Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda jazirama yoz chillasi qachondan boshlanadi

Bog’chamiz keng chiroyli,
Sharoitlar yetarli,
Xoxlagancha o’ynaymiz,
Doim yayrab quvnaymiz.

Yoz fasli haqida sara sherlar to‘plami

Yoz fasli haqida eng sara sherlar to‘plami kattalar va bolalar uchun.

Yoz fasli bu (Bolalar uchun sher)

Kunning qizishi,
Havo isishi.
Saratonga hos,
Qaysi fasl bu? Yoz.

Mevalar liq-liq,
Atrofga to‘liq,
Go‘yo poyondoz,
Qaysi fasl bu? Yoz.

Ta‘til bu ta‘til,
Yayrab, o‘ynar dil,
Kuyga jo‘rovoz,
Qay fasl bu? Yoz.

O‘ynab o‘tloqda,
So‘ngra buloqda,
Cho‘milish xo‘p soz,
Qay fasl bu? Yoz.

Qiladi betob,
Uradi oftob,
Aylansang bir oz,
Qay fasl bu? Yoz.

Yozdan darak bermoqda

Oydin tunlar pallasi,
Baqalarning yallasi.
Handalakning bo’ylari,
Dehqonbuva to’lari,
Yozdan darak bermoqda,
Qarang, laylak kelmoqda!

Yoz tongi

Chekinadi qora ga‘m-zulmat,
Yorishadi yuzi osmonning.
Dalalarni oladi chulg‘ab,
Oppoq shodlik kabi yoz tongi.

Sevinchidan ko‘z yoshlar maysa-o‘t,
Yig‘loq chigirtkalar ovunar.
Ichlariga sig‘may quvonchi,
«Tars» yorilib ketar qovunlar.

 

Bizlar sevgan issiq yoz

Keldi ko‘klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o‘sdi yerlarda,
Bug‘doy pishdi qirlarda…

Poliz to‘la bodring,
Bog‘bon, tez uzib bering!
– Sabr qiling siz andek,
So‘yib beray handalak.

Yoz keldi

Yoz keldi-yu, yoz keldi,
Doira bilan soz keldi.
Uchib kelgan laylaklar,
Qanoti qog‘oz keldi.

Tunni qilib tongotar,
Sho‘x bolalar dong qotar.
Bir tutam yoz tunida,
Dehqon tongni uyg‘otar.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Yoz fasliga atab yozilgan ushbu sherlarning barchasi menga juda yoqdi, bu sherlardan bir nechtasini yod olishga harakat qilaman, sizlarga kattakon raxmat.

Barcha sher juda yaxshi yozilgan ekan, ishlaringa omadlar yor bo’lishini tilab qolaman. Yoz haqidagi bu sher menga yoqdi. Bundanam zo’rlaridan chiqarasizlar degan umitdaman. Manga yoqmadi bu yoz fasliga atalgan sherlar. Yozga atalgan ushbu sherlar juda oddiy va saviyasiz.

Kirib kelgan yoz fasli haqidagi ushbu sherlarni barini o’qib chiqdim, menga barcha sherlar birdek maqul keldi, sizlargaham o’qib yod olishni maslahat beraman.

Yoz naqadar soz, deb bekorga aytishmaydi, yoz faslining ham o’z gashti bor baribir. Muqaddasxon : Bu yoz haqida sherlar judayam zoʻr. Manga yoz haqidagi bu she’rlar juda yoqdi. Kichik guruxlar uchun xam sheʼrlar tashlanglar, bu sheʼrlarni yodlashga qiynaladi bazi kishilar.

Menga yoz yoqadi. Bizlar sevgan issiq yoz degan she’r menga yoqdi. Yana boshqa she’rlar menga maqul keldi. Men bu she’rlarni ko’pini yod oldim. Sizlarga ham yod olinglar deb tavsiya beraman. Sizlarga kattakon raxmat.

Yoz fasli, bu soz fasli deb bekorga aytishmasa kerak. Menga sherlar yoqdi, sizlarga raxmat. Menga bu sherlar juda yoqdi, sizlarga juda raxmat, men bu she’rlarni yod olib 5 baholar olyapman.

