bulbul dilimning she’ru dostoni ona!
Onam — a (To’lan Nizom)
She'rni o'qish / Yashirish
Sendan o’zga mehribonni ko’rmadim,
Sensiz yorug’ bu jahonni ko’rmadim,
Sendan buyuk or-vijdonni ko’rmadim,
Sensiz to’kis yer-osmonni ko’rmadim,
Bugun yana yodga tushgan onam — a.
Ko’rishamiz, bolam, qiyomatda deb,
Yig’layverma, bo’tam, nadomatda deb,
Sen yakkasan, yasha diyonatda deb,
Umring o’tkaz halol, ibodatda deb,
Bildirmasdan mendan qochgan onam — a.
Ulushing bor dasturxonda, o’zing yo’q,
Ko’z oldimda surating bor, so’zing yo’q,
Ko’zlarimga qarab turgan ko’zing yo’q,
Yig’lamagan o’g’ling hamda qizing yo’q,
Ro’zg’orimda shamday o’chgan onam — a.
Ertayu kech o’gitlaring tilimda,
Hasratlaring ko’zimdagi selimda,
Ko’pga qilgan onaliging elimda,
Sen bog’lagan shohi belbog’ belimda,
Kelmaslikka qushday uchgan onam — a.
Sendan qolgan uyni obod ayladim,
Suting haqqi, ruhingni shod ayladim,
G’arib edim, o’zni kushod ayladim —
Yolg’izingni uch pahlavon ayladim,
Yurtga uchta o’g’il qo’shgan onam — a.
Ko’rganingda bo’lar edi — shu alam,
Dunyo ishi shundoq ekan, biri kam,
Shu boisdan yig’lab o’tar el-olam,
Armonlaring mana men tutgan qalam —
Shoir bo’lib qaynab-jo’shgan onam — a.
Yaratgansan piri imonim bo’lib,
Qaratgansan tabib insonim bo’lib,
Yayratgansan bog’u bo’stonim bo’lib,
Sayratgansan ulug’ Turonim bo’lib,
O’zbekiston kabi quchgan onam — a.
Onam surati (To’lan Nizom)
She'rni o'qish / Yashirish
Bugun yana termulaman, Onajon,
Sen tomonga intilaman, Onajon,
Aytgil, endi ne qilaman, Onajon,
Ne o’tganin men bilaman, Onajon,
Sado chiqmas, sog’inaman, surat jim.
Shoir bo’ldim hasratingni aytgani,
Armoningni men bolamga bitgani,
Vaqtim yetmas uxlagani, yotgani,
Opam kelar yig’l;ab-yig’lab ketgani,
Siqilaman, o’kinaman, surat jim.
Ziyoratga bordim kecha qabringga,
Zor yig’ladim, kirolmadim bag’ringga,
Rahming sira kelmasmi sag’iringga,
Bilasan-ku, tayyor edim amringga,
Yolvoraman, o’tinaman, surat jim.
Mehnat bilan endi topdim e’tibor,
Bunyod, Ozod o’g’lim va to’rt qizim bor,
Men yashayman izlaringga intizor,
Sog’inganda O’zbekiston menga tor,
Yurak bosib yutinaman, surat jim.
Ko’z yoshim —suv, bog’ unar chaman-chaman,
Oq suting deb ilhomimni ichaman,
Sen — Turkiston, Ona-Yer, Ona-Vatan,
O’zingdadir, o’zing bergan jonu tan,
Bosh qo’yaman, sig’inaman, surat jim.
Onamga deb…
She'rni o'qish / Yashirish
Bozorlardan savdo qildim bolamga deb ,
Shirinligu novvot oldim bolamga deb ,
Go’zla gullar sarpo oldim yorimga deb ,
Men bag’ritosh nima oldim onamga deb,
Hashamatli uylar qurdim bolam uchun ,
Dabdabali to’ylar qildim bolam uchun ,
Oyoq osti qo’ylar so’ydim kimlar uchun ,
Men notavon nima qildim onam uchun
Yolg’izgina bir mehribon onam uchun .
O’zi yemay yedirgan ham onam edi ,
O’zi kiymay kiydirgan ham onam edi ,
Bu dunyoda chin do’stim ham onam edi .
Menga chin do’st chuyanchig’im onam edi ,
Farzand bolib nima oldim onamga deb ,
Men bag’ritosh nima oldim onamga deb .
yolg’izgina mehribonim onam uchun «¦»¦»¦..
Duogo’yim Onamni
She'rni o'qish / Yashirish
Yetim farzandingga quloq sol dunyo ,
Kechalar to’lg’onib yig’lab yotaman ,
Bir kun baht omadni toparman ammo ,
Duogo’y onamani qaydin topaman.
Do’stlar kelib ketar halol va sotqin ,
Alardan goh shodlik jabr tortaman ,
dushman ham do’stimga aylanar lokin ,
duogo’y onamni qaydin topaman .
Bir kun sekinlashar hayot kemasi
Nogoh langar tashlab suvga botaman ,
Yuzimga urilsa o’lim sharpasi
Duogo’y onamni qaydin topaman.
Fano sayri tugab qil ko’prik bu dam ,
Gunohim ko’p manim qandoq o’taman,
Ey,voh ey sadoyi gunohkor bo’lsam ,
Duogo’y onamni qaydin topaman .
Duogo’yim «¦»¦.onamni men qaydin topaman «¦»¦»¦»¦
Onamning qo’llari (Dilshod Rajab)
She'rni o'qish / Yashirish
Keltiray bir ta’rifin onamning qo’llarini,
Ham habib, ham tabibim — onamning qo’llarini.
Ko’targan ro’zg’or yukin, qilt etmay biror tuki,
Ham buyuk, ham suyukli onamning qo’llarini.
Kaftida tutgan bizni — besh o’g’il, ikki qizni,
Quyoshday issiq yuzi onamning qo’llarini.
Biz deb o’t — suvga kirgan, nonlar yopib, kir yuvgan,
Qattiqligi temirdan, onamning qo’llarini.
Goh suyib, goh alqagan, oq yuvib, oq taragan,
Kunimizga yaragan onamning qo’llarini.
Soyabon panoh bo’lgan, kaftlari qadoq bo’lgan,
Oling «œsadqa — sadoq» bo’lgan onamning qo’llarini.
Goho tushimga kirgan, ko’z yoshim artib turgan,
So’rang men musofirdan onamning qo’llarini.
Bargday titradim yozib, go’yo bag’rimga bosib,
Novdaday ozgan, nozik onamning qo’llarini.
Sizlar — aka-ukalar,
Tizlar bukib — cho’kkalab,
Ko’zga suring siypalab,
Xohi shom, xoh ertalab,
Bolangizday erkalab,
Onamning qo’llarini,
Onamning qo’llarini!
Qalqonim ota (Mahmud Asror)
She'rni o'qish / Yashirish
Yelkangiz o’parkan quyosh ham bota,
Qarshilab barchani bir-bir uyg’ota,
Bolangiz ko’ngliga paxtadan yumshoq,
Temirdan qattiqroq qalqonim, ota!
Zalvorli yuklar-da yuqtirolmas gard,
Oldingizga tushmas biron bitta mard.
Zardobga aylangan ichga yutar dard,
Yurakdan portlagan vulqonim, ota!
Gullar titrasada bo’ston vahmida
E’zozlab yashagay sizni rahmida!
Biz deya hayotning achchiq sahnida
O’zin yer aylagan osmonim, ota!
Bolam deb nigohi g’unchadek so’lgan,
Og’ir sinovlarda ne bo’lsa-bo’lgan…
Yuzi qayg’ursa-da, ko’zlari kulgan
Jannat hidi kelar rayhonim, ota!
Biror lug’ati yo’q yig’lab nolishda,
Asta hordiq olgan qattiq bolishda!
Qalbida erkalab, yig’lagan tushda
Yillarga ulg’aygan armonim, ota!
Sizga men shu bukun qo’shig’im aytdim,
Qadringizni o’ylab hovliga qaytdim,
Mehringizda qolgan bo’lsa gar qaytim,
Men uchun bir umr darmonim ota!
Onam
She'rni o'qish / Yashirish
Men nima topibman,dunyoga kelib?
Sizdan-da sevimli,sizdan-da aziz.
Ko’z-ko’z qilmoqlikka,maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz,davlatim ham siz!
Oftobim onama,oyim onama,
Nomusim onama,orim onama!
Bedor o’tqazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi.
Oylaringiz haqqi,yilingiz haqqi,
Sizga fido bo’lsin,jonim onama!
Oftobim onama,oyim onama,
Dardlarim oqizar,soyim onama!
Sizdan boshqa xarkim aldagani rost,
Alam quzg’un bo’lib talagani rost.
Yer bosib yuribman,osmonni ko’rib,
Sizni duoingiz asragani rost!
Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo’ydim.
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam!
Negadir,negadir uzrlarga tilim bormadi.
Ertaga,ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?
Onamsan! Onamsan! Qalbimni mehringga to’ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat!
O,munosib kuyching bo’lish mushkildir.
Seni kuylamaslik esa jinoyat.
Ota-ona g’animat
She'rni o'qish / Yashirish
Hayot karvonini tortib o’tamiz
Umrni sarhisob qilib o’tamiz
Kimnidir dunyoda aldab o’tamiz
Bu dunyoda bormi o’zi diyonat
Ey birodar ota-onang g’animat
Inson yashar yolg’on kunning ostida
Inson yashar qil ko’prik ustida
Inson yashar ko’cha-ko’yning qo’ynida
Topgan boylik molu-dunyong xiyonat
Bu dunyoda ota-onang g’animat
Ba’zan do’stdan chiqib qolar dushmaning
Ko’zlab urar yashnab turgan chamaning
Agar bo’lsa sevgan yoring yomoning
Ota-onang yonidasan xijolat
Bu dunyoda ota-onang g’animat
Otang hayot xonadoning charog’on
Onang hayot baxting to’kis farovon
Ular borki bosgan qadaming ravon
Har ne borki saqlay olgin qanoat
Bu dunyoda ota-onang g’animat
Mehr bergin ayolingga, gulingga
Mehr bergin ,farzandlaring yo’lingga
Mehr bergin jigaring-u qoshningga
Atrofingda yaqinlaring tumonat
Bu dunyoda ota-onang g’animat
Farzand uchun yemagan-u yedirgan
Dilband uchun kiymagan-u kiydirgan
Qaro ko’zim kam bo’lma deb o’stirgan
Ular uchun qilolmasak inoyat
Bu dunyoda ota-onang g’animat
Yashayapsan bu dunyoda kimni deb
Olomasang duosini onam deb
Tiriklikda yo’qlolmasang otam deb
O’tgandan so’ng qilma bekor dod -faryod
Tushun axir ota-onang g’animat
Hayot bo’lsa kimning onasi
She'rni o'qish / Yashirish
Do’ppisini otsin osmonga,
Ko’zi kulib boqsin zamonga..
Qo’lin butun uzatsin nonga ,
Hayot bo’lsa kimning onasi..
Sovqotmaydi qor bo’ronda ham,
Qoqilmaydi tosh yo’llarda ham..
Turtolmaydi xech bir muttaham,
Hayot bo’lsa kimning onasi..
Yulishmaydi nohaq bir patin,
Yaxshi bo’lar doim ulfati..
Issiq turar doim ovqati,
Hayot bo’lsa kimning onasi..
Mehr izlab ko’chib yurmaydi,
O’z uyida cho’chib yurmaydi..
Rangi quti o’chib yurmaydi,
Hayot bo’lsa kimning onasi..
Farzand uchun ona bir me’mor,
Poyidadir jannat onaning..
Yetsin uning qadriga faqat,
Hayot bo’lsa kimning onasi..
Ona haqida sher eng sara sherlar to‘plami
Bag'ringizga qo'yayin boshim
Siz ko'rasiz ko'zimda yoshim
Sirim bilgan yolg'iz sirdoshim
Onajonim mehribonginam
Bilaman men barini
Yengib o'tib ketaman
Baht va omad qo'lidan
Tez kunlarda tutaman
Yaqiningdan o'zga qadringni bilmas
Ulardan boshqasi dardingni bilmas
So'zlaring eshitib tursada ammo
Yaqinlaring kabi dildan tinglamas
Кўкракни ёстиққа бермагин дўстим,
Чунки ёнингда тоғдек отанг бор.
Сирингни номардга айтмагин дўстим,
Чунки ёнингда тоғдек отанг бор.
Sababli bo'larkan dunyo ishlari,
Bir so'z zarbidan tog' qularkan.
Tovoninga botsa tuxmat toshlari,
Boshingda parvona onang turarkan.
Yelib yuguramiz bola-chaqa deb,
Tiriklik tashvishida umr o'tarkan.
Xayot senga omadni ko'rmasa ep,
Senga duo qilib onang yig'larkan.
Foniy dunyo havasiga berilib,
Onam tursa kimlargadur termulib,
Yuz so'm pulga sherman deya kerilib,
Otamning qadrini bilmabman,
Onamni dardini so'rmabman.
Ona
Dunyoda bordur bir ayol
Har soniya men haqimda o'ylaydi
Men haqimda surip hayol
Hech ham tinim bilmaydi
O'zga yurtga keldim mana,
Mehringizdan kechib ona,
Dardlarimni aytay yana,
MUSOFIRMAN ONAJON!
Кеча капалаклар кувлаб юрардим,
Беташвиш хаётни завкин сурардим.
Ойга боксам гуё ойдек тулардим.
Энди туйдим дилда кузни отажон.
Согиниб кетяпман сизни отажон.
Ona haqida chiroyli she’rlar
Etiboringizga Ona haqida she’rlar ni taqdim etamiz. Ushbu Ona haqida she’rlar turli internet nashrlardan olingan bo’lib, Ona haqida she’rlar ni o’qib yig’lamaslikning iloji yo’q. Shundan ekan Ona haqida she’rlar sizlarga yoqadi degan umiddamiz.
- O’ZBEK ONASI — Abdulla ORIPOV
- TAVALLO — TO’RA SULAYMON
- SHUHRAT O, ONA…
- TO’RTLIK
- ONA HAQIDA SHER
- ONA NAVOSI — Husniddin SHARIPOV
- ONAJON — ABDULLA ORIPOV
- Ona haqida she’rlar : ONA
- ONA
- ONAMNI ESLAB…
- ONAMGA — Zebo MIRZO
- ONAM YOZOLMAGAN SHER — Behzod FAZLIDDIN
- ONAMGA MARSIYALAR
- ONAM — Marsiya
- SENI KO’RGIM KELAR, ONAJON
- MOTAMSARO ONA
- SEVGIM VA ONAM
- ONAJONIM
- ONA DUOSI
O’ZBEK ONASI — Abdulla ORIPOV
Mushtipar ham o’zing, buyuk ham o’zing,
Kuyinchak ham o’zing, kuyuk ham o’zing.
Olamga tatirlik suyuk ham o’zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
Seni To’maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibikhonim, Nodirai zor,
Payti keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo’ldan qaytilmas,
Sen o’zing Kabamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
Boshingdan nimalar o’tmadi akhir,
Vatandek taqdiring bo’ldi goh takhir,
Bobur shoh bo’lsada, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
Gohida balqiding Barchindek to’lib,
G’o’zadek quriding Tursunoy bo’lib,
Timsoling yalovda yulduzdek kulib,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
Farzanding quvonsa — sen ham quvonding,
Faqat bolam deding, yashading, yonding,
Nokasi uchrasa, o’rtanding, tonding,
Payt kedi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
Kelajak toychog’u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta, poyingizdadir,
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi, aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
Sizga tazim qilib turibman bu payt,
Sizga bakhshidadir eng shohona bayt,
Aziz elu yurtga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.
TAVALLO — TO’RA SULAYMON
Ona haqida she’rlarni o’qishda davom eting.
Nelardandir kungil bulib gash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Kuzlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh
Mushtipar bir Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Qaytar bulsam quruq qul ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib ulja, ulovdan,
Qarzga botar bulsam birovdan
Taskin berib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr kursam bir betavfiqdin.
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qadrim kharob bulsa tuproqdin.
Ohlar urib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Oga-ini urtasida gap…
Alhol, kelib chiqmish ikhtilof:
Biri izzat, biri mulk talab.
Bu oq sutim, mehrimga khilof, —
Deya shurlik Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Sinalmoqning gali kelganda,
Nohaq maglub bulsam maydonda,
Nomim qolmas bulsa jahonda,
Kim dust-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Hanim bir yon, men bir yon bulsam,
U ustivor, men uryon bulsam,
Bu ham kamday nogiron bulsam —
YOgoch otga yonma-yon bulsam
Oy tutilib, Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Bulsam gumroh, bulsa gunohim,
Vujudimga solmasdin vahm,
Qabul ayla tavallo-ohim,
Darig tutmay mehring, ilohim,
Yiglatmagil mushfiq Onamni,
Volidai Muhtaramamni.
SHUHRAT O, ONA…
Ko’z ochib olamga kelgandan beri
Nelarni ko’rmadi bu boshim mening.
Ozmi-ko’p tanidim hayotning sirin,
Qirqqa ham etibdi bu yoshim mening.
Yildan-yil orttirdim talay do’stu yor,
Hurmatlab dedilar, «do’stim», «o’rtog’im»,
Ulg’aydim: ko’ksimga bosh qo’yib dildor,
U dedi: «Bakhtimsan, suyangan tog’im. »
O, ona, hech biri emasdur shirin
«Bolam!» deb bir og’iz aytgan so’zingdan!
O, ona mehringda quyosh yashirin,
Ne ajab gul unsa har bir izingda!
TO’RTLIK
Dunyoda eng yakhshi, mehribon ona,
Bu mening onamdir, biling, yoronlar!
Ey, o’g’il-qizlarim, bo’ling parvona
Onamda qolmasin dardu armonlar!
ONA HAQIDA SHER
Farzandiga bulib parvona
Tunlar alla aytar:
— Usgin, oppogim.
Onalik zavqiga qona va qona
Yupatar,
Erkalar umr chirogin.
Yiglasa gam chekar,
Shodlanar kulsa,
Diliga payvanddir har bir nafasi.
Bola tez ulgaysa,
Chin odam bulsa —
Shudir onaizor orzu-havasi!
Shu niyat yulida tunlari bedor,
Farzandi mehriga garq bular ayol…
Bola usgan sari sochga qunib qor,
Uzin keksayishin qilmaydi khayol.
ONA NAVOSI — Husniddin SHARIPOV
Kechalar uzundir, kechalar uzoq,
Goh kuzim ilinmas tong qadar, bolam.
Kungil mavjlariga solganda quloq,
Khayolga ne kelib, ne ketar, bolam.
Farzanddir onaning umriga gultoj,
Dardiga malham-u, bakhtiga yuldosh,
Hech kimni etmasin hech kimga muhtoj,
Minnat yosh joningni ogritar, bolam.
Mayli, ultirmagin tun-kun boshimda,
Etar paydo bulsang tez-tez qoshimda,
Balki rizqing bordir bir kaft oshimda,
Gap-suzni aylasam mukhtasar, bolam.
Goh borsam uyingga uzimdan ortib,
Yayrar nabiralar sakrashib, yurtib,
Kutarsam, qulimdan olmagin tortib,
Menga ham yarashar gunchalar, bolam.
Aziz umring bulib shohona bir bayt,
Qushiqlar ichingdan toshib ketgan payt
Arzingni menga ham tushuntirib ayt,
Qolmayin dardingdan bekhabar, bolam.
Uz inin vatan deb sevarkan turna,
Sen ham har zarrasin kuzga et surma.
Ichmagin, chekmagin, bemahal yurma,
Bulsin bosgan izing bekhatar, bolam.
Khayr-khush qilarmiz bir kunmas-bir kun,
Tonglarim husnini tusganda ham tun,
Bakhtingni kursam bas — mamnunman, mamnun,
Sen borki, bizlar ham mutabar, bolam.
ONAJON — ABDULLA ORIPOV
Abudullar Oripov Ona haqida she’rlar dan
Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga
Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.
Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.
U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.
O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?
Yo`qmidi hech o`zga gaping, —
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.
Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.
Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.
Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.
Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.
Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.
Esimdadir, titrar edim —
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.
Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
— Shoir o`g`lim, — deding menga
Sekingina qayrilib.
Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.
Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.
Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.
Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.
Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.
Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.
Dilda neki jur’atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.
Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she’rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.
Ona haqida she’rlar : ONA
Kimdir savol berdi: — Aytgil, Muhammad,
YOlgiz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga kup yakhshilik aylay, uzing ayt,
Ota onamgami yokhud bolamga?
Rasul javob qildi: — Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yakhshilik qilgil.
Bu hikmat sharhini uyladim uzoq —
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tugilgan paygambarlar ham.
ONA
Kaba qopqasida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yullarin.
Onalar poyiga tiz chuk ushal on,
Tavof qil, kuzga surt, upgin qullarin.
Hojar onamizning nidosi sabab
Kabada kuz ochgan obi zam-zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab
Ne-ne paygambarlar, kuzlarida nam.
Qavmimni ranjitib quymayin, ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bagriga faqat beshik jo,
Hayotbakhsh allalar aytgan, muloyim.
Shurlik odamzodning tolei uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora, gunohlardan pok bulgay ochun,
Onalar utinchi topib ijobat.
Kaba qopqasida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yullarin.
Onalar poyiga tiz chuk ushal on
Tavof qil, kuzga surt, upgin qullarin.
ONAMNI ESLAB…
Shamol uvillaydi,
Qor, buron toshib,
Tepalik tushiga uzni uradi.
U erda tuproqqa bagrini bosib
Tanho bir sagana mayus turadi.
Qoshiga chiqay deb buzlab yul yurdim,
Kukragimni tildi izgirin, tikan.
…Netay, onajonim, qancha odam kurdim,
Sendan yaqin kishim yuq ekan…
ONAMGA — Zebo MIRZO
Oq sochlari oppoq tun uning,
Umri halol ishqqa bayroqdir.
Oh, yuzlari dunyoi dunning
Go’zalidan chiroyliroqdir.
(Bo’lolmadim hassasichalik),
Otam dardin ko’targan mohim,
Ushoqqina onam ko’ngliga
Bir hovuch nur bergil, ilohim!
O’zi potrab chiqqan chashmaday
Yoningizdan oqdim-u, ketdim.
O’zgalarga daryo tutdim-u,
Oh, onam-a, sizni unutdim.
Qaldirg’ochlar mendan yakhshiroq,
Bakht to’kadi hur quchog’iga.
Men ham uning tirnog’iman-u,
Arzimayman, lek tirnog’iga!
Ismaloqlar bo’yini tarab,
Bahor shoshsa yurgan joyiga,
Rabbim, meni gul qilib yarat,
Hech bo’lmasa, uning poyiga.
ONAM YOZOLMAGAN SHER — Behzod FAZLIDDIN
Sochlarimda oq gullar,
Kel, ularni ter, bolam.
Yo’lingga mushtog’ yo’llar,
Bolam bo’lib ber, bolam.
Ko’ksimga oy berkitdim,
Yulduzlarga choy tutdim,
Otangdan ham ko’p kutdim,
Bakhtim bo’lib ber, bolam.
Titragan sozingni qo’y,
Bo’g’iq ovozingni qo’y,
Qalam-qog’ozingni qo’y,
O’g’lim bo’lib ber, bolam.
Yo’l uchun tuqqanmidim,
Gul uchun tuqqanmidim,
Pul uchun tuqqanmidim,
Borim bo’lib ber, bolam.
Qaldirg’och singling behol,
Qanotidan khatni ol.
Ishing ko’pdir, ehtimol,
Kelmay qo’yaver, bolam…
ONAMGA MARSIYALAR
Ona haqida she’rlar dan biri.
Bu kun ko’rlikmidi yo g’aflatdimi,
Nechun bilmay qoldim, yo ofatdimi,
Haq bizga atagan bir kulfatmidi,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Jonimda bir nima uzilib ketdi,
Yuragim qon bulib ezilib ketdi,
Kuz ungimda olam buzilib ketdi,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Jon olgani kepti Azroil, evoh…
Bizlarni gamdan hech etmabsiz ogoh?
Dardingiz tog ekan, demabsiz bir oh,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Kuz uzsam, egilib kelib qoshimga,
Kuldingiz kuzimdan oqqan yoshimga…
Kuz ochsam, topmadim yana qarshimda,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Dod deb uygonarman tunlari birdan,
Jonimda bir zarra qolmay sabrdan,
YOnma-yon joy olgim kelar qabrdan,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Nechun suzlaringiz durga bitmadim,
Nechun bir opichib hajga eltmadim.
Nechun sizdan oldin gurga yotmadim,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Tuymi, aza — yakhshi-yomon kunimda,
Kim turadi endi mening yonimda?
Kim yupanch beradi qiynalganimda?
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Ajalning dastidan qoraydi yuzim,
Olloh, yuragimga Uzing ber tuzim.
Jannatingga quygin onamni, Izim,
Joyingiz jannatda bulsin, onajon!
Siz uchib ketdingiz qaysi dunyoga,
Nechun erga qoldim yolQiz, onajon.
Suzlaringiz istab boqsam samoga,
Butun olam jimjit sassiz, onajon.
Nega uz vaqtinda anglay bilmadim,
Armonli dunyoda qoldim, onajon.
Dardingizni payqab tinglay bilmadim,
Soginib injinib toldim, onajon.
Kamida tuqsonga kirasiz devdim,
Olamda gurkirab yurasiz devdim,
Nevara tuylarin qurasiz, devdim,
Men kimga ishona qoldim, onajon.
Nenga qatiy-qatiy suylab hakimlar,
Kuchli deyishgandi yuragingizni.
Devdimki gapirar uylab hakimlar,
Baquvvat degandim bilagingizni.
Siz bevaqt uchdingiz qay bir dunyoga,
Siz-la ketgan qushlar qaytdi, onajon.
Siz nechun qoldingiz qay bir dunyoda,
Olloh sunggi gapni aytdi, onajon.
Oppoq sochlaringiz oppoq ipaklar,
Behi yuzlaringiz, kipriklaringiz…
Oq rumol, sajjoda batis kuylaklar
Daftarlarda qolgan bitiklaringiz…
Kungillarda naqshin nafis tabassum,
Ingichka ingichka suzlar ugitlar…
Yiginlarda barin eslashar har zum,
Zotingizdan chiqqan qizlar, yigitlar.
Siz ketgan yoqlardan bizga khabar yuq,
Ammo siz bizlarda yashaysiz hamon.
Sizning okhiratdan mening kunglim tuq
Joyingiz jannatda bulgay, onajon.
ONAM — Marsiya
Uldi-ketdi, ey voh, gamguzorim onam,
Qaytib kelmas endi beozorim onam.
Qayga uray endi bu hayrona boshimni,
Bizga tuymay ketdi zori-zorim onam.
Kuz yoshlarimda qolgan foniy hamrohim onam,
Tunlar uyqusiz kuzim, tonglarda rohim onam.
Holi kharoblar yiglar, mehribonim onam,
Bagri kaboblar yiglar, jonu jahonim onam,
Bu gamlarni boshiga tushganlar bilar bir kun,
Siz yuq, huvillab qoldi keng khonadonim onam,
gamlarim kimga suzlay Gamguzorim onam,
Okhir daftarga tukdim dildagi zorim onam.
Qaylardasiz endi qiblagohim onam,
Izlab topolmay qoldim sajdagohim onam,
Izlaringiz akhtarib qabringiz boshidaman,
Qoyalarni titratgay ohu vohim onam,
Tong keldim, oqshom keldim tinglamas zorim onam,
Sizsiz kharidorim yuq, kuhna bozorim onam.
Hijron ezar, suzlashga toqat-imkonim qani,
Suratim tirik faqat, tandagi jonim qani.
Uyim turi bush qoldi, allasiz qoldi beshik,
Maslahatguyim qani, toza vijdonim qani,
Kimlar kechirar endi qilgan gunohim onam,
Qoqilganda suyanchiq, pushti panohim onam.
Ulim shohu gadoga teng ekan bu dunyoda,
Onamni toparmanmi, jahon kezsam piyoda.
Onam ulgani bilan er tuymas-ku, odamlar,
Ulimga ulmi bormi bu vafosiz dunyoda,
Naylayin olis ketdi, olis dargohim onam,
Utarga kupriklar yuq, yullarda chohim onam.
Besh qiz beshta shaharda diydoringiz izlaydur,
Gohi pinhon, gohida oshkora buzlaydur,
Uchoqda yonsa olov, yozilsa gar dasturkhon
Sizning nasibangiz bor, nasibangiz izlaydur
Nabiralar surashsa, ne dey, ustozim onam,
Oh, chalinmay chang bosdi dutoru sozim onam.
YOlgiz ugil, kelin ham qoldilar iztirobda,
Keksa otam gami chekar bizdan ziyod khunobda,
Nabiralar buvisiz, dasturkhonlar duosiz,
lam ham motam ichra nazarimda shu tobda.
Chunki olamda yuqsiz bakhtim-ezozim onam,
Dardim ichimda qoldi yangroq ovozim onam.
Sizni olib ketgan ul ajalni ham el olsin,
Sizga tor bulgan bunday olamni ham sel olsin.
Onasiz utgan umr, umrmikin yoronlar,
Onasiz qolgan garib, u qanday kungil olsin,
Siz yuqsiz jahon ham yuq, bakhtim-tojdorim onam,
Siz yuqsiz, karvon ham yuq, ulug sardorim onam.
Siz yuqsiz, yana kulgay yam-yashil bahorlar ham,
Siz yuqsiz, yana otgay bu sulim saharlar ham.
E voh, kuzim yoshidan suv ichib unar gullar
Kuz yoshim selobiga garq bulib qabrlar ham,
Bir umr oshiqqayman qutlug dargohim onam,
Sherlarim bilan hayot yashar, ollohim onam.
Bir umrga yashaysiz sherlarimning satrida,
Bir umrga yashaysiz gullarimning atrida,
Oqshomlar yoqsam chiroq, nur yoyilsa khonamga
Siz yashaysiz toza qon, yuragimning qatida
Siz ilhomim, gazalim yorug osmonim onam,
Ugil-qizga suzlasam bitmas dostonim onam.
SENI KO’RGIM KELAR, ONAJON
Shodlikdan osmonga etganda boshim
Bir joyga tuplansa dustu qarindoshim.
YO boshimga tushsa biror musibat,
YOki birov aytsa otamga rahmat.
Uchrab qolsa yulda tanish ayollar,
Dildan tilga kuchsa masum khayollar.
Desa: «Kurinishda magrur bulsa ham,
Yuq edi onangday mushtipar odam».
Seni kurgim kelar, onajon.
YOr bilan bog kezsam oydin kechalar,
Kunglimda tugilsa yangi rejalar.
Sirli kuylab oqsa jigalar pastda,
Bakhtimga yulduzlar boqsa havasda —
Shabboda silasa gulning yuzini,
Tinglamoq istayman aytgan suzini.
«Bolamning buyini kuray deb bir dam»,
Ehtimol gul bulib chiqqansan erdan.
Shu sabab soginch-la bogaman gulga.
Armon faryod qilar uksigan dilda,
Seni kuz oldimga keltirolmay, goh!
Eslolmay yuragim urtanar nogoh.
Qanday bakhtiyordir onasi borlar,
Ular etimlarday chekmas ozorlar.
Uzing ketding menga berib umringni
Soginib asrayman dilda mehringni.
Seni kurgim kelar doim, onajon.
MOTAMSARO ONA
Qachon kutargaysiz ham boshingizni,
Mayus kuzingizda yosh tinar qachon?
Qalbingizda qotgan gam toshingizni
Qachon itqitasiz, munis Onajon!
Oltmish yil burungi usha qora khat
Qaddingiz dol etmish manguga nahot!
Nahot algov-dalgov olovli dahshat
Hamon khayol ichra kezadi, hayhot!
Bilaman, shum urush — jirkanch bu nomni
Bizlar-da yosh esak tortdik jafosin,
Tun buyi kutardik navbatda nonni,
Qahat ham yuqchilik urush balosin…
galaba sadosi keldi bu yoqqa,
Kim qaytdi, qaytmadi jang maydonidan,
Qay uglon bosh quydi uzga tuproqqa,
Faryod eshitildi har khonadonda…
Qancha suvlar oqdi, yuvildi gardlar,
Osuda osmon ham hayot quchogi.
Nahot dilingizdan ketmadi dardlar,
Ayriliq azobi, farzandlar dogi.
Qaddingizni rostlang, magrur, Onajon,
Vatan omonligi — saodat haqqi!
Duoga qul ochib ayting, tinch zamon
Yigitlar bor bulsin, yashashga haqli.
Bugun utmish yodi khotirdan uchmas,
Ham shodlik, ham alam tuygusin tuydim.
Kechiring, volidam, gullarni emas,
Sizning poyingizga shu sherni quydim.
SEVGIM VA ONAM
Faqat men uygoqman,
Kukda oy uygoq.
Sayyor
Hanuz yonar khonamda chiroq…
Onam uygoq, kukda oy uygoq…
Uyimga yor kuzatdi ilk bor,
Qulim unga uzatdim ilk bor,
Ilk bor dedi: «Khayr, surma sochim,
Navbahorim, khayr, qaldirgochim».
Olam uzra sochildi qunduz,
Quyosh buldi, guyo har yulduz.
Olov sochar qush yonoqlarim,
Suzga kirmas qul-oyoqlarim…
Argumchoqda uchadi yurak,
Onam akhir uyda jonsarak…
Qush misoli bosardim qadam,
Peshvoz chiqib qoldi-yu onam…
Kuzlarimga tikdi kuzini,
… Aytolmadi biroq, suzini…
— Qizim ukhla, orom ol, dedi,
Shirin tushlar bilan qol, dedi,
O, bagri keng begubor onam,
Ilk sevgimday ulugvor onam!
Uzim qoldim khonamda yakka,
Uyqu qayda, uyqu falakda…
Onam ukhlar, yonmaydi chiroq
Men uygoqman, kukda oy uygoq.
ONAJONIM
Onajonim,
Kuzlaringizda
Kunning nafaslari bor edi,
Onajonim, yuzlaringizga
Oyning havaslari bor edi.
Onajonim, siz bilan jahon
Behigulday iforli edi.
Tunlar oydin, kunlar shodmon,
Shabadalar dutorli edi.
Tushlarimga kirib chiqasiz
Sochlarimni urib chiqasiz.
Farishtaday boshim uzra goh
Oromimni kurib chiqasiz.
Talpinaman, quchsaydim qani?
Soginchlardan qochsaydim qani?
Kuz yoshlarim gulga aylansa,
Poyingizga sochsaydim qani?
Onajonim!
Jonajonim!
ONA DUOSI
Uglonni harbiyga kuzatayotib…
Odam Ato himmatidan suradim,
Seni jonim pardasiga uradim.
Tulpichaday yulga kirding sen qachon, —
Kamzulchangga jiyda-bodom quradim.
Qizil gulday tarzi bulsin yigitning,
Bilaklari gurzi bulsin yigitning.
Qatorinda nori bulgan khalq ulmas,
Yurt quriqlash farzi bulsin yigitning.
Ol bulsin-a, ol bulsin-a, ol bulsin,
Ot tanlasang — oftob nuri yol bulsin.
Tangrim seni panohinda asrasin,
Peshonangda borsa-kelar fol bulsin.
Boshimdagi olmos jigam, omon kel,
Belimdagi kumush tugam, omon kel.
Kelguningcha qancha toylar ot bular,
Buylaringga jon sadagam, omon kel.
Suqsur bolam, sarhadlarda sergak tur,
Chorloq bolam, dengizlarda chappar ur.
Kaklik bolam, togliklarda sayron yur,
Kiyik bolam, qumliklarda ravon yur.
Tuqaylarda arslon kabi arillab,
Daralarda buron bulgil gurillab.
Qayrugiga sir aytmaydi qulonlar,
Qoplon bulgin, yoving qochsin zirillab.
Sen oh desang, qirqta jonim chiqquday,
Toglarimni qora gurbat yiqquday.
Tovoningga tikan kirsa banogoh,
Menga tegar zambarakning uqiday.
Momo havo himmatidan surayman,
Seni jonim pardasiga urayman.
Arkday bulib, ostonangdan kirib kel,
Yaratgandan har kun shuni surayman.
Men duoguy yullaringga qarayman…
Ona haqida she’rlar sizlarga manzur bo’lgan bo’lsa iltimos boshqa she’rlarni ham o’qib ko’ring.
Agar sizga Ona haqida she’rlar she’rlar manzur bo’lgan bo’lsa o’z fikringizni qoldiring.