Press "Enter" to skip to content

AYOL Yaratilishi haqida

Yozgi ta’til ham tugadi.
Maktabga borishning o‘zi bir xo‘rlikday edi.
Hamma bizlarni qo‘lini begiz qilib ko‘rsatardi.
«Ana o‘shalarda, otasi onasining qotili…».
Bizga keksa buvimlar qarardilar, yoshi ancha katta edi.
Nonushtasiz och nahor maktabga borgan kunlarimiz ham bo‘lgandi.
Ko‘p hollarda och qorin bilan kunni kech qilar edik.
Paxta terimi boshlanganda buvimlar «olayotgan nafaqamni senlarga yetkazib bo‘lmayapti, ikkalang paxtaga chiqib, o‘zlaringni kamlaringni eplalaring» deya, opam ikkimizni paxta terimiga chiqarib yuborardilar…

Ko‘zni yumib o‘qiydigan qisqa ibratli hikoyalar

Quyida berilayotgan hikoyalarni diqqat bilan o‘qing, qalbingiz bilan o‘qisangiz qalbingiz junbushga keladi. Ba’zan ibrat olish uchun katta-katta pandnoma kitoblar beradigan tarbiyani shunday qisqa hikoyalar berishi ham mumkin.

Ushbu ibratli hikoyalarni o‘qir ekansiz, ko‘nglingiz yumshaydi, kipriklaringiz og‘irlashadi. Marhamat, ibrat uchun hayotiy hikoyalardan, ta’sirli satrlardan bahra oling. Eslatib o‘taman, keltirilayotgan hikoyalar turli manbaalar asosida tayyorlandi.

  1. Nuqsoningdan o‘kinma (Bir ko‘ngli o‘ksikni suyuntirgan sotuvchi haqida hikoya)
  2. Yana qiz tug‘sang menga kerakmas (Pushaymon ota qizining hkoyasi)…
  3. Ona… (mashhur olimning topqir onasi haqidagi bitigi)
  4. Ona mehri
  5. Eng qisqa film (ta’sirli kadrlar)
  6. Sultonga dars bergan qul
  7. Yaxshi amalning mukofoti
  8. Ota va o‘g‘il (albatta o‘qing)
  9. Otasiga intiq o‘g‘il
  10. Qizim eshik ochadi!
  11. Kalish
  12. Xotinga berilgan dars

Nuqsoningdan o‘kinma (Bir ko‘ngli o‘ksikni suyuntirgan sotuvchi haqida hikoya)

Poyafzal sotuvchi yangi keltirgan mollarini peshtaxtaga joylashtirayotgandi. Ko‘chada bir bolakay uni kuzatib turar edi. Sotuvchi mollar orasidan bejirimlarini oyna tomonga qo‘yar ekan, bolakay peshtaxtaga yaqinlashdi.
Bolakay qo‘ltiqtayoqqa suyanib yursada, ko‘rinishi tetik edi. Sotuvchi unga bir qur nazar tashladi. Shimining chap pochasi tizzasidan shalvirab turardi. Bir oyog‘i yo‘q edi. Bolakay ko‘rgazmada turgan poyafzallarga mahliyo bo‘lib qarab turardi. Bir muddat shunday turdi. Do‘kondan uzoqlashgandi, sotuvchi tashqariga bosh chiqarib:
— Bolakay! — deya ovoz berdi. — Poyafzal olishni mo‘ljallaganmiding? Senga mos keladigan ajoyib oyoq kiyimlar bor.
Bolakay unga qayrilib:
— Haqiqatdan ham poyafzallar chiroyli ekan,- deya tabassum qildi. — Lekin mening oyog‘im tug‘ma cho‘loq.
— Menimcha, bu ahamiyatli emas! — Sotuvchi tashqariga otilib chiqdi. — Bu dunyoda hamma narsasi tugal odamning o‘zi yo‘q. Kimningdir qo‘li yo‘q, kimningdir oyog‘i. Yana kimningdir aqli, birovning esa vijdoni bo‘lmaydi…
Bolakay jim turaverdi. Sotuvchi esa gapida davom etdi:
— Hozir ko‘rgan poyafzaling senga yarashadi. Kiyib ko‘rasanmi? — dedi.
Bolakay boshi bilan yo‘q ishorasini berdi:
— Ustiga o‘ttiz lira deb yozilgan ekan . Uni ololmayman.
— Hozir mavsum tushgan payt, shuning uchun biroz arzonlashtiraman. Yigirma liraga tushurishim mumkin. Sen uning bir poyini olasan. Demak, bir poy oyoq kiyimi uchun o‘n lira bersang kifoya qiladi.
Bolakay o‘ylanib:
— Narigi poyi biror ishga yaramaydi. Kim oladi uni? — dedi.
— Obbo, rosa gapni cho‘zding- da, — deya kuldi sotuvchi.
— Uni ham o‘ng oyog‘i bo‘lmagan biror bolaga sotarman. Maktabga borasanmi?
— Ikkinchi sinfni tamomladim. Uchinchiga o‘tdim!
— Unda yana ham yaxshi,- dedi sotuvchi. — O‘quvchi bo‘lganing uchun besh liraga arzonlashtiramiz. Besh lira qoldi. Demak poyafzal seniki bo‘ldi! Sotdim uni!
Sotuvchi bolaning hayrat to‘la boqishlari orasida do‘konga kirdi. Sotuvchi aynan ko‘rgazmada turgan poyafzalni oldi. Bolakayni o‘rindiqqa o‘tirg‘izib, yangi oyoq kiyimini kiydirdi. Eski poyafzalini bolakayga ko‘rsatib:
— Men mahsulotimni sotdim, — dedi. Sen ham poyafzalingni menga sotsang, mamnun bo‘lardim.
— Hazillashayapsizmi?- qiqirlab kuldi bolakay. Uning tagi yeyilib ketgan, eski bir poyafzal bo‘lsa.Shu turishida pulga arziydimi u?
— Sen qoloq ekansan-ku, kichik do‘stim. Antikvar narsalardan xabaring yo‘q ekanda. Antikvar narsalar qancha eski bo‘lsa, shuncha narxi oshadi. Shuning uchun ham, menimcha, oyoq kiyiming o‘ttiz- qirq lira tursa kerak.
Bolakay talmovsirab qoldi. Go‘yo tush ko‘rayotgandi u. Sotuvchining hayajondon titrayotgan ko‘lidagi pullariga qarab, o‘n lirani nari surdi:
— Menimcha, yigirma lira ham yetarli. Hozir mavsum tushgan payt- ku!
Sotuvchi uning gapini rad etmay o‘n lirani qaytib oldi va bolakayning yonog‘idan o‘pdi. Quvonchi ichiga sig‘masdi sotuvchining. Agar butun do‘kondagi mollarini bir kunda sotib yuborsa ham hozirgidek baxtiyor bo‘lolmasdi. Bolakay o‘rnidan turdi. Go‘yo qo‘ltiq tayoqqa ham ehtiyoji yo‘q edi uning. Mahzun tabassum bilan shunday dedi:
— Otam haq ekanlar…«Jismingdagi nuqson uchun hech qachon o‘kinma…orlanma… Bu Ollohning ishi» — deydilar…Bugun men birinchi marta nuqsonimdan or qilmadim… Rahmat sizga.
Ilohim, ko‘ngli yarim insonlarni shod etuvchi kishilar ko‘payaversin.

Yana qiz tug‘sang menga kerakmas (Pushaymon ota qizining hkoyasi)…

Bu ibratli hikoyani xotini hadeb qiz tug‘ishidan norozi bo‘ladigan kishilarga so‘zlab bering.
Bir madrasada dars beradigan odobli-axloqli muallima bor edi. yoshi ham o‘tib borar, eshigiga kelgan sovchilariga rad javobini berar edi. Hamkasblari undan:
– Nega turmush qurmaysiz, axir sizda Xudo bergan husn-jamol yetarli-ku? – deb so‘rashsa, u aytardi:
– Shu atrofda beshta qizi bor ayol bo‘lgan. Eri unga, agar yana qiz tug‘sang, u menga kerak emas, deb tahdid qildi. Vaqti-soati yetib, ayol yana qiz tug‘di. Bu ulug‘ ne’matga shukr qilish o‘rniga ota go‘dakni ko‘tarib, kimdir olar, deb, xufton namozidan keyin masjid eshigini oldiga tashlab keldi. Bomdodda kelib qarasa, go‘dak joyida turganmish, hech kim olmabdi. Qaytarib uyiga olib keladi. Shu zaylda ota har kun murg‘akgina go‘dakni masjid oldiga tashlab kelar, lekin hech kim olmasdi. yetti kun shu ahvolda o‘tibdi. Onaizor esa Qur’on o‘qib, qizalog‘idan ayrilib qolmasligini Allohdan yolvorib so‘rardi. Ota ham zerikib, go‘dakni qayta olib bormay qo‘ydi. Mehribon ona esa go‘dagidan ajrab qolmaganiga juda quvondi. Ayol yana homilador bo‘ldi, yana o‘sha havotir… ko‘zi yoridi va nihoyat o‘g‘il…
Shu orada katta qizi vafot etdi.
Vaqtlar o‘tib, ayol yana homilador bo‘ldi, bu safar ham o‘g‘illik bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay ikkinchi qizi hayotdan ko‘z yumdi. Shunday qilib, birin-ketin yana uchta o‘g‘illik bo‘ldi-yu, keyingi uchta qizidan ham ayrildi. Negadir, har ko‘zi yorib, o‘g‘il tug‘ganida bittadan qizi qazo qilaverardi. Nihoyat, beshta o‘g‘il va o‘sha oltinchi qizi qoldi. Taqdir taqozosi bilan, Ona ham olamdan ko‘z yumdi.
Oradan bir necha yillar o‘tdi, qizaloq ham bolalar ham ulg‘aydi, ishlik, joylik bo‘ldi.
Muallima gapida davom etdi:
– O‘sha otasi menga kerak emas deb, ko‘chaga tashlab kelgan qiz kimligini bilasizlarmi? O‘sha menman. Turmush qurmaganimga sabab otam yolg‘iz, yoshi ham ulug‘, men unga yordamchi, shofyor tayinladim, o‘zim ham uning xizmatidaman. Ukalarimga kelsak, ular otamning ziyoratiga deyarli kelmaydi, kelsa ham bir oyda bir, yana biri ikki oyda bir marta keladi, xolos.
Otam menga qilgan ishlariga pushaymon bo‘lib, ko‘p yig‘laydi…

Ona… (mashhur olimning topqir onasi haqidagi bitigi)

Bolakay uyiga kelib onasiga:
— «Bu xatni maktabdagi o‘qituvchim berib yubordilar» — deydi. Onasi xatni o‘qib ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tutib turdi. Va xatni bolasiga baland ovozda o‘qib berdi:
«Sizning o‘g‘lingiz daho! Maktabimiz uning qobiliyatiga kichiklik qiladi. Shuning uchun siz bolangizga uyingizda ta’lim bering!».
Oradan yillar o‘tib o‘sha bolakay — Edison insoniyat tarixida ulkan ixtiro kashf qilib olim bo‘ldi. Kunlarning birida Edisonning onasi vafot etdi. Onasini xotirlab uning javonini ko‘zdan kechirayotgan Edison qutidagi xatga ko‘zi tushdi. Bu o‘sha xat edi:
«Sizning o‘glingiz kaltafahm, tentak. Erta tongdan boshlab uni maktabga kiritmaymiz!».
Buni o‘qigan Edison rossa yig‘ladi va o‘zining xotira daftariga ushbu bitiklarni bitib qo‘ydi:
— «Edison tentak bola bo‘lgan. Lekin aqlli onasining tadbiri ila dahoga aylandi!».
Onaning hayotdagi o‘rni shunday.

Ona mehri

O‘qituvchi dars chog‘ida halokatga uchragan kema haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Kemada er-xotin ham bor ekan. Ular qutqaruv kemasigacha suzib borishdi. Birgina joy bor ekan. Er xotinini itarib yubordi. Shunda cho‘kayotgan ayol eriga nima dedi? Qani kim aytadi?
Ko‘pchilik bir ovozdan «Sendan nafratlanaman», yoki, «Ko‘zim ko‘r bo‘lgan ekan» degan so‘zni aytgan — dedi. Shu payt o‘qituvchining ko‘zi jimgina o‘tirgan bolaga tushdi.
— Nima deb o‘ylaysan, ayol eriga nima degan?
— Bolamizni ehtiyot qiling — degan.
— Sen bu voqeani bilasanmi?- hayratlanib so‘radi o‘qituvchi.
— Yo‘q, meni oyim ham o‘limi oldidan dadamga shunday degan — dedi.
O‘qituvchi ko‘ziga qalqib kelgan yoshni ko‘rsatmaslik uchun chetga burildi…

Eng qisqa film (ta’sirli kadrlar)

«Dunyoning eng yaxshi 10 daqiqalik filmi» unvonini olgan qisqa metrajli filmni ko‘rish uchun kinoteatrga odamlar yig‘ildi. Film boshlandi hamki katta ekranda uyning oppoq shiftidan boshqa hech nima ko‘rinmasdi. To‘rtinchi daqiqada ham shu ahvol, beshinchida ham. Sakkizinchi daqiqada ham shiftdan boshqa hech narsa yo‘q edi, odamlar betoqatlana boshladi, ba’zilari kinoteatrni tark etdi, ba’zilari ketgan vaqtiga achindi. To‘qqizinchi daqiqada ekranda hastalik tufayli bir umr falajlikka mahkum bo‘lgan bola va uning yotog‘i ko‘rindi. Ekrandagi yozuv:
«Bu bolakay yana necha yillarini shu zaylda davom etadi, siz esa 8 daqiqa chidolmadingiz…»