Yoz fasliga atab yozilgan ushbu sherlarning barchasi menga juda yoqdi, bu she’rlardan bir nechtasini yod olishga harakat qilaman, sizlarga kattakon raxmat.

Rahmat kattakon ishlaringizga omad, sherlar menga juda yoqdi, barchasi juda manoli va go’zal ekan. Ehh yoz fasli qanday ajoyib fasl-a, men endi bu davrni juda maroqli o’tkazaman nasib.

Menga yoz haqidagi sherlar juda yoqdi. Boxchamdagi barcha bolalarga yodlatishga harakat qilyapman, sherlar uchun raxmat. Yangilari boʻlsa tashlab turing.

Manga yoz fasli haqidagi sherlar juda yoqdi, bog’cha bolalariga yodlashga berdim, yana ko’paytiringlar shunaqa sherlardan.

Menga yoz haqidagi ikkita sheʼr yoqdi bogʻchada bollarga yodlataman endi.

Menga bolalar qiziqib o’qidigan she’r kerak edi, iltimos kimda bo’lsa shu yerda yozib qoldirsin, oldindan raxmat.

Barchangizga assalomu alayko’m deyman, yoz fasliga aloqador sherlardan menga deyarli barchasi yoqdi.

Bu sherlar ichidan menga bitta sher yoqdi, bu sherni nomi «Yoz tongi» deb nomlanadi, ishlaringizga omad tilayman.

So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang

O‘zbekistonda jazirama yoz chillasi qachondan boshlanadi?

Joriy yilning 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 43-45 darajagacha ko‘tarilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Unda aytilishicha, O‘zbekistonda 25 iyundan 3 avgustgacha bo‘lgan qirq kunlik davr, xalq an’analariga ko‘ra, "chilla" yoki "saraton" deb ataladi. Yozda qizigan cho‘llar ustida yuqori haroratli va namligi kam bo‘lgan tropik havo massalari shakllanadi, bu yozning o‘rtalarida bulutli, quruq va issiq ob-havoni belgilaydi.

Odatda haroratning eng yuqori qiymatlari aslida chilla davriga to‘g‘ri keladi. Bu yil ham chillaning boshlanishi joriy yilning birinchi issiq to‘lqinlariga to‘g‘ri kelmoqda. 25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 43-45 darajagacha issiq ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari davomida eng issiq iyun oyida havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha, Qizilqum cho‘lida 47 darajagacha, respublikaning eng janubida 48-49 darajagacha jazirama issiq bo‘lgan.

Yoz fasli haqida sherlar

Urra yana yoz keldi,
Quyosh bizga yaqin keldi.
Mevalar pishar hil-hil,
Turlari ko’p xilma-xil.

Har kuni sayr qilamiz,
Mevalarni teramiz,
O’rik,olcha,olma,
Bolalar xursand hamma.

Mevalarni biz yeymiz,
Dehqonga raxmat deymiz.
Jannatmakon elimiz,
Har kun yayrar dilimiz.

✍️: Islomova Mukambar

Ko’kda quyosh porlaydi,
Keldi quvnoq yozimiz,
Bizni raqsga chorlaydi,
Kuy qushiq sozimiz

Turli xil o’yinlar,
O’ynab rosa to’ymaymiz,
Unutilmas bu onlar,
Doim yayrab quvnaymiz.

Har yangi kunimiz ,
Baxtni beradi bizga,
Bag’ri issiq yozimiz,
O’xshaydi onamizga.

✍️: Islomova Mukambar

Bog’chamiz keng chiroyli,
Sharoitlar yetarli,
Xoxlagancha o’ynaymiz,
Doim yayrab quvnaymiz.

Bog’chamiz o’rtasida,
Xovuz bor chiroyli juda,
Suv bo’lganda illiq,
Chumilamiz mazza qilib.

Suvda roxat olamiz,
Chiniqadi tanamiz,
Issiqni ham sezmaymiz,
Yozda sog’lom hammamiz.

✍️: Islomova Mukambar

Oxshash xabarlar: