Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib krossovkalaringizni yana yangi ko rinishga keltirasiz

Matoni kir yuvish mashinasiga tashlang yoki qo’lda yuving. Agar u charm material bo’lsa, poyabzal tozalagichdan foydalaning.

Yozda katta shaharlarni qanday qilib salqin saqlash mumkin?

Global iqlim isishi borligiga shubha qilib kelgan odamlarning ham ayni damlardagi dunyo manzarasini ko‘rib, gumonlari tarqagan bo‘lsa kerak. Afsuski, bu isish O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Hali yoz oyining jaziramasi kirib kelmay turib, iyun oyi boshida O‘zbekistonning ko‘p shaharlarida +40 daraja issiq kuzatildi.

Shaharlarni nima isitib yuboradi?

Shaharni isitib yuboradigan omillardan biri ko‘p qavatli imoratlarda ishlatiladigan materillardir. Ularning aksari quyoshni yaxshi o‘tkazadi va uni o‘zida uzoq vaqt saqlab turadi. Binolar, shuningdek, shamol tezligini pasaytirib, termal nurlanishni to‘sib qo‘yadi. Bundan tashqari, avtomobil dvigatellari, konditsionerlar va boshqa energiya iste’molidan chiqadigan karbonat angidrid havoning umumiy haroratini oshiradi. Odatda tuproqda issiq havo so‘rilib, bug‘lanish sodir bo‘lgani uchun ham issiq harorat biroz pasayadi. Lekin shaharlarda yo‘l, imoratlar va turli bog‘lar hisobiga tuproqli yerlar kam bo‘ladi. Natijada tuproq bug‘lanishi ham kam bo‘lib, issiqlik shahar bo‘ylab kezib yuradi.

To‘g‘ri, katta shaharlarda individual tarzda hamma o‘zi uchun salqin joyni yaratishi mumkin. Masalan, konditsioner o‘rnatishi, ma’lum hududlarga suv sepib turishi mumkin. Lekin bular butun boshli shaharda issiqlikni kamaytirishga qanchalik yordam beradi? Ya’ni siz uydan tashqariga, kechqurun bog‘ aylangani chiqsangiz, o‘zingiz bilan konditsioner olib yurolmaysiz va siz haqiqatdan salqin havoga ehtiyoj sezasiz.

Daraxtlar va parklar

Nega faollar daraxt ekish kerak, daraxtni ko‘paytirish kerak deb bong uradi bilasizmi? Daraxtlar bargidagi suv kun davomida bug‘lanadi. Va bu bug‘lanish uchun energiya kerak. Aynan o‘sha issiq energiyaning ma’lum bir qismi daraxtlarning bug‘lanishiga sarflanadi. Qarabsizki, daraxt ekilgan joylar salqinroq bo‘ladi. Hatto ko‘proq bargli daraxtlar issiqni 1-2 daraja pasaytira oladi. Shuning uchun shaharlarda qancha ko‘p daraxt bo‘lsa, shuncha salqinlasha boradi.

Oq yoki yorqin rangli tomlar

Qora rang quyosh energiyasini o‘ziga tortadi, oq esa uni qaytaradi. Muzliklar ham oq bo‘lgani uchun quyoshni yaxshi qaytaradi va sayyorani salqinlatib turishga yordam beradi. Odamlar ham yozda ko‘proq oq kiyim kiyishga harakat qilishadi. Xuddi shunday uy tomlarini ham oq yoki shunga o‘xshash yorqin rangga bo‘yash orqali issiqlikni qaytarish mumkin. Albatta, oq tomlar faqat yozda samarali hisoblanadi. Chunki qishda issiqni yaxshi tortgani uchun to‘qroq ranglar elektr energiyasini yaxshi tejaydi.

Yashil tomlar va devorlar

Tomlar tepasiga ekib qo‘yiladigan yashil o‘simliklar ham atrof-muhitni yaxshi salqinlatadi. Bino devorlariga chirmashib o‘sadigan o‘simliklarni ekish ham foyda beradi. Bu yo‘l orqali binolarni soya qilish mumkin, barglarning bug‘lanishi sovitishga yordam beradi. Lekin bir narsani inobatga olish kerak, binolarda yashillikni joylashtirish yaxshigina mablag‘, suv va e’tibor talab qiladi. Va ular odatda oq tomlarga qaraganda kamroq samarali bo‘ladi.

Yo‘l qoplamalariga suv sepish

Haddan tashqari issiqlik to‘lqini boshlanishidan oldin binolar va yo‘l sirtlarini namlash orqali ham haroratni pasaytirish mumkin. Bu Yaponiyada an’anaviy amaliyotdir. Lekin bu yerda ham bir jihatga e’tibor qaratgan ma’qul. Harorat va namlik odamlarda issiqlik stressini keltirib chiqarishi mumkin. Shu uchun yo‘l qoplamalarini sug‘orish usulidan haddan oshiq bo‘lmagan holatda va issiqlik stressiga sabab bo‘lmasagina chora sifatida foydalanish mumkin.

O‘ta zich qurilgan uylar

Binolar bir-biriga qarama-qarshi zich qurilgan bo‘lsa, issiqlik massalarini kunduzi tutib turadi va kechqurun chiqaradi. Ya’ni issiqlik binolarda qolgani uchun umumiy shahar havosi biroz salqin turishi mumkin. Qolaversa, baland va zich joylar soyani ham yaxshi ta’minlaydi. Mutaxassislar bunga Honkongni misol qilib ko‘rsatishadi. Honkongda uylar zich qurilganidan salqinlik oroli paydo bo‘lgan deyishadi. Shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra, an’anaviy arab mamlakatlaridagi shaharlarning zich qurilgan uyli ko‘chalari ham salqinroq turadi.

Ko‘chalar, yo‘laklar va turli inshootlarda soya beradigan soyabonlar o‘rnatish ham mumkin. Soyabonlar rangi oq yoki boshqa yorqin rangda bo‘lsa, ko‘chalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri keladigan issiqlikni tutib qolishi mumkin. Bunday soyabonlar havo aylanishini to‘sib qo‘ymasligi uchun to‘g‘ri loyihalashtirilishi va o‘rnatilishi maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi usullarning hammasi ham hamma shahar va sharoitlarga mos keladi deb bo‘lmaydi. Shaharni salqinlashtirish choralarini hudud xususiyati va infratuzilmasidan kelib chiqib, har bir shahar uchun alohida tuzib chiqish kerak bo‘ladi. Lekin daraxtlarni kesmaslik va ularni ko‘paytirish voz kechib va inkor etib bo‘lmaydigan chora ekani aniq.

Qanday qilib krossovkalaringizni yana yangi ko’rinishga keltirasiz

Matoni kir yuvish mashinasiga tashlang yoki qo’lda yuving. Agar u charm material bo’lsa, poyabzal tozalagichdan foydalaning.

Ofis ishlari uchun kiyiladigan oddiy charm etiklar haqida nima deyish mumkin?

Soda ishlatmasdan qanday qilib iflos poyabzalimni butunlay oqlashim mumkin?

Tennis poyabzalidan tutun hidini qanday chiqarishim mumkin?

Maslahatlar

Ogohlantirishlar

Oq kedalar va krossovkalarni qanday qilib yangi holatidek ko‘rinishga keltirish mumkin?

Foto: «Noviy ochag»
Yangi krossovka va keda sotib olgandan ko‘ra eski, kir bo‘lgan oyoq kiyimlarni yuvib toza holatga keltirib kiygan ma’qul. Oq keda va krossovkalarni yangi holatga keltirishning bir qancha usullari mavjud.

Qanchalik toza joyda yurishingizdan qat’i nazar, jinsi shimlar, oq ko‘ylak va poyabzal kabi narsalarni kiyish ba’zan qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Toza bo‘lmagan joyda ko‘p yurmasangiz ham yangi krossovkalar mukammal ko‘rinishini yo‘qotadi. Bunday holatlarda oq krossovka va kedalar qisqa vaqt ichida kir bo‘lishi va kul rangga kirishi mumkin.

Foto: «Noviy ochag»
Krossovkalarni kir yuvish mashinasida yuvish mumkinmi?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, har qanday poyabzalni, ayniqsa yangi oyoqkiyimlarni qo‘lda yuvish eng yaxshi usul hisoblanadi. Ba’zida buning uchun vaqt yetarli bo‘lmaydi. Biroq, kir yuvish mashinasiga faqat kedalarni yuvgan ma’qul.