Sultonga dars bergan qul

Ayoz ismli bir qul taqdir bo‘lib, Sulton Mahmudning xizmatkori bo‘libdi. Sulton qulining odob-axloqini ko‘rib, uni yaxshi ko‘rib qolibdi. Shunchalik ishonchini qozonibdiki, butun saltanatning xazinaboni etib tayinlanib, saroyning barcha xazina-boyliklari unga topshiriladigan bo‘libdi. Bu holatni ko‘rgan saroydagilarning ba’zilari bunga hasad qilishibdi. Hasad va kibrlari tufayli “shunday oddiy bir qulga bunchalik katta mavqe’ berilishi”ni va o‘zlarining shu darajada ham obro‘lari yo‘qligini o‘zlariga singdira olmabdilar. Holat shunday davom etgach, Sultonga har kuni, har xil bahona bilan Ayozdan shikoyat qila boshlashibdi. Uning obro‘yini tushirish uchun qo‘llaridan kelgan hamma yo‘lni sinab ko‘rishibdi.
Kunlarning birida Sultonning huzurida bir saroy a’yoni ikkinchisiga: “Qul Ayoz xazinaga tez-tez qatnaydigan bo‘lib qoldi, bilasanmi? Menimcha u gavharlarimizni o‘g‘irlab yuribdi. Bunga aminman”, debdi.
Buni eshitgan Sulton quloqlariga ishonmay “Haqiqatdan ham shundaymikin, shunday bo‘lsa o‘z ko‘zim bilan ko‘rayin” — deb, xazina xonasi devoriga kichkinagina teshikcha teshdiribdi. Shunday qilib, ichkarida bo‘layotgan narsalarni tomosha qilishni boshlabdi.
Kech tushibdi, qul sekin saroy xazinasiga borib, eshikni ham bildirmasdan yopib ichkariga kiribdi. Sulton qulning sandiq oldiga yaqinlashganini ko‘ribdi. U yerda yashirib qo‘ygani kichkinagina bir tugun ekan. Tugunni o‘pib, peshonasiga surtib uni ochibdi. Ichidan qullik payti kiygan eski-tuski kiyimi chiqibdi. Uni kiyib oynaning oldiga o‘tibdi. O‘ziga o‘zi: “Avvallari shu kiyimni kiyib yurganingda kim ekanligingni eslaysanmi?” – deb so‘rabdi. – Hech kim… Bor yo‘g‘i sotiladigan qul eding, xolos. Alloh senga Sultonning qo‘li bilan, loyiq bo‘lmasang ham O‘z rahmatidan shunday ne’matlarini lutf qildi. Aslo qaerdan kelganingni unutma! Chunki mol-mulk insonning aqlini oladi, unutishga majburlaydi. Shunday ekan, sen ham sendan kamroq ne’matga ega bo‘lganlarga past nazar bilan qarab, kibrlanma! Buni aslo unutma, ey Ayoz! – deb sandiqni yopib, qulflabdi va sekingina eshikdan chiqibdi. Xazinadan chiqar-chiqmas, Sulton bilan yuzma-yuz kelibdi. Shunda Sulton Ayozga qarab turib, ko‘zidan dona-dona yosh oqa boshlabdi. Sulton gapirishga ham qiynalib, tomog‘i ham tiqilib qolibdi va o‘zini majburlab bo‘lsa ham quliga shunday debdi:
— Bugunga qadar boyliklarimning xazinaboni eding. Endi… Qalbimizning ham xazinaboniga aylanding. Menga, haqiqiy Sultonim oldida hech kim ekanligimni va unga qanday munosabatda bo‘lishim kerakligini o‘rgatding…

Yaxshi amalning mukofoti

Go‘sht fabrikasida ishlaydigan bir ayol ish tugagandan so‘ng muzlatgichlarni tekshirish uchun kirganda eshik bexosdan yopilib ayol muzlatkichni ichida qolib ketdi. Ayol ovozi boricha baqirib yordam so‘radi. Muzlatkich eshigini tepdi, yig‘ladi, ammo hech kim eshitib yordamga kelmadi. Ish vaqti tugagani uchun hamma ishchilar uylariga ketib bo‘lishgan edi.
Oradan bir ikki soat o‘tgandan keyin muzlatkich eshigini eshik yonida turadigan qorovul ochdi. Ayol hayron bo‘lib qorovuldan so‘radi:
— Siz meni muzlatgichga qamalib qolganimni qaerdan bildingiz? Axir sex ichini tekshirish sizni vazifangizga kirmaydiku?
— Men o‘ttiz besh yildan beri shu yerda ishlayman. Bu yerga qanchasi kelib ketadi, lekin birortasi men eshik tagida turib ularni kelib ketishini kuzatishimni sezishmaydi. Guyoki men yo‘qdek odamman ularga… Ammo siz har kuni ertalab men bilan salomlashib kechki mahal xayrlashib ketasiz. Birgina sizni shu ko‘ngil uchun hol axvol so‘raganingiz uchun men o‘zim inson ekanimni his qilaman. Ertalab salom berib ishga kirib ketdingiz, ammo ish tugagandan so‘ng sizni xayrlashib chiqib ketishingizni ko‘rmaganim uchun ichkarida biror narsa bo‘lgandir deb xabar olib kirgandim — dedi.

Ota va o‘g‘il (albatta o‘qing)

Hovlidagi o‘rindiqda ota-bola yonma-yon o‘tirishibdi. Otaning yoshi ulug‘, o‘g‘il esa o‘spirin yigit. O‘g‘ilning qo‘lida gazeta, berilib o‘qiyapti. Ota bog‘ni tomosha qilarkan, o‘ychan edi. Bir payt daraxt shoxiga chumchuq qo‘ndi. Ota o‘g‘lidan:
— Bu nima? — deb so‘radi. O‘g‘il boshini ko‘tarib, chumchuqni ko‘rdi, so‘ng otasiga qarab:
— Chumchuq — dedi va yana gazeta o‘qishda davom etdi. Oradan ozgina vaqt o‘tib, yana bir chumchuq kelib qo‘ndi. Ota chumchuqqa ishora qilib yana:
— Bu nima? — dedi. Yigitning ensasi qotdi:
— Chumchuq dedim-ku?! — dedi jerkigannamo ohangda va gazetasini o‘qiyverdi. Bir oz o‘tmasdan boshqa bir chumchuq kelib qo‘ndi. Ota:
— Bu nima? — dedi. O‘g‘il gazetani g‘ijimlab, otasiga o‘qday qaradi:
— Qanaqa odamsiz, dada, gapga tushunasizmi o‘zi, yo‘qmi?! Chumchuq dedim-ku, chu-um-chu-uq! Endi tushundingizmi? -deya baqirdi. Ota o‘g‘liga termuldi, xo‘rligi keldi. So‘ng o‘rnidan turib, keta boshladi. O‘g‘il asabiylashdi:
-Qayoqqa? O‘tiring joyingizga! -deb baqirib berdi. Ota o‘g‘liga qarab:
— Sen o‘tirib tur, men hozir chiqaman, — dedi-da, uyiga kirib ketdi. Hiyol vaqtdan keyin qaytib chiqdi. Qo‘lida bir daftar bor edi. U otaning kundaligi bo‘lib, yoshligidan ayrim voqealarni yozib yurardi. Shu o‘g‘li uch yasharligida, bir voqeani yozib qo‘ygan ekan. O‘sha joyini varaqlab topib, o‘g‘liga uzatdi- da o‘qi, — dedi. O‘g‘il o‘qishni boshladi…
“Uch yashar o‘g‘lim bilan birga bog‘da o‘tirgan edik , daraxtga bir chumchuq kelib qo‘ndi. O‘g‘lim mendan dada, bu nima? — deb so‘radi.Men chumchuq, — dedim. Yana bitta chumchuq kelib qo‘ndi. Dada bu nima? — deb yana so‘radi. Men chumchuq, — dedim. Uchinchi chumchuq daraxtga qo‘nganida o‘g‘lim savolini uchinchi marta qaytardi. Men ham o‘sha javobimni berdim. Shu bilan har chumchuq qo‘nganida o‘g‘lim mendan so‘rayverdi, men ham erinmay javob beraverdim. Har gal so‘raganida o‘g‘limni erkalab, bag‘rimga bosib, yuz va peshonalaridan o‘pib qo‘yardim. Sanab ko‘rsam, o‘g‘lim mendan yigirma uch marta so‘rabdi. Men ham erinmasdan yigirma uch marta javob beribman”…
Hikoya oxirlagani sari yigitning qo‘li qaltirab borardi. Nihoyat, daftarni yopib, yoniga qo‘ydi. Asta o‘rnidan turib otasini quchoqlab oldi va:
— Dadajon, meni kechiring! Men axmoqlik qildim. Haddimdan oshdim. Kimligimni unutib qo‘yibman. Ko‘zimni ochdingiz. Meni kechiring, kechiring – dedi.

Otasiga intiq o‘g‘il

Bir kishi ishdan horib, jig‘ibiyroni chiqqan holda yarim kechasi uyiga keldi. Eshik ostonasida 5 yasharlik o‘g‘li uni kutib turardi.
— Ota, sizdan bir narsani so‘rasam maylimi? — savol berdi bola.
— Mayli, nimani so‘ramoqchisan?
— Otajon, bir soatda qancha pul topasiz?
— Bu sening ishing emas. Nimaga buni so‘rayapsan?
— Shunchaki bilgim kelyapti. Iltimos, aytaqoling! Bir soatda qancha pul topasiz?
— Shunchalik bilging kelayotgan ekan, mayli, aytaqolay. 20 dollar topaman.
— Eh, — dedi bola boshini xam qilib va bir zum o‘tmay yana so‘ray boshladi:
— Otajon, menga 10 dollar qarz berib tura olasizmi?
Otaning qoshi uyildi.
— Mendan qancha pul topishimni so‘rashdan maqsading biror bir ahmoqona o‘yinchoq yoki shunga o‘xshash bema’ni narsalarni sotib olish bo‘lsa, ovora bo‘lma. Tur, xonangga borib uxla! Men kun bo‘yi uzoq va qattiq mehnat qilaman. Bunaqa behuda maynavozchiliklarga vaqtim ham, toqatim ham yo‘q.
Bolakay xonasi tomon ohista qadam tashladi va eshikni sekingina yopdi.
Bolasining qilig‘i otaning ensasini qotira boshladi.
“Pul undirish uchun bunday savollar berishga qanday haddi sig‘di ekan?” — o‘ylardi u. Biror soatlardan so‘ng hovuridan tushdi.
“O‘z bolamga biroz qattiqqo‘llik qilib yubormadimmikan?” — deya o‘yga tola boshladi. “Ehtimol o‘g‘lim o‘sha 10 dollarga chinakamiga muhtoj bo‘lib qolgandir. Axir bunchalik tez-tez pul so‘rab turmasdi-ku!”
Ota o‘g‘lining xonasi tarafga yurdi va eshikni ochib past ovozda so‘radi:
— Uyg‘oqmisan, o‘g‘lim?
— Ha, uyg‘oqman — javob berdi bola.
— O‘ylab qarasam, boya senga biroz nohaqlik qilgan ekanman, — dedi ota, — Kun bo‘yi to‘plab yurgan alamimni sendan olibman. Mana senga 10 dollar.
Bolaning chehrasi yorishdi va otasining qarshisiga o‘tirib xursandligidan qichqirdi: «Voy, otajon, rahmat sizga!»
Bola yostig‘ining tagiga qo‘lini tiqib ozroq mayda pullarni chiqarib oldi. O‘g‘lida pul borligini ko‘rib, otaning yanada jahli chiqa boshladi. Bola pullarni jamlab sanadi-da, otasiga nazar soldi.
— Shuncha puling bor ekan, nega yana mendan so‘raysan? — ovozini ko‘tardi ota.
— Chunki o‘zimdagi yetarli emas edi. Hozir esa to‘ppa-to‘g‘ri bo‘ldi, — javob berdi bola, — Ota, mana menda 20 dollar pul bor. Bir soatingizni sotib ola qolay. Bu vaqtni men bilan o‘tkazing.

Qizim eshik ochadi!

Kelin-kuyovga turmush qurganlarining birinchi yilida yangi uyga ko‘chib o‘tishdi. Xursanchilikdan eshikni bir hafta hech kimga ochmaslikka qaror qilishdi.
Birinchi bo‘lib kuyovning ota-onasi yosh oilani ko‘rishga keldi. Kelin-kuyov bir-biriga qaradi, kuyov eshikni ochishni istadi, lekin qarorlari tufayli shashtidan qaytdi. Shunday qilib, ota-ona kuta kuta qaytib ketishdi.
Ertasi kuni kelinning ota onasi keldi. Kelin-kuyov bir-biriga termuldi. Kelin ko‘zida yosh bilan «men bunday qilolmayman», deb eshikni ochdi. Kuyov hech nima demadi…
Yillar o‘tib er-xotin birin-ketin to‘rt o‘g‘il ko‘rishdi. Keyin to‘rt o‘g‘il ortidan qiz farzand dunyoga keldi. Ota yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun katta tantana o‘tkazishni istadi va hamma tanishlarini taklif qildi. Xotini eridan nima uchun 4 o‘g‘liga bunday tantana o‘tkazmay, bu safar bunday qilganini so‘radi. Er mahzun nigoh bilan shunday javob berdi:
— Chunki qizim menga eshik ochadi!
Ollohim barchamizni eshik ochar farzandlar bilan siylasin!

Kalish

– Bu tilla uzukni men sovg‘a qilganman, e’tiboringiz uchun! Men opketaman!
– Mana bu paltoni men obergandim, tug‘ilgan kunlariga eslasalaring!
– Tilla zanjirim senga qoladi derdilar!
Uch qiz kampiridan qolgan latta putta buyumlarni uch yoqqa tortqilay-tortqilay axiri bo‘lishib olishdi. Chol ularga birpas tikilib turdi-yu, zinada to‘nkarilib yotgan, kampiri kiya-kiya ado qilgan orqasi yirtiq kalishni bir chetga olib qo‘ydi.
– Shu menga qola qolsin, yo‘q demasalaring… onangni eslatib turadi…
Nursiz ko‘zlardan ikki tomchi yosh sizib, behisob ajinlar orasiga singib ketdi…

Xotinga berilgan dars

Er-xotin suhbatlashib o‘tirar ekanlar gap orasida er xotiniga:
-Yaqinlarimni, aka-uka, jiyanlarimni sog‘indim. Sizdan iltimos, ertaga shirin ovqat pishirib, dasturxon bezasangiz. Bugun ularga qo‘ng‘iroq qilib taklif qilaman. Yig‘ilmaganimizga ham ancha bo‘libdi, — debdi.
Ayol norozi ohangda, xushlamay:
-Mayli, kelaverishsinchi, Xudo xohlasa, bir gap bo‘lar! — debdi.
-Unday bo‘lsa, ularni ertaga chaqiraman.
Tong otibdi. Odatdagidek er ishga ketib, soat 13:00da esa, uyga yetib kelibdi.
Ayolidan:
— Tushlik uchun dasturxon tayyormi? YAqinlarim birozdan so‘ng kelib qolishadi?- deb so‘rabdi
Ayol:
— Yo‘q, tayyorlamadim. Begona emaslar-ku, yaqinlaringiz axir, uydagi bor narsadan yeyaverishadi, — debdi.
— Olloh sizni kechirsin! Nima uchun biror narsa pishirish niyatingiz yo‘qligini kecha aytib qo‘ymadingiz, hozir kelib qolishadi, nima qilamiz endi?! — debdi.
Ayol:
— Ularga qo‘ng‘iroq qilib kelmasliklarini ayting, uzr so‘rang, vassalom. Axir begona emaslar, sizning yaqinlaringiz-ku? To‘g‘ri tushunishadi!
Er g‘azablanib uydan chiqib ketibdi. Birozdan so‘ng eshik taqillabdi. Ayol borib eshikni ochib hayratdan dong qotib qolibdi. Qarshisida o‘zining ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, jiyanlari turar edilar.
Otasi qizidan:
— Kuyovim qani? — deb so‘rabdi.
— Biroz oldin chiqib ketuvdilar. — debdi zo‘rg‘a.
— Kecha ering bizlarni bugungi tushlikka taklif qilgandi. Baraka topgur, bizlarni chaqirib o‘zi ketib qoldimi, a? — debdi.
Ayolni chaqmoq urgandek bo‘libdi. Terlab ketgan qo‘llarini bir-biriga ishqalar ekan, o‘ylay ketibdi: Axir uydagi narsalar bilan yaqinlarini kutib ololmaydi, yo‘q-yo‘q ularga to‘g‘ri kelmaydi! Erining yaqinlariga bo‘laveradi-yu, lekin o‘zining uyidagilariga bo‘lmaydi axir… Qanday qilib ularga oddiy, ko‘rimsiz dasturxon qilishi mumkin?
Ayol eriga qo‘ng‘iroq qilib:
— Nimaga tushlikka mening yaqinlarimni chaqirganingizni aytmadingiz?
Er:
— Mening yaqinlarimmi siznikimi nima farqi bor?
Ayol:
-Sizdan o‘tinaman! Uyda tayinli narsa yo‘q, ovqat qilmaganman. Biror-bir tayyor taom keltira qoling. — debdi
Eri:
— Men hozir uzoqdaman. Ustiga-ustak ular begona emas, sizning yaqinlaringiz! Ularga ham mening yaqinlarimga bermoqchi bo‘lganingiz, uydagi bor narsalar bilan mehmon qilaqoling!
Toki bu sizga dars bo‘lsin. Mening yaqinlarimni ham hurmat qilishni o‘rganing, — deb qo‘ng‘iroqni o‘chiribdi.

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. Qisqa ammo mazmunga boy hikoyalar
  2. Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar
  3. Qisqa, ma’noli va ajoyib ta’sirli hikoyalar
  4. Hayotingizda nimalar ko‘p? Ibratli hikoya
  5. O‘qituvchi mahorati (qisqa hikoya)
  6. O‘quvchilarga saboq beruvchi ta’sirli hikoyalar
  7. Unutilmas dars (kichik ibratli hikoya)
  8. Qalam va o‘chirg‘ich. Ibratli hikoya
  9. G‘urur bilan o‘ralgan saxiylik. (hikoya)
  10. Zaxarli nondan qutulgan kun (ibratli hikoya)

AYOL Yaratilishi haqida.

Alloh taolo javob berdi: “men uni yaratishim uchun e’tibor berishim lozim bo’lgan jihatlarini ko’r. U oson yuvilivchan bo’lishi lozim, lekin yelimdan bo’lishi kerak emas, 200dan ortiqroq xarakatlanuvchan qismlari bo’lishi kerak va shu bilan birga jozibador xarakatlanishi kerak. Kasal bo’lganida o’zini o’zi davolay olishi kerak,kuniga 18 soat ishlashi kerak. Unda faqatgina ikkita qo’l bo’lishi kerak, lekin u bir vaqtning o’zida bir necha farzandlarini bag’riga bosa olishi kerak,va shunday bag’riga bosa olishni bilishi kerakki, undan keyin har qanday og’riq o’tib ketishi kerak xox u oyoq shikastlanishi bo’lsin, hoh qalbi.”.

Farishta ajablanib:“ haqiqatdan ham shundaymi? Ahir buning iloji yo’qku! Bir kunga judayam ko’p vazifa. Uni keyinga qoldir”.

“Yoq”- javob berdi Alloh, “ men uni bugun yakunlayman, va u mening suyukligim bo’ladi”.

Farishta ayolga yaqinroq borib unga tegib ko’rdi. “ Yo rabbim, u shunchalar yumshoq!”

“Xa, u juda yumshoq, lekin men shu bilan birga uni juda ham kuchli qildim. Sen xattoki hayolingga ham keltirolmaysan,u nimalarni yenga olishi va chiday olishini. U nozik ko’rinadi, lekin u katta kuchga ega”.

“U o’ylashni biladimi?”-so’radi farishta.

Alloh javob berdi:“u nafaqat o’ylay oladi, balki tushuntira oladi”.

Farishta ayolning yanog’iga teginib ko’rdi. “ Ey robbim , sen uni nosoz yaratib qo’ygan ko’rinasan- u oqib tushyapti”.
“Yo’q, u nosoz emas.”- Alloh farishtaning gapini to’g’irlab,“ Bu ko’z yoshlari”.

“U nima uchun kerak?”- so’radi farishta.

“Ular uning qayg’usini, uning sevgisini,uning yolg’izligini, uning qiyinchiliklarini, va uning g’ururini ko’rsatadi”.

Farishta haqiqatdan ham hayratlangan edi. “Alloh, sen har narsaga qodirsan! Sen hamma narsa haqida o’ylabsan. Ayol xaqiqatdan ham juda ajoyib ekan!”
“Albatta”-javob berdi Alloh.“ Unda shunday kuch bor,hattoki erkak kishini ham hayratga soladigan. U yig’lashni xoxlaganda ham kula oladi. Uning o’ziga yordam zarur bo’lib turgan vaqtda , boshqalarga yordam bera oladi. U birgina nigohi bilan hattoki erkak kishining qo’lidan kelmaydigan ishlarni qilishga qodir. ”
Farishta hattoki bir so’z deyishga qodir bo’lmay qolib ajablangancha turardi.

Shundan keyin Alloh chuqur tim.olib dedi“ lekin unda bir narsa bor , mutlaqo boshqacha. Birgina kamchilik , agar uning o’zi uni to’g’irlamasa , uning hayotini buzib yuboradi”.

“U O’ZINING QADRINI BILMAYDI. “

Samshodni asta sekin bilmagan narsalarini urgata boshladi Samshod juda kup narsalardi urganib sir sinoatini tushinishi kerak bulardi Samshod armiyada chegara kushinlarida hizmat kilgan harbiy tayorgarlikdan habari bulgani bilan Samshodni kutib turgan bu jang maydoni hech kande madad kuchlarisiz hech kande yordamsiz birgina hato hayotiga nukta.

Kasalxona hovlisi kechagi tushgan qirovdan so’ng yanada sokin ko’rinish olgandi. Kech kuzakning olovrang to’shanchisi yanada qalinlashgan, garchi ertalabdan quyosh borliqqa tillarang tolalarini ulashayotgan bo’lsa-da, atrofda quvnoqlikdan ko’ra og’ir sukunat saqlanib turar, borliq go’yo vazminlik va donishmand bir ruhiyat saltanati izmida edi.

Gulzor tog’orani olib, kir yuvishga hozirlandi. So’ng barmog’idagi uzukni yechib sovun qutisining ustiga qo’ydi. Gulzorning bu uyga ko’chib kelganiga hali ko’p bo’lgani yo’q, hovlisi qishloq chekkasida joylashgan bo’lib, qo’shni uyda Abdulla aka ismli kishi turmush o’rtog’i va ikki qizi bilan birga yashaydi. Odamlar hali bu yerlardan uy qurishni.

«TAN MAHRAM» Soli ota uzun yo’lakdan o’tib kattakon zalga kirdi. Xona juda hashamatli, aylanasiga qimmatbaho jihozlar qo’yilgandi. Mehmonali umri bino bo’lib bu kabi koshonalarga kirib ko’rmagani uchunmi, polga to’shalgan qalin, cho’g’ kabi qip-qizil gilamga ham qo’rqa-pisa oyoq qo’yardi. — Qani, o’tir, yigit, — to’rga ishora qildi Soli ota. —.

Qadirli bolaligim! Ushbu maktubni senga 30 yoshga yaqinlashayotgan va xayotdan zavq olib yashayotgan payitimda yozmoqdaman. Quyidagi so‘zlarimni o‘zinga maslaxatsifatida qabul qilasan degan umiddaman.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Umidsizlikka tushma! Alloh taolo sen uchun tor joylardan chiqadigan yo’lni ato etadi. Sen ushbu oyatni yodingda tut: “Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi “Bo’l” demoqlikdir, xolos. Bas, u narsa bo’lur”(Yosin surasi.

Tarbiyachi yotoqhonaga kirib, bolalarni past ovozda uyg’ota boshladi. Ovozini pasaytirgani befoyda bo’ldi. Bolalar uyg’onar-uyg’onmas chug’urlashib ketishdi. Gap bugungi bayram, qorbobo va shunga o’hshash yana allanimalar xaqida edi. Yodgor ularga axamiyat bermasdan jimgina derazadan tashqariga qarab o’tirardi. Esini bilgandan buyon shu – xar yili.

Ramazon aslida qanday oy? Bismillaxir Roxmanir Roxiym. Allox taologa bitmas-tuganmas xamdu sanolar bo’lsin. Payg’ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo’lsin.

Xozir bolamning axvolini ko’rib, o’zimdan nafratlanib ketayapman. Pul, mol-dunyo, vaqtinchalik xuzur halovat deb, bir umrlik qiynoqqa duchor bo’ldim. Yoshligimdan pulga muxtojlik sezmay o’sdim. Yeganim oldinda, yemaganim ortimda edi. Bilimli bo’lmasamda qo’limda hunarim bor edi. Maktabni bitirib bir sartaroshga shogird tushib, bu hunarning.

KO’RDIK. Hamma narsangizni selfi qilib joylabsiz. – Ko’rdik, anvoyi taomlar ebsiz. Qancha insonlar bir burda nonga zor. – Uyingiz xashamatli ekan. Qancha insonlarning o’z uyi yo’q yoki ijara xaqini to’lolmayapti.

Ibratli hayotiy hikoya… (albatta o‘qing)

Kichik bir korxonaga ishga kelganimga ham olti oydan oshdi…
Shu davr mobaynida, korxona boshlig‘i menda juda iliq taassurot qoldirdi.
Bundan oldin ham bir ikki tashkilotda xisobchi lavozimida ishlaganman, lekin bu inson kabi mehridaryo boshliq qo‘lida ishlamagandim.
Aslida, ish vaqtida juda kattiqqo‘l, jonkuyar, bizga qo‘shilib o‘zi ham ishlab charchamaydigan, mehnatsevar inson…
Qo‘l ostidagilarni qattiq nazoratga olgani bilan kezi kelganda vaqtini topib biz bilan xazillashib ham turadilar.
Lekin bir odatidan doim hayron qolardim…
Nimadandir norozi bo‘lib, jaxli chiqib, bizni tergab tursada, onasi telefon qilib qolguday bo‘lsa, o‘zgaradi qoladi…
Telefonga yuzlanib, unda onasini qo‘ngiroq qilayotganiga ko‘zi tushishi bilanok, yuzida iliq tabassum paydo bo‘ladi…
Har safargi suxbatlatlarida, qayta-qayta «onajon», «onajonim» degan so‘zlarini kanda qilmaydi.
To‘g‘risi yoshi kattaroq, ayniqsa boshliq odamdan bunday erkalanib aytilayotgan so‘zlarni eshitish, har qanday kishiga erish tuyular ekan.
Onasining o‘zi gapini tugatib hayrlashmaguncha, boshlig‘imiz telefonni ko‘yay demaydi.
Bugungi kungacha boshlig‘imning bu fe’li men uchun mavxum edi.
Oy oxiri bo‘lganligi uchun, kechga qadar xisobotlarni tayyorlab ishxonada qolib ketdim.
Hamma uyiga tarqalishgan, faqat boshlig‘im ikkimiz qoldik…
Meni ishdan bo‘shashimni va keyin meni uyimga mashinasida eltib qo‘yish uchun atay kutib turgandi.
Juda samimiy inson, odamiylik xissi ham juda yuqori bu kishida, «Ketavering o‘zim yetib olarman» deyishimga qaramay uyimning bu yerdan uzoqroqda ekanligi uchun, «Yo‘lda qiynalib yurasizmi?» deya, kutib turardi.
Xonasida o‘tirib zerikib ketdi shekilli, yonimga chiqib o‘tirib oldi.
Boshliq bo‘lganligi uchun, bir nima deyishga ham xijolat.
Ishlarimni kuzatib turganida, stolim ustida turgan boshlig‘imning telefoniga yana qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi.
Telefonni qo‘llariga olgunlaricha, beixtiyor telefon ekraniga ko‘zim tushdi.
Oppoq ro‘molga o‘rangan, yuzlaridan nur taralib turgan,nuroniy ayol surati va tagida katta harflar bilan «ONAJONIM» deb yozib qo‘yilgan.
Boshlig‘im nariroqqa borib ular bilan biroz suhbatlashib qaytdilar.
Bilishimcha yana onalari, kech qolib ketganlariga havotir olib telefon qilgan bo‘lsalar kerak hoynaxoy.
Anchadan beri onalari hakida bilgim kelib yurganligimni o‘ylab, vaqtdan foydalanib ulardan so‘rab ko‘rmoqchi bo‘ldim.
— O‘rtok boshliq, aybga buyurmang-u, onangiz hakida gapirib bera olmaysizmi?
To‘satdan qilgan murojaatimdan hayron bo‘ldilar va kulimsirab turib:
— Mayli — deydi – lekin sizga avval o‘z hayotim hakida gapirib beraman keyin nega onamga bunchalik mehribon ekanligimni o‘zingiz xulosa qilib olarsiz.
— Ho‘p bo‘ladi-da — deganday boshimni imlayman.
Shundan so‘ng boshlig‘im o‘zining hayoti to‘g‘risida gapira ketdi.

*******
Men hamma o‘g‘il bolalar qatori sho‘x va shodon bola edim…
O‘shanda 1982 yilning yozi edi…
Ikkinchi sinfni tamomlab, yozgi tatilga chiqqandik.
Uyimizda otam va onam tez-tez janjallashib, urishib qolaverishganidan bezib, ko‘chadan beri kelmas edim.
Aslida-ku onam juda bosiq va bama’ni ayol edilar.
Biz ularni juda yaxshi ko‘rardik.
Dadam esa butkul teskarisi, ko‘p ichadigan, janjalkash, badfe’l odam edilar.
Tez-tez janjallashib qolishini sababi ham shunda edi-da aslida.
Natijada onam dadamga jaxl kilib, singlimni olib o‘zlarining uylariga ketib qolardilar.
Oilada uch farzand edik, opam men va singlim.
Har gal ular janjallashganlarida, yuragimda kattik qo‘rkuv egallar edi.
«Ishqilib ajrashib ketishmasin-da» deya…

Ikki oylardan so‘ng, har doimgi janjallarining birida onam jaxl bilan yig‘i aralash:
— Bo‘ldi dadasi sabr kosam to‘ldi, endi ketaman. Butunlay ketaman, ajrashamiz — deb yubordilar.
Gaplarining orasida, qiz bola bo‘lganligi uchun opamni va singlimni o‘zlari bilan olib ketishlarini ham aytdilar.
Onamni gapidan battar jazavaga tushgan dadamlar, ularning yuzlariga shapaloq tortib yubordilarda:
— Ketsang ketaver, lekin hech birini o‘zing bilan olib ketmaysan, bemalol ajrashaveramiz — dedilar.
Ularning janjallaridan qo‘rqib qolgan singlim opamning ichiga yashirinib olgandi bechora.
Kechasi bilan Xudoga yolvordim:
“Ey Xudojon, otam bilan onam ajrashmasin, iltimos sendan, endi to‘palonchi bola bo‘lmayman, yaxshi bola bo‘laman” deya yig‘lab va’dalar berdim.

Ertasiga esa onam singlimni olib ketib q
oldilar…
Oradan ikki kun o‘tib esa, kichik holam bilan uyga kirib keldilarda, narsalarini yig‘ishtira ketdilar.
Onamni yonlariga borib, qo‘llaridan ushlagancha yig‘lab, yalina ketim.
“Ketmang onajon, bizni tashlab ketmang, sizni yaxshi ko‘raman”
Onam ham gaplarimni eshitib yig‘lab yuborgan bo‘lsalarda, baribir narsalarini yig‘ishtirishdan to‘xtamas edilar…
Bir payt, onamning kelganini payqagan dadam vajoxatini yashirmay, bo‘ralab so‘kinib xovliga kirib keldi, singlim bilan ostonada turgan edik, bizni tashqariga itarib yubordilarda, qo‘liga pichoq olib onam va holam turgan uyga kirib ketdilar.
Ichkaridan eshikni berkitib ham oldilar.
Dadamning qo‘lidagi pichoqni ko‘rib qattiq qo‘rqqanimizdan ayvondan qochib ketayotganimda, onamning «Voydod» degan qattiq chinqirishini eshitib ortimga qaradim.
Onam oynadan sakrab hovliga tushayotgan edi.
Ortidan dadam quvib chiqdilar.
Baqir-chaqir ovozi qo‘shnimizning hovlisiga eshitilibdi shekilli, keksa Omina xola hansiragancha yugurib chiqdi va dadamning qo‘lidan ushlamokchi bo‘ldi.
Keksaligi tufayli dadamni to‘xtatib qola olmas, otam har gal qo‘ldan chiqib yana onam tomon kelardilar…
Hovlidagi bo‘layotgan vaziyatdan qo‘rqmasin deb opam va singlimni olib ikki ko‘cha narida yashaydigan amakimlarnikiga qochib ketdik.
Bo‘lgan vaziyatni tushuntirib, janjalni to‘xtatish uchun amakimni yuboraylik desak, aksiga olib ular ham ish bilan ko‘chaga chiqib ketgan ekanlar.
Kelinoyimni ukasi mehmonga kelgan ekan, balki shu kishi yordam berar degan ilinjda, yolvorib iltimos qilganimiz bilan, gaplarimizga e’tibor qilmadilar.
Qo‘rquv va hadik bilan amakimni uylarida, pana joyda opam va singlim bilan berkinib kechgacha o‘tirdik.
Kechga yaqin, hovliga amakimni chaqirib dadam kirib keldilar. Amakimga bir nimalar deb g‘uldirab, yana tezda chiqib ketdilar.
Amakim havotir bilan uyga kirib kelinoyim bilan allanimalarni gaplashdilar.
Biz esa, o‘sha pana joyda kechgacha o‘tirdik.
Qo‘rkuvdan dir-dir qaltirab, yig‘lab o‘tirgan singlimni opam tinchlantirishga xarakat qilardilar…
— Hozir oyijonimiz keladilar va bizni bu yerdan olib ketib issiq ovqat qilib beradilar — deya uni yupatishga xarakat kilardi-yu, lekin o‘zlarining ko‘zlaridan yosh tinay demasdi.
Kech tushib, hovliga ammam dod solgancha yig‘lab keldilar.
Bizni bag‘rilariga olib tinmay yig‘lardilar.
Ko‘nglim qandaydir noxush narsani sezib turgan bo‘lsada, onamning kelib qolishlarini kutardim, lekin o‘sha kecha ular kelmadilar…

Amakim, kelinoyim va ammamlar bizlarga sezdirmay boshqa xonada uzoq vaqt suxbatlashdilar.
Erta tongda ust boshimizni olgani opam bilan uyimizga bordik.
Bordim-u, u yerdagi manzarani ko‘rib, kecha nima bo‘lganini darxol faxmladim.
Kimdir hovlidagi hamma yoqqa sochilib yotgan qon izlarini yuvyapti, yana kimdir Qur’on tilovat kilish bilan ovora…

O‘sha mash’um kunda, dadam mast holatda, jaxl ustida onam va holamni pichoqlab umriga zomin bo‘lgan ekan…
«Dod» deb yig‘lasakda, endi kech edi…mehribon onajonim va begunoh holam bu dunyoda yuq edilar…
Bir kun oldin kechki payt amakimni yoniga dadam kelib, yomon ish qilib qo‘yganini va qilgan ishini aytish uchun militsiyaga ketayotganini aytgan ekan.
Onam bizlarni tashlab u dunyoga ketdilar, dadam esa qamoqqa, biz esa bir kunda yetimga aylandik.

Yozgi ta’til ham tugadi.
Maktabga borishning o‘zi bir xo‘rlikday edi.
Hamma bizlarni qo‘lini begiz qilib ko‘rsatardi.
«Ana o‘shalarda, otasi onasining qotili…».
Bizga keksa buvimlar qarardilar, yoshi ancha katta edi.
Nonushtasiz och nahor maktabga borgan kunlarimiz ham bo‘lgandi.
Ko‘p hollarda och qorin bilan kunni kech qilar edik.
Paxta terimi boshlanganda buvimlar «olayotgan nafaqamni senlarga yetkazib bo‘lmayapti, ikkalang paxtaga chiqib, o‘zlaringni kamlaringni eplalaring» deya, opam ikkimizni paxta terimiga chiqarib yuborardilar…

Beshinchi va uchinchi sinf bolasi bo‘lsak, qancha ham paxta tera olardik, kun bo‘yi ikkimiz arang yigirma besh kilo atrofida paxta terardik.
Qo‘llarimizni g‘o‘za shoxlari timdalab yuborganda, dalaning o‘rtasida bir-birimizni yupatib, onajonimizni sog‘inib yig‘lab-yig‘lab olardik.
Daxshatli judolik o‘shanda bilingandi menga.
Shu yilning birinchi dekabr kuni erta tongda hovlimizga notanish mashina keldi.
Uning ichida maktabimizning direktor o‘rinbosari, bir notanish ayol va kelin oyim o‘tirardi.
Opam, men va ukalarim ha
m mashinaga o‘tirib, qo‘shni viloyatga jo‘nadik.
Ular, bizni qayerga ketayotganimizni aytmaganligi uchun, o‘zimizcha xursand bo‘lib aylanishga ketyabmiz deb o‘ylagandik.
Afsus, adashgan ekanmiz.
Manzilga yetib borib tushganimizda, qarshimizda bolalar maktab internati turardi.
Ular bizni olib kelishlaridan maqsadi opam, men va singlimni shu yerga joylashtirish bo‘lgan ekan.
Kelinoyimning tashabbusi bilan tezda bizni qabul qilish bo‘yicha xujjatlar tayyorlashdi.
Hammasi tayor bo‘lgach, tushlik qilish uchun oshxonaga kirdik.
Tomog‘imdan ovqat o‘tmasdi ochig‘i, bo‘g‘zimga nimadir tiqilganday.
Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng, uyga qaytishga otlandilar. Tabiiyki, biz ham ularning ortlaridan ergashdik.
O‘sha kungi holatni hech qachon unutmayman.
Singlim ikkimiz, kelinoyimning etagidan maxkam ushlab yalinib yolvorgandik.
— Kelinoyijon, jon kelinoyijon, bizni tashlab ketmang iltimos.
— Hamma aytganizni kilamiz.
— Mollarga ham o‘zimiz qaraymiz.
— Uylaringizni yig‘ishtirib tozalaymiz.
— O‘g‘lingizni doim ko‘tarib yuraman.
— Sizni hech qachon xafa qilmaymiz.
— Mayli bizga ust-bosh olib bermang, mayli bizni urushavering, faqat bu yerga tashlab ketmanglar.

Jonimiz boricha baqirib, yalinib yolvorib yig‘lagandik o‘shanda.
Shuncha o‘tinchlarimiz kor qilmadi, reja tuzib bo‘lingan, ortga qaytishni esa iloji yo‘q…
Fikrlaridan kaytara olmadik.
Yolg‘on va’dalar bilan baribir bizni o‘sha yerga tashlab ketishdi.
Ertalab mutlaqo biz uchun yod bo‘lgan muhitda uyg‘ondik.
Shunday qilib, bolalar uyidagi azobli va natijasiz sog‘inchga to‘la kunlar boshlandi hayotimizda.
Borgan kunimizni o‘zidayok, «yangi bola» degan nom oldik.
Yangi kelganlarni shunday atasharkan.
Boshida, o‘sha darvoza yoniga borib, eshik panjaralarini ushlagancha, «bizni olib ketish uchun bugun kelisharmikin» deya, ko‘cha tomonga qarab turishdan charchamasdik.
Keyinchalik esa umidimiz butkul so‘nib, taqdirga tan berdik.
Afsuski, doimgiday hech kim kelmasdi…

Keyingi yilning oxirlarida, amakim bilan kelinoyim bizlarni ko‘rgani kelishdi.
O‘sha kuni bizdan baxtli bola yo‘qday edi go‘yo.
Maktab internati ham bolalar uyi bilan sharoiti deyarli bir xilda edi…
Ko‘pchilik bolalarning ota-onasi yo‘q.
Borlari ham onda sonda, bir yil ichida bir ikki bora ko‘rgani kelishardi…
Qaysidir o‘rtog‘imizni oilasidan biror kishi kelsa, o‘sha bolaning atrofini ko‘pchilik bo‘lib o‘rab olardik.
Maktab internatimizga qo‘shni bo‘lgan xonadon farzandlari ko‘chaga o‘ynagani chiqishganida, ularni panjara ortidan kuzatib xavasimiz kelardi.
Qanday baxtli bolalar, erkalangani onasi, g‘ururlangani otasi bor.
Qo‘lida ko‘tarib chiqqan bir burda noniga biz bir hafta davomida beriladigan qandlarimizni yig‘ib alishtirardik.

Oradan uch yil o‘tdi.
Opam texnikumga o‘qishga kirdi. Men esa, opamni bizdan ajrab ketayotganliklariga chiday olmadim va u yerdan qochishga majbur bo‘ldim.
To‘g‘ri uyimizga bordim va u yerda ma’lum vaqt buvim bilan keyin esa amakimning uyida yashadim.
O‘kuv yili boshlangach, meni yana eski joyimga eltib qo‘ydilar.

U yerda bir qiziq odat bor edi, tug‘ilgan kun bir yilda ikki marotaba nishonlanardi…
Qanday qilib deysizmi?
Bir yilda o‘n ikki oy bo‘lsa o‘shani teng o‘rtasidan bo‘lib, olti oy davomida tug‘ilganlarni to‘plab, bayramni bir kunda o‘tkazishar edi-da.
Hammani yig‘ib, kichik bir dasturxon tuzab, tug‘ilgan kuni bo‘layotgan bolalarga ertak kitob, daftar, ruchkalar tarqatishar edi.
Shunday bayramlarni birida ro‘yxatdan meni ismimni o‘qishmadi.
Xo‘rligim kelib yig‘lab yubordim.
Xomush turganimni chetda kuzatib turgan bir notanish ayol yonimga kelib.
— Ha o‘g‘lim, nega yig‘layapsan? — deb so‘rab qoldi.
Yuziga qaradim-u, huddi onamni ko‘rganday bo‘ldim.
Rostdan ham onamga juda o‘xshar ekan.
Onamni yaxshi eslayman, yuzlari oydek tiniq, novchadan kelgan, to‘lagina, labining o‘ng tomonida kichkinagina xoli bor, chiroyli ayol edilar.
Bu ayol ham xuddi shunday, go‘yo onam bizni olib ketish uchun kaytib kelganday edi go‘yo.
— Menga sovg‘a berishmadi, — dedim yana yig‘lamsirab.
Bag‘riga bosib, «Bo‘ldi yig‘lama, kap-katta bola ham yig‘laydimi» deya yupatgandilar.
— Yur senga o‘zim sovg‘a olib beraman — degancha qo‘limdan yetaklab ko‘chaga olib chiqib, do‘kondan daftar va ruchka olib berdilar.
O‘sha kundan beri shu ayol menga mehribonlik ko‘rsata boshladi, tez-tez holimdan xabar olib turdi.
U ayolga singlimni ham tanishtirdim.
Har harda singlim ikkimizni uyiga m
exmonga ham olib borib turardi.
Uyda bir o‘zi yolgiz yashar ekan, bilishimcha xo‘jayini bilan ajrashganiga bir ikki yilcha bo‘lgan.
Bizning maktabga yangi o‘kituvchi bo‘lib kelgan ekanlar.

Kunlardan birida, to‘satdan, «menga o‘g‘il bo‘lmaysanmi?» deb qoldilar…
O‘shandagi xursandchiligimni ko‘rganingizda edi, mendan baxtli inson yo‘qday edi go‘yo.
— Ha — deyishga dedim-u, tezda xomush tortib o‘ylanib qoldim, chunki singlimni yolg‘iz tashlab keta olmas edim-da.
Nimaga o‘ylanib qolganimni sezib qoldilar shekilli, tezda vaziyatga oydinlik kiritdilar:
— Sen rozi bo‘lib, men bilan uyga yuraver hammasi yaxshi bo‘ladi.

Nega bunday dedilar ekan, deya o‘ylanib qoldim.
Uylariga borishga qaror qildim.

Honadonlariga kirganimda esa hayratdan tilim lol qolgandi.
O‘yinchoqlar bilan to‘la katta uyda singlim qo‘g‘irchoq o‘ynab o‘tirar edi.
Hayratimni yashira olmadim.
— Onajon — deya ularning bag‘riga otildim…

…O‘shanda, mehribon onajonim men bilan birga singlimni ham farzandlikka olgan ekanlar…
Allohga shukr, a’lo baxolarga o‘qidim va o‘z bilimim bilan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdim.
Onajonim yaxshi bir ayolga uylantirdilar, hozirda uch nafar shirindan shakar farzandlarim bor.
Onam bilan bamaslaxat singlimni ziyoli oilaga uzatdik, kuyovimiz ham yaxshi inson!
Opam ham e’tiborli oilalarning biriga turmushga chiqqanlar. U kishidan ham ko‘nglim to‘q.
O‘tgan yili Onajonim muborak Xaj ziyoratiga borib kelidilar va hozirda xoji onalar.
Huddi o‘z farzandlaridek bizni hech kimdan kam qilmay o‘stirdilar.
Yoshim qirqdan o‘tgan bo‘lsada hali ham mendan va singlimdan xavotir oladilar.

Qani aytingchi uka, men shunday mehridaryo onam uchun, hozirgiday mulozamat ko‘rsatsam arziymaydimi? — deya savol nazari bilan so‘zlarini tugatdi boshlig‘im.
U kishining taqdirini eshitib, hayratdan lol edim ochig‘i, suhbat davomida ko‘zim ham obdon yoshlanishga ulgurgan edi.
Boshlig‘imning onasi bilan ozgina suxbatini eshitib o‘zim uchun katta saboq oldim o‘sha kun.

Hayolimni telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yubordi:

— Hozir onajon hozir, ishlarim tugadi, sal turib boraman, havotir olmang, yaxshiman. Yo‘l-yo‘lakay do‘kondan asal olib boraman, ertalab birgalashib bir asal choy ichaylik